Научная статья на тему 'BO‘LAJAK TASVIRIY SAN’AT O‘QITUVCHILARINI TASVIRIY SAN’ATDA MANZARA JANRIDAGI ASARLARINI BADIIY TAHLIL QILISHGA TAYYORLASH MASALALARI'

BO‘LAJAK TASVIRIY SAN’AT O‘QITUVCHILARINI TASVIRIY SAN’ATDA MANZARA JANRIDAGI ASARLARINI BADIIY TAHLIL QILISHGA TAYYORLASH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
1004
108
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
grafika / amaliy san’at / ijodiy faoliyat / eskiz / etyud / qoralamalar / garmoniya / ijodiy obraz. / graphics / applied arts / creative activity / sketch / sketch / sketches / harmony / creative image.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Saodat Baxtiyarovna Maxkamova

Ushbu maqolada bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarni tasviriy san’atda manzara janridagi asarlarini badiiy taxlil qilish faoliyatiga tayyorlashning dolzarb masalalari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PROBLEMS OF PREPARING FOR FUTURE FINE ART TEACHERS FOR ARTICAL ANALYSIS OF WORKS IN THE LAND SCENE IN THE FINE ARTS

This article discusses current issues in preparing future art teachers to engage in artistic analysis of works in the visual arts in the visual arts.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK TASVIRIY SAN’AT O‘QITUVCHILARINI TASVIRIY SAN’ATDA MANZARA JANRIDAGI ASARLARINI BADIIY TAHLIL QILISHGA TAYYORLASH MASALALARI»

BO'LAJAK TASVIRIY SAN'AT O'QITUVCHILARINI TASVIRIY SAN'ATDA MANZARA JANRIDAGI ASARLARINI BADIIY TAHLIL QILISHGA

TAYYORLASH MASALALARI

Saodat Baxtiyarovna Maxkamova

Nizomiy nomidagi TDPU Tasviriy san'at kafedrasi katta o'qituvchisi e.mail: saodat [email protected]

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada bo'lajak tasviriy san'at o'qituvchilarni tasviriy san'atda manzara janridagi asarlarini badiiy taxlil qilish faoliyatiga tayyorlashning dolzarb masalalari yoritilgan.

Kalit so'zlar; grafika, amaliy san'at, ijodiy faoliyat, eskiz, etyud, qoralamalar, garmoniya, ijodiy obraz.

PROBLEMS OF PREPARING FOR FUTURE FINE ART TEACHERS FOR ARTICAL ANALYSIS OF WORKS IN THE LAND SCENE IN THE FINE ARTS

Saodat Bakhtiyarovna Makhkamova

Senior Lecturer, Department of Fine Arts, TSPU named after Nizami e.mail: saodat [email protected]

ABSTRACT

This article discusses current issues in preparing future art teachers to engage in artistic analysis of works in the visual arts in the visual arts.

Keywords; graphics, applied arts, creative activity, sketch, sketch, sketches, harmony, creative image.

KIRISH

Kredit-modul tizimida talabalarning mustaqil ijodiy qobiliyatlarini o'stirish, ularda o'zlari egallayotgan kasblariga oid mavjud muammolarni mustaqil hal qilishga doir ko'nikma va malakalarni shakllantirish kerakligini taqozo qilmoqda. Xususan, bo'lajak tasviriy san'at o'qituvchilarini tayyorlashda barcha fanlar bilan bir qatorda, ixtisoslik fanlarini talab darajasida o'qitish ham muhim ahamiyat kasb etadi [1-6].

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Oliy ta'lim muassasalarida bo'lajak tasviriy san'at o'qituvchilarini kasbiy tayyorgarligini ta'minlovchi tasviriy san'atning barcha fanlari, ayniqsa kompozitsiya fani ham muhim ahamiyatga ega.

