Научная статья на тему 'O’ZBEKISTON ZAMONAVIY VA MILLIY TASVIRIY SAN’ATIDA AYOL VA ONA OBRAZINI YARATKAN RASSOMLAR ASARLARINI TAHLIL QILISH'

O’ZBEKISTON ZAMONAVIY VA MILLIY TASVIRIY SAN’ATIDA AYOL VA ONA OBRAZINI YARATKAN RASSOMLAR ASARLARINI TAHLIL QILISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
973
135
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
tasviriy san’at / rassom / asar / janr / yo‘nalish / portret / obraz / ayol / ona obrazi / talqin / qadryat / ijod / falsafiy g‘oya / ranglar gammasi / moybo’yoq / to‘kin-sochinlik / mehru-muhabbat / go’zallik / nafosat / ramz / madaniyat.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Xursheda Raximovna Raximova

O’zbekiston rassomlarining portret janrida ayol va ona obrazining tasvirlanishi bayon qilingan. Shuningdek asarlardagi ranglar gammasi, obrazlarning holati va ularning talqin etilishi, milliy qadryatlarimizning tarannum etilishi hamda falsafiy g‘oyalari haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTON ZAMONAVIY VA MILLIY TASVIRIY SAN’ATIDA AYOL VA ONA OBRAZINI YARATKAN RASSOMLAR ASARLARINI TAHLIL QILISH»

O'ZBEKISTON ZAMONAVIY VA MILLIY TASVIRIY SAN'ATIDA AYOL VA ONA OBRAZINI YARATKAN RASSOMLAR ASARLARINI TAHLIL QILISH

Xursheda Raximovna Raximova

Низомий номидаги Тошкент давлат педагогика университети

Тасвирий санъат ва амалий безак санъати мутахдсислиги магистиранти

ANNOTATSIYA

O'zbekiston rassomlarining portret janrida ayol va ona obrazining tasvirlanishi bayon qilingan. Shuningdek asarlardagi ranglar gammasi, obrazlarning holati va ularning talqin etilishi, milliy qadryatlarimizning tarannum etilishi hamda falsafiy g'oyalari haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: tasviriy san'at, rassom, asar, janr, yo'nalish, portret, obraz, ayol, ona obrazi, talqin, qadryat, ijod, falsafiy g'oya, ranglar gammasi, moybo'yoq, to'kin-sochinlik, mehru-muhabbat, go'zallik, nafosat, ramz, madaniyat.

Yosh avlodga bog'cha, maktab va oliygohda sifatli ta'lim-tarbiya berishni yo'lga ko'yamiz, ular jismoniy va ma'naviy sog'lom, vatanparvar insonlar bo'lib ulg'ayishi uchun barcha kuch va imkoniyatlarni safarbar etamiz.1

Yoshlarning ta'lim-tarbiyasida san'atning hususan tasviriy san'atning o'rni va ahamyati beqiyosdir. San'at insonning madaniyatini, ma'naviyatini, dunyoqarashini rivojlantiradi.

Rassom imkoniyatlari benihoya cheksiz. U gul yaproqlarining nozik titrog'i va cheksiz koinotni, kundalik turmush tashvishlari va jahonshumul ahamiyatga ega bo'lgan voqea-hodisalami tasvirlay olish imkoniga ega. Unda yuzlab kvadrat metr keladigan tasvirlar, yirik toshlardan haykal yasay olish malakalari mavjud. U bug'doy donasi sathiga portret chizishi va jimjiloqdek keladigan haykalcha yasay olishi mumkin. Ijodiy imkoniyatlarini amalga oshirish uchun rassom o'nlab ashyolardan foydalangan holda, yangi imkoniyatlami ochish uchun tirishadi. Qalam va moybo'yoqlar, loy va oltin, qog'oz va oyna, mato va po'lat - bularning barchasi ijodkoming qo'lida san'at asariga aylanadi.2

Tasviriy san'atning bir nechta tur, janrlari mavjud bo'lib, har birining o'z ahamyati va tomoshabini bor. Ayniqsa portret janri rassomlarning ko'p murojat qiladigan va tomashabini ko'pligi bilan ajralib turadi.

