Научная статья на тему 'ERKIN A’ZAM QISSALARIDA DAVR VA INSON MUAMMOSI'

ERKIN A’ZAM QISSALARIDA DAVR VA INSON MUAMMOSI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
2924
240
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Qissa / personaj / xarakter / qahramon / konflikt / yechim / ijtimoiy muhit.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Dildora Karim Qizi Koʻcharova

Maqolada Erkin A‟zamning qissalarida davr va inson muammolarining aks etishi yuzasidan kuzatishlar bayon etilgan. “Otoyining tugʻilgan yili”, “Javob”, “Bayramdan boshqa kunlar” qissalari qahramonlari, ularning ijtimoiy muhit bilan yuzaga kelgan konfliktli vaziyatlari, qahramonlarning ichki tuygʻulari aksi misollar bilan ko„rsatilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ERKIN A’ZAM QISSALARIDA DAVR VA INSON MUAMMOSI»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454

Volume 2 | Issue 6 | Juni, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-6-101-106

ERKIN A'ZAM QISSALARIDA DAVR VA INSON MUAMMOSI

Dildora Karim qizi Ko'charova

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti, talabasi

ANNOTATSIYA

Maqolada Erkin A'zamning qissalarida davr va inson muammolarining aks etishi yuzasidan kuzatishlar bayon etilgan. "Otoyining tug'ilgan yili", "Javob", "Bayramdan boshqa kunlar" qissalari qahramonlari, ularning ijtimoiy muhit bilan yuzaga kelgan konfliktli vaziyatlari, qahramonlarning ichki tuyg'ulari aksi misollar bilan ko'rsatilgan.

Kalit so'zlar: Qissa, personaj, xarakter, qahramon, konflikt, yechim, ijtimoiy muhit.

KIRISH

Istiqlol davri adabiyotshunosligining xalqaro maydondagi o'rni va milliy madaniy me'rosini tadqiq etish, qadriyatlarni anglash zarurati bugungi globallashuv jarayonida badiiy adabiyotning mohiyatiga yanada chuqur kirib borish, badiiy asarlarning jahon adabiyoti rivojidagi munosib o'rnini asoslash, keyingi davr adabiyotiga kuchli ta'sir o'tkazgan ijodkorlar me'rosini o'rganishni taqazo etmoqda. Bugungi madaniy-ma'rifiy sohalardagi amalga oshirilayotgan islohotlar va kechayotgan jarayonlar o'zbek adabiyotshunosligi oldiga ham qator yangi vazifalar qo'ymoqda. "Bugun biz davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan yangilashga qaratilgan innovatsion rivojlanish yо 'liga o 'tmoqdamiz. Bu bejiz emas, albatta. Chunki zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda kim yutadi? Yangi fikr, yangi g'oyaga, innovatsiyaga tayangan davlat yutadi". [1] Bu jarayonda muayyan xalq badiiy tafakkuri mahsulining insoniyat ma'naviy olamini yuksaltirishdagi o'rni va ahamiyati uning o'ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Har qanday badiiy asar ham o'z davrining xoh maishiy, xoh ijtimoiy, xoh siyosiy bo'lsin qandaydir muammolarini aks ettiradi. Chunki ijodkor borliqni o'z ko'zi bilan ko'rib, o'z dunyoqarashi, tafakkuri, bilim darajasi, tuyg'ulari, kayfiyatidan kelib chiqib asarini yozadi. "Albatta, adabiyot o 'z davrining dolzarb muammolarini yoritib ko'rsatishi kerak. U bu bilan kishilarning diqqat-e'tiborini

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454

Volume 2 | Issue 6 | Juni, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-6-101-106

ma'lum masalagajalb etadi. ", [7;49] deydi professor Abdulla Ulug'ov.

Dunyo adabiyotiga nazar tashlaydigan bo'lsak, qaysi mavzuda yozilgan bo'lmasin, shuhrat topgan badiiy asarlar davr muammolarini yoritib berganligining guvohi bo'lishimiz mumkin. O'zimizning adabiyotimizda ham shu holatga ko'zimiz tushadi. Masalan, "O'tkan kunlar" yoki bo'lmasam "Kecha va kunduz" romanlari misolida qaraydigan bo'lsak, har ikki asar ham o'z davrining dolzarb masalasini aks ettirishga xizmat qilgan. Balki shu sababdan ham haligacha kitob javonlaridagi o'rnini yo'qotmay kelayotgan bo'lsa ne ajab.

