Научная статья на тему 'QORAMOLCHILIK XO‘JALIKLARINI RIVOJLANTIRISHNING TASHKILIY-HUQUQIY JIHATLARI'

QORAMOLCHILIK XO‘JALIKLARINI RIVOJLANTIRISHNING TASHKILIY-HUQUQIY JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
chorvachilik / qoramolchilik / mahsulot / imtiyoz / rivojlantirish / qaror / qo‘llab-quvvatlash / subsidiya.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Otaxonova Odinaxon Inomovna

O‘zbekistonda qoramolchilik xo‘jaliklarini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, berilayotgan imtiyozlar, aholini chorva mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirishda xo‘jaliklarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash,, chorvachilikda ozuqa bazasini yaxshilashning tashkiliy-huquqiy jihatlari o‘rganilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QORAMOLCHILIK XO‘JALIKLARINI RIVOJLANTIRISHNING TASHKILIY-HUQUQIY JIHATLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

"ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_

QORAMOLCHILIK XO'JALIKLARINI RIVOJLANTIRISHNING TASHKILIY-HUQUQIY JIHATLARI

Otaxonova Odinaxon Inomovna

mustaqil izlanuvchi, TDAU https://doi.org/10.5281/zenodo.13854485

Annotatsiya. O'zbekistonda qoramolchilik xo'jaliklarini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, berilayotgan imtiyozlar, aholini chorva mahsulotlariga bo'lgan talabini qondirishda xo'jaliklarni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash,, chorvachilikda ozuqa bazasini yaxshilashning tashkiliy-huquqiy jihatlari o'rganilgan.

Kalit so'zlar: chorvachilik, qoramolchilik, mahsulot, imtiyoz, rivojlantirish, qaror, qo'llab-quvvatlash, subsidiya.

Аннотация. Изучены реформы, реализуемые в развитии скотоводческих ферм в Узбекистане, предоставляемые льготы, государственная поддержка фермерских хозяйств в удовлетворении спроса населения на продукцию, организационно и правовые аспекты улучшения кормовой базы в животноводстве.

Ключевые слова: животноводство, скотоводство, продукт, льгота, развитие, решение, поддержка, субсидия.

Abstract. The reforms implemented in the development of livestock farms in Uzbekistan, the benefits provided, state support for farms in meeting the population's demand for products, organizational and legal aspects of improving the feed base in animal husbandry were studied.

Keywords: animal husbandry, cattle breeding, product, privilege, development, decision, support, subsidy.

Jahonda agrar sohani barqaror rivojlanishida uning asosiy ikki tarmog'i hisoblangan dehqonchilik va chorvachilik jadal taraqqiy etib, aholini bandligini va oziq-ovqat mahsulotlari hamda sanoatni xom-ashyo bilan ta'minlab kelmoqda. Chorvachilik tarmog'idagi xo'jaliklarda qoramolchilik mahsulotlari yetishtirishda innovatsion texnologiyalarni qo'llash orqali iqtisodiy samaradorligini va mahsuldorlikni oshirish, hududlarning istiqbolli rivojlantirish dasturlarini hisobga olgan holda tadqiq qilish borasida bir qator yondashuvlar amalga oshirilmoqda. Dunyo olimlarining hisob-kitoblariga ko'ra, bugungi kunda chorvachilik tarmog'ida «jahon qishloq xo'jaligi iqtisodiy faol aholining 1 mlrd. kishidan ziyodining bandligini ta'minlamoqda. Bundan tashqari, jahondagi jami mahsulotlarning 5 foiziga yaqini mazkur tarmoq salmog'iga to'g'ri keladi». Statistik ma'lumotlarga ko'ra, «2050 yilga borib, jahon aholisi 9,7 mlrd. kishiga yetishi taxmin qilinmoqda»[1]. Shu bois, jahon aholisining go'sht va sut mahsulotlariga bo'lgan talabi bugungi kundagiga nisbatan 2,5-3,0 barobarga ortishi ko'zda tutilmoqda. Bu esa o'z navbatida chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish samaradorligini yanada oshirish va chorvachilik mahsulotlariga bo'lgan talabni ko'payishiga olib keladi.

