Научная статья на тему 'G.R.R. MARTIN QALAMIGA MANSUB “TAXTLAR O’YINI” (“A GAME OF THRONES”) FANTASTIK ASARLARIDAGI ANTROPONIMLARNING LINGVO-PERSPEKTIV MUAMMOLARI'

G.R.R. MARTIN QALAMIGA MANSUB “TAXTLAR O’YINI” (“A GAME OF THRONES”) FANTASTIK ASARLARIDAGI ANTROPONIMLARNING LINGVO-PERSPEKTIV MUAMMOLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
353
59
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
antroponimlar / transliteratsiya / lingvo-perpektiv / fantastik asarlar / ingliz-o„zbek tarjima / leksikologiya. / antroponyms / transliteration / lingua-perpective / fiction / English-Uzbek translation / lexicology

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Laylobonu Erkin Qizi Ergasheva

Mazkur maqola G.R.R.Martin tomonidan yozilgan ― “Muz va Olov” turkumidagi romanlar seriyasining tarkibidagi antroponimlarning ingliz tilidan o„zbek tiliga tarjimasi va ularning mohiyatiga lingvitik nuqtai nazardan o„quvchi uni anglashi uchun ta„sir qiluvchi omillarni hisobga olgan holda tahlil qilingan. Obyekt sifatida tanlangan ismlar to„qima bo„lgani tufayli personajlarning ismlaridan oldin ularning asardagi vazifasi hamda xarakteri o„ylab topilgani, so„ngra uni lingvistik qoliplarga solingan. Shu tufayli maqolada tarjimon ularni o„zbek tiliga o„girishdan oldin etimologik, leksikologik, semantik va fonetik tahlil qilishi uchun qoliplar taklif qilingan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LINGUA-PERSPECTIVE PROBLEMS OF TRANSLATING ANTHROPONYMS IN THE FICTION BOOKS ARE "A GAME OF THE THRONES" BY G.R.R.MARTIN

This article analyzes the English-Uzbek translation problems of anthroponyms in the “A game of the thrones” series written by G.R.R.Martin from the point of the linguistic factors that influence the reader's understanding of their essence. The names chosen as objects in the article are fictive, the role and character of the personages in the work were created before the names of the characters, and then it was put into linguistic patterns. That is why; this article proposes templates that include etymological, semantical and phonetical analysis before the act of translation.

Текст научной работы на тему «G.R.R. MARTIN QALAMIGA MANSUB “TAXTLAR O’YINI” (“A GAME OF THRONES”) FANTASTIK ASARLARIDAGI ANTROPONIMLARNING LINGVO-PERSPEKTIV MUAMMOLARI»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-394-398

G.R.R. MARTIN QALAMIGA MANSUB "TAXTLAR O'YINI" ("A GAME OF THRONES") FANTASTIK ASARLARIDAGI ANTROPONIMLARNING LINGVO-PERSPEKTIV MUAMMOLARI

Laylobonu Erkin qizi Ergasheva

Termiz davlat universiteti "Tarjima nazariyasi va amaliyoti" yo'nalishi 2-bosqich talabasi E-mail: layloergasheva! [email protected]

ANNOTATSIYA

Mazkur maqola G.R.R.Martin tomonidan yozilgan — "Muz va Olov" turkumidagi romanlar seriyasining tarkibidagi antroponimlarning ingliz tilidan o'zbek tiliga tarjimasi va ularning mohiyatiga lingvitik nuqtai nazardan o'quvchi uni anglashi uchun ta'sir qiluvchi omillarni hisobga olgan holda tahlil qilingan. Obyekt sifatida tanlangan ismlar to'qima bo'lgani tufayli personajlarning ismlaridan oldin ularning asardagi vazifasi hamda xarakteri o'ylab topilgani, so'ngra uni lingvistik qoliplarga solingan. Shu tufayli maqolada tarjimon ularni o'zbek tiliga o'girishdan oldin etimologik, leksikologik, semantik va fonetik tahlil qilishi uchun qoliplar taklif qilingan.

Kalit so'zlar: antroponimlar, transliteratsiya, lingvo-perpektiv, fantastik asarlar, ingliz-o'zbek tarjima, leksikologiya.

