Научная статья на тему 'TARIXIY HAQIQAT VA BADIIY TALQIN'

TARIXIY HAQIQAT VA BADIIY TALQIN Текст научной статьи по специальности «История и археология»

549
79
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
qissa / tarixiy qissa / esse / syujet / xarakter / tarixiy shaxs / badiiy to„qima / personaj

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Kabil Umarovich Kubaev, Jahongir Galievich Sharifov

Mazkur maqolada bugungi o„zbek prozasida samarali ijod qilayotgan adiblarimizning asarlarida tarixiylik masalalari talqini va yosh avlod tarbiyasi, shuningdek, inson ma‟naviyati bilan bog„liq jihatlar haqida so„z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TARIXIY HAQIQAT VA BADIIY TALQIN»

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science

taraqqiyotidagi o'rni

'qqtyonmg

TARIXIY HAQIQAT VA BADIIY TALQIN

Kabil Umarovich Kubaev

Jizzax davlat pedagogika universiteti Maktabgacha va boshlang'ich yo'nalishlarida masofaviy ta'lim kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi

Jahongir Galievich Sharifov

Jizzax davlat pedagogika universiteti Maktabgacha va boshlang'ich yo'nalishlarida masofaviy ta'lim kafedrasi o'qituvchisi [email protected]

Mazkur maqolada bugungi o'zbek prozasida samarali ijod qilayotgan adiblarimizning asarlarida tarixiylik masalalari talqini va yosh avlod tarbiyasi, shuningdek, inson ma'naviyati bilan bog'liq jihatlar haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: qissa, tarixiy qissa, esse, syujet, xarakter, tarixiy shaxs, badiiy to'qima, personaj

So'nggi davrda tarixiy mavzuda asar yozishda boy tajribaga ega bo'lgan yozuvchimiz M.Osim ijodiy an'analarini davom ettirib, o'tmish fan va madaniyatimizning yorug' yulduzlari haqida yaratilayotgan tarixiy qissalarning ko'pchiligida ancha mukammal badiiy xarakterlar yaratilganligining guvohi bo'lamiz. Bu asarlarning e'tiborli tomoni shundaki, unda o'tmishdagi buyuk ajdodlarimizning ilm yo'lidagi murakkab, ruhiy kechinmalarga boy, jo'shqin hayoti ko'rsatiladi. SHuning barobarida ularning hayoti yosh avlodga ibrat namunasi qilib ko'rsatiladi.

Bu borada iste'dodli adib Xayriddin Sultonovning Bobur umrining so'nggi davriga bag'ishlangan "Saodat sohili"1 tarixiy qissasi diqqatga sazovordir. Adib Bobur Mirzo hayoti va ijodiga bag'ishlangan yana talay asarlar yaratgan. "Oy botgan pallada", "Nuqta" hikoyalari, "Boburning tushlari", "Tavba" kabi esse-badialari shular jumlasidandir. Adib mazkur asarlarda Boburning buyuk maqsadlar yo'lida

ANNOTATSIYA

Kirish

X.CyOTOHOB. "EoöypHHHr Tym^apn". F.Fy^OM HOMngarn agaöneT Ba caHtaT HampneTH. TomKeHT 1993 h.

https://tma.uz/

Republican Scientific and Practical Conferena

December 16

kechgan og'ir, mashaqqatli hayotini shoirona bo'yoqlar bilan tiniq manzaralarda ko'rsatib beradi.

"Soadat sohili" qissasida yozuvchining olis tarixini juda yaxshi bilishi, Zahiriddin Muhammad Bobur umrining so'nggi davridagi murakkab hayot yo'lini, ruhiy kechinmalarini aniq tasvirlashida yaqqol ko'zga tashlanadi. Sruningdek, yozuvchi mazkur qissani yozishda o'z oldiga ulug' o'zbek shoiri, davlat arbobi, olim va mutafakkir siymosini chizishdek mas'uliyatli vazifani ham qo'yadi.

