Eshova D.Sh.
Maktabgacha ta'lim kafedrasi o'qituvchisi Buxoro davlat universiteti
SAHNALASHTIRISH FAOLIYATI ORQALI BOLALARNING IJODIY QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH
Annotatasiya: Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlarida sahnalashtirish faoliyati orqali bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishning shakl, usul va yo 'llari xususida so 'z yuritiladi.
Kalit so'zlar: ijodkorlik, qobiliyat, etika, axloq nazariya, ijodkorlik manbai.
Eshova D.Sh. lecturer
department of preschool education Bukhara State University
DEVELOPING THE CREATIVE ABILITIES OF CHILDREN THROUGH THEATER ACTIVITIES
Annotation: This article will focus on the forms, methods and ways of developing the creative abilities of children through staging activities in preschool educational organizations.
Keywords: creativity, ability, ethics, moral theory, source of creativity.
Sahnalashtirish faoliyatida qatnashish orqali bolalar atrof-olamdagi dunyoni rang-barang tasvirlar va turli xil tovushlar yordamida taniydilar, mohirlik bilan yaratilgan savollar esa ularni tahlil qilish, xulosalar va umumlashtiruvlar berishga undaydi. Qahramonlarning ifodali replikatsiyalari va shaxsiy mulohazalari orqali bolalarning so'z boyligi asta-sekin gavdalanadi. Bolaning ijro etayotgan roli, ayniqsa boshqa personajlar bilan bo'ladigan suhbati uning aniq, ravshan va tushunarli so'zlashishiga majbur etadi.
Shunday ekan, sahnalashtirish faoliyati ifodali nutq hamda intellektual va badiiy-estetik tarbiyaning shakllanishiga taalluqli bo'lgan ko'pgina pedagogik masalalarni hal etish imkonini beradi. Shuningdek, u bolaning sezgi, his-tuyg'ulari namoyon bo'lishida beqiyos manba hisoblanadi, ma'naviy boyligini oshiradi. Demak, sahnalashtirish faoliyati bolaning hamkorlikdagi faoliyatini tashkil etishda zarur bo'lgan shart-sharoit, ya'ni empatiyaning rivojlanishida muhim vosita hisoblanadi.
Sahnalashtirish faoliyati har qaysi adabiy asar yoki ertak axloqiy yo'nalishga ega ekanligi sababli xulq-atvorning ijtimoiy ko'nikmalar tajribasini shakllantirishga imkon beradi. Pirovardida, bola olamni aql va yurak bilan
anglaydi, yaxshilik va yomonlikka nisbatan o'z fikrini bildiradi. Sevimli qahramonlarga taqlid qilish va tenglashish uchun namuna bo'lib qoladi. Bolaning sevimli obraziga nisbatan aynan shunday tenglashuv qobiliyati pedagoglarga sahnalashtirish faoliyati orqali bolalarga ijobiy ta'sir ko'rsatishga imkon beradi.
Shunday ekan, sahnalashtirish faoliyati bilan bog'liq mashg'ulotlar bolalarning har tomonlama yetuk bo'lishida katta ahamiyatga ega ekan. Aynan shuning uchun maktabgacha ta'lim tashkilotlarida olib boriladigan ishlarning tarkibi va usullarining muvaqqat (ibratli) talabida maxsus "Bolaning sahnalashtirish faoliyatida rivojlanishi" nomli bo'limi ajratilgan. Unda qayd etilishicha, pedagog:
- sahnalashtirish faoliyatida bolalarning ijodiy faolligini rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratish (ijrochilik mahoratini rag'batlantirish, har bir chiqishda erkin va bemalol harakatini rivojlantirish, mimika vositalari, ifodali harakatlar va intonatsiyalar yordamida improvizatsiyani gavdalantirish va h.k.);
- bolalarni teatr madaniyati bilan tanishtirish (teatr moslamalari, teatr janrlari hamda qo'g'irchoq teatrlarining barcha turlari bilan tanishtirish);
- teatr faoliyatining boshqa faoliyat turlari bilan yagona pedagogik jarayonda o'zaro bog'liqligini ta'minlay bilishi kerak;
Teatr faoliyati bilan shug'ullanadigan studiyalarda MTT tarbiyachilari va ota-onalar qatnashishi mumkin. Bu juda muhim, bolalarning va kattalarning hamkorlikdagi ijodiy faoliyatida hayot rejimiga nisbatan an'anaviy yondashuvni yengib o'tishga yordam beradi. Sahnalashtirish faoliyatining bunday tashkil etilishi bolalarda nafaqat bilim va ko'nikmalarning paydo bo'lishi, qobiliyat va ijodiylikning rivojlanishiga, balki ularning boshqa guruhdagi bolalar hamda kattalar bilan o'zaro aloqada bo'lishlariga imkon yaratadi.
