ОСНОВНОЙ РАЗДЕЛ
УДК 374
Khudaykulova D.Z. department of preschool education methods Namangan State University Abduvahobova N.A.
student
Namangan State University FEATURES ARTISTIC ACTIVITIES OF PRESCHOOLERS
Annotation: The article explains the types of visual activities and their importance in the comprehensive development of preschool children
Key words: synthesis, comparison, generalization, intensive cognitive development, hand-eye, coordination.
Bolalarning psixik jihatdan rivojlanishlarida tasvirlash faoliyatlarining roli kattadir. Bog'cha yoshidagi bolalar rasm chizish, loydan yoki plastilindan turli narsalarni yasash, kubiklardan imoratlar, ko'priklar qurishni juda yoqtiradilar. Bolalar o'zlarining tasvirlash faoliyatlarida qandaydir g'ayri-tabiiy, xayoliy narsalarni emas, balki tashqi muhitni, undagi narsalarni, jonivorlarni aks ettirishga intiladilar. Bolalarning bunday faoliyatlarida ijodkorlik, yaratuvchanlik elementlari bo'ladi. Bolalar o'zlaridagi istak, xohish, intilishlarni ana shunday tasvirlash, rasm chizish, loy yoki plastilindan biron narsa yasash, applikatsiya ishlari orqali ifodalashga intiladilar. Bolalarning tasvirlash faoliyatlari juda sodda bo'lsada, ular o'zlarining bunday faoliyatlarida atroflaridagi narsa va hodisalarni shunchaki passiv tasvirlash bilan cheklanib qolmay, o'zlaridan nimalarnidir qo'shib, yangilik yaratishga harakat qiladilar. Ana shuning uchun bolalardagi ayrim qobiliyatlar ularning tasvirlash faoliyatlarida juda erta namoyon bo'la boshlaydi.Ma'lumki, odam tug'ilishi bilan rassom, haykaltarosh, naqqosh bo'lib tug'ilmaydi. Odamdagi bunday qobiliyatlar uning yoshligidan tasvirlash faoliyati bilan shug'ullanishi jarayonida yuzaga kelib, takomillashib boradi. Masalan, biz chaqaloq bolalarda hech qanday tasvirlash faoliyatini ko'rmaymiz. Bunday faoliyat bolaning taxminan ikki-ikki yarim yoshidan boshlab yuzaga keladi. Chunonchi, ikki yoshli bola qalam bilan (to'g'ri kelganicha ushlab olib) nimalarnidir chizib tashlaydi va o'zining egri-bugri chiziqlarini «bu daraxt», «bu odam», «bu uy», «bu mushuk» deb tushuntiradi. Bu yoshdagi bolalar rasm chizayotganlarida biron narsani
tasvirlashni maqsad qilib olmaydilar. Keyinchalik chizgan chiziqlariga qarab, miyalariga kelgan birinchi nom bilan ataydilar. 1
Bolalarning tasvirlash faoliyatlaridagi bu davr tayyorgarlik davri deb ataladi.Bolalarning tasvirlash faoliyatlari asosan o'rta va katta guruhdan boshlanadi. Lekin bu davrdagi tasvirlash faoliyatlari ham ko'p jihatdan sxematik xarakterga ega bo'ladi. Masalan, bolalar odamning rasmini chizganlarida bitta kichik va bitta kattaroq doira chizib, shundan qo'l va oyoqlarni chiqaraveradilar. Ular rasm chizganlarida yoki biron narsaning haykalini yasaganlarida hajm, perspektiva masalalariga mutlaqo rioya qilmaydilar. Ana shuning uchun ularning chizgan rasmlari hajm (o'lchov) jihatidan juda katta yoki juda ham kichkina bo'lishi mumkin. Buning sababi nimada?
Birinchidan, bog'cha yoshidagi bolalarda katta odamlardagidek kuzatuvchanlik qobiliyati yaxshi rivojlanmagan bo'ladi va ular chizayotgan rasmlaridagi obyektlarni real voqelikdagi haqiqiy narsalar bilan solishtirmaydilar. Bolalarning tasvirlash faoliyatlari asosan tasavvurlariga asoslanadi. Masalan, 4-5 yoshli bog'cha bolasiga onasining rasmini chizish taklif qilinganda, u biron marta ham onasiga qaramay, rasm chiza boshlagan. Undan nega onangga qaramading, deb so'raganlarida, u o'zim juda yaxshi bilaman, deb javob bergan.
