Научная статья на тему 'AFSONALARNING BADIIY TALQINI'

AFSONALARNING BADIIY TALQINI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

225
88
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
qissa / tarixiy qissa / syujet / xarakter / tarixiy shaxs / badiiy to„qima / personaj

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Qobil Ko‘baev, Bahodir Mavlonov

Mazkur maqolada Mirkarim Osimning “SHiroq” va “To„maris” afsonalari asosida yaratgan shu nomdagi qissalarida tarixiy voqelikning badiiy talqinida adib mahorati masalasi yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AFSONALARNING BADIIY TALQINI»

Tashkent Medical Academy

The significance of the scientific, cultural

heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in

AFSONALARNING BADIIY TALQINI

Qobil Ko'baev

filologiya fanlari nomzodi, dotsent

Bahodir Mavlonov

Jizzax davlat pedagogika universiteti, o'qituvchi

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada Mirkarim Osimning "SHiroq" va "To'maris" afsonalari asosida yaratgan shu nomdagi qissalarida tarixiy voqelikning badiiy talqinida adib mahorati masalasi yoritilgan.

Kalit so'zlar: qissa, tarixiy qissa, syujet, xarakter, tarixiy shaxs, badiiy to'qima, personaj

Keyingi paytda tarixni o'rganish uchun keng yo'llar ochilganligi bois sermiqyos va serqatlam moziyni badiiy o'zlashtirish ham ancha kengaydi. Uning o'ziga xos shakllari paydo bo'la boshladi. Ana shunday izlanishlardan biri xalq og'zaki ijodi, rivoyat va afsonalar syujeti asosida yaratilgan rivoyat qissalardir. Bunday asarlar ko'proq, xalq og'zaki ijodi namunalaridagi yarim afsonaviy, romantik qahramonlarni eslatuvchi shartli personajlar sarguzashtlariga asoslanadi. SHunga ko'ra syujetda ma'lum shartlilik, bo'rttirish, og'zaki ijod elementlari, rivoyatomuz voqealar uchraydi.

Xalq og'zaki ijodidagi To'maris va SHiroq afsonalarining asli bizga etib kelmagan. Ularning mazmuni grek tarixchilaridan Gerodotning «Tarix» va Polienning «Harbiy hiylalar» kitobida, shuningdek, «Avesto»da xikoya qilib qoldirilgan.

To'maris afsonasida Massaget qabilalarining, SHiroq afsonasida esa Sak qabilalarining bosqinchi yovlarga qarshi kurashi aniq, yorqin ko'rsatib berilgan. Bu qabilalarning tadbirkorligiga, jasur va mardligiga alohida e'tibor qaratilgan. Mana shuning o'ziyoq, har ikkala afsonaning ham Turonda yashovchi donishmand xalqimiz tomonidan yaratilganini isbotlab turibdi.

Grek adabiyotida ta'kidlanishicha, ayniqsa, Esxil, Gerodot, Polien ijodida qayd qilib o'tilishicha, bu afsonalarda tasvirlangan davr, ularning tarixiy ildizi eramizdan ilgarigi VI -V asrlarga to'g'ri keladi. SHundan ko'rinadiki, bu asrlarda «To'maris» va «SHiroq» kabi

December 16 Republican Scientific and Practical Conference

251

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science

taraqqiyotidagi o'rni

'qqtyonmg

og'zaki ijod namunalariga ega bo'lgan xalqning keyinchalik, Aleksandr Makedonskiy O'rta Osiyoga bostirib kelgan davrida rivojlangan o'ziga xos ko'rkam adabiyoti bo'lgan edi, deyishga asos beradi.

Mirkarim Osim shu materiallar asosida «SHiroq» va «To'maris» qissalarini yaratdi. Har ikkala asarda ham ajdodlarimizning vatanparvarligi, yovlarga qarshi kurashda ko'rsatgan qahramonligi, jangu jadal sahifalari aks ettirilgan.

