Научная статья на тему 'XALQ DOSTONLARI UMUMIY-TIPIK O‘RINLARI SYUJET TIZIMIGA XOS XUSUSIYATLAR'

XALQ DOSTONLARI UMUMIY-TIPIK O‘RINLARI SYUJET TIZIMIGA XOS XUSUSIYATLAR Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
1064
66
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
xalq eposi / syujet / an’anaviylik / g‘oyaviy-badiiy mazmun / umumiy-tipik o‘rinlar / boshlamalar / epitet / saj / tashbeh / mubolag’a. / folk epos / plot / tradition / ideological and artistic content / typical places / beginnings / epithets / saj / tasbeh / exaggeration.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — I.Boltayeva, Hamdambek Shomurotov, Kamola Po‘Latova, Habibullo Tursunov

Ishda xalq dostonlariga xos an’anaviy umumiy-tipik o‘rinlar syujet tizimi tasvirining o’ziga xos xususiyatlari haqida so’z boradi. Xususan,xalq eposiga xos an’anaviylik asarning g‘oyaviy-badiiy mazmunida ko‘zga tashlanishi, xalq eposi syujeti ichki turlariga xos epik tasvir an’analarini, ularning alohidaligini namoyish etishi qahramonlik, romanik va tarixiy dostonlarga xos tasvirning o‘xshash va farqli jihatlari bevosita tipik o‘rinlar syujeti qamrovidagi tasviriy vositalarni qiyoslash orqali aniqlanishi manbalar tahlili orqali ochib beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

COMMON-TYPICAL FEATURES OF FOLK EPICS ARE TYPICAL FEATURES OF THE PLOT SYSTEM

The article discusses the features of the description of the plot system of traditional common typical places characteristic of folk epics. In particular, the ideological and artistic content of the traditional work of the folk epic, the tradition of epic images of the inner types of the epic, their similarity, similarity and difference in the image of the heroic, romantic and historical epic. the identification of which can be determined by comparing the pictorial means directly covered by the plot of typical places is revealed through the analysis of sources.

Текст научной работы на тему «XALQ DOSTONLARI UMUMIY-TIPIK O‘RINLARI SYUJET TIZIMIGA XOS XUSUSIYATLAR»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

XALQ DOSTONLARI UMUMIY-TIPIK O'RINLARI SYUJET TIZIMIGA XOS

XUSUSIYATLAR I.Boltayeva

O'zDJTSU O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti Hamdambek Shomurotov O'zDJTSU Futbol fakulteti 2-bosqich talabasi Kamola Po'latova

Yakkakurash sport turlari fakulteti Karate WKF yo'nalishi 2-bosqich talabasi

Habibullo Tursunov

Mustaqil o'rganuvchi https://doi.org/10.5281/zenodo.6815153 Annotatsiya. Ishda xalq dostonlariga xos an'anaviy umumiy-tipik o'rinlar syujet tizimi tasvirining o'ziga xos xususiyatlari haqida so'z boradi. Xususan,xalq eposiga xos an'anaviylik asarning g'oyaviy-badiiy mazmunida ko'zga tashlanishi, xalq eposi syujeti ichki turlariga xos epik tasvir an'analarini, ularning alohidaligini namoyish etishi qahramonlik, romanik va tarixiy dostonlarga xos tasvirning o'xshash va farqli jihatlari bevosita tipik o'rinlar syujeti qamrovidagi tasviriy vositalarni qiyoslash orqali aniqlanishi manbalar tahlili orqali ochib beriladi.

Kalit so'zlar: xalq eposi, syujet, an'anaviylik, g'oyaviy-badiiy mazmun, umumiy-tipik o'rinlar, boshlamalar, epitet, saj, tashbeh, mubolag'a.

ТИПИЧНЫЕ МЕСТА НАРОДНЫХ БЫЛИН - ТИПИЧНЫЕ ЧЕРТЫ СЮЖЕТНОЙ СИСТЕМЫ Аннотация. В статье рассматриваются особенности описания сюжетной системы традиционных обще типических мест, характерных для народных былин. В частности, идейно-художественное содержание традиционного произведения народного эпоса, традиции эпических образов внутренних видов эпоса, их сходство, сходство и различие образа героического, романтического и исторического эпоса. идентификация которых может быть определена путем сопоставления изобразительных средств, непосредственно охватываемых сюжетом типичных мест, выявляется посредством анализа источников.

