Научная статья на тему 'AKTYORLIK MAHORATI MAKTABLARIDA PROFESSIONAL AKTYORLIK MAKTABLARI: QО‘G‘IRCHOQ TEATR TOMOSHALARIGA ZAMONAVIY YONDASHUV'

AKTYORLIK MAHORATI MAKTABLARIDA PROFESSIONAL AKTYORLIK MAKTABLARI: QО‘G‘IRCHOQ TEATR TOMOSHALARIGA ZAMONAVIY YONDASHUV Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
43
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
teatr / qо‘g‘irchoq sahna / san’at / tarix / ijrochi / an’anaviy / tomosha

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — O.Madaminov

Ushbu maqolada aktyorlik mahorati maktablarida professional aktyorlik maktablari: qо‘g‘irchoq teatr tomoshalariga zamonaviy yondashuv tо‘g‘risida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AKTYORLIK MAHORATI MAKTABLARIDA PROFESSIONAL AKTYORLIK MAKTABLARI: QО‘G‘IRCHOQ TEATR TOMOSHALARIGA ZAMONAVIY YONDASHUV»

AKTYORLIK MAHORATI MAKTABLARIDA PROFESSIONAL AKTYORLIK MAKTABLARI: QO'G'IRCHOQ TEATR TOMOSHALARIGA

ZAMONAVIY YONDASHUV

O.Madaminov

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada aktyorlik mahorati maktablarida professional aktyorlik maktablari: qo'g'irchoq teatr tomoshalariga zamonaviy yondashuv to'g'risida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: teatr, qo'g'irchoq sahna, san'at, tarix, ijrochi, an'anaviy, tomosha

PROFESSIONAL ACTING SCHOOLS IN ACTING SCHOOLS: A MODERN

APPROACH TO PUPPET SHOWING

O.Madaminov

Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: This article discusses professional acting schools in acting schools: a modern approach to puppet shows.

Keywords: theater, puppet stage, art, history, performer, traditional, performance

Teatr san'ati ma'naviyatning eng yorqin, ta'sirchan ko'rinishlaridan biridir. Zero, u tomoshabinlarga bevosita ta'sir ko'rsatadi. Sahna bilan tomoshabinlar o'rtasida samimiy bog'lanish, muloqot hosil bo'lib, ham sahna ijodkorlarini, ham tomoshabinlarni ma'nan boyitadi, ruhini sozlaydi, ko'nglini ko'taradi. Darhaqiqat, teatr ma'lum millatning o'zligini, orzu - intilishlarini, tarixini, kelajagini, urf-odatlarini, qadriyatlarini badiiy obrazlar orqali ifoda etuvchi beqiyos san'atdir. Qolaversa, milliy mafkura, milliy g'urur, vatanparvarlik, e'tiqod, millatlararo do'stlik va totuvlik, insoniylik, mehr-sahovat, odob-axloq masalalarini yoritishda teatr boshqa barcha san'at turlardan ta'sirliroq, kuchliroq va jozibaliroq imkoniyatga ega. Shunday ekan, har qaysi xalq teatrni milliy kolorit asosida shakllantirishga intiladi. Shu orqali, xalqning qalbi va ongiga ta'sir o'tkazishni istaydi. Teatr tarixiy an'analar va yuksak insoniy fazilatlar bilan bevosita bog'langan. Mana shu o'yinlardan professional qo'g'irchoq teatriga qadar bosib o'tilgan yo'l milliy ruhiyatimizning rangin va zarrin qiyofalari bilan bezatilgan. Aynan qo'g'irchoq teatrlarida xalqona xususiyatlardan va milliy nuqtai nazardagi yondashuvlardan keng foydalanish, doim teatrning qadrini va qimmatini oshirishga xizmat qilgan. Shu asosda, qo'g'irchoq teatrlarida mana shu

badiiylikni tomoshabinga yetkazuvchi aktyorlar jamoasining faoliyatini tavsiflash,munosabat bildirish, tahlil qilish keyingi avlod teatrlari va teatr ijodkorlari uchun o'zining samarali ta'sirini ko'rsatadi.

