Научная статья на тему 'HOZIRGI ZAMON O`ZBEKISTON TASVIRIY SAN`ATI RAVNAQI'

HOZIRGI ZAMON O`ZBEKISTON TASVIRIY SAN`ATI RAVNAQI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1094
105
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Zamonaviy rangtasvir / Portret / Natyurmort / Gul va Rayhon afsonasi / Nido / Baxt qushi / Abadiy va navqiron Hindiston / XXI asr Madonnasi.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — K. S. Niyazov, Surayyo Ro’zmetova

Mustaqillik davrining o’ziga xos jixatlari xaqida umumiy ma’lumot. Mustakillik davrida vujudga kelgan O’zbekiston tasviriy va madaniy hayotidagi o’zgarishlar. O’zbekiston Badiiy Akademiyasining taasis etilishi (1997 yil). Me’morchilik va haykaltaroshlikda kiritilgan yangiliklar. Shu davrning yirik vakillari, ularning hayoti va ijodi, O’zbekiston san’atiga qo’shgan hissalarini hozirgi zamon O`zbekiston tasviriy san`ati ravnaqi haqida ma`lumotlar keltirilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «HOZIRGI ZAMON O`ZBEKISTON TASVIRIY SAN`ATI RAVNAQI»

SCIENTIFIC PROGRESS

VOLUME 3 I ISSUE 3 I 2022 ISSN: 2181-1601

HOZIRGI ZAMON O ZBEKISTON TASVIRIY SAN ATI RAVNAQI

K. S. Niyazov

UrDU "TSvaMG"kafedrasi katta

Surayyo Ro'zmetova

UrDU "Dastgohli rangtasvir" yo'nalishi 3-bosqich talabasi

o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Mustaqillik davrining o'ziga xos jixatlari xaqida umumiy ma'lumot. Mustakillik davrida vujudga kelgan O'zbekiston tasviriy va madaniy hayotidagi o'zgarishlar. O'zbekiston Badiiy Akademiyasining taasis etilishi (1997 yil). Me'morchilik va haykaltaroshlikda kiritilgan yangiliklar. Shu davrning yirik vakillari, ularning hayoti va ijodi, O'zbekiston san'atiga qo'shgan hissalarini hozirgi zamon O'zbekiston tasviriy san'ati ravnaqi haqida ma'lumotlar keltirilgan

Kalit so'zlar: Zamonaviy rangtasvir, Portret, Natyurmort, Gul va Rayhon afsonasi, Nido, Baxt qushi, Abadiy va navqiron Hindiston, XXI asr Madonnasi.

O'zbekiston tasviriy dastgoh san'ati juda qisqa vaqtda rivojlanib, katta yutuqlarga erishdi. O'zbekiston san'ati zafarli yo'lni bosib o'tdi. Respublikamiz rassomlari ko'pgina ko'rgazmalarda faol ishtirok etib, san'atimiz ta'sirchanligining ortib borayotganini namoyish etdilar. Bizning rassomlarimiz ko'pgina janrlarda ijod qilib kelmoqdalar, manzara, natyurmort, portret va boshqa. Natyurmortda bozorlarimizning to'lib toshgan noz-ne'matlarini, manzara janrida esa, o'lkamizning go'zalligini va bepoyonligini, oddiy tabiat ko'rinishidagi go'zallikni to'laqonli ifodalashga harakat qilmoqdalar. Shu bilan birga qadimdan qolgan butun dunyoga taniqli ajib me'morchilikning nodir yodgorliklarini o'z asarlarida ko'rsatdilar.1 Portret janrida esa Vatanimizning ilg'or kishilarini, mehnatkash xalqni, shoir, rassom, musiqachilarni tasvirladilar. Bizning O'zbekiston Vatanimiz ajoyib iste'dodli rassom va haykaltaroshlarni yetkazib berdi. Bular ichida Iskandar Ikromov, Chingiz Ahmarov, Malik Nabiyev, Mannon Saidov, Damir Ro'ziboyev, Ilhom Jabborov, Javlon Umarbekov, Bahodir Jalolov, Alisher Mirzayev, Akmal Ikromjonov, Ne'mat Hakimov, Osimxon Vosixonov, Temur Sa'dullayev, G'ofur Abdurahmonovlar alohida mavqega ega. O'zbekiston xalq rassomi Alisher Mirzayev rangtasvir ustasi xalqimiz an'analariga, boy va sermazmun o'tmish tasviriy san'at merosiga hurmat bilan qaraydi. Rassom o'z xalqiga xos psixologik kechinmalarni chuqur tahlil qila oladi. Rassom ona-tabiat bag'rida o'zbekona an'analarni, to'ylarni, beg'ubor o'zbek bolalarini, lobar qizlarni, mushtipar onalar kabi obrazlarni aks ettira olishga muvaffaq bo'ldi . Jumladan, "Toshkent - tinchlik va do'stlik shahri" triptixi, "Bola xonada", "Intizorlik", "Yosh oila

1 Abdullaev N.U. "San'at tarixi" elektron o'quv qo'llanma 2005.

2 H.OngHHOB. A^gog^apHMH3 caHtaTH Ba эгтнкодн. TomKeHT." YKHTYBW 1992 H.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 3 I 2022 _ISSN: 2181-1601

haqida qo'shiq" kabi o'nlab asarlar moybo'yoqda yaratilgan. Umuman rassom tabiat va jamiyatda bo'layotgan o'zgarishlarni e'tiborsiz qoldirmaydi. Rassom rangtasvirlarga shunday jon bag'ishlaydiki, undagi go'zallik sirlari odamlarni ezgulikka yetaklaydi. Rassom asarlari bugungi kunda xalqimiz hurmatini qozonish bilan birga, ko'pgina xorijiy davlatlarda ham malum va mashhurdir.

