Научная статья на тему 'QISHLOQ XO'JALIGIDA AMALGA OSHIRILGAN ASOSIY ISLOHOTLARNING CHORVACHILIK TARMOG'I RIVOJLANISHIGA TA'SIRINING ASOSIY XUSUSIYATLARI'

QISHLOQ XO'JALIGIDA AMALGA OSHIRILGAN ASOSIY ISLOHOTLARNING CHORVACHILIK TARMOG'I RIVOJLANISHIGA TA'SIRINING ASOSIY XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Социальная и экономическая география»

CC BY
668
50
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
qishloq xo’jaligi / chorvachilik / islohot / fermer xo’jaligi / dehqon xo’jaligi / yer resurslari / yem-xashak bazasi / yaylovlar.

Аннотация научной статьи по социальной и экономической географии, автор научной работы — Nurmatov N.E.

Maqolada O’zbekiston mustaqil bo’lgandan so’ng qishloq xo’jaligi sohasida amalga oshirilgan islohotlar va uning chorvachilik tarmog’i rivojlanishiga ta’siri, hududiy rivojlanish xususiyatlari hamda kelajakda tarmoq rivojlanishining ustuvor yo’nalishlari bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QISHLOQ XO'JALIGIDA AMALGA OSHIRILGAN ASOSIY ISLOHOTLARNING CHORVACHILIK TARMOG'I RIVOJLANISHIGA TA'SIRINING ASOSIY XUSUSIYATLARI»

Nurmatov N.E. Shahrisabz davlat pedagogika instituti Geografiya kafedrasi o'qituvchisi

QISHLOQ XO'JALIGIDA AMALGA OSHIRILGAN ASOSIY ISLOHOTLARNING CHORVACHILIK TARMOG'I RIVOJLANISHIGA TA'SIRINING ASOSIY XUSUSIYATLARI

Annotatsiya. Maqolada O'zbekiston mustaqil bo'lgandan so'ng qishloq xo'jaligi sohasida amalga oshirilgan islohotlar va uning chorvachilik tarmog'i rivojlanishiga ta 'siri, hududiy rivojlanish xususiyatlari hamda kelajakda tarmoq rivojlanishining ustuvor yo 'nalishlari bayon qilingan.

Kalit so'zlar: qishloq xo'jaligi, chorvachilik, islohot, fermer xo'jaligi, dehqon xo'jaligi, yer resurslari, yem-xashakbazasi, yaylovlar.

Nurmatov N.E. teacher

Department of Geography Shahrisabz State Pedagogical Institute

KEY CHARACTERISTICS OF THE IMPACT OF MAIN AGRICULTURAL REFORM ON THE DEVELOPMENT OF THE

LIVESTOCK NETWORK

Annotation. The article describes the reforms implemented in the agricultural sector after Uzbekistan gained independence, and their impact on the development of the livestock industry, features of regional development and priority directions for the development of the industry in the future.

Key words: agriculture, livestock breeding, reform, farming, farming, land resources, fodder supply, pastures.

Qishloq xo'jaligi hozirgi kunda jahon, milliy va mintaqaviy iqtisodiyot tarkibida yetakchi o'rinlarni egallaydi. Biroq uning rivojlanishi va ixtisoslashuvi turli mamlakatlarda turlicha kechadi. Rivojlanayotgan davlatlarda qishloq xo'jaligi, xususan, dehqonchilik ko'proq ekstensiv holatda bo'lsa, rivojlangan mamlakatlarda u intensiv ko'rinishga ega. Shunga mos tarzda agroiqtisodiyotning samaradorligi, mehnat unumdorligi ham geografik jihatdan farqlanadi. Ayni vaqtda, qishloq xo'jaligining asosiy xususiyatlari ushbu tarmoqning rivojlanish va joylanishini belgilab beradi.

O'zbekistonda mustaqillik yillarida qishloq xo'jaligida o'tkazilgan islohotlar jarayonini undagi ustuvor vazifalar, yo'nalishlar, amalga oshirilgan iqtisodiy tadbirlarning mohiyatiga ko'ra shartli ravishda besh bosqichga bo'lish mumkin.

Iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichi respublika mustaqilligining dastlabki yillaridan (1991 y.) boshlanib, 1997-yilgacha davom etdi. Bu bosqich mamlakatda qishloq xo'jaligini barqarorlashtirishni ta'minlash va rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o'tishning birlamchi asoslari yaratilganligi bilan tavsiflanadi. Mamlakatda g'alla mustaqilligiga erishish yo'li belgilandi, buning natijasida don ekinlari, birinchi navbatda, bug'doy ekin maydonlari keskin ko'padi. Bu bosqichda sobiq sovxozlar shirkat xo'jaliklariga aylana boshladi. 1991 yilda yirik qishloq xo'jaligi korxonalari a'zolari o'z ulushi va mol-mulki bilan ulardan chiqish huquqiga ega bo'lganligi sababli dastlabki fermer xo'jaliklari (asosan chorvachilik) paydo bo'la boshladi. Fermer xo'jaligining ushbu yangi shaklining huquqiy maqomi 1992-yil iyul oyida qabul qilingan "Dehqon xo'jaligi to'g'risida"gi qonunda mustahkamlab qo'yildi.Fermer xo'jaliklarini tashkil etish uchun yer uchastkalarini berish juda ko'plab kriteriyalarni( nomzodlarning moliyaviy imkoniyatlari, ularning qishloqda yashagan vaqti va qishloq xo'jaligidagi ish tajribasi, mavjud texnikalar soni, ma'lumotlilik darajasi va b.) hisobga olgan holda tanlov asosida amalga oshirildi. Jamoa xo'jaliklarini qayta qurish davrida fermer xo'jaliklarini tashkil etish uchun yerlar qayta tashkil etilgan xo'jaliklar yerlaridan ajratildi.

1997 yilning o'rtalariga kelib, bug'doy va paxtadan tashqari barcha turdagi qishloq xo'jaligi mahsulotlariga davlat buyurtmalari bekor qilindi. 1998 yilda Yer kodeksi qabul qilindi. Qishloq xo'jaligi yerlariga davlat mulki huquqini mustahkamladi, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo'lgan huquqlarini, yerdan oqilona va samarali foydalanish bo'yicha javobgarligini, egalik, foydalanish va ijara huquqining davlat kafolatlarini ta'minladi, uchastka, yerdan foydalanganlik uchun to'lovlar,yerni ijaraga berish tartibini belgilab berdi.

1998 yilda hukumat ishlab chiqaruvchilarning uchta toifasi mavjudligini rasman belgilab berdi va e'lon qildi: dehqon xo'jaliklari (tomorqadagi qishloq xo'jaligi mahsulotlariga asoslangan), shirkatlar (qishloq xo'jaligi korxonalari) va fermer xo'jaliklari, ularning har biri yer hajmi,yer uchastkasi va undan foydalanish shakllari, mehnat shartnomalari va ishlab chiqarish ixtisoslashuvi turi bo'yicha farqlanadi. Bu o'zgartirishlar 1998-yil 30-apreldagi "Qishloq xo'jaligi kooperativi (shirkat) to'g'risida", "Fermer xo'jaligi to'g'risida", "Dehqon xo'jaligi to'g'risida"gi qonunlarda mustahkamlab qo'yildi.

Kolxozlar o'z mehnatkashlari o'rtasida mulklarga xususiy mulk bo'lgan a'zolik ulushlarini chiqarish va taqsimlash hamda qishloq xo'jaligi ishlab chiqarish shartnomalarini bajarish uchun aktsiyadorlarga dalalar ajratish yo'li bilan shirkatga aylandi. Fermer xo'jaliklarining ta'rifî tubdan o'zgarib, ularga shirkatsiz mustaqil, ishlab chiqarish qarorlarini, shu jumladan, resurslar va mahsulotlarni taqsimlash imkoniyatini berdi.

