AFSONALAR SEHRI T. Sabitova
CHDPI Gumanitar fanlar fakulteti Ozbek adabiyotshunosligi kafedrasi f.f.n.dots
ANNOTATSIYA
Inson paydo bo'libdiki, o'z orzu-umidlari, maqsadi yo'lida kurashib, aql-zakovatini ishga solib yashab kelgan. Biz insonning hayotidagi bu intilishlarni afsonalar yoki rivoyatlarda yaqqolroq ko'ramiz.
Kalit so'zlar: afsona, haqiqat, xalq og'zaki ijodi, hikoya, janr
THE MAGIC OF LEGENDS ABSTRACT
Man appeared to have lived by fighting for his dreams, his purpose, and using his intellect. We see these aspirations in human life more clearly in myths or legends.
Keywords: myth, truth, folklore, story, genre
Inson paydo bo'libdiki, o'z orzu-umidlari, maqsadi yo'lida kurashib, aql-zakovatini ishga solib yashab kelgan. Biz insonning hayotidagi bu intilishlarni afsonalar yoki rivoyatlarda yaqqolroq ko'ramiz.
O'zbek xalq og'zaki ijodi janrlari xilma-xildir. Eng qadimgi janrlardan afsonalar, rivoyatlar insoniyatning badiiy tafakkuri mahsuli sifatida yuzaga kelgan. Afsona -o'zbek xalq og'zaki ijodining eng qadimgi, an'anaviy va keng tarqalgan janrlaridan birr Hayotiy voqelikni xayoliy uydirmalar orqali bayon etadigan, biror ma'lumot haqida tinglovchiga xabar berish maqsadida hikoya qilinadigan og'zaki nasriy asarlar afsona deyiladi.
Bu janrga mansub asarlar fikriy, g'oyaviy ozuqani miflardan olgani uchun hayotning, insonning, osmon jismlarining paydo bo'lishi haqida ham hikoya qilish an'anasini saqlab qolgan. Extimol, shuning uchun ham afsonalarda diniy voqea-hodisalar tavsifi ko'proq uchraydi. Xalq og'zaki ijodining xos xususiyatlarida qayd etilgan shartlilik belgisi afsonalarga ham xosdir. Afsona aytuvchi shaxs o'z hikoyasi qaysi mavzu va qaysi yo'nalishda bo'lishidan qat'i nazar aks ettirilayotgan lavhaga tinglovchining to'liq ishonishini xohlagan. Aytilayotgan xabardagi ayrim aniq ma'lumotlar esa muhokama qilish ortiqcha ekanini tasdiqlagan.
Afsonalar og'zaki ijodimizdagi eng ommaviy janrlardan biridir. Ifodadagi soddalik, voqealar sonining cheklanganligi, an'anaviy qism (boshlama)ning, yakuniy qismning mavjud emasligi, aytuvchidan maxsus tayyorgarlik va mahoratning talab etilmasligi bu
janrdagi asarlar ijrosini osonlashtiradi. Hikoya qilish jarayonida alohida estetik ehtirosni inkor etadi. Shuning uchun afsonalarni istagan har bir millat vakili aytishi mumkii.
Afsonalar mazmunida eng qadimgi uydirma hodisalar, muayyan hudud nomini izohlovchi toponimik ma'lumotlar sharhlanadi. "Kuygan yor", "Ellik paysa", "Tuya cho'kdi", "Oshoba", "Qonqus" kabi namunalar ana shunday mavzularni o'zida aks ettiradi. Folklor ekspedisiyasi davomida deyarli har bir qishloq, buloq, tepalik suv manbalari haqida hayratomuz afsonalarni yozib olish imkoniyatiga ega bo'lganmiz. Ertaklardan farqli o'laroq ularda syujet tizimining barqarorligi kuzatilmaydi. Ularning mavzu yo'nalishini uchga bo'lib tahlil qilish mumkin:
1. Sof mifologik afsonalar.a
2. Tarixiy voqea-hodisalarni izohlovchi afsonalar.
3. Mahalliy hududlardagi geografik nomlar bilan bog'liq afsonalar.
Afsona professional ijrochilikka asoslanmaydi. Uni bilgan kishi o'zi istagan shaklda aytaveradi. Demak, afsona keng ommaviy ijro etiluvchi janrdir. Afsona sof axborot beruvchilik vazifasini bajaradi. U ko'pincha biror-bir voqeayuodisaga kishilarni ishontirish maqsadida aytiladi. Shuning uchun ko'pchilik afsonada bayon qilingan voqelikni haqiqat sifatida qabul qiladi. Aristotel afsonalarni «Haqiqatdan xabar beruvchi yolg'on hikoyalardir» deb ko'rsatadi.
