Научная статья на тему 'QISSADA DAVR IJTIMOIY TALQINI'

QISSADA DAVR IJTIMOIY TALQINI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
motiv / xarakter / obraz / ramz / ramziylik / realizm / navotorlik / modern ong / ijtimoiy hayot / badiiyat / uslub / qadriyat / tamoyil / maʼrifat / talqin / motive / character / image / symbol / symbolism / realism / navotor / modern consciousness / social life / art / style / value / principle / enlightenment / interpretation

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — F.M.Nizomov

Maqolada istiqlol davri oʻzbek qissalaridagi obrazlar olami, mualliflarning xarakter yaratishdagi mahorati, mazmunning oʻziga xosligi, oʻzbek va jahon adabiyotidagi nasriy asarning ayrim xususiyatlarini izohlashga hamda oʻrta epik janrda diniy-maʼrifiy motivning aks etishiga oid atroflicha fikrlar bayon qilingan. Mahoratli yozuvchilar Luqmon Boʻrixonning “Xizr koʻrgan yigit”, “Quyosh hali botmagan”, Abduqayum Yoʻldoshevning “Sunbulaning ilk shanbasi”, “Gudbay, Amerika” qissalari misolida mulohazalar bildirilgan. Asar gʻoyasi, muallif badiiy niyati va ijtimoiy hayotni aks ettirishdagi oʻrinlarga eʼtibor qaratilgan. Obrazlarning ziddiyatli olami, xarakterlari tahlil etilgan. Ijodkor badiiy mahorati hamda ifoda uslubiga tegishli baʼzi qarashlar bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE SOCIAL INTERPRETATION OF THE PERIOD IN THE STORY

The article describes the world of images in the Uzbek stories of the period of independence, the skill of the authors in creating characters, the uniqueness of the content, the interpretation of some features of the prose work in the Uzbek and world literature, and the reflection of the religious-educational motive in the middle epic genre. Comments were made on the examples of the stories of skilled writers Luqmon Borikhan, “The Guy who saw Khizir”, “The Sun has not set”, “The First Saturday of Sunbula”, “Goodbye, America” by Abduqayum Yoldoshev. Attention is focused on the idea of the work, the author's artistic intention and the places in the reflection of social life. The conflicting world and characters of the images are analyzed. Some views related to the artist's artistic skills and the approach to the style of expression are presented.

Текст научной работы на тему «QISSADA DAVR IJTIMOIY TALQINI»

UDK 821.512.133

_QISSADA DAVR IJTIMOIY TALQINI_

F.M.Nizomov*

Kalit so'zlar: motiv, xarakter, obraz, ramz, ramziylik, realizm, navotorlik, modern ong, ijtimoiy hayot, badiiyat, uslub, qadriyat, tamoyil, ma'rifat, talqin.

Istiqlol davri adabiyotida, qissa janri namunalarida mavzular rang-barangligi, g'oyaviy tizimining milliy-ma'naviy, diniy qadriyatlarni atroflicha talqin etish tamoyillari kuchayganligi hamda davr ijtimoiy dardini aks ettirishi bilan e'tibomi tortadi. Bunda Luqmon Bo'rixon, Abduqayum Yo'ldoshev kabi navqiron yozuvchilarning ham hissasi katta bo'lmoqda.

Istiqlol davrining o'zbek nasri namunalarida aks etadigan xususiyatlar, adabiy izlanishlaridagi novatorona xususiyatlar Luqmon Bo'rixon asarlarida ham o'ziga xos namoyon bo'lganligi bilan e'tiborga molikdir. Uning "Chorbog' qo'riqchisi yoxud Xizr ko'rgan yigit" qissasi asar tuguni, umumiy falsafiy mohiyatida aks etgan.

"Kechagina eshagiga qiyshiq mingan qishloqi edim, bugun esa ajabtovur mashina o'rindig'ida yastanib o'tiribman-a?! Nahotki, Xizr ko'rganim chin?!" [1; 4-bet], degan bir qadar

g'alati, balki, ilohiy-irfoniy so'zlar bilan boshlanadi. Darhaqiqat, Xizrbek abadiy o'lmaydigan Payg'ambarning el aro yurishi haqidagi ilohiy aqidaning xalq orasida yurishi bu e'tirofga ishonish ruhini hosil qilardi. Luqmon Bo'rixon sarguzasht-detektiv uslubdagi asarlarga xos ravishda, yuqoridagi kichik "ma'lumoti" bilan qissani qiziqarlilik mohiyatini hosil qila olgan.

