CHORVA MOLLARINI OZIQLANTIRISH GIGIENASI 1Raximov Madaminjon Alijonovich 2Azizov Rahmatullo Olimjon o'g'li
1FarDU, q.x.f.n., dotsent 2FarDU, talaba https://doi.org/10.5281/zenodo.10938023
Annotatsiya. Maqolada chorva mollarini oziqlantirishning gigienik talablari, oziqalarning gigienik ahamiyati, oziqa ratsionining tarkibi, sifatsiz oziqalar bilan oziqlantirish tufayli kelib chiqadigan kasalliklar yoritilgan.
Kalit so'zlar: Chorva mollari, oziqa, ratsion, tarkib, sifat, kasallik, oziqa turlari, namlik, hid, ta'm, botanik tarkib, zaharli alkaloidlar, nitrit va nitratlar, xloridlar va sulfatlar, oqsil, mineral moddalar, vitaminlar.
Kirish. Chorvachilikda hayvon va parrandalar bosh sonini ko'paytirish, ularning mahsuldorligini oshirishda mustaxkam oziqa bazasini yaratish asosiy shartlardan biri hisoblanadi. Ma'lumki har bir chorvachilik xo'jaligi chorva mollari uchun yuqori sifatdagi dag'al, kuchli, shirali, omuxta em, hayvonot olamidan olinadigan va sanoat chiqindilaridan tayyorlanadigan oziqalarini g'amlashga harakat qiladi. Hayotning asosiy omili bo'lmish moddalar almashinuvining to'g'ri davom etib turishi uchun chorva hayvonlariga to'la qimmatli oziqalar berib turish kerak.
Tadqiqot ob'ekti. Fermer va dehqon xo'jaliklari va aholi xonadonlaridagi chorva mollari va ular uchun jamg'arilgan oziqalar.
Tadqiqot natijalari. Oziqlantirishni to'g'ri tashkil etish va oziqlantirish rejimiga amal qilish chorva mollari mahsuldorligini ko'paytirish va ular sog'ligini saqlashning garovidir. Hayvonlarning kunlik ratsioni organizmning energetik sarflarini qoplash uchun zarur miqdordagi asosiy oziqa moddalarga ega bo'lishi lozim. Kunlik ratsionning kaloriyalari umumiy modda almashinuvi miqdoriga to'g'ri keladigan bo'lishi lozim.
Hayvonlarni to'yimli oziqalar bilan oziqlantirish deganda, oziqa ratsioni hayvonlar organizmi talabini to'liq ta'minlashi, oziqada har xil to'yimli va biologik aktiv moddalar zarur miqdorda bo'lishi tuShuniladi (oqsil, karbon suvlar, yog'lar, makro va mikroelementlar va vitaminlar). Shu bilan birga mollarning maksimal darajada mahsulot berishi, ko'payish xususiyatini oshirish va mustahkam sog'ligi uchun sharoit yaratishga erishish lozim. To'yimli oziqa hayvonlar organizmini har xil kasalliklardan saqlash, ya'ni tabiiy chidamlilikni oshirishning asosiy omilidir.
Hayvonlarni sifatli to'yimli oziqalar bilan ta'minlash alohida ahamiyatga egA. Bu ayniqsa zararli va zaharli oziqalardan kelib chiqadigan kasalliklardan xalos bo'lganda kerak.
Ko'pchilik tekshirishlar va Chorvachilik amaliyotining tasdiqlashicha, to'yimli bo'lmagan va sifatsiz oziqalar bilan oziqlantirish ko'pincha ichki yuqumsiz kasalliklarning kelib chiqishi va hayvonlar organizminiig immunologik reaktivligini ya'ni xar xil yuqumli kasalliklarga nisbatan organizm chidamliligini pasayishiga sabab bo'ladi.
Veterinariya statistikasi tahlili ko'rsatadiki, Chorvachilikda asosiy iqtisodiy zararning qariyb 70% i ichki yuqumsiz kasalliklar ya'ni oziqlantirishning buzilishi, modda almashish to'yimli bo'lmagan oziqa berish, sifatsiz oziqalar bilan oziqlantirishlar tufayli etkaziladi.
