Научная статья на тему 'ELVIN BRUKS UAYT QALAMIGA MANSUB “SHARLOTTANING TO’RI” (“CHARLOTTE’S WEB”) ASARINI INGLIZ TILIDAN O’ZBEK TILIGA TARJIMA QILISHDAGI SINTAKTIK MUAMMOLAR'

ELVIN BRUKS UAYT QALAMIGA MANSUB “SHARLOTTANING TO’RI” (“CHARLOTTE’S WEB”) ASARINI INGLIZ TILIDAN O’ZBEK TILIGA TARJIMA QILISHDAGI SINTAKTIK MUAMMOLAR Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
115
27
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
transformatsiyalar / sintaktik tahlil / semantik transformatsiyalar / orfografik transformatsiyalar / tushirib qoldirilgan so’zlar. / transformations / syntactic analysis / semantic analysis / semantic transformations / orthographic transformations / omitted words

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Marjona Shokir Qizi Shoydulova

Mazkur maqola amerikalik yozuvchi Elvin Bruks Uayt tomonidan yozilgan bo’lib, u ingliz tilidan o’zbek tiliga tarjima qilishdagi sintaktik muammolar va ularning mohiyatiga lingvistik nuqtai nazardan o’quvchi uni anglashi uchun ta’sir qiluvchi omillarni hisobga olingan. Asar tarjimasi jarayonida o’zbek tiliga muqobillashtirish maqsadida so’zlarni va so’z birikmalarini gaplarga, sodda gaplarni qo’shma gaplarga o’girib, transformatsion usullardan foydalanish orqali tahlil qilingan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SYNTACTIC PROBLEMS IN TRANSLATING THE WORK “CHARLOTTE’S WEB” BY ELWYN BROOKS WHITE FROM ENGLISH INTO UZBEK

This article was written by Elvin Brooks White, a syntactic problem in the translation from English into Uzbek, and the editorial material is influenced by American materials for the reader's understanding of it from a linguistic point of view. In the process of translating the work, the process of alternative translation into Uzbek was analyzed by translating words and phrases into sentences, simple sentences into compound sentences, and using transformational methods.

Текст научной работы на тему «ELVIN BRUKS UAYT QALAMIGA MANSUB “SHARLOTTANING TO’RI” (“CHARLOTTE’S WEB”) ASARINI INGLIZ TILIDAN O’ZBEK TILIGA TARJIMA QILISHDAGI SINTAKTIK MUAMMOLAR»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-399-403

ELVIN BRUKS UAYT QALAMIGA MANSUB "SHARLOTTANING TO'RI" ("CHARLOTTE'S WEB") ASARINI INGLIZ TILIDAN O'ZBEK TILIGA TARJIMA QILISHDAGI SINTAKTIK MUAMMOLAR

Marjona Shokir qizi Shoydulova

Termiz davlat universiteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti Ingliz tili ta'lim yo'nalishi talabasi E-mail: marj onashaydulova@gmail .com

ANNOTATSIYA

Mazkur maqola amerikalik yozuvchi Elvin Bruks Uayt tomonidan yozilgan bo'lib, u ingliz tilidan o'zbek tiliga tarjima qilishdagi sintaktik muammolar va ularning mohiyatiga lingvistik nuqtai nazardan o'quvchi uni anglashi uchun ta'sir qiluvchi omillarni hisobga olingan. Asar tarjimasi jarayonida o'zbek tiliga muqobillashtirish maqsadida so'zlarni va so'z birikmalarini gaplarga, sodda gaplarni qo'shma gaplarga o'girib, transformatsion usullardan foydalanish orqali tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: transformatsiyalar, sintaktik tahlil, semantik transformatsiyalar, orfografik transformatsiyalar, tushirib qoldirilgan so'zlar.

SYNTACTIC PROBLEMS IN TRANSLATING THE WORK "CHARLOTTE'S WEB" BY ELWYN BROOKS WHITE FROM ENGLISH

INTO UZBEK

ABSTRACT

This article was written by Elvin Brooks White, a syntactic problem in the translation from English into Uzbek, and the editorial material is influenced by American materials for the reader's understanding of it from a linguistic point of view. In the process of translating the work, the process of alternative translation into Uzbek was analyzed by translating words and phrases into sentences, simple sentences into compound sentences, and using transformational methods.