Islohotlarning birinchi bosqichida sohani isloh qilishni aniq tadbirlar bo'yicha olib borilishiga qaramasdan rejali iqtisodiyot unsurlari saqlanib qoldi. Bunga sabab - qishloq xo'jaligida mahsulot ishlab chiqarishini moliyalashtirish o'zgarishsiz qolib, asosan markazlashgan tizim orqali olib borilishi, qishloq

xo'jaligi ekin turlarini joylashtirish va qishloq xo'jaligi mahsulotlarinarxini belgilashhamdaularni sotish markazlashgan tarzda olib borilishi, moddiy manfaatdorlik tizimining aytarli o'zgarmaganligidir.

Ikkinchi bosqich (1998-2002 yillar).Bu bosqich islohotlarning institutsional bazasini, qonunlar va qonunosti meyoriy hujjatlar tizimini shakllantirish hamda islohotlarni amalga oshirishning bosh maqsadini ta'minlovchi iqtisodiy mexanizm va qishloq xo'jaligidagi islohotlarning huquqiy asosini yaratish bilan tavsiflanadi.Zararli va kam daromadli shirkat xo'jaliklari fermer xo'jaliklariga aylantirish jarayoni boshlandi.Fermerlar yerlarni uzoq muddatli ijaraga ola boshladilar, biroq paxta va g'alla sotib olish uchun davlat buyurtmalari tizimi saqlanib qoldi, ya'ni fermerlar ajratilgan yerlarga qaysi ekin ekish, paxta yoki g'alla hosilini kimga sotishni mustaqil hal qila olmasdi.

Davlat qishloq xo'jaligi ishlab chiqaruvchilarini resurslar (o'g'itlar, yoqilg'i-moylash materiallari va boshqalar) bilan markazlashgan holda ta'minladi va qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetkazib berish rejalarining bajarilishini talab qildi. Dastlabki ikki bosqichda qarzlarni hisobdan chiqarish, soliqlardan ozod qilish, qishloq xo'jaligi korxonalari va umuman agrosanoat sektoriga moliyaviy yordam ko'rsatish kabi choralar faol qo'llanildi. Ikkinchi bosqichda birinchi navbatda yirik, samarasiz fermer xo'jaliklaridan kichik fermer xo'jaliklarini tashkil etish uchun yerlarni ijaraga berish va rasmiy tender savdolari orqali takliflar berish yo'li bilan o'tkazildi.

Bu bosqich nisbatan qisqa davrni o'z ichiga olsada, biroq ko'plab agroislohotlarga boy bo'ldi. Chunonchi, ushbu bosqichda respublika dehqon va fermer xo'jaliklari uyushmasi, dehqon va fermer xo'jaliklarini qo'llab-quvvatlash jamg'armasi tashkil etildi. Eng muhimi 1998-2000 yillarda qishloq xo'jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish Dasturining qabul qilinishi ham shu davrni qamrab oladi. Natijada, ushbu bosqichda qishloq xo'jaligida tashkil etilgan yangi mulkchilik shakllarining mahsulot yetishtirishdagi ahamiyati ortdi va bu davrda agrar soha mahsuloti 113,3 foizga o'sdi.

Uchinchi bosqich (2003-2007 yillar). 2003 yildan boshlab qishloq xo'jaligining yetakchi tarmoqlaridan biri hisoblangan fermer xo'jaliklarini yanada rivojlantirish maqsadida davlat tomonidan iqtisodiy qo'llab-quvvatlashning turli mexanizmlarini amaliyotga joriy qilishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Qishloqda bozor infratuzilmasini shakllantirish va rivojlantirish, moddiy-texnika ta'minotini mustahkamlash, moliyalashtirish va kreditlashning yangi shaklini ishlab chiqarishga joriy qilish va boshqa dolzarb masalalarni hal qilishga qaratilgan ko'plab dasturlar tayyorlandi. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 24 martdagi "Qishloq xo'jaligida islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim yo'nalishlari to'g'risida"gi farmonida fermer xo'jaliklarini shakllantirishning asosiy qoidalari belgilab berildi.