LINGUA-PERSPECTIVE PROBLEMS OF TRANSLATING ANTHROPONYMS IN THE FICTION BOOKS ARE "A GAME OF THE

THRONES" BY G.R.R.MARTIN

ABSTRACT

This article analyzes the English-Uzbek translation problems of anthroponyms in the "A game of the thrones" series written by G.R.R.Martin from the point of the linguistic factors that influence the reader's understanding of their essence. The names chosen as objects in the article are Active, the role and character of the personages in the work were created before the names of the characters, and then it was put into linguistic patterns. That is why; this article proposes templates that include etymological, semantical and phonetical analysis before the act of translation.

Keywords: antroponyms, transliteration, lingua-perpective, fiction, English-

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-394-398

Uzbek translation, lexicology.

KIRISH

Leksik muammolar har doim tarjimaning eng markaziy nuqtalaridan biri bo'lib kelgan; tarjimaning onomastik muammolari sifatida atama doirasini cheklashimiz kerak. G.R.R.Martin romanini tarjima qilish jarayoni shu qadar munozaraliki kuchli stilistika olamida yashaydigan notiq, satrlarga kirib, chuqurroq o'rganish mumkin So'z qurish romanda ulkan izlanish va tahlillarni talab qiluvchi ulkan vazifalar qo'yilgan.

Barcha madaniyatlarda, adabiyotning boshlanish ibtidosida, tahminan miloddan 2000 yil avvalgi odamlar o'z oilasining yangi a'zosi uchun, uning farovon kelajagi bilan bo'g'liq bo'lgan, chuqur ma'no kasb etgan, to'g'ri ism tanlashni xohlashgan. Adabiyotni "hayot ko'zgusi" deb atashgani kabi bir vaqtning o'zida bu hali ham hayotimizning muhim qismidir, yozuvchilar o'zlarining kitoblaridagi qahramonlarga shu tarzda nom berishga harakat qilgan. Asosiy maqsad o'quvchi kitobxon tarjima qilingan asardagi asar qahramonlarining xul-atvoridan xabardor bo'lishlari kerak. Bu unga kitobdagi voqealalarni yanada yorqinroq tasavvur qilishiga yordam beradi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI

Maqola davomida tarjima qilingan asarning qiyosiy adabiyot, qarama-qarshi va tavsifli tarjima va lingvistik atamalarning izohli tahlili va adabiyotning stilistik tahlili bilan tanishasiz. Muallif - J.R.R.Martinning ixtirochilik hunarmandchiligi tarjima jarayonida bor imkoniyatdan gavdalangan holda yanada ochib berish talab qilinadi. Ushbu tadqiqot jarayonida nazariy jihatdan ishlab chiqish uchun o'rtaga bir qancha savollarni ko'ndalang tashlash zarur. Natijalardan ko'rish mumkinki, yonimizda uchta yo'l turibdi: birinchisi, nomlar tarjima qilinishi kerakmi yoki yo'qligini tekshirish ba'zi tarjimonlar ularni, agar shunday bo'lsa, qanday qilib, maqsadli tilga tarjima qilgan. Kelishicha, ikkinchi burchak - maqsadlarni tarjima qilish uchun ishlatiladigan strategiya va usullarni ko'rish va javobni ko'rsatish uchun to'g'rilarni tanlash. Nihoyat, eng muhimi, ingliz tilidan tarjim qilish davomida o'zgarishlarni aniqlashtirish va solishtirish orqali semantik yuk yoki har qanday tavsifiy ma'noni ko'taruvchi nomlari o'rganishdir. Hamda antroponimlar etimologiyasi bilan o'rganiladi va tahlil qilinadi.

NATIJALAR

Ushbu maqolada eng ko'p tarqalgan muhim shaxlarning nomlari ko'rib chiqilgan. Shunga qaramay,birinchi bo'lib bizda tahlil qilish uchun Muz va olov qo'shig'i

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-394-398

kitobidagi birinchi bo'lib tahlil qilish uchun ko'p narsa bor edi. Etimologik va ismlarning semantik foni: 500 dan ortiq ismlar va 2103 ta belgi nomlari uchraydi. Asosan quyidagi maqolada kitobning prolog qismi va birinchi qismlardagi joy nomalari hamda ismlarning tillararo fonetik o'zgarishlari tahlil qilindi hamda ba'zi gaplarning marfologik tahlili ham ko'rib chiqildi.

