PPSUTLSC-2024
PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY
tashkent, o-8 MAv 2004 www.in~academy.uz
QISHLOQ XO'JALIGINI RESURSLARIDAN SAMARALI FOYDALANISHDA XORIJIY TAJRIBALAR
Shixiyev Raxim Muxammetovich
Iqtisodiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori(PhD), Qoraqalpoq davlat universiteti, [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.13382884 Annotatsiya: Ushbu maqolada qishloq xo'jaligi resurslarni samarali foydalanishda axborot texnologiyalaridan foydalangan holda sohada mahsulot yetishtirish jarayonlarini optimallashtirish, tavakkalchilik darajalarini kamaytirish, samaradorlikni oshirish bo'yicha xoriiyj tajribalarni o'rganilgan.
Kalit so'zlar:qishloq xo'jalik, axborot texnologiyalar, resurslar, dehqon xo'jaligi, fermer xo'jaligi, innovatsion texnologiya
KIRISH.
Jahon aholisi sonining oshishi hamda buning asosida resurslar tanqisligining keskinlashuvi sharoitida resurslardan samarali foydalanish bo'yicha qaror qabul qilish jarayonlarida optimal yo'nalishlarni tanlash tobora dolzarb muammoga aylanib bormoqda. Xususan, "aholining birlamchi ehtiyojlarini qondirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, qishloq xo'jaligini rivojlantirish, umumiy farovonlikni oshirish, 2050 yilga borib 9,7 milliard aholini to'ydirish loyihasini samarali amalga oshirish o'z yechimini kutayotgan masalalardan biri hisoblanadi" . Shu sababli bugungi kunda qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish jarayonlariga zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish, axborot texnologiyalaridan foydalangan holda sohada mahsulot yetishtirish jarayonlarini optimallashtirish,
tavakkalchilik darajalarini kamaytirish, samaradorlikni oshirishning ilmiy asoslarini ishlab chiqishi alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Qishloq xo'jaligini rivojlantirish va sohaga innovatsion texnologiyalarni joriy qilishda rivojlangan davlatlar tajribalaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, resurslar tanqisligi oshayotgan, shu bilan birga sohada etishtirilgan mahsulotga talab ham o'sib borayotgan bir davrda samaradorlikni oshirish, mahsulotlarning resurs sig'imini innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda kamaytirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli, tadqiqot ishining mazkur bo'limida rivojlangan davlatlarda qishloq xo'jaligida barqarorlikni saqlash, sohani rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilayotgan chora tadbirlarni qarab chiqildi.
Yangi O'zbekistonni barpo etish jarayonida qishloq xo'jaligini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash ko'lamini kengaytirish va sug'urtalashning yangi mexanizmlarini amalga oshirish, ilm-fan va innovatsiyaga asoslangan agroxizmatlar ko'rsatishni
yo'lga qo'yish, jumladan, xalqaro ilmiy markazlar va oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda Xalqaro qishloq xo'jaligi universitetini tashkil etgan holda ilmfan va amaliyot integratsiyasini chuqurlashtirish masalalari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Yangi O'zbekistonning 2022-2026 yillarga mo'ljallangan taraqqiyot strategiyasidagi maqsadlardan biri sifatida "qishloq xo'jaligini ilmiy asosda intensiv rivojlantirish orqali dehqon va fermerlar xo'jaliklar daromadini kamida 2 baravar oshirish, qishloq xo'jaligining yillik o'sishini kamida 5 foizga yetkazish" belgilangan. Keltirib o'tilgan maqsaddan kelib chiqqan holda belgilab berilgan vazifalarni samarali yechimiga erishishda sohada qaror qabul qilish jarayonlariga aqlli texnologiyalarni tatbiq qilish, jabhada omillardan foydalanishning optimal hajmini aniqlash, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirishni matematik va ekonometrik modellashtirishda axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanishni keng targ'ib qilish va soddalashtirish masalalari bo'yicha olib borilayotgan ilmiy izlanishlarni yanada kengaytirish maqsadga muvofiq.