Yozuvchi Primqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" tarixiy romani ham shu mavzuga bag'ishlangan bo'lib, unda bosh qahramon hayoti bilan bog'liq Movarounnaxr va Xurosonda XV asr oxiri va XVI asr boshlarida sodir bo'lgan qator tarixiy voqealar xronologik tartibda ko'rsatiladi. Bunday voqealar rivoji Boburning murakkab hayoti va ijod yo'lini ko'rsatish bilan chambarchas bog'liqdir. Romanning imkoniyat doirasi ancha kengligi sababli unda Boburning taxtga o'tirgan davridan, to umrining oxirigacha bo'lgan davr bosqichma-bosqich tasvirlanadi. Romanda Boburning shaxsiy kechinmalari, insoniy ezgu niyatlari va siyosiy qarashlari o'zining chuqur ifodasini topadi. X. Sultonov esa qissa janrining imkoniyatlaridan kelib chiqib, "Saodat sohili"ga Bobur umrining so'ngi 6 oyini asos qilib oladi. Roman ham, qissa ham Boburning o'limi voqeasi bilan yakun topadi. Har ikkala asarda ham o'xshash tarixiy faktlar anchagina. Biroq ularning badiiy talqini turlicha. Boburning keyingi paytda betob bo'lib qolishi, uni YUsufiy ismli tabib davolaganligi va Bobur qalbida kechgan ruhiy jarayonlar ikki asarda ham o'zining yaxshi ifodasini topgan. Har ikkala asarda ham Bobur olim sifatida qiyofasi, murakkab xarakteri tasviri ilm ahllari bilan munosabati orqali, chunonchi: "Yulduzli tunlar"da Bobur va Xondamir, "Saodat sohillari"da Bobur va Hofiz Ko'ykiy o'rtasida bo'lib o'tgan suhbatlarda o'z aksini topadi. Romanda ham, qissada ham tasvirlanishicha, Bobur olimlar bilan bo'lgan munozaralarda o'z qalbidagi muammolarning echimini topganday bo'ladi. SHu sababdan ularga izzat ikrom ko'rsatadi. Qissada ruhiyat tahlili romandagiga nisbatan ancha ustun ekanligini ko'ramiz. Qissada adib qahramonning insoniy siymosini, ona yurt hajrida chekkan iztiroblarini badiiy lavhalarda yanada ishonchli va haqqoniy yoritib beradi. Muallif asarda murakkab muhit va chigal vaziyatdagi qahramonning ruhiy holatini, uni bunday ishlarga boshlagan omillarni, eng muhim, Bobur ruhiyatidagi ziddiyatli holatlarni ancha chuqur va ta'sirchan bayon etadi. Dastlab asar fazilatlari haqida adabiyotshunos Sanjar Sodiq kuyidagi mulohazalarni bildirgan edi: "X.Sultonov deyarli butun ijodida, xususan, "Saodat sohili" asarida Boboqul degan kimsaning bir vaqtlar Bobur bilan o'z yurtidan ketganligi, endi esa o'zga o'lka

https://tma.uz/

December 16 Republican Scientific and Practical Conference

285

bozorlaridan jinni bo'lib, qo'shiq aytib yurganligi ko'rsatilgan. Uni qidirib safarga chiqqan Binokul ismli o'g'li esa yo'lda halok bo'ladi. bu voqeaga xech bir izoh berilmaydi. Obrazli ko'rsatilgan mazkur voqea ustida jiddiy o'ylab ko'rilgandagina, kitobxon uning vositasida Boburning o'z yurtidan ketishi faqat o'zi uchungina emas, balki boshqa ko'plab kishilar uchun ham dahshatli qismat bo'lganligini anglab etadi. X.Sultonov katta iste'dod sohibi ekanligidan dalolat beradiga bunday obrazli tasvir, afsuski, hozir yaratilayotgan ko'p asarlarimizda etishmayapti".

Yozuvchi Bobur obrazini unga zamondosh tarixiy shaxslar va badiiy to'qimaning mahsuli bo'lgan obrazlar bilan chambarchas bog'langan holda aks ettiradi. Shu bilan birga, yozuvchi obrazlar harakat qilayotgan XVI asarning muhiti, ruhi va ijtimoiy hayot yo'nalishini ham haqqoniy lavhalarda yoritdi. Qissadagi obrazlarning hammasi o'z zamonasidagi tarixiy sharpoitga uzviy bog'liq va singib ketgandek, ularni o'z muhitida uzib olib bo'lmaydi. Qissa o'z davrining mashhur allomasi Hofiz Ko'ykiy va yosh olim Binoqulning Himndistonga, Bobur saroyiga safari bilan boshlanadi. Yo'lda yosh olim halok bo'ladi. Ko'ykiy ko'p mashaqqatlar bilan Bobur huzuriga etib keladi. Dastlab shubha bilan kutib olingan Ko'ykining maqsadlarini bilgach, Boburning ko'ngli yorishib ketadi. Unga saroydagi ilm hazinalarining hamma eshiklarini ochib beradi.