Keywords: transformations, syntactic analysis, semantic analysis, semantic transformations, orthographic transformations, omitted words

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-399-403

KIRISH

Elvin Bruks Uayt 1899-yil 11-iyul kuni tug'ilib, 1985-yil 1-oktabrda vafot etgan. U amerikalik yozuvchi bo'lib, bolalar uchun juda mashhur kitoblarning muallifi bo'lgan, jumladan "Styuart Littl" (1945), "Sharlottaning to'ri" (1952) va "Oqqush karnay" (1970). Bundan tashqari, u yozuvchi va Nyu York jurnaliga xissa qo'shuvchi muharrir, shuningdek ingliz tili uslubi qo'llanmasi "Ingliz tili Uslubining elementlari" hammuallifi bo'lgan[5]. Shuningdek u "Sharlottaning to'ri" ni Guart Uilyams mualliflik qilgan suratlar bilan chop ettirgan. Bu ertakning voqealari asosan fermada sodir bo'ladi va Uilbur ismli cho'chqa va uning sadoqatli do'sti Sharlotta laqabli o'rgimchak, uning hayotini o'z to'rlari bilan muvaffaqiyatli saqlab qolgani haqida yozilgan.

Tarjima ingliz tilidan o'zbek tiliga bevosita tarjima qilindi. Asar bolalar tilida sodda va ravon yozilgan va juda ham mazmunli fastastik asar, uni tarjima qilish uchun esa unchalik ko'p manbalarga murojat qilinmagan. Asarda bir qizning uy hayvoniga quygan mehri haqida va usha hayvonning boshidan kechirgan voqealari yozilgan. U hayoti davomida anchagina do'stlarni uchratadi lekin ungacha do'st tanlashda juda ham qiynalgan. Uning eng yaqin do'sti Sharlotta edi. Asarning keyingi voqealari esa unga ulanib ketadi. Bu asar bolalarga juda yaxshi ta'sir etadi va kelajagida do'st tanlashda qiynalishmaydi. Va 8 yoshlik qizaloqning uy hayvoniga bo'lgan mehr-u muhabbatini ta'riflashga esa til ojiz.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI

Mazkur maqola bo'yicha tadqiqot davomida qiyosiy adabiyot, lingvistik atamalarning qarama-qarshi va tavsifli tarjimasi va izohli tahlili hamda badiiy tarjimaning sintaktik tahlili o'rganib chiqildi. I.G'ofurov, O.Mo'minov, N.Qambarov - Tarjima nazariyasi, Ergash Ochilovning - Badiy tarjima masalari, G'aybulla Salomov - Tarjima tashvishlari kabi o'quv qo'llanma va monografiyalardan foydalanildi

NATIJALAR

Mazkur maqola ikkita gap misolida sintaktik, so'z qo'shish va tushish transformatsiyalaridan foydalanib ingliz tilidan o'zbek tiliga tarjima qilishda duch kelingan muammolar ko'rib chiqildi. Shuni ta'kidlash lozimki, ingliz tilidan tarjima qilinayotgan paytda gapning o'rin almashuvi ya'ni qo'shma gapning sodda gapga aylanishi yoki aksincha sodda gaplarning qo'shma gap almashuvi ingliz tilining

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-399-403

strukturasini noaniq fe'l shakllari bilan ergash gap orqali ifodalash ko'p hollarda muxum bo'lib qoladi

MUHOKAMA

Ingliz tilidan o'zbek tiliga tarjima qilinayotganda, transformatsiya usullaridan biri sintaktik transformatsiya bo'lib, unda matndagi til elementlarining o'rni o'zgartiriladi. Odatda, tarjima qilishda so'zlar, so'z birikmalar, gap qismlari va murakkab qo'shma gapdagi ergash gaplarning o'rni ko'p holatlarda o'zgartiriladi. So'z shakllari va so'z turkumlarini o'rin almashuvi, xuddi ingliz tilidagi fe'llardan xosil bo'lgan va ish - harakatni ifodalovchi otlarning o'rin almashuvi kabi o'ziga xos xususiyatdir.

Misol uchun: "A queer look came over John Arable 's face. He seemed almost ready to cry"[1] Tarjimasi: Jon Arablning yuzida o'zgacha nigoh paydo bo'lib, deyarli yig'lashga ham tayyor edi. Bu misolda ingliz tilidagi " John Arable's face" to'ldiruvchi, ammo o'zbek tiliga tarjima qilinganida, "Jon Arablning yuzi' deb tarjima qilinib egaga o'zgartirilgan va ikkita sodda gap, o'zbek tilida bog'lovchisiz qo'shma gapga o'girildi. Yana shuni aytib o'tish joizki, asardagi "he seemed" gap birikmasi o'zbek tiliga tarjima qilinayotganda tushirib qoldirilgan.

Xuddi shu qoidamizga misol qilib ikkinchi gapni ham keltirsak maqsadga muvofiq bo'lardi. " The born was very large. It was very old. It smelled of hay and it smelled of manure" Tarjimasi: "Omborxona juda katta lekin eski edi va xashak hamda go'ngning xidi kelardi". Ushbu gapda ikkita sodda va bitta qo'shma gap soddalashtirilib, o'quvchiga ravon yetib borishi uchun bitta bog'lovchili qo'shma gapga aylantirilgan hamda tarjima jarayonida so'z tushish va qo'shish transformatsiyasi amalga oshirilgan va shunga guvoh bo 'lamizki ingliz tilidan o'zbek tiliga tarjima qilinayotganda ba'zi egalar tushirib qoldirilib, ularning o'rniga biriktiruv va zidlov bog'lovchilaridan foydalanilgan.