Uch-to'rt to'y-tomoshada uch-to'rt dongdor kurashchining kuragini yer isqatib polvon nomini olgan Korjov shu bilan "polvon" bo'lgan. El-ulusda "Chorshanba cho'ponning kenjasi Xizr ko'rgan, endi iqboli baland bo'ladi" - degan gap-so'z tarqaladi. U esa bunga doimo kulibgina qo'yar edi. Tusmolga ko'ra, bu mish-mishlarni Husan - Ulash agronomning o'g'li to'qib-bichib tarqatgan edi.

Qissa arxitektonikasi, voqealar tizimi bag'rida, asarning yetakchi qahramoni tilidan hikoya qilingan syujet ko'lamida Mark Tven, G'afur G'ulom, Xudoyberdi To'xtaboyev asarlari uslubida namoyon bo'ladigan yumorga moyillik, sho'x-shodon va g'ayrat-shijoatli yigit lafziga monand hazilomuzlik poetikasi ustuvor.

Korjov - rivoyachi hikoyasidan mazmunan:

- O'shanda Husan ikkovimiz qo'shni sovxoz fermasidan tovuq o'g'irlab kelgani ketayotgan edik.

- Biznikida sinfdoshlar yig 'ilishib, bir ziyofat uyushtirmoqchi bo'lganimizda.

- Go'sht topish Husan ikkovlarimizning bo'ynimizga ilingan.

- Shu sabab shom shafaqi qizargan mahal eshaklarimizni qichab-qichab yo'lga tushdik.

- Kengsoy dashti boshlanganda g'ira-shira qorong'ilik inib qoldi.

- Uyoq bu yoqdan gangir-gungur guringlashib boryapmiz.

- Husan nuqul maqtangani-maqtangan. Kelgusi yil maktabni bitirgach katta shaharga ketar ekan.

- Institutga kirar emish. To 'g'risi, maqtanganicha bor qurg'urning.

- maktabda tuzukkina o'qiydi-da!

- Munajjimlar ham bir qo'yib-biri olib uni alqashadi, "Husandan umidimiz katta, qishlog'imizning faxri bo'ladi", deb bashoratlar qilishadi.

* Farxod Muso o'g'li Nizomov - Navoiy davlat pedagogika instituti katta o'qituvchisi, tayanch doktorant.

«Yosh olimlar axborotnomasi» - «Вестник молодых ученых» - «The bulletin of young scientists»

- Menga esa o'qrayib qarashgani-qarashgan, hammasiga baland bo'yim, qarovli qomatim aybdorday bosh qayqashadi:

- "Esiz jasad... esiz kuch-quvvat..."

- Ba'zan orim qo'zib, astoydil o'qishga bel bog'lab kitoblarga qo'milib o'tirgan paytlarim ham bo'lgan [1; 4-11-betlar].

Mazkur taqdir tizimida asar qahramoni tiynati, xarakter-xususiyati, hayotiy maqsad-muddaolari ko'lami psixologik, hatto, ramziylik jihatdan ancha yorqin aks etgan. Korjovning hikoyasida mardlik, to'g'rigo'ylik ruhini sezish qiyin emas. Bu jihatdan u Geklberri Finni (M.Tven), Shum bolani (G'.G'ulom) eslatib turadi.

"Biroq o'z-o'zimga bosh og'riqdan boshqa narsa orttirmaganman. Kitob-daftarga termulib o'tirish allanechuk ensamni qotiradi, nazarimda, men boshqa bir ishlar uchun yaralgandek edim. Xayol sursam, xayollarim Kengsoyning qir-adirlaridan nariga oshib o'tolmaydi, qo'y-qo'zilar suruviga aralashib yalangliklarda o'tlab qoladi. Shu sabab o'sha izg'irinli kechada uch-to'rt tovuq dardida borar ekanmiz, Husandek maqtana olmadim" [1; 5-bet].