Ключевые слова: народный эпос, сюжет, традиция, идейно-художественное содержание, общетипические места, начала, эпитеты, садж, тасбех, преувеличение.

COMMON-TYPICAL FEATURES OF FOLK EPICS ARE TYPICAL FEATURES

OF THE PLOT SYSTEM Abstract. The article discusses the features of the description of the plot system of traditional common typical places characteristic of folk epics. In particular, the ideological and artistic content of the traditional work of the folk epic, the tradition of epic images of the inner types of the epic, their similarity, similarity and difference in the image of the heroic, romantic and historical epic. the identification of which can be determined by comparing the pictorial means directly covered by the plot of typical places is revealed through the analysis of sources.

Key words: folk epos, plot, tradition, ideological and artistic content, typical places, beginnings, epithets, saj, tasbeh, exaggeration.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

KIRISH

Individuallikning an'anaviylik doirasida amal qilinishi xalq eposiga xos badiiy uslubning bosh belgisi hisoblanadi. Bu xususiyat barcha tadqiqotchilar tomonidan to'la e'tirof etilgan ilmiy haqiqatdir.

Shunday ekan, xalq eposiga xos an'anaviylik nimalarda zohir bo'ladi?, degan savol tug'ilishi tabiiy. Ushbu savolga biz quyidagicha javob berishni lozim topdik.

Eng avvalo, xalq eposiga xos an'anaviylik asarning g'oyaviy-badiiy mazmunida ko'zga tashlanadi. Bular: A. Vatan himoyasi bilan bog'liq mavzu; B. Ishq-muhabbat bilan bog'liq sarguzashtlar va jasoratlarga boy safarlar, jang tasvirlari; V. Adolatsizliklarga qarshi olib boriladigan kurashlar mavzusi; G. Do'stlik-birodarlik yo'lida jonbozlik qilish mavzusi kabilar. Mana shunday oliyjanob, yuksak ideallarni tarannum etuvchi an'anaviy mavzular tufayli xalq eposida an'anaviylik individuallik ustidan hukmronlik qiladi.

Xalq eposiga xos an'anaviylik asarning umumiy-tipik o'rinlari tasvirida ham ko'zga tashlanadi. Bunday o'rinlar, V.M Jirmunskiy va H.T. Zarifovlarning ko'rsatishicha quyidagilardan iborat: l.An'anaviy boshlama va tugallanmalar. 2. Otni egarlash. 3. Otning ta'rifi. 4. Bahodirona otda chopish. 5. Jang tasviri. 6. Safarga otlangan qahramonga nasihat qilish. 7. Safar chog'ida qahramonning biror shaxsga duch kelib qolishi va savol-javob 8. Jang oldidagi o'zini ta'riflash. 9. Sevishganlar uchrashadigan chorbog'lar tasviri. 10. Malikalar tasviri. 11. Kanizak tasviri. 12. Ko'sa tasviri. 13. Maston kampirlar tasviri.

TADQIQOT METODI VA METODOLOGIYASI

Rus folklorshunosligida ham «umumiy o'rinlar» (tipik o'rinlar) haqida talaygina tadqiqotlar amalga oshirilgan. Ular ichida А.Б. Позднеев, Ф. Селиванов П.Д.Уховlarning maqolalarini alohida qayd etish kerak bo'ladi.

Mazkur ishlarda tipik o'rinlarning xalq eposi va boshqa janrlarda tutgan o'rni, hattoki bunday o'rinlarning eposning muayyan joyi ëki ijrochi bilan bog'liqligining aniqlovchilik vazifasini o'tashi kabi masalalar haqida fikr-mulohazalar bildirilgan. Biz ularning va o'zbek folklorshunoslarining xalq eposidagi tipik umumlashtirilgan o'rinlar haqida, "umumiy o'rinlar"da bildirilgan fikrlarini hamda ularning xalq dostonlarida tutgan o'rni haqida quyidagicha fikrlarimizni bildirishni lozim topamiz:

1. Tipik o'rinlar xalq dostonlarida epik tasvir prinsiplari va an'analarini o'zida mujassam etgan syujetning barqaror tarkibiy qismlarini tashkil etadi. Shu bois tipik o'rinlar syujeti epitet, saj, tashbeh, mubolag'a kabi an'anaviy tasvir hamda ifoda vositalarini saqlab keladi.

