Научная статья на тему 'KOʻNGLI “SINDIRILGAN” PAKANA'

KOʻNGLI “SINDIRILGAN” PAKANA Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
500
51
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kinoqissa / qissa / pakana / Shamshodbek / Dadilbek / tabib chol / qoʻrgʻon / tush.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Zilola Karim Qizi Koʻcharova

Ushbu maqolada kinoqissaning janr xususiyatiga qisqacha toʻxtalib oʻtildi. Erkin A‟zamning “Pakana” kinoqissasi haqida fikr yuritildi. Kinoqissaning qissadan tafovutlari koʻrsatilib, uning gʻoyasi yashirilgan ramziy obraz va detallarni tahlil qilish orqali koʻrsatib berildi. Adibning “Pakananing oshiq koʻngli” qissasi va “Pakana” kinoqissaning ayrim jihatlari qiyos qilindi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KOʻNGLI “SINDIRILGAN” PAKANA»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454

Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-251-255

KO'NGLI "SINDIRILGAN" PAKANA

Zilola Karim qizi Ko'charova

TerDU 1-bosqich magistranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada kinoqissaning janr xususiyatiga qisqacha to'xtalib o'tildi. Erkin A'zamning "Pakana" kinoqissasi haqida fikr yuritildi. Kinoqissaning qissadan tafovutlari ko'rsatilib, uning g'oyasi yashirilgan ramziy obraz va detallarni tahlil qilish orqali ko'rsatib berildi. Adibning "Pakananing oshiq ko'ngli" qissasi va "Pakana" kinoqissaning ayrim jihatlari qiyos qilindi.

Kalit so'zlar: kinoqissa, qissa, pakana, Shamshodbek, Dadilbek, tabib chol, qo'rg'on, tush.

KIRISH

Hozirgi taraqqiyot davrida barcha sohalar bir-biri bilan chambarchas tarzda rivojlanmoqda. Bir soha bilan boshqa bir sohaning kesishgan nuqtasida yangi bir yo'nalish tashkil topmoqda. Bu yo'nalish taraqqiy etib, hatto, mustaqil fan sifatida ham e'tirof etilmoqda. Bunday jarayonni adabiyotning ayrim janrlarida ham kuzatish mumkin. Bunga misol tariqasida kinoqissa janrini ko'rsatish mumkin.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI

Kino va qissa janri alohida janr sifatida avvaldan ham mavjud edi. Kino san'atining ta'sirida adabiyotga kinoqissa, kinoromon, kinohikoya, kinoetyud kabi janrlar paydo bo'ldi. Bunday janrlarni tanqidchilarimiz ham ijobiy baholaydilar: Masalan, f. f. d. professor Dilmurod Quronovning fikricha, "epik janrning kino ta 'sirida shakllangan modifikatsiyalari — kinoetyud, kinohikoya, kinoqissa, kinoroman kabilar ham adabiyot mulkida fuqarolik olishga haqli

O'zbek adabiyotida ham bunday yangi janrda o'z mahoratini sinab ko'rgan va juda yaxshi natijalar qayd etgan ijodkorlarimiz bor: "XX asarning 60-yillaridan boshlab Rahmat Fayziy, O'lmas Umarbekov, Uchqun Nazarov kabi adiblar o'zbek adabiyotida kinoqissa janrida asarlar yarata boshladilar. Keyingi yillarda esa Erkin A'zam, Ahmad A'zam, Abduqayum Yo'ldoshev, Shomirza Turdimov, Sharof

1 Quronov D. Adabiyot nazariyasi asoslari. - T.: Navoiy universiteti, 2018. 375-b. E-mail: [email protected]

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-251-255

Boshbekov, Miraziz A'zam kabi ko'zga ko'ringan ijodkorlar kinoqissa janrida asarlar yaratib kelmoqdalar"2.