Hayvonlar uchun asosiy energiyaning manbai oqsil, karbon suvlar va yog'lar hisoblanadi. Oziq me'yorlarini tuzishda parrandalardan tashqari hosil bo'lgan energiya suli oziqa birligi bilan baholanadi (1 oz. birligi 1416 kkal yoki 5,29 MDJ sof energiyaga teng bo'ladi), parrandalarni oziqlantirishda almashish energiyasi kilojoul yoki kilokaloriya bilan tenglashtiriladi.
Oziqa energiyasi etishmasa hayvonlarning sut, go'sht, tuxum mahsuldorligi pasayadi, ular oriqlaydi, Yosh mollar o'sishi sekinlashadi yoki to'xtaydi, nasldorlik pasayadi, urg'ochi mollarni kuyikishi, bola berishi kamayadi. Shuningdek. mollarni jinsiy etilishi kschikadi, bo'g'oz sigirni tuqqandan keyin kuyga kelish sikli buziladi. Hayvonlarni to'yib ovqat emasligi ularning har xil kasalliklarga chidamliligini pasaytiradi va mahsulotlar uchun oziqa sarfi ortadi.
Ratsionda protein etishmasligi yoki ko'p bo'lishidan kelib chiqadigan asoratlar - organizm hujayra va to'qimalarining asosiy qismi oqsil va proteinlardan iboratdir.
Oziqalar proteini o'sadigan hayvonlar tanasining o'sishi, o'lgan to'qima oqsillarining tiklanishi va mahsulotni hosil bo'lishida asosiy rol o'ynaydi. Hamma fermentlar, gormonlar va immunitet tanachalari oqsildan tashkil topgan. Yuqumli kasalliklarga organizmning qarshiligi oqsillarni antitelalarga o'zgarishi tufayli boradi.
Hayvonlarning o'sishi, hayotini saqlash va mahsulotlarni hosil qilishda proteinning biologik xususiyati juda ahamiyatlidir. Oziqa proteinlarining biologik ahamiyati tarkibidagi aminokislotalar tarkibiga bog'liqdir. Aminokislotalar almashadigan (alanin, glitsin, aspargin va glutamin kislotalari, oksiprolin, yarolin, porlayzin, serin, tirozin, sistin, sistein, sitrullin va boshqalar) va almashmaydigan (lizin, metionin, triptofan, leysin, izoleysin, treonin, fenilalanin, gistidin, valin, arginin) aminokislotalarga bo'linadi.
Almashadigan aminokislotalar organizmda sintez bo'ladi, almashmaydigan aminokiislotalar esa sintez bo'lmaydi. Oziqalar ratsionida ko'pincha lizin, metionin, sistin va triptofan aminokislotalari etishmaydi. Kavshovchi hayvonlarda aminokislotalarga bo'lgan talabni 60% ini bakteriya oqsillari qoplaydi ya'ni qorin oldi bo'limlarida bakteriyalar sintez qiladi.
Tarkibida almashmaydigan aminokislotalari bo'lmagan oziqalarga to'yimsiz oziqalar deyiladi.
Hayvonlar ratsionida almashmaydigan aminokislotalar yo'q bo'lsa yoki etishmasa hayvonlarnipg ishtahasi pasayadi, azot balansi buziladi, asab, endokrin, qon va ferment tizimlarida morfofiziologik buzilishlar va boshqa o'zgarishlar bo'ladi.
To'yimli protein etishmasligidan qon tarkibida oqsil sintezi pasayadi, to'qima va hujayralarni qayta tiklanishi va organizmni qo'riqlash funksiyasi tormozlanadi. To'yimli bo'lmagan protein Cho'chqa va parrandalarda oshqozon-ichak va nafas olish a'zolarining yuqumli kasalliklari kelib chiqishiga sabab bo'ladi.
Hayvonlarni ratsioniga ortiqcha miqdorda protein qo'shilsa aminokislotalarning emirilish jarayonini kuchaytiradi, mochevina sintezini ko'paytiradi va oksidlar parchalanishidan hosil bo'lgan oxirgi mahsulotlarni chiqaradi. Bundan tashqari organizmni hayot faoliyatiga salbiy ta'sir etadi. O'sayotgan Yosh mollar o'sishdan qoladi, katta hayvonlarni mahsuldorligi va kupayish xususiyati pasayadi, jigarda yog' yig'ilishi bo'ladi, nerv quzg'atuvchanligi pasayib, ichki endokrin bezlarining ish faoliyati buziladi.