Bundan tashqari, hamkorlikdagi faoliyat orqali tarbiyalanuvchilar bolalarni, ayniqsa ularning xarakterlari, orzulari va niyatlarini yaxshiroq bilib oladilar. Kichkina bolalarni hurmat qilishga, ular uchun qayg'urishga, kattalar va bolalar o'rtasida ishonch paydo bo'lishiga asoslangan muhit yaratiladi.
Bunday muhit sahnalashtirish faoliyatida bolaning shaxs bo'lib rivojlanishida asosiy vosita hamda uning shaxsiy bilimlari va ijtimoiy tajribasining manbai hisoblanadi. Bunda ko'rgazmali-fazoviy muhit bolalarning nafaqat hamkorlikdagi sahnalashtirish faoliyatini ta'minlaydi, balki har bir bolaning mustaqil ijod qilishi uchun asosiy manba va o'zini-o'zi shakllantirish borasida o'ziga xos muhit hisoblanadi. Shuning uchun sahnalashtirish faoliyatini ta'minlovchi ko'rgazmali-fazoviy muhitni loyihalashtirishda quyidagilarni hisobga olish maqsadga muvofiqdir:
- bolaning shaxsiy ijtimoiy-ruhiy xususiyatlari;
- shaxsiy qiziqishlari, afzal tomonlari va uinig ehtiyojlari;
- ijodiy qobiliyati, qiziquvchanligi va yangiliklarga intiluvchanligi;
- yoshiga xos va rolli o'yinlar xususiyatlari;
Maktabgacha yoshdagi bolalarning shaxsiy ijtimoiy-ruhiy xususiyatlarini rivojlantirish, shaxsiy qiziqishlari, ehtiyojlari va ishtiyoqlarini amalga oshirish uchun ko'rgazmali-fazoviy muhit tanlash erkinligi va huquqini ta'minlab beгishi keгak. Shuning uchun sahnalashtirish faoliyatining hududida qo'g'iгchoq teatrining haг xil tuгlaгi, bolalaг chizgan гasmlaгi va shu kabilaг bo'lishi keгak.
Bundan tashqaгi, haг xil bolalarning qiziqishlariga mo'ljallangan materialllar doimiy ravishda yangilanib turilishi kerak. Bularning barchasi esa tarbiyachining har bitta bola bilan alohida-alohida shug'ullanishi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib beradi.
Qiziquvchanlik va yangiliklarga nisbatan intiluvchanlikning rivojlanishi spektakl uchun keгakli bo'lgan atributlar, dekoгatsiyalaг va kostyumlami tayyorlashda turli materiallar yordamida yaratish, modellashtirish va sinovdan o'tkazish uchun barcha imkoniyatlarga asoslanadi, Sahnalashtiгish faoliyatining hududida tabiiy materillar, matolar va kostyumlaг mavjud bo'lishi kerak.
Bolalarning ijodiy qobiliyatlarini ochib berish uchun bolalarning sahnalashtirish faoliyati bo'yicha maxsus mashg'ulotlar, studiyalarga oid ishlaг va turli-tuman bayram tomoshalaгi o'tkazish uchun maxsus yarim funksiya bajaruvchi maxsus (musiqali va teatr zallari, grim xonasi, ertak xonasi va boshqalaг) binolaг ham mavjud bo'lishi kerak.
Kichik yoshdagi guruh bolalari uchin eng oddiysi va eng osoni stol ustidagi qo'g'irchoq teatri hisoblanadi. Bu kabi teatr uchun qo'g'orchoqlami har qanday mato, porolon, yung va charm bo'lagidan tikib olsa ham bo'laveradi. Stol ustidagi qo'g'iгchoq teatгini to'qishning ha! xil tuгlaгida foydalaniladigan ilgaklar va to'qish moslamalaгi bilan bog'lash mumkin.
Qoshiqlar bilan sahnalashtiгilgan teatr bolalaгga qo'g'iгchoqlaгni boshqaгish yo'llaгini o'rgatadi.
Maktabga tayyorlovchi guruhlarda bolalar tayoqli va katta-katta ko'гinishli qo'g'iгchoqlaг bilan tanishadilar. Bunday qo'g'iгchoqlaг qo'lga taqiladigan qo'g'iгchoqlaгdan o'zining katta o'lchamdaligi bilan farq qiladi. Trostli qo'g'iгchoqlaгda qo'g'irchoqlami boshqaгish qo'lga taqiladigan qo'g'iгchoqlaгga qaraganda qiyinroq, lekin imkoniyatlari juda kengdir.
