Научная статья на тему 'QISHLOQ XO’JALIGI MAHSULOTLARIGA BO’LGAN TALAB BUGUNNING DOLZARB VAZIFALARIDAN BIRI SIFATIDA'

QISHLOQ XO’JALIGI MAHSULOTLARIGA BO’LGAN TALAB BUGUNNING DOLZARB VAZIFALARIDAN BIRI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Сельское хозяйство, лесное хозяйство, рыбное хозяйство»

CC BY
483
52
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Dehqonchilik / chorvachilik / bog’dorchilik / meva va sabzavot / eksport / qishloq xo’jaligi. / Agriculture / animal husbandry / horticulture / fruits and vegetables / exports / agriculture.

Аннотация научной статьи по сельскому хозяйству, лесному хозяйству, рыбному хозяйству, автор научной работы — Umida Sanjar Qizi Samadova

Maqolada qishloq xo’jaligi mahsulotlariga bo’lgan talab bugunning dolzarb vazifalaridan biri sifatida ekanligi hamda qishloq xo’jaligi mahsulotlari eksport salohiyatini oshirish masalasi yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DEMAND FOR AGRICULTURAL PRODUCTS AS ONE OF THE FOLLOWING TASKS TODAY

The issue of increasing the export potential of agricultural products is considered in the article.

Текст научной работы на тему «QISHLOQ XO’JALIGI MAHSULOTLARIGA BO’LGAN TALAB BUGUNNING DOLZARB VAZIFALARIDAN BIRI SIFATIDA»

QISHLOQ XO'JALIGI MAHSULOTLARIGA BO'LGAN TALAB BUGUNNING DOLZARB VAZIFALARIDAN BIRI SIFATIDA

Umida Sanjar qizi Samadova

Buxoro davlat universiteti Agronomiya va biotexnologiya fakulteti talabasi

ANNOTATSIYA

Maqolada qishloq xo'jaligi mahsulotlariga bo'lgan talab bugunning dolzarb vazifalaridan biri sifatida ekanligi hamda qishloq xo'jaligi mahsulotlari eksport salohiyatini oshirish masalasi yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: Dehqonchilik, chorvachilik,bog'dorchilik, meva va sabzavot, eksport, qishloq xo'jaligi.

DEMAND FOR AGRICULTURAL PRODUCTS AS ONE OF THE FOLLOWING TASKS TODAY

ABSTRACT

The issue of increasing the export potential of agricultural products is considered in the article.

Keywords: Agriculture, animal husbandry, horticulture, fruits and vegetables, exports, agriculture.

KIRISH

O'zbek xalqi azal-azaldan dehqonchilik, chorvachilik, bog'dorchilik bilan shug'ullanib kelishgan. Ayniqsa meva va sabzavotga bo'lgan ehtiyojning oshishi joylarda shu mahsulotlarni ko'proq yetishtirishga bo'lgan e'tiborni kuchaytirmoqda. Mamlakatda yiliga 20 million tonna meva-sabzavot yetishtiriladi. Lekin ularni sanoat usulida qayta ishlash darajasi atigi 15 foiz bo'lib, shundan 7-8 foizi eksport qilinmoqda. Infratuzilma yetarli emasligi tufayli yig'ishtirish va saqlash jarayonida 30 foiz mahsulotlar yo'qotilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 yanvardagi PQ-4575-sonli "O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo'ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2020 yilda amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qaroridan1 so'ng qishloq xo'jaligining barcha sohalarida mehnat unumdorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilashga e'tibor qaratilib respublikamizning barcha hududlarida qishloq xo'jaligi mahsulotlarini sifatli, to'liq ishlab chiqarib o'z vaqtida xalqimiz ehtiyoji uchun yetkazib berish ishlari amalga oshirilib kelinmoqda. Ayniqsa pandemiya

1 Sh.M.Mirziyoyev: "O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo'ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2020 yilda amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori.

sharoitida bozorlarni qishloq xo'jaligi mahsulotlari bilan o'z vaqtida ta'minlash bugunning dolzarb vazifasi bo'ldi. ASOSIY QISM

Qishloq xo'jaligi qo'shimcha imkoniyatlarga boy soha bo'lib, bobolarimiz fayzu barakasi, hayotimiz farovonligi ko'p jihatdan unga bog'liq. Yurtimiz zamini saxovatli. Shu bois keyingi yillarda agrar sohani tubdan isloh qilish va uni bozor talablariga moslashtirish ishlariga katta e'tibor qaratilmoqda. Bu sohadagi imkoniyatlardan oqilona foydalanib, mahsulotlarni chuqur qayta ishlash kengaytirilsa, oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantirish va eksport hajmini oshirish mumkin.

Davlat rahbari buning uchun, avvalo, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yig'ish, tashish, saqlash, qayta ishlash, qadoqlash, eksport qilish jarayonlarini qamrab oladigan zamonaviy agrologistika markazlarini ko'paytirish lozimligi va buning uchun quyigilarga e'tibor qaratish zarurligini ta'kidladi:

- qishloq xo'jaligi yerlaridan foydalanishni takomillashtirish;

- suvdan foydalanish samaradorligini oshirish;

- qishloq xo'jaligini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash hamda davlat xaridlari tizimini takomillashtirish;

- qishloq xo'jaligining eksport salohiyatini oshirish va qo'shilgan qiymatga ega mahsulotlar hajmini ko'paytirish;

- qishloq xo'jaligiga xizmat ko'rsatish sohasida raqobat muhitini shakllantirish;

- qishloq xo'jaligida axborot texnologiyalarini keng joriy qilish hamda qishloq xo'jaligi statistikasini to'liq raqamlashtirish orqali ma'lumotlar haqqoniyligini ta'minlash;

- kadrlar masalasini hal etish, ilm-fanni rivojlantirish.