Mifologik afsonalarda, asosan, yer va osmon xudolari, homiy kuchlar, pirlar, avliyolarning g'ayritabiiy ishlari, insonlarga ko'magi, mifologik pahlavonlar, yer yuzida odamning paydo bo'lishi haqida hikoya qilinadi. Ularning epizodlarida islomga qadar amal qilgan qadimgi dinlarga aloqador talqinlar uchraydi. Ibtidoiy insonlarning dunyoqarashi, tasavvur-tushunchalari, diniy e'tiqodlari namoyon bo'ladi.
Geneologik afsonalarda urug'-qabila, xalq va elatlarning kelib chiqishi va nomlanishi haqida hikoya qilinadi: «Laqay», «Do'rmon», «Qirg'iz» urug'larining kelib chiqishi haqidagi afsonalar shular jumlasiga kiradi.
Tarixiy voqea va tarixiy shaxslar haqidagi afsonalarlarda o'tmishda yashab o'tgan dono kishilarning sarguzashtlari, mo'jizakor ishlari, ajdodlarimizning buk faoliyati, shahar va qo'rg'onlarning barpo etilishi haqida hikoya qilinadi. Bunga Buxoro Arki, Xiva qal'asi, Minorai Kalon qurilishi haqidagi afsonalar misol bo'la oladi.
Kasb-hunarlar haqidagi afsonalarda u ykasb-hunarning kelib chiqishi, ularning piri haqida hikoya qilinadi. Aytaylik, bo'yoqchilik kasbining kelib chiqishi Hazrati Ayub, temirchilik kasbining kelib chiqishi Dovud payg'ambar nomi bilan bog'lab talqin qilingan afsonalar shu siraga kiradi.
Kichik hajmli, mazmunan sodda bayon va hikoyalar shaklida tashkil topgan afsonalar o'zbek xalq og'zaki ijodining eng qadimgi namunalaridan hisoblanadi. Afsonalar ijtimoiy hayot bilan bog'liq bo'lgan voqea va hodisalarni xayoliy shaklda hikoya qiladi. Ular insoniyatning tabiat va jamiyat haqida bilish va tushunishga bo'lgan intilishi jarayonida vujudga kelgan. Shuning uchun ham afsonalar ijtimoiy hayot va
madaniyat, dunyoqarash va ruhiy kechinmalar, urf-odat va tarixiy hodisalardan darak beradi.
Afsona forscha so'z bo'lib, fantastika, sehr-jodu hamda hayotiy uydirmalar asos bo'lgan nasriy hikoyalar demakdir. Bu xildagi hikoyalar Mahmud Koshg'ariyning «Devonu lug'otit turk» asarida caw so'zi orqali ifodalangan bo'lib, juda keng ma'noni bildiradi. Bu so'z devonda hikoya hamda qissa deb izohlangan.
Afsonalarni tematik jihatdan uch xil turga bo'lib o'rganish maqsadga muvofiq. Birinchisi - xayoliy voqea va xayoliy qahramonlar haqida hikoya qiluvchi afsonalar, ikkinchisi - tarixiy voqea va tarixiy shaxslar haqida hikoya qiluvchi afsonalar, uchinchisi jangnoma tipidagi afsonalar yoki qahramonlik afsonalari.
Xayoliy voqea va xayoliy qahramonlar haqida hikoya qiluvchi afsonalar ibtidoiy dunyoqarash, u yoki bu kuchni muqaddas bilib, unga sig'inish, e'tiqod qo'yish hamda sevgi-sadoqat kabi kechinmalar ta'sirida paydo bo'lgan «Devqal'a», «Shirin qiz», «Kalta minor», «Ilon buzgan» singari to'qima afsonalar mazkur turkumga oiddir. Bu afsonalar O'rta Osiyo xalqlari orasida keng tarqalgan. Ular insonlarning beqiyos kuchi va go'zalligini madh etadi. Bu afsonalar fantastik uydirmalar zaminida naql etilgan bo'lib, sujeti ko'proq xayoliy epizodlardan tashkil topadi va ma'lum bir tarixiy joylar, tepaliklar, qal'alar bilan bog'liq ravishda hikoya qilinadi. Qoraqum sahrosida «Yorbakir», «Shirvon», «Shmaxa», «Xalaf» nomi bilan mashhur bo'lgan qal'alarning xarobalari mavjud bo'lib, ular «Shohsanam va G'arib» afsonasi, «Devqal'a» esa, Sharqda mashhur bo'lgan «Farhod va Shirin» afsonasi bilan bog'lanadi.
O'rta Osiyo xalqlari miloddan oldingi VII VI asrlarda yaratgan skiflar to'g'risidagi afsonalar, «To'maris», «Shiroq» rivoyatlari qadimgi ota-bobolarimizning ijodiy mahsulidir.
