Научная статья на тему 'QORAQALPOQ XALQINING KELIB CHIQISHI VA QORAQALPOQLARNING DASTURIY MADANIYATI'

QORAQALPOQ XALQINING KELIB CHIQISHI VA QORAQALPOQLARNING DASTURIY MADANIYATI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
5078
323
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
etnografiya / millat / qadimgi davr / madaniyat / dastur va urf-odat

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Baymuratova Xurliman Kuatbayevna

Bugungi keltirilgan ushbu maqolada qoraqalpoq xalqining qadimgi madaniyati, rivojlanishi, kelib chiqish tarixi hamda hozirgi kundagi o’ziga xos bo’lgan urf-odatlari haqida soʻz yuritiladi. Siz bu maqola orqali qoraqalpoqlarning boshqa millat vakillaridan o’ziga xos bo’lgan jihatlari bilan ajralishini bilishingiz, o’rganishingiz va ma’lumotga ega bo’lishingiz mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QORAQALPOQ XALQINING KELIB CHIQISHI VA QORAQALPOQLARNING DASTURIY MADANIYATI»

QORAQALPOQ XALQINING KELIB CHIQISHI VA QORAQALPOQLARNING DASTURIY MADANIYATI

Baymuratova Xurliman Kuatbayevna

QMU magistratura bo'limi "Etnografiya, etnologiya, va antropologiya" ta'lim yo'nalishi 2-bosqich magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7491115

Annotatsiya: Bugungi keltirilgan ushbu maqolada qoraqalpoq xalqining qadimgi madaniyati, rivojlanishi, kelib chiqish tarixi hamda hozirgi kundagi o'ziga xos bo'lgan urf-odatlari haqida so'z yuritiladi. Siz bu maqola orqali qoraqalpoqlarning boshqa millat vakillaridan o'ziga xos bo'lgan jihatlari bilan ajralishini bilishingiz, o'rganishingiz va ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.

Kalit so'zlar: etnografiya, millat, qadimgi davr, madaniyat, dastur va urf-odat.

Annotation: Today's article talks about the ancient culture, development, history of the Karakalpak people, asa well as their unique traditions. Through this article you can learn, learn and get information about the unique aspects of the karakalpak from other nationalities.

Key words: ethnoghraphy, nation, ancient times, culture, tradition.

Qoraqalpoqlar uzoq yillar davomida ko'chmanchilik turmush tarzidan o'troqlikka o'tish jarayonini boshidan kechirdilar. Aholining asosiy qismi o'tov va paxsa uylardan iborat ovullarda yashardi. Keyinchalik qo'rg'on (qal'a) va shaharlar vujudga keladi. Qo'rg'onlarning to'rt tomoni devor yoki baland tepalar bilan o'rab olinardi. Qoraqalpoqlar bir necha urug'lardan shakllangan bo'lib, har urug' a'zosi o'z urug'ining mustahkamligini ta'minlashga intilardi. Bir urug' ichida qiz olish, qiz berish taqiqlangan edi. Shu boisdan boshqa urug'dan qiz olib qochish odatiy hodisa hisoblanardi. Ma'lum vaqt o'tgach qiz olib ketilgan joy ma'lum qilinib, qiz tomonning ota-onasi, yaqin qarindoshlari va urug' oqsoqoli turli sarpolar bilan siylanib, to'yga rozilik olinardi. Urug' ruhoniysi kelin-kuyovni nikohlab qo'yardi. To'yda baxshilar dostonlardan qo'shiqlar kuylashardi, aytishuvlar avjiga chiqardi. Polvonlar va botirlar kurashga tushardi. Islom dini qoraqalpoqlarning rasmiy dini edi. Aholi orasida turli yo'nalishdagi tasavvuf tariqatlari keng tarqalgan edi. Hunarmandlar 12-13 yoshli bolalarni shogirdlikka qabul qilib, ularga hunar sirlarini o'rgatganlar. Qoraqalpoq yoshlari Xiva va Buxoro madrasalarida ham ta'lim olganlar. Qoraqalpoqlarning xalq og'zaki ijodi juda boy. Qoraqalpoq folklor namunalari 20 jildligining nashr etilgani fikrimizning dalilidir. Ular so'z ustalari bo'lgan chechanlarni, baxshi (jirov)larine sevadilar. El oqsoqollari, rahbarlari yonidan qissaxonlar arimagan. O'zbeklarning Afandisi kabi qoraqalpoqlarning