Portret- janrlar ichida eng qadimiylaridan bo'lib, kishilarning tashqi va ichki kechinmalarini tasvir orqali ochib beradi. Tasviriy san'at asarlari bizga musavvir

1 Mirziyoyev Sh. Yangi O'zbekistonda erkin va farovon yashaylik.-T.: Tasvir.-202i. -11 b.

2

Egamov A. Kompozitsiya asoslari.-T.: San'at-2005.-5 b.

yashagan davrni, madaniyatini hamda tasvirdagi kishining ruhiyatini asarda talqin

"5

etadi.

Portret janrida ayol, ona obrozi o'lmas, qadimiy va sevimli obrozdir. Chunki tasviriy san'atda ayol obrozi bu-mehr-muhabbat, vafo, sadoqat, iroda, matonat, sabru-shijoat va hayot davomchisi sifatida tasvirlanadi. Qadimdan ayol obrozi Sharq va Yevropa mamlakatlarida ham go'zallik, nafosat, muhabbat timsoli bo'lib e'zozlangan. Deyarli barcha rassomlarning ijodida ayol, ona obrozini ko'rishimiz mumkin. Bunga misol qilib Usta Mo'min, A.Volkov, P.Benkov, M.Nabiyev, A.Abdullayev, L.Abdullayev, Ch.Ahmarov, B.Jalolov, R.Ahmedov, A.Nur va boshqalarni keltirishimiz mumkin.

Ayniqsa Rahim Ahmedovning ijodida ona obrozi nihoyatda ta'sirli va jonli ifodasini ko'rishimiz mumkin. Ijod namunalari ichida ayniqsa "Tong, Onalik" asari rassomning shox asarlaridan biri desak mubolag'a bo'lmaydi. Asarda tongning mo'jizakor lahzasida, shirin uyquda bo'lgan bolasini issiq bag'rida emizayotgan o'zbek ayoli aks ettirilgan. Asarda inson va tabiat uyg'unligi zeb-ziynatu bezaklarsiz aks ettirilgan yashil ko'ylak kiygan, ro'moli boshidan sirgalib tushgan, ikki o'ram sochi elkasiga tashlangan ayol qiyofasi tomoshabinni o'ziga tortadi. Vatan tinchligi, ayolning ruhiy xolatida namoyon bo'lgan, xotirjam, baxtiyor ona, oila ona tabiat bag'rida ko'rsatilgan. Tasvirdagi asosiy g'oya elementlari tabiat, ona, tong va go'dak bolani tashkil etadi. Ya'ni tabiat, ona bola va tong go'zalligi jami olam go'zalligini anglatadi.4

Rahim Ahmedov "Tong.Onalik."

3 Xasanov R. Tasviriy san'at asoslari. -T.: G'ofur G'ulom nashryot uyi. -2009, -17 b.

4 Bo'latov S.S., Soipova M.S. Badiiy tahlil tamoyillari. -T.:Fan va texnalogiya 2016-36 b.

1956 yili Rahim Ahmedov Birchmulla qishlog'ida, ikki o'g'li hamda turmush o'rtog'i frontdan qaytmagan, mehnatda qaddi bukilmagan mardona keksa ayol portreti, "Ona o'ylari" asarini yaratdi. Ayol ko'pincha qariyalarga xos o'tirar, hayolga cho'mar edi. Ayol kechinmalari, onadan yosh etim qolgan Raxim akaning bag'rini to'lqinlantirib, mehr, chuqur hurmat uyg'otdi. "Ona o'ylari" portreti kompozitsiyasida, figura biroz oldinga chiqqan. Yong'oq daraxti yonida yostiqqa suyanib tizza ko'ziga qo'l panjalarini saranjom qo'yib, hayolga cho'mgan ayol qiyofasi, kompozitsiya jihatidan klassik mavqeiga ega, juda muvafaqqiyatli topilgan. Ayolni yuzidagi chuqur ruhiy holatni, uning g'amgin yuzidagi katta yorug' ko'zlarida, mehnatda toblangan yuz chexrasida xaykalga xos o'z ifodasini topgan. Gavda, siluet aniq, engil ranglardagi manzara fonida, ko'k, binafsha, pushti, yashil, sariq ranglarda shiddatli maxorat bilan tasvirlangan.

