Научная статья на тему 'BADIIY TARJIMADA MILLIY KOLORIT VA UNI SAQLASH JARAYONIDAGI MUOMMOLARNING TAHLILIY NATIJALARI'

BADIIY TARJIMADA MILLIY KOLORIT VA UNI SAQLASH JARAYONIDAGI MUOMMOLARNING TAHLILIY NATIJALARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
609
126
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
milliylik / mahalliy / realiyalar / Oybek / analogiya / ekvivalentlik / transliteratsiya / nationality / local / realities / Oybek / analogy / equivalence / transliteration

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Nafisa Axat Qizi Sulaymonova, Shahloxon Shavkat Qizi Sayfuddinova, Zuhra Ibrohim Qizi Ro’zimatova, Laylo Samad Qizi Valiyeva, Shohsanam Doniyorovna Asiljonova

Ushbu maqolada badiiy tarjimada milliy koloritni saqlash va milliy xos so’zlarni tarjima qilishda eng maqbul usullardan foydalanish to’g’risida olib borilgan izlanishlar va ularning xulosalari kiritilib o’tilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Похожие темы научных работ по наукам о Земле и смежным экологическим наукам , автор научной работы — Nafisa Axat Qizi Sulaymonova, Shahloxon Shavkat Qizi Sayfuddinova, Zuhra Ibrohim Qizi Ro’zimatova, Laylo Samad Qizi Valiyeva, Shohsanam Doniyorovna Asiljonova

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article presents research on the preservation of national color in literary translation and the use of the most appropriate methods in the translation of national words and their conclusions.

Текст научной работы на тему «BADIIY TARJIMADA MILLIY KOLORIT VA UNI SAQLASH JARAYONIDAGI MUOMMOLARNING TAHLILIY NATIJALARI»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-242-246

BADIIY TARJIMADA MILLIY KOLORIT VA UNI SAQLASH JARAYONIDAGI MUOMMOLARNING TAHLILIY NATIJALARI

Nafisa Axat qizi Sulaymonova

Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati talabasi

Shahloxon Shavkat qizi Sayfuddinova

Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati talabasi

Zuhra Ibrohim qizi Ro'zimatova

Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati talabasi

Laylo Samad qizi Valiyeva

Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati talabasi

Shohsanam Doniyorovna Asiljonova Ilmiy rahbar: CHDPI o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada badiiy tarjimada milliy koloritni saqlash va milliy xos so'zlarni tarjima qilishda eng maqbul usullardan foydalanish to'g'risida olib borilgan izlanishlar va ularning xulosalari kiritilib o'tilgan.

Kalit so'zlar: milliylik, mahalliy, realiyalar, Oybek, analogiya, ekvivalentlik, transliteratsiya.

ABSTRACT

This article presents research on the preservation of national color in literary translation and the use of the most appropriate methods in the translation of national words and their conclusions.

Keywords: nationality, local, realities, Oybek, analogy, equivalence, transliteration.

KIRISH

Barchamizga ma'lumki, tarjima o'ta nozik jarayon bo'lib, bunda tarjimon bor mahoratini ishga solib uni qayta yaratish ustida tinimsiz izlanishlar olib borishi talab

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454

Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-242-246

qilinadi. Tarjimon ikki til va ikki millat orasidagi bamisoli ko'prikdir, uning tarjima qilish qobiliyati orqali xalqning, millatning eng nozik qirralari aks ettiriladi. Ayniqsa, muayyan xalqga mansub bo'lgan milliy xos so'zlarni tarjima qilishda tarjimonning yondashuvi alohida e'tiborga molikdir. Milliy koloritni saqlash tarjima qilingan badiiy asarning milliy bo'yog'ini yuzaga chiqarib beradi. Masalan: ma'lum tilda uchragan so'zlar va tushunchalar boshqa tilda bo'lmasligi yoki mazmunan, shakl, hajm jihatdan farq qilishi mumkin.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI

Tarjimada milliy koloritni saqlash masalalarini o'rganish jarayonida tarjima nazariyasi va amaliyoti sohasi doirasida oldin izlanish olib borgan shaxslarning metod va uslublaridan,jumladan, E.Ochilovning "Tarjima nazariyasi va amaliyoti " va " Badiiy tarjima masalalari", Qudrat Muasayevning " Tarjima nazariyasi asoslari", I.G'ofurov,O.Mo'minov,N.Qambarovlarning "Tarj ima nazariyasi"asarlaridan foydalanib xulosalar berildi.

