Научная статья на тему '“ALPOMISH” DOSTONINING BERDI BAXSHI VARIANTIDA BARCHINOY TASVIRI'

“ALPOMISH” DOSTONINING BERDI BAXSHI VARIANTIDA BARCHINOY TASVIRI Текст научной статьи по специальности «Технологии материалов»

CC BY
3875
71
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
variant / xarakter / alp / obraz / badiiy tasvir

Аннотация научной статьи по технологиям материалов, автор научной работы — Sevinch G‘Afforova

O‘zbek xalqining uzoq o‘tmishi, rasm-rusumlari, hayot tajribasidan o‘tgan an’analari, kurashlari, tashvishlari, quvonchlari o‘zining badiiy ifodasini topgan “Alpomish” dostonida Alpomishning jasorati, Barchinoy sadoqati, Qorajon, Qaldirg‘ochoy kabi bir qator obrazlar tasvirlangan bo‘lib, quyida ushbu dostonning Berdi baxshi variantida Barchinoy obrazi tasviriga to‘xtalinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“ALPOMISH” DOSTONINING BERDI BAXSHI VARIANTIDA BARCHINOY TASVIRI»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

"ALPOMISH" DOSTONINING BERDI BAXSHI VARIANTIDA BARCHINOY

TASVIRI

O'zbek xalqining uzoq o'tmishi, rasm-rusumlari, hayot tajribasidan o'tgan an'analari, kurashlari, tashvishlari, quvonchlari o'zining badiiy ifodasini topgan "Alpomish" dostonida Alpomishning jasorati, Barchinoy sadoqati, Qorajon, Qaldirg'ochoy kabi bir qator obrazlar tasvirlangan bo'lib, quyida ushbu dostonning Berdi baxshi1 variantida Barchinoy obrazi tasviriga to'xtalinadi.

Kalit so'zlar: variant, xarakter, alp, obraz, badiiy tasvir

Xalqimiz qadim-qadimdan ayolga hurmat-izzat, e'tibor bilan munosabatda bo'lgan. Badiiy adabiyotda keltiriladigan o'xshatishlar-u, qiyoslashlarni bunga misol qilsak bo'ladi. Ayniqsa,oilada yor, ona sifatidagi oliy burchi - farzand tarbiyasi, uning jamiyatdagi o'rnini belgilab beradi. "Alpomish" dostonidagi Barchinoy obrazi orqali ushbu tasavvurlar yaxshi ochib berilgan.

Barchin o'zbek eposida alp ayol obrazi hisoblanib, o'zbek tilining izohli lug'atida keltirilishicha Barchin ismining asosi ham "bars", "ilvir", "yo'lbars" degan ma'noni anglatadi .

Ismda insonning orzu-umidlari aks etib, unga doimo hamroh bo'ladi. Ism berilish jarayoni katta-kichik oilaviy marosim tarzida o'tkaziladi. Xususan, Barchinga Xizr bobo tomonidan ism berilishini: "Shunda Xizr bobom borib: - Qizning oti Barchin bo'lsin, mullaga beringlar, mulla Barchin bo'lsin, chochbog'iga boylab tosh otsa, bir tosh yerga ketsin, jamoli ham bir tosh yerdagini yiqsin, - deb duo qilib, ko'zdan g'oyib bo'lib ketdi. "Xalqqa ibrat bo'lsin", - deb aka-uka quda bo'ldi. Ikkovi ham to'rt yashar bo'ldi, mullaga eltib berdi, uch yil o'qib, mulla bo'ldi" (5-bet) - deya tasvirlaydi va bu orqali Barchinning ismi jismiga monand bo'lishi, o'ziga xosligiga ishora qiladi.

Dostonda Barchin ruhiyati g'oyat teran aks ettirilgan. Uning baland martaba, baland ruh, baland qadr egasi ekanligi, shu bois o'ziga ham, o'zgaga ham yuksak talablar bilan

1 Berdi baxshi(Berdiyor Pirimqul o'g'li). (2013). Alpomish 2-jild.(B163) - Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyotining matbaa ijodiy uyi.

2 O'zbek tilining izohli lug'ati: 80000ga yaqin so'z va so'z birikmasi.J.I.A-DMas'ul muharrir A.Madvaliyev.-T.: "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, 2020. - 680 bet.