Ta'lim tizimi uchun, xususan oliy pedagogik ta'lim tizimida tasviriy san'at o'qituvchilarini tayyorlash muammolariga bog'liq bo'lgan masalalar yuzasidan horijlik A.D.Alexin, V.S.Kuzin, N.M.Nemenskiy, Z.N.Novlyanskaya, N.N.Rostovsev, T.YA.Shpikalova, B.P.YUsov kabi bir qancha olimlar o'z tadqiqotlar olib borganlar. O'zbekistonlik olimlardan xususan, oliy pedagogik ta'limda tasviriy san'at o'qitish muammolari bilan S.Abdullaev, B.Azimov, B.Boymetov, N.Tolipov, N.Oydinov va boshqalar ko'plab ilmiy tadqiqotlar o'tkazganlar. Biroq, bugungi kungacha tasviriy san'atda manzara kompozitsiyasi muammolari etarli darajada tadqiq etilmagan. Shu ma'noda keyingi yillarda amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot ishlarida bu muammoning echimini topish yo'llari bo'yicha yangi ilmiy izlanishlarga xarakat qilinmoqda [7-12]. Masalan, bo'lajak tasviriy san'at o'qituvchisining kasbiy shakllanishida kompozitsiya masalalari bo'yicha V.N.Bannikov, tasviriy san'at o'qituvchisini kasbiy kompetentligini shakllantirish jarayonini uzviyligini ta'minlashning pedagogik shart-sharoitlari bo'yicha N.N.Dolgixning ilmiy tadqiqotlari e'tiborga loyiq.

Tasviriy san'atning eng qiziqarli janrlaridan biri bo'lgan manzara janriga deyarli barcha rassomlar murojaat etadilar. Chunki ijodkor uchun tabiat ko'p narsa beradi. Chizishni endi o'rganayotgan bo'lajak yosh rassom-o'qituvchilar ham tabiat ko'rinishlarini tasvirlash orqali ko'p bilim va ko'nikma, malakalarni o'zlashtirib oladilar. Ular o'z faoliyatlarida ma'lum bir qiyinchiliklarga ham duch keladilar. Manzaradagi suvda atrof-muhitning aks etishi, undagi narsalarning ko'rinishi qanday ifoda qilinishi haqidagi masala ham shular jumlasidandir.

Suv-daryo, ko'l, hovuz yoki yo'l o'rtasidagi ko'lmak manzaraga qanday go'zallik bahsh etishi barchamizga ma'lum. Shuning uchun ham manzarachi rassomlar masalan: rus rassomlari A.Perov, V.Serov, I.Shishkin, o'zbek rassomlari G'.Abduraxmonov, A.Mirsoatov, O.Qozoqov, A.Jamolovlar aksariyat hollarda suv havzasi mavjud bo'lgan ko'rinishlarni tasvirlashni yoqtiradilar. Bu mavzuda ko'plab o'quv qo'llanmalar, maqolalar yozilgan masalan G'.Abduraxmonov «Kompozitsiya», B.Tojiev, N.Isaxojaeva "Qalamtasvir, rangtasvir va kompozitsiya asoslari", N.Oripova «Rangtasvir», S.Abdirasilov «Tasviriy san'at o'qitish metodikasi» uslubiy qo'llanmalarida bu mavzu unchalik yoritib berilmagan[1:17]. Biz quyida ana shunday mavjud muammolar va ularni bartaraf etish usullari haqida so'z yuritamiz.

MUHOKAMA

Manzarani aks ettirish qiziqarli, ammo unchalik oson ish emas. Bu ko'pincha rassom narsalarni suvdagi aksini tasvirlashiga to'g'ri kelganida juda bilinadi. Odatda tinch turgan suv, doimo unga qarab turgan odamga nisbatan qarama-qarshi tomonda bo'lgan narsalarni o'z sathida aks ettiradi [13-18].

1-ilova. Qirg'oq chizig'ida turgan narsalarning aksi MN-qirg'oq chizig'i; AB-qirg'oqda perpendikulyar turgan predmet; GB-qiyalanib turgan predmet; VB va DB- narsalarning suvdagi aksi.

A

G

M

N

D

Bunda u huddi ko'zgudagidek aniq tasvir beradi. To'lqinlanib turgan suvda aks etayotgan tasvirlarning aniqligi esa uzuq-yuluq bo'lib buzilib ko'rinadi. Ular bo'linib-bo'linib, "sinib" ko'rinadi. Suvning mavjlanishi ko'payib borgan sari ularning uzilishi ham tabora oshib, nihoyat umuman g'oyib bo'lishi mumkin.