qiziqchisi O'mirbek laqqisi bor. O'mirbek laqqi o'z og'zaki latifalarida ayrim shaxslar va jamiyatdagi kamchiliklar ustidan kuluvchi xalq qahramoni sifatida gavdalangan. U adolatsiz amaldorlar, qozilar, so'zi bilan ishi mos kelmaydigan ruhoniylar kirdikorlarini fosh qilib, mardlik, to'g'rilik, haqiqat, adolatni kuylagan. U o'z latifalarini yengil mutoyiba, achchiq hajv bilan ixcham ifodalab, tinglovchilarni xursand qilgan. Qoraqalpoqlarning qahramonlik dostonlari qadimdan ma'lum. Ulardan "Qirqqiz", "Alpomish", "Qo'blan", "Mastposhsho", "Edigey" dostonlarida qoraqalpoqlarning voqealarga boy tarixi kuylanadi. Masalan, "Edigey" dostonida Amir Temur, To'xtamish faoliyati bilan bog'liq voqealar bayon etilsa, "Qirqqiz" da qoraqalpoq xalqining XVIII asrda jung'or qalmoqlariga qarshi ozodlik kurashi, Xorazm xalqining Eron shohi Nodirshohga qarshi kurashi o'z badiiy ifodasini topgan. Qoraqalpoqlarning xalq qo'shiqlarida el-yurt yo'lboshchilari, qahramonlari Maman botir, Esangeldi mahram, Oydo'stbiy, Ernazarbiylar ulug'lanadi. Qozoq ma'rifatparvar olimi Cho'qon Valixonovning: "Qoraqalpoqlar sahrodagi birinchi shoir ham qo'shiqchilardir, shundan keyin qirg'izlar va turkmanlar", degan so'zlari bejiz aytilmagan. Qoraqalpoq adabiyotida XVII-XVIII asrlardagi tarixiy voqealarni badiiy shaklda aks ettirgan "Qirqqiz" dostoni alohida o'rin tutadi. Bu asar qoraqalpoq xalq qahramonlik eposidir. Bu doston atoqli xalq baxshisi (jirovi) Qurbonboy baxshi Tojiboy o'g'lidan 1939- 1940-yillarda yozib olingan. Asar erksevarlik, vatanparvarlik va insonparvarlik g'oyalari bilan sug'orilgan. Asarning bosh qahramoni Guloyim o'zining qirq nafar dugonasi va o'z sevgilisi Arslon bilan birga Eron shohi Nodirshoh hamda jung'or xoni Surtoyshi hujumidan yurtini himoya qilishga otlanadi. Guloyim Xorazmni ozod qilib, u yerda qoraqalpoq, turkman, o'zbek va qozoq xalqlari vakillarini birlashtirgan davlat tuzadi. Asarda Guloyim bilan bir safda turib jang qilgan Oltinoy, O'tbosgan, Arslon, Sarvinoz kabilar timsolida mardlik, jasurlik, vatanparvarlik, insoniylik, ayni paytda dushmanga nisbatan shafqatsizlik g'oyalari o'z ifodasini topgan.

