UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022
ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4
ALPOMISH DOSTONINING XXI ASR YOSHLAR AXLOQIY TARBIYASIDAGI
ORNI
Mahmudxo'jayeva Zulxumor Mamirjon qizi
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.6985118
Annotatsiya. Maqolada o'zbek xalq dostoni Alpomish dostonining ilmiy, badiiy ahamiyati, dostondagi mifologik motivlar va personajlarning qahramonliklari yoritilgan. Alpomish dostoni milliy qadriyatlar qomusi ekanligi ifoda etilgan.
Kalit so'zlar: xalq og'zaki ijodi, o'zbek baxshichiligi, qahramonlik, epos, doston, Alpomish, folklyor, yurtga muhabbat.
РОЛЬ ЭПОСА «АЛПОМЫШ» В НРАВСТВЕННОМ ВОСПИТАНИИ МОЛОДЕЖИ
XXI ВЕКА
Аннотация. В статье описывается научно-художественное значение узбекского народного эпоса «Алпомыш», мифологические мотивы и героизм героев эпоса. Алпомишский эпос считается собранием национальных ценностей.
Ключевые слова: устное народное творчество, узбекская бахчизм, героизм, эпос, эпос, алпомыш, фольклор, любовь к родине.
THE ROLE OF ALPOMISH EPIC IN MORAL EDUCATION OF XXI CENTURY
YOUTH
Abstract. The article describes the scientific and artistic significance of the Uzbek folk epic Alpomish, mythological motifs and heroism of the characters in the epic. Alpomish epic is said to be an encyclopedia of national values
Keywords: folklore, uzbek bakhchism, heroism, epos, epic, love of country.
KIRISH
Alpomish - qadimiy xalq dostonlardan biridir. Bu doston xalqimizning boy tarixini, o'zbek xalqining tub ildizlarini, milliy o'zligimizdan bizga so'zlovchi ulkan eposdir. Unda sharq xalqlari orasida keng tarqalgan yurtga muhabbat, sevgi va sadoqat, oila mustahkamligi kabi tuyg'ular ulug'langan. Xalq og'zaki ijodi, dostonchilikda qahramonlik dostonlari juda ko'p. Ular orasida o'zining yuksak badiiy o'rniga ega.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
Alpomish dostoni bundan ming yil oldin turkiy xalqlarning qadimgi dostonchilik an'analari asosida yuzaga kelgan. Alpomish dostonining eng qadimgi qatlamlari miloddan avvalgi yuz yilliklarda yurtimizda kechgan jarayonlarning badiiy talqinini o'zida aks ettirgan. Qo'ng'irot qabilasining turli hudularga ko'chishi va ularning yangidan shakllanayotgan xalqlar tarkibiga kira borishi natijasida doston boshqa urug' va elatlarga ham o'tib ularning epik an'anlari asosida qayta ishlana borib juda keng tarqalgan . Vanihoyat, uning yaratilishida ota bobolari ishtirok etgan har bir xalqning og'zaki epik an'analari bizgacha yetib kelgan nusxalari lX-X asrlarda yaratilgan. Ammo, bunday xulosa dostonga asos bo'lgan syujet va yetakchi motivlarning mifologik va tarixiy, hayotiy ildizlari qadimgi davrlarga miloddan avvalgi zamonlarga to'g'ri keladi. Doston tarkibidagi har bir mifologik qatlam va qahramonlik xodisalari dostonni badiiy jihatdan uyg'unlashtiradi va o'quvchi ongiga o'sha davr qahramonligini singdiradi. O'zbekiston xalq yozuvchisi Xurshid Davron o'zining asarlarida shunday deydi :
UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022
ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4
"Yurtboshimiz aytganlaridek, Alpomish qahramonlik qo'shig'idir". Darhaqiqat, bu doston turkiy xalqlar patriarxat hayotining o'ziga xos poetik ko'zgusidir. Bu doston turkiy xalqlar va turkiylarga yaqin, ayrim turkiy bo'lmagan xalqlar orasida ham keng tarqalgan. Uning o'zbek, qozoq, qoraqalpoq tillaridagi shakllari doston ko'rinishida. Tojik, tatar, boshqirt tillaridagi ko'rinishlari esa ertak va rivoyat shaklida bizgacha yetib kelgan. O'rta asr eposining muhim yodgorligi hisoblangan "Kitobiy Dada Qurtqurt" tarkibidagi "Bamsi Bayrak" asarining syujeti va kompozitsion qurilishi Alpomish dostoniga juda yaqin turadi. Dostonning qirqqa yaqin turi, o'ttizga yaqin baxshi tomonidan yozib olingan. Uning to'la variantlari Fozil Yo'ldosh o'g'li, Muhammadqul Jonmurod o'g'li, Berdi Baxshi, Bekmurot Jo'raboy o'gli, Bo'ri Sodiq o'g'li, Umri Safr o'gli kabi yuksak didli dostonchilar tomonidan yozib olingan. Ularning orasidagi eng mukammali, badiiy jihatdan eng yuksagi atoqli shoir Fozil Yo'ldosh o'g'lidan yozib olingan nusxasi hisoblanadi. Shoir Hamid Olimjon ta biri bilan aytganda, bu doston uning shoirlik beshigi bo'lgan. Butun umrini Alpomish dostonini kuylash bilan o'tkazgan. Dostonda ifodalangan milliylik va o'lmas an'analar o'zbek xalqining qadimiy hayotidan yorqin poetik namuna hisoblanadi
Alpomish dostoni turkumiga bir qancha dostonlar kiradi:
- "Alpomish" Qora baxshi Umir o'g'li
- "Beva Barchin yohud barchin beka' ' Qahhor baxshi Qodir o' g'li
- "Yodgorning tug'ulishi" Chori baxshi Umir o'g'li
- "Yodgorning uylanishi'' Chori baxshi Umir o'g'li va Qahhor baxshi Qodir og'li
TADQIQOT NATIJALARI
Asardagi o'zining qahramonliklari bilan er yigitlardan qolishmaydigan Barchin va Qaldirg'och personajlari haqiqiy o'zbek ayollarining yorqin namunasi hisoblanadi.