Hofiz Ko'ykiy unga o'z qadrdon ona yurti timsoli bo'lib ko'rinadi. Inson qadr qimmatini, adabiyot va san'atni qadrlovchi shoh Ko'ykiyning ilm yo'lidagi izlanishlariga ko'mak beradi. Bobur uni tez-tez huzuriga chorlab, suxbat quradi. Va o'zining qalb yaralariga malham topgandek bo'ladi: "Bobur ilk uchrashuvdayoq musofir alloma (Ko'ykiy) siymosida ona yurtidan duoi salom keltirgan mehmonni emas, balki ulkan tafakkur sohibini ko'rdi, ahli donish bilan suhbatni har qanday vaqti chog'likdan afzal bilgani sababli, uni har oqshom huzuriga chorlab, do'stona izzat-ikrom va lutf karamlar ko'rsata boshladi"2

Tarixiy mavzuda yozilgan badiiy asarda voqea xodisalarga xolis baho berish, tarixiy shaxs obrazini kitobxonga ishonarli holatda, real hayot fonida ko'rsatish va tadqiq etib berish muhimdir. Bunday paytda tasvirdagi katta xizmati ruhiy tahlil bajaradi. Shu jihatdan "Saodat sohili" qissasida Bobur obrazini qay tarzda badiiy xarakter darajasiga o'sib chiqish jarayonini ko'zdan kechirish alohida e'tiborga loyiq. Chunki asarda shoirning so'nggi davrdagi hayot yo'li tasviri batafsil ko'rsatilgan, ruhiy kechinmalari ancha chuqur ochilgan.

2Х. Султонов. "Саодат сорили", 94-95 бетлар. https://tma.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

December 16

Bizga ma'lumki, Bobur Hindistonda to'rt yil hukmronlik qilgan. Bu davr mobaynida katta davlatni o'zi orttirgan obro' va qurol kuchi bilan saqlab qolgan. Adib asarda mana shu yillar davomida Bobur o'z yurtini qo'msab, iztirobda umr kechirganini, o'z taqdirining naqadar fojeali ahvolga tushganini anglab etishi, "o'zga yurtda shoh bo'lguncha, o'z yurtingda gado bo'lgil" degan maqolni eslab turish kabi holatlar orqali tasvirlab beradi. SHunday vaziyatda muallif o'z qahramonining xarakteridagi etakchi xususiyatlarni ba'zan uning nutqi orqali ochishga ham harakat qiladi.

Yozuvchi qahramonning ham dilini, ham tilini so'zlato olgan va bu orqali shoir qalbining ko'pchilikka noma'lum tomonlarini ochishga muvaffaq bo'lgan. Bunda, albatta, adib fantaziyasi alohida ahamiyat kasb etadi. Asarda bunday holatlar shunday jonli uyushtirilganki, natijada qahramon kitobxon ko'z o'ngida o'z qiyofasi, xarakteri bilan xuddi tirik odam sifatida gavdalanadi.

Qissada Bobur necha zamonlardan beri ota-bobolari va o'zining davrida obod bo'lgan ona yurtining endilikda dushmanlar va nopok kimsalar qo'lida ekanligidan qattiq qayg'uradi. Bu o'ylar unga bir daqiqa bo'lsa ham unga orom bermaydi. Mana shu o'rinda yozuvchi Hofiz Kuykiyning o'ylari, Bobur Mirzoning hasrat va qayg'ulari orqali Vatan, ona yurt haqidagi juda muhim muammoni o'rtaga qo'yadi: "Hofiz Ko'ykiy hindlar Boburga "Qalandar shoh"deya nom berganliklari dafatan angladi. - U yurtlar endi bizga harom...- Bobur qo'lidagi piyoladan paydar-pay boda sipqordi. - Olmaning sarxilini qurt ermish. Yurt buzg'unchi, badfe'l, boyqush shohlarga qoldi u viloyatlar. Alarning aqli boshidagi tojidan hargiz tashqari chiqmag'ay. Yo'qsa barining etini biri eb, yurtini g'animga berarmidi"3.

Qissa qahramon xarakterining yangi qirralari osha ko'rsatilgan ma'naviy olami obrazning tarixiyligini ta'minlay olgan. Personajning fikr-va mulohazalari, murakkab hayot yo'li, taqdiri, tevarak atrofdagi kishilar to'g'risidagi o'ylari mazkur asarda badiiy tasvirning asosini tashkil etadi.

Yozuvchi tasvir ob'ektining tashqi va ichki holatlarini, obraz ruhiy olamini atroflicha ifodalash yo'lidan borganligining, ularga chuqur ma'no bag'ishlab, tarixiy shaxs xarakteri va tarixiy haqiqatini jonli gavdalantirganligining guvohi bo'lamiz. Shuningdek, adib qissada Boburning ruboiylarini keltirish orqali ham uning ruhiy holatini chuqur ochib bera olgan.