Maktabgacha yoshdagi bolalar tasviriy faoliyatining shu qadar sodda bo'lishiga ikkinchi sabab ularda ayrim murakkab harakat malakalarining hali yuzaga kelmaganligidir. Bundan tashqari bog'cha bolalari tasvirlash faoliyati bilan shug'ullanayotganlarida tasvirlayotgan narsalarini real voqelikdagi narsalarga o'xshatishni maqsad qilib qo'ymaydilar. Ular tasvirlash faoliyatini ham o'yin tarzida o'tkazadilar. Ularni tasvirlash faoliyatining natijasi emas, balki tasvirlash faoliyatining o'zi qiziqtiradi, xolos.
Bolalarning tasvirlash faoliyatlari rejali, izchil ravishda emas, balki stixiyali ravishda tashkil qilinadi. Ana shuning uchun bola bunday faoliyat davomidayoq voqelikni chuqur va to'la kuzatmay, o'z tasavvurlarigagina asoslanib qo'ya qoladi. Agar tarbiyachi bolalarning tasvirlash faoliyatlarini izchil tarzda tashkil qilib, bu ishni pedagogik jihatdan to'g'ri yo'lga qo'ysa, bolalarning tasvirlash faoliyatiga bo'lgan munosabatlari o'zgaradi. Bolalar oldiga qat'iy bir maqsad qo'yib, ana shu maqsadni amalga oshirish buyurilsa, bolalar tasvirlash faoliyatini o'yinga aylantirmay ishga nisbatan jiddiy munosabatda bo'la boshlaydilar. Masalan, bayram o'tgandan so'ng bolalarga bayram rasmini chizish taklif etilsa, ular bu vazifani bajon-u dil bajaradilar. Maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy, axloqiy va, xususan, estetik jihatdan tarbiyalashda tasvirlash faoliyati juda katta yordam beradi. Shuning uchun ham bolalarning tasvirlash faoliyatlarini har doim maqsadga muvofiq ravishda pedagogik jihatdan to'g'ri va qiziqarli tashkil qilishga e'tibor bilan qarash zarur.
1 Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi /Sabohat Xalilovna Jalilova,Sayyora Mirsoatovna Aripova. 310312 betlardan foydalanildi. http://library.ziyonet.uz/ru/book/24904
Maktabgacha yoshdagi bolalar rangli qalamlar, rangli bo'yoqlar bilan rasm chizish va rangli qog'ozlardan turli applikatsiyalar tuzish bilan uzoq muddat davomida shug'ullanishni yoqtiradilar. Lekin bolalarning ranglarga bo'lgan munosabatlari o'ziga xosdir. Ular o'zlariga yoqqan narsalarni juda yorqin, chiroyli ranglar bilan bo'yaydilar, o'zlari yoqtirmagan narsalarni esa qora, to'q jigarranglar bilan bo'yaydilar. Bolalarning tasvirlash faoliyatlari ularning xayol va hissiy jarayonlariga jiddiy ta'sir ko'rsatadi. Chunki ular qanday tasvirlash faoliyati bilan mashg'ul bo'lmasin ishlariga befarq munosabatda bo'lmaydilar. Tasvirlash faoliyati orqali qilgan ishlarini, chizgan rasmlarini ko'zga ko'rinadigan joyga namoyish qilib qo'yadilar.
Bolalarni 3-5 yoshligida o'qitishning mazmuni ko'p qirrali bo'lib boradi.Bu kattalar mehnatini buyumlar haqidagi tasavvurlarda, jonsiz tabiat haqidagi, o'simlik va hayvonlar haqidagi tasavvurlarda, va nihoyat, miqdor, fazo, va vaqt haqidagi tasavvurlarni o'zlashtirishda namoyon bo'ladi. Bolalar tasviriy materiallar bilan (qalamlar, bo'yoqlar, loy bilan) tanishtiriladi.Ular buyumlarni,so'ng syujetni chizma orqali tasvirlashga oid dastlabki malakalarni egallaydilar, tasvirdagi obrazni anglash, keyin uni maqsadga muvofiq yaratish ko'nikmalarini o'rganadilar.
Buyumlardagi umumiy xususiyatlarni va shu bilan birga alohida o'ziga xoslikni ko'rish va tasvirlashni o'rganadilar;mazkur belgilarni chizmada va ranglarda bera oladigan bo'ladilar.O'yinlarda yetishmagan o'yinchoqlarni qog'ozdan, kartondan, yog'ochdan, tabiiy materialdan yasab olishlari mu mkin. 2Bolalar ozlari mashg'ulotlarda yasagan o'yinchoqlarini bajonidil o'ynaydilar. Tasvitiy faoliyat bilan shug'ullanish,modellashtirish har bir bolada o'ziga bo'lgan ishonchni, harakatlarining muvofiqlashuvini, boshlagan ishini oxirigacha yetkazib qoy'ishni, o'rtog'ining ishiga to'g'ri baho berish xislatlarini shakllantiradi.