NATIJALAR

Erkin A'zam asarlarining aksariyatida davrimiz insonlari ijtimoiy muhit bilan konflikda, davriy muammolar girdobida tasvirlangan. Adib yaratgan hikoyalarni, publitsistik asarlarini olamizmi barida yuqorida aytganimizdek holatlar tasvirlangan. "Shovqin" romanida ham katta ijtimoiy voqelik, siyosiy va ma'naviy inqirozlar qalamga olingan. Tadqiqotimiz obyekti sifatida olganimiz E.A'zam qissalarining ham akasariyati davr va inson muammolarini aks ettirgan.

Adibning "Jannat o„zi qaydadir" kitobi haqida so„z yuritar ekan filologiya fanlari doktori, professor Umarali Normatov bu borada o„z fikrlarini quyidagicha bayon etadi: "Kitobga kirgan asarlarning hammasi ayni shu kunlarimiz, shu kundagi odamlarning - zamonadoshlarning qismati, dardi dunyosi, ularni qiynayotgan hayot, turmush muammolari ustida bahs etadi. Bir tizimdan ikkinchi bir tizimga o'tish davri zamondoshlar tabiatida, qarashlarida, qismatida, ruhiyatida yuz berayotgan evrilish, o'zgarishlar jamiki ziddiyatlari, musbat va manfiy tomonlari, dolg'alari va og'riqlari bilan ko'z oldingizda baralla gavalanadi". [6;4]

Yozuvchi yaratgan ilk qissasidayoq davr va inson muammosiga e'tiborni qaratadi. Asar qahramoni talaba yigit Asqar Shodibekovning o„z davri va ijtimoiy muhitdagi insonlar bilan konflikti yoritib beriladi.

Shartakilik qissasi deb atalgan bu asarda turfa xarakterdagi kishilarning bir qator obrazlari yaratilgan. Sujeti qahramon nutqi asosiga qurilgan bu qissada Asqar, Raxmatilla, Axmadxonov, Akbarova, shuningdek, qator epizodik obrazlar mavjud. Ramatilla sharoitga qarab ish tutadi, Axmadxonov, ya'ni adabiyot tarixi fani o'qituvchisi shoir-yozuvchilarning tug'ilgan yillari bo'yicha "mutaxassis", Akbarova - mish-mishga, g'iybatga moyilroq "zamonaviy" qizlardan - uning faolligi va faoliyati shu doirada kechadi. Qissa Asqar tilidan hikoya qilinadi, u ham "farishta" emas. Shartaki, o'jar, yuzing, beting demay gapiradiganlar xilidan. Talabalar

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 6 | Juni, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-6-101-106

hayotidan olingan bu asarda Asqar ana shu shartang fe'li bois ko'p qaltis vaziyatlarga tushadi.

"Besh bolasini ham qo'shib xotinini uydan haydagan tog'asiga : - Endi bir durbin toping, bo'yningizga osasiz-da, o'tgan ketgan qiz-juvonni tomosha qilib yurasiz,- deb betamizlik bilan aql o'rgatsa;

.. .Leksiyani nima uchun yozib olmayotganligini so'ragan domlasiga: - Darslikda bor gaplarni ko'chirib olishga odatlanmaganman, - deb sarkashlik qilsa.

Kim bo'ldi bu?" [4;7]

Yozuvchi qahramonlariga silliq hayot yo'lini "ravo" ko'rmaydi. Hayot girdoblariga tushadigan holatlariga qarab xarakterlarning tub mohiyati ochiladi. Barqaror xarakter egalari bu hayot girdoblaridan osonlik bilan bo'lmasa-da, chiqib ketadilar. O'tkinchi muhit ta'siriga tez beriladiganlar esa, o'z inon-ixtiyorlarini girdobga topshirib qo'yadilar.