Qo'g'irchoq teatri bizning mamlakatimizda katta shuhrat qozongan. Teatr sa'atining bu janr ildizlari qadimda folklorga, an'anaviy xalq teatri san'ati oqimlariga borib taqalgan. Umuman olganda, ibrat bo'la olish, namuna ko'rsatish yo'li bilan kattalar va bolalarning ruhiyatiga ta'sir o'tkazishda san'atning ahamiyati muhim ekanligini eramizdan avvalgi IV-V asrlardayoq ajdodlarimiz anglab yetgan ko'rinadi. Qo'g'irchoqlar orqali nafaqat bolalarga, balki kattalarga ham ta'sir o'tkazib kelinganligi Gerodot, Mark Avreliy, Aristotel kabi qadimgi tarixchi va allomalarning asarlarida keltirilgan. Dunyoning barcha qit'alarida qo'g'irchoq teatrining o'ziga xos an'analari mavjud bo'lib, ular bir necha asrlik tarixga ega. Ulardan, marionetka (iplar yordamida boshqariladigan qo'g'irchoq), petrushka (qo'lqop sifatida qo'lga kiyiladigan qo'g'irchoq), mexanik tarzda boshqariladigan qo'g'irchoqlar, planshetli (ochiq tarzda o'ynatiladigan), soyasi tushiriladigan qo'g'irchoqlar dunyoning barcha rivojlangan qo'g'irchoq teatrlarida qo'llanila boshlangan.

"Qo'g'irchoq teatri tarixi" qo'llanmasida keltirilishicha: "O'zbek qo'g'irchoq teatrinining vujudga kelishini olib qaraganimizda, bunda ikki manba muhim va hal qiluvchi rol bajarganini ko'ramiz. Birinchi manba O'zbekiston hududida yashagan qadimgi, animistik e'tiqodga tayanuvchi xalqlarning marhumni eslash marosimidir, deb hisoblanadi. Mazkur marosimga ko'ra, o'lgan kishining eng yaqin odami uning niqobini yasab kiyadi va marhum harakatlari, nutqi, muomalalarini tiklashga urinadi. Niqob ba'zan boshga kiyilmasdan, qo'lda ushlanganicha harakatlantirilgan. Bunday paytda "ijrochi" ham marhum, ham o'z "rolini" bajargan va o'ziga xos dialog hosil qilgan. Ushbu marosim o'zbek qo'g'irchoq teatrining paydo bo'lishi uchun zamin tayyorlagan." Aynan, jonsiz tanani jonlantirishga urinish asosida keyinchalik, jonsiz qo'g'irchoqqa jon ato etilganini (harakatlantirish, so'zlatish) payqash qiyin emas. Ya'ni, mana shu diniy qadriyat orqali obraz tushunchasi vujudga kelgan.

Uzoq tarixga va boy qadimiy qiyofalarga ega an'anaviy qo'g'irchoq teatri o'zining maftunkorligi va yorqinligi bilan ajralib turadi. M.Qodirov aytgandek, "Osiyo qo'g'irchoq teatri bu shunchaki ermak, o'yin emas, balki bir qit'a xalqlarining falsafasi, dini, adabiyoti, eposi, musiqasi, folklori, tasviriy san'ati va albatta tillari bilan chambarchas bog'liq bo'lgan muhim tarixiy badiiy hodisadir"5 Aynan mana shu uzoq tarixga ega san'at turi va uning dastlabki qiyofalari bevosita an'anaviy qo'g'irchoq teatri san'ati hisoblanadi.