«To'maris» qissasi syujetini qadimgi Turonda yashagan Sak va Massaget qabilalarining hukmdorlaridan biri To'marisning bosqinchi Eron shohi Kayxusravga qarshi olib borgan qahramonlik kurashi tashkil etadi. YOzuvchi tarixiy faktlarga jon baxsh etib, ezgu tilakli xalqning matonati, psixologiyasini, qaxramonligi tabiatini badiiy vositalar yordamida tasavvur qilishimizga imkon yaratadi. Muallif asar qahramoni To'marisni bir so'zli, mard va nihoyatda shiddatkor sarkarda sifatida tasvirlaydi. SHaxsiy baxti va huzur-halovatidan ko'ra o'z xalqining baxt-saodatini, tinchligi va osoyishtaligi uchun jonfidolikni afzal ko'radi. Eron shohi Kayxusrav jo'natgan elchining: «Men yolg'iz elchi emas, sovchi ham bo'lib keldim. SHahanshohi olam senga g'oyibona oshiq bo'lganlar», degan gapiga, «SHahanshoh menga emas, mening yurtimga, boyligimga oshiq bo'lgandir», deydi To'maris zaharxanda qilib! «Men emas, shu serbaraka yurtim unga kerak bo'lib qolgan. Siz, elchi janoblari, o'z tojdoringizga borib ayting: Men uning taklifini qat'iyan rad etaman. Men unga qalliq bo'lishni, o'z elimni unga qul qilib topshirishni istamayman»1, deb javob beradi. To'maris bu gapi bilan Vatanining daxlsizligini, xalqining erki va mustaqilligini saqlash bosh a'moli ekanligini uqtiradi.

Bunday yovqur javobni kutmagan Kayxusrav fig'onidan tutun chiqib ketadi. SHoh sha'niga nomunosib nomardlik yo'lini tanlaydi. U hiyla ishlatib, To'maris lashkarlarini qo'lga oladi. Ular orasida To'marisning o'g'li Sparangiz (ba'zi manbalarda Sparganiz) ham bor edi. O'zining hiyla bilan qo'lga tushganini sezgan Sparangiz kishanni echishni so'raydi. Grek tarixchisi Gerodot «Tarix» kitobida yozishiga ko'ra, Sparangiz qo'li echilgan zahoti o'zini o'zi o'ldiradi. Mirkarim Osim mazkur tarixiy faktni badiiylashtiradi. Qissaga quyidagi taxlitda singdirib yuboradi: «Qo'limni echib qo'yinglar, — deb iltimos qildi u. Kayxusrav bir mulozimiga ishora qilgan edi, u yugurib kelib yigitning qo'lini echdi-da, o'z joyiga borib turdi. SHu on Sparangiz qo'ynidan kichkinagina yaltiroq pichoq olib, o'zining ko'ksiga sanchdi-yu, mukka tushib jon taslim qildi. «Mard yigit ekan, — dedi Kayxusrav bir ozdan keyin. — O'limni nomusdan afzal ko'rdi» (24 - bet).

MupKapHM OCHM. ffluporç. Kucca. TomKem\ 1995, 7-6eT (Kenumu napna^ap ca^H^acu KaBcga KypcaTH^agH).

December 16

Tashkent Medical Academy

The significance of the scientific, cultural

heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in

Sparangiz o'limidan- xabar topgan To'maris va barcha massagetlar yuragini g'azab, nafrat alangasi qoplaydi. To'maris yurt boshiga tushgan bu kulfatlarni daf etish uchun jangga kirar ekan, lashkarlariga murojaat qiladi: «Opa - singillar, aka -ukalar, qaerga ketayotganingizni hammangiz yaxshi bilasiz. SHu ketganimizcha, yo hammamiz bitta qolgunimizcha qirilib, o'z qonimiz bilan sha'nimizga tushgan dog'ni yuvib tashlaymiz, yoki dushmanni qirib yuborib, g'alaba bilan qaytamiz. Ishonaman, oramizda Eron shohi oldida tiz cho'kadigan nomard yo'q. Biz albatta engamiz! SHafqatsizlikni bizlardan ko'rsin Eron shohi» (16 -bet).