Bu davrda shirkat xo'jaliklarining shaxsiy tomorqalarga to'liq bo'linishi kuzatildi. Qishloq xo'jaligining meva-sabzavotchilik tarmog'i hamda

chorvachilikni jadal rivojlantirish boshlandi. 2007 yilda fermer xo'jaliklari soni 2006 yildagi 64 ming fermer xo'jaligiga nisbatan 28 mingtaga ko'paydi. Uchinchi bosqich (2008 yil) yakuniga ko'ra fermer xo'jaliklari soni 218,6 mingtaga yetdi, o'rtacha ekin maydoni 14 gektarni tashkil etdi. Yer resurslari cheklanganligi sababli mayda fermer xo'jaliklari bilan bir qatorda yirik fermer xo'jaliklarini tashkil etishning imkoni bo'lmadi. Yangi fermer faqat oldingi ijarachi uni bo'shatgandagina uchastkani ijaraga olishi mumkin edi.

2006 yil 23 martda Prezidentning "Shaxsiy tomorqalar, dehqon va fermer xo'jaliklarida chorva mollari sonini ko'paytirishni rag'batlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-308-son qarori qabul qilindi. Qaror chorvachilik, ayniqsa, qoramol boqish bilan shug'ullanuvchi dehqon va fermer xo'jaliklari sonini ko'paytirish, aholi bandligi muammolarini hal etish uchun huquqiy va iqtisodiy shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan edi. Tijorat banklari va Bandlikka ko'maklashish jamg'armasi tomonidan fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari (mahalla qo'mitalari) kafilligida sho'ba, dehqon va fermer xo'jaliklari uchun chorva mollari sotib olish uchun fuqarolarga imtiyozli maqsadli kreditlar ajratish tartibi soddalashtirildi. Natijada, 2006-2007 yillarda chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo'jaliklarida chorva mollari soni 13,7 ming boshdan 16 ming boshga, 2007 yilda fermer xo'jaliklarida chorva mollari soni 223 ming boshga (35 foizga), 2008 yilda 135 ming boshga (35 foiz) ko'paydi. Boshqa yillarda yillik o'sish o'rtacha 69 ming boshni tashkil etdi.

Shuningdek, 2006 va 2008-yillarda kam ta'minlangan oilalarga homiylar va tadbirkorlar hisobidan ajratilgan tekin sigirlar(100 ming boshga yaqin) berilishi orqali dehqon xo'jaliklarida chorvachilikni rivojlantirish qo'llab-quvvatlandi. Yana bir qadam - mahalliy ozuqa sotish punktlarini tashkil etish orqali aholi va fermerlarni taqchil, yuqori mahsuldor ozuqa yem mahsulotlari bilan ta'minlashdan iborat bo'ldi. Ozuqa yem mahsulotlarining (shrot, sheluxa va b.) barcha turlari ichki bozorda va eksport uchun faqat O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasida ochiq birja savdolari orqali sotila boshlandi.

To'rtinchi bosqich, 2008-2014 yillar. 2008 va 2009 yilgacha fermer xo'jaliklarini qayta qurishda fermer xo'jaliklari ko'pincha tarqoq dalalardan iborat bo'lib, ko'pincha bir-biridan juda uzoqda joylashgan degan umumiy fikrni hisobga olmadi. Tez rivojlanayotgan fermer xo'jaliklarining resurs va xizmat ko'rsatish talablari tez orada bir qator muammolarni keltirib chiqardi, masalan, yirik fermer xo'jaliklari uchun mo'ljallangan sug'orish infratuzilmasi mos kelmaydigan darajada edi, mavjud sug'orish tizimini mayda dehqonchilikka moslashtirish uchun qayta qurish qimmat jarayon bo'lardi. Bu va boshqa muammolar davlatning fermer xo'jaliklari sonini qisqartirish va ularning maydonlari hajmini oshirish ("optimallashtirish") to'g'risida qaror qabul qilishga olib keldi. Prezidentning 2008-yil 10-oktabrda "Fermer xo'jaliklari tasarrufidagi yer uchastkalari hajmini optimallashtirish chora-tadbirlari bo'yicha takliflar ishlab chiqish bo'yicha maxsus komissiya tuzish to'g'risida"gi farmoni qabul qilindi. Buyurtma bilan fermer xo'jaliklari hajmini optimallashtirish (birlashtirish) dasturini tayyorlash

boshlandi. Ishchi guruhlar tuzilib, fermer o'z faoliyatini samarali olib bormoqdami, yerni undan tortib olishga arziydimi yoki yo'qmi, degan xulosaga keldi. Davlat buyurtmasi bo'yicha rejalarni bajarmagan fermerlardan birinchi navbatda yerlar tortib olindi.