Mazkur to'plamga tarixiy rivoyatlardan namunalar kiritildi. Xususan, «To'maris», «Shiroq» rivoyatlari Gerodotning kitobidan qaytadan tarjima qilindi, chunki mavjud bo'lgan tarjimalarda ba'zi lavhalar tushib qolgan edi.
O'zbek xalqining tarixida xalq ozodligi, vatan mustaqilligi uchun jonini ayamay kurashgan farzandlar ko'p. Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik kabi haqiqiy xalq farzandlarining nomlari o'tmishimiz sahifalariga oltin harflar bilan bitilgan. To'maris ham aynan shular qatoridan o'rin olgan tarixiy shaxs hisoblanadi. Uning mardligi, o'z va'dasiga vafodor ekanligi shu qadar mashhur bo'ldi va Yunon tarixchilari o'z asarlariga To'marisning mardligi haqida hikoya qilishini loyiq deb topdilar.
To'maris o'zining ishbilarmonligi, tadbirkorligi, mardligi mamlakat mustaqilligi uchun fidoyilarcha xizmat qilishi bilan hurmatga sazovardir.
Kirning asl maqsadini u juda tez fahmlay oldi. Agar Kirning maqsadi amalga oshsa, massagetlar qabilasi o'z erkidan judo bo'lishni anglab yetdi. Shuning uchun qarshisida turgan va tish-tirnog'i bilan qurollangan dushmanga bir necha dono maslahatlar berib, Kirni yovuz yo'ldan qaytarishga harakat qildi.
Rivoyatda Kirning bosqinchiligi, g'alaba qozonish vo'lida har qanday pastkashliklardan qaytmasligi aniq ifodalangan. Bu bilan yurtimizning mustaqilligiga tajovuz qilgan har bir bosqinchilarning riokorligi, xiyonatkorligi, pastkashligi o'z ifodasini topgan.
Rivoyat bilan tanishgan kitobxonning e'tiborini Sparangizning taqdiri alohida o'ziga jalb etadi.
Sparangiz To'marisning tarbiyasini ko'rgan yigit. U jang olib borish sirlarini yaxshi biladi. Tabiatan mardligi, jasurligi bilan mehrimizni qozonadi. Ammo yoshligi, hayot tajribasiga ega emasligi unga pand berdi. Ayni paytda Sparangiz nihoyatda oriyatli inson bo'lgani uchun yo'l qo'ygan xatosini tan oldi va o'ziga o'zi jazo berishni ma'qul topdi. Bo'lg'usi avlodlar uni qo'rqoqlikda ayblamasliklarini istadi.
O'zbek xalqining asl farzandlari ana shunday tarbiya ko'rgan insonlardir.
«To'maris» rivoyati bizga avlod-ajdodlarimiz o'z mustaqilliklarini qanchalar e'zozlaganliklari haqida ma'lumot beradi.
Bu rivoyat asosida doston yaratilganligi ma'lum: juda ko'p dostonlarni yoddan kuylagan baxshi shoir Ergash Jumanbulbul o'g'li momosi Tilla kampirdan eshitgan «Oysuluv» dostonining mazmunini aytib bergan.
«Shiroq» rivoyati ham «To'maris» kabi o'rta Osiyo xalqlarining chet el bosqinchilariga qarshi olib borgan qahramonona kurashlari zaminida yaratilgan bo'lib bizgacha Polieyning «Harbiy hiylalar» manbasi orqali yetib kelgan. Ahamoniylar sulolasiga mansub Eron shohlaridan Doro I (Eramizdan avvalgi 521- 486 y.) ning o'rta Osiyoga tajovuzkorlik bilan qilgan hujumi va unga qarshi turk urug'iga mansub bo'lgan Sak qabilalari kurash olib borishlari asarning mazmunini belgilaydi.
Rivoyatda tasvirlangan Shiroq timsoli favqulodda shiddatli va yorqin qiyofaga ega. Shiroq ko'pchilik manfaatini o'zining manfaatidan yuqori qo'yadi. U qabiladoshlari tinchligi va osoyishtaligi uchun o'z hayotidan kechadi va aniq, muqarrar ko'rinib turgan o'limga ongli ravishda boradi. O'limdan qaytmaslik shubhasiz, katta qahramonlikdir. O'zini qurbon qilish, o'z yurti, xalqi uchun jon berish nihoyatda buyuk jasorat va ulug'lik nishonasidir. Shiroq timsolida mana shunday ulug' insonlarga xos qahramonlik namoyon. Asarda kuylangan bosh qahramon Shiroq timsolining ajoyib porloq siymosi xalqning asl farzandlari xislatlarini o'zida mujassam etib, asrlar davomida xalq o'rtasida yashab bizgacha yetib keldi.