Umarali Normatovning fikricha, "Inson shaxsiyatiga munosabat, turli xil tomondan yondashish, uni ziddiyatlari, murakkabligi, kuchli va ojiz tomonlarini ko'rsatishga intilish - hozirgi adabiy jarayonning xarakterli xususiyatlaridandir. Bu adabiyotimizda, nasrimizda realizmning chuqur ildiz otib borayotganligini tasdiqlaydigan muhim bir fakt.

Modomiki, adabiyot bu - insonshunoslik ekan, axir u insonni, uning ma'naviyatini har tomonlama tahlil, tadqiq etib berishi, odamlar, ularning bisoti haqidagi tasavvurimizni boyitishi, chuqurlashtirishi lozim" [3; 129-bet].

Sho'ro davri, sosrealizm qoliplari taqozo etgan siyosatlanish, adabiyotni kommafkura g'oyalari targ'ibi va himoyasi sari yo'naltirish prinsiplari 80-yillar, so'ngra Istiqlol

davri adabiyot namunalarida insoniylashish, kishilarning chin dardi, ma'naviy olami uchun qarg'urish konsepsiyasi yetakchilik qila boshlaganligi L.Bo'rixon nasri namunalarida ham o'z aksini topa boshladi.

Tovuq o'g'riligiga ketayotib, jo'shqin yigitchalar sham qorong'isi bag'rida oq libosli sharpaning oldidan chiqib qolishadi. Arvoh, sharpa obrazlari sho'ro adabiyotida deyarli talqin qilinmasdi.

"- Arvoh! O'lay agar, oq arvoh bu! - vahimali ravishda Husan pichirlaydi arang. - Ilgari Kengsaroyga shahidlar ko'milganini eshitganman, shularning arvohi!

- Hovliqma-ye, - deydi Korajov qir tomon tikilib. U do'sti aytgan "arvoh", "shahid" degan so'zlarning ma'nosini aglab yetmaganidan, harnechuk qo'rqmayotgan edi.

Oq sharpa asta-sekin ular tomonga yelib kelar edi.

- Qochdik! - deya qichqirib yuboradi Husan, eshagini ortga burib" [1; 6-7-betlar].

Bu oq sharpa - qishloqlaridagi mulla Mirzo degan qariya edi. Oq sharpadan qo'rqmagan Korjovning o'ziga xos jasur xarakterini shu tariqa shakllantira boradi.

Qissaning syujet tizimida ramziylik talqini bilan mo'jizaviy realizm uslubiga xos ohang sinkretik tarzda uyg'unlashib ketgan. Qorjov xarakteridagi keksaga hurmat-ehtirom ko'rsatish fazilati uning Mulla Mirzaga nisbatan insoniy g'amxo'rlik odatida namoyon bo'lgan. Istiqlol adabiyotida har holda sharqona odob mujdalarining namoyon bo'lishi hodisasida deklarativlik emas, donishmandona poetik xususiyatlar e'tiborni tortmoqda.

"Men cholni eshagimga mindirib:

- Mulla buva, siz qishloqqa ketavering. Men mollaringizni topib izingizdan haylab boraman, - dedim.

Ancha-muncha isib biyrongina bo'lib qolgan mulla Mirza duo ustiga duolar qila ketdi.

- Iloyo, Xudojonim O'zi senga panoh bo'lsin, iloyo suyganingga yetishib qo'sha qariinglar, iloyo menimas, hazrati Xizrni ko'rgan bo'l..." [1; 6-7-betlar].

Darvoqe, sharqona pandnomalarda "Yaxshilikning javobi - yaxshilik" axloqiy aqidasi bu qissa g'oyaviy-falsafiy ko'lamiga singib ketgan. Dono qariyaning o'ziga shafqat ko'rsatgan Qorjovga, "Hazrati Xizrni ko'rgan bo'l" deya duo qilishi shu ilohiy g'oya bilan bog'liq.

"Men qariya bilan bo'lib o'tgan voqeani hech kimga aytmadim... To'g'rirog'i, xokisor mo'ysafidni u yer-bu yerda hazil-mazax qilishlarini istamadim. Biroq uning duo-iltijolari yurak-yuraklariga singib ketgan edi. Shuning uchun ham o'sha kech Husanni qishloqda qayta uchratganimda maqtanib qo'ydim:

"Bekor qochib ketding-da, men hazrati Xizrga duch bo'ldim..."[1; 7-bet].