Tasviriy faoliyat metodikasida applikatsiya ham asosiy usullardan biri sifatida maktabgacha ta'lim tashkilotining o'quv dasturiga kiritilgan. Applikatsiya mashg'uloti bolalarning har tomonlama o'sishida katta ahamiyatga ega. U bolalardagi xayolni, fantaziyani uyg'otadi, ijodkorlikni qo'zg'atadi, kuzatuvchanligini faollashtiradi, diqqat va tasavvurini, irodasini tarbiyalaydi. Qo'l malakasini rivojlantiradi, shaklni sezishni, mo'ljallay olish, rang sezish hissini rivojlantiradi.Olimlar fikricha, insonlar eng kuchli rang sezishda 1300 xil rangni ajrata oladilar. Rang sezishni o'stirish orqali bolalarda estetik tarbiya qobiliyati tarbiyalanadi. Qirqish texnologiyasini egallagan holda qog' ozdan predmetli, mazmunli, dekorativ applikatsiya, quritilgan o'simlikdan, somondan applikatsiya kabi ishlarni bajaradilar.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda olamni anglash,o'rganishga qiziqishni hamda ularning ijodiy qobiliyatlarini shakllantirishning eng qulay va samarali
2 Н. П. Сакулина, Т. С. Комарова "Изобразителъная деятелъностъ в детском саду" Пособие для воспитателей Издание 2-е, исправленное и дополненное Mосква «Просвещение» 1982
turlaridan biri, shubhasiz, loy ishi (haykaltaroshlik) mashg'ulotlaridir. Bu turdagi mashg'ulotlarda bolalarda ijodkorlik ko'nikmalarini tarkib toptirish bilan bir qatorda maktab ta'limida muhim ahamiyat kasb etuvchi qo'llarning mayda motorikasini rivojlantirish jarayoni kechadi. Shuning uchun ham haykaltaroshlik mashg'ulotlarida muayyan didaktik vazifalar qo'yiladi. Unga ko'ra, loy ishi (haykaltaroshlik) mashg'ulotlarining maqsadi, birinchi navbatda, bolalarda ijodkorlikni shakllantirish, ularda haykaltaroshlik sohasiga oid texnik va ijodiy malakalarni tarkib toptirish orqali tasviriy san'atga, umuman go'zallik namunalarini yaratishga qiziqish, rag'batni tarbiyalashdan iborat. 3Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan loy ishi mashg'ulotlarida quyidagi o'quv-tarbiyaviy vazifalar hal etilishi nazarda tutiladi:
1. Bolalarni borliqdagi buyumlarni hajmi va boshqa parametrlarini ko'rish va his qilish(qo'l barmoqlari orqali)ga o'rgatish.
2. Bolalarda haykalcha yasashning turli ifodaviy vositalaridan foydalanishga oid texnik va ijodiy malakalarni shakllantirish.
3. Haykaltaroshlik asbob-anjomlaridan o'rinli foydalanish malakalarini tarkib toptirish.
4. Berilgan mavzuga mos tasvir (buyum) yasash malakalarini shakllantirish.
5. Atrof-muhitdagi voqea va hodislarni kuzatish, idrok etish orqali hosil bo'lgan taassurot va tasavvurlar asosida mustaqil kompozitsiya yaratishning dastlabki malakalarini tarbiyalash.
6.Bajargan ishlarini mazmunini sharhlay olishga o'rgatish.
7.Jamoa bo'lib ishlash ko'nikmalarini tarbiyalash vositasida bolalarda kommunikativ kompetensiyalarining dastlabki elementlarini tarkib toptirish.