Tipik o'rinlar syujeti xalq eposining ichki turlariga xos epik tasvir an'analarini, ularning alohidaligini namoyish etadi. Shuning uchun qahramonlik, romanik va tarixiy dostonlarga xos tasvirning o'xshash va farqli jihatlari bevosita tipik o'rinlar syujeti qamrovidagi tasviriy vositalarni qiyoslash orqali aniqlanadi.

2. Tipik o'rinlar xalq dostonlari syujetining barqaror tarkibiy qismlarini tashkil etganliklari sababli variantlilik yoki versiyalilik, ularning farqli jihatlari kabi masalalarini yoritishda muhim mezonlik vazifasini o'taydi. Shu ma'noda tipik o'rinlar syujeti xalq dostonlaridagi badiiy tasvirning estetik qimmatini aniqlashda ishonch etaloni deb hisoblash mumkin.

Tipik o'rinlarga xos yuqorida qayd etilgan xususiyatlardan kelib chiqib, xalq dostonlaridagi syujetning o'ziga xosligini belgilashda asosan tipik o'rinlarni mezon sifatida tanlab oldik.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Xalq dostonlaridagi boshlamalar tipik o'rinlardan eng muhimi hisoblanadi. Chunki boshlamalar real voqelikni epik voqelikdan ajratib turuvchi muhim chegaradir. Mana shu boisdan xalq baxshilari boshlamaga alohida e'tibor qaratib, ularni badiiy tasvir vositalari bilan bezashga harakat qilganlar. Chunki boshlamalarda epik makon va zamon, qahramon va uning shajarasi haqida ma'lumot beriladi. Bu ma'lumotlar muayyan darajada mubolag'ador, ravon hamda go'zal badiiy tasvirlar bilan bayon etilishi lozim. Demak, boshlamadagi tasviriylik ijrochining istak-xohishi bilan emas, balki epik an'anaga ko'ra, xalq idealini tashuvchi qahramon holati, u faoliyat ko'rsatadigan makon va zamon alohida diqqat va mehr bilan tasvirlanishi lozim.

O'zbek xalq dostonlari ko'p tipli bo'lganligi uchun har bir tipdagi dostonlarga xos boshlamalar syujetining o'ziga xosligi bilan ham ajralib turadilar.

TADQIQOT NATIJASI VA MUHOKAMA

O'zbek xalq qahramonlik eposi «Alpomish» dostoni syujeti tasviriy vositalarning juda oz, ammo soz qo'llanishi bilan farqlanib turadi. Doston syujetida badiiy tasviriy vositalarning oz qo'llanishi qahramonlik eposiga xos og'ir, vazmin, salobatli tasvir uslubi talablari bilan shartlangan. Dostonning Fozil Yo'ldosh o'g'li varianti boshlamasi syujetida shunday holatning shohidi bo'lamiz: <<Burungi o'tgan zamonda, o'n olti urug' Qo'ng'irot elida Dobonbiy degan o'tdi... Boysari boy edi, Boybo'ri shoy edi, bu ikkovi ham farzandsiz bo'ldi».

Agar diqqat qilinsa, mazkur boshlama syujetida qahramonning katta bobosi yashagan epik vaqt, uning yashagan epik makoni, ayni paytda etnik mansubiyati ifodasidagina epitet qo'llanilgan. Keyinroq esa Dobonbiyning nabiralari, ularning el orasidagi mansabi va holati bayonida epitet uchraydi xolos.

Qahramonlik eposiga xos bunday vazmin, oddiy bayon uslubi dostonning faqat Fozil shoir variantigagina xos bo'lmay, balki uning Berdi baxshi (Berdiyor Pirimqul o'g'li), Po'lkan shoir, Ergash Jumanbulbul o'g'li va Xushboq Mardonaqul o'gli variantlari uchun ham xosdir. Masalan, dostonning Berdi baxshi varianti syujeti shunday boshlama bilan boshlanadi: <<Burungi zamonda Shashavat shahrida Dovonbiy degan podsho bor ekan... Ikki o'g'lini uylantirgandan so'ng bor dunyosini ham bo'lib berdi; har o'g'liga o'n sakkiz ombordan tilla tegdi, o'ttiz kunlikdan qo'y tegdi, to'qson to'qaydan yilqi tegdi>>

Mazkur boshlama syujetida ham qahramonning bobosi yashagan davr va makon haqida, uning qay darajada katta boy, podsho bo'lganligini ta'kidlashga xizmat qiluvchi epitetlargina qo'llanilgan.

