Научная статья на тему 'IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA AGROSANOAT MAJMUINI RIVOJLANTIRISH ASOSIY YO’NALISHLARI'

IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA AGROSANOAT MAJMUINI RIVOJLANTIRISH ASOSIY YO’NALISHLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
431
43
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
iqtisodiyot / modernizatsiya / agrosanoat / rivojlantirish yo’llari. / экономика / модернизация / агропромышленный комплекс / пути развития.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Maxmudov Javoxir Olimjonovich

Mazkur maqolada bugungi kunda iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida agrosanoat majmuini rivojlantirish asosiy yo’nalishlari bo’yicha fikr mulohazalar keltirilgan, sohani rivojlantirish bo’yicha ilmiy amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В данной статье представлены мнения об основных направлениях развития агропромышленного комплекса в условиях модернизации экономики на сегодняшний день, разработаны научнопрактические предложения и рекомендации по развитию отрасли.

Текст научной работы на тему «IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA AGROSANOAT MAJMUINI RIVOJLANTIRISH ASOSIY YO’NALISHLARI»

IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA AGROSANOAT MAJMUINI RIVOJLANTIRISH ASOSIY YO'NALISHLARI

Maxmudov Javoxir Olimjonovich

SamISI magistri

Annotatsiya. Mazkur maqolada bugungi kunda iqtisodiyotni modemizatsiyalash sharoitida agrosanoat majmuini rivojlantirish asosiy yo'nalishlari bo'yicha fikr mulohazalar keltirilgan, sohani rivojlantirish bo'yicha ilmiy amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: iqtisodiyot, modernizatsiya, agrosanoat, rivojlantirish yo'llari.

Аннотация. В данной статье представлены мнения об основных направлениях развития агропромышленного комплекса в условиях модернизации экономики на сегодняшний день, разработаны научно-практические предложения и рекомендации по развитию отрасли.

Ключевые слова: экономика, модернизация, агропромышленный комплекс, пути развития.

Agrar tarmoqda amalga oshirilayotgan islohotlar tarmoq hamda mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishiga katta hissa qo'shmoqda. Erishilgan natijalar hozirgi o'sib borayotgan talabni to'liq qondira olmaydi. Shuning uchun ham agrar tarmoqda amalga oshirilayotgan "bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish" asosiy ustuvor vazifa ekanligini Prezident tomonidan belgilangan. Eng asosiy ustuvor vazifa mamlakatni modernizasiya qilish va aholiga munosib turmush sharoitini yaratib berishdir.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ""Raqamli O'zbekiston — 2030" strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2020-yil 5-oktabrdagi PF-6079-son Farmoni hamda "Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida" 2020-yil 28-apreldagi PQ-4699-son qaroriga muvofiq, shuningdek, qishloq va suv xo'jaligida raqamli va geoaxborot texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 17 dekabrdagi "O'zbekiston Respublikasi agrosanoat majmui va qishloq xo'jaligida raqamlashtirish tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 794-sonli Qarorida quyidagi vazifalar belgilab berilgan:

• qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlardan, suv resurslaridan samarali foydalanish va ekinlar holatini nazorat qilishning idoraviy va idoralararo axborot tizimlarini joriy etish;

• agrosanoat majmuidagi tashkilotlar tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlarni, shu jumladan, davlat xizmatlarini to'liq elektron shaklga o'tkazish;

• qishloq xo'jaligi sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish uchun davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida maqsadli loyihalarni amalga oshirish;

• suv omborlari va irrigatsiya tizimlarida suv resurslaridan foydalanishni "onlayn" rejimida nazorat qilish texnologiyalarini joriy etish;

• suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish, suvdan foydalanish va suv iste'moli hisobini yuritish hamda ma'lumotlar bazasini shakllantirish;

• biznes-startap loyihalarni amalga oshirish va innovatsion faoliyat natijalarini tijoratlashtirish uchun agrar sohadagi tadbirkorlik subyektlariga ko'maklashish.

Uni hal etish maqsadida qishloq xo'jaligini modernizatsiya etish natijasida tarmoqni yanada yuqori sur'atlar bilan rivojlantirishni ta'minlash zarur. Buning uchun qishloq xo'jaligidagi xususiy tarmoqni ustuvor darajada o'sishini ta'minlashga erishish lozim. Shuning bilan birgalikda "... kichik biznes va fermerlikni rivojlantirish borasidagi ishlarni chuqurlashtirish va ko'lamini kengaytirish" agrar islohotining ustuvor yo'nalishi deb belgilangan. Ularni ijobiy hal etilishini ta'minlashga qaratilgan aniq chora tadbirlar ham belgilangan.