Ratsionda protein me'yordan ko'p yoki etishmasa hayvonlar autointoksikatsiya natijasida og'ir kasalliklarga chalinadi. Kasallik davrida hayvonning vazni va suti kamayadi, hayvonning harakati buziladi, bo'g'inlarni og'rishi, nerv va yurak-tomir a'zolarining o'zgarishi, ovqat hazm kilish va jinsiy a'zolar funksiyasini buzilishi hamda boshqa patologik jarayonlarni kelib chiqishiga sabab bo'ladi. Hayvonlarni ozika ratsionida protein va karbon suvlarni ko'p yoki etishmasligi tufayli atsetonemiya kasalligi kelib chiqadi yoki alimentar toksemiya bo'ladi. Sersut sigir va naslli buqalar, qo'ylar ketonuriya, ona Cho'chqalar ketoz va boshqa kasalliklarga mubtalo bo'ladi.
Kavshovchi hayvonlarga oziqa ratsioni tuzishda etarli darajada engil hazm bo'ladigan karbon suvli yoki shakar-proteinli oziqalar talab darajasida bo'lishi zarur (80 - 140 g shakarga 100 g hazm
bo'ladigan protein). Naslli buqalar ratsionida qishda 125 - 150 g va Yozda 70 - 110 g shakar 100 g proteinga to'g'ri kelishi kerak.
Engil hazm bo'ladigan karbon suvlar shakar lavlagi, sabzi, xashaki sholg'om, jom, makkajo'xorining ko'k poyasi, dukkakli o'simliklar pichani va boshqalarda ko'p bo'ladi.
Kavshovchi hayvonlar ratsionida protein etishmasa (25% gachA. o'rniniqisman karbamid bilan qoplash mumkin. Karbamidni ratsionga qo'shibgina qolmay granula qilingan oziqalarga, ko'k massalarni silos qilganda, jom va tuzlangan sabzavotlarga ham qo'shish mumkin.
Tajribalar Shuni ko'rsatadiki, hayvonlarni har xil oziqalar bilan oziqlantirilsa oqsil o'rni to'ldirilib boradi. Cho'chqa va parrandalar ratsioniga hayvonot olamidan olinadigan oziqalar qo'shib beriladi.
Hayvonlar oziqa ratsionida protein va aminokislotalar balansini doimo nazorat qilinadi. Bunda kunlik ratsiondagi miqdori 1 oziqa birligidagi (grammlardA. yoki quruq moddadagi (% dA. miqdori tekshirilib turiladi.
Ratsionda mineral moddalarni etishmovchiligidan keladigan asoratlar -Yosh o'sadigai hayvonlar ratsionida mineral moddalar etishmasa o'sish va rivojlanishi sekinlashadi, darmonsizlanadi, har xil kasalliklarga nisbatan organizm chidamliligi pasayadi va har xil patologik holatlar rivojlanadi. Katta Yoshdagi hayvonlarda tirik vazni va suti kamayadi, nasldorligi pasayadi, qisirqolish ko'payadi, o'lik yoki nimjon tug'ish yoki bola tashlash hollari kuzatiladi. Uzoq vaqt davomida hayvonlar mineral moddalar etishmaydigai oziqalar bilan boqilsa mahsuldorligi kamayadi. Ona chuchqalar ratsionida mineral moddalar etishmasa o'z bolalarini eydi, buzoqlar bir-birini yalaydi va junlarini yutadi, ko'ylar va ayniqsa qo'zilar bir-birini junini eydi. oqibatda oshqozon-ichak yo'llarida tiqilish hollari bo'ladi. Hayvonlarda ta'm va ishtaha buzilishi kasalligi - lizuxa bo'lib, uchragan narsalarni eydi, go'ng suyuqliklarini ichadi va natijada oshqozon-ichak kasalliklariga chalinadi.