Dostonning Po'lkan shoir va Ergash shoir variantlari boshlamasi epitetlar qo'llanilishi jihatidan yuqoridagi variantlardan katta farqlanmaydi: «Qirq ming uyli Qo'ng'irotda Qulqorabek o'tdi... O'n to'rt quda keldi, sakkiz chorhokim keldi, ikki yonboshida o'tiradigan vazirlari keldi, chap otaliq, o'ng otaliq beklari keldi, hazrati Xizir keldi, yurtni qidirib yetti qalandar keldi»!..

Xushboq Mardonaqul o'g'li varianti boshlamasi esa shunday syujet bilan boshlanadi: «O'n ming uyli Qo'ng'irot eldan, Hozirgi Surxon vohasini dili - Boysun tumanining bundan ming yil ilgarigi nomi Xo'jaiqand edi, yantoqlari shakar, qand edi.

Keltirilgan boshlamalar syujeti ichida Po'lkan shoir va Ergash shoir varianti epitetlarga nisbatan boyligi bilan ajralib turadi. Buning sababi baxshilarning ko'proq romanik dostonlar kuylashga moyilliklari bilan izohlanadi.

Berdi baxshi va Xushboq Mardonaqul o'g'li variantlaridagi boshlamalar esa qahramonlik eposiga xos sodda, vazmin va bezaksiz badiiy axborot beruvchilik vazifasini o'taydilar.

Chunonchi, «To'lg'onoy» dostonida quyidagicha boshlamani o'qiymiz: «Zamonning zamonida, burungi o'tgan vaqtda, Oqbo'tabek O'ratepada bek bo'lib, so'rab turdi». Ergash shoirdan yozib olingan «Yakka Ahmad» dostonidagi boshlama esa tubandagichadir: «Burungi o'tgan zamonda, el bilan yurti omonda, Do'rman elida, Bobir-Hovdak ko'linda, yurtning og'asi, sovut to'nning yoqasi Qoraxon,Sarixon degan bor edi. Do'rman elining yartisiga Qoraxon hokim edi, yartisiga Sarixon hokim edi.Ikkovi ham fuqaroparvar,g'aribni do'st ko'rgan,yetimlar manglayini siypagan oqko'ngil shahzodalar edi. Ikkovining ham kamlik yeri yo'q, beklikdan mini yo'q, lekin ikkovida ham farzand yo'q edi"

Xulosa qilib aytganda, qahramonlik eposiga xos boshlamalar syujeti epitetlarga, saj va boshqa tasviriy vositalarga boy emasligi, boshi oddiy bayon uslubiga egaligi bilan alohida ajralib turadilar. Tarixiy dostonlar boshlamasi qayd etuvchi epitetlar qo'llanishi jihatidan qahramonlik eposiga yaqin turadilar. Ularda epik zamon va makon haqida xabar beruvchi qayd etuvchi epitetlar mavjud bo'ladi xolos.

1947.-С. 426-427.

2. Гусев В.Е. Эстетика фолклора.-Л., 1967.-С.189.

3. Mirzayev T. <<Alpomish» dostonining o'zbek variantlari. -T., 1968. 131-bet:

4. Sarimsoqov B. O'zbek adabiyotida saj. -T.: Fan, 1978.-63-84 betlar

5. Alpomish. O'zbek xalq qahramonlik dostoni. -T., 1998. 14-bet.

6. Alpomish. -T.: Yozuvchi, 1999. 7-bet.

7. M.Jo'rayev, J,Eshonqulov. Folklorshunoslikka kirish. 0'quv qo'llanma. -T.: «Barkamol fayz media», 2017,180 bet.

8. To'lg'onoy // Oysuluv. O'zbek xalq ijodi. Ko'p tomlik.-T., 1984, 129-bet.

9. Boltayeva I.Xalq dostonlarida epitet.//Monografiya.Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti .Toshkent,2002-yil.

10. Boltayeva I.Adabiyotda vorisiylik muammosi.//Monografiya. "Muharrir" nashriyoti.Toshkent,2020-yil.

XULOSA

REFERENCES

1. Жирмунский В.М., Зарифов А.Т. Узбекский народный героический эпос. - М.,

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.