Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON RANGTASVIRIDA PORTRET JANRINING YANGICHA TALQINLARI'

O‘ZBEKISTON RANGTASVIRIDA PORTRET JANRINING YANGICHA TALQINLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
559
77
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Portret janri / Rangtasvir / rassom / kompazitsiyoniy yechim / ritim / garmoniya / nazarya va amalyot milliylik ruhiyati.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Nazarova Zilola

Ushbu maqolada portret janri haqida umumiy tushuncha va uning tarixi shu bilan birga davlatimizning san‘at va madaniyatga qaratayotgan etibori, O‘zbekiston rangtasvirida portret janrining o‘ziga hos o‘rni,xususiyatlari va aynan qaysi rassomlarni ushbu janrda ijod qilganliklari shuningdek O‘zbekiston tasviriy san‘ati rivojiga qo‘shgan ulkan hissalari haqida mavzu yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON RANGTASVIRIDA PORTRET JANRINING YANGICHA TALQINLARI»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-399-402

O'ZBEKISTON RANGTASVIRIDA PORTRET JANRINING YANGICHA

TALQINLARI

Nazarova Zilola

Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instututi magistranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada portret janri haqida umumiy tushuncha va uning tarixi shu bilan birga davlatimizning san'at va madaniyatga qaratayotgan etibori, O'zbekiston rangtasvirida portret janrining o'ziga hos o'rni,xususiyatlari va aynan qaysi rassomlarni ushbu janrda ijod qilganliklari shuningdek O'zbekiston tasviriy san'ati rivojiga qo'shgan ulkan hissalari haqida mavzu yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: Portret janri, Rangtasvir, rassom, kompazitsiyoniy yechim, ritim, garmoniya, nazarya va amalyot milliylik ruhiyati.

KIRISH

Bugungi kunga kelib hayotning har bir javhalari rivojlanib bormoqda shu bilan birga san'at turlari ham. San'at ijtimoiy ong va inson faoliyatining o'ziga hos shakli bo'lib,u insonni ulug'laydi va unga estetik zavq bag'ishlaydi. Ularning orasida tasviriy san'at ham o'z o'rniga ega bo'lib, u bir necha tur va janrlarga bo'linadi. Bunda biz aynan portret janrini tanladik.Portret (frans. portrait —so'zidan olingan bo'lib ) san'at janri hisoblanadi. Real hayotda mavjud bo'lgan yakka, ikki yoki bir guruh kishilar, rassom tasavvurida paydo bo'lgan xayoliy qiyofalarning tasviri. Rangtasvir, haykaltaroshlik, grafika, shuningdek, foto san'atining muhim janrlaridan biri. portret asosida aniq shaxsning qiyofasini abadiylashtirish yotadi. Portretning muhim tomoni tasvirning tasvirlanuvchiga aynan o'xshashligidir. Ijodkor Portret orqali tasvirlanuvchi shaxsning ma'naviy dunyosini, ijtimoiy hayotdagi o'rnini, kasbi, jamiyatdagi mavqeini aks ettiradi va uning shu jihatlari orqali davr xususiyati, siyosiy iqtisodiy ahvol haqida ma'lumot bera oladi. Rassomning kasbiy mahorati ishlash uchun tanlagan materiallari esa uning yaratgan asarlariga takrorlanmas o'ziga xoslik baxsh etadi.

METODOLOGIYA

Tarixan portretning xilma-xil tur va ko'rinishlari shakllangan bo'lib ishlanish usuli, bajaradigan vazifasi tasvirlanuvchining faqat bosh qismi ,yoki beligacha, butun

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-399-402

bo'ybasti bilan old va yon tomonidan ishlanishi mumkin. Shuningdek, turli tarixiy davrlarda nishon, tanga, medallar yuzasiga (medal yasash sanati) ishlangan, gemma (gliptika), medalonlarda miniatyura keng tarqalgan. Portret janridagi bir asarda ko'pincha bir necha janrlar qo'shilishi mumkin. Tasvirlanuvchi sof holda (zaminsiz, ya'ni atrof muhitni aks ettirmasdan), tinch xolatda yoki biror faoliyati bilan ma'lum muxitda ishlanishi ham mumkin. Umuman olganda portret tasviriy san'atning asosiy janirlaridan biri hisoblanadi. Buyuk ajdodlarimiz va bobokalonlarimiz bo'lmish Amir temur, Mirzo Ulug'bek, Zahiriddin M. Bobur va shu kabi ko'plab ajdodlarimiz siymolari ham bir qancha mohir portretist rassomlarimiz tomonidan aks ettirilgan. Bu esa yillar davomida yosh avlodnini tasavvur va tafakkurini ma'naviyatini boyitishga xizmat qildi desak mubolag'a bo'lmaydi. Mustaqillik yillarida ham san'at madaniyat sohalariga har tomonlama keng imkoniyatlar eshigi ochildi. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ham mana bir necha yildirki kirb bormagan sohasi qolmadi. Jamiyat taraqqiyotida, yurt, millat taqdirida o'sib kelayotgan yosh avlodning jismoniy va ma'naviy barkamolligi, intellektual salohiyati muhim o'rin tutadi. Zero, davlatimiz rahbari ta'kidlaganidek, "Dunyo shiddat bilan o'zgarib, barqarorlik va xalqlarning mustahkam rivojlanishiga raxna soladigan turli yangi tahdid va xavflar paydo bo'layotgan bugungi kunda ma'naviyat va ma'rifatga, axloqiy tarbiya, yoshlarning bilim olish, kamolga yetishga intilishiga e'tibor qaratish har qachongidan ham muhimdir" Bunga misol tariqasida 2019 -yil 19-mart kuni O'zbekiston respublikasi prezidenti Sh.Mirziyoyevning Yoshlarning ma'naviyatini yuksaltirish va ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo'yicha 5 ta muhim tashabbus qonunni kuchga kirdi. Bular san'at madaniyat, sport, kompyuter texnalogiyalri ,kitobxonlik va xotin-qizlarni bandlik bilan taminlash kabi bir necha sohalarni o'z ichiga qamrab oladi. Necha yildirki shu tashabbus asosida bir qancha tashviqot tadbirlar ko'rik tanlovlar anjumanlar o'tkazilib kelinmoqda. Ushbu tashabbus natijasi o'laroq Tasviriy san'atda ham yosh va bo'lajak ijodkorlar uchun keng ko'lamli tadbirlar ko'rgazma va ko'rik tanlovlar o'tkazilib ularni munosib rag'batlantirmoqda.