Yozuvchi Qorjovning keksa insonga ko'rsatgan g'amxo'rligini oshkor qilib yurmaslik haqidagi so'zlari va qat'iy ahdini ta'kidlash bilan uning yana bir muhim sifatini - oqibatliligini, yaxshiligini minnat qilmasligini ta'kidlayotganligi e'tiborlidir. Bunday usul qissaga sharqona g'oyaning realistik, hayotiy talqini nomini bergan.

Husan Qorjovning gap-so'zlariga laqqa ishongan ekan. Keyinchalik g'oyibdan qo'shib-bichib kimlargadir yetkazibdi-yu, u shu-shu odamlar orasida Xizr ko'rganga chiqib qoladi. Eng g'alatisi, o'sha voqeadan so'ng Qorjovning ketma-ket omadi chopavergach odamlar og'zidagi cho'pchakka o'zi ham chippa-chin ishona boshlaydi: "Balki Xizr... mulla Mirza bo'lib ko'ringan..."

Ta'kidlash joizki, L.Bo'rixonning adabiy qahramonlari asosan qishloqning, olis dashtliklar, tog' yonbag'irlari aholisi bo'lgan odmi vakillari, hayotda o'z o'rnini, iunosib kasb-korini egallash yo'lida muttasil izlanuvchan yosh yigit-qizlar hisoblanadi. Mazkur jihatdan bu adibning F.Dostoyevskiy, Ch.Aytmatov, N.Eshonqul, Sh.Bo'tayev kabi ijodkorlarning adabiy mahsullariga ergashganligini ta'kidlash mumkin. Shu ma'noda odmi cho'pon farzandi Erali obrazi, uning betakror xarakter-tiynati istiqlol davri, bozor iqtisodi asoslari shakllanayotgan o'tish pallasi ayrim yoshlarining siymosiga hosili bilan e'tiborni tortadi.

Erali o'zining, ota-onasining kamxarj oila sohiblari ekanligini ko'rib-bilib, bu uchun kamsinib yashaydigan yigit timsoli. Shunday bo'lsa-da, yozuvchi bu xokisor, kurashchi, tabiatan tanti yigit ma'naviy olami go'zalliklarini nutqiy psixologik tahlillar yordamida talqin qila olgan. Erali L.Tolstoyning Polikushka ("Polikushka" qissasi), Ch.Aytmatovning Sultonmurod ("Erta kelgan turnalar" qissasi), Kamol ("Bo'tako'z" qissasi), Bola ("Oq kema" qissasi), N.Eshonqulning Muazzam ("Momoqo'shiq" qissasi) adabiy timsollarining xarakter-tiynatini eslatuvchi obraz sanaladi.

Mana, u cho'pon otasining izidan otarga bormoqda:

"Quyosh ko'nglimday charaqlab turgan kunlardan birida odatdagiday charaqlab turgan kunlardan birida odatdagiday otarga jo'nadim. Havo issiq edi. O't-o'lanlar allaqachon qovjirab sarg'aygan. Tevarakdagi qir-tepaliklar behol sulaygan tuyalarga o'xshaydi. Bir bo'zto'rg'ay baland uchib, quyosh tig'lariga jo'sh urgan ko'yi bo'zlab yotibdi. Ahyon-ahyon mening ham lab-lunjimdan ajabtovur hirgoyilar chiqib ketmoqda" [1; 7-8-betlar].

Tabiatning pokiza va suluv jamolini ko'ra olish, his qila olish - ma'naviy yetuklik belgilaridan biri ekanligi bo'lib, bu o'rinda Erali ruhiy olami go'zalligi nishonasi kabi taassurot qoldiradi. Otarga borgan Erali tamoman kutmagan manzara ustidan chiqadi.

- Otasining cho'liqlaridan biri o'choqqa o't yoqib, qora qozonni to'ldirib go'sht qaynatmoqda.

- Uning esa ich-ichida allanequk g'azab, allanechuk alam qaynab toshyapti: axir, aanovi avtoulov ne sababdan kelganini ichkarida kimlar o'tirganini Erali xo'b bilardi-da.

- Ular har yilning shu faslida "Qahratonda qirilgan ... yirtqichlar yeb ketdi... tullashda nosub bo'ldi..." degan bahonalar bilan suruv-suruv qo'y-qo'zilarga akt-hujjat tuzishardi...