Mineral moddalar organizmda modda almashish jarayonida faol ishtirok etib, bufer tizimini paydo bo'lishida, xamda sut, go'sht, tuxum va jun paydo bo'lishida juda zarurdir. Organizmni yashash faoliyatida kalsiy, fosfor, natriy, kaliy, magniy, xlor, gugurt, temir va boshkalarni ahamiyati kattadir.
Kalsiy va fosfor hayvonlar organizmi tarkibining 60 -80% ini yoki og'irligining 2% ini tashkil etadi. Ular avvalo suyak to'qimalarini tuzilishiga, nerv tizimi faoliyatiga, yurakni bir maromda ishlashiga, qonning ivishiga va boshqalarga zarurdir. Bundan tashkari fosfor muskullarni qisqarishi va ichaklarda karbonsuv va yog'larni shimilishida ishtirok etadi. Yosh mollar ratsionida kalsiy, fosfor va vitamin D etishmasa raxit, katta mollarda esa osteoporoz va osteomalyasiya kasalligini chaqiradi.
Mineral moddalar almashinishini buzilishiga ratsionda kalsiy va fosforning etishmasligi hamda ular orasidagi nisbatni o'zgarishi sabab bo'ladi. Olimlarning tekshirish natijalariga ko'ra, kalsiy va fosforning hayvonlar ratsionidagi nisbati o'rtacha 1,2:1 dan 2:1 gacha bo'lishi kerak.
Har bir oziqa birligida hayvonlar uchun kalsiy va fosfor me'yori quyidagicha bo'lishi kerak: bo'g'oz va qisir sigirlarga kalsiy 8 - 10 g, fosfor 5 - 6 g; sog'in sigirlarga muvofiq ravishda 6 - 8 g va 4 - 5 g; buzoqlarga 5 - 10 g va 4 - 8 g; bo'g'oz Cho'chqalarga 6 - 7 g va 4 - 5 g; bolali ona Cho'chqalarga 7 g va 5 - 6 g; bo'g'oz qo'ylarga 4 - 6 g va 2 - 3 g; qo'zili sovliqlarga 5 - 8g va 3 - 4 g. Tuxum beradigan tovuqlar uchun 100 g aralash emida kalsiy 2,5 g va fosfor 1.16 g bo'lishi kerak.
Natriy va xlor osh tuzi tarkibida bo'lib, hamma hayvonlar uchun juda zarur. U ishtahani oshiradi va oziqalar ta'mini Yaxshilaydi. Natriy va xlor etishmasa organizmda osmotik bosim buziladi, oziqadagi yog' va oqsillar yomon hazm bo'ladi, mollar ishtahasi pasayadi, suti kamayadi va markaziy nerv tizimi tez charchaydi. Ayniqsa sog'in sigirlar va ishchi otlar uchun natriy va xlor juda zarur, Chunki sut va ter bilan ko'p miqdorda organizmdan chiqib turadi.
O'simliklardan tayyorlangan oziqalarda kaliy ko'p, natriy kam bo'ladi. Shuning uchun hamma o'txo'r hayvonlarga qish va Yozda osh tuzi berilishi kerak.
Xar xil turdagi hayvonlar uchun kunlik osh tuzi me'yori quyidagicha bo'ladi: sog'in sigirlarga 100 - 150 g, bo'g'oz va qisir sigirlarga 80 - 100 g, naslli buqalarga 50 - 80 g, so'qimdagi katta mollarga 60 - 80 g, so'qimdagi Yosh mollarga 40 - 50 g, ishchi otlarga 25 - 50 g, ayg'irlarga 20 - 35 g, biyalarga 20 - 40 g, ona Cho'chqalarga har 100 kg og'irligiga 15 - 20 g, erkak Cho'chqalarga 26 - 30 g, Yosh cho'chka bolalariga 30 - 35 g, bo'g'oz sovliqlarga 8 - 10 g, qo'zili sovliqqa 12 - 15 g, qo'zilarga 5 - 8 g.
Cho'chqa va parrandalarga osh tuzi maydalanibyoki aralash oziqalarga qo'shib beriladi. Qoramol va otlarga maydalanib berilishidan tashqari, tosh tuzlar doimo oxurlarida turishi lozim.