An'anaviy teatr xalq orasida juda mashhur bo'lib, asosi og'zaki dramaturgiya hisoblangan. Zero, draamaturgiya teatr bilan birga tug'iladi va birga yashaydi. An'anaviy teatr bugungi zamonaviy teatrdan ayrim jihatlari bilan farq qilgan. Masalan, zamonaviy teatrda asos dramaturgdan boshlanib, asosiy mas'uliyat rejissor

zimmasiga tushadi. Aktyorlar butun ijodiy guruhning mehnatini yuzaga chiqaruvchi jamoa a'zosi. An'anaviy teatrda esa asosiy mas'uliyat aktyor zimmasida bo'lgan. Shu sababdan aktyorlarga qo'yilgan talab va ularning imkoniyatlari ham yuqori darajada bo'lgan.

An'anaviy teatr - ijrochilik san'ati. Bu yerda hal etuvchi - ijrochi aktyor, uning e'tiqodi, qobiliyati, malakasi, mahoratidir. Zotan, xalq aktyori tomoshabinlar davrasidan hosil bo'lgan o'ziga xos "sahna"da, maxsus ayvonlarda, ko'shklarda tomosha ko'rsatgan. Rasmana dekoratsiya yo'q, voqea o'rni va payti esa shartli. Bunday sharoitda aktyor faqat o'ziga, o'z san'atiga ishonib ish ko'radi. U mustahkam an'anaviy fabula, voqealar, obrazlar silsilasi, barqaror savol-javoblarga tayangan holda so'z va harakatlar to'qiydi, ya'ni badihagoylik (improvizatsiya) qiladi.

Aynan mana shu xususiyatlarni qamrab olgan an'anaviy qo'g'irchoq teatri uzoq yillar davomida xalqimiz madaniy hayotining ajralmas qismi sifatida baholangan. Ana shu vaqtlarda, O'rta Osiyoda an'anaviy qo'g'irchoq teatrining eng ko'p tarqalgan ikki turi mavjud bo'lgan, bular "Chodir jamol" va "Chodir xayol"dir.

Bu yerdagi "jamol" so'zi bir tomonlama tomoshaning yorug'likda, kunduzi ko'rsatilishiga, ikkinchidan, tomoshada kundalik hayotdan olingan real, tanish voqealar tasvirlanishiga ishora qiladi. "Chodir" so'zi esa ham sahna, ham teatr ma'nosini beradi. Demak, "Chodir jamol" - bu kishilarning kundalik hayotidan olingan voqealarni qo'lga kiyib o'ynatiladigan qo'g'irchoqlar yordamida kunduzi aks ettiruvchi o'ziga xos teatrdir.

"Chodir xayol" teatridagi qo'g'irchoqlar esa qo'lqopli qo'g'irchoqlardan farq qiladi. Ular tuzilishi, shakli va yasalishi, ijro va mavzu xususiyatlari nuqtai nazaridan birmuncha murakkabdir. Bunda aktyor maxsus o'rnatilgan chodir va pardalar ortidan turib ipli qo'g'irchoqlarni o'ynatadilar. Bu bir qarashda tomoshabindan berkinib rol ijro etishga o'xshaydi.

Bu teatr tomoshalari odatda kechalari ko'rsatilgani, oddiy nur-shu'la va shovqindan foydalanilgani tufayli qora pardalar ichidagi qo'g'irchoqlarning o'zi harakat qilayotganday tabiiy va ajib manzara hosil bo'lgan. Har mashhur qo'g'irchoqboz bir vaqtning o'zida iplar yordamida 8-10 qo'g'irchoqni harakatga keltira olgan. "Chodir jamol" teatrining bir tomoshasida ko'pi bilan o'n qo'g'irchoq ishtirok etgan bo'lsa, "Chodir xayol"da bir tomoshada 50 dan ortiq qo'g'irchoq o'ynagan.

Bugungi kunda ham bu yo'nalishlar mohiyatan saqlanib qolgan bo'lib, uning vositasida turli rang-barang tomoshalar dunyoga kelmoqda. An'anaviy qo'g'irchoq teatr haqida gap ketganda, dastavval kuchli mahorat egalari hisoblangan aktyorlar jamoasi ko'z oldimizda gavdalanadi. Bugungi kun aktyorlaridan farqli ravishda ularning an'anaviy teatrdagi roli behad yuqori bo'lgan. Olim ta'biri bilan aytganda, aktyor - an'anaviy teatr shohi, spektakllarni harakatlantiruvchi yetakchi kuch.