Aks etayotgan tasvirni to'g'ri chizish uchun ular qanday tuzilishini va qurilishini yahshi bilib olish lozim [19-22]. Shuning uchun uni quyidagi asosiy holatlarini chizmalar yordamida tahlil qilish foydadan holi bo'lmaydi; suvning aynan yonida turgan narsalarning tushayotgan aksini chizish - agar rassom ularga nisbatan suv sathi balandligida turgan bo'lsa, unchalik qiyin emas. Bunda faqat qirg'oqdagi narsalarning o'lchami va qanday holatda turganligi, ularning suvdagi aksining o'lchami va qanday holatda turganligiga aynan mos kelishi kerakligiga rioya etish kifoya. (1-ilova) Bunday holatda predmetlar aksining o'lchamlari AB va GB predmetlarning o'z o'lchamlariga teng bo'lishi kerak, ya'ni VB=AB ga va DB=GB ga. Suvda aks etgan VBD burchagi ABG burchagiga teng bo'lishi kerak. Endi predmetlar huddi qirg'oqdagi MN chizig'ida emas, balki undan yiroqroqda OP chizig'ida turgandagi holatni ko'raylik. (2-ilova) Bu erda rassomga ko'rinayotgan, suvda aks etuvchi tasvirni to'g'ri topish uchun OP qirg'oq chizig'i bo'lgan taqdirda aks tasvir qanday ko'rinishi kerak bo'lsa, shunday qilib chizilishi lozim. Bunday holatda SRT predmetlar U1RF ko'rinishda aks etgan bo'lardi. Ammo haqiqiy qirg'oq chizig'i yaqinroqda joylashgan va MN holatini egallagani uchun rassom aks etayotgan tasvirni yaxlit ko'rolmaydi, chunki uning bir qismini qirg'oq to'sib turadi. (OP va MN oralig'i) Unga tasvirning U1D va UF qismigina ko'rinadi.[4-94-97]

O R

M D

Vf

2-H^OBa Qirg'oq chizig'idan uzoqda turgan narsalarning aksi: MN- Qirg'oq chizig'i; OP- Narsalar joylashgan chiziq; SP- Qirg'oqda perpendikulyar turgan predmet; TR- qiyshayib turgan predmet. U1R va FP-SP va TR predmetlarning aksi: U1D va FU-akslarning suvdagi ko'rinayotgan qismi

5

T

P

U

F

Aks etayotgan tasvirning o'lchami va qanday ko'rinishi rassom ko'zining balandlik nuqtasi suv sathidan qanchalik yuqorida turganiga ham bog'liq. (3-ilova)

Rassom qarama-qarshi qirg'oqda turgan va suvda aks etayotgan narsaning eng yuqori nuqtasi balandligi AD predmetning o'z balandligi AB dan bir oz kichikroq, uning suvda ko'rinayotgan aksi BG esa haqiqiy aks tasvir BV dan anchagina kichikdir. Chizuvchi kishi ko'zining balandligi suv sathidan tobora yuqorilashgani sari aks etayotgan tasvirlarning o'lchami ham yanada kichrayib boraveradi. Tushayotgan tasvir ustida ish olib borayotib, aks etayotgan narsalarning ayrim qismlari suvning sathidan turib ko'rish mumkin bo'lgan holatda ko'rinishini ham albatta hisobga olish kerak [2325]. Agar rassom daryo ustiga qurilgan taxta ko'prikni chizayotgan bo'lsa, suvda aks etayotgan tasvirda uning ko'zga ko'rinmas, suvda turib esa ko'rish mumkin bo'lgan pastki qismidagi yog'ochlarni ham ilg'aydi. Masalan: agar u suv ustiga egilgan majnuntolni chizayotgan bo'lsa, aslida ko'rinmay turgan, suv sathi ustiga engashgan shohlarning suvga tushayotgan aksini ko'radi va ularni rasmda tasvirlaydi.

3-ilova. Rassomning qanday balandlikda turganligiga qarab aks etayotgan tasvir o'lchaminingo'zgarishi. AB-Aks tushayotgan predmet; VB-uning haqiqiy aksi; O-rassom ko'zi; AD-predmetning ko'rinayotgan predmetningko'rinayotgan kattaligi; GB-aksining suvda ko'rinayotgan kattaligi.