TAHLIL VA NATIJALAR
Jahon qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirishda salmoqli hissaga ega bo'lgan Amerika Qo'shma Shtatlarida sohani rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash bo'yicha keyingi yillarda amalga oshirilgan chora-tadbirlar qarab chiqildi. AQSHda qishloq xo'jaligini rivojlantirish va uni qo'llab-quvvatlash masalalari Qo'shma Shtatlar qishloq xo'jaligi departamenti tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur departament sohani rivojlantirish bo'yicha strategik dasturlar ishlab chiqadi va ularni amaliyotga tadbiq qiladi. Departament 2018-2022 yillarda qishloq xo'jaligini Strategik rivojlantirish rejasini ishlab chiqqan bo'lib, ushbu hujjat
"¿J PPSUTLSC-2024
. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE 55 USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of
I Li I ™e^centur*
TASHKENT, 6-8 MAY 2004
keyingi yillarda taraqqiyotning asosiy manbai vazifasini bajargan.
Qo'shma shatatlar qishloq xo'jaligi departamentini (QShQXD) federal hukumatdagi eng samarali va mijozlarga yo'naltirilgan bo'limga aylantirish maqsadida qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 20182022 yillar uchun ettita strategik maqsadni belgilab oldi. Ushbu strategik maqsadlarda sohani rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari va strategiyalari hamda maqsadlari belgilab berilgan (1-rasmga qarang).
AQShda qishloq xo'jalgini rivojlantirishning asosiy yo'nalishlarini ko'rsatadi va ularga ko'ra qishloq xo'jaligini rivojlantirish uchun qishloq joylarini o'zini rivojlantirish, sohada mavjud resurslardan foydalanishning imliy asoslangan va samarali yo'nalishlarini aniqlash, ishlab chiqarilgan mahsulotni iste'molchiga yetkazib berishgacha bo'lgan jarayonlarni rivojlantirish masalalari qamrab olingan. Ikkinchi strategik maqsadning to'liq nomlanishi quyidagicha. Amerika qishloq xo'jalik ishlab chiqaruvchilarining dunyoni oziqlantirish va kiyintirish orqali rivojlanish qobiliyatini maksimal darajaga oshirish deb belgilangan. Bundan ko'rinadiki bu yerda nafaqat ichki talabni qondirishi, balki butun dunyo bozorida o'z o'rniga ega bo'lish maqsadi belgilab olingan.
Uchinchi strategik maqsad bevosita ikkinchisini to'ldiradi, ya'ni unda AQSH qishloq xo'jalik mahsulot ishlab chiqaruvchi va eksportyorlarni qo'llab-quvvatlash masalasi va bunga erishish uchun qilinishi zarur bo'lgan vazifalar belgilangan. To'rtinchi strategik maqsadda qishloq faravonligi va iqtisodiy rivojlanishiga ko'maklashish masalasi qo'yilgan bo'lib, bunda qishloqlarda infratuzilmani rivojlantirish hamda ishchi kuchini saqlab qolish, kapitaldan foydalanish samaradorligini oshirish vazifalari belgilangan.
Qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishda Xitoy dunyoda birinchi o'rinda turadi va 2020 yilda mamlakatda 1126,74 milliard dollar miqdoridagi qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtirilgan . Xitoy davlati qishloq xo'jaligi sohasini rivojlantirish bo'yicha ko'plab islohotlarni amalga oshirgan holda keltirib o'tilgan natijaga ega bo'lgan. Uning keyingi 40 yillikda qishloq xo'jaligini rivojlantirish bo'yicha amalga
www.in-academy.uz
oshirgan islohotlarini qo'rib chiqamiz. Qator tadqiqotlarda mamlakatda qishloq xo'jaligini rivojlantirishning asosiy omillari hamda islohotlar natijalariga e'tibor qaratib o'tilgan. Ushbu yo'nalishda amalga oshirilgan tadqiqotlar natijalarini umumlashtiradigan bo'lsak qishloqdagi institutsional innovatsiyalar, texnologik o'zgarishlar, bozor islohotlari hamda savdoni erkinlashtirilishi hamda sohaga investitsiyalarni jalb qilish mamlakatda qishloq xo'jaligini rivojlantirishning asosiy manbalari ekanligini kuzatish mumkin.
