Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Google Scholar indexed
Volume 3 | SB TSAU Conference | 2022 Theoretical and Practical Principles of Innovative Development of the Agricultural Sector in Uzbekistan
QISHLOQ XO'JALIK MAHSULOTLARINI SAQLASHNING XALQ
XO'JALIGIDAGI AHAMIYATI
Musaxon Norxo'ja o'g'li Yoqubov
Toshkent davlat agrar Universiteti Samarqand filiali assistenti
Jasur Nasirillo o'g'li Mahammadiyev
Toshkent davlat agrar Universiteti Samarqand filiali assistenti j [email protected]
Mustaqil Respublikamizda yildan-yilga sabzavot va mevalar etishtirish ortib bormoqda. Sabzavot va mevalarning sifati, bir tomondan, ularning tur i va naviga bog'liq bo'lsa, ikkinchi tomondan ularni terish va uzish muddatlari hamda ularni saralash, tovar holatiga keltirish, joylash, tashish, saqlash usullariga to'liq rioya qilib borishga ham bog'liqdir. Bu ishlar o'z vaqtida va a'lo bajarilganda mahsulotning sifati va ta'mi yanada ortadi.
Kalit so'zlari: mahsulot, agrologistika, omborlar, sovutgich, saqlash, qayta ishlash.
Growing of vegetables and fruits in our independent republic is increasing year by year. The quality of vegetables and fruits, on the one hand, depends on their type and variety, on the other hand, it also depends on the time of picking and picking, as well as the methods of sorting, placing, transporting, and storing them. . When these things are done on time and perfectly, the quality and taste of the product will increase.
Keywords: products, agrologistics, warehouses, refrigeration, storage, processing.
Mamlakatda yiliga 20 million tonna meva-sabzavot yetishtiriladi. Lekin ularni sanoat usulida qayta ishlash darajasi atigi 15 foiz bo'lib, shundan 7-8 foizi eksport qilinmoqda. Infratuzilma yetarli emasligi tufayli yig'ishtirish va saqlash jarayonida 30 foiz mahsulotlar yo'qotilmoqda.
Bu sohadagi imkoniyatlardan oqilona foydalanib, mahsulotlarni chuqur qayta ishlash kengaytirilsa, oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantirish va eksport hajmini oshirish mumkin.
Bugungi kunda mamlakatda 31 ta agrologistika markazi, 1 ming 500 ta sovutkich omborlar bor. Ularda jami yetishtiriladigan
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
KIRISH
October 5-6
Samarkand branch of Volume 3 | SB TSAU Conference | 2022 Tashkent State Agrarian University Theoretical and Practical Principles of Innovative Google Scholar indexed_Development of the Agricultural Sector in Uzbekistan
meva-sabzavotning 4,5 foizinigina saqlash mumkin. Bu juda kam, albatta.
Masalan, meva-sabzavotning 65 foizi, go'sht va sut mahsulotlarining 93-95 foizi dehqon xo'jaliklari va aholi tomorqalarida yetishtirilmoqda. Biroq, shu mahsulotlarni qayta ishlovchi korxonalar 50-60 foiz quvvatda faoliyat yuritmoqda. O'tgan yili meva-sabzavotning 19 foizi, go'sht va sut mahsulotlarining 16 foizigina sanoat darajasida qayta ishlangan, xolos.
Odatda uzum, qovun, tarvuz, qovoq va anorning urug'i tashlab yuboriladi. Xorijda bu urug'lar qayta ishlanib, tansiq mahsulotlar tayyorlanadi. Xususan, bir kilogramm tarvuz urug'i yog'i jahon bozorida 28 dollar, anor urug'iniki esa 350 dollar turadi. O'zbekistonda ham ushbu mahsulotlarni yig'ib olish va qayta ishlash yo'lga qo'yilsa, yiliga 250 million dollarlik eksportbop mahsulot ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi.
