Научная статья на тему 'QO‘CHQORLARNI BO‘RDOQIGA BOQISH USULLARI VA NATIJALAR'

QO‘CHQORLARNI BO‘RDOQIGA BOQISH USULLARI VA NATIJALAR Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yaylov / chorva / ozuqa / nasl / maxsuldor / bo`rdoqi. / pasture / livestock / feed / breed / specialty / Beaver.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Naurizov T., Allebekov B., Muradova O.

Hozirgi vaqtda mamlakatimizda etishtirilayotgan chorva maxsulotlarining asosiy qismi nodavlat xo‘jaliklari zimmasiga tushmoqda. Ammo, bu xo‘jaliklarda etishtirilayotgan chorvachilik mahsulotldarining sifatli bo‘lishini ta’minlash chorva mollarining tabiiy himoyalanish qobiliyati, ularni saqlash sharoiti va oziqlantirish darajasiga bog‘liq bo‘ladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Currently, the main part of the livestock grown in our country falls on non-state farms. However, ensuring the quality of the livestock productivity grown on these farms will depend on the ability of the livestock to be protected naturally, the conditions for their storage and the level of feeding.

Текст научной работы на тему «QO‘CHQORLARNI BO‘RDOQIGA BOQISH USULLARI VA NATIJALAR»

UDK-63.636

Naurizov T.

Qoraqapoglston qishloqxo^jaligi va agrotexnologiyalar instituti dotsenti

Allebekov B.

Qoraqapoglston qishloqxo^jaligi va agrotexnologiyalar instituti assistenti

Muradova O.

Qoraqapoglston qishloq xojligi va agrotexnologiyalar institute 3 bosqich talabasi

QO'CHQORLARNI BO'RDOQIGA BOQISH USULLARI VA

NATIJALAR

Annotatsiya. Hozirgi vaqtda mamlakatimizda etishtirilayotgan chorva maxsulotlarining asosiy qismi nodavlat xo'jaliklari zimmasiga tushmoqda. Ammo, bu xojaliklarda etishtirilayotgan chorvachilik mahsulotldarining sifatli bo 'lishini ta 'minlash chorva mollarining tabiiy himoyalanish qobiliyati, ularni saqlash sharoiti va oziqlantirish darajasiga bog'liq bo 'ladi.

Kalit solar: yaylov, chorva, ozuqa, nasl, maxsuldor, bo^rdoqi.

Naurizov T. associate professor

Institute of Agriculture and agrotechnology of Karakapastan

Allebekov B. assistant

Institute of Agriculture and agrotechnology of Karakapastan

Muradova O.

3-stage student

The Institute of Agriculture and agrotechnology of Karakapatan METHODS AND RESULTS OF FEEDING RAMS TO BEAVER

Annotation. Currently, the main part of the livestock grown in our country falls on non-state farms. However, ensuring the quality of the livestock productivity grown on these farms will depend on the ability of the livestock to be protected naturally, the conditions for their storage and the level of feeding.

Key so: pasture, livestock, feed, breed, specialty, Beaver.

Kirish: Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishningijtimoiy tarkibi tubdan o'zgarmoqda. Bugungi kunda xo'jalikning bir qismi bo'lgan chorvachilikdir. CHorvachilikni rivojlantirishda dehqon fermer xo'jaliklarning tashkil etilishi zooveterinariya mutaxassislari oldiga yangi vazifalarni qo'ymoqda

ya'ni qishloq xo'jalik hayvonlarini saqlash, asrash, boqishni chuqur o'rganmay turib, xo'jaliklarda sog'lom va sermahsulot mollarni bosh sonini oshirishga hissa qo'shmaydilar. Ma'lumki chorvadorlarning asosiy vazifasi aholini chorva mahsulotlariesa qishloq xo'jalik xom-ashyosi bilan ta'minlashdir.

O'zbekistonda va dunyoda qorako'lchilikning axvoli, kelajakdagi istiqboli, hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida rivojlanishi, yangi sermahsul zot tiplarini, zavod tiplarini, rang va rang-barangliklarni yaratish va ulardan unumli foydalanish chora tadbirlarini ishlab chiqish dolzarb hisoblanadi. Qorako'l qo'yining genofondini saqlash muammolari, mo'yna bozori talabiga javob beradigan, jun tola qoplami ipaksimon, yaltiroq va engil bo'lgan qorako'l terilarni etishtirish amaliy ahamiyatga ega.

Asosiy qism: Odatda qo'chqorlar yaylovda va qo'yxonada bo'rdoqiga boqiladi. Bo'rdoqiga puchak qilingan sovliq, qo'chqor, bichilgan qo'chqorlar va o'tgan yilgi erkak qo'zilar boqiladi. Qo'chqorlar bo'rdoqiga 60 - 90 kun jadal usulda boqiladi. O'tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki qo'zilarni uzoq vaqt bo'rdoqiga boqqancha jadal usulda boqilsa iqtisodiy tomondan samarali bo'ladi. Ular bir kunda 4 marta oziqlantirilib 2 marta sug'oriladi, em ozuqalar miqdori ko'paytiriladi. Qo'zilar 5-6 oyligida 40 kg ga etganda bo'rdoqiga qo'yiladi. Bo'rdoqi qo'zilar ratsionida dukkakli ekinlar pichani, ildiz mevali, shirali va boshqa ozuqalar bo'lishi kerak. Bo'rdoqilanayotgan qo'chqorlar quruq binolarda, qalin to'shamada saqlanib havo harorati +3 +50S, nisbiy namlik 60-70 %, yorug'lik koeffitsienti 1:25 bo'lgan binolarda boqilib semirgandan so'ng go'shtga jo'natiladi.

