Научная статья на тему 'QO‘G‘IRCHOQ TEATRI SAN’ATIGA ZAMONIY YONDASHUV MASALALARI'

QO‘G‘IRCHOQ TEATRI SAN’ATIGA ZAMONIY YONDASHUV MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
53
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
qo‘g‘irchoq teatri / qo‘g‘irchoq teatri dramaturgiyasi zamonaviy qo‘g‘irchoq teatri / dramaturgik material / marionetka / repertuar

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Abdurashid Raximberdiyevich Madaliyev

Ushbu maqolada qo‘g‘irchoq san’ati turlarining zamoniy talablari haqida hikoya qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QO‘G‘IRCHOQ TEATRI SAN’ATIGA ZAMONIY YONDASHUV MASALALARI»

QO'G'IRCHOQ TEATRI SAN'ATIGA ZAMONIY YONDASHUV

MASALALARI

Abdurashid Raximberdiyevich Madaliyev Ozbekiston davlat san'at va madaniyat inistitutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada qo'g'irchoq san'ati turlarining zamoniy talablari haqida hikoya qilinadi.

Kalit so'zlar: qo'g'irchoq teatri, qo'g'irchoq teatri dramaturgiyasi zamonaviy qo'g'irchoq teatri, dramaturgik material, marionetka, repertuar

ISSUES OF MODERN APPROACH TO PUPPET THEATER ART

Abdurashid Rakhimberdiyevich Madaliyev Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: This article tells about the modern requirements of puppetry.

Keywords: puppet theater, puppet theater dramaturgy, modern puppet theater, dramaturgical material, marionette, repertoire

Taniqli teatr arbobi K.S.Stanislavskiy: "Bolalar uchun qo'yiladigan spektakllar kattalarnikiga qaraganda kuchliroq va yaxshiroq bo'lishi kerak", - deganida qo'g'irchoq teatri ijodkorlaridan o'z ishiga katta mas'uliyat va jonkuyarlik bilan yondashishni nazarda tutgan, bizningcha.

Darhaqiqat, so'z ertangi kunning egalari xususida ketar ekan, ahamiyatsizdek ko'rinadigan har qanday masalaga jiddiy e'tibor qaratish, mavjud muammolarni nazardan chetda qoldirmaslik va yosh avlodning ma'naviy-ruhiy dunyosini turli yot va buzg'unchi g'oyalardan asrab avaylash bugungi kunning dolzarb vazifasiga aylanib bormoqda.

Bunda qo'g'irchoq teatrlarining muhim o'rin tutishi hech kimga sir emas. Professionallikka intilish har bir soha kabi qo'g'irchoq teatrining ham muhim talabiga aylanib bormoqda. Ayniqsa, zamonaviy qo'g'irchoq teatrining imkoniyatlari, maqsad va vazifalari kengayotgan bir paytda ijodkorlarning faol ijtimoiy pozitsiyada bo'lishi, bor mahoratini ishga solishi va o'z ustida tinmay mehnat qilib, yangi izlanishlar tomon yo'l ochishi talab qilinadi.

Jahon qo'g'irchoq teatrlari bu borada bizdan anchayin ilgarilab ketdi. Ular uchun qo'g'irchoq teatri dramaturgiyasi, ijrochiligi, rejissurasi borasida hech qanday to'siq yo'q. Boisi dramaturgik material tanlash borasida aksariyat teatrlar keng auditoriyadagi tomoshabinlar uchun mo'ljallangan jiddiy mavzu, yirik hajmdagi

asarlarga qo'rqmay murojaat qilmoqda. Ayniqsa, jahonga mashhur "Zalsburg marionetkalari" teatrida katta yoshdagi auditoriyaga mo'ljallangan jiddiy mavzu va ulkan g'oyaga ega asarlarning sahnalashtirilishi o'tgan asrdayoq yo'lga qo'yilgan. Mosartning "Bastien va Bastienna" operasi, "Sehrli fleyta", "Tundagi kichik serenada" kabi sahna asarlari shular jumlasidandir. Ushbu teatrlar pesa kutib o'tirgan emas. Bizda ham dramaturglar taqchil davrda ham katta hajmdagi nasriy asarlarni inssenirovka qilishgan. Tarixda bu kabi holatlar ko'p bo'lgan. Nega Navoiy asarlari katta yoshdagi tomoshabinlar uchun sahnalashtirilmaydi? Jahon adabiyotida ham katta-yu kichikka birday ma'qul keladigan asarlar ko'plab topiladi. Balki endi jiddiyroq mavzudagi, mulohazaga chorlaydigan asarlarni sahnaga qo'yish kerakdir. Vaholanki biz hali o'smir yoshdagi bolalarning qiziqish va ehtiyojlarini ham qondira olayotganimiz yo'q. Boisi yildan yilga ongi, tafakkuri o'sib borayotgan bolalarning bugungi ehtiyojlari, talablari juda yuqori. Kelajakka, o'ziga ishonchi baland, maqsadlari aniq.

Bugun Respublika qo'g'irchoq teatri repertuaridan o'rin olgan asarlarning deyarli hammasi bog'cha yoshidagi bolajonlar auditoriyasinigina qamrab olgan xolos. O'smir yoshdagi va undan katta yoshdagi tomoshabinlar uchun ularni qiziqtira oladigan spektakllar barmoq bilan sanarli.

Bejizga muammoning avvalini dramaturgiya bilan boshlamadim. Bugun nafaqat Respublika, balki barcha viloyat qo'g'irchoq teatrlarida uchta muammo mavjud. Qo'g'irchoq teatri dramaturgiyasi, rejissurasi va aktyorligi. Mavjud muammolarning bari bir-biri bilan bog'liq. Har uchala masalaning yechimi keyingisining yechimi tomon yo'l ochadi. Kuchli asar, kuchli rejissura kuchli aktyorni shakllantiradi. Yana bir tomondan, ijrochilik borasida qo'g'irchoq teatri oldida qator muammolar ko'ndalang turibdi. Bugun Respublika qo'g'irchoq teatri faqatgina simli, planshetli va qo'lqopli qo'g'irchoq turlari bilangina cheklanib qolgan. Vaholanki so'nggi yillarda qo'g'irchoq teatri turlarining imkoniyatlari aqlbovar qilmas darajada yuksalib ketdi. Texnik jihatdan zamonaviy qo'g'irchoq teatrlari ulkan yutuqlarni qo'lga kiritib, tomoshabin hayratiga sazovor bo'lmoqda. Qo'g'irchoq teatrining biz hali o'rganishga ulgurmagan soya, marionetka va x.k. turlari bugun jahon qo'g'irchoq teatri maydonida ko'p asrlik tarixga aylandi.

Nazarimizda, qo'g'irchoq teatrlari ham zamonga qarab odimlashi, yangi qo'g'irchoq teatri turlarini o'rganishi zarur. Jahon teatrlariga yetish yo zarurat yuzasidan emas, balki bizning tomoshabinlar ham ana shunday yangiliklardan boxabar bo'lishga, qo'g'irchoq teatrining boshqa turlari ishtirokidagi san'at asarlaridan bahramand bo'lishga loyiq, deya olg'a borishi kerak.

Ma'lumki, qo'g'irchoq teatrida birinchi galdagi qahramon qo'g'irchoq ekanini e'tiborga olsak, unda birinchi navbatda qo'g'irchoqni sahnada jonlantirish san'atini puxta egallash muhim talab hisoblanadi. Avvalo qo'g'irchoqni boshqarish san'atini puxta egallash zarur. Faqatgina simli, planshetli, qo'lqopli qo'g'irchoq turlari bilan

chegaralanmasdan, marionetka, soya, suv ostidagi qo'g'irchoq va boshqa yangi zamonaviy qo'g'irchoq teatri turlarining sir-asrorlarini puxta o'zlashtirish zarur. Ya'ni shaklda yangiliklar tomon yo'l ochish kerak. Qo'g'irchoq teatri ijrochiligi borasida eksperimentlardan cho'chimaslik ham muhimdir. Buning uchun esa O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti "Qo'g'irchoq teatri san'ati" kafedrasida qo'g'irchoq teatrining boshqa - yangi turlarini talabalarga o'rgatish jarayonini yo'lga qo'yish lozim. Albatta bu jarayon tez va oson kechmaydi. Boisi biz tilga olayotgan zamonaviy qo'g'irchoq teatri turlari bo'yicha bizda mutaxassislar yo'q.

Mutaxassis kadrlar tayyorlash masalasini esa xalqaro hamkorlik aloqalari asosida yo'lga qo'yish mumkin. Institutimizning xorijiy mamlakatlar bilan imzolangan 10 ta xalqaro shartnomasi mavjud. Bular: Rossiya, Belorussiya, Koreya, Ozarbayjon, Qozog'iston va boshqa davlatlardir. Shartnomada belgilangan kelishuvlar ichida hamkorlik aloqalari, mutaxassis kadrlar malakasini oshirish kabi bandlar o'rin olgan. Mana shu imkoniyatlardan unumli foydalangan holda, qo'g'irchoq teatri turlari bo'yicha mahorat darslari, malakali kadrlar tayyorlash masalalarini hal qilish mumkin. Agar bu tadbir amalga oshsa, zamonaviy qo'g'irchoq teatri turlarini o'rganib qaytgan pedagog o'z bilimi va tajribasini talabalarga o'rgatadi. Faqat bunda yana bir muammo bor. Quruq aktyor ijodi bilan teatrda ish yurmaydi. Ya'ni zamonaviy qo'g'irchoq teatri turlarini tushungan aktyorning boshida buni tushunadigan rejissyor hamda ssenograf ham bo'lishi kerak. Kelib chiqadiki, soha sirlarini o'zlashtirish uchun bir jamoa, aniqrog'i rejissyor, aktyor va ssenograf birga yuborilishi kerak. Uchta ijodkorning pulsi birgama-birga, bir tempda ursagina mazkur tadbir o'z natijasini beradi.

Aytib o'tilgan yechim uchta og'riqli muammo uchun yetarli emas, albatta.

Mazkur muammo yuzasidan qo'g'irchoq teatri aktyorligining o'qitilish jarayonida ham e'tiborga olinishi lozim bo'lgan ayrim takliflarni keltirib o'tish joiz. Menimcha, hozirgi tezkor, talabchan zamonning yetakchi mutaxassisiga aylanish uchun, ya'ni professional qo'g'irchoq teatri aktyori bo'lib shakllanish uchun serqirra faoliyatga urg'u berish talab qilinadi. Bugungi qo'g'irchoq teatri aktyorligi bo'limi talabalarining dars jadvaliga plastika, ritmiga, soz chalish fanlarini qo'shish kerak.

An'anaviy qo'g'irchoq teatri aktyorlari oldin bularning baridan yaxshigina xabardor bo'lgan. Bu esa qo'g'irchoq ruhiyatiga kirish, aktyorning serqirralik darajasini oshirishga turtki bergan.

Bugungi kunda nafaqat ijrochilikda, balki aktyorlarning sahna nutqida ham kamchiliklar talaygina.

Bilamizki, ovoz, nutq apparati ayniqsa qo'g'irchoq teatrida xarakter yaratishning muhim qurolidir. Oxirgi qatorda o'tirgan tomoshabinga qo'g'irchoqning yuz ifodasi aniq ko'rinmasligi mumkin. Ammo aktyorning ovozi qo'g'irchoqning holatini berib turadi. Qolaversa, ovoz harakatning maromiga yetmagan nuqtalarini to'ldirishi,

mujmal harakatlarga aniqlik kiritishi mumkin. Shu tufayli bu borada jiddiyroq yondashish, aktyor talaffuzi va ovoziga yetarlicha e'tibor qaratish zarur.

Qo'g'irchoq teatri aktyori uchun yana bir soha muhim hisoblanadi. Bu - plastika. Har qanday qo'g'irchoq turini o'ynatish uchun aktyorning qo'l, barmoq va gavda harakatlari egiluvchan qobiliyatga ega bo'lishi kerak. Bu qo'g'irchoq ijrochiligida birlamchi o'rinda turadi. Barmoqlarning egiluvchanligi, sezuvchanligini oshirish, sahna ortida ishlayotganda partnyorga xalaqit bermaslik va qo'g'irchoq ishlatish borasidagi ko'nikmalar aynan plastika darsi orqali o'zlashtiriladi.

Shuningdek, ritmika fani ham musiqiy asarlarni eshitishda, qo'g'irchoq harakatlarini musiqaga moslashda va qo'g'irchoqni boshqarishda muhim ahamiyatga ega.

Yana bir fan borki, uning zarurati so'nggi yillarda anchayin sezilib qoldi. Qo'g'irchoq teatri aktyori jonli planda ham rol ijro etayotganda albatta biror soz turini chalishni bilishi kerak, nazarimizda. Har bir aktyorning sahnadagi yorqin chiqishida bu muhimdir. Bu fanlarning bo'lajak qo'g'irchoq teatri aktyorlarining dars jadvaliga kiritilishi ijrochilikdagi mavjud muammolarni bartaraf etishda yordam beradi.

Bugungi axborot va texnika asrida hozirjavob, zamon bilan hamnafas aktyorlarni tarbiyalash dolzarb ahamiyatga ega. Boisi global asrimizda bolalarni biror narsaga qiziqtirish oson ish emas. Bolalar internet oqimida kuniga minglab yangilik, ma'lumotlarni qabul qiladi. Qolaversa, qo'g'irchoq teatrini o'rnini bosadigan video o'yinlar, animatsion filmlar va turli ko'ngilochar dasturlar hamisha topiladi. Agar bugun qo'g'irchoq teatri va uning asosiy figurasi bo'lgan aktyorning mahorati, dunyoqarashi zamonga mos, ildam va dadil bo'lmasa, qo'g'irchoq teatri o'z oldidagi vazifasini to'liq ado eta olmagan bo'ladi. Agar qo'g'irchoq teatri ijrochiligida avvalgidek xalqqa yaqin Kachal Polvon, Bichaxon kabi milliy qahramon obrazlari zamonga mos, yoqimtoy qiyofada aks etmas ekan, jajji tomoshabinlar qalbidagi havas qilinadigan qahramonlar o'rnini boshqa g'arbona qahramonlar egallay boshlaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Ganisherovich T. J. Teaching of Musical Instruments in Secondary Schools //Web of Scholars: Multidimensional Research Journal. - 2023. - T. 2. - №. 6. - C. 166-169.

2. Ganisherovich T. J. Coverage of chang instruments in historical and musical sources //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. -2022. - T. 12. - №. 3. - C. 30-33.

3. Javohir G. MUSIQA TA'LIMIDA METOD VA USULLARDAN DARS JARAYONIDA FOYDALANISH //Oriental Art and Culture. - 2022. - T. 3. - №. 4. - C. 954-957.

4. Ganisherovich T. J. Use of methods and techniques in music education //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2021. - T. 11. - №. 7. - C. 44-47.

5. Nazarov, A. (2022). TV Adaptation of the Theatrical Play. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 1(5), 264-266.

6. Madaminov, O. (2023). Features of Acting in Modern Puppet Theater. EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION, 3(11), 82-84.

7. Madaminov, O. (2023). On the Organization of Andijan Region Puppet Theater. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 2(6), 29-32.

8. Madaminov, O. (2023). Expression of Aesthetic Education and National Values in Performance Works. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 2(6), 127-130.

9. Otabek, A. (2022). PERFORMANCE BY RAHMONJON POLATOV ACTOR OF THE KOKAND MUSICAL DRAMA THEATER. International Journal of Intellectual Cultural Heritage, 2(2), 116-120.

10. Anvarov, O. R. O. G. L., & Usmonov, S. Y. (2023). BADIIY OBRAZ YARATISHDA O 'ZIGA HOS YONDASHUV (MAHORATLI AKTYOR BAXROMJON RAHIMOV MISOLIDA). Oriental Art and Culture, 4(1), 420-426.

11. Otabek, A., & Yo'lchiboyevich, U. S. (2022). QO'QON SHAHAR MUSIQALI DRAMA TEATRI AKTYORI RAXMONJON PO'LATOVNING IJRO TALQINI. Oriental Art and Culture, 3(1), 197-206.

12. Komilova, M. (2023). ALISHER NAVOIY IJODIY MEROSINING YOSHLAR TARBIYASIDAGI AHAMIYATI. World of Philology, 1(2), 66-71.

13. Komilova, M. G. O. Q., O'G, K. M. M. A., & Usmonov, S. (2023). AKTYORNING OBRAZ USTIDA ISHLASHI (QO'QON SHAHAR MUSIQALI DRAMA TEATRI AKTYORI, MARHUM USTOZ SAN'ATKOR, RAXMANJON PO'LATOV ROLLARI TALQINIDA). Oriental Art and Culture, 4(3), 262-269.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.