To'maris qo'shinlari ayovsiz jangda g'alaba qozonadi. Katta yo'qotishlar, qurbonlar evaziga o'z yurtini Eron lashkarlari bosqinidan saqlab qoladi. Muallif tarixiy voqealarga badiiylik baxsh etar ekan, ularga muhim ijtimoiy ahamiyatli ma'nolar yuklaydi. G'alaba misolida o'quvchi ongini, ko'nglini tarbiyalashga alohida urg'u beradi. Kitobxon qalbida zulmga, yovuzlikka, bosqinchilikka qarshi nafrat, vatanparvarlik, ozodlik va adolatga muhabbat tuyg'ularini alangalatadi.

Qissadagi yirik tarixiy shaxslardan yana biri ahmoniylar davlatining asoschisi Kayxusrav obrazidir.

Kvint Kursiy Rufning «Aleksandr Makedonskiy tarixi» kitobida Kir real tarixiy shaxs bo'lib, eramizdan ilgarigi 559-529 yillarda yashab o'tganligi haqida gap boradi. U YAksart, hozirgi Sirdaryo yoqasidagi G'aza shahrini egallab oladi. Hatto Kir bu daryo yaqinida shahar qurganligi ham ta'kidlanadi. Ruf asarida tasvirlangan afsonaviy Kir bilan bog'liq voqealar o'quvchini hayajonga soladi. SHuni alohida ta'kidlash kerakki, Kvint Kursiy Ruf asari bundan qariyb 20 asr ilgari yaratilgan, undagi voqealar 23 asr avval bo'lib o'tgan esa-da, bugungi kitobxonni ham ijodkorlarni ham hamisha hayajonga soladi. CHunki, o'sha tarixiy hodisa, kurash, haqiqat go'zal va jozibalidir. U ongimizga nur, ko'nglimizga harorat - fikr baxsh etadi.

Asarni o'qir ekanmiz, bugungi kun sarhadlarida turib o'sha olis tariximizning uzoq sahifalariga nazar tashlaymiz. Ulardan bugungi kunimiz uchun ma'naviy -intellektual quvvat, madad olamiz. Qirg'inbarot urushlar, son -sanoqsiz odamlarning qul qilib haydab ketilishi, ayollar dod-faryodi, norasida bolalarning itlar oldiga tiriklayin tashlangani, qutirgan itlarning ojiz, himoyasiz bolalarni zanjirband ota-onalari ko'zi o'ngida g'ajishi, burda-burda tilkalashi naqadar achinarli va qayg'uli. Mana shu xil tarixiy faktlardan tegishli xulosa chiqargan yozuvchi Kayxusravni asarda tajovuzkor, qonxo'r va ayni paytda, nomard shaxs sifatida tasvirlaydi: «Eron shohi ko'pni ko'rgan keksa jangchining makr -hiyladan iborat bo'lgan rejasini zavq bilan tinglab o'tirdi.

December 16 Republican Scientific and Practical Conference

253

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science

taraqqiyotidagi o'rni

'.qqtyottüa^

Soddadil massagetlar daryodan o'tishimizga monelik qilmay, mardlik ko'rsatdi-yu, bizlar hiyla ishlatib nomardlik qilamizmi?», degan fikr ko'nglining ko'chasiga ham kelmadi. Iroq va Misrni, O'rta Osiyoning janubiy qismini qurol va oltin, makr-hiyla bilan bosib olib, buyuk Eron davlatini barpo etgan bu shuhratparast shoh, maqsadiga erishish yo'lida har qanaqa nomardlikdan tap tortmasdi» (11-bet).