Rahim Axmedov "Ona o'ylari" P.Benkov ham o'z ijodida ayol obroziga ko'p bora murojat etkan. Uning "Xivalik qiz", "Uzum uzush", "Dugonalar" kabi asarlari mashhurdir. "Xivalik qiz " asarida peshin payti, charog'on quyosh nuriga g'arq cho'milgan Xiva xovlilarining birida o'smir qiz charx yigirib o'tiribdi. Uning egnida guldor ko'ylak, boshida chiroyli do'ppisi. Ko'zlarini diqqat bilan boqishi, boshi sal egilganligi, qo'llarning harakati, uning berilib ishlayotganidan dalolat berib turibdi. Surat bo'yoqlarining yorqinligi, uni erkin uslubda ishlaganligi tufayli, asardagi milliy koloritni yanada chuqur xis etamiz. Bu asarni o'zbek tasviriy san'atida birinchi realistik ijod namunasi deyish mumkin. O'z paytida u Tretyakov davlat galereyasining doimiy ekspozitsiyasidan o'rin olgan edi.

P.Benkov "Xivalik qiz" asari

Bugungi kunda ham ko'pkina rassomlarimiz o'z asarlarida ayol va ona obrozini tasvirlab kelishmoqda. Ayniqsa Akmal Nurning ijodida ayol o'zgacha joziba, nafosat, beg'ubor va jonli tasvirlanganini ko'rishimiz mumkin. Rassomlarning har bir asarida ramziylik va falsafiy yechim mavjud. Quyida A.Nur ijodidan "Umid farishtasi" asarini badiiy-psixologik tahlil qilamiz.

Akmal Nurning "Umid farishtasi " asarini falsafiy va psixologik tahlili.

Qismlari. Qismlarining izohi.

1. Ona Ona bu- asarda xayotni anlatib keladi. Onani qo'lida bola bu xayotni davomiyligi uzviyligini bildiradi va xayot davom etishidan dalolatdir.

2. V Bola Bola- Kelajak ma'nosi anglatadi. Bolani kiyimsizligi poklikni soflikni bildiradi

3. Quyosh. k Quyosh- bu ulug'vorlik ma'nosini anglatadi Ayolni bosh qismdida berilgani onani yuksaklik ma'nolarini beradi.

4. Oy Yaarim oy- jannat ma'nosini bildiradi. Yarim oy - Islom dinini ramzi ma'nosida ham keladi.

5. ) Yulduz Yulduz-abadiylik va intilishni anglatadi. Faravon xayotni ham bildiradi. Yulduzlar ajdodlardan so'zlab ularning donoligi va xayotiligini ham bildiradi.

Anor

Anor- mehr muxabbat unumdorlik xosildorlik baraka ma'nosini anglatadi.

7.

So'zana.

So'zana-O'zbek xalqining milliyligini, qadryatlarini ramzi.

8.

Ranglar.

Moviy rang- Osmon, koinot, tinchlik, yomon ko'zdan asrash ramzi.

Sariq rang-muqaddaslik, yorug'lik, quyosh, kenglik ramzi.

Oq rang-poklik, ozodalik, yorug'lik, baxt va omad ramzi.

Qizil-g'alaba, iliqlik, hursandchilik, olov va qon ramzi.5

9.

"Umid farishtasi "

Xulosa.

Asarning bosh g'oyasi xayotga bo'lgan mehr muxabbat va farzand kelajak ekanligidan so'zlaydi. Rassom birgina asari orqali o'zbek xalqining qadryatlari, milliyligi, madaniyatini ochib bera olgan.

Xulosa qilib aytganda foniy dunyoda yashayotgan har bir inson o'z xayot yo'lida umid bilan yashashi kerakligi tasvirlangan. Bu asarda quyosh, oy, yulduzlar ham dunyoning bir

5 Bo'latov S.S., Salimova S.N., Muxtorov A. Sherdor madrasasi bezaklarining sirli olami

Uzbekistan www.scientificprogress.uz

—T.:Talqin 2007, 14 b.

Page 223

qismi bo'lib har kun-u tun o'rnini bir biriga bo'shatib berib va yana ertangi kunga umid bag'lab xayot davom etib borishidan dalolatdir.