Rentabelligi past bo'lgan fermer va shirkat xo'jaliklari negizida fermer xo'jaliklarini to'g'ri tashkil etishga katta e'tibor berish zarur. Buning uchun bo'lajak fermer xo'jaliklarining rahbarlarini to'g'ri tanlash hamda ular talab etgan yer uchastkalarini belgilangan muddatlarda ajratib berish masalalarini oshkoralikda, adolatli tarzda va qat'iy tanlov, tender asosida o'tkazilishini ta'minlashga erishish lozim.

Fermerlikni ustuvor sur'atlarda rivojlantirish uchun quyidagi masalalarga alohida e'tibor berish:

S davlat tuzilmalarining qishloqda tadbirkorlik, kichik biznes sub'yekti hisoblangan fermerlik faoliyatiga aralashuvini yanada cheklash;

S fermerlarni tander asosida tanlovini o'tkazish, ularga yer ajratish ishlarini oshkoralikda, barcha qonunlar talabi asosida adolatli tarzda amalga oshirish, tender komissiyasining a'zoligiga yetuk, tajribali, bilimdon, halol ma'naviyatli rahbar, mutaxassislarni jalb etish, uning faoliyatini to'liq kompyuterlashtirish;

S fermerlarga uzoq muddatga foydalanish uchun ajratib berilayotgan yerlarning sifatini yaxshilab, unumdorligini yuksalishini ta'minlashga qaratilgan tadbirlarni o'z vaqtida sifatli amalga oshirilishini ta'minlaydigan miqdorda mablag'larni davlat byudjetidan ajratish imkoniyatlarini yaratib berish;

S ayrim qishloq xo'jalik mahsulotlariga belgilanayotgan davlat buyurtmasini rivojlangan davlatlarda qo'llanilayotgan o'zaro manfaatli davlat dasturlari bilan almashtirish;

S fermerlik faoliyatini moliyalashtirish, kreditlashtirish ishlarini soddalashtirish, shartlarining yukini yumshatish, muddatlarini va stavkalarini o'zaro manfaatli bo'lishini ta'minlash;

S fermerlik faoliyatida zarur bo'lgan ishlab chiqarish vositalarini erkin sotib olish va o'z mahsulotlarini mustaqil sotish uchun bozorlarga chiqish (naqd pullarini o'z vaqtida olish) imkoniyatlarini kengaytirish;

S fermerlarga barcha turdagi xizmatlarni ko'rsatadigan sub'yektlarni tashkil etish bozor infratuzilmasini shakllantirishni, ularni moddiy resurslar va texnikalar, kadrlar bilan ta'minlash bilan bog'liq bo'lgan jarayonlarni jadallashtirish;

S fermer xo'jaliklari to'layotgan soliq va to'lovlar mazmunini, tartibini hamda stavkalarini qayta ko'rib chiqish;

S fermer xo'jaliklariga chet yel investisiyalarini jalb etish masalalariga ko'maklashish va boshqalar maqsadga muvoffiqdir. "Biz bugun mamlakatimizni isloh qilish va yangilash maqsadida oldimizga qo'yayotgan va o'z tadbig'ini kutayotgan yeng muhim ustuvor vazifalar asosan mana shulardan iboratdir".

Mamlakat aholisining ish bilan ta'minlanishida qishloq xo'jaligi mahsulotlarini tayyorlovchi, qayta ishlovchi va tayyor mahsulotlar sotuvchi tarmoqlar va xizmatlarning ahamiyati beqiyos. Bu tarmoqlarni rivojlantirish mamlakatda ishsizlik muammosini yumshatadi va unga barham berish imkoniyatlarini kengaytiradi, yetishtirilayotgan qishloq xo'jaligi mahsulotlari nobud bo'lishining oldini oladi.

Ayrim ma'lumotlarga ko'ra, hozirgi kunda yetishtirilayotgan ba'zi turdagi qishloq xo'jaligi mahsulotlarining 30 foizgachasi nobud bo'lmoqda. Buning asosiy sabablaridan biri agrosanoat majmuasi 3-sohasining yetarli darajada rivojlanmaganligidadir.