Mamlakatda qishloq xo'jaligidagi islohotlarning dastlabki ko'rinishi 1978-1984 yillarda amalga oshirildi, ya'ni uy xo'jaligi mas'uliyati tizimi UXMT (household responsibility system (HRS)) nomi bilan yerlar uy xo'jaliklariga undagi a'zolar va ishchi kuchi sonidan kelib chiqqan holda shartnoma asosida berildi. Bunda yerga egalik qilish jamoa ixtiyorida qolgan bo'lsada, nazorat qilish va daromad olish huquqi jismoniy shaxslarga berildi. Dastlab yer shartnomasi muddati 15 yil qilib belgilandi. Birinchi muddat 1990 yillarning oxirida tugadi va ikkinchi muddat boshlandi va 30 yilga uzaytirildi. Bugungi kunda hukumat ikkinchi shartnoma muddati tugagandan keyngi bosqichni qanday tashkil qilish masalasini yechishga harakat qilmoqda.
Yevropa mamlakatlari ichida Angliyaning qishloq xo'jaligi o'ziga xos bo'lib, boshqa mamlakatlarga nisbatan ajralib turadi. Bundan tashqari ushbu mamlakatlarda bozor qonunlari boshqalarga nisbatan yuqori darajada amal qiladi. Shu sababli keyingi davrda qishloq xo'jaligini rivojlantirish rejasida keltirilgan maqsad va yo'nalishlarni ko'rib chiqamiz.
Unga ko'ra 2021 -yil 1-yanvardan boshlab o'tish davri boshlanishi belgilangan bo'lib, 2021-2027-yillarda qishloq xo'jaligini qo'llab-quvvatlash bo'yicha maqsadsiz bo'lgan to'g'ridan-to'g'ri to'lovlarni kamaytirib borish va to'xtatish masalasi qo'yilgan. Qishloq xo'jaligini qo'llab-quvvatlashni kamaytirish evaziga shakllangan mablag'ni turli maqsadli yo'llar bilan sarflash masalasi qaralmoqda. Jumladan, fermerlarga atrof-muhitni yaxshilash, hayvonlar salomatligini va faravonligini yaxshilash hamda uglerod chiqindilarini kamaytirish uchun to'lashga o'tiladi
PPSUTLSC-2024
PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 21ST CENTURY
TASHKENT,0-8 MAY 2004 WW W. j tl"8 C8d 6fTIy . U Z
1-5
ö g
M -
XI O
t»
23
„(j o o
SPP
tn M
_ [—I
O a.