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O'zbekistonda erkin va farovon yashaylik! -T.: TASVIR nashryot uyi, 2021, -52 b.

2.Axmedov M.B. va Xasanova M.Z. Qalamtasvir. -T.: IJOD-PRINT, 2021, -188 b.

3.Bo'latov S.S., Soipova M.S. Badiiy tahlil tamoyillari. -T.: Fan va texnalogiya, 2016, -260 b.

4.Bo'latov S.S., Salimova S.N., Muxtorov A. Sherdor madrasasi bezaklarining sirli olami.-T.: Talqin, 2007, -14 b

5.Egamov A. Kompozitsiya asoslari.-T.: San'at nashyoti.-2005.-132 b.

6.Xasanov R. Tasviriy san'at asoslari. -T.: G'ofur G'ulom nashryot uyi. -2009, -204 b.

7.Jabbarov, R., & Rasulov, M. (2021). FURTHER FORMATION OF STUDENTS' CREATIVE ABILITIES BY DRAWING LANDSCAPES IN PAINTING. 36ipHUK HayKoeux npaiib AOWZ. https://doi.org/10.36074/logos-30.04.2021.v2.09

8.Rasulov Murad Absamatovich, & Abdurashidkhonova Muslimahon Bahodirhon Kizi. (2021). Methodological Basis Of Creation, Organization And Decoration Of Platter's Artistic Composition In Applied Art . The American Journal of Applied Sciences, 3(04), 298-310. https://doi.org/10.37547/taias/Volume03Issue04-42

9.Kholmuratovich, M. K., Mardanaqulovich, A. S., Ravshanovich, J. R., Sharifovna, K. U., & Shodiyevna, B. O. (2020). Methodology of Improving Independent Learning Skills of Future Fine Art Teachers (On the Example of Still Life in Colorful Paintings). International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(05).

10.Bagbekova, L. (2019). Opportunities of massive open online courses. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 7(12).

11. Sh.A.Abduraxmanova, & X. Jo'rayev. (2022). MODERN WEB TECHNOLOGIES USED IN PROFESSIONAL EDUCATION. Conference Zone, 178-179. Retrieved from http://www.conferencezone.org/index.php/cz/article/view/248

12.Muratov, K. K., & Tadjieva, F. M. (2021). Issues of Improving the Technology of Organization and Management of Independent Learning Activities of Students in the

Fine Arts. International Journal of Multicultural and Multireligious Understanding, 5(11), 521-525.

13.Yusubali o'g'li, Y. S. (2021). Xvi-Xvii Asrlar GArbiy Yevropa Tasviriy San'atida Maishiy Janrning Rivojlanishi. Бошцарув ва Этика Цоидалари онлайн илмий журнали, 1(6), 191-197.

14.Muratov, H. (2021). THE IMPORTANCE OF ORGANIZATION AND MANAGEMENT INDEPENDENT EDUCATION IN THE LEARNING PROCESS. Збгрник наукових праць AörüZ. https://doi.org/10.36074/logos-09.04.2021.v2.40

15.Kholmuratovich, M. K., Mardanaqulovich, A. S., Ravshanovich, J. R., Sharifovna, K. U., & Shodiyevna, B. O. (2020). Methodology of Improving Independent Learning Skills of Future Fine Art Teachers (On the Example of Still Life in Colorful Paintings). International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(05).

16.Talipov, N. X., & Aliev, N. S. (2021). The importance of perspective in teaching art to future fine arts teachers. Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR), 10(2), 97-103.

17.Valiev, A. (2021). ABOUT THE FEATURES OF THE PERSPECTIVE OF SIMPLE GEOMETRIC SHAPES AND PROBLEMS IN ITS TRAINING. Зб1рник наукових праць SCIENTIA. вилучено i3 https://ojs.ukrlogos.in.ua/index.php/scientia/article/view/10540

18.Nematovich, V. A. Z., & Karimberdiyevich, S. S. (2022). TEACHING PERSPECTIVE BASED ON INNOVATIVE TECHNOLOGIES. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 3(1), 678-687.

19.Ravshanovich, J. R. (2021). Rangtasvir Taraqqiyotining Ustuvor Yo'nalishlari. Бошцарув ва Этика Цоидалари онлайн илмий журнали, 1(6), 137-148.