8. Tasviriy faoliyat vositasida bolalarni maktab ta'limiga tayyorlashga yo'naltiriladi.
Shuning uchun tarbiyachilar bu ta'limiy va tarbiyaviy jarayonga kompleks tarzda yondashishlari talab etiladi. Zero, tasviriy faoliyat mashg'ulotlarida faoliyatning boshqa turlari bilan uzviy aloqadorlikda jarayonga integrativ yondashish faoliyatning sifatli va samarali kechishini ta'minlaydi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida olib boriladigan tasviriy faoliyat mashg'ulotlari tizimida haykaltaroshlik tashkilotlariga keng o' rin ajratilgan. Chunki haykaltaroshlik mashg'ulotlari maktabgacha yoshdagi bolalarda maktab ta'limi uchun kerakli tasavvur, amaliy malakalarni tarkib toptirish uchun qulay faoliyat turi hisoblanadi.Taniqli haykaltarosh I.YA.Ginsburg haykaltaroshlikning ta'limiy ahamiyatini ta'riflar ekan, matematika fanini o'rganish uchun arifmetika qanday rol o'ynasa, haykaltaroshlik tasviriy san'atni o'rganishda shunday ahamiyat kasb etishini ta'kidlab o'tgan. Chunki tasviriy faoliyatning boshqa turlarida buyumlarning
3 Лскарали Сулаймонов. Мактабгача таълим муассасаларида х,айкалтарошлик машгулотлари. Тарбиячилар учун илмий-методик кулланма// Тошкент-2015
ayrim detallari, elementlari (masalan, perspektiva qonuniyatiga ko'ra buyumlarning ko'rinishi, umuman borliqning vizual obrazi) o'zgarib ketadi. Natijada tasviriy san'at asarini to'laqonli idrok etish va muayyan qonuniyatlar asosida tasvirlash uchun tasvirdagi illyuziyalarni anglash talab etiladi. Haykaltaroshlikda ularni yaqqol ko'rish, tasvirlash imkoniyati mavjudligi bois bolalarni nisbatlarni to'g'ri talqin qilish, asosiyni ikkinchi darajalidan ajratishga o'rgatish jarayoni oson kechadi. Shuning uchun ham maktabgacha ta'lim tashkilotlaridagi loy ishi mashg'ulotlariga bolalarda buyumlar haqidagi dastlabki tasavvurlarni hosil qilish, ularni "o'qish alifbosi" sifatida qarash lozim.
«Qurish-yasash» lotin tilidan olingan bo'lib, turli predmetlarni,qism va elementlarni ma'lum bir holatga keltirish, degan ma'noni bildiradi 4. Bolalarni qurish-yasashida qurilish materiallaridan, qog'ozdan, karton, daraxt va boshqa materiallardan turli xil o'yinchoqlar yasash o'rgatiladi. O'z xarakteriga ko'ra bolalar qurish-yasashi ko'pincha tasviriy va o'yin faoliyati bilan o'xshashdir, bu tevarak-atrofda aks etadi. Bolalarning yasagan narsalari asosan amaliyotda ishlatiladi. Masalan, o'yinlar, archani yasatish uchun,onalarga sovg'a uchun. Qurish-yasash faoliyati — amaliy faoliyat bo'lib, oldindan belgilangan, biror maqsadga qaratilgan real voqelik. Qurish-yasash faoliyatiga o'rgatish jarayonida bolalarda aqliy, axloqiy, estetik va mehnat tarbiyasi yanada shakllanib boradi hamda ularda tevarak-atrofdagi predmetlarni tahlil qilish ko'nikmasi, mustaqil flkrlash,badiiy did, shaxsning irodaviy sifatlaridan (maqsadga intilish, qat'iylik va hokazo) tarkib topa boshlaydi, bularning barchasi bolalarni maktabda o'qishga tayyorlaydi. Tasviriy faoliyat bo'yicha maktabgacha ta'lim tashkiloti dasturi va maktabda tasviriy san'at fani bolalarda tevarak-atrofga nisbatan estetik munosabatni tarbiyalash, ijodiy qobiliyat va badiiy tasvirlarni rivojlantirishni ko'zda tutadi. Maktabgacha ta'lim tashkiloti mashg'ulotlarida, maktabda muvaffaqiyatli o'qib ketishlari uchun zarur bo'lgan vazifalar hal etiladi.
Rasm, applikatsiya, loy ishlari jarayonida bolalarda fikr yuritishning tahlil, sintez, takrorlash, aniqlashtirish kabi jihatlari shakllanadi. Shuningdek, bu jarayonilarda bolalar jamoada ishlashga, o'zharakatini o'rtoqlarining harakatiga bo'ysindirishga o'rganadilar.Bolalar bog'chasida tasviriy faoliyat mashg'ulotlari bolalarda, o'quv faoliyatida zarur bo'lgan malaka va ko'nikmalarni shakllantiradi.
Bunday malaka va ko'nikmalarga: topshiriqni tinglash va yodda tutish ma'lum vaqt orasida bajarish, o'z ishini rejalashtirish va baholash, boshlangan ishni oxiriga yetkazish, xato va kamchiliklarini topish va uni tuzatish, material, ish qurollari va ish joyini tartibli saqlash va boshqalar kiradi.
Pedagoglarning olib borgan tekshirishlari shuni ko'rsatadiki, bolalar bog'chasida ta'lim-tarbiyaning bunday tuzimi bolalarni maktabga tayyorlashga
4 M.Sh.Nurmatova, Sh.T.Hasanova "Rasm, buyum yasash va tasviriy faoliyatga o'rgatish metodikasi" "Musiqa" nashriyoti, Toshkent — 2012
katta ta'sir ko'rsatadi. Shuningdek, psixologlardan E.A. Labunskiy va boshqalar tomonidan maktab o'quvchilarining tasviriy faoliyatini o'rganish jarayonlari shuni ko'rsatib o'tadiki, maktabda tasviriy san'at darslarining tuzilishi, bolalar bog'chasida olgan bilim, malaka va ko'nikmalari asosida, ularni hisobga olgan holda tashkil etiladi.