A

O

NATIJA

E'tibor bilan qaralganda narsalarning aks etayotgan tasviri ancha rangsiz, engil, xiraroq ko'rinishini sezish mumkin. Chunki bu erda ham fazo perspektivasiga hos bo'lgan holat kuzatiladi, ya'ni: predmetlarning suvdagi aksidagi ranglarning tiniqligi va ta'sirchanligi aslidagisiga nisbatan bir qadar kamroq bo'ladi. Predmetlarning o'z yoritilganligiga qaraganda suvda aks etayotgan tasvirning yoritilganlik quvvati ancha kam bo'lishi ham tabiiy holdir. Chunki qora predmetlar suvdagi aksida aslidagidek -qora bo'lib emas, balki nisbatan ochroq bo'lib ko'rinadi.

Rasmdagi tasvirlar mukammal bo'lishi kerak, aks holda turli ranglar ham oddiy ko'rinadi va elementning ko'rinishini va hajmini malakali ifoda eta olmaydi. Ob-havo sharoitiga qarab rangning nozik o'zgarishini ifodalovchi ko'p rangli bo'yoqlar ham fazoviy kenglikni o'z- o'zidan ifodalay olmaydi. Faqat perspektiva qoidalariga to'g'ri amal qilgan holda tasvirlangan ranglavhalar yanada jozibali qiladi [26-30].

Predmetlarning suvdagi tarhlari ham aniq-tiniq ko'rinishga ega emas. Narsaning suvdagi aksidagi yorug'lik va soya o'rtasidagi farqlar ham uning aslidagidek aniq-ravshan bo'lmaydi. Ko'rinayotgan bo'laklarning soni va ko'rinarliligi darajasi aslidagiga qaraganda bir muncha kamroq bo'lib ko'rinadi va ular ko'zga unchalik ham ilg'anavermaydi. Predmetlarning suvga tushayotgan aksidagi hajmini ham aslidagidek qabul qilish qiyin. Bo'lajak rassom-o'qituvchilar suv tasvirlanayotgan qalamsuratni ishlar ekan har qanday suvning sathi avvalambor gorizontal tekislikdan iborat ekanligini unutmasligi kerak. Bunday manzaraning haqqoniy nusxasiga esa quyidagi amallar orqali erishiladi, ya'ni: tasvirlashda havo va chiziqli perspektiva qonunlari albatta hisobga olinadi. Suv sathi mavjlar va shu'lalar, shuningdek suvdan chiqib turgan, uning yuzasida suzib yurgan narsalar- barglar, cho'plar, o'tlar va hakozolar orqali ham bo'rttirib ko'rsatiladi. Ular oldingi qismda tabiatan kattaroq ko'rinib, rassomdan uzoqlashgan sari kichkinalashadi. Suv sathining tarhi qirg'oq chizig'i orqali ko'rsatiladi, shuningdek suv va qirg'oqning tutashgan erining yaqindigisi kuchli, ko'zdan yiroqdagisi esa engil, kuchsiz chiziqlar vositasida tasvirlanadi. Agar suv havzasi daraxtlar bilan o'ralgan bo'lsa, ularning ustiga albatta soya tushadi va u ayniqsa quyoshli kunlari aniq ko'zga tashlanadi. Soyalarni batafsil tasvirlash esa ancha qiyin, ammo suv sathining barcha o'ziga xos hususiyatlarini bo'rttirib ko'rsatishda ularning hizmati kattadir [2:67]. Yuqorida bayon etilgan ma'lumotlardan shu narsa ayonki, demak manzarada suv havzasi bo'lsa-yu uni bo'lajak rassom-o'qituvchilar tasvirlasa, buning uchun ularda etarli darajada bilim, ko'nikma va malaka bo'lishi zarur. Bu boradagi tajriba ham atrof-muhitni haqqoniy tasvirlash yo'lida qilingan ko'plab mashqlar orqali orttiriladi. Shu sababli oliy ta'lim tizimida joriy etilgan mustaqil ishlar vazifalariga manzaradagi suv tasviri hamda unda akslanayotgan atrof-muhit va barcha predmetlar haqqoniy ifodalanishiga oid mavzular berilishi, shuningdek bir xaftalik

shahar amaliyoti o'quv dasturiga ham aloxida vazifalar kiritilishi maqsadga muvofiq bo'ladi.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, yuqorida aytib o'tilganlardan kelib chiqqan holda, o'quvchilarning badiiy-ijodiy bilimlari, ko'nikmalari va ijodiy ko'nikmalarini to'g'ri shakllantirish va takomillashtirish, yuqorida qayd etilgan maqola mazmunidagi takliflar asosida tasviriy san'at asarlarini tahlil qilishga tayyorgarlik ko'rish, bir qator vazifalarni amalga oshirish jarayonida samarali natijalarga erishish imkonini beradi va shu bilan umuman pedagogik kompitetsiyaning muvaffaqiyatini ta'minlaydi [3:53].