Albatta, bundan ko'zlangan asosiy maqsad qishloq ahlining turmush sharoitini yanada yaxshilash, manfaatdorligini ta'minlash, oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan talabni qondirish, buning uchun esa ishlab chiqarishni yanada rivojlantirib, jahon andozalari talablariga javob bera oladigan yangi texnologiyalar bilan ta'minlangan korxonalarni barpo etish va mahsulot ishlab chiqarishni yo'lga qoyish, bozorlarni xaridorgir mahsulotlar bilan to'yintirishdan iboratdir. Qisqacha aytganda, qishloq xo'jaligida shu paytgacha amal qilib kelgan eskicha ish uslubidan butunlay vos kechib, shunchaki xom ashyo yetishtirish manbaiga aylanib qolgan sohani tubdan isloh etish. Chunki yangicha ishlash uslubiga o'tish payti, allaqachon yetib keldi. Buning uchun Shavkat Mirziyoyevning oziq-ovqat mahsulotlari narxini barqaror saqlash, bozorga doimiy yetkazib berish uchun keng infratuzilma yaratish to'g'risida bergan fikrlarini alohida ta'kidlash lozim. Mamlakatimizda 31 ta agrologistika markazi, 1 ming 500 ta sovutkich omborlar bor. Ularda jami yetishtiriladigan meva-sabzavotning 4,5 foizinigina saqlash mumkin. Bu juda kam, albatta. Mahsulot yetishtirishga

e'tiborimizni qaratadigan bo'lsak, meva-sabzavotning 65 foizi, go'sht va sut mahsulotlarining 93-95 foizi dehqon xo'jaliklari va aholi tomorqalarida yetishtirilmoqda. Biroq, shu mahsulotlarni qayta ishlovchi korxonalar 50-60 foiz quvvatda faoliyat yuritmoqda. O'tgan yili meva-sabzavotning 19 foizi, go'sht va sut mahsulotlarining 16 foizigina sanoat darajasida qayta ishlangan, xolos. Bugun jonajon O'zbekistonimizning 30 yilligi kehg nishonlanib kelmoqda. Shu munosabat bilan jamiyatimizda tinchlik va barqarorlik, fuqarolar va millatlararo hamjihatlik muhiti mustahkamlanib borilmoqda. Yangi O'zbekistonni barpo etish maqsadida keng ko'lamli islohotlar, hayotimizning barcha jabhalarini erkinlashtirish, iqtisodiyot va uning tarmoqlarini, xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish borasida katta o'zgarishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini har tomonlama qo'llab-quvvatlash, kambag'allikni qisqartirish, yangi ish o'rinlari va daromad manbalarini yaratishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Xususan Ye.N.Mixeyeva va M.V.Seroshtan "Управление качеством" nomli manbasida mahsulotlarni iste'molchilarga yetkazib berishdagi sifat zamonaviy menejmentining o'rni to'g'risida to'xtalib, maxsulotlar sifatini boshqarish shakllari va ularning evolyutsion o'zgarib borishi to'g'risida qiziqarli ma'lumotlar beradi.Ushbu asarda aynan bugungi davr talabiga mos bo'lgan mahsulotlar sifatini oshirish, yig'ib olish, saqlash va savdo jarayonlaridagi mahsulotlarga qo'yiladigan talablar doirasida sertifikatsiyalash masalalari o'rin olgan bo'lib, bizga muhim manba sifatida xizmat qiladi. XULOSA

So'nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlarimiz natijasida, ayniqsa, 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini hayotga joriy etish asosida mamlakatimizning siyosiy, huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy hayotini tubdan yangilash, "Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari" g'oyasini real voqelikka aylantirish borasida salmoqli yutuqlar qo'lga kiritilmoqda va bular quyidagilar o'z aksini topmoqda:

- Qishloq xo'jaligida ekinlarni almashlab ekib, iqtisodiy samaradorligi oshib bormoqda;

- Yerlarning unimdorligi oshirilib, qishloq xo'jaligi mahsulotlariga bo'lgan talab qondirilmoqda;

- Qo'shma korxonalar tashkil etilib, yangi texnologiyalarni qishloq xo'jaligiga jalb etishning turli usullaridan foydalanilmoqda;

- Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va sotish tarmoqlari rivojlantirilmoqda;

- Klaster usulidan keng foydalanish yo'lga qo'yilmoqda;

- Raqamli iqtisodiyotni joriy etish yo'lga qo'yilmoqda;

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh.M. "O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo'ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2020 yilda amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori.

2. Михеева Е.Н, Сероштан М.В. „Управление качеством" 2012 г.-http://nashol.com/2015051184599/upravlenie-kachestvom-miheeva-e-n-seroshtan-m-v-2012.html

3. Шерматов О. А., Имомов Р. Д., Эргашев А. А. ISSUES OF INCREASING ECONOMIC EFFICIENCY IN THE FRUIT VEGETABLE SYSTEM //Life Sciences and Agriculture. - 2021. - №. 1. - С. 1-5.

4. http://www.tesso-agro.ru/news01/html

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.