Qoraqalpoqlarning o'ziga xosligi, ularning xalq og'zaki ijodi, raqs va musiqa madaniyati va marosimlarida aks etgan bo'lib, bugungi kunda ular, xalqning ajralmas qismi hisoblanadi. Ularning eng keng ommalashgan turlariga, jiraular (xalq oqinlari) va baxshilar (qo'shiqchimashshoqlar) va eposlar (Alpomish va Qirq qiz va boshqalar) kiradi. Qoraqalpog'iston ana'nalari hunarmandchilikda ham yaxshi namoyon bo'lgan. Qoraqalpoq qadimiy hunarmandchilik namunalaridagi sodda naqsh va shakllar, ularning Qadimiy va O'rta asr Markaziy Osiyo ko'chmanchilari san'ati bilan bog'liqligini ko'rsatadi. Qoraqalpoqlarning qadimiy hunarmandchiligi, ularning qadimiy turar joylari (yurtalar), zarur uy- ro'zg'or buyumlari va mavjud materiallari (yung, teri, suyak, yog'och, paxtalar) asnosida rivojlangan. XX asrning boshlarida yurtalarni bezatish uchun ayollar, bezakli matlar, rangbarang kigizlar tayyorlashgan, naqshli polos va sholchalar to'qishgan shuningdek, qiyqimlar to'qimachiligi bilan

shug'ullanishgan.

Qoraqalpoq folklor namunalari 20 jildligining nashr etilgani fikrimizning dalilidir. Ular so'z ustalari bo'lgan chechanlarni, baxshi (jirov)larini sevadilar. El oqsoqollari, rahbarlari yonidan qissaxonlar arimagan. O'zbeklarning Afandisi kabi qoraqalpoqlarning qiziqchisi O'mirbek laqqisi bor. O'mirbek laqqi o'z og'zaki latifalarida ayrim shaxslar va jamiyatdagi kamchiliklar ustidan kuluvchi xalq qahramoni sifatida gavdalangan. U adolatsiz amaldorlar, qozilar, so'zi bilan ishi mos kelmaydigan ruhoniylar kirdikorlarini fosh qilib, mardlik, to'g'rilik, haqiqat, adolatni kuylagan. U o'z latifalarini yengil mutoyiba, achchiq hajv bilan ixcham ifodalab, tinglovchilarni xursand qilgan. Qoraqalpoqlarning qahramonlik dostonlari qadimdan ma'lum. Ulardan "Qirqqiz", "Alpomish", "Qo'blan", "Mastposhsho", "Edigey" dostonlarida qoraqalpoqlarning voqealarga boy tarixi kuylanadi. Masalan, "Edigey" dostonida Amir Temur, To'xtamish faoliyati bilan bog'liq voqealar bayon etilsa, "Qirqqiz" da qoraqalpoq xalqining XVIII asrda jung'or qalmoqlariga qarshi ozodlik kurashi, Xorazm xalqining Eron shohi Nodirshohga qarshi kurashi o'z badiiy ifodasini topgan. Qoraqalpoqlarning xalq qo'shiqlarida el-yurt yo'lboshchilari, qahramonlari Maman botir, Esangeldi mahram, Oydo'stbiy, Ernazarbiylar ulug'lanadi. Qozoq ma'rifatparvar olimi Cho'qon Valixonovning: "Qoraqalpoqlar sahrodagi birinchi shoir ham qo'shiqchilardir, shundan keyin qirg'izlar va turkmanlar", degan so'zlari bejiz aytilmagan. Qoraqalpoq adabiyotida XVII-XVIII asrlardagi tarixiy voqealarni badiiy shaklda aks ettirgan "Qirqqiz" dostoni alohida o'rin tutadi. Bu asar qoraqalpoq xalq qahramonlik eposidir. Bu doston atoqli xalq baxshisi (jirovi) Qurbonboy baxshi Tojiboy o'g'lidan 1939-1940-yillarda yozib olingan. Asar erksevarlik, vatanparvarlik va insonparvarlik g'oyalari bilan sug'orilgan. Asarning bosh qahramoni Guloyim o'zining qirq nafar dugonasi va o'z sevgilisi Arslon bilan birga Eron shohi Nodirshoh hamda jung'or xoni Surtoyshi hujumidan yurtini himoya qilishga otlanadi. Guloyim Xorazmni ozod qilib, u yerda qoraqalpoq, turkman, o'zbek va qozoq xalqlari vakillarini birlashtirgan davlat tuzadi. Asarda Guloyim bilan bir safda turib jang qilgan Oltinoy, O'tbosgan, Arslon, Sarvinoz kabilar timsolida mardlik, jasurlik, vatanparvarlik, insoniylik, ayni paytda dushmanga nisbatan shafqatsizlik g'oyalari o'z ifodasini topgan.