Maktabgacha yosh davrida bolalarning har tomonlama rivojlanishida tasviriy faoliyatning o'rni bebeho ahamiyatga ega. Tasviriy faoliyat bolalar uchun qiziqarli bo'lib, bola tevarak atrofidagi hayotda ko'rgan voqea-hodisalarini, ularni hayajonga solgan va ijobiy munosabatni keltirib chiqargan narsalarni yetkazib bera olishga, anglay olishga, tasvirlashga imkon beradi. Tasviriy faoliyatda bola shaxsini, ruhiy dunyosini shakllantirishda hissiyotning o'rni beqiyos.Tasviriy faoliyatning turlari bolalarni tarbiyalash va har tomonlama rivojlantirishning o'ziga xos vositasidir.Uning o'ziga xosligi shundaki, uning natijasi(chizish, haykaltaroshlik, applikatsiya) bola tasvirni yaratish harakatlarini to'xtatgan paytda ham yo'qolmaydi. Bundan tashqari tasvir ko'rish ko'rsatishni yaxshilaydi.Olimlarning (L.S.V igotskiy, B.M.Teplova, E.A.Flerina, N.P.Sakulina, N.A.Vetlugin, T.S.Komarov, G.G.Grigor'yeva) tadqiqotlari ham shuni ko'rsatadiki, bolalik davrida rasm chizish bilan shug'ullanish bolaning intellektual, hissiy, harakat va boshqa qobiliyatlarini rivojlantirishga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Maktabgacha yoshdagi bolaning badiiy rivojlanishi irsiy va tug'ma omillar bilan bog'liq bo'lib, tananig o'sishi va kamolotining fonida amalga oshiriladi va ijtimoiy-madaniy muhitga bog'liq bo'ladi.
Bolalarning tasviriy faoliyati nima? U qanday qilib va nima uchun paydo bo'ladi, qanday rivojlanadi? Uning ma'nosi nima? Nahotki, xozir va keyin chizmasdan to'liq yashash mumkin emas?
Albatta mumkin. Ammo inson bu faoliyatdan foydalanmasa rivojlanishda ko'p yo'qotishlar yuz beradi.Tabiatning insonning rivojlanishi uchun bergan imkoniyatlari amalga oshirilmaydi. Bolalar tasviriy faoliyatga juda erta qiziqish bildira boshlaydilar. Ularni nafaqat ko'rgazmali materiallar bilan harakatlar, balki ushbu faoliyat natijalari ham o'ziga jalb qiladi.Bolani qalamdan qolgan izlar, plastilinning o'zgartirilgan shakli haytarga soladi, ularda atrofdagi dunyoning tanish tasvirlarini ko'radi.
O'yin bolalarning tasviriy faoliyatini faollashtiradi.Ertak syujetlari bola tasavvurini hayajonga soladi, badiiy asarlarni kuzatish esa yangi tasvir vositalari bilan boyiydi.Bu davrda bolaning tasviriy faoliyatga qiziqishini saqlab qolish muhimdir. Bolalarning badiiy tarbiyasi juda erta yoshdan boshlanishi kerak.Ijodkorlik turlari xar-hil bo'lishi mumkin: tasviriy faoliyat, musiqa, adabiyot, raqs, asosiysi, bola yoshligidanoq badiiy madaniyatni o'zlashtiradi.Shunday qilib, tasviriy faoliyat bola hayotining ajralmas qismiga aylanib uning shaxsiyatiga shakllantiruvchi ta'sir ko'rsatadi.U bolaning erta yoshida paydo bo'ladi.Rasm chizish dunyoni bilish, estetik idrok etish bilimlarni rivojlantirishning muhim vositalaridan biridir, chunki u maktabgacha yoshdagi
л о
bolaning ijodiy mustaqil amaliy faoliyati bilan bevosita bog'liqdir. Tasviriy faoliyatning bola rivojlanishi uchun qanday foydali jihatlari bo'lishi mumkin?