ASOSIY QISIM
Qaror bilan 2019-2022 yillarda umumiy qiymati 8 trln. 471 mlrd.so'm bo'lgan 243 ta loyihalar amalga oshirilishi va 9 544 ta yangi ish o'rinlari yaratilishi belgilangan. Bugungi kun xolatiga umumiy qiymati 459,3 mlrd.so'mlik 42 ta loyiha ishga tushirilib, 958 ta yangi ish o'rinlari yaratildi.
So'nggi uch yilda tashqi bozorga yo'naltirilayotgan qishloq xo'jaligi mahsulotlari hajmi uch baravarga oshdi. Mamlakatimiz dunyoning 22 davlatiga 180 turdan ortiq sarxil meva-sabzavot va ularni qayta ishlash asosida tayyorlangan mahsulotlarni eksport qilmoqda.
Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash korxonalarida olib borilayotgan ishlardan asosiy maqsad respublikamizda yetishtirilayotgan qishloq xo'jaligi mahsulotlarini o'z vaqtida yig'ib-tcrib, ncs-nobud qilmasdan saqlash, ularni qayta ishlab, aholi jon boshiga oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini rivojlangan davlatlar darajasiga olib chiqishga qaratilgan. Buning uchun vetakchi davlatlar texnologiya va texnikalari joriy etilgan, y a'ni uzluksiz ishlovchi avtomatlashtirilgan uskunalar bilan jihozlangan korxonalar barpo etilmoqda. Yangi korxona va sexlarni qurish bilan bir qatorda mavjud korxonalami Vangi texnologiyalar bilan rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda.
Qayta ishlash yoki konservalashning asosiy maqsadi keng manoda sabzavot va mevalarni sof holatda saqlashdan farqliroq tinch, ya ni jonsiz holatda saqlashni va ortiqcha, uzoq pazandalik ta sirisiz oziq-ovqatga foydalanishni kozda tutadi. Konservalash ayniqsa rezavor, danakli mevalar, mevalik va bargli sabzavotlarni qayta ishlash konserva olish katta ahamiyatga ega bolib, shu yol bilan aholini yil davomida uzluksiz vitamin va boshqa moddalarga boy maxsulot bilan taminlash imkonini yaratadi. Malumki, deyarli hamma sabzavot va mevalar tez buziluvchan maxsulotlariga kiradi, shuning uchun
October 5-6
486
Samarkand branch of Volume 3 | SB TSAU Conference | 2022 Tashkent State Agrarian University Theoretical and Practical Principles of Innovative Google Scholar indexed_Development of the Agricultural Sector in Uzbekistan
ularning oziq-ovqat qiymatini va organoleptik sifatlarini saqlash uchun yoki texnologik qayta ishlash usulini topish kerakki, tayyorlangan maxsulotni oddiy yoki ba zi bir qoshimcha sharoit yaratilgan omborlarda uzoq saqlash imkoniyatiga ega bolsin.
Maxsulotlarni sof holda saqlash va ularni konservalash - ikkalasi bir-birini toldiruvchi va bir muammoni, yani aholini yil boyi meva-sabzavot mahsuloti bilan taminlovchi usullar hisoblanadi.
Meva-sabzavotlarni qayta ishlash asosan agrosanoat korxonalarida keng kolamda amalga oshiriladi. Uncha katta bolmagan, orta va kichik korxonalar joylardagi sanoat va kooperatsiyalar tarkibida mavjuddir.
Xojaliklarning joylashishi va yonalishiga qarab ularda turli qayta ishlash korxonalari tashkil etilishi mumkin.
Meva-sabzavot ishlab chiqarishida konservalashning quyidagi usullari keng joriy etilmokda: quritish, tuzlash, sirkalash va jadal muzlatish keng tarqalgan va kelajakda rivojlanishi zarur bolgan sohalar - tuzlash manzillari, meva-sabzavot kampotlari ishlab chiqaradigan tsexlar, murabbo va djem, qandolatchilik tsexlari, muzlatish uskunalari, sabzavot va mevalarni qurituvchi tsexlar va konserva korxonalaridir.