Respublikamizda qoramolchilik tarmog'ini isloh qilish, diversifikatsiyalash, tarkibiy o'zgartirish, qoramollar mahsuldorligini oshirish, innovatsion yuqori samarali bo'lgan intensiv va innovatsion texnologiyalarni joriy etish hamda qoramolchilik xo'jaliklarining samaradorligini oshirish, xorijning zotdor mollarini rayonlashtirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo'yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar orqali aholini sifatli go'sht va sut mahsulotlariga bo'lgan ehtiyoji qondirish hamda bandlikni oshirish imkoniyati yaratiladi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2023 yil 9 dekabrda ""O'zbekiston qishloq xo'jaligi xodimlariga yo'llagan tabrigi"da 2023 yilda mamlakatimizda ilk bor 8 million 200 ming tonna g'alla, 3 million 800 ming tonna paxta, 15 million tonnadan ortiq sabzavot va poliz, 5 million tonna meva va uzum, 4 million tonna kartoshka, 26 ming tonna pilla yetishtirilgani misolida yaqqol ko'rish mumkin. Shuningdek, "O'zbekiston - 2030" strategiyasida barcha sohalar qatori qishloq xo'jaligi bo'yicha ham muhim vazifalarni belgilab oldik. Jumladan, resurslarni tejaydigan innovatsion texnologiyalar asosida mahsulot tannarxini 30-35 foizga tushirish, suvni tejaydigan texnologiyalar joriy qilingan maydonlarni 1 million 500 ming gektarga yetkazish, sifatli va serhosil navlarni, zotdor chorva naslini ko'paytirishga, ekologik toza mahsulotlar yetishtirishga ustuvor ahamiyat beriladi" deb ta'kidladi[2]. Respublikamizni rivojlangan mamlakatlar qatoriga kiritish va aholi faravonligini oshirishda qishloq xo'jaligi sohaning har bir tarmoq va yo'nalishlarini yanada ravnaq toptirishda ulkan salohiyat mavjudligidan dalolat beradi. Shu o'rinda ta'kidlash lozimki, chorvachilik tarmog'ining muhim yo'nalishi hisoblangan qoramolchilik xo'jaliklarida mahsulot yetishtirish samaradorligi va chorva mollari mahsuldorligini oshirishda ozuqa bazasini yaxshilash, zooveterinariya xizmatlarini ko'rsatish tizimini rivojlantirish bo'yicha huquqiy asoslarni qayta ko'rib chiqib, imtiyozlar va prefensiyalarni joriy qilish muhim hisoblanadi. O'zbekistonda chorvachilik, xususan, qoramolchilik yo'nalishini barqaror rivojlanishidagi asosiy muammolardan biri, yem-xashak ekinlari yetishtirish uchun sug'oriladigan ekin maydonlarini cheklanganligidir. Shu sababli, yem-xashak ekinlarini yetishtirishda lalmi maydonlardan samarali foydalanish, yangi ekin navlarini yaratish, ilmiy-tadqiqot ishlarini jadallashtirish, malakali kadrlar tayyorlash, xorij tajribalarini o'rganish, chorvachilik mahsulotlarini importini kamaytirish va eksportni ko'paytirish, iqlim o'zgarishi oqibatida vujudga keladigan omillar ta'sirini kamaytirish yo'nalishlarini belgilash talab etiladi.

Qoramolchilik mahsulotlari yetishtirish hajmlarining ortishi respublikamizda olib borilayotgan islohotlar samarasi bo'lib, qoramol bosh sonini ko'paytirish, ularning monitoringini olib borish va xalqaro standartlar doirasida identifikatsiya qilish tizimi va naslchilik yo'nalishini takomillashtirishni taqoza etadi. Ya'ni, chorvachilik tarmog'iga zamonaviy innovatsion usullarni joriy etish, mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish va chorvachilik sub'ektlarini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash, «Xalqaro taraqqiyot uyushmasi hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida «Chorvachilik sohasini rivojlantirish (2-bosqich)» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PQ-211-son qarori bilan hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro'yxatga olish va kuzatish tizimini joriy etishga yo'naltirilgan mablag'lardan samarali foydalanish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-avgustdagi "Chorvachilikda identifikatsiya qilish tizimi va naslchilik sohasini takomillashtirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-285-son qarori qabul qilindi[3]. Qaror bilan O'zbekiston Respublikasida hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro'yxatga olish va kuzatish tizimini joriy qilishni quyidagi ikki bosqichda amalga oshirish belgilandi:

birinchi bosqichda — 2023-2024 yillarda chorvachilikka ixtisoslashtirilgan 25 ta tumanda; ikkinchi bosqichda — 2025-2026 yillarda respublikaning qolgan tumanlarida. Birinchi bosqichdagi 25 ta tuman bo'yicha chorvachilikka ixtisoslashtirilgan tumanlarda hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro'yxatga olish va kuzatish tizimini joriy qilish bepul amalga oshirilishi belgilangan. Shuningdek, 2023 yil 1 sentabrdan boshlab 2025 yil 31 dekabrga qadar davlat tomonidan chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchi xo'jaliklarga xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramolning har bir boshiga 2 million so'm, nasldor qo'y va echkining

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_

har bir boshiga 400 ming so'm miqdorida hamda parrandachilik xo'jaliklariga har bir bosh 1 kunlik nasldor jo'jani import qilish bilan bog'liq xarajatlarning 15 ming so'mini qoplash uchun subsidiya ajratilmoqda.