MUHOKAMA

Fantastik mavzudagi asarlar yozuvchisi amerikalik ssenarist Jorj Raymond Richard Martin qalamiga mansub "Taxtlar o'yini" ("A Game of the Thrones") asari 1996-yilda yozilgan. "Muz va Olov qo'shig'i" shu romanga asoslangan romanlar turkumini olib kelgan. (A Game of the Thrones) Taxtlar o'yini asari bir birini ketma-ketlikda yuzaga keltirgan uchta asosiy voqealarni o'z ichiga oladi. Eng ko'p hikoyalar miloddan avvalgi 298-yilda boshlangan. Asarning prologida miloddan avvalgi 297-yil yoritilgan bo'lsa, voqelari rivoji miloddan avvalgi 299-yilgacha bir necha oy mobaynida davom etgan.

Har bir asar bir tildan ikkinchi tilga bevosita va bilvosita tarjima qilish jarayonida ko'plab transformatsiya usullaridan foydalaniladi. Ushbu asar tarjimasida ham bir qancha tarjima usullaridan foydalanilgan. Quyida tarjima jarayonida yuzaga kelgan transformatsiya usullariga misollar keltirilgan

Transliteratsiya usulidan albatta har bir asarning tarjima jarayonida foydalaniladi. O'z navbatida ismlar joy nomlarini o'z ichiga olishi tabiiy. Tarjima qilish mobaynida ismlarni yoki joy nomlarini tarjima qilish har doim ham maqsadga muvofiq bo'lavermaydi. Va albatta bu jarayonda transliteratatsiya usuliga murojaat qilishga to'g'ri keladi. Quyida ushbu usulga misollar keltirilgan: Bran-Bren Winterfell- Vinterfil Jory Cassel-Jori Kasel Jon Snow-Jon Snou Theon Greyjoy-Teon Greyjoy

Semantik usulda tarjima jarayonida so'zlarning ayni ma'nosi kontekstga mos kelmasligi mumkin va ushbu holatda so'zlarning yoki gaplarning matn bilan aloqasiga mos holda ma'nosini o'zgartirib tarjima qilindi. Bu shubhasiz kitobning ommabopligini va o'quvchi uchun qiziqarli bo'lishini ta'minlaydi. Quyida ushbu usulga ham bir qancha misollar berildi:

As commanding as-qat'iyatlik bilan

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-394-398

Worse luck-bundan ham yomoni

Maybe she didn 't-balki unaqa emasdir

Father frowned-otasining qoshlari chimirildi

Look at the size of it-uning ulkanligiga qarang

"Whimpery"- g'ingshidi ushbu holatda quyidagi "whimpery" so'zi hayvon bolasiga nisbatan qo'llanilganligi uchun kuchukchalarga xos holatda ya'ni g'ingshimoq fe'li bilan tarjima qilindi. "What is it, Jon?-Nima bo'ldi, Jon? Ushbu holatda asar qahramoni Jonning vaziyatini ifodalashda ushbu o'zgarish ya'ni bu nima emas nima bo'ldi deya tarjima amalga oshirildi. Bu holatda Jonning to'satdan o'rnidan turib ketishi va boshqalarga sezilmagan holda nimanidir payqashi va bunga otasining bildirgan munosabatini ifodalashda yuqoridagi holat bo'yicha tarjima yuzaga keladi.

Konkretlashtirish usuli tarjimonga juda ham kerakli usullardan biridir, ya'ni ma'nosi tarjima jarayonida noaniq va tushunarsiz bo'lgan so'zlarni yoki gaplarni konkretlashtirish usulida tarjima qilish maqsadga muvofiq boladi.

"The captain of his household guard"- uy xizmatchisi bu yerda tarjimani so'zma so'z amalga oshirsak tarjima ma'nosi judayam uzun hamda tushunarsiz bo'ladi. Bu esa asarni o'qiyotgan kishiga erish tuyiladi va o'qigan so'zlari yodida qolmaydi. Yuqoridagi jumlani uy xizmatchisi shaklida tarjimaga o'girish mazmunni ko'z oldimizda gavdalantirishga asar mohiyatining tushunarli bo'lishiga yordam beradi.

"His fur white, where the rest of the litter was grey"- Boshqa kuchukchalardan farqli o'laroq uning mo'ynasi oppoq edi.- Ushbu jumlaning ingliz tilidan bevosita o'zbek tiliga o'girish jarayonida konkretlashtirish usulidan foydalanib bog'langan qo'shma gapni sodda gapga aylantirilgan. Boshqa kuchukchalar kulrang bo'lib ulardan farqli ravishda bunisi oq va uni "oppoq"deb orttirma sifat shaklida tarjima qilish tarjimaning yanada bo'yoqdorligini oshiradi hamda tarjimaga alohida ko'rk bag'ishlaydi.