NATIJALAR VA MUHOKAMALAR

Badiiy tarjima o'z murakkabligi va qiyinlik darajasiga ko'ra badiiy ijod bilan deyarli bir mavqeda turadi desa ham bo'ladi. Sababi muallifning iste'dodi va mahorati mevasi bo'lgan asarni umuman boshqa til vositalari bilan asliga muvofiq qilib qayta yaratish kerak bo'ladi.Badiiy asarlar tarjimasi uchun til bilishning o'zi kifoya qilmaydi, buning uchun ijodkorlik istedodi va badiiyat ilmidan xabardor bo'lish talab qilinadi. Realistik tarjima talablariga ko'ra, tarjimon asl nusxani sanat asari sifatida shakl va mazmun birligini qayta yaratishi,milliy va individual xususiyatlarni saqlashi lozim. Har bir badiiy asar bir millat vakili tarafidan yoziladi va unda albatta milliylik bo'ladi. Shunga kora, tarjimashunoslikda milliy kolorit degan atama mavjud. Badiiy asarda aks etgan milliy xususiyatlarni o'z ichiga oladi. Adabiyotshunoslikda ,shuningdek, mahalliy kolorit degan tushuncha ham bor. Mahalliy kolorit deb biror mahalliy sharoit,urf-odat yoki joyga xos turmush tarzi,peyzaj va til xususiyatlarini badiiy adabiyotda aks ettirishga aytiladi. Shu milliy kolorit bilan bog'liq bo'lgan so'z va atamalar-realiyalar, boshqacha aytganda milliy xos so'zlar deyiladi. Realiyalar asar tilining ajralmas qismi bo'lib, ular yordamida yozuvchi qahramon obrazini yaratadi, xalqning milliy xususiyaini tasvirlab beradi. Ular badiiy asarning milliy koloritini ifoda qilib beradi,turli uslubiy vazifalarni bajaradi, hodisa va predmetlarning xususiyatini haqqoniy ochib berishga yordam

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454

Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-242-246

beradi. Realiyalar milliy taomlar,kiyim-kechaklar,milliy cholg'u asboblari, ro'zg'or anjomlari,nomlar,taxalluslar, shahar va qishloq sharoitlari tasviri, hayvon va o'simlik nomlari,tashkilotlar,diniy marosimlar va boshqa etnografik belgilarni bildiruvchi so'z va iboralar bo'lishi mumkin.

Badiiy obrazni qayta yaratishda tarjimon ishining birinchi bosqichi obraz yaratilgan millatning tarixi, ijtimoiy - adabiy sharoitlarini o'rganishdir. Undan keyingi bosqichi uning mazmunini belgilashdir. Shundan keyin obraz yaratilishi kerak bo'lgan asliyat tilining vositalarini va uslubiy yo'llarini tahlil qilishi hamda oxiri ona tilida ifodalashning kerakli til vositalarni qidirib topish bo'ladi. Adabiy asarning umumiy sifatlari o'sha yerliklarning xususiiy-ijtimoiy hayot tarzida,sharoitida,kiyimi,urflari,ko'chalar-u shahari va boshqalarida namoyon bo'ladi. Bularning yig'indisi asarning milliy xususiyatini tashkil etib, barchasi orginal asarda nutq vositalari orqali berilgan bo'ladi. Ularning to'g'ri tarjima qilinishi juda muhimdir.

Milliylik - juda nozik tushuncha. Bu boradagi kichik bir xato ba'zida butun bir millat haqida yanglish tassavvur hosil qilishi mumkin. Masalan: biz o'zbeklarda kattalarni hurmat qilib "siz" deb chaqirashadi. Lekin ba'zi o'zbek asarlarining ruscha tarjimasida "sen" deya o'girilgan. Shu arzimas kichik xato tufayli "O'zbeklar ham bir birini senlar ekanda" degan tushunchaga olib keladi.

Tarjimashunoslar fikricha, milliy xos so'zlar tarjimasida eng qiyini u yoki bu tushuncha, narsa va hodisa haqida o'quvchini ongida to'liq va aniq tasavvur hosil qilishdir. Aytaylik,Sharq she'riyatini bahor, ko'klam, gul, bulbul, bo'ston obrazlarisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Endi o'ylab ko'ringchi, bunday she'rni umuman bahor fasli yo'q mintaqa xalqlari tiliga qanday tarjima qilish mumkin. Tarjima qildik ham deylik, asl ma'no saqlanib qoladimi? Maqol va matallar, iboralar tarjimasida ham milliylikka urg'u berish kerak. Masalan , Misrda chaqmoq chaqish hodisasi har ikki yuz yilda bir marta kuzatilar ekan. Ular bizni turmushimizga xos chaqmoqday yigit, yashin tezligida, chaqmoq urdi kabi iboralarni qabul qilolmasligi mumkin. Shunga ko'ra, Mirtemirning:

Ko'zim ko'zinga tushdi,

Chaqmoq chaqqanday bo'ldi.

misralarini to'g'ridan-to'g'ri tarjima qilish kutilgan natijani bermasligi mumkin.