-Aslida o'sha "qirilib ketgan" jonivorlar qir-adirlarni to'ldirib o'tlab yurgan bo'lardi.

- Faqatgina davlatning mulk daftaridan o'chirilib, o'sha akt-hujjat ijodkorlarining xususiy mulkiga aylangan.

- Shu sabab ham Erali fidoyi va sabrli otasi boqadigan suruvning hiylaginasi allaqanday amaldorlarga tegishli chorva mollari ekanligini yaxshi bilardi.

«Yosh olimlar axborotnomasi» - «Вестник молодых ученых» - «The bulletin of young scientists» 108

- U esini tanib, bunday "fokus-mokus"lami anglab-bilgani sayin o'zini qo'yarga joy topolmay qolar edi, goh jahli chiqar, goh xo'rligi ham kelar edi.

- Shu sababli o'sha kuni Erali qaynayotgan qora qozon yonidagi odmi cho'liq bilan ham salomlashmasdan o'tov ichiga tomon g'azab bilan kirib boradi. [1; 19-20-betlar].

Luqmon Bo'rixonning asarlariga xos bo'lgan fazilatlardan biri - hayot haqiqatini badiiy haqiqatga aylantirib, uni psixologik-poetik, poetik-ramziy jihatdan o'zining me'yorida tahlil qila olishi bilan ham bog'liq. Erali otasining chorva otarida Ch.Aytmatovning "Oq kema" qissasida O'rozqul Ko'karak kabi yovuz kuchlarning Ona Bug'ining go'shtini yeb, aroqqa berilgan maishiy davralari, "Alvido, Gulsari!" qissasida cho'pon Tanaboyning otarida unga haqoratli munosabatda bo'lgan prokuror Semizboyev voqeasiga o'xshash voqelikka duch keladi. Demak, "Oq kema", "Alvido, Gulsari!", "Xizr ko'rgan yigit" qissalarining g'oyaviy ko'lamida zohir bo'ladigan holat -sho'ro davri mustabidlik mafkurasining poetik talqinidagi hayotiy haqqoniylik xususiyati o'zaro mushtaraklik kasb etadi.

Ichkarida, tekinxo'r rahbarlar maishat qilayotgan joyda uning otasi poygakda, shundoqqina oyoq kiyimlar yechilgan joyda cho'k tushib, xotirjam bir qiyofada o'tirardi. (Uni darrov payqamagandi ham). Ota bechora o'g'liga sal taajjublanib ko'z tashlab qo'yadi. U esa unga otaga alam-iztirob bilan tikiladi. Tikila-tikila uning peshonasidagi qat-qat ajinlar allaqanday yirtqich panjasidan qolgan izlarga o'xshashini nogoh payqaydi. Siyrak soqol, qoramtir oriq yuzi eski bir kigiz parchasini eslatardi. Go'yo, allakimlar uni toptab, nimtalab tashlagandek edi. o'g'ilning bo'g'ziga achchiq danakdek bir narsa tiqilib qolgandek bo'ladi.

Erali akt tuzish o'yini ostida, boyib ketgan korchalonlarning qilg'iligi, davlat mulkini talon-taroj qiluvchi jinoyatkorona faoliyatlari bilan mutlaqo kelisha olmaydi. Ota bechora bu ajabtovur munofiqlikka qo'shilib qolgan. U bu masalada o'g'liga tasalli berganday bo'ladi:

- Tavba, akt qilishganini endi ko'ryapsanmi? Har doim shunday-ku?! Buning nimasi orqangni qichityapti?

- Ota... - dedimu yana o'chib qoldim, butun dardu alamimni yaqqol ifodalaydigan so'zni topolmay qiynalar edim. Ota, shu sizga zarilmi, a? Nima, ularning oldida mo'r-malahmisiz, qulimisiz shu enagalarning? Davlat molining sho'rini quritib yotgan shular-ku? Shu quzg'unlar nima desa, doim ko'nasiz..." [1; 10-bet].

Ota bunday zo'ravon bu manfaatparast korchalonlar oldida kam bo'lmaslik uchun o'g'liga munosib jihatlarini bayon etadi:

- Otaga ichi achisa, o'g'li o'qishi kerak;

- "Sen ham bir ustalni (mansabni) egalla"

- "O'tov to'rida yonboshlab yotib, maishat qilasan..."