Maktabgacha yoshdagi bolalarning tasviriy faoliyati bola shaxsiyatini rivojlantirishda muhim rol o'ynaydi,chunki bola uchun o'rganish va ijodkorlik quvonchlidir. Tasvirlash qobiliyatining zaruriy sharti-bu atrofdagi dunyoni badiiy idrok etish. Biron obyektni yasash yoki chizish uchun uning hajmini, rangini, shaklini eslab qolish kerak.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning tasviriy faoliyati - fikrlash, tahlil qilish, sintez qilish, taqqoslash va umumlashtirishni rivojlantirishdir.U nutqni izchil o'zlashtirishga, so'z boyligini boyitishga va hissiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi. Idrok, kuzatish va taqqoslash zahiralarini kengaytirish bolaning umumiy intellektual rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
Rasm faoliyatini o'rganish jarayonida maktabgacha yoshdagi bolalarda axloqiy va irodaviy fazilatlar shakllanadi, diqqatni jamlash, ishlarni g'ayrat bilan bajarish, qiyinchiliklarni yengish va do'stlarni qo'llab-quvvatlashni o'rganadilar. Tasviriy faoliyat bolalardan faol harakatlar va toza havoda muntazam yurishni talab qiladi, jismoniy rivojlanish tezroq sodir bo'ladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning estetik tarbiyasi ularda rang yorqinligi va ranglarning to'yinganligi, go'zallik hissini rivojlantirish orqali amalga oshiriladi.Bolalarning qiziqishi bu ko'p qirrali rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchidir. Tasviriy faoliyatda intensiv kognitiv rivojlanish sodir bo'ladi, yosh bolada ob'yektlarning rangi, shakli, o'lchami, teksturasi bo'yicha biri nchi hissiy yo'nalishlar paydo bo'ladi, diqqatli bo'lish, ob'yektlarni, hodisalarni tahlil qilish,ko'rish qobiliyati shakllanadi. Bolada birinchi g'oyalar eng oddiy narsa va hodisalarni o'rganib tasvirlash orqali shakllanadi.
Bolalarning tasviriy faoliyatini o'rganish uzoq tarixga ega, rasmni pedagogik ta'sir vositasi sifatida ko'rib chiqishdan boshlab, uning jiddiy diagnostik va prognostik ahamiyatini tan olishgacha bo'lgan turli xil nazariyalar mavjud.Bola ijodi uning ichki dunyosini aks ettiradi: kayfiyat, kechinmalar, fantaziyalar,harakatlar, u har doim ham o'zini anglamaydi va har doim ham ifodalay olmaydi. Bola uchun rasm - bu fikrlarni, atrofdagi voqelik haqidagi g'oyalarni, hissiy tajribalarni ifodalash shakli.
Tabiatan kam gapiradigan va o'z tajribalarini muhokama qilishni istamaydigan kasal bolalarda yakkalanish, salbiy tendensiyalar mavjud bo'lganda chizish orqali ta'sir o'tkaziladi.Bolalarning badiiy ijodi nafaqat o'qituvchilar, san'atshunoslar, balki psixologlar, pediatrlar, psixonevrologlar, defektologlar uchun ham qiziqarlidir.
Bolalarning ijodkorligini tahlil qilish uning ichki kechinmalarini tushunish va diagnostik maqsadlarga xizmat qilishda ko'p ma'lumotlar beradi. Bolalar rasmlari doirasidagi savollar majmui bolalarning rivojlanishiga eng yaxshi ta'sir ko'rsatadigan ta'lim va tarbiya usullarini o'z ichiga oladi. Buning uchun biz bola psixikasining o'ziga xosligi va rivojlanish qonuniyatlarini yaxshi bilishimiz kerak.
2-7yoshgacha bo'lgan bolalar bilan ishlash, ya'ni ularni tarbiyalashning mazmuni va usullarini aniqlash bolalarda idrok etish, fikrlash, tasavvur qilish jarayonlarini to'g'ri qurish uchun asos bo'ladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasini bilish bolalarning moyilligini, istaklarini yaxshiroq tushunishga, qobiliyatlarini ochishga yordam beradi. Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi, gigiyenasi bo'yicha bilimlarga ega bo'lish esa ularning yosh xususiyatlariga ko'ra ta'lim berishga imkon beradi.Bolalarning oliy nerv faoliyatini bilish - bu bolalarning barcha aqliy jarayonlarini, shu jumladan ijodkorlik qobiliyatlarini belgilaydi.
Maktabgacha yoshdagi bola analizatorlarining yetarli darjada rivojlamaganligi ular qo'l-ko'zining yomon muvofiqlashuvi va tez charchashiga sabab bo'ladi. Bolalar tafakkurining asosiy kamchiliklari tartibsizlik, parcha-parcha bilimlar, bolalarning individual aqliy harakatlarining alohida qism natijalarini butun mahsulotga birlashtira olmasligidadir. Bolalar o'z asarlarida atrofdagi hayot - tabiat, odamlar, narsalar, hodisalar va boshqalar haqidagi taassurotlarini aks ettiradilar.