O-W
1-strategik maqsad:
QSHQXD dasturlarini yaxlitlik va mijozlaxga xizmat ko'rsatish asosida samarali amalga oshirish
_y'
2-strategik maqsad:
Qishloq xo'jalik ishlab chiqaruvchilari qobiliyatini maks ima llasht ir ish
4-strategjk maqsad qishloq faravonligi va iqtisodiy rivojlanishiga ko 'maklashish
5-stratgegik maqsad: texiio lo giy a va tadqiqotlar oiqali xususiy yerlarni boshqarishni kuchaytirish
6-strategik maqsad: milliy o'imoii tizimi yerlaridan unumli va barqaror foydalanish
7-strategik maqsad: aholiga xavfsiz va to'yimli oziq-ovqat ta'minotini yaratish
AT infratuzilmasi, obyektlari modernizatsiya qilish
Soliaga malakali xodimlarni jalb etish
Jarayonlami soddalashtirish. aralashuvni kamaytiiish
resurslarni boshqaiishin yaxshilash va investitslya samaradorligini oshirish
fermer xo'jaliklari uchun samarali moliyaviy xavfsiz tarmoqni ta'minlash
qishloq xo'jaligi tizimiiii qo'llab-quwatlash orqali _iqtisodiy o'sislmi ta'minlash_
sohani zararkimanda va kasalliklardan himoya qilish
xalqaro marketing imkoniyatlarini kengaytirish
qishloq xo'jalik mahsulotlari eksportidagi to'siqlarni bartaraf etish
rivojlanayotgan mamlakatlar savdo salohiyatini va talabni oshirish
qishloqda biznes va kapitaldan foydalanish imkoniyatlarmi oshirish
qishloqlarda mfratuzilmani rivojlantirish
ishchi kiichi ta'minotini yo'lga qo'yish
tabiatni muhofaza qilishning ilmiy asoslangan vositalarini takomillashtirish
Verlar hosildorliaini oshirishni rae'batlantirshi
qishloq xo'jaligida samarali landshaftlami yaratish
qishloq aholisi salomatligini ta'minlash
O'mion yong'iniari xavfini kamaytii ish
Oziq-ovqatdan kasallanishni oldini olish va aholi salomatligini muhofaza qilisli
yer va suv havzalarini samarali va barqaror bo'lishini ta'minlash
sog'lom ovqatlanish tanlovlarini qo'llab-quwatlash va _rag'batlantii ish_
kam daromadlilarni uchun xavfsiz va to'yimli oziq -ovqat bilan ta'minlash
1-rasm. 2018-2022 yillarda AQSHda qishloq xo'jaligini rivojlantirishning strategik maqsadlari
Yevropa ittifoqida qishloq xo'jaligi taraqqiy qilgan davlatlardan biri bu Germaniya hisoblanadi. Shu sababli ushbu davlatda qishloq xo'jaligi rivojlanishining keyingi davrlardagi o'zgarishlariga alohida e'tibor qaratib o'tildi. Germaniyada qishloq xo'jaligida turli omillar ta'sirida bir biridan farq qiluvchi fermer xo'jaliklarining keng doirasi mavjud. Ya'ni kichik fermer xo'jaliklari bo'lgan Germaniyaning janubi-g'arbiy qismi va yirik fermer xo'jaliklari ustunlik qiladigan sharq.
Mazkur tajriba qishloq xo'jaligi mahsuldorligi hamda yerlarni taqsimlashda adolatni ta'minlashga xizmat qildi va qashshoqlikni kamaytirishda yaxshi samara berdi. Tadqiqotlar natijalariga ko'ra 1978-1984 yillarda qishloq xo'jalik mahsulotning umumiy o'sishi 30-50 foizni tashkil qilgan[1].
Bu kabi farqlarga qishloq xo'jaligi tuzilmasidagi o'zgarishlar ham qo'shiladi va qishloq xo'jaligida amalga oshirilayotgan chuqur va tez o'zgarish jarayonlarini ifodalaydi. Jumaladan, sharqiy shtatlarda
PPSUTLSC-2024
PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY
TASHKENT, 0-8 MAY 2004 WW W. ¡П "Э СЭС^ГПу . U Z
fermer xo'jaliklari soni barqaror bo'lsa, G'arbiy Germaniya shtatlarida esa bir necha o'n yillar davomida yiliga o'rtacha 2-3 foizgacha kamaymoqda. Ellik yil oldin sobiq G'arbiy Germaniyada 1,1 milliondan ortiq fermer xo'jaliklari faoliyat yuritgan bo'lsa, bugungi kunda barcha 16 shtatda - sobiq G'arbiy Germaniya va sobiq Sharqiy Germaniyada fermer xo'jaliklarining umumiy soni birgalikda 263,5 mingtaga kamaydi[2]. Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerning ulushi 1993-yildan beri million gektardan ortiq yoki uch foizga qisqargan[3]. Fermer xo'jaliklari hajmi bo'yicha katta farqlar mavjud bo'lsada, o'rtacha hajm barqaror va uzluksiz o'sib bormoqda, ya'ni keyingi dekadada 100 gektargacha bo'lgan fermer xo'jaliklari soni 40 mingtaga kamaydi, 100 gektardan ortiq fermer xo'jaliklari esa 33600 dan 38100 gacha ortagan[4]. Shuningdek chorvachilikning barqaror o'sishi kuzatilmoqda.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Aqlli texnologiyalaridan qishloq xo'jalik mahsulotlari yetishtirish jarayonlarini boshqarishda foydalanish, ko'plab muammolarni hal qilish, xususan ekologik ta'sirlarni kamaytirish va qo'shilgan qiymat zanjiri bo'ylab shaffoflikni oshirish, mahsulot sifatini oshirish orqali oziq-ovqat xavfsizligi va barqarorligini yaxshilash salohiyatini ta'minlaydi.