Bolalarning rolli o'yinlaг xususiyatlaгini hisobga olish maqsadida sahnalashtirilgan faoliyat uchun mo'ljallangan hudud jihozlari o'g'il bolalar hamda qiz bolalarning qiziqishlariga javob berishi kerak. Shunday ekan, bolalarning sahnalashtirilgan faoliyatining hududini loyihalashtirish ko'rgazmali-fazoviy muhitni yaratishning asosiy tamoyillariga rioya etishni nazarda tutadi. Bular quyidagilar:
- bolalarning hamkorlikdagi va shaxsiy faoliyati orasida muvozanatni ta'minlash;
- norasmiy hududni tashkil etish;
- tanlov xarakteri va erkinligini ta'minlash;
- modellashtirish, qidirish va tajriba qilish uchun shart-sharoitlarni yaratish;
- binolar va asbob-uskunalardan juda ko'p foydalanish;
- jihozlar va materiallarning yoshi va jinsiga moslashtirilishi.
Sahnalashtirilgan faoliyat bo'yicha mashg'ulotlar quyidagilardan iborat:
- qo'g'irchoq teatrini tomosha qilish va ular haqida suhbatlashish;
- drammalashtirish o'yinlari;
- turli xil hikoyalar va sahna asarlarini tayyorlash va ijro etish;
- ifodali ijroni shakllantirish bo'yicha mashqlar (og'zaki va og'zaki bo'lmagan);
- axloqiy mashg'ulotlar bo'yicha alohida mashg'ulotlar;
- bolalarning ijtimoiy va hissiy rivojlanishi uchun mashqlar.
Bolalarning sahnalashtirish faoliyati, albatta, o'z-o'zidan kelib chiqmaydi.
Bu masalada ushbu jarayonni yaxshi boshqara oladigan tarbiyachining roli juda katta ahamiyatga ega.
Ta'kidlash lozimki, bir vaqtning o'zida bilim berish, tarbiyalash va rivojlantirish vazifalarini bajaruvchi sahnalashtirish faoliyati sahna chiqishlarini tayyorlashga hech qanday ta'sir ko'rsatmaydi. Ularning mazmuni, shakllari va amalga oshirish usullari uchta asosiy maqsadni bir vaqtning o'zida amalga oshirishi kerak:
• Teatr va ijro faoliyati ko'nikmalari va nutqini rivojlantirish;
• Ijodkorlik muhitini yaratish;
• bolalarni ijtimoiy va hissiy jihatdan rivojlantirish.
Sahnalashtirish faoliyatining mazmuni nafaqat adabiy asar yoki ertak matni bilan tanishish, balki yuz ifodalari, harakat, kostyum va boshqalar, ya'ni ifodali o'qishda muhim ahamiyatga bo'lgan "belgilar" bilan ham tanishishdan iborat,
Har qanday sharoitda ham hech qanday bosim, taqqoslash, baho berish, hukm o'tkazish mumkin emas. Aksincha, bolalarning fikr bildirishga, ichki faolligini namoyon etishlariga imkon yaratish kerak. Pedagog bolalarga o'zining aktyorlik faoliyatidan kelib chiqib tazyiq o'tkazmasligi va uni tomoshabinga aylantirib qo'ymasligi kerak. Bolalarning sahnaga qo'rqmasdan chiqishlariga e'tibor berishlari kerak. "Aktyor" va "tomoshabin", ya'ni har doim ijro etuvchi va boshqalarning "ijro etishini" har doim tomosha qiluvchi o'rtasida farq bo'lmasligi kerak.
Sahnalashtirish faoliyatini tayyorgarlik bir qancha bosqichlarda amalga oshiriladi. Avvalo tarbiyachi asarni ifodali qilib o'qib berishi kerak, keyin esa u haqda bolalar bilan nafaqat mazmuni haqida, balki alohida ifoda vositalari borasida suhbatlashishi kerak.