Bizningcha, bunday yaratilayotgan imkoniyatlar qoramolchilik xo'jaliklarini samaradorligini oshirishda muhim omil bo'lib xizmat qiladi. Chunki, chorvachilik tarmog'ining muhim yo'nalishi bo'lgan qoramolchilikni rivojlantirish orqali aholimizni sifatli oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan talabini qondirish, bozorni sifatli, xavfsiz va arzon sut va go'sht mahsulotlari bilan to'ldirish, aholini to'lov qobiliyatini hisobga olish, chorvachilik mahsulotlari eksport geografiyasini kengaytirish, importai qisqartirishga erishiladi. Chorvachilikda identifikatsiya qilish tizimini joriy etilishi respublikamizda chorva mollarini bosh sonini aniq hisob-kitoblarini yuritishga, istiqbolda qoramolchilik xo'jaliklarida mahsulot yetishtirishni prognozlashtirish va rejalashtirish, konsalting xizmatlarini ko'rsatish, ilm-fan, ilg'or tajriba va texnologiyalar yutuqlari borasida bilim va amaliy ko'nikmalarini oshirish, chorva komplekslarini boshqarishda raqamli texnologiyalardan foydalanish hisobiga ularda iqtisodiy samaradorlikni oshirishga imkon beradi.

Yuqorida aytib o'tilganidek, to'g'ridan-to'g'ri chorvachilikni qo'llab-quvvatlash, imtiyozlar berish, xorij tajribalarini joriy etish chora-tadbirlari agrosanoat mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonida o'z faoliyatini amalga oshiruvchi subyektlarni bevosita davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashni o'z ichiga oladi:

sut va go'sht mahsulotlari yetishtirishni subsidiyalash, shu jumladan saqlash, qayta ishlash, sotish xarajatlarini hisobga olib, har bir litr sut yoki 1 kg go'sht yetishtirish uchun to'g'ridan-to'g'ri to'lovlarni taqdim etish;

qoramolchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari foydalanadigan xizmatlar narxlarida nomutanosiblik aniqlanganda ishlab chiqaruvchilarning yo'qotishlari qoplash yoki xomashyo, mahsulot, ishlar (xizmatlar) tannarxini qisman pasaytirish (kompensatsiya qilish);

qishloq xo'jaligi yerlaridan samarali foydalanish, qoramolchilik xo'jaliklari daromadini oshirishga qaratilgan zamonaviy bozor mexanizmlari asosida chorvachilik bo'yicha qishloq xo'jaligi kooperativlarini tashkil etish va boshqalar.

Qoramolchilik xo'jaliklari samaradorligini oshirishda avvalambor, uning huquqiy-me'yoriy asoslariga e'tibor qaratishimiz lozim bo'ladi. Chorvachilik tarmog'ining asosiy yo'nalishi hisoblangan qoramolchilikni rivojlantirish bo'yicha qabul qilingan qonun, qaror va farmonlar, asosan, aholini sut va go'sht mahsulotlariga bo'lgan ehtiyojini qondirish, bandlikni ta'minlash, sanoatni xom ashyo bilan ta'minlash, importni qisqartirish, xo'jaliklarni barqarorligini ta'minlash, chorva mollari mahsuldorligini va eksport hajmini oshirishga imkon beradi (1-rasm).

Chorvachilik tarmog'ida yetishtirilgan mahsulotlarning sifati va mahsuldorligi, bir tomondan, ularning zotiga bog'liq bo'lsa, ikkinchi tomondan chorvaga berilayotgan ozuqa bazasi, tuzilgan ratsion, hududning iqlim sharoiti hamda zooveterinariya xizmatlaridan foydalanish darajasiga ham bog'liqdir. Bu orqali, chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish, ozuqa bazasini yaxshilash, ratsionni belgilangan talablar asosida tuzish hamda ratsion tarkibida yetarli kompetentlarga ega bo'lgan ozuqa birliklari bo'lishi zarur bo'ladi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" SEPTEMBER 26-27, 2024

t-

Vujudga kelgan muammolar

n

Qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar

n

7 \

Erishilgan natijalar

Chorva mollarining nasldorlik va mahsuldorlik

sifatlarini yaxshilashda kadrlarni o'qitish va qayta tayyorlash tizimining yetarli emasligi