Hatto ranglarni ham milliylikda o'z o'rni bor. Masalan: oq-musaffolik ramzi deb ko'p millatlarda qabul qilingan bolsa, Yaponiya, Hindiston, Xitoyda azadorlik

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-242-246

belgisidir. Yashilni Amerikaliklar xavfsizlik belgisi sifatida ko'rsa, Fransiyada bu jinoyatchilik belgisi hisoblanadi.bu kabi misollar ancha ko'pdir.

Xos so'zlarni tarjima qilishning 3 usuli bor.

• Transliteratsiya usuli- bir yozuv harflarini boshqa til yozuv harflari bilan berish. Tarjimada joy va kishi nomlari, turli atamalar va milliy xos so'zlarni boshqa til belgilari bilan aynan ko'rsatib berish. tarjimada transliteratsiyada berilishi tarjima tilida realiyalarga mos ekvivalentlarning yo'qligi bilan sharhlanadi. Ammo , transliteratsiyani qo'llash me'yorini ham unutmaslik kerak.

• Analogiya usuli- o'xshashlik, bir-biriga yoki boshqasiga o'xshashlik,ya'ni,muqobil tushunchani berish. Masalan:Oybekning "Navoiy" asarining rus tilidagi tarjimasida "sholcha" "палас" sifatida o'girilgan. Analogiya usuli "Yaqin tarjma " deb ham ataladi. Lekin buning nomining o'zi asliyatdagi miliy xususiyatni barcha qirralarini ochib berolmasligini aytib turibdi.

• Yangi so'z va yangi so'z birikmasi yaratish usuli- ba'zi tarjimonlar milliy xos so'zlar va iboralarni,nom va tushunchalarni shunday tarjima qilib oladiki,bu hol xuddi qosh qo'yaman deb,ko'z chiqarib qo'yishga o'xshaydi. Masalan : M.Kenlabek "Evgeniy Onegin" tarjimasida "тройка" ni "uchot", "котлет"ш "qiyma et"sifatida, yoki bo'lmasam "крешенские вечери" marosimini "Hayit shomi" deb beradi. Holbuki , bu nasroniylarning o'ziga xos but yuvish bayram oqshomi hisoblanadi. Bu kabi holatlar afsuski tarjimalarda ko'p kuzatilgan.

XULOSA

Milliy kolorit "ekzotika" emas, xalqning asrlar davomida shakllangan dunyoqarashi, tafakkur,fe'l-atvori va qismatini ko'rsatuvchi vositadir.

Ma'lumki, badiiy tarjimada milliy kolorit tushunchasi bizga ma'lum, noma'lum bo'lgan xalqning urf- odatlari,hayot tarzi,umuman olganda,milliy xususiyatlari tushuniladi.Shunday ekan,milliy koloritni saqlagan holda eng maqbul usullardan to'g'ri foydalanib tarjima qila oladigan tarjimonni o'z kasbining ustasi deyish mumkin.Tarjimon nafaqat xorij tilni,balki o'z tilining grammatikasi,leksikologiyasi,stilistikasini ham mukammal o'rganishi lozim bo'ladi. Asliyatdagi milliy o'ziga xoslikni tarjimada aks ettirish masalasi tarjimashunoslikda atroflicha o'rganilgan soha. Shunga ko'ra, badiiy asarlar tarjimasi jarayonida ko'ngil yoqqan yo'l bian emas balki haqiqiy mutaxasislardek hasoslik bilan yondashish talab qilinadi.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-242-246

REFERENCES

1. E.Ochilov Tarjima nazariyasi va amaliyoti Toshkent-2012

2. E.Ochilov Badiiy tarjima masalalari

3. G'.Salomov Tarjima nazariyasi asoslari Toshkent-"Öqituvchi"-1983

4. Shuhrat Sirojiddinov, Gulnoza Odilova Badiiy tarjima asoslari Toshkent <<MUMTOZ SÖZ>> 2011

5. Tarjima masalalari (ilmiy maqolalar toplami) Toshkent-2012

6. M.N.Xolbekov Tarjimashunoslik va tarjima tanqidi Toshkent-2014

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.