Maqsadni "fermer xo'jaligi hajmini optimallashtirish", ya'ni kichik fermer xo'jaliklarini yiriklariga qo'shish orqali konsolidatsiya qilish deb e'lon qilib, to'rtinchi bosqich 2008/2009 yillar oxirida boshlandi. va 2015 yilgacha davom etdi. Fermer xo'jaliklarini optimallashtirishning rasmiy sababi fermer xo'jaliklarining unumdorligi pastligi, ayniqsa davlatning paxta va bug'doyga bo'lgan ehtiyojlarini qondirish nuqtai nazaridan ko'rsatildi va bu yechim tarqoq xo'jalik maydonlarini yirik ishlab chiqarish bo'linmalariga birlashtirish sifatida qaraldi. Fermer xo'jaliklari soni 2008 yildagi 218 645 tadan 2014 yilda 78 856 taga kamayib bordi. Fermer xo'jaliklarining o'rtacha ekin maydoni 13,9 gektardan 39,5 gektarga oshdi. Boshqa fermer xo'jaliklari foydasiga yerlari olib qo'yilgan fermerlar o'z faoliyatini to'xtatdi.

Alohida ta'kidlash lozimki, ushbu bosqichda 2009 yilni "Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili" deb e'lon qilinishi va tegishli Davlat dasturining ishlab chiqilishi ham muhim voqea bo'ldi. Dasturda qishloq joylarda aholi farovonligini oshirish, yangi ish o'rinlarini yaratish va bandlikni ta'minlashda fermer va dehqon xo'jaliklarini o'rni va ahamiyatiga alohida to'xtalib o'tilgan.

5-bosqich2015 yildan hozirgi kungacha bo'lgan davrni o'z ichiga oladi. Bu bosqich fermer xo'jaliklarining yangicha bo'linishi va ishlab chiqarish tarkibining o'zgarishi bilan tavsiflanadi. 2015-yil 29-dekabrda Prezidentning "2016-2020-yillarda qishloq xo'jaligini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-2460-son qarori qabul qilindi. Qaror 2016-2020-yillarda sug'oriladigan yerlarda paxta va g'alla ekinlari ekin maydonlarini optimallashtirishga qaratilgan. Optimallashtirish deganda tuzilgan ishchi guruhlarning ixtiyoriga ko'ra amalga oshiriladigan fermer xo'jaliklari yerlarini bo'lish yoki birlashtirish tushuniladi. Yangi chora-tadbirlar sug'oriladigan yerlarda g'o'zaning umumiy ekin maydonini 170,5 ming gektarga (2015 yilga nisbatan 13 foizga kam) va g'alla maydonlarini 50 ming gektarga (2015 yilga nisbatan 3,4 foizga kam) bosqichma-bosqich qisqartirishni nazarda tutadi. Paxta va g'alla strategik ekinlar bo'lib qolsa-da, rejalashtirilgan chora-tadbirlar qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini diversifikatsiya qilishga urinishlardan dalolat beradi. Paxta va g'alladan bo'shagan yerlar kartoshka (36 ming gektarga ko'payish), sabzavot (ko'paytirish 91 ming gektar), yem-xashak ekinlari (50 ming 300 gektarga ko'paytirish), intensiv bog'dorchilik va boshqa moylicekinlarga o'tkazilishi rejalashtirilgan. Mamlakatda ko'p tarmoqli fermer xo'jaliklarini rivojlantirish yo'li belgilandi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-oktabrdagi "Fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa yerlari egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi UPP-5199-son Farmoniga muvofiq; qishloq xo'jaligi ekin

maydonlaridan samarali foydalanish» barcha fermer xo'jaliklari ko'p tarmoqli bo'lishi kerak. Farmonda tayyor mahsulotlarni qayta ishlash, saqlash, sotish va xizmatlar ko'rsatish kabi ko'p tarmoqli faoliyat turlari nazarda tutilgan. Yangi islohotning e'lon qilingan maqsadi qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlash darajasini oshirishdan iborat. Farmonga ko'ra, fermer xo'jaliklariga yer uchastkalari berish hajmi va tartibi o'zgartirildi. Shunday qilib, nasldor chorvachilik fermer xo'jaliklariga Andijon, Namangan, Samarqand, Toshkent, Farg'ona va Xorazm viloyatlaridagi sug'oriladigan yerlarda har bir shartli chorva boshiga kamida 0,5 gektar, boshqa viloyatlar va Qoraqalpog'iston Respublikasida esa 0,6 gektar sug'oriladigan yerlar ajratildi.

Qishloq xo'jaligi va chorvachilikni isloh qilishning asosiy bosqichlari (1992.__2022 yy.) _

Yillar Qishloq xo'jaligidagi islohotlar bosqichi, shu jumladan. chorvachilikda Tavsif Chorvachilikka islohotlarning ta'siri

19911997 Sovxozlarni dekoltivizatsiya qilish. Kolxozlar shirkatlarga aylantirildi.Birinchi fermer xo'jaliklari paydo bo'ladi.Yem-xashak ekinlaribug'doy bilan almashtirildi. Chorva mollari, ayniqsa qo'y va echkilar, parrandalar soni kamaydi. Chorvachilikda dehqon xo'jaliklarining o'rni ortib bordi. Ozuqa bazasi ekin maydonlari keskin qisqardi.

19982002 Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishining zamonaviy institutsional tuzilmasini shakllantirish. Fermer xo'jaliklari sonining keskin o'sishi kuzatildi. Yerning tizimsiz bo'linishi bir qancha muammolarni keltirib chiqardi. Qoramollar sonining birmuncha o'sishi kuzatildi, fermer xo'jaliklarining qoramol boqishdagi ulushi 3 foizdan 5 foizga, shirkatlar ulushi 13 foizdan 6 foizga kamaygan. Dehqon xo'jaliklarining ulushi 84 foizdan 89 foizga oshdi.

20032008 Fermer xo'jaliklarito'liq shakllandi va ixtisoslashuvi davlat buyurtmasiga asoslangan paxta va g'allaga qaratildi. Chorvachilikbilan asosan dehqon xo'jaliklari shug'ullana boshladi. Chorvachilikni imtiyozli kreditlash orqali rivojlantirishni yo'lga qo'yish va rag'batlantirish, fermerlar xo'jaliklarida bo'sh ish o'rinlarini yaratish. Shrot va sheluxalarni sotish usullarini takomillashtirish. Qoramol, qo'y, echki va parrandalar soni keskin o'sdi. Chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishda dehqon xo'jaliklarining ulushi 93 foizga oshdi.

20092014 Fermer xo'jaliklarini birlashtirish va optimallashtirish ishlari olib borildi. Ixtisoslashuvning oshishi kuzatildi. Imtiyozli mikrokreditlar orqali tadbirkorlikni rag'batlantirish siyosati davom ettirildi. Bunda qo'shimcha qiymati yuqori chorvachilik mahsulotlari Chorva mollari sonining sezilarli o'sishi kuzatildi. Go'sht va sut sanoati korxonalarini rivojlantirish imkoniyati yaratildi.

yetishtirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.

2015 yildan hozirgi kun-gacha Fermer xo'jaliklarining ixtisos-lashuvini oshirish.Ko'p tarmoqli fermer xo'jaliklarini yaratish. Fermer xo'jaliklari ko'p tarmoqli bo'lishi kerak, shu jumladan, chorvachilik va go'sht-sut mahsulotlarini qayta ishlash yo'nalishini rivojlantirish. Imtiyozli kreditlar berish amaliyoti davom etmoqda. Chorva va parrandalar soni ortib bormoqda. 2015-2022 yillarda qoramollar soni 12,8 foizga, parrandalar soni 22,3 foizga oshgan.