Erkin A'zam qahramonlari juda katta ijtimoiy masalalar doirasida emas, kundalik turmush tashvishlari, ikir-chikirlari fonida tasvirlanadi. Mana "Javob" qissasi qahramoni Nuriddin Elchiyevga berilgan ta'rif :

"Elchiyevga o'xshagan odam hamma joydan, hamma idoradan topiladi. Ular majlis-u mashvaratlarda ha deb ko'zga chalinavermaydi, hal qiluvchi ovozga ham ega emas, lozim paytdagina el qatori qo'l ko'tarib yoki chapak chalib qo'yadi, xolos. Bayram kunlari-yu biror bir yorug'lik tegadigan taqsimot chog'larida ham bunaqalarni kamdan-kam tilga olamiz. Lekin, barchani shularsiz tasavvur etib bo'lmaydi: ommaviy sahnalarga odam kerak-ku! Mushkul vaziyatlarda, ayniqsa, birovning boshiga tashvish tushganda o'sha zahoti ularni qidirib qolamiz: beg'araz, beminnat, ishonchli. Ba'zilar haftalab ishxonada ko'rinmasligi mumkin, ammo u bir soat bo'lmasa, darrov bilinadi-qo'yadi - o'rni bor, o'rni! Kamtarin, kampisand, lekin boshqa odam bosolmaydigan, boshqa odamga yarashmaydigan o'rni!" [4 ;70]

Hayot va turmush yumushlari bilan andarmon bo'lib, bir to'kisda yashayotgan Elchiyevga o'xshagan odamlar, yozuvchi ta'biri bilan aytganda "singan, portlagan, botinan portlagan" bir alfozda namoyon bo'ladi.

Nuriddin Elchiyev tabiatan keng fe'l, birovlarning dard-u quvonchini o'zinikidek birdek qabul qiladigan, katta-kichik demay hamma bilan kirishib ketadigan "hammabop" odam. Atrofdagilarga mehribon, do'st, oilada namunali ota, oila boshlig'i, mehribon inson. Shunday kishi dabduristdan o'z joniga qasd qiladi! Sujetning tuguni ana shunda.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 6 | Juni, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-6-101-106

Turmushdan nolishni bilmagani kabi undan biror bir mo'jiza ham kutmaydi, bor baxtiga shukrona aytib yashashga odatlangan odamning birdan o'z joniga qasd qilishi noodatiy hol. Nega? Elchiyev shifoxonada yotib ana shu nega? nimaga? nima uchun? larga javob izlaydi. Uning o'zi ham qilmishidan "yer yorilsa-yu, kirib ketsa" Nuriddin Elchiyev xotiralarga berilarkan, bosib o'tgan hayot yo'lini sarhisob qiladi: qanday yashadi ?, nima uchun yashadi ?, uning niyat, maqsad deb atayotgan narsalari hayot ummoni oldida biror chaqalik ahamiyat kasb etadimi?

Qahramon o'z-o'zini so'roqqa tutadi. Lekin qilmishiga jo'yali javob topolmaydi. Inson ruhiyatining so'z bilan, aql-u tafakkur bilan izohlash qiyin bo'lgan sirli jumboqlari bor. Yozuvchi qahramonini ana shu jumboqlarga ro'baro' qiladi.

MUHOKAMA

Erkin A'zam asarlarining yana bir xususiyati haqida gapirib o'tish o'rinliki, yozuvchi biror bir asarida kitobxonni tayyor xulosalarga olib kelmaydi. "Javob" qissasida bo'lganidek muayyan yechimga kelish Nuriddin Elchiyevning, qoleversa, kitobxonning inon-ixtiyorida. Boshqacha aytganda, yozuvchi qahramonini hayot yo'llaridan yetaklab yurmaydi, balki hayotning o'zi yo'lga solgan qahramonning yurish-turishini, ruhiyatini kuzatadi.

Odamzod sabr-u chidami bilan har qanday hayot zarbalarini ko'tara oladi, biroq arzimagan bahona-yu, sabab uni muvozanatdan chiqarib yuborishi mumkin. Elchiyev tushgan vaziyat shunday. Balki hayot zarbalari Elchiyevni asta-sekinlik bilan esankiratib kelgan bo'lsa-yu, o'sha arzimasdek tuyulgan bahona-yu sabab oxirgi, hal qiluvchi zarba bo'lgan bo'lsa-chi?