Pedagog har bitta bolani juda yaxshi bilishi, har qanday asarni eshitib qanday ta'sirlanishini bilishi kerak. Agar "u yaxshilik va yomonlik o'rtasidagi nizo uchun kuyunmasa, uning ko'zlarida xursandchilik aks etmasa- bu degani, uning yuragida nimadir bo'lgan" va pedagog uning parchalangan yuragini asliga qaytarishi uchun ko'p harakat qilishi kerak. Shunga muvofiq, tarbiyachi oldida ikkita asosiy masala ko'ndalang turibdi:
- bola nimani his qilayotganligini tushunishi, uning qayg'usi nimaga yo'nalganligi va ularning qanchalik chuqur va jiddiy ekanligini bilishi ;
- bolaga o'z fikrini erkin va to'liq bildirishi uchun yordam berishi, asar qahramonlariga yordam berishi uchun alohida sharoitlar yaratishi.
Bolalarga ertak qahramonlarining imitatsion harakatlarini jismoniy hamda musiqali mashg'ulotlar va erkin holatlarida o'rgatish mumkin. Qahramonlarning harakatdagi fe'l-atvorini musiqa yordamida yetkazib beriladi. Sahnalashtirish faoliyati bo'yicha mashg'ulotlar ertaklarni maromida ijro etish, illyustratsiyalar bo'yicha rollarni ijro etish, hayotdan olingan (kulgili voqealar, qiziqarli hodisalar) mavzuga mos mustaqil improvizatsiyalardan iborat. Mashg'ulotlar asosan yagona sxema bo'yicha tuziladi:
• Mavzuga kirish, ruhiy kayfiyatni yaratish;
• Tarbiyachi va har bir bola o'zining ijodiy salohiyatini namoyish eta oladigan (turli ko'rinishdagi) sahnalashtirish faoliyati;
• sahnalashtirish faoliyatining muvaffaqiyatini ta'minlab beruvchi ruhiy holatni kiritish;
Shunday qilib, o'z-o'ziga ishonch va xulqning ijtimoiy ko'nikmalarini rivojlantirishga bu kabi sahnalashtirish faoliyatini tashkil etish lozimki, bunda har bir bola o'zini qandaydir rolni erkin ijro eta olishi kerak. Buning uchun turli xil uslublardan foydalanish kerak:
- bolalar tomonidan o'zlari istagan rolni tanlash;
- bosh rolga jur'atsizroq, tortinchoq bolalarni tanlab olish;
- rollarni kartochkalar bo'yicha taqsimlash (bolalar tarbiyachi qo'lidan ertak qahramonining rasmi ifodalangan har qanday kartochkani oladilar);
- rollarni juft-juft bo'lib o'ynash.
Bolalarning ijtimoiy-ruhiy rivojlanishiga bolalarning o'ziga nisbatan bo'lgan ishonchini tarbiyalash, ijtimoiy ko'nikmalarini rivojlantirish, his -tuyg'ularini shakllantirish bo'yicha ma'lum bir muammolarni hal etishga qaratilgan turli voqealar va maxsus to'qib chiqarilgan ertaklar yordam beradi.
Xulosa qilib aytganda, bolalarning sahnalashtirish faoliyatini rivojlantirish va ularning ruhiy-sezgi tajribalarini jamlash - ota-onalarni ham jalb etilishini talab qiladigan uzoq muddatli ish hisoblanadi. Mazkur masala bo'yicha kattalar manfaatlarini faollashtirishga kattalar va bolalar bir xil ishtirokchi sifatida qatnashuvchi mavzuga oid kechalar yordam beradi. Sahnalashtirish faoliyati bolalarning ma'naviy va ijodiy salohiyatini namoyon etadi va ularga ijt imoiy muhitga moslashish imkoniyatini beradi. O'qitish va tarbiyalashda kreativ tamoyillarga, ya'ni bolalarning ijodiga, ruhiy-jismoniy hissiyotlariga va shaxs erkinligiga maksimal ravishda e'tibor berish juda muhim hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. "Ilk qadam "davlat dasturi.Toshkent. 2018y
2. D.Q.Asqarova "Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o'rgatish" (Metodik qo'llanma) Namangan 2018 y.
3. Ye.A.Antipova. Maktabgacha ta'lim muassasasida teatrlashtirilgan faoliyat. -M.: TS«Sfera», 2006.
4. M.D.Maxanyova. Maktabgacha ta'lim muassasasida teatrlashtirilgan faoliyat darslari. -M.: TS «Sfera», 2007.
5. Эшова Д. Ш. Методы развития творческих способностей у детей дошкольного возраста //Academy. - 2020. - №. 12 (63).
6. Tosheva N. T., Mustafoyeva M. S. REGISTRATION OF AGE AND INDIVIDUAL CHARACTERISTICS IN EDUCATION AS A PEDAGOGICAL PROBLEM European Scholar Journal (ESJ) Vol. 2 No. 4, April 2021, 85-90 betlar