X.Sultonov Bobur dunyoqarashining mohiyatini monolog, dialog, tavsif va boshqa tasviriy vositalar orqali ochishga intilib, uning

3Х. Султонов. "Саодат сорили", 94-95 беглар. https://tma.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

December 16

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science_

taraqqiyotidagi o'rni

'qqiyotida^

vatanparvarligini, insonparvarligini, boy ichki ma'naviy dunyosini atroflicha yoritishga muvaffaq bo'ladi.Bobur obrazining jonliligini ta'minlash maqsadida adib lirik chekinish tarzida asarga qahramonning xarakterini ochishga yaqindan yordam beruvchi o'z mulohazalari va baholarini ham tasvir jarayoniga kiritadi. Yozuvchi bunday usul yordamida Bobur xarakterining u yoki bu tomonini ochib berishga muvaffaq bo'ladi. Tasvirda uning, bir qator fazilatlari bilan birga, odamiylik xususiyatlari ham davr nuqtai nazaridan yoritib boriladi.

Qissadagi shoir Ko'ykiy ham real tarixiy shaxsdir. Uning asl ismi sharifi Sulton Muhammad Hofiz Toshkandiy bo'lib, XVI asrda yashab ijod etgan tarixchi, huquqshunos, tarjimon, olimdir. Ali Qushchining avlodidan. U bir qancha mamlakatda sayohatda bo'ladi. Hindistonga ikki marotaba borgan. Bir safar Bobur hayotligida bo'ladi. Mana shu tarixiy faktlar asarda o'zining badiiy ifodasini topgan.

Qissaning kitobxonni hayajonga soladigan, eng ta'sirchan lavhalari Kuykiy va Bobur o'rtasida bo'lib o'tgan suhbatlarda ko'rinadi. Hofiz Ko'ykiy o'zining eamtarligi, andishaliligi va bilimdonligi bilan shohni hayratda qoldiradi. Shu bois Bobur uni har doim suhbatga chorlab, suhbat asnosida qalbida paydo bo'lgan ko'plab chigalliklarga javob topganday bo'ladi. Bobur ruhiyatidagi uzoq vaqt davom etgan ichki kurashning echimi, Kuykiy tomon burilish psixologik jihatdan yaxshi asoslangan. Bobur suhbatlarining birida saodat sohilini topganini va u qaerdaligi haqidagi savolga shu vaqtgacha hech kimdan javob ololmaganini aytganda Ko'ykiy: "Saodat sohili Vatanda olampanoh"- deb yuboradi. Bu javobdan Boburning bitmas yarasiga tuz urilishini, hatto, bu qisqa javob uning o'lim bilan barobar ekanini kitobxon anglab etadi.

Mazkur qissada yana bir qancha personajlar ishtirok etadiki, ularning ham har biri o'ziga xos o'ringa egadir. Yozuvchi bular haqida quruq bayon qilib qolmay, balki ular o'rtasidagi umumiy mantiqiy bog'lanishni ham ta'minlaydi. Asarda obrazlarning tabiiy chiqishi, tarixiy sharoit tasviri, tarixiy shaxs obrazining badiiy talqini, davr tilining to'laqonli o'z aksini topishi, to'qima obrazlarning asar g'oyasiga singdirilishi kabi fazilatlar asarning badiiy qimmatini oshirgan.

Xulosa. Yuqorida nomi zikr etilib, bir oz tahlil etilgan va shu kabi tarixiy mavzudagi qissalarning ko'plab yaratilayotganligi ijobiy holdir. Chunki bugungi avlodni o'z o'tmishidan xabardor etish, ularda ajdodlarimizga bo'lgan faxr tuyg'usini uyg'otish va yurt mustaqilligini mustahkamlashning asosiy omillaridan biridir.

https://tma.uz/

Republican Scientific and Practical Conferenc«

December 16

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science

Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan taraqqiyotidagi o'rni

REFERENCES

1. X.Sultonov. "Bobuming tushlari". G'.G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti. Toshkent 1993 y.

2. N. Rahimjonov, Q. Ko'baev. "Tarixiy qissalar haqiqat izlaydi". Adolat nashriyoti. Toshkent 2005 y.

3. Sanjar Sodiq. Yoshlar qissachiligi haqida o'ylar // SHarq yulduzi. 1993 y. 12-son.

https://tma.uz/

December 16 Republican Scientific and Practical Conference

289

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.