Umuman olganda, an'anaviy teatr aktyori mahoratini baholash avvalida an'anaviy qog'irchoq teatriga xos asosiy xususiyatlarga e'tibor qaratish lozim:

- tomoshalarning og'zaki dramaturgiyaga asoslanganligi;

- tomoshaning asosan xalq orasida, ochiq maydonlarda qo'yilishi;

- tomoshani tashkil etish asosan ikki ijodkor - aktyor va korfarmonga bog'liqligi;

- tomoshada aktyorlarning faoliyati kuchli hajv va favqulodda badihago'ylikka asoslanganligi;

- aktyorlarning serqirraligi;

- tomoshalarning asosan kattalar uchun mo'ljallanganligi;

- tomoshalar umumiy sintez xususiyatlarini qamrab olganligi;

- tomoshada asosan ijtimoiy mavzularning tanlanishi;

- tanlangan ijtimoiy mavzularning masxara va mubolag'a yo'li bilan ko'rsatilganligi va hokazo.

An'anaviy teatr haqida gap ketganda, biz umuman eng ko'p tarqalgan masxarabozlik, qiziqchilik hamda qo'g'irchoqbozlikni tushunamiz va ularni ayro tasavvur etib bo'lmaydi. Bu bir qarashda alohida yo'nalishdagi tomosha san'ati turlari hisoblansa-da, yahlit an'anaviy teatr uchun xizmat qiladi. Shu sababdan, ulardagi badiiy asos va badiiy mohiyat uyg'un, aktyorlar bir vaqtning o'zida qo'g'irchoq ham o'ynatolgan, qiziqchilikdan ham boxabar bo'lishgan. Shunday ekan, an'anaviy teatrga xos ayrim xususiyatlar barcha turdagi tomosha san'atiga taaluqlidir. Lekin ular bir-biriga yaqin bo'lgan alohida-alohida teatr san'ati turidir.

Og'zaki dramaturgiya - an'anaviy teatr asosi. Aktyorlar jamoasi uchun ham og'zaki dramaturgiya asosida tomosha ko'rsatish qulay edi. Aslini olganda, xalq orasida mashhur bo'lgan, xalq to'qigan voqealar va shu davrda sodir bo'layotgan hodisalar tomoshalarning asosiy sujetini tashkil qilgan. Demak, o'g'zaki dramaturgiya bu tasodifiy holat emas. Bu asarlarning ham asosi bo'lgan va aktyorlar tomoshaning asosiy mazmunini buzmagan holda improvizatsiya orqali rol ijro etganlar. Tomoshabinlar katta zavq bilan tomoshalarni kuzatgan. Ular uchun aktyorlar ijrosi va jonli badihalar qiziqarli tuyulgan.

O'zbek an'anaviy teatri, M.Qodirov aytganidek, malakali ijrochilar - qissago'y, voiz, maddoh, masxara, qiziqchi, qo'g'irchoqchilarning og'zaki dramaturgiya negizida yaratiladigan san'atidir.

Aytilganidek, tomoshalar asosan xalq orasida, ochiq maydonlarda qo'yilgan, sababi tomoshabin uchun joy, dekoratsiya muhim emas edi. Qaysidir ma'noda, bunga imkon ham bo'lmagan. Shu sababdan, ko'p jihatdan an'anaviy teatrda shartlilik muhim rol o'ynagan. Demak, an'anaviy teatrda hozirgi tushunchadagi sahna, tomoshabin, bilan teatrni keskin ikkiga bo'lib turadigan ayirma bo'lmagan. Xalq aktyorlarining tort tomondan qur solib turgan tomoshabinlar davrasida o'ynashi

an'anaviy teatr spetsifikasini elgilagan, shartlilik ham ko'p jihatdan shunga bog'liq.