- "Ana shunday otangning ko'ngli tog'day ko'tariladi".

- "o'qisang, arbob bo'lasan, tayoq ko'tarib yurgan bechora cho 'ponlarning mingtasi oyog'ing ostida yuradi".

Otaning o'g'liga chin dildan duo qilishi ayni vaqtda barcha yoshlar uchun ham daxldor;

- "Omi-i-in-n, Xudoyo, bu bechoralardan ham muruvvatingni ayama! Ko'zim ochiqligida, hech qursa, kenjamning o'qimishli arbob bo'lganligini ko'ray, iloyo!" [1; 10-bet] deya niyat bildirishida ham diniy motiv ko'zga tashlanadi.

To'g'ri, Erali garchi arbob bo'lmasa-da, Alloh etgan ibratli ma'naviyati, tug'ma kurashchi polvonligi uning mo'tadil hayotiga asos bo'lib xizmat qiladi. Qissada uni sport ishlarida faol ishtirok etish uchun shaharga olib kegan ustozi Toshtemir aka, sevgilisi Marjona, ustozining xotinlari kabi personajlar Erali xarakterining mukammallik kasb etishida o'ziga xos vosita-obrazlar vazifasini ado etgan.

Erali - istiqlol davri nasrining xarakter-tiynati yorqin adabiy tip - qahramon tarzida o'ziga xos betakror timsol sanaladi.

L.Bo'rixon qissalari "o'tkir syujeti, betakror insoniy taqdirlar aks ettirilgani, tilining jozibadorligi, tasvirning samimiyati, eng muhimi, qahramonlar ruhiyatining sof o'zbekcha ifodalanganligi bilan o'quvchilarni o'ziga rom etadi. Uning qissalariga xos bir umumiy jihat shundan iboratki, ularda voqea-hodisalar tasviridan ko'ra ruhiyat ifodasiga e'tibor ustuvorlik qiladi" [5; 6-bet].

"Quyosh hali botmagan" qissasi [2] L.Bo'rixon ijodining bir pog'ona yuksalganini ko'rsatadi. Mazkur asarda Norsoat, Davron degan ikki o'spirin yigitning jo'shqin hayoti, Norsoat-Tanzila o'rtasidagi sof sevgi voqealari, Absal polvon misolida milliy kurashimiz targ'iboti masalari talqin etilgan.

Xalq orasidan yo'qolib borayotgan ayrim milliy qadriyat namunalarini asrashga da'vat hali-hamon chekka qishloqlarda yakka-yarim saqlangan sibizg'a cholg'usining go'zallik namunasi sifatidagi talqini e'tiborlidir. Qishloqdan taqiqli Absal polvonning yonidagi shogirdlarga e'tibor bermay sibizg'asini g'ilofidan chiqarib chalishi, shogirdlariga ham o'rgatishi va bu sibizg'ani muqaddas saqlashga da'vat etishi, uning polvonga kuch, ishonch berishi, yurakni tozalab turishiga ishonish o'rinlari, shuningdek, ustoz-shogird o'rtasidagi havas qilgulik munosabatlar, otaga onaga munosabatlari hamda kurashga chiqishdan avval yoshi keksa insonlardan duo olishlarida diniy motivlar ko'zga tashlanadi.

Qissada boshdan-oxir yoqimli musiqa sadosidek ohista, ba'zan shiddatvor qo'shiq sehri kabi davom etib turadigan jarayon Norsoat-Tanzila o'rtasidagi muhabbat mazmunini aks ettiradi. Bu vaziyatda muhabbat borasidagi qishloq odobi - nomahram qizning yigit bilan uchrashuvga chiqmasligi, oshiqlarning oilasi va begonalardan andisha qilishi, sevgiga sadoqat, gumondan tiyilish o'rinlarida islomiy ma'rifat seziladi. Bu kabi jihatlardan bugungi kun yoshlari o'rnak olishi va yashash tarziga aylantirishi lozim.

Bu kabi diniy ma'rifiy motiv Abduqayum Yo'ldoshev ijodida ham uchraydi. Muallifning istiqlol davrining yutuqlaridan bo'lgan "Gudbay, Amerika!" qissasi [6] qahramonlaridan biri ko'pni ko'rgan ziyoli, xorijda yashasa-da milliylikni, insoniylik sifatlarini yo'qotmagan Adham bobo misolida amal qilinadi. Atrofdagilarni ham bunga chorlaydi. O'zining vatanparvarligi, yuksak xulq-atvori, rostgo'yligi, qadriyatlarni saqlashga intilishi, ilmga bo'lgan diqqatida, shuningdek, nutqlari davomida muqaddas hadisi sharifdan olingan jumlalarni muntazam takrorlab turishida bu xususiyatlar yuzaga chiqadi.

An'anaviy nasrimizda mumtoz ishq ohanglari yuksak mahorat bilan aks ettirilgan "Shunbulaning ilk shanbasi" nomli qissada insonlar sirini saqlash, muhabbatni muqaddas bilish, birovning ichki "ishlariga" aralashmalaslik, ishqni ilohiy ne'mat tarzida munosabatda bo'lish kabi o'rinlarda diniy ma'rifiy motiv seziladi. Asarda oshiq yigit yoriga shunchalar mehrliki, suyuklisini "farishtam", "iloham" sifatlashlari bilan erkalaydi. Bu o'xshatishda yorini Allohning go'zal, bexato yaratiqlari qatorida ko'rishga arziydigan Inson deb ulug'laydi. Uni muloyim, betakror, haroratli so'zlar ila erkalaydi.

Qissada ma'shuqa tomonidan bitilgan, ammo o'z egasiga kelishga ulgurmagan maktub, asar nihoyasida rivoyachi tomonidan ikki yoshning qabriga olib boriladigan tuproq maqola sarlavhasiga bog'liq jihatlarni ko'rsatadi.

Tirikliklarning eng so'nggi manziligi tuproqdir. Yozuvchi asar yakunini ham majoziylik asosida nihoyalaydi. Maktub o'z egasiga yetib borishi kerak, shu sababli Samarqandga - yigit dafn etilgan joyga borib, xatni tuproqqa topshiradi. Hamda uning qabridan bir siqim tuproq olib, Turkistonga - juvonning qabriga sochishi, uning ham makonidan bir siqim tuproq olib, hamxonasining qabriga sochishini niyat qiladi. Bu orqali erta xazon bo'lgan ikki oshiqning ruhini shod etishni niyat qilishi bilan tugaydi [7; 73-bet]. Marhumlarning ruhini bezovta etmaslik, birovning omonati, tuyg'ularning muqaddasligi, inson qadr-qimmati, har ishga Allohning nazari tushib turishligi, taqdiri ilohiyning mavjudligi kabi masalalar ayni shu ikki badiiy detal - xat va tuproq

vositalari bilan ochib beriladi. Bu kabi jihatlar bugungi o'zbek qissalarida diniy-ma'rifiy motiv va uning ijtimoiy ahamiyatini to'liq ifoda etadi.

Istiqlol davri qissalaridagi Erali (Korjov), Adham bobo, Davron, Norsoat, Tanzila, ismlari keltirilmagan oshiqlar timsolida adabiyotshunos olim, professor A.Rasulovning "Inson o'sadi, o'zgaradi, shakllanadi, ruhan-ma'nan boyib boradi. Lekin inson tamoman o'zgarib, ikkinchi "men" kasb etmaydi, o'zligini yo'qotmaydi, ya'ni ijtimoiy munosabatlar majmui inson mohiyati, fitrati mehvarida ro'y beradi. Aniqroq aytsak, fitrat mavjudki, inson o'zgaradi, moslashadi, tuslanadi, turlanadi. Demak, betakror muqim o'zak ijtimoiy munosabatlarni singdirib boradi" [4; 9-bet], degan qarashi badiiy ifodasini topgan.

Istiqlol davri o'zbek nasri namunalarida ko'rinadigan xususiyatlar, adabiy izlanishlardagi novatorona fazilatlar Luqmon Bo'rixon, Abduqayum Yo'ldoshev asarlarida ham namoyon bo'lganligi bilan e'tiborlidir. Muallif qissalarida diniy-ma'rifiy motiv, ma'naviy qadriyatlar va davr ijtimoiy dardi mohirlik bilan yoritilgan. Qissa arxitektonikasi, voqealar tizimi bag'rida, asarning yetakchi qahramoni tilidan hikoya qilingan syujet ko'lamida Mark Tven, G'afur G'ulom, Xudoyberdi To'xtaboyev asarlari uslubida namoyon bo'ladigan yumorga moyillik, sho'x-shodon va g'ayrat-shijoatli yigit lafziga monand hazilomuzlik, chin insoniy iztiroblar poetikasi ustuvor.

Adabiyotlar:

1. Bo'rixon L. Xizr ko'rgan yigit. Qissalar va hikoyalar. "Sharq" nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati, T-2007, 4-bet (256-b.)

2. Bo'rixon L. Quyosh hali botmagan. T.: "O'zbekiston", 2015. B. 56-207.

3. Normatov U. Talant tarbiyasi. "Yosh gvardiya", T-1980, 129-bet (176 bet).

4. 4.Rasulov A. Badiiylik - bezavol yangilik. Ilmiy-adabiy maqolalar, talqinlar, etyudlar. Toshkent: "Sharq", 2007. 9-bet.

5. Yo'ldosh Q. Badiiy kamolot yo'li // Bo'rixon L. Quyosh hali botmagan. T.: "O'zbekiston", 2015. B. 6.

6. Yo'ldoshev A. "Gudbay, Amerika" qissasi. Toshkent: "Yangi asr avlodi", 2019. 122-282-betlar.

7. Yo'ldoshev A. Ishq afsunlari: qissalar// "Sunbulaning ilk shanbasi", Toshkent: "Yangi asr avlodi", 2019. 6-bet.

QISSADA DAVR IJTIMOIY TALQINI

Maqolada istiqlol davri o'zbek qissalaridagi obrazlar olami, mualliflarning xarakter yaratishdagi mahorati, mazmunning o'ziga xosligi, o'zbek va jahon adabiyotidagi nasriy asarning ayrim xususiyatlarini izohlashga hamda o'rta epikjanrda diniy-ma'rifiy motivningaks etishiga oid atroflichafikrlar bayon qilingan. Mahoratliyozuvchilar LuqmonBo'rixonning "Xizr ko'rgan yigit", "Quyosh hali botmagan", Abduqayum Yo'ldoshevning "Sunbulaning ilk shanbasi", "Gudbay, Amerika" qissalari misolida mulohazalar bildirilgan. Asar g'oyasi, muallif badiiy niyati va ijtimoiy hayotni aks ettirishdagi o'rinlarga e 'tibor qaratilgan. Obrazlarning ziddiyatli olami, xarakterlari tahliletilgan. Ijodkor badiiy mahorati hamda ifoda uslubiga tegishli ba'zi qarashlar bayon etilgan.

СОЦИАЛЬНАЯ ИНТЕРПРЕТАЦИЯ ПЕРИОДА ПОВЕСТИ

В статье описывается мир образов и мастерство авторов в создании персонажей в узбекских рассказах периода независимости, своеобразие содержания, интерпретация некоторых особенностей прозаического произведения в узбекской и мировой литературе, и отражение религиозно-просветительского мотива в среднеэпическом жанре. Проанализированы примеры из рассказов опытных писателей, как Лукмона Борихана,

«Yosh olimlar axborotnomasi» - «Вестник молодых ученых» - «The bulletin of young scientists» 111

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

«Юноша, видевший Хизра», «Солнце еще не зашло» и повести Абдукаюма Юлдошева «Первая суббота Сунбулы», «Прощай, Америка». Внимание акцентируется на идее произведения, художественном замысле автора и в отражении общественной жизни. Анализируется конфликтный мир и характерые черты образов. Представлены некоторые взгляды, связанные с художественным мастерством художника и стилом выражения.

THE SOCIAL INTERPRETATION OF THE PERIOD IN THE STORY

The article describes the world of images in the Uzbek stories of the period of independence, the skill of the authors in creating characters, the uniqueness of the content, the interpretation of some features of the prose work in the Uzbek and world literature, and the reflection of the religious-educational motive in the middle epic genre. Comments were made on the examples of the stories of skilled writers Luqmon Borikhan, "The Guy who saw Khizir", "The Sun has not set", "The First Saturday of Sunbula", "Goodbye, America" by Abduqayum Yoldoshev. Attention is focused on the idea of the work, the author's artistic intention and the places in the reflection of social life. The conflicting world and characters of the images are analyzed. Some views related to the artist's artistic skills and the approach to the style of expression are presented.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.