Sevinch G'afforova

ToshDO'TAU 3-bosqich talabasi

Annotatsiya

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

yondashishi juda ta'sirli ifodalangan. Maston kampir bilan suhbatida, uni hiyla bilan mot qilishida ushbu fikr o'z isbotini topadi:

Shunda Barchin: "Mening otam musofir bo'lsa, bu qalmoqlar bilan teng bo'lmas", -deb hiyla qilib, bir so'z degani:

..O'zbeklarni ko'rsam, qattiq quvayin, Haqning dargohiga shukur qilayin, Olib ket, ketayin Kashal elingga, Dinga kirsa, tegay sening gulingga.. ..Xudoy oyday qildi mening qoshimni, Qorajonga qo'shsa edi boshimni, Tegsam, men tegayin sening ulinga, Oldirsa ekan avrasining boshini.

Degan vaqtda kampir: ...tegmasang, tegmay qo'yaqol, - deb chiqib ketdi". Shu qatorda baxshi uning husn-malohatini tarannum etadi:

"Shunda qizi Barchinoy: "Otam kim bilan so'kishib yotir", - deb uydan chiqdi. Uni ko'rib to'qson dev otining yoliga yotib behush bo'lib qoldi. Toychixon qizni ko'rib: - Bu qizing nechaga kirgan? - deb so'radi. Boysari aytdi: - Shu yil qizim yetti yashar bo'ladi. Toychixon: - Yetti yilgachayin Oyna ko'lini, Chilbir cho'lini qizingning qaliniga berdim. Yetti yildan keyin o'zim kelib olaman. Boshqaga bermaysan, - deb ketdi", - uni deya o'zini yo'qotgan dev va Toychixonning holatidan Barchinning go'zalligi haqidagi so'zlarning chinligini ham ta'kidlab o'tadi.

Barchin qo'lini tutmoqchi bo'lgan yigitdan ham salohiyat, ham bahodirlikni talab qiladi. Bu jihatdan uning Alpomish va to'qson alp oldiga shart qo'yishi xarakterlidir.

"5

Po'lkan shoir , Berdi shoir variantlarida uch(poyga,yoy tortish,kurash), Fozil shoir variantida4 to'rtta(yoy tortishish, ming qadamdan tanga pulni urish, poyga, kurashda to'qson alpni yiqish)bo'lgan qahramonlik va mardlikni tarannum etuvchi Barchinning shartlari nafaqat to'qson alp, balki Alpomishning ham alpligini, jismoniy barkamolligi, so'ziga sobitligi va Barchinga nechog'lik munosib ekanligini yana bir bor sinovdan o'tkazishga zamin yaratadi:

"Shunda to'qsoni yig'ilib Barchinning o'toviga bordi. - Qani, Barchin, birimizni xohla, - dedi. Barchin aytdi: - Menga to'qson kun fursat berasizlar. To'qson qalmoq aytdi: - Barchin, senga to'qson kun fursat berdik. Bittamizni xohlab qo'y, hammamiz sendan umidvormiz. Barchin aytdi: - To'qsoningni kurashtirib, yiqilmaganingga

3Po'lkan shoir (2013).Alpomish 2-jild.(B.275) -Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyotining matbaa ijodiy uyi.

4 O'zbek tilining izohli lug'ati: 80000ga yaqin so'z va so'z birikmasi.J.I.A-D Mas'ul muharrir A.Madvaliyev.-T.: "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, 2020. - 680 bet.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

tegaman. To'qsoningning otingni poygaga qo'shib, o'zganingga tegaman. To'qsoningni sari yoyingni sindirib ko'raman, sinmaganingga tegaman. Shu uch shartimdan birovi qolsa ham, tegmayman".

Barchin qiyin vaziyatlarda yoridan umidvor bo'lishi, sabr toqat bilan berilgan qalmoqning to'qson kun muddati davomida uni kutishi uning ayollarga xos bir ojizalik tomonini aks ettirgan. Bu jarayonni baxshi Barchinning holatini choparlar va ularga bergan nomasidan bayon qiladi:

Qatorda ingragan lo'kcha-norima, Salom degin Boysin-Qo'ng'irot sharima, Eson-omon borsang Qo'ng'irot eliga, Salom degin mulla Hakim yorima. Boshiga yarashar toju yorlig'i, Har yerga ma'lumdir qilgan zo'rligi, Kechikmasdan kelsin darrov-zinhor, Toy-talashda qoldi menday qallig'i.