Erkin A'zam ham bu janrda mahoratini ko'rsata olgan va kinoqissalari bilan respublika va jahon mukofotlariga sazovor bo'lgan. Ijodkorning "Zabarjad", "Pakana", "Farishta", "Piyoda", "Suv yoqalab", "Qarzdor" kabi kinoqissalari o'quvchilar qalbidan joy olib ulgurgan. Ushbu maqolada muallifning "Pakana" kinoqissasi yuzasidan tahlil olib boramiz. E'tiborli jihati, adib bu mavzuda avval qissa yozgan, so'ng uni qayta ishlab kinoqissa talablariga moslab chiqqan. "Pakana" kinoqissasi "Pakananing oshiq ko'ngli" nomli qissa asosida yozilgan. Bu kinoqissa va qissani o'zaro taqqoslab ko'rgan Boburjon Boymatov shunday ta'rif beradi: "Adibning "Pakananing oshiq ko'ngli" qissasi 61 sahifadan iborat, boblar soni esa 20 ta, ushbu qissaning muallif tomonidan qayta ishlanib, kinoqissaga aylantirilgan shakli "Pakana" asari esa 51 sahifa, 35 bobdan iborat. Bundan ko'rinadiki, ham umumiy hajm, ham boblarning hajmi kinoqissada qissaga nisbatan ixchamroq.

Avvalo, kinoqissada vaqt reglamentini nazarda tutib qisqalik yo'lidan borilgan bo'lsa, globallashgan axborot asrida barcha janrlarda ixchamlashish yuz

"5

berayotganligi kinoqissa shaklining hajman qisqaligiga yana bir sabab bo'ladi" . Tadqiqotchining fikriga qo'shilgan holda yana shuni aytish mumkinki, kinoqissa qissaga nisbatan hajman qisqartirilgan bo'lsada, uning boblari soni ortgan. Bu esa kino olish jarayonida kadrlarlar soni hisobga olinganini ko'rsatadi. Qisqartirish, hatto sarlavhada ham kuzatiladi. Kinoqissa ham epik adabiy janr hisoblanadi. Uning boshqa adabiy janrdan farqli jihati uni ham mutoalaa qilish ham filmini tomosha qilish imkoni mavjudligidir. Kinoqissada qahramonlar soni anchagina ko'p. Qissada esa buning aksini ko'ramiz. Har asarning bosh g'oyasi mavjud bo'ladi va u orqali muallif o'z qarashlarini kitobxonga yetkazadi. "Pakana" kinoqissasi qahramoni jamiyatda o'z o'rnini, o'zligini qidirib yurgan obrazdir. Adibning yuqorida zikr etilib kelinayotgan qissasida ham kinoqissasida ham ramziylik va kinoya yaqqol sezilib turadi. Kinoqissada bo'yi kichikligi uchun pakana sifatini olgan insonga Shamshodbek deya ism tanlanishida ham kuchli kinoya mavjud. Jamiyatda bir o'zi yakkalanib qolmasligi uchun undan 2 sm kalta Dadilbek obrazi ham kiritilgan. Dadilbek obrazi inson o'zida bor ne'matlarni qadriga yetib hamisha olg'a bosib yashash kerakligini uqtirib turuvchi obrazdir. Ikkinchi tomondan bu obrazni ichki "men" sifatida ham tahlil etish mumkin. Ha inson yashar ekan dadil bo'lmog'i kerak. Aks holda maqsadlari tomon eltuvchi yo'lni topolmasdan o'tadi.

2 Boymatov B. Kinoqissa - adabiyot farzandi. Til va adabiyot ta'limi jurnali 2021-yil 6-soni. 55-bet

3Boymatov B. Kinoqissa - adabiyot farzandi. Til va adabiyot ta'limi jurnali 2021-yil 6-soni.56-bet