Qayta ishlash va konservalash meva-sabzavotlardagi roy beradigan biokimyoviy jarayonlarni toxtatishga asoslangan bolib, maxsulotlardagi fitopatogen mikroflorani sondirish va maxsulotni tashqi muhitdan, ya ni havo va nurdan yoki yorug'likdan ajratish bilan erishiladi.
Konservalash usullari fizik, mikrobiologik va kimyoviylarga bolinadi. Konservalashning fizik usullariga quyidagilar kiradi:
1. Issiklik bilan sterilizatsiyalash - konservalashning asosiy ishlab chiqarish usuli hisoblanib, oz ichiga sirkalashni (marinovaniyani) yani sirka kislotasi qoshib sterilizatsiya qilishni oz ichiga oladi.
2. Qand, tuzlarning yuqori kontsentratsiyasi hisobiga, osmatik bosimning quritilishi, yani mikroorganizmlar xayotini toxtatish imkoniyatini yaratish.
3. Past salbiy haroratda jadal muzlatib sterilizatsiya qilish.
4. Nurlatib sterilizatsiya qilish ul tra binafsha, yuqori tolqinli, radioaktiv.
5. Turli mikroorganizmlardan tozalaydigan fil trlardan foydalanib sterilizatsiya qilish. Ulardan otkazilgan sharbatdagi mikroorganizmlarning sporlari holi bolinadi.
XULOSA
O'zbekiston sharoitida qishloq xo'jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlashga alohida e'tibor berib kelishgan. Mintaqamizda ob-havo yil va bir kecha-kunduzda o'zgaruvchan bo'lganligi sababli go'sht, yog', sut, baliq, tuxum kabi mahsulotlar issiqda tez ayniydi, juda qattiq sovuqda esa sabzavot va mevalar muzlab qoladi. O'zbekistonda qishloq xo'jalik
October 5-6
487
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Google Scholar indexed
Volume 3 | SB TSAU Conference | 2022 Theoretical and Practical Principles of Innovative Development of the Agricultural Sector in Uzbekistan
mahsulotlarini saqlash va qayta ishlashning eng qadimgi usullaridan ko'mib yoki ilib saqlash, qoqi olishda quritish kabilar keng qo'llanilgan. Mahsulot saqlashda sabzavot, don, meva, go'sht, qazi va tuxumni ko'mib, poliz mahsulotlarini osib saqlash, turli meva, qovun, pomildorilardan qoqi olish, uzum, rayxon, kashnich, jambil va qizil qalampirni quritishni amalda keng qo'llanilishi shular jumlasidandir.
REFERENCES
1. Мухаммадиев Жасур Насирилло угли. Абдусаломов Жавохир Тулкинович, Насимов Хасан Муродович Важность Микрокапсул Для Скрытия Вкусов И Запахов Веществ, CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MEDICAL AND NATURAL SCIENCES, ISSN: 2660-4159, 336-338.
2. Khalatov A.A., Byerley A., Min S.K., Vinsent R. Application of advanced techniques to study fluid flow and heat transfer within and downstream of a single dimple. Minsk: ITMO named after A.V. Lykov, 2004. 20 p.
3. Karimov K.A., Akhmedov A.Kh., Kushimov B.A., Yuldoshev B.Sh. Justification, development of a new technology and design for drying seeds of desert fodder plants. International Scientific Conference "Construction Mechanics, Hydraulics and Water Resources Engineering" (CONMECHYDRO - 2020) Held on April 23-25, 2020 in Tashkent , Uzbekistan.C.1-10.
4. Кушимов Б.А. Пути повышения энергоэффективности использования установок для сушки семян пустынных кормовых растений (на примере изеня). «Международная агроинженерия» Международный научный журнал №2. Г.Алмыты, КазНИИМЭСХ. 2014 С. 75-79
5. Сафаров Ж.Э. Разработка технологий для переработки клубней топинамбура и плодов шиповника с сохранением биологически активных веществ. Автореф. доктор. (DSc) дисс. Ташкент, 2016. 94 с.
6. Oripov R , Sulaymonov I. Umirzoqov li. Qishloq xo'jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi. Г.: O'qituvchi. 1991, 80-92 b.
October 5-6