Bahodir Jalolov ham O'zbekiston xalq rassomi bo'lib, zamonaviy rangtasvir san'ati rivojiga katta hissa qo'shib kelayotgan iste'dodli rassomlardan biridir. B.Jalolov tasviriy san'at borasidagi tahsilni davom ettirib, keyinchalik Ch.Ahmarov, R.Choriyev, B.D.Korolyovlardan tasviriy san'at sirlarini o'rgandi. Shu sababli ham u yaratgan portretlarda yuksak mahorat aniq ko'zga tashlanib turadi. Uning ijodidagi tuyg'ular uyg'unligi tomoshabinni o'ziga mahliyo etib qo'yadi. U portret san'atida ko'p yutuqlarga erishdi. Uning to'laqonli asarlarida o'zbek xalqining sevimli farzandlari siymosi o'z ifodasini topgan. U bir katta seriya portretlarni yaratadi, bular ichida akademiklar, rassom va boshqa taniqli odamlar obrazlari bor. B.Jalolov ijodida olam sirlari o'zgacha talqin etiladi. Bunga, "Gul va Rayhon afsonasi", "Nido", "Baxt qushi", "Abadiy va navqiron Hindiston", "XXI asr Madonnasi" kabi ko'plab asarlarini misol qilib keltirish mumkin. Mustaqil O'zbekiston tarixiga bag'ishlangan O'zbekiston xalqlari tarixiy muzeyi devoriga ishlangan monumental ko'rinishdagi surat jiddiy va mazmunli tarixiy dalillar orqali salobatli tasvirlanishi bilan har qanday tomoshabin e'tiborini o'ziga jalb qila oladi. Polotnoni kuzatgan tomoshabin boy tarix sahifalariga ega bo'lgan o'zbek xalqining buyuk va qudratli ekanligiga yana bir bor ishonch hosil qiladi. B.Jalolov ijodi shu jihati bilan qadrlidir.

Haykaltaroshlik san'atining o'lkamiz hududidagi zamonaviy jihatlarini ijodkor Damir Ro'ziboyev faoliyatida yaqqol ko'rish mumkin. Dastlab rangtasvir va grafika san'ati bilan shug'ullangan D.Ro'ziboyev haykataroshlik olamiga asosan 60 yillarda kirib keldi. San'atkor ijodida shakl va hajmlarning o'ziga xosligini harakatlarni tabiiylik bilan tasvirlanishi, u tanlagan mavzularning rang-barang va keng qamrovligidan ham yaqqol sezish mumkin. Uning bir qancha haykallarida xalqimizning madaniy hayoti va ziyolilar qiyofasini aks ettirgan asarlariga duch kelamiz. Shu bilan birga u portret janrida ham ijod qiladi. San'atshunos olim R.Toqtash obrazi, rassom V.Savitskiy va

"5

Saida portretlarida zamondoshlarimiz obrazlari to'laqonli o'z ifodasini topgan . D.Ro'ziboyev haykaltaroshlik san'atida katta bir maktabni o'tab kelayotir. Uning izlanishlari rang-barang uslublarga boy. Buni biz san'atkor ijodida rangli haykaltaroshlik san'atining yuzaga kelganligi orqali guvohi bo'lishimiz mumkin. Ro'ziboyev haykallaridagi shakl va hajmlarga bo'yoq berish bilan ularning sehrli olamini yanada mo'jizali qila oladi. San'atkor bu bilan qoniqmasdan haykalda aks ettirilayotgan voqeani rangin sirlarini matolarda yanada to'ldiradi. Yana bir muhim tomoni D.Ro'ziboyevning izlanishlari kelajak muammolarini talqin qilishga qaratilgan.

3 OH^HHOB H. "Y36eKHCTOH TacBupun camaTH TapuxugaH naB^a^ap", TomKeHT. YKHTyBHH 1997

Uzbekistan www.scientificprogress.uz

Page 192

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 3 I 2022 _ISSN: 2181-1601

Sanatkor kotarinki ruh bilan musiqa, rangtasvir asarlarini o'rganib, oz haykallarida mujassamlashga intiladi. Haykaltaroshning ajoyib fazilatlaridan yana biri uning asarlarida hissiy mazmundorlik boyib borayotganligidadir. Ana shunday mazmundorlik orqali u inson manaviyatini tobora to'laroq qamrab ifodalashga harakat qiladi. Ozbekiston tasviriy sanati tarixi - jahon tasviriy sanati tarixining ajralmas qismidir. Ozbekiston sanati boy merosga ega. Hozirgi zamonda esa bizning rassomlarimiz va haykaltaroshlar butun dunyoga taniqli bo'lib qolgan. Dekorativ-amaliy sanatimiz esa qadim zamonlardan odamlarni zavqlantirib kelgan. Ustalarimiz ijodi nafaqatgina mustaqil Ozbekistonda, balki boshqa mamlakatlarda ham oz obro'-e'tiboriga ega.

REFERENCES

1. Abdullaev N.U. "San'at tarixi" elektron o'quv qo'llanma 2005.

2. H.OngnHOB. A^gognapuMro caHtara Ba эtтнк;оrцн. T.," ykhtybhh" 1992 h.

3. OfigHHOB H. "Y36eKHCTOH TacBupuft caHtara TapuxugaH naBxanap", T., ykhtybhh 1997.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.