O'zbek yozuvchilaridan Mirkarim Osim «Shiroq» qissasini, Mirmuhsin esa «Shiroq» dostonini yaratdilar. Shunday qilib, qadim ajdodlarimizning qahramonona ishlari bugungi istiqlol farzandlari uchun ibrat timsoli bo'lib xizmat qilmoqda va ularni vatanni sevishga, ulug' ona yurt tuprog'ini hurmat qilib, uni ardoqlashga da'vat etmoqda.
Afsonalar miflar zaminida yuzaga kelgan, miflar esa olamni ilmiy bilimga intilishning mahsuli sifatida paydo bo'lgan-u, yangi odamlar tabiatda, samoda yuz berayotgan hodisalarning sabablarini bilishga intilgan. Ajdodlarimizning mifologik
tasavvurlari silsilasiga nazar solsak, ibtidoiy odam qadim zamonlardanoq olamning paydo bo'lishi, osmon va zaminning yaratilishi, oy, quyosh, yulduzlarning doimiy harakati xususida muayyan tasavvurlarga ega bo'lganlar va ko'plab afsonalar yaratganlar. Shuningdek, ajdodlarimiz turkiy qavmlar yaratgan afsonalarning ko'pchiligi diniy tasavvurlar bilan bog'liq. Islomdan oldingi zardushtiylik, moneylik, buddaviylik oqimlari ta'sirida paydo bo'lgan afsonalar bunga dalildir.
Afsonalar voqea-hodisalarni g'ayritabiiy tasvirlash bilan ertaklarga o'xshab ketadi, ammo sujetni barqaror shaklga ega emasligi va qisqaligi bilan ulardan ajralib turadi.
Afsona sof axborot tashuvchi epik janr hisoblanadi. Shuning uchun ham afsonalardan doimo tarixiylikni qidirishga asos yo'q. Eng muhimi afsonalar estetik vazifa bajaradi. Rivoyat afsonadan farq qilib ko'lami beqiyos va mazmunga boy voqealarni hayotiy fantaziya va badiiy uydirmalar vositasida aks ettiruvchi og'zaki ijod janrlaridan biridir. Rivoyatlarning aksariyati tarixiy shaxslar, ularning hayoti, geografik joylar tarixiga oid bo'lib, xabar berish va tasdiqlash vazifasini bajaradi. Rivoyatlarda aql va tadbir, ishq va vafo, yaxshilik va odamiylik kabi fazilatlar, zulm va zo'ravonlik, haqsizlik va vafosizlik kabi illatlarga qarshi qo'yiladi. Rivoyatlarda inson hayoti uchun muhim bo'lgan hodisalar hikoya qilinadi.
Rivoyatlar qisqa lavhalardan tashkil topgan, biron shaxs yoki joy bilan bog'liq hodisalarning muhim qirralarini qayd etish, ta'kidlash bilan cheklanadi. Masalan, Ibn Sino, Beruniy, Ulug'bek, Alisher Navoiyga oid rivoyatlarda bu buyuk zotlarning bitta qirrasi -donoligi, zukkoligi yoki adolatparvarligi yoki bo'lmasa jasorati hikoya qilinadi.
Umuman, afsona va rivoyatlar xalqimizning boy tafakkurini, atrofdagi voqea-hodisalarga loqayd bo'lmay, voqealarning sabablarini bilishga intilganini, buyuk zotlarni doimo ulug'laganlarini ko'rsatadi.
REFERENCES
1. Sobitova, T. (2020). Yoshlar manaviyatini yuksaltirishda xalq ogzaki ijodining orni. Tun ea aàaôuëm marnuMU, 5(5), 26.
2. Sobitova, T. (2020). " ORZIGUL" DOSTONIDAGI MA'NAVIY VA LAFZIY SAN'ATLAR. ILMIYAXBOROTNOMA, 60.
3. Madayev, O., & Sobitova, T. (2011). Xalq og 'zaki poetik ijodi. Toshkent: Sharq.
4. Sabitova, T. (2021). NAVOIY IJODIDA BADIIY SAN'ATLAR. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES, 2(4), 1074-1091.
5. Sabitova, T. (2021). ALISHER NAVOIY "XAMSA"SINING YARATILISHIDA BOSHQA XAMSANAVISLARNING ROLI. Academic Research in Educational Sciences, 2(1), 768-777.
6. Shayxislamov, N. (2021). JAHON LINGVISTIK EKSPERTOLOGIYASIDA TARKIBIY QISMLAR MASALASINING O 'RGANILISHI. Scientific progress, 2(5), 333-337.