Asar tarjimasi davomida semantik transformatsiyalardan ham foydalanildi, semantik transformatsiya deganda so'z mazmunining o'zgarishi tushuniladi. Ingliz tilida "apple-blossom time " so'z birikmasi o'zbek tiliga tarjima qilish jarayonida "Bodom gullagan paytda" deb tarjima qilingan. Ingliz tilidagi ushbu so'z birikmasini o'zbek tiliga so'zma so'z tarjima qilinsa, "olma gullagan paytda" deb tarjima qilinadi.

XULOSA

Mazkur maqolaning xulosasiga kelsak, ushbu ikkita gap orqali sintaktik

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-399-403

tahlillar va so'z qo'shish hamda tushirish transformatsiyasidagi muammolar ko'rib chiqildi. Ingliz tilidan tarjima qilinayotgan paytda gapning o'rin almashuvi, ya'ni qo'shma gap bilan sodda gapning o'rin almashishi ingliz tilining strukturasini noaniq fe'l shakllari bilan ergash gap orqali ifodalash muxum sanaladi, chunki turli xil tillarda sintaktik qoidalar farqlidir. Tarjimada bunday hodisaga ko'p duch kelinadi va ushbu maqola bunday muammolarga yechim berdi.

REFERENCES

1. Elwyn Brooks White ."Charlotte's Web". Happer & Row publishers.New York.1952

2. I.G'ofurov, O.Mo'minov, N.Qambarov "Tarjima nazariyasi" Tafakkur Bo'stoni. Toshkent - 2012

3. Jo'ramurodova, Z., & Solijonov, J. (2022, April). JK ROULINGNING "BIDL QISSANAVIS ERTAKLARI"("THE TALES OF BEEDLE THE BARD") ASARIDAGI ANTROPONIMLARNING O'ZBEK TILIDAN INGLIZ TILIGA TARJIMA QILISHDAGI MUAMMOLARI. In МЕЖДУНАРОДНАЯ НАУЧНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ:" СОВРЕМЕННЫЕ ФИЛОЛОГИЧЕСКИЕ ПАРАДИГМЫ: ВЗАИМОДЕЙСТВИЕ ТРАДИЦИЙ И ИННОВАЦИЙ II" (Vol. 2, No. 18.03, pp. 554-560). https://doi.org/10.47100/nuu.v2i18.03.115

4. Qodirovna, A. Z., & Kamoljonovich, S. J. (2022). JK ROULINGNING, GARRI POTTER VA AFSUNGARLAR TOSHI''ROMANIDAGI SEHRGARLAR OBRAZINI INGLIZ TILIDAN O'ZBEK TILIGA TARJIMA QILISHNING LINGVO-PERSPEKTIV TAHLILI. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(3), 176-180. https://doi.org/10.24412/2181-2454-2022-3-176-180

5. Kamoljnovich, S. J. (2022). JK ROULINGNING FANTASTIK ASARLARIDAGI ANTROPONIMLARNING LINGVO-PERSPEKTIV MUAMMOLARI. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(1), 334-343. https://doi.org/10.24412/2181-2454-2022-1-334-343

6. Melikboboyeva, M. (2022, April). JON STAYNBEK QALAMIGA MANSUB "QIROL ARTUR YURUSHLARI VA UNING OLIYJANOB RITSARLARI "("THE ACTS OF KING ARTHUR AND HIS NOBLE KNIGHTS") ASARIDAGI ANTROPONIMLARNI INGLIZ TILIDAN O'ZBEK TILIGA MUAMMOLAR. In МЕЖДУНАРОДНАЯ НАУЧНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ:" СОВРЕМЕННЫЕ ФИЛОЛОГИЧЕСКИЕ ПАРАДИГМЫ: ВЗАИМОДЕЙСТВИЕ ТРАДИЦИЙ И

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-399-403

ИННОВАЦИЙ II" (Vol. 2, No. 18.03, pp. 142-146)

7. Norqobilova, M. (2022, April). ANNA FRANK QALAMIGA MANSUB "QIZALOQNING KUNDALIGI" ASARINI INGLIZ TILIDAN O'ZBEK TILIGA TARJIMA QILISHDAGI MORFOLOGIK TRANSFORMATSIYALAR TAHLILI.

In МЕЖДУНАРОДНАЯ НАУЧНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ:" СОВРЕМЕННЫЕ ФИЛОЛОГИЧЕСКИЕ ПАРАДИГМЫ: ВЗАИМОДЕЙСТВИЕ ТРАДИЦИЙ И ИННОВАЦИЙII" (Vol. 2, No. 18.03, pp. 212-217).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.