MUHOKAMA

Barcha san'at turlarining sir asrorlari ko'p bo'lgani kabi tasviriy san'atning ham sir asrorlari o'zida cheksizlikni mujjasam etgan. Rassom tug'ilib o'zidagi bir ajib qobilyatni his qilib tasviriy san'atga bo'lgan qiziqish salohiyatini maqsadi sari yo'naltirar ekan u umri davomida doimo bilim olish ijod qilish payida bo'ladi. Shu asnoda bir savol tug'iladi nazariya va amalyot birligi - bu ikki tushuncha o'zaro

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454

Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-399-402

chambarchas bog'liq bo'lib,doimo bir birini to'ldirib kelgan. Tasviriy san'at olamida rassom ahli keng davrani qamrab olgan va ularning fikrlash doirasi, estetik didi, nazariy bilim ko'nikmalari ham turlichadir. Ularga alloh tomonidan intivutiv his qilish ya'ni boshqalar ilg'amagan ranglar va chizgilarni ko'ra olish qobilyati berilgan. Bu intuvitiv his qilish jarayon amaliy ish bilan bog'liq bo'lib albatta uni o'zi yetarli emas sababi uni nazariy bilimlar asosida sayqallash lozim. Agar rassom birgina intivutiv his qilish jarayonga bog'lanib qolsa u aftamatik tarizda predmetni ko'chirishga o'tadi va unda garmoniya mutanosiblik yo'qaladi. Bunday holat yuz bermasligi uchun esa rassomdan nazariy bilimni o'rganish ya'ni badiiy va kompazitsioniy yechimga etibor berish talab etiladi. Badiiy kompazitsioniy yechim -agar rassom ishlidigan asarining har biriga shu nuqtai nazardan qarasa, nazariya va amalyot birligi muvozanatini ushlagan bo'lar edi. O'zbekiston rangtasvirida ijod qilgan ustoz rassomlarimiz Pavel Benkov, O'ral Tansiqboyev ,Raxim Ahmedov kabi ko'plab rassomlarimiz asarlarida biz osha narsani his qilishimiz mumkin. Pavel Benkovning aynan portret janridagi asarlariga e'tibor bersangiz siz unda asosan o'sha davrning milliy ayol qizlarini impressionizm uslubidagi tasvirini ko'rishingiz mumkin. Rassomlarning har biri alohida dunyo alohida olam va asarlari ham o'ziga xoslikni kasb etadi. O'zbekistondagi bugungi davr ustoz rassomlarimiz Bahodir Jalololov, Javlon Umarbekov, Alisher Mirzayev va shu kabi ko'plab ustozlarimiz o'z bilimlarini hozirgi o'sib kelayotgan yosh avlodga berib kelmoqdalar. Ularning asaridagi kompazitsioniy yechim va ranglar o'yini biz yoshlarga maktab vazifasini o'taydi. Ulardan ilhomlangan holda hozirgi ijodkor yosh rassomlarimiz ham o'zlarini turli oqim va janrlarda sinab ko'rishmoqda. Aksaryat yosh avlod o'zini shaxsiy fikr va dunyoqarashiga ega bo'lib, asarlarida ham o'ziga xoslikni, turli tajribalarni o'tkazib ko'rishga urinishmoqda. Va ko'pincha bunday holatlarni biz kompazitsioniy portretlarda ko'rishimiz mumkin.

XULOSA

Portret janri turli davrlarda turlicha tasvirlangan aynan O'zbekiston rangtasviridagi portretlarni oladigan bo'lsak - dastlab Kamoliddin Behzod asarlari bilan bog'liq bo'lgan miniatura uslubidagi A.Navoiy va H.Bayqaro portretlari va keyingi davr rassomlaridan biri Abdulxoq Abdullayev Rahim Ahmedov kabi ko'plab rassomlarimizni keltirishimiz mumkin. Bugungi kunga kelib biz portretning milliy ruhda tasvirlangan yangicha talqinlarini aynay Akmal Nur ijodida kuzatishimiz mumkin. Portretga bu biror insonning yuz ifodasi yoki qo'l gavdasi bilan

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 5 | May, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-5-399-402

tasvirlashning o'zi kifoya qilmaydi unga boshqacha yondashuv o'ziga xos kayifiyat milliylik ruhdagi yangicha talqinini kiritish lozim. Buni esa O'zbekistonning milliy qadryatlari,mentaliteti va o'zbek obriziga xos bo'lgan xususiyatlar orqali ochib berish mumkin.

REFERENCES

1. https:// uz. M.wikipedia.org

2. https:// gigafox. ru

3. [email protected]

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.