Tasviriy faoliyat - bu bola ijodining eng qulay turi. Bu kichkina odam o'zlashtirgan birinchi tur. Bola hali na o'qiy oladi, na yoza oladi, lekin u allaqachon zavq bilan qog'ozga rasmlarni chizadi.Agar bolani ushbu faoliyatda qo'llab-quvvatlasak, unga rahbarlik qilsak, bolaning tanasi,ruhi, ongining rivojlanishiga erishishimiz mumkin. Shuning uchun maktabgacha yoshda tasviriy san'atni o'rganish juda muhimdir. Bolalarni tabiatning go'zalligi, rang -barangligini ko'rishga, turli san'at asarlarini tushunish va qadrlashga o'rgatish muhimdir. Shuningdek, rasm chizish jarayonida vizual-motor muvofiqlashtirish, qo'lda yozish qobiliyati rivojlanadi.
Tasviriy faoliyat bolaning rivojlanishiga katta ta'sir ko'rsatadi. Erta bolalik davridanoq bolalar chizishni yaxshi ko'radilar. Tasviriy faoliyat ularni xayratga sola oladi va xursand qiladi, o'zining qulayligi, aniq ifodaliyligi tufayli bolani o'yinga yaqinlashtiradi. Tasviriy faoliyat katta imkoniyatlarni o'z ichiga oladi. Bu bolalarning aqliy, hissiy, estetik va irodaviy rivojlanishining vositasidir. Tasviriy faoliyat jarayonida barcha aqliy funktsyalar yaxshilanadi: ko'rish idroki, xotira,aqliy operatsiyalar. Qo'lning nozik motorik ko'nikmalarini rivojlantirish orqali bolaning fikrlashi va nutqi rivojlanadi, chunki, qo'l, Kantning fikriga ko'ra, inson miyasi tomonidan oldinga suriladi. Qo'l o'rganadi, miya esa hissiyotlarni qamrab oladi va idrok qilish bilan obraz hosil qilib tasavvurlarga birlashtiradi. Atrofdagi dunyo va san'at asarlarining go'zalligini o'rgangan holda bola ijobiy his-tuyg'ularni boshdan kechiradi, ular asosida his-tuyg'ular: quvonch, hayrat, zavq, muhabbat va atrof-muhit go'zalligi paydo bo'ladi.
Atrofimizdagi dunyoni to'liqroq idrok etishga musiqa, so'z va tasviriy faoliyatning integratsiyasi yordam beradi.5 Ba'zida ota-onalar bolalarning rasmlariga qoyil qolishadi, asosiysi bolaning "ichki dunyosini" himoya qilish va unga kattalarning aralashuvisiz o'z fikrlari va his-tuyg'ularini ifoda etish imkoniyatini berishdir. Bolalar ijodiga bunday munosabat noto'g'ri. Shu sababli, bolada paydo bo'ladigan istak va g'oyalarni hisobga olgan holda, ushbu faoliyatga to'g'ri pedagogik rahbarlik qilish kerak. Bu borada ota-onalarga quyidagi yondashuvlarni tavsiya qilamiz:
-Kuzatishlar va sayrlar davomida tabiat, predmetlar va boshqalar haqidagi she'rlarni eslab, o'qing
-Tabiatdagi rang kombinatsiyalarining xilma-xilligini, har bir faslda floraning o'ziga xos xususiyatlarini nishonlash
- Turli xil tabiat hodisalaridan zavqlaning, atrofdagi dunyoning go'zalligiga e'tibor
bering
- Qabul qilingan taassurotlardan so'ng, bolalarni nima bo'lganini chizishga taklif qiling
- Ota-onalar bolalarda televizor, kitoblar, teatrlarga tashrif buyurish, ko'rgazmalar orqali kundalik hayotda olingan badiiy taassurotlarni to'plash uchun g'amxo'rlik qilishlari juda muhimdir
-Kitoblar, rasmlar bilan tanishtirish, bolani yangi bilimlar bilan boyitish
-Turli xil badiiy materiallardan foydalaning: turli xil soyalardagi qog'oz, qog'oz hajmi va shakli farq qilishi mumkin
-Suhbatlar, kuzatishlar orqali bolalarda atrof-muhitga estetik munosabatni rivojlantiring, uni badiiy taassurotlar, ertaklar, hikoyalar, she'rlar tasvirlari, rasmlarni ko'rish, kitoblardagi rasmlar bilan boyitish lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi /Sabohat Xalilovna Jalilova,Sayyora Mirsoatovna Aripova. 310-312 bet. http://library.ziyonet.uz/ru/book/24904
2. Н. П. Сакулина, Т. С. Комарова "Изобразителъная деятелъностъ в детском саду" Пособие для воспитателей Издание 2-е, исправленное и дополненное Mосква «Просвещение» 1982
3. Лскарали Сулаймонов. Мактабгача таълим муассасаларида хдйкалтарошлик машгулотлари. Тарбиячилар учун илмий-методик кулланма// Тошкент-2015