Asardagi Zarina obrazi badiiy to'qima mahsuli. U bosh qahramon To'maris qiyofasini, jasoratining mohiyati va tabiatini ayonlashtiradi. Xususan, xarakter mantig'ini ta'minlashga, badiiy dalillashga yordam beradi.

Qissa ajdodlarimizning yurtimizga ko'z tikkan yovlarga qarshi qahramonona kurashlarini aks ettiruvchi yorqin asar sifatida, ayniqsa, bugungi milliy mustaqillik sharoitida katta tarbiyaviy axamiyatga ega.

YUrtimiz dushmanlariga, bosqinchilarga qarshi kurash, o'tmishda kechgan jang -jadallar «SHiroq» tarixiy qissasining ham qahramonlik yo'nalishini, mazmun-mohiyatini belgilab bergan. Qissada o'z xalqini, kindik qoni to'kilgan tuproqni jonidan ortiq sevgan cho'pon SHiroq obrazi etakchi o'rin tutadi. U o'z hayoti evaziga xalqining erkini, ona zamin ozodligini ta'minlaydi. Muallif asarda buni qahramon nutqi orqali jonli, ishonarli lavhalarda tasvirlab beradi: «Agar meni, bola-chaqam va nevaralarimni unutmasang, o'z shirin jonimdan kechib, yurt boshiga qelgan baloni daf etardim. Dushmanni daf qilmoq uchun bir hiyla o'ylab topdim, umrim oxirlab qoldi, axiri bu dunyodan ketmoq kerak. Men el-yurt uchun o'limning shirin sharbatini ichmoqqa qaror qildim» (24-bet).

Shiroq fidoyi ajdodlarimizning xalqsevarlik, qahramonlik, vatanparvarlik tuyg'ularini o'zida mujassam etgan obrazdir. YOzuvchi SHiroq jasoratini tasvirlar ekan, asrlar osha xira tortgan tarixiy fakt va ma'lumotlarga jon ato etadi. Natijada asrlar to'zoni orasidan voqea - hodisalar, real shaxslar o'z dunyosi, muhabbati va nafrati ila ko'z o'ngimizda butun borlig'i bilan namoyon bo'la boshlaydi. Qissa yakunida SHiroq fojeali o'lim topadi. Biroq u mard, tanti tabiati bilan kitobxon qalbidan joy oladi. YUrt va el uchun yovlarga qarshi kurashi bilan SHiroq ko'z o'ngimizda vatanparvarga aylanadi: « — Men engdim, Doro qo'shinlarini bir o'zim engdim! — dedi u (SHiroq) qichqirib. — Sizlarni aldab sahroning qoq o'rtasiga olib keldim, — qo'li bilan kun chiqish va kun botish tomonni ko'rsatdi. — Bu yog'i ham etti kunlik yo'l, u yog'i ham. Istagan tomoningizga boravering. Mening go'rim shu erda, — deb oyog'i ostini ko'rsatdi» (25-bet).

«To'maris», «SHiroq» qissalarida yozuvchining tarixiy materialni taqdim etish uslubi o'zgacha. Xususan, bu xil rivoyat-

December 16

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science_

taraqqiyotidagi o'rni

'.qqtyottüa^

qissalarda ko'tarinkilik va qahramonlik syujetini yoritishda ko'proq liro-romantik uslub mos keladi.

Adib To'maris va SHiroq obrazi orqali vatanparvarlik ham ijtimoiy adolat singari, xaqiqat kabi go'zaldir, degan g'oyani ulug'laydi. SHunday, shaxs erki, millat hurriyati hamisha bashariy qadriyatlarning betimsol namunasi bo'lib qolaveradi.

REFERENCES

1. Mirkarim Osim. SHiroq. Qissa. Toshkent. 1995y.

2. N. Rahimjonov, Q. Ko'baev. "Tarixiy qissalar haqiqat izlaydi". Adolat nashriyoti. Toshkent. 2005 y.

December 16

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.