Erkin A'zamning navbatdagi qissalaridan biri "Bayramdan boshqa kunlar" asari qahramoni Bakir oddiy, kamxarj oilada tug'ilib o'sgan, uning har kuni bayram qilishga tobi toqatiyam, imkoniyati ham yo'q, buning ustiga u tarbiya ko'rib o'sgan muhit bunaqa tarallobedodni ko'tarmaydi ham. Bakir kamtarin, kamgap, mehnatga o'rgangan, o'zbekona urf-odatlar ruhida tarbiya topgan. Biroq u sevib uylangan Bargidaning oila muhiti Bakirlar oilasining umuman teskarisi. Ularda axloq-odob, munosabatlar, yurish-turishlar, oilaviy mas'uliyat degan tushunchalar tamoman erkin. Bakir mana shu ikki oila muhitida yashashga mahkum. U muqaddas sanagan tuyg'ular ikkinchi muhitga kirib kelgandan so'ng shunchaki bir ermak qilinadigan almisoqdan qolgan odatlarga o'xshab boradi. Bakir Bargidalar va uning muhuti: ota-onasi, opasi, pochchasi, Safura va boshqalar to'qigan o'rgimchak to'ridan chiqishga harakat qiladi. Lekin kech bo'lgan, erk, inon-ixtiyor qo'ldan ketgan, buyog'iga

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 6 | Juni, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-6-101-106

chidamoq kerak, hayot deganlari sabr-u bardoshdan iborat. Ammo qachongacha?

"Bayramdan boshqa kunlar"dagi Bakir qanday xarakter kasb etadi? Uning xarakteri kuchlimi, zaifmi? Bakir tabiatan ko'ngilchan, andishali. Biroq u tushgan muhit (ishda, oilaviy sharoit)da ko'ngilchanlik va andishalilikka o'rin yo„q. Shu bois uning fe'l-atvoridagi qat'iyat uncha sezilmaydi. Yolg'on, soxta, til uchida bo'layotgan nosamimiy munosabatlar uni "o„z yog'iga qovurilishi"ga olib keladi, ruhan yolg'izlanib qoladi, muhitning ko'zga ko'rinmas iskanjalaridan chiqishga harakat qiladi. Uning tushib qolgan situatsiyasidan chiqib ketishiga irodasi yetmaydi, ammo shu holatda qolmoqchi ham emas. Bargida va uning oilasidagi yengil-yelpi hayot, Chinnibekning munofiqliklari, pochchasining ma'nan buzuqligi, Ukkiboyevning tovlamachiligi (ishda), yor-birodarlaridan uzoqlashishi (o„z oilasidan) uni ruhiy qiynoqlarga, javobi noayon so'roqlarga soladi. U shu jarayonda o'zligini izlaydi.

Yozuvchi finalni ochiq qoldiradi, buyog'i kitobxonga, qolaversa, Bakirga havola.

Takidlash zarurki, xulosani ochiq qoldirish yozuvchining boshqa asarlari uchun ham xos xususiyat. Yozuvchi biror bir asarida kitobxonni tayyor xulosaga olib kelmaydi.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, yozuvchi davr, muhit bilan bog'liq o'zgarishlar vositasida qahramon ruhiyatini taftish qiladi. Kecha bilan bugunni qiyoslaydi. Erkin A'zam asarlarida ana shunday turfa xarakterlar o'zining butun bo„y-basti, murakkabliklari bilan tasvirlanadi. Turli xarakterlar ichidan har bir kitobxon o'zini, do'stini, aka-ukasini, opa-singlisini, qo'ni-qo'shnisini topadi. Ular ba'zi hollarda tanish, boshqa vaziyatda begona muhitda harakatlanadilar.

REFERENCES

1. Узбекистан Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномаси//Халк сузи. -Тошкент: 2017. 23-декабрь

2. A'zam E. Guli-guli: qissalar, kinoqissalar, dramatik asar. -T.: G'afur G'ulom nomidagi nashriyot - matbaa ijodiy uyi, 2009. -230 b.

3. A'zam E. Jannat o'zi qaydadir: hikoyalar, kinoqissalar, dramatik asar va publitsistik miniatyuralar. -T.: Sharq, 2007. -270 b.

4. A'zam E. Kechikayotgan odam: Qissalar. - T.: Sharq, 2002. - 446 b.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 6 | Juni, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-6-101-106

5. Erkin A'zam badiiy olami: Ilmiy maqolalar va suhbatlar to'plami. -T.: Turon zamin ziyo, 2014. -304 b.

6. Normatov U. Yangi asr odamlari// «O'zbekiston adabiyoti va san'ati» gazetasi, 2009-yil 22-son. 4-bet.

7. Ulug'ov A. Adabiyotshunoslik nazariyasi. -T.: G'.G'ulom nomidagi NMIU. 2018. -308 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.