REFERENCES

[1] Saodat Makhkamova Bakhtiyarovna. (2021). QUESTIONS OF PREPARING FUTURE TEACHERS FOR ARTISTIC GAFUR ABDURAKHMANOV ANALYSIS OF WORKS OF FINE ART IN SCHOOL. Euro-Asia Conferences, 5(1), 13-18. Retrieved from https://papers.euroasiaconference.com/index.php/eac/article/view/437

[2] Абдирасилов, С. (2021). Изобразительное искусство Узбекистана в патриотическом и эстетическом воспитании школьников. Збгрник наукових працъ ЛОГОХ. https://ojs.ukrlogos.in.ua/index.php/logos/article/download/10245/9742.

[3] Махкамова Саодат Бахтияровна (2021). Вопросы подготовки будущих учителей к художественному анализу произведений изобразительного искусства в школе. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1 (4), 44-53. www.oriens.uz

[4] B.Tojiyev, S.Mahkamova Manzarada atrof-muhitdagi narsalarning suvdagi aksini tasvirlash. Pedagogik ta'lim jurnali 2013 yil 2-son 94-97 bet.

[5] Talipov, N., & Talipov, N. (2021). CREATIVE TECHNOLOGIES FOR THE DEVELOPMENT OF STUDENTS'CREATIVE ACTIVITY THROUGH ART EDUCATION. Збгрник наукових працъ ЛОГОХ. https://ois.ukrlogos.in.ua/index.php/logos/article/view/10146

[6] Халилов, Р. (2021). Bolgusi tasviriy san'at o'qituvchilarini kasbga yo'naltirishda qalamtasvirning o'rni. Общество и инновации, 2(4/S), 585-590.

[7] Nurtaev U. Pedagogical issues in ensuring continuous and intermittent state of the field of fine arts in the system of art education. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL. 2021, Volume : 11, Issue : 1, (1813) Last page : (1821), Online ISSN : 2249-7137.

DOI : 10.5958/2249-7137.2021.00287.1

[8] Xalilov, R. (2021). IMPORTANT FACTORS FOR TEACHING STUDENTS TO WORK ON LANDSCAPE COMPOSITION. Зб1рник наукових працъ ЛОГОХ. https://doi.org/10.36074/logos-30.04.2021.v2.10

[9] Талипов, Н., & Талипов, Н. (2021). Тасвирий санъатда тарихий жанр муаммоси: рассом Малик Набиев ижодий мактабига бир назар. Общество и инновации, 2(4/S), 607-613.

[10] Мансуров, Н., & Жалилова, В. (2021). МЕТОДИКА ПРОФЕССИОНАЛЬНОГО ОБУЧЕНИЯ-НАУЧНАЯ ОТРАСЛЬ ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ ПЕДАГОГИКИ. Зб1рник наукових праць SCIENTIA.

[11] Xalimov, М., & Farxodova, Z. (2021). DEVELOPING STUDENTS'CREATIVE ABILITIES BY MAKING PROBLEM SOLUTION SITUATION IN DRAWING SUBJECT. Збгрник наукових праць AOrOE.

[12] Талипов, Н., & Талипов, Н. (2021). ТАЛАБАЛАРНИ БАДИИЙ ТАЪЛИМ ОР^АЛИ КОБИЛИЯТЛАРИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ. Зб1рник наукових праць ЛОЮЕ.

[13] Muratov, H. (2021). THE IMPORTANCE OF ORGANIZATION AND MANAGEMENT INDEPENDENT EDUCATION IN THE LEARNING PROCESS. Збгрник наукових праць AOrOE.

[14] Eraliyevich, S. H. (2021). Shaping Students' Spiritual Worldviews Through Fine Arts. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(05), 79-86.