4. M.Sh.Nurmatova, Sh.T.Hasanova "Rasm, buyum yasash va tasviriy faoliyatga o'rgatish metodikasi" "Musiqa" nashriyoti, Toshkent — 2012
5 Опыт работы "Развитие детского творчества у детей дошкольного возраста в сюжетном рисовании" Опубликовано 14.01.2017 - 16:26 - Коняева Светлана Викторовна
5. Опыт работы "Развитие детского творчества у детей дошкольного возраста в сюжетном рисовании" Опубликовано 14.01.2017 - 16:26 -Коняева Светлана Викторовна
6. Inamovich, R. I.. (2021). The Concept of "Community / World" in the Linguistic and Cultural Aspect. Middle European Scientific Bulletin, 16. https://doi.org/10.47494/mesb.2021.16.734
7. Расулов, И. И. Фразеологические единицы русского и узбекского языков со значением качественной оценки лица / И. И. Расулов // Система непрерывного филологического образования: школа - колледж - вуз. Современные подходы к преподаванию дисциплин филологического цикла в условиях полилингвального образования: Сборник научных трудов по материалам XXI Всероссийской (с международным участием) научно -практической конференции, Уфа, 28-30 апреля 2021 года. - Уфа: Башкирский государственный педагогический университет им. М. Акмуллы, 2021. - С. 420-423.
8. Расулов И. И. ВОПРОСЫ ИЗУЧЕНИЯ НАРЕЧНЫХ ФРАЗЕОЛОГИЗМОВ В РУССКОМ И УЗБЕКСКОМ ЯЗЫКАХ //Система непрерывного филологического образования: школа-колледж-вуз. Современные подходы к преподаванию дисциплин филологического цикла в условиях полилингвального образования. - 2020. - С. 320-323.
9. Расулов, И. И. О фразеологизмах с предлогами обстоятельственной семантики / И. И. Расулов // Молодежь и наука: реальность и будущее: Материалы XI Международной научно-практической конференции, Невинномысск, 28 марта 2018 года / Редколлегия: Т.Н. Рябченко, Е.И. Бурьянова. - Невинномысск: Невинномысский институт экономики, управления и права, 2018. - С. 346-347.
10. Расулов И. И. Фразеологизмы со значением темпоральности в русском и узбекском языках //Молодежь и наука: реальность и будущее. - 2017. -С. 219-221.
11. Расулов И. И. Фразеологические особенности языка художественного произведения //Молодежь и наука: реальность и будущее. - 2017. - С. 221223.
12. Khudoiberdievich, O. U., Olimjonovich, M. N., & Elbek, N. (2020). HYGIENIC GYMNASTICS, FUNCTIONS, MEANS, IMPORTANCE. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 8(12).
13. Niyozmatov, E. (2021). PHYSICAL EDUCATION AND ITS IMPACT ON HUMAN HEALTH. In Инновационные подходы в современной науке (pp. 77-81).
14. Makulov, S. Z. (2019). THE ROLE OF PHYSICAL EDUCATION AND SPORT IN EMPHASIZING THE SPIRITUAL AND MORAL QUALITIES OF STUDENTS. Scientific Bulletin of Namangan State University, 1(8), 334-339.
15. Makhmudov N. N., Makulov S. H. Z. FORMS AND METHODS OF INDEPENDENT LEARNING //В научный сборник вошли научные работы, посвященные широкому кругу современных проблем науки и образования, вопросов образовательных технологий 2020.-436 с. - 2020. - С. 167.
16. Makulov S. Z. PHYSICAL CULTURE-THE GUARANTEE OF HEALTH //Экономика и социум. - 2019. - №. 5. - С. 129-130.
17. Zokirovich M. S. Topical Problems in Pedagogical Activity //European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630). - 2021. - Т. 9. - С. 85-89.
18. Boltaeva M., Makhmudov N. FORMS OF INTRODUCTION OF INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN PHYSICAL TRAINING CLASSES AND WAYS OF THEIR USE //Scientific bulletin of namangan state university. - 2019. - Т. 1. - №. 2. - С. 302-306.
19. Boltaeva, M. L., & Mahmudov, N. (2019). EMERGENCY INSTEAD OF MATERNITY EDUCATION PROCESS DEVELOPING TRAINING ACTIVITIES. Scientific Bulletin of Namangan State University, 1(6), 456-459.
20. Voitjonugli J. E., Hudoyberdiyevich O. U., Olimjonovich M. N. Theoretical and practical significance of the physical education and sport //International Journal of Psychosocial Rehabilitation. - 2020. - Т. 24. - №. 6. - С. 4378-4383.