Chorvachilik xo'jaliklariga xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramol, qo'y va echkilar uchun subsidiya ajratish tizimining yetarli darajada tartibga solinmaganligi

Chorvachilik va baliqchilik tarmoqlarining ozuqa bazasini rivojlantirishga yetarlicha e'tibor berilmaligi va fermer xo'jaliklari hamda tashkilotlarini yuqori sifatli ozuqa bilan ta'minlash borasidagi uzilishlarning mavjudligi

Chorvachilikni yanada rivojl antirish va chorva ozuqa bazasini mustahkamlashda gidroponika usulida chorva mollariga ozuqa yetishtirish uskunalarini xarid qilish xarajatini qoplab berish tizimining mavjud emasligi

Chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni ko'paytirishda, kooperatsiya

munosabatlarini rivojlantirishda, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnolo giyalari va ilm-fan yutuqlaridan samarali foydalanilmayotganligi

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 22 yanvardagi "Chorvachilikda naslchilik, zootexnika va ilmiy-

tadqiqot ishlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 257-son qarori

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 oktabrdagi "Chorvachilik va baliqchilik tarmoqlarining ozuqa bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi 845-son qarori

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasining 2022 yil 1 noyabrdagi "Gidroponika usulida chorva mollariga ozuqa yetishtirish

uskunalarini xarid qilgan chorvachilik subyektlariga subsidiya ajratish tartibi to'g'risidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida"gi 628-son qarori

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasida chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarini rivojlantirish

bo'yicha 2022 - 2026 yillarga mo'ljallangan dasturni tasdiqlash to'g'risida"gi PQ-120-son qarori

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 26 yanvardagi "Chorvachilik xo'jaliklariga xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramol, qo'y va echkilar uchun subsidiya ajratish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi 52-son qarori

Qaror bilan sanoat asosida go'sht-sut mahsulotlari yetishtirish bo'yicha zamonaviy texnologik kompleks tashkil etish, yem-xashak ekinlari urug'larining elita navlarini yetishtirishni tashkil etish, mustahkam yem-xashak bazasi, ilg'or ilmiy yutuqlarni ishlab chiqarishga joriy etish imkoni yaratildi.

Qaror bilan davlat resurslaridan bug'doyni chorvachilik va baliqchilik

yo'nalishidagi tadbirkorlik subyektlariga ozuqa maqsadlari uchun sotish tartibini belgilandi hamda xo'jaliklarni ozuqa bazasini yaxshilash ozuqa maqsadlari uchun sotish sxemasi tasdiqlandi.

I

Mazkur nizom bilan Gidroponika usulida chorva mollariga ozuqa yetishtirish uskunalarini xarid qilish

xarajatining 20 foizi O'zbekiston Respublikasi budjeti hisobidan qoplab berilishi, bunda mazkur uskuna qiymatining 100 million so'mdan oshmagan qismi qoplanishi belgilandi.

Mazkur dastur asosida 2022 - 2026 yillarda chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarini jadal rivojlantirish, respublika aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta'minlashning maqsad va vazifalari belgilandi.

I

Mazkur nizom asosida chorvachilik xo'jaliklariga 2023 yil 1 sentabrdan boshlab 2025 yil 31 dekabrga qadar davlat tomonidan xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramolning har bir boshiga 2 mln so'm, nasldor qo'y va echkining har bir boshiga 400 ming so'm miqdorda subsidiya ajratish joriy etildi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

"ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" SEPTEMBER 26-27, 2024

1-rasm. Qoramolchilik tarmog'i subyektlaridagi mavjud muammolar, yechimi bo'yicha qabul qilingan normativ huquqiy hujjatlar asosida erishilgan natijalar

Chorvachilik tarmoqlarining samaradorligini oshirish, chorvachilik xo'jaliklarini moliyaviy davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash, chorva ozuqa bazasini yanada ko'paytirish, shuningdek, aholining yirik chorvachilik xo'jaliklari va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlovchilar bilan hamkorlikdagi faoliyati asosida o'z xonadonlarida chorva mollarini boqishini tashkil etish va chorva ozuqa bazasiga bo'lgan talabini qondirish masalasi qoramolchilik yo'nalishidagi xo'jaliklarida dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Shu bois, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-fevraldagi "Chorvachilikni yanada rivojlantirish va chorva ozuqa bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-121-sonli qarori chorvachilikni rivojlantirish, ozuqa bazasini yaxshilashdagi mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida qabul qilindi. Qarorda chorva ozuqa bazasini yetishