Научная статья на тему 'Yurtimizda agrar sohaning tutgan o’rni va uni rivojlantirish'

Yurtimizda agrar sohaning tutgan o’rni va uni rivojlantirish Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
461
47
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
agrar soha / qishloq xo‘jaligi / chorvachilik / klaster / dehqon xo‘jaliklari / fitomeliorativ tadbirlar

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Madinabonu Otabek Qizi Madirimova

Ushbu maqolada yurtimizda agrar sohaning tutgan o‘rni uning bugungi kunga qadar rivojlanib kelish bosqichlari haqida ma’lumotlar berilgan. Shuningdek agrar sohani isloh qilish haqidagi qonunlar va ularning tahlili, xulosa va takliflar ham keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Yurtimizda agrar sohaning tutgan o’rni va uni rivojlantirish»

Yurtimizda agrar sohaning tutgan o'rni va uni rivojlantirish

Madinabonu Otabek qizi Madirimova Urganch davlat universiteti

Annotatsiya: Ushbu maqolada yurtimizda agrar sohaning tutgan o'rni uning bugungi kunga qadar rivojlanib kelish bosqichlari haqida ma'lumotlar berilgan. Shuningdek agrar sohani isloh qilish haqidagi qonunlar va ularning tahlili, xulosa va takliflar ham keltirilgan.

Kalit so'zlar: agrar soha, qishloq xo'jaligi, chorvachilik, klaster, dehqon xo'jaliklari, fitomeliorativ tadbirlar

The role of the agricultural sector in our country and its

development

Madinabonu Otabek kizi Madirimova Urganch State University

Abstract: This article provides information about the role of the agrarian sector in our country and the stages of its development until today. Laws on the reform of the agrarian sector and their analysis, conclusions and proposals are also presented.

Keywords: agrarian sector, agriculture, animal husbandry, cluster, farms, phytomelioration activities

Ma'lumki, O'zbekiston respublikasi aholisi soni yuqori sur'atlar bilan o'sib borishi, qishloq xo'jaligi yerlarining boshqa toifaga o'tkazilishi va global iqlim o'zgarishi ta'sirining keskinlashuvi oqibatida "oxirgi 15 yilda aholi jon boshiga to'g'ri keladigan sug'oriladigan yer maydonlari o'lchami 24 %ga (0,23 gektardan 0,16 gektargacha), qisqardi", bonitet bali 60 dan yuqori yerlarning maydoni 10,4%ga qisqarib ketgan bo'lsa, yer sifati bo'yicha o'rtacha va o'rtachadan past maydonlar 14,0%ga ko'paydi. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 24 martdagi PF-3226-sonli va 2007 yil 29 oktyabrdagi "Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmonlari va "2013-2017 yillar davomida sug'oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarori va 2019 yil 17 iyun PF-5742-son "Qishloq xo'jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to'g'risida"gi, 2019 yil 23 oktyabr PF-5853-son "O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga

mo'ljallangan strategiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi Farmonlari va 2020 yil 1-maydagi PQ-4700-son "Koronavirus pandemiyasi davrida oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, mavjud resurslardan oqilona foydalanish, qishloq xo'jaligini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorlari aynan agrar sohani, xususan, qishloq xo'jaligini rivojlantirishda muhim hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lgan huquqiy asoslari yaratildi.

O'zbekiston Respublikasining umumiy yer fondi 45 mln ga tashkil etib shundan 27.9 mln ga (jami yer fondining 62% zi) qishloq xo'jaligi uchun ajratilgan yer maydoniva 4.3 mln ga (jami yer fondining 9.5% zi) yer sug'oriladigan yerlardir. Sug'oriladiganyerlar butun yer fondini atigi 1/10 qismini tashkil etsaham, qishloq xo'jaligidayetishtiriladigan yalpi maxsulotining 90% shu sug'oriladigan yerlarda yetishtiriladi.

Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, uzoq vaqt mobaynida sifatini buzmagan xolda saqlash va aholini ular bilan bir tekis ta'minlash bugungi kundagi dolzarb masalalardan hisoblanadi. Bu masala juda katta ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga egadir. O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 2017-2021 yillarga mo'njallangan Harakatlar strategiyasida ham bu masalaning dolzarbligi alohida ta'kidlangan. Mamlakatimizda iqtisodiyot rivojining keyingi yillarida qishloq xo'jaligi mahsulotlarini etishtirishniko'paytirish bilan birgalikda ularni chuqur qayta ishlash va saqlash masalalariga e'tibor qaratilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 6 yanvardagi "2017-2018 yillarda meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlashni yanada chuqurlashtirish va ularni saqlash bo'yicha quvvatlarni barpo etishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-2716 sonli qarorida mamlakatimizda meva-sabzavotchilik tarmog'ini yanada rivojlantirish yo'nalishidagi masalalar ko'rib chiqilib, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlashni yanada chuqurlashtirish va ularni saqlash bo'yicha yangi quvvatlarni barpo etish hamda samaradorligini oshirish bo'yichachora-tadbirlar belgilandi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil, 6-yanvardagi "Meva-sabzavot, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzumni xarid qilish va ulardan foydalanish tizimini takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-2717 sonli qarorida mamlakatimizda meva-sabzavot, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzumni etishtirish yo'nalishi samaradorligini oshirish va ularni xarid qilish hamda foydalanish tizimini takomillashtirish bo'yicha chora-tadbirlar belgilangan. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining" O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi Farmonida qishloq xo'jaligi mahsulotlarini etishtirish, saqlash va chuqur qayta ishlash masalalariga katta e'tibor qaratiladi. Hozirgi vaqtda yurtimizda 51 foizdan ziyod aholi qishloq joylarda yashaydi. Biroq qishloq xo'jaligi mahsulotlarining mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 17 foizdan ortmasligini Prezidentimiz o'zlarining O'zbekiston Respublikasi