[15] Авазбаев, А., Джураев, Ю., & Турсунходжаева, З. (2021). Texnologik ta'lim jarayonini kredit-modul tizimi asosida tashkil etish shart-sharoitlari. Общество и инновации, 2(4/S), 171-176.

[16] Bulatov, S., & JABBAROV, R. (2016). № 2 National traditional basis of symbol of Khumo. Central Asian Journal of Education, 1, 85-87.

[17] Nazirbekova, S. (2021). The importance of field practice in fine arts. Збгрник наукових праць ЛОГОЕ.

[18] Собиров, С. (2018). Байметов Ботир Болтабаевич, Султанов Хайтбой Эралиевич, Муратов Хусан Холмуратович. Научно-теоретические аспекты формирования композиционных способностей у студентов на занятиях по живописи. Журнал СОВРЕМЕННАЯ НАУЧНАЯ МЫСЛЬ, 1(1).

[19] Holmuratovich, M. K. (2019). Implementation of independent educational activities of students. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 7(12).

[20] Аbdirasilov, S., & Maxkamova, S. (2019). Research of Structure of Fractals in a Life of Mankind and Fine Arts Products. International Journal of Progressive Sciences and Technologies, 17(1), 302-305.

[21] Talipov KH. N. Is graphics important in painting? ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL 2021, Volume: 11, Issue: 1, pp-984-990. ISSN:2249-7137 DOI: http://dx.doi.org/10.5958/2249-7137.2021.00117.8

[22] Talipov N.X, Aliev N.S. THE IMPORTANCE OF PERSPECTIVE IN TEACHING ART TO FUTURE FINE ARTS TEACHERS. AJMR:Asian Journal of Multidimensional Research (A Double Blind Refereed & Peer Reviewed International Journal) ISSN: 2278-4853, Vol 10, Issue 2, February, 2021. DOI: http://dx.doi.org/10.5958/2278-4853.2021.00051.3

[23] Bakhtiyarovna, S. M., Dildora, A., Markhabo, T., & ToshpulatovaSabina, I. Z. (2020). CREATIVITY OF PEOPLE ARTIST GAFUR ABDURAKHMANOV IN THE DEVELOPMENT OF MODERN PAINTING OF UZBEKISTAN. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 8(2).

[24] Валиев, А. Н., Туланова, Д. Ж., & Гуломова, Н. Х. (2018). Современные педагогические и инновационные технологии обучения на занятиях по черчению. Молодой ученый, (3), 183-184.

[25] Туланова, Д. Ж., & Гуломова, Н. Х. (2018). Технология и условия проведения дидактических игр в процессе преподавания черчения в вузе. In Образование как фактор развития интеллектуально-нравственного потенциала личности и современного общества (pp. 89-93).

[26] Jabbarov Rustam Ravshanovich. (2021) PRIORITIES FOR THE DEVELOPMENT OF PAINTING. Конференции, 7(1). SECTION 1, pp-39-49, https://doi.org/10.47100/conferences.v1i1.952

[27] Абдусаломходжаев, Н. (2021). ИСТОРИЧЕСКИЕ ЛИЧНОСТИ В ТВОРЧЕСТВЕ МАЛИКА НАБИЕВА. Зб1рник наукових працъ ЛОГОХ.

[28] Jabbarov, R. (2021). DEVELOPING STUDENTS'CREATIVE ABILITIES THROUGH TEACHING "LANDSCAPE COLOR PICTURE" IN HIGHER EDUCATION SYSTEM. Конференции, 7(1). https://doi.org/10.47100/conferences.v1i1.1088

[29] Jabbarov, R., & Rasulov, M. (2021). FURTHER FORMATION OF STUDENTS' CREATIVE ABILITIES BY DRAWING LANDSCAPES IN PAINTING. Зб1рник наукових працъ ЛОГОХ. https://doi.org/10.36074/logos-30.04.2021.v2.09

[30] Akhmedov, M.- U., & Kholmatova, F. (2021). FORMATION OF CREATIVE PROCESSES IN STUDENTS THROUGH TEACHING COMPOSITION IN FINE ARTS. Збiрник наукових праць AOrOX. https://doi.org/10.36074/logos-09.04.2021.v2.03

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.