Temir organizm to'qima yadrosining xromatin moddasi va qonning gemoglobinini tarkibiy qismi hisoblanadi. Temir oz miqdorda bo'lsa ham hamma hayvonlar uchun zarur. O'sadigan hayvonlar va bo'g'oz hayvonlarni temirga bo'lgan talabi Yuqori . Ratsionda temir etishmasa gipoxromli anemiya kasalligi ko'payadi. Hozirgi kunda Cho'chqa bolalari, buzoq va mo'ynali hayvonlarda alimentar anemiya kasalligining oldini olish maqsadida temir birikmalari (ferroglyukin, glitserofosfatli temir, ferrodeks va boshqalar) beriladi.
Organizmdagi mavjud makroelementlarni 0,4% ini mikroelementlar tashkil etadi. Organizmda ularni tarqalishi bir xil emas. Mikroelementlarning asosiy deposi - qon, jigar, muskullar va miya hisoblanadi. Ba'zi bir mikroelementlar ichki sekretsiya bezlarida ham yig'iladi. Jumladan, yod qalqonsimon bezda, rux gipofiz, urug'don, tuxumdon va oshqozon osti bezida, kobalt qalqonsimon bez va oshqozonosti bezida, ftor tishning emali va urug'donda to'planadi.
Xulosa. Hayvonlar uchun tuproq, tabiiy suv va o'simliklar mikroelementlar manbai hisoblanadi. Ma'lumki, biogeokimyoviy hududlar yoki provinsiyalarda tuproq, suv, oziqa va tirik organizmlarda kimyoviy elementlarni miqdori bir xil emas. Hayvonlar organizmidagi juda ko'p mikroelementlardan (50 dan ortiq) amaliy ahamiyatga ega bo'lganlari yo'd, kobalt, mis, marganets, rux, selen va boshqalar hisoblanadi. Yo'd etishmasa hayvonlarda, ayniqsa yosh mollarda buqoq yoki gipotereoidoz, kobalt etishmasa gipokobaltoz, xavfli anemiya (avitaminoz V12) va oriqlash holatlari kuzatiladi. Mis etishmasa qon ishlab chiqarish buziladi, ta'm, ishtaha pasayadi, oshqozon-ichak yo'llarining yallig'lanishi, orqa oyoq paralichi, jun o'sishini o'zgarishi hamda oriqlash holati kuzatiladi.
REFERENCES
1. Alijonovich R. M., Madumarovna N. M. QISHLOQ XO'JALIGI BIOTEXNOLOGIYASI //Science and innovation. - 2023. - Т. 2. - №. Special Issue 6. - С. 315-317.
2. Рахимов M. А., Азизов Р. О. У. ГЕНЕТИЧЕСКИЙ ПОТЕНЦИАЛ КРУПНОГО РОГАТОГО CKOTA //Science and innovation. - 2023. - Т. 2. - №. Special Issue 6. - С. 600-603.
3. Raximov M., Nurmatova M. МОРФОЛОГИЧЕСКИЙ И БИОХИМИЧЕСКИЙ СОСТАВ КРОВИ БЫЧКОВ КРУПНОГО РОГАТОГО СКОТА //Science and innovation. - 2022. -Т. 1. - №. D8. - С. 12-16.
4. Рахимов М. РАЦИОНАЛЬНОЕ ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ГЕНЕТИЧЕСКИХ РЕСУРСОВ ПРИ ВЫРАЩИВАНИИ СКОТА НА МЯСА //Scientific journal of the Fergana State University. - 2023. - №. 1. - С. 158-161.
5. Alijonovich R. M. et al. EFFICIENT BEEF PRODUCTION TECHNOLOGY //Proceedings of International Conference on Educational Discoveries and Humanities. - 2023. - Т. 2. - №. 4. - С. 259-263.
6. Raximov M., Saminov A. Aholi tomorqa xo 'jaliklarida va himoyalangan joylarda sabzavot yetishtirishning jadal texnologiyasi //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. - №. D6. - С. 231-236.
7. Рахимов М., Абдурасулов Х. Интенсивная технология откорма молодняка привозного скота //Scientific journal of the Fergana State University. - 2018. - №. 6. - С. 42-42.
8. Alijonovich, Rakhimov Madaminjon, and Javxarov Oybek Zulfikharovich. "Organization of full-value feeding of dairy cows in farm." Gospodarka iInnowacje. 24 (2022): 840-843.