20.Jabbarov, R.. (2021). Sharq uyg'onish davri yetuk san'atkori buyuk miniatyurachi musavvir Kamoliddin Behzod ijodi ta'sirida yuzaga kelgan o'ziga xos yo'nalish. Жамият ва инновациялар, 2(5/S), 59-67. https://doi.org/10.54274/2181-1415-vol2-iss5/S-pp59-67

21. Jabbarov, R. (2019). Formation of Fine Art Skills by Teaching Students the Basics of Composition in Miniature Lessons. International Journal of Progressive Sciences and Technologies, 17(1), 285-288. doi:http://dx.doi.org/10.52155/iipsat.v17.1.1424

22.Nazirbekova, S., Talipov, N., & Jabbarov, R. (2019). Described the Educational, Scientific, and Educational Institutions of the Miniature. International Journal of Progressive Sciences and Technologies, 15(2), 364-367. doi:http://dx.doi.org/10.52155/iipsat.v15.2.1192

23.Талипов, Н.., & Талипов, Н. (2021). Проблема исторического жанра в изобразительном искусстве: взгляд на творческую школу художника Малика

Набиева. Общество и инновации, 2(4/S), 607-613. https://doi.org/10.54274/2181-1415-vol2-iss4/S-pp607-613

24.Абдирасилов, С. Ф., Назирбекова, Ш. Б., & Махкамова, С. Б. (2016). Художественно-культурные традиции узбекского народного искусства на уроках изобразительного искусства. Личность, семья и общество: вопросы педагогики и психологии, (11 (68)), 32-42.

25.Nazirbekova, S. (2021). THE IMPORTANCE OF FIELD PRACTICE IN FINE ARTS. Збгрник наукових праць ADrOZ. https://doi.org/10.36074/logos-19.03.2021.v4.35

26.Sh.A.Abduraxmanova, & X. Jo'rayev. (2022). MODERN WEB TECHNOLOGIES USED IN PROFESSIONAL EDUCATION. Conference Zone, 178-179. Retrieved from http://www.conferencezone.org/index.php/cz/article/view/248

27.Elmurzayevich, M. O. Cloud Technology to Ensure the Protection of Fundamental Methods and Use of Information. International Journal on Integrated Education, 3(10), 313-315.

28.Нуртаев, У. Н., & Махкамова, С. Б. (2016). Вопросы подготовки студентов к художественно-творческой деятельности. Молодой ученый, (7), 687-691. 29.Saodat Makhkamova Bakhtiyarovna. (2021). QUESTIONS OF PREPARING FUTURE TEACHERS FOR ARTISTIC GAFUR ABDURAKHMANOV ANALYSIS OF WORKS OF FINE ART IN SCHOOL. Euro-Asia Conferences, 5(1), 13-18. Retrieved from http://papers.euroasiaconference.com/index.php/eac/article/view/437

30. Akhmedov , M.-U., & Kholmatova , F. (2021). FORMATION OF CREATIVE PROCESSES IN STUDENTS THROUGH TEACHING COMPOSITION IN FINE ARTS. Збгрник наукових праць ADrOZ. https://doi.org/10.36074/logos-09.04.2021.v2.03

31.Ahmedov, M.-U., & Xolmatova , F. (2021). TEACHING STUDENTS TO DRAW ELEMENTS OF PATTERNS IN WOOD CARVING CIRCLES. Зб1рник наукових праць ADrOZ. https://doi.org/10.36074/logos-30.04.2021.v2.17

32.Talipov , N., & Talipov, N. (2021). CREATIVE TECHNOLOGIES FOR THE DEVELOPMENT OF STUDENTS' CREATIVE ACTIVITY THROUGH ART EDUCATION. Збгрник наукових праць ADrOZ. https://doi.org/10.36074/logos-19.03.2021.v3.12

33.Абдирасилов, С. Ф., & Назирбекова, Ш. Б. (2017). Компьютеризация и информатизация художественно-практические занятия в обучении студентов. Инновации в науке, (12 (73)), 21-23.

34.Абдусаломходжаев, Н. (2021). Исторические личности в творчестве малика набиева. Збгрник наукових праць ADrOZ.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.