Alpomish dostoni XXI asr yoshlarining axloqiy tarbiyasida juda katta ro'l o'ynaydi .Undagi har bir obraz va ularning qilayotgan qahramonliklari zamon yoshlari psixologiyasiga albatta o'z tasirini o'kazmay qolmaydi. Dostonni eshitib ulg'aygan yoshlar yurtga muhabbat, ota-onaga hurmat, sevgi va sadoqat, ota bobolar ruhiga ehtirom, haqiyqiy komil inson, asl o'zbek farzandi ruhida tarbiyalanadi. O'zbek ayol va qizlari asl o'zbek ayoli, o'zbek onasi qanday bo'lishi kerakligini dosdondagi Barchin obrazi orqali bilib olishlari mumkin. Uning mardligi, yurtga bo'lgan muhabbati, yorga vafosi epik asarda juda katta mahorat bilan ochib berilgan. Buni qarangki, dostonning asl mohiyatini to'g'ri tushunib, vatanimizning ba'zi hududlarida kelinlar seplariga Alpomish dostoni qo'shilayotgan ekan. Bu albatta quvonarli holat. MUHOKAMA
O'zbek otasining farzandga bo'lgan otalik mehrni mana bu jumlalar orqaliy ko'rish mumkin
Bir sen eding mening ochilgan bog'im, Boysun - Qo'ng'irotda suyangan tog'im Ko'rganimcha ko'z yaxshidir, farzandim Sog' boriib salomat kelgin, chirog'im
Sen sen eding bu bog'imning mevasi , O' lib ketsam tobutimning chegasi Agar o'lsam o'ligimning egasi Sog' borib salomat kelgin chirog'im
UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022
ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4
Bu doston qahramonligi makon va zamon tanlamasdir .Bir soz bilan aytganda Alpomish haqiqiy qahramonlik dostoni.
XULOSA
Xulosa ornida shuni aytib o4ish kerakki, Alpomish dostoni yosh avlodni mardlik, jasurlik, oriyat, yuksak ahloq, mehr muhabbat, muhabatga sadoqat, diyonat ruhida tarbiyalaydi. Oilaga, vatanga fidoiylik ruhini singdiradi. Osib kelayotgan yosh avlodlarimizni Alpomish, Barchin, Qaldirgoch, Qorajon va boshqa epik qahramonlardagi insoniy fazilatlarni ozida mujassamlashtiradi. Bir soz bilan aytganda Alpomish milliy va umuminsoniy qadryatlar qomusidir.
REFERENCES
1. Malik Murodov, Abduolim Ergashev "Alpomishnoma"(qashqadaryo talqinida). Toshkent. 2000 yil
2. Tora Mirzayev "Apomish dostoning ozbek variantlari" Toshkent .1968 yil
3. Tora Mirzayev "Alpomish -Yodgor" Toshkent "Yozuvchi" nashiryoti . 2000 yil
4. Toshtemir Turdiyev "Alpomish qahramonlik qo shig'i" Toshkent. "Tafakkur" nashiryoti. 2014.335 bet
5. Xurshid Davron "dostonlarda ellarning o'zligi yashar" "Taffakur"nashiryoti 2014.335 bet
6. Qozoqboy Yo'doshev, Valijon Qodirov, Jalolbek Yo'doshbekov 9- sinf adabiyot darsligi Toshkent .2019 yil
7. Dzhuraev R. K., Karakhanova L. M. Model of the organization of research activities of 10th grade students in teaching physics and biology //International journal of discourse on Innovation, integration and education. - 2021. - Т. 2. - №. 01. - С. 296-300.
8. Kharaxonova L. M. SPECIFIC ASPECTS OF MEDIA EDUCATION AND ITS USE IN HIGH SCHOOLS //Academic research in educational sciences. - 2021. - Т. 2. - №. CSPI conference 3. - С. 278-284.
9. Musokhonovna K. L. ICT-As a means of achieving new educational results in teaching natural disciplines in secondary schools //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2021. - Т. 11. - №. 10. - С. 315-321.
10. Караханова Л. 6. DEVELOPMENT OF STUDENTS'KNOWLEDGE BASED ON THE USE OF 3D EDUCATIONAL TECHNOLOGIES IN THE BIOLOGY EDUCATION //Образование и инновационные исследования международный научно-методический журнал. - 2020. -№. 2. - С. 55-59.
11. Karakhanova L. M. USE OF MEDIERE RESOURCES IN THE EDUCATIONAL PROCESS OF BIOLOGY IN SCHOOLS //International Scientific Review of the problems of pedagogy and psychology. - 2018. - С. 68-70.
12. Karakhonova L. M. Using the electronic educational resources in biology lessons //INTERNATIONAL SCIENTIFIC REVIEW OF THE PROBLEMS OF PHILISOPHY, PSYCHOLOGY AND PEDAGOGY. - 2019. - С. 35-39.
13. Jurayev, R. K., & Karakhanova, L. M. (2020). Scientific And Methodical Bases Of The Use Of Electronic Educational Resources In Teaching Biology In General Educational Schools. International Journal of Advanced Science and Technology, 29(8), 3500-3505.