Doston davomida Barchinning ona sifatida gavdalanishi unga nisbatan beriladigan ta'riflarga yangi bir yondashishni talab etadi. Sababi, alp maqomida bo'lgan, qat'iyatli obraz onalik mavqeida chorasiz insonga aylanadi. Alpomishdan qolgan sari yoydan Ultontoz o'q uzulishini xohlaydi, lekin uni hech kim ko'tara olmaydi. Qultoy qiyofasida kelgan Alpomish yoydan o'q uzmoqchiligini, yoyni esa o'g'li Yodgor olib kelishini aytadi. Buni bilmagan ona bolasining qiynalayotganini ko'rib nola qilsa, otasini izidan borgani uchun undan faxrlanadi:

Ultontoz ko'rib: - Qani, Yodgor, sari yoyni ko'tarib kel,-dedi. Yodgor borib, yoyni ko'tarib yura berdi. Buni enasi Barchin ko'rib, bir so'z degani: Yomg'ir yog'sa, halqob ko'llar loylansin, Xudoyo, dushmanning qo'li boylansin, G'ayratingga banda bo'lay, Yodgorjon, Kokilingdan menday enang aylansin. Vo hasrato, ota davrin ko'rmading, Otangning oldida o'ynab-kulmading, Otang o'lib, zor yig'layman, Yodgorjon, G'ayratingni otang yozgan ko'rmadi.

Doston variantini kuzatish barobarida Barchin yorini o'zga qiyofada kelgan bo'lsada, har bir narsaga e'tiborliligi, yuksak fahm-farosati sababli tanib olishiga guvoh bo'lamiz:

"Shunda Alpomish: "Qaytar ekan", - deb Barchinning taxtining ostidan o'tib keta berdi. Barchin Qultoy cholni Alpomishga o'xshatib, o'g'liga bir so'z degani:

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

Haydarga ko'p edi otangning qo'yi, Har yerga yetardi otangning o'yi, Etagidan ushla, choldan ayrilma, Otangga o'xshaydi bobongning bo'yi.. Dunyoda o'chdilar mening chirog'im, Echki ma'rab qo'shibolmaymi ulog'in, Etagidan ushla, choldan ayrilma, Otangga o'xshatdim bobong qulog'in".

Siyrati Alpomishga teng Qultoyni ko'rib, uni yori deb tahmin qilgan Barchinga o'landagi Qultoyning ushbu so'zi uni tanib olishiga turtki bo'ladi: Bir to'nni Alpomishga bichsang bo'lar, Alpon uchun qon-zardob ichsang bo'lar, Ultontozning og'ziga chichsang bo'lar, Qultoy cholning belidan quchsang bo'lar. Shunda Barchin tanib qoladi: O'lanni boshla desa, boshlar bo'lar, Xo'jalarning boshida dastor bo'lar, Qizman yigit qiziqib aytishgan so'ng, Telpakni o'rtaga tashlar bo'lar".

Dostondagi Barchinoy bilan bog'liq voqealar Berdi baxshi tomonidan alohida mehr bilan bayon etiladi. Uning zukkoligi, tadbirkorligi, donoligi, mardligi bilan bir qatorda ona sifatida gavdalanishi ulug'lanadi. Barchinoy obrazi tahlili orqali, dostondagi ayol obrazlar bilan bog'liq qadim tasavvurlar faqat badiiy to'qima emas, balki o'tmish hayotimiz tarixi bilan chambarchas bog'liqligi, ajdodlarimizning ayolga, oilaga bo'lgan munosabatini, ularning oila va jamiyatda tutgan o'rni, mavqeini ko'rish mumkin.

1. Berdi baxshi(Berdiyor Pirimqul o'g'li). (2013). Alpomish 2-jild.(B163) - Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyotining matbaa ijodiy uyi.

2. Fozil Yo'ldosh o'g'li.(1998). O'zbek xalq qahramonlik dostoni (400 b)Aytuvchi:, yozib oluvchi: Mahmud Zarifov. - Toshkent: Sharq.

3. Po'lkan shoir (2013).Alpomish 2-jild.(B.275) -Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyotining matbaa ijodiy uyi.

4. O'zbek tilining izohli lug'ati: 80000ga yaqin so'z va so'z birikmasi.J.I.A-DMas'ul muharrir A.Madvaliyev.-T.: "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, 2020. - 680 bet.

5. https://www.indianjournals.com/ijor.aspx?target=ijor:aca&volume=10&issue=5&article=148

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.