Jadvalda qishloq xo'jaligidagi islohotlarning barcha bosqichlari va bu bosqichlarda chorvachilik sohasidagi o'zgarishlar jamlangan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo'ljallangan strategiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi (23.10.2019 y. PQ-5853-son), O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo'ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi (07.06.2022 y. PQ-273-son)qarorlari mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash hamda aholini sifatli qishloq xo'jaligi mahsulotlari bilan ta'minlash, yer-suv resurslaridan samarali foydalanish, eksport geografîyasini kengaytirishda yangi yo'nalishlarni belgilab olishga asos bo'ldi.

O'sbekiston Respublikasi Prezidentining 8.02.2022 yildagiPQ-120-sonli qaroribilan O'zbekiston Respublikasida chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarini rivojlantirish bo'yicha 2022-2026 yillarga mo'ljallangan dastur tasdiqlandi.Dastur chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni ko'paytirish hisobiga oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, ishlab chiqarishning zamonaviy usullarini keng joriy etish, kooperatsiya munosabatlarini rivojlantirish, chorvachilik sohasini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashga yo'naltirilgan.

Shunday qilib, mustaqillik yillarida qishloq xo'jaligida fermer va dehqon xo'jaliklarining bozor iqtisodiyoti sharoitida va sog'lom raqobat asosida rivojlanishi uchun islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda va mustahkamhuquqiy-meyoriy baza yaratildi hamda asosiy yo'nalishlar belgilab olindi. Xususan, O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, "Fermer xo'jaligi to'g'risida"gi, "Dehqon xo'jaligi to'g'risida"gi, "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risida"gi, "Veterinariya to'g'risida"gi qonunlar, respublika Prezidentining bir qator qaror, farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari, fermer xo'jaliklari faoliyatining mulkiy daxlsizligi va tadbirkorlik erkinligini ta'minlashga hamda qo'llab-quvvatlash vazifalarini amalga oshirishga, dehqonchilik bilan birga chorvachilikni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Абулкосимов Х,.П. Давлатнинг иктисодий хавфсизлиги. Укув кулланма. -Т.: Akademiya, 2012. - 162-бет.

2. Ахдоадалиев Ю.И. Ер ресурсларидан фойдаланиш геоэкологияси. - Т: Fan va texnologiya, 2014. - 340 б.

3. Мусаев Д., Яхшиликов Е., Юсупов К. Продовльственная безапосность в Узбекистане. - Ташкент: Мега Босим, 2004. - 70 б.

4. Ражабов Ф.Т., ДЖураева Л., Махмадалиев А. Узбекистон фермер хужаликлари: ривожланиши, ихтисослашуви, географияси//Academic research in educational sciences volume 1 | issue 3 | 2020

5. Файзуллаев М.А. Узбекистон сугориладиган ерларининг мелиоратив хрлати ва геоэкологик вазияти // Электронное научно-практическое периодическое издание. Экономика и социум. №3 (94), 2022. - С. 546-549.

6. Файзуллаев М.А., Юлдашев З.Х. ^ишлок хужалиги ерларини ажратиш ва ресурсларни таксимлашнинг математик модели // Электронное научно-практическое периодическое издание. Экономика и социум. №3 (106), 2023.С. 715-719.

7. Nurmatov N.E. Economic and geographical factors of regional organization of agriculture and innovative development//International multidisciplinary journal for research & development. Volume 10, issue 12 (2023). P. 439-442.

8. Faizullaev M.A. Theoretical and methodological aspects of the economic geographical study of agriculture and the use of land and water resources // Eurasian Journal of History, Geography and Economics. Volume 16, Belgium, 2023. P. 39-42.

9. Faizullaev M.A. Factors of intensive development of agriculture in ensuring food security // Web of Scientist: International Scientific Research Journal. Vol. 4 No. 1 (2023) - p. 715-719.

10. Faizullaev M.A. Main characteristics of the formation of a geographic conveyor in agricultural development // Web of Scientist: International Scientific Research Journal.Vol. 4 No. 2 (2023). P. 89-92.

11. Faizullaev M.A. Main characteristics of the development of the livestock network in ensuring food security // Центральноазиатский журнал географических исследований. Международный научный журнал. SJIF 2023 = 6,549. ISSN 2181-2578. №1-2 - Чирчик, 2023. C. 110-119.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.