Xorijiy davlatlar tajribalaridan ma'lum bo'lishicha qishloq xo'jaligida resurslardan samarali foydalanish masalasini yechishda axborot texnologiyalaridan foydalanish eng samarali va optimal yechim sifatida maydonga chiqmoqda. Xususan, aqlli texnologiyalari imkoniyatlaridan qishloq xo'jaligida iqlim o'zgarishlari ta'sirlarini pasaytirish, tavakkalchilik darajasini pasaytirish, suv resurslari taqsimotini amalga oshirish, o'simliklarni yetishtirish jarayonida vujudga keladigan kasalliklarni o'rganish va bartaraf qilish yo'llarini ishlab chiqish, xavf haqida oldindan ogohlantirishda keng foydalanilmoqda
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
[1] Fan S. (1991), Effects of technological change and institutional reform on production growth in Chinese agriculture, American Journal of Agricultural Economics 73: 266-75. doi.org/10.2307/1242711.; Lin, J. (1992), Rural reforms and agricultural growth in China, American Economic Review82: 34-51.; Huang, J. and Rozelle, S. (1996), Technological change: The rediscovery of the engine of productivity growth in China's rice economy, Journal of Development Economics49: 337-69. doi.org/10.1016/0304-3878(95)00065-8.
[2] Destatis (2021): Landwirtschaft im Wandel -erste Ergebnisse der Landwirtschaftszählung 2020 (press conference statement), https://www.destatis.de/DE/Presse/Pressekonferenzen/2 021/LZ2020/statement-lz2020.pdf.
[3] 1993: 54.7%, 19,543,270 ha; 2019: 50,7%, 18 127 992 ha; Destatis (1994): Land- und Forstwirtschaft, Fischerei. Bodenfläche nach Art der tatsächlichen Nutzung, https://www.statistischebibliothek. de/mir/ servlets/MCRFileNodeServlet/DEHeft_derivate_00059 032/FS-3-5-1-1993.pdf; Destatis (2020):
Flächenerhebung nach Art der tatsächlichen Nutzung, https://www.destatis.de/DE/Themen/Branchen-Unternehmen/Landwirtschaft-Forstwirtschaft-Fischerei/ Flaechennutzung/ Publikationen/ Downloads-Flaechennutzung/ bodenflaechennutzung-20305101970
[4] Destatis (2021): Landwirtschaft im Wandel -erste Ergebnisse der Landwirtschaftszählung 2020 (press conference statement), https://www.destatis.de/DE/Presse/Pressekonferenzen/2 021/LZ2020/statement-lz2020.pdf.
[5] Shixiyev R.M. Qoraqalpog'iston Respublikasi qishloq xo'jaligida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning statistik ko'rsatkichlari tahlili // "Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning statistik tahlilini takomillashtirishning nazariy va uslubiy jihatlari" Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari to'plami Toshkent 27 may 2022 y. 124-127 b.
[6] Шихиев Р.М. Цифровая экономика в развитии сельского хозяйства // Экономика и предпринимательство. № 3 (140) 2022 г. Volume 16 Number 3. 323-326 с. https://www.elibrary.ru/contents.asp?id=48646071