Xulosa va takliflar. Agrosanoat majmuida ham tadbirkorlik ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini o'zgartirmagan holda xususiy munosabatlarni o'zida aks ettiradi. Ijtimoiy-iqtisodiy bog'liqlikda rivojlanishini ta'minlaydi. Bu ijtimoity-iqtisodiy, ishlab chiqarish munosabatlarini yerga, qishloq xo'jaligining mavsumiyligini, tabiiy iqlim sharoitlariga va agrosanoat majmuidagi tadbirkorlik sub'ektlarining o'zaro ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga asoslanadi. Agrosanoat majmuida xususiy va jamoa mulki asosida xususiy yakka va xsusiy jamoa tadbirkorligi shakllandi. Agrosanoat majmuida xususiy - yakka tadbirkorlik quyidagi yo'nulishlarda rivojlandi:

S qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida fermer xo'jaliklari, dehqon xo'jaligi;

S xizmat ko'rsatish sohasida madaniy-maishiy, savdo, pullik xizmat yo'nalishlarida; qayta ishlash sohasida meva-sabzavot, gusht va sutni qayta ishlovchi kichik korxonalar va donni qayta ishlovchi yakka tadbirkorlik sub'ektlari rivojlandi.

Xususiyjamoa shaklida esa qishloq xo'jalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi ayrim ixtisoslashgan shirkat xo'jaliklari, agrofirmalar, urug'lik, yoqilg'i, ug'it, suv ta'minoti va texnik xizmat ko'rsatuvchi korxonlar, yirik texnologik asosga ega bo'lgan qayta ishlovchi korxonalar shakllanadi. Tadqiqot ishida agrosanoat majmuida kichik tadbirkorlikni barqaror rivojlantirishga qaratilgan quyidagi ilmiy takliflarni tavsiylar ishlab chiqildi:

^ Agrosanoat majmuida kichik tadbirkorlikni rivojlantirish asosan ikki yo'nalishda: qishloq xo'jalik mahsulotlari ishlab chiqarish va qayta ishlash sanoati ishlab chiqarishi ko'rinishida bo'lib, xizmat ko'rsatish sohasi ularning rivojlanishiga bog'liq. Shu sababli, qishloq xo'jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari va qayta ishlovchi korxonalarning moddiy bazasida infratuzilma yo'nalishlari bo'yicha kooperatsiyani tashkil etish maqsadga muvofiq.

^ xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etishni ko'paytirish orqali qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bo'yicha zamonaviy texnika, yuqori texnologiyalar bilan jihozlangan ixcham korxonalarni tashkil etish lozim.

^ tumanlaridagi agrofirmalar mahsulotlarini eksport salohiyatini oshirish lozim. Bunda barcha tumanlardagi agrofirmalar ish faoliyatini qayta tashkil etish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini jahon bozori talablari darajasiga yetkazish bo'yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilishi zarur bo'ladi.

^ tarmoqlar o'rtasidagi nomutanosibliklarni bartaraf qilish hamda tarmoqlar o'rtasidagi muvozanatni ta'minlash zarur. Kichik tadbirkorlik sub'ektlarining qishloq xo'jaligidagi faoliyati umumiy ulushini 60 foiz atrofida bo'lishini ta'minlash orqali, qolgan tarmoqlardagi kichik tadbirkorlik faoliyatini ulushini orttirib borish zarur.

^ Agrosanoat majmuida asosan qishloq xo'jalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi sub'ektlar sifatida fermer xo'jaliklari va dehqon xo'jaliklari faoliyat ko'rsatadi. Dehqon xo'jaliklarida dehqonchilik mahsulotlari ishlab chiqarishdan ko'ra, chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish salmog'i yuqori.

Fermer xo'jaliklari dehqonchilik mahsulotlari ishlab chiqarishda yetakchi o'rinni egallaydi, chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish esa, faqat oilaviy sharoitda norasmiy holda rivojlanmoqda. Bu ikkala xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning faoliyati bir-biriga bog'liq holda rivojlanish tendensiyasiga ega ekanligini ko'rsatadi va bu qayta ishlash sanoati kirib kelishini kuchaytiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. Xakimov R., Otaqulov M., YUsupov E., YUsupov M.S. Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti. - (O'quv qo'llanma), -T., TDIU, 2004.-160 b.

2. Salimov B.T., Hamdamov Q.S., Berkinov B.B., Xakimov R., YUsupov M.S., Oripov M.A., O'roqov N.I. - Dehqon va fermer xo'jaliklari iqtisodi - (O'quv qo'llanma), -T.: TDIU, 2004. - 176 b.

3. Asaul A. N. / Organizatsiya predprinimatelskoy deyatelnosti: uchebnik dlya vuzov. / A. N. Asaul. - 4-e izd. - SPb.: Piter, 2013. - 352 s.: il. ISBN 978-5-49600066-6

4. Kurbanov A.B., Djalilova N.M. Rol kooperatsii v formirovanii agrarnoy sobstvennosti Economics № 4 (47), 2020

5. Xurramov A.F., Mamatov A.A. Qishloq xo'jaligida mulkiy munosabatlar va ularni rivojlantirish yo'nalishlari. - T.: Fan va texnologiya nashriyoti, 2008. - 59 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.