XULOSA

Jorj R. R. Martinning "Qirollar to'qnashuvi" va "Qilichlar bo'roni"ni o„z ichiga olgan ajoyib romanlar silsilasining birinchi jildi bo'lib, ushbu seriya zamonaviy fantaziyaning haqiqiy durdonasini o'z ichiga oladi va janr taklif qiladigan eng yaxshi narsalarni birlashtiradi. Sehr, sir, romantika va sarguzasht bu sahifalarni to'ldiradi, bizni hech qachon boshdan kechirmagan dunyoga olib boradi. Jorj R. R. Martinning mumtoz asar sifatida e'tirof etilgan ajoyib seriyasi xayoliy fantastikaning buyuk yutuqlaridan biri bo'lib qoladi. Albatta ushbu ajoyib asarni tarjima qilishda tarjimondan qahramonlarni xarakterlarini yoritishda ulkan fantaziyani talab qiladi. Negaki, asardagi ba'zi

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-394-398

qahramonlar salbiy ba'zilari esa ijobiy. Shuningdek, ba'zilarini tarjima qilish kerak ba'zilarini esa yo'q. Bu yozuvchi va tarjimonning dunyoqarashiga bog'liq.

REFERENCES

1. https://en.rn.wikipedia.org/wiki/A_Game_of_Thrones

2. Oxford University. Oxford Dictionary of Current English. - USA: Oxford University press, 2006

3. https: //awoiaf.westero s. org/index.php/Main_Page

4. https://www.pottermore.com/features/the-definitive-rubeus-hagrid-quiz

5. Худайкулов, Абдулла Эшкуватович. "Семантическая адаптация некоторых английских заимствованных слов в русских письменных памятниках xvii-xix веков." Вестник Челябинского государственного университета 28 (2011)

6. Jo'ramurodova, Z., & Solijonov, J. (2022, April). JK ROULINGNING "BIDL QISSANAVIS ERTAKLARI"("THE TALES OF BEEDLE THE BARD") ASARIDAGI ANTROPONIMLARNING O'ZBEK TILIDAN INGLIZ TILIGA TARJIMA QILISHDAGI MUAMMOLARI. In МЕЖДУНАРОДНАЯ НАУЧНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ.:" СОВРЕМЕННЫЕ ФИЛОЛОГИЧЕСКИЕ ПАРАДИГМЫ: ВЗАИМОДЕЙСТВИЕ ТРАДИЦИЙ И ИННОВАЦИЙ II" (Vol. 2, No. 18.03, pp. 554-560). https://doi.org/10.47100/nuu.v2i18.03.115

7. Qodirovna, A. Z., & Kamoljonovich, S. J. (2022). JK ROULINGNING, GARRI POTTER VA AFSUNGARLAR TOSHT'ROMANIDAGI SEHRGARLAR OBRAZINI INGLIZ TILIDAN O'ZBEK TILIGA TARJIMA QILISHNING LINGVO-PERSPEKTIV TAHLILI. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(3), 176-180. https://doi.org/10.24412/2181-2454-2022-3-176-180

8. Kamoljnovich, S. J. (2022). JK ROULINGNING FANTASTIK ASARLARIDAGI ANTROPONIMLARNING LINGVO-PERSPEKTIV MUAMMOLARI. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(1), 334-343. https://doi.org/10.24412/2181 -2454-2022-1 -334-343

9. "Rajabova, M. (2022, April). JEK LONDON QALAMIGA MANSUB "AJDODLAR CHORLOVI" ASARIDAGI ANTROPONIMLARNING INGLIZ TILIDAN O'ZBEK TILIGA TARJIMA QILISHDAGI MUAMMOLAR. In МЕЖДУНАРОДНАЯ НАУЧНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ:" СОВРЕМЕННЫЕ ФИЛОЛОГИЧЕСКИЕ ПАРАДИГМЫ: ВЗАИМОДЕЙСТВИЕ ТРАДИЦИЙ И ИННОВАЦИЙ II" (Vol. 2, No. 18.03, pp. 134-140)."

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.