Qoraqalpoq xalqining barcha voyaga yetgan ayollar kashtachilik hunarini egallashgan. Erkaklar esa murakkabroq hunar turlari bo'lmish, yurtalar va musiqiy asboblarni tayyorlash, yog'och o'ymakorligi, zargarlik buyumlari, terini qayta ishlash va boshqalar bilan mashg'ul bo'lishgan.

Qoraqalpog'iston noyob va boy madaniy merosga ega. Bu uning qadimiy arxeologik va me'moriy yodgorliklari, o'ziga xos xalq og'zaki ijodi, ijro san'ati, urf-odatlari va milliy hunarmandchilik faoliyatida aks etadi. Qoraqalpog'iston hududida ko'plab arxeologik va me'moriy yodgorliklar bo'lib, ular asosan mudofaa binolari va

aholi turar joylari bo'ylab qad rostlagan bir necha ajoyib qal'alar misolida o'z aksini topadi. Ularning eng qadimiysi miloddan avvalgi IV asrga (Qadimgi Xorazmning Ahamoniylar imperiyasi tarkibidan chiqishi davri) borib taqaladi. Miloddan avvalgi I asrning boshlarida Qadimiy Xorazm, Kushon imperiyasiga qadar yetib borgan madaniyatning ta'siri ostida qoldi. Buning eng yorqin misolida, ajoyib Tuproq-qal'a shahri va qal'asining qurilishini ko'rish mumkin. Bu davrga kelib, qurilishning yangicha shakllari, shu jumladan, aholi punktlari ichidagi shakli biroz kichikroq qal'alar paydo bo'ldi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Rajabov, T. X. I., & Ibodov, O. R. (2021). O'zbek Xalq Musiqa Merosda O'quvchilarni Vatanparvalik Ruhida Tarbiyalash Vositasi. Ижтимоий Фанларда Инновация онлайн илмий журнали, 1(6), 139-145.

2. Rajabov, T. I., & Oripov, N. O. (2022). Teaching Folklore Songs Bukhara Children in Continuous Education as a Dolzarb Methodological Problem. EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION, 2(2), 409-412.

3. Rajabov T. I., Rutamova M. F. The Formation of the Spiritual and Moral Qualities of Students through Folk Songs in Continuing Education is an Urgent Pedagogical Problem //EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION. - 2022. - Т. 2. - №. 2. - С. 404-408.

4. Rajabov, T. I. (2022). THE ROLE OF BUKHARA FOLKLORE SONGS IN YOUTH EDUCATION IN THE SYSTEM OF CONTINUOUS EDUCATION. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 3(1), 884-889.

5. Rajabov, T. I., & Rajabov, J. I. (2022). The Formation of Spiritual and Moral Qualities of Students through Folk Songs is an Urgent Pedagogical Problem. EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION, 2(1), 331-335.

6. Ражабов, Т. И. (2022). ХА^ КУШЩЛАРИ ОР^АЛИ У^УВЧИ-ЁШЛАРДА МИЛЛИЙ ТАФАККУРНИ ШАКЛЛАНТИРИШ ОМИЛИ. Баркарорлик ва Етакчи Тадкикотлар онлайн илмий журнали, 2(1), 364-368.

7. 9-sinf O'zbekiston tarixi darsligi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.