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-251-255

NATIJA VA MUHOKAMALAR

"Pakana" asarida voqealar rivoji hikoyachi tomonidan aytilmay, balki asar qahramonlari tilidan dialogik usulda bayon qilinganligi ham ikki asarning farqli jihatlaridandir. Asardagi diqqatimizni tortadigan yana bir jihat qahramonimizning rassom sifatida tanitilishidir. U doimo orzusidagi go'zalni qidiradi. Do im uning suratini chizadi. Uni hayotida biror marta ko'rmagan bo'lsa ham chizaveradi. Uni har bir chehradan izlayveradi. Shamshodbek o'z baxtini izlab lo'li qiz Zuhraga ham uylandi. U bilan bo'lgan hayotdan ko'ngli to'lmay armani Arofatga uylandi. Undan farzandlari bor. Ammo baribir ko'ngli to'lmaydi. Bo'yini o'stirmasa ko'ngli joyiga tushmaydi. Nazdimizda, e'tiborimiz markazidagi qissa va kinoqissa orqali ko'p jihatdan sobiq Ittifoq muhitining, mafkurasi va amalining aslida qanday ekanini ko'rsatishga qaratilgan. Asarning qator o'rinlarida totalitar tuzumga bog'liq ishoralar uchraydi. Qissada uchramaydigan, ammo kinoqissada uchraydigan bir suhbatda ya'ni pakananing qaynotasi va qaynonasining suhbatini tahlil etamiz: "Melivoy lo'li: Men senga ming marta aytdim: buningdan baribir haqiqiy lo'li chiqmaydi! Ertadan kechgacha Zuhroni qo'riqlab yurgani yurgan. Qaysi lo'li xotinining orqasidan soya bo'lib yuradi? Erkak bo'lsang, qorningni silab uyda yotmaysanmi? Lo'li xotin: Men senga ikki ming marta aytdim: millatchilik qilma, deb! Kuyovimiz o'zbek bo'lgani bilan sendaqa millatchi lo'lidan o'lsa o'ligi ortiq! Xotinini sevgandan keyin orqasidan yuradimi, oldida yuradimi, o'zining ishi. U - zamonaviy lo'li" 4. Pakana baxtini izlab hatto lo'lidan ham uylandi. Qizning otasi Shamshodbekni yomon ko'radi. Xotinini ishlatib o'zi uyda qornini uqalab yotishini istaydi. Ittifoq davrida bizning ayollarimizni, sovuqni sovuq demay, issiqni issiq demay paxta terishga va boshqa og'ir mehnatlarga majbur qilgan, mehnatkash xalqning bor budini lo'lilar kabi ayamay shilib olgan zamonaviy lo'li - aslida o'sha tizim boshliqlari emasmi?! Shamshodbek shu kadrda SSSR nayranglariga, uning yolg'on jilolariga, yolg'onlardan iborat bo'lgan baxtli kelajagiga umid bilan boqib, unga ergashgan kichikroq bir davlat ramzi sifatida taassurot qoldiradi. O'sha tuzum ham hamma teng huquqli, xalqi farovon yashaydigan, ayirmachilik, millatchilik qilinmaydigan bir jamiyatni va'da qilishmaganmidi? Qissa va kinoqissaning g'oyasi haqida quruq iddao qilinmayapti. Fikrimizni dadillovchi yana bir qancha ishoralar bor. Masalan, devorlari baland-baland azamat bir qo'rg'on tasviri bor. Qo'rg'on juda qadimiy, uning ovloqroq joyida "Stalin ko'chasi" degan tunuka lavha ham bor. Qo'rg'on tasviri bilan tizimni eslatsa, u yerda o'tirgan tabib tasviri tizim rahbarining ayni so'zdagi portreti: "Bu - boshi oyna misol sip-silliq kal, ikki chakkasidan yakkam-

4 A'zam E. Kechikayotgan odam: Qissalar. - T. : Sharq, 2002. 433-bet

E-mail: [email protected]

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-251-255

dukkam soch tolalari yelkasiga parishon osilib turgan - baayni o'rtasi teshik po'stakchani ermakka kiyib olgan sho'x bolakaydek ushoqqina, bag'oyat ko'hna yapon chol" 5. Bu chol oddiygina tabib emas, uning sehrli dorilari bor. Uning yoniga borganlar oddiy kasallik bilan borishmaydi. Undan mukammallik istab borishadi va istaklariga yetishgandek tasavvur bilan qaytadilar. O'zidan ko'ngli to'lmaydigan pakana ham u yerga boradi. Qissada u bir qo'li uzun ikkinchisi kalta, bo'yi daroz bo'lgan qiyofada chiqsa, kinoqissada sog'lom daroz bo'lib chiqadi, ammo eshikdan chiqishda darozlikka o'rganmaganiligi uchun boshini urib oladi. Agar bo'yi o'ssa tabib uchun qo'chqor so'yishga va'da qilgan qahramonimiz borganida tabib vafot etganligini ko'radi. U yerda katta jamoat yig'lamoqda. Ular endi butun umr shu -beo'xshov novcha holida qolib ketadi. U yerga borib "yuksalganlar" baxtli emaslar. O'z hollariga qaytishni istaydilar. Shamshodbek ham bo'yi o'sgach yaqinlari oldiga bordi uni hech kim qabul qilmaydi, shundagina uni pakana holidagina hamma sevishini tushunib qoladi. Yuqorida uning mohir rassomligini aytgandik. U o'zi ko'rmagan, tushida ko'rgan go'zalning suratini chizib yashaydi, u qizni - Shodiyani, hayotda uchratganida unga yetishishga kech qolganini bilib oladi. Kinoqissa so'ngida Shamshodbek uyg'onib ketadi va ko'rganlari tush bo'ladi. Aslida SSSR tarkibida mustamlaka bo'lib yashagan mamlakatlar ham vaqtni tushdek o'tkazmadilarmi? Ammo boshidagi g'urra rostmana edi. Shamshodbek peshonasidagi g'urra haqiqiy bo'lganidek mustamlaka davlatlar ham chinakam, tarix unutmaydigan jarohatlar bilan tushdan uyg'onib, mustaqillikka chiqdilar. Qahramonimiz uyiga qaytishida Dadilbekka duch keladi. U bolalarini ko'chadan o'tkazmoqda: "Ha ota o'g'il, chaqqon-chaqqon o'tlaring! Ha, barakalla! Ho'v Mustaqil, ukangga xushyor bo'l! Boyqaro bolam, ko'zingga qarasang-chi! Qilichbek, burningni artib ol, kap-katta yigit, uyat bo'ladi-ya! Maradona, Maradona! Imillamasang-chi! Bu ahvolda ertaga qanaqa qilib to'p surasan?! Ha, malade-es! Ana bu boshqa gap!"6. Dadilbekning to'ng'ichiga qo'ygan ismi nega Mustaqil? Endi barcha fikr yuritib kelayotgan obraz va detallarimizni to'plab qaraymiz: Shamshodbek ( uzun bo'y orzusidagi pakana), lo'lilar( faqat o'z manfaatini o'ylab hukm yurituvchi tuzum rahbarlari), Dadilbek (o'zida boriga shukur qiluvchi), qo'rg'on (yopiq siyosat maskani), tabib chol (ittifoq dohiylari), Dadilbekning o'g'illari ( parchalangan SSSR tarkibidan ajralib chiqqan respublikalar), Shodiya (faqatgina tushda ko'rilgan, yetishish mahol bo'lgan orzu) Arofat (ko'rimsizgina bo'lsa-da, seni hech qachon tashlab qo'ymaydigan Vatan, oila). Yuqoridagi ramzlarni va asarning mustaqillikning dastlabki yillarida

5 A'zam E. Kechikayotgan odam: Qissalar. - T.: Sharq, 2002. 441-bet

6 Ko'rsatilgan asar, 444-bet

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-251-255

yozilganligini hisobga olsak, asar g'oyasiga to'g'ri yondashdik deb o'ylaymiz. Shu o'rinda yana bir savol tug'iladi. Qissa nomi "Pakananing oshiq ko'ngli" edi, kinoqissa nega "Pakana?" Uning oshiq ko'ngli qani? Tejamkorlikka intilgan muallif sarlavhani ham qisqartirgan desak-da, yana bir fikr xayolimizda aylanadi: balki uning oshiq ko'ngli bilan ishimiz yo'qdir, ko'nglidagilar sarob bo'ldi. U oshiqligidan ham ko'ngil xazinasi - sevgisidan ham ajraldi. Taqdirga tan berdi. Hayot tuhfa etganiga qanoat qilish kerakligini tushunib yetdi. Muallif shuning uchun ham kinoqissani "Pakana" deya nomlagandir. Axir uning bo'yi orzulariga yetmadi. U erishish mumkin bo'lgan orzu va maqsadlar sari harakat qilmadi. Natijada, pakanaligicha qoldi. Zero, yetisha olmaydigan orzulariga mustaqil pakana emas, mustaqil pakanaga aylandi.

XULOSA

Xulosa qilib aytish mumkinki, ushbu asarda asar haqida keng yorilib bergan, hozirgi kundagi asarning tarixi, unga qisqacha tasnif berilgan.

REFERENCES

1. Quronov D. Adabiyot nazariyasi asoslari. -T.: Navoiy universiteti, 2018. -480 b.

2. A'zam E. Guli-guli: qissalar, kinoqissalar, dramatik asar. -T.: G'afur G'ulom nomidagi nashriyot - matbaa ijodiy uyi, 2009. -230 b.

3. A'zam E. Kechikayotgan odam: Qissalar. - T.: Sharq, 2002. - 445 b.

4. Umurov H. Adabiyotshunoslik nazariyasi. -T.: A.Qodiriy, 2004. -260

5. Quronov D., Mamajonov Z., Sheraliyeva M. Adabiyotshunoslik lug'ati. -T.: Akademnashr, 2013. -406 b.

6. Boymatov B. Kinoqissa - adabiyot farzandi. Til va adabiyot ta'limi jurnali 2021-yil 6-soni

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.