9. Alijonovich, Rakhimov Madaminjon, and Javxarov Oybek Zulfikharovich. "Organization of full-value feeding of dairy cows in farm." Gospodarka iInnowacje. 24 (2022): 840-843.
10. Рахимов М. А. Резервы повышения мясной продуктивности бычков крупного рогатого скота при откорме //Агро илм. - С. 66-68.
11. Рахимов М. А. Резервы повышения мясной продуктивности бычков крупного рогатого скота при откорме //Агро илм. - С. 66-68.
12. Raximov M. мясная продуктивность бычков привозного скота //Science and innovation.
- 2022. - Т. 1. - №. D6. - С. 189-192.
13. Рахимов М. А. Мясная продуктивность и качество мяса бычков черно-пестрой, швицкой пород и помесей черно-пестрой х красной эстон-ской при интенсивной технологии производства говядины//Авто-реф. дисс. на соиск. учен. степ. канд. с.-х. наук.-Новосибирск, 1989.-20 с. - 1989.
14. Raximov, M., Muydinov, X., Abdullayeva, G., & Komiljonov, A. (2021, July). Peculiarities of the influence of climatic conditions on the morphological and biochemical composition of the blood of bulls of transported cattle. In Конференции.
15. Рахимов М. А. Влияние технологии кормления на рост и развитие бычков, выращиваемых на мясо //Жур. Агро илм, Ташкент. - 2021. - Т. 5. - С. 65.
16. Рахимов М., Муйдинов Х., Комилжонов А. Интенсивная технология выращивания телок привозного скота //Scientific journal of the Fergana State University. - 2021. - №. 2.
- С. 26-26.
17. Рахимов М. А., Турдалиев А. Т., Мадрахимов Ш. Н. ПРОИЗВОДСТВО ПОЛНОЦЕННОГО МЯСА КРУПНОГО РОГАТОГО СКОТА С ИСПОЛЬЗОВАНИЕМ ПОРОДНЫХ РЕСУРСОВ //ИННОВАЦИОННОЕ РАЗВИТИЕ ПРОДУКТИВНОГО И НЕПРОДУКТИВНОГО ЖИВОТНОВОДСТВА. - 2022. - С. 184-189.
18. Рахимов М. А., Юнусов М., Хабибуллаев Ф. Технология комления привозного скота //Журн. Агро илм Тошкент. - 2018. - №. 2. - С. 52.
19. Alijonovich R. M., Olimjon o'g'li A. R. QORAMOLLARNING GIPODERMATOZ KASALLIGI VA PROFILAKTIKASI //Proceedings of International Educators Conference.
- 2023. - Т. 2. - №. 4. - С. 49-52.
20. Рахимов М. РАЦИОНАЛЬНОЕ ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ГЕНЕТИЧЕСКИХ РЕСУРСОВ ПРИ ВЫРАЩИВАНИИ СКОТА НА МЯСА //Scientific journal of the Fergana State University. - 2023. - №. 1. - С. 158-161.
21. Рахимов М. А., Шерматов М., Хабибуллаев Ф. Технологии рационального использования кормов //Сельское хозяйство Узбекистана. - 2013. - №. 7. - С. 33-34.
22. Рахимов М. А., Муйдинов Х. Д. Эффективность применения минеральных подкормок в рационе бычков привозного скота //Фергана, журнал Научный вестник ФерГУ. - 2022. - Т. 1.
23. Рахимов М. А. Интенсификация производства говядины //Журн. Агро илм Тошкент. -2022. - №. 3. - С. 50-51.
24. Рахимов М. А., Юнусов М., Хабибуллаев Ф. Интенсивная технология повышения молочной продуктивности коров в фермерских хозяйствах //Сельское хозяйство Узбекистана. - 2015. - №. 1. - С. 36-37.
25. Рахимов М. А., Юнусов М., Хабибуллаев Ф. Влияние разного соотношения зерносенажа и кукурузного силоса на переваримости питательных веществ в рационе бычков привозного скота //Жур. Агро илм, Ташкент. - 2017. - Т. 1. - С. 40.. 1. - С. 40.