Oliy Majlisiga murojaatnomalarida ta'kidlab o'tdilar. Ushbu murojaatnomada mamlakatimizda agrar soha mahsulotlarini qayta ishlash xajmi 10 foizga ham etmasligi, xolbuki, rivojlangan mamlakatlarda bu ko'rsatkich 50 foizdan ortiqroqni tashkil etishi ko'rsatib o'tildi. Bu borada mamlakatimizda meva-sabzavot etishtirish va ularni saqlashga ahamiyat qaratish zarurligibelgilandi. Tabiat tomonidan berilgan ne'matlarni saqlash muhim ahamiyatga egadir va barcha mutaxassislarning vazifasidir. Qishloq xo'jaligini rivojlantirishning oldida turgan ushbu dolzarb masalaning echimi qishloq xo'jaligi mahsulotlari etishtirishni ko'paytirish bilan bir qatorda etishtirilgan hosilni saqlash va qayta ishlashni ham samarali tarzda rivojlantirishni talab etadi. Agroklasterlar huddi shu masala bilan shug'ullanadigan infratuzilmadir. Agroklaster -qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish, qayta ishlash va sotish jarayonlarini yagona bir zanjirga birlashtiruvchi, yuqori texnologik innovatsiyalardan foydalanish bilan bir qatorda, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini oshirish, qishloq hududlarida infratuzilma majmuini shakllantirish va rivojlantirish, aholi bandligi darajasi va daromadlarini oshirish hamda kelajakda qishloq xo'jaligi mahsulotlari sifati va ekologik muxitni yaxshilashda faoliyat yuritadigan xo'jalik yuritish sub'ektlaridan tarkib topishi mumkin. Agroklasterlar qishloq xo'jaligida mahsulotlar etishtirish, qayta ishlash va sotishni shunchaki qo'shib olib borishnigina nazarda tutmaydi. Agroklasterlar bu ishlarni amalga oshirishda mutlaqo yangi turdagi tizim bo'lib, ularda yuqori texnologik innovatsiyalardan foydalanish bilan bir qatorda qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshliligini oshirish hamda ushbu mahsulotlar etishtiriladigan va qayta ishlanadigan hududlarda ekologik muxitni yaxshilashga erishiladi. Agroklasterlarni joriy etish orqali qishloq xo'jaligi mahsulotlarini etishtirish, saqlash va qayta ishlash jarayonlarida ularning sifati buzilishining oldini olinadi. Qishloq xo'jaligida agroklasterlarni joriy etish orqali mahsulotlarni tashish vasaqlash jarayonlariga xizmat qiladigan infratuzilma tizimi shakllanadi. O'zbekiston iqtisodiyotining mustahkamligi ko'p jihatdan uning hududlarining jahon bozoridagi raqobatbardoshlik qobiliyatiga bog'liq, ularni ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishiga yangicha yondashishiga bog'liqdir. Hududlarning raqobatbardoshligining oshishi ko'pgina davlatlar uchun iqtisodiy ustuvorlik kasb etadi, shu jumladan mamlakatimizda ham hududlarning rivojlanishiga, ularning raqobatbardoshliligini orttirishga alohida ahamiyat berilmoqda.Vaholanki, O'zbekistonda qishloq xo'jaligi mahsulotlari etishtirishda milliy an'analarni zamonaviylashtirgan holda davom ettirish, hududlarning tabiiy-joylashuvi bo'yicha o'ziga xos raqobatbardosh va ichki hamda tashqi bozorda yuqori talabga ega bo'lgan mahsulotlar etishtirishga ixtisoslashuvi( paxta xomashyosi, Quva anori, Oltiariq trufi, Baxmal va Jomboy olmasi, Farg'ona vodiysidagi etishtiriladigan meva-sabzavotlarva h.), qishloq xo'jaligining turli mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi mulkdorlarning mavjudligi ( fermer va dehqon

xo'jaliklari), qishloq xo'jaligiga ishlab chiqarish vositalari etkazib beruvchi, mahsulotlar ishlab chiqaruvchilari va ularning mahsulotlarini qayta ishlovchi, sotuvchi va turli yo'nalishda xizmat ko'rsatuvchi korxonalar o'rtasidagi o'zaro integratsion jarayonlar, qishloq xo'jaligiga xizmat ko'rsatuvchi yuqori innovatsion darajaga ega bo'lgan korxonalar, tarmoq bilan bog'liq bo'lgan korxonalarning o'zaro hamkorlik va raqobatga tayyorligi, qishloq xo'jaligini tartibga solishning bozor tamoyillariga mos huquqiy-me'yoriy asoslarining shakllanganligi,xizmat ko'rsatuvchi keng qamrovli infratuzilma va yuqori malakali mutaxassislarning mavjudligi ushbu nomutanosibliklarni hal qilishda muhim omil hisoblanadi.

Bugungi kunda eksport qilingan meva-sabzavotlarimiz dunyoning turli burchaklarigacha yetib boryapti. Oxirgi yillarda mahsulotlarni MDH mamlakatlaridan tashqari yirik tashqi bozorlar: - Xitoy, Germaniya, Turkiya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Hindiston, Boltiqbo'yi davlatlariga eksport qilish yo'lga qo'yildi. Mamlakatimizda qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlashda mahsulot sifatining yaxshilanishi, qadoqlash jarayonlarida zamonaviy texnologiyalarning qo'llanilishi hisobiga dunyoda o'zbek mahsulotlari, ayniqsa, gilos, anor, qovun, quritilgan mevalar, yong'oq va uzumga bo'lgan talab ortib bormoqda. Hozirgi zamon talabiga mos qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish, ishlab chiqarish bilan shug'ullanadigan tadbirkorlarga qator imtiyozlar, imkoniyatlar, zarur shart-sharoitlar yaratilib, ayrim mahsulot turlari bojxona to'lovlaridan ozod qilinayotgani, zamonaviy issiqxonalar barpo etish uchun imtiyozli kreditlar ajratilayotgani yurtimiz eksport salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda. Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini samaradorligini oshirish, uni dunyo talablari darajasida tashkil qilishni ta'minlash bu sohaga fan va texnika yutuqlarini keng joriy etishni taqozo etadi. Buning uchun mutaxassis kadrlar turli shakldagi korxonalar faoliyatini tashkil etish, rejalashtirish va boshqarishning ilg 'or usullarini, iqtisodiy qonunlarning bozor iqtisodiyoti sharoitida amal qilish mexanizmlari, qishloq xo'jaligi soha korxonalarini eksport faoliyatiga keng jalb qilish, ularning mahsulotlarini xorijiy bozorlarga eksport qilish, eksport salohiyati hamda geografiyasini yanada kengaytirish va ushbu sohadagi eksportbop mahsulot ishlab chiqaruvchilarda yuzaga kelayotgan muammoli masalalarni tahlil qilish, chet el bozorlarida raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni ko'paytirishda ko'maklashish va sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni eksport qilish jarayonida vujudga kelayotgan muammolarni chuqur o'rgangan holda, ularni bartaraf etish bo'yicha takliflar ishlab chiqildi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktyabrdagi PF-5853-sonli —O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020 - 2030-

yillarga mo'ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2020-yilda amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risidal gi farmoni.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-maydagi PF-5995-sonli Qishloq xo'jaligi mahsulotlarining sifat va xavfsizlik ko'rsatkichlari xalqaro standartlarga muvofiqligini ta'minlashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risidal gi qarori.

3. Muminov Najmiddin Shamsiddinovich, Odinaev Mirzamad Isaevich, Abdirayimov Azizbek Ro'ziqul O'g'li, Rajabov Sardor Jumaboy O'g'li, (2021). Problems Of Quality Assurance And Export Potential Of Grapes. The American Journal of Agriculture and Biomedical Engineering, 3(06), 38-44.

4. Н.Муминов, М.Одинаев, А.Абдирайимов XapaKTep^raKa и оценка качества винограда 2021. 97-98

5. Islambayevna M. M. et al. XORAZM VILOYATI TABIIY GEOGRAFIK O'RNINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI (GEOGRAFIK O'RNINING QULAY VA NOQULAY TOMONLARI) HAQIDA //Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences. - 2022. - Т. 2. - №. 2. - С. 50-53.

6. Kuzibayevna K. D. et al. Drying of the Aral Sea and changes in the landscape of the Aral Sea region //Texas Journal of Multidisciplinary Studies. - 2022. - Т. 4. -С. 108-110.

7. Sobirov J. X. O., Komiljanova E. U. Q., Sharifboyeva H. I. Q. XORAZM VILOYATIDA AGRAR SOHANING EKSPORT SALOHIYATINI KENGAYTIRISHDA AYRIM NOAN'ANAVIY TARMOQLARDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI VA RIVOJI //Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. - 2022. - Т. 2. - №. 1. - С. 38-42.

8. Kuzibayevna K. D. et al. Drying of the Aral Sea and changes in the landscape of the Aral Sea region //Texas Journal of Multidisciplinary Studies. - 2022. - Т. 4. -С. 108-110.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.