Qo'chqorlarni oziqlantirish. Qo'chqorlarni oziqlantirish ularni yil davomida zavod kondisiyasida bo'lishini ta'minlashni ko'zda to'tadi. Oziqlantirish jadalligi qochirish mavsumi oldidan kuchaytiriladi. Ratsionning energiya, protein, mineral moddalar va vitaminlar bilan to'liq ta'minlanishi qo'chqorlar urug'ini sifati va jinsiy faolligiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Qo'chqorlardan foydalanish jadalligiga qarab me'yorlar belgilanadi.

Qish paytida qo'chqorlarga 1,5 -2 kg pichan, 1,5-2 kg shirali oziqalar, 0,60,8 kg yem beriladi.Yozda esa qo'chqorlar yaylovlarda boqilib, qo'shimcha yem berilib turiladi. Urug' yetilishi 40-45 kun davom etadi, shuning uchun qochirish mavsumidan 1,5-2 oy oldin ularni tayyorlash boshlanadi. 70-80 kg vazndagi qo'chqorlarga 1,5-2 oziqa birligi va 150-200 g hazmlanuvchi proteinga ega ratsion belgilanadi.

Burdoqilarni oziqlantirish tez va yuqori semizlikka erishishga qaratiladi. Unda asosan arzon va xo'jalikda mavjud oziqalarda foydalanish iqtisodiy samara beradi. Burdoqilashga podani tiklashga yaroqsiz qo'zilar va puchak qilingan qo'ylar qo'yiladi.

Burdoqilar ratsionida protein yuqori bo'lishi shart emas, chunki ular tanasida kuniga faqat 5-8 g oqsil tuplanadi holos, shuning uchun 1 oz. birligida 88-90 g hazmlanuvchi protein bo'lsa kifoya. Burdoqilar ratsioni qo'yidagi oziqalar tashkil topishi mumkin: somon 0,6 kg, silos 5 kg, lavlagi 1 kg, yem 0,2

kg. Burdoqilash davomida 10kg qo'shimcha vazn olish uchun 115 oziqa birligi va 8,1kg hazmlanuvchi protein kerak bo'ladi.O'rtacha kunlik semirish 180-200g ni tashkil qilishi kerak.

Respublikamizda qo'ylarni yog'-moy sanoati chiqindilari shulxa va shrotda burdoqilash keng tarqalgan. Ularning yidirish miqdori muayyan sharoitda qo'yning zoti, yoshi,tirik vazniga qarab belgilanadi va burdoqilash 90-100 kun davom etadi. Burdoqilash davrining uzaytirilishi ularning gassinol moddasi bilan zaharlanishiga sabab bo'lishi mumkin. Shuningdek qo'ylarni yaylovlarda semirtirish ham keng tarqalgan. Unda qo'ylar yaylovlarda 600-800 boshdan otar qilib boqiladi, burdoqilarning to'yimli moddalarga talabini qondirilishiga qarab yem qushiladi. Ularga yetarli miqdorda osh to'zi va sifatli suv bilan ta'minlash kerak.

Bo'rdoqilashning natijalari (1 bosh hisobida)

Ko'rsatgichlar O'lchov birligi Guruhlar

Nazorat Tajriba

Bo'rdoqiga boqishning boshida tirik vazn kg 29,0 30,1

Bo'rdoqiga boqishning oxirida tirik vazn kg 47,2 50,1

Bir boshdan olingan 30 kun maboynida olingan vazn kg 17,2 20,10

Kunlik o'sish g 590 695

Jadval ma'lumotlar tahlili shuni ko'rsatadiki, haqiqiy to'yimlilik asosida tuzilgan ratsion bilan oziqlantirilgan qorako'l qo'chqorlarning ya'ni tajriba guruhida, nazorat guruhiga nisbatan bir boshdan olingan 30 kun maboynida olingan vazn o'sish 2,9 kg ko'p bo'ldi. Kunlik o'sish nazorat guruhida 590 gr tashkil etgan bo'lsa, tajriba guruhida 105 gr ko'p bo'lgan.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yhati:

1. Qo'ldoshev O.O'. Ferma va fermer xo'jaliklarida veterinariya - sanitariya va zoogigiyenik shart - sharoitlarini yaratish. J. Zooveterinariya 2010 yil № 1 25-26 s.

2. Mamatiminov SH.K., 3. Tulaganova, K. Nazirov, YO. Karimova. Qishloq xo'jaligi hayvonlarining oziqlanishdan zararlanishi, mikotoksikozlar J.Zooveterinariya, 2013, №12 32 bet

3. Nasimov e., CHalabaev A.J., Inoyatov A. Qora rangli qorako'l qo'zilarda ranginingpigmentatsiyasini boshqa xususiyatlar bilan aloqadorligi. Sam QXI professor-o'qituvchilar ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari to'plami. II -qism. Samarqand, 2015 102-105 betlar.

4. Sindorov Q., A.Bobaeva, SH.Sindoгov, CHo'l hududlaгi sug'oгiladigan maydonlaгida ba'zi oziqabop o'simlik tuгlaгining hosildoгlik ko'гsatgichlaгi. j.Zooveterinariya, 2013, №9 44-45 bet

5. Chalabaev A.J., Hotamov A.H., Raxmanov O.N. Hayvonlar saqlanadigan binolarda mikroiqlim va haroratning ahamiyati. Sam QXI professor-o'qituvchilaг ilmiy-amaliy konfeгensiyasi mateгiallaгi to'plami. II - qism. Samarqand, 2015 102-105 betlar.

6. Yusupov S.YU. va boshqalar - "Qorako'lchilikda naslchilik ishlaгini yuгitish va qo'zilami baholash (bonitiгovka qilish) buyicha qo'llanma" Toshkent, 2015.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.