An'anaviy teatrda asosiy kuch aktyor ekanligi ma'lum bo'ldi. O'z-o'zidan tomoshabin uchun qaysi aktyorning rol o'ynashi, uning ovozi, mimikasi, ko'rinishi, his-tuyg'ulari, harakatlari muhim ahamiyat kasb etgan. Xalq vakillari ham aktyorlarning mahoratiga qarab baho bera olgan va maromiga yetgan ijrodan mislsiz zavq olishgan. Keyingi navbatda, tomoshaning asosida korfarmonlarning ham o'rni bo'lgan. Favqulodda korfarmonlarning o'zlari ham yuksak mahoratga ega bo'lgan, iste'dodli aktyorlar hisoblangan. Boisi, uzoq yillar davomida to'plangan ijodiy tajriba orqaligina rejissorlik qilish mumkin edi.

Korfarmon ko'rsatmalari asosan aktyorga mavzuni tanlashda va mahoratini charxlab borishda asqotgan. Baribir tomoshadagi asosiy mas'uliyat aktyor zimmasida qolavergan. Shu sababdan aktyorlardan ilk navbatda kuchli hajv ustasi va badihago'ylik talab etilgan. Tomoshaviylik - aynan an'anaviy teatrning bosh mezoni. Shu sababdan, tomoshalarni hajv va kulgusiz tasavvur etib bo'lmasdi. Hajv asosan, atrofdagi qaysidir voqea yoki shaxsga nisbatan kulgu, masxara, tanqid shaklida bo'lgan. Badihago'ylik esa, vaziyatdan kuchli did, so'z va dadillik orqali olib chiqib keta olish mahoratidir. Badihago'ylik mohiyatan vaziyatdan faqat so'zamollik bilan chiqib keta olish imkoniyati bilan o'lchanmagan. Aktyorlar badihago'ylik uchun ham alohida tayyorgarlik ko'rishgan. O'z dunyoqarashlari va so'z boyligini muntazam shakllantirib borishgan. Demak, o'z o'rnida aktyorlardan o'ziga xos darajada serqirralik talab etilgan. Tomoshaning asosida mahoratning asosiy rol o'ynashi bevosita aktyordan nutq va ovoz imkoniyatlarini yuqori bo'lishini, zehn va ziyraklik, tezkorlik va aniqlik, sezgirlik va mulohazakorlik jihatlarini yuksak darajada shakllangan bo'lishini taqazo etgan.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Qodirov M. O'zbek xalq tomosha san'ati. - T.: O'qituvchi, 2011.

2. Qodirov M. Tomosha san'ati o'tmishidan lavhalar. - T.: Fan, 2013.

3. Qodirov M. An'anaviy teatr dramaturgiyasi. - T.: Yangi asr avlodi, 2016.

4. Qodirov M. S.Qodirova. Qo'g'irchoq teatri tarixi. - T.: Talqin, 2016.

5. Ashurova M. Qo'g'irchoq teatr san'atining aktyorlik maktabi. - T.: Kuro Print 2017.

6. M.Ashurova "Aktyorlik mahorati darsligi" //Innovatsiya-Ziyo 2021;

7. Ashurova M. Qo'g'irchoq teatri rejissorligi. - T.: 2014.

8. Yuldashev T.I., Ikromov H.I., Muxtarov I.A. va Muxtarova M.S. Teatr va yosh avlod. -T.: 2012.

9. Turdiyeva I. Qo'g'irchoq boshqarish asoslari. - T.: O'zDSMI 2015.

10. Tursunov T. Sahna va zamon. T.: Yangi asr avlodi. 2007.

11. Tursunov T. XX asr o'zbek teatri tarixi. - T.: Fan va texnologiyalar, 2009.

12. Tursunov T. O'zbek teatr tarixi. - T.: ART PRESS, 2020.

13. Istiqlol va milliy teatr. - T.: Yangi asr avlodi, 2020.

14. O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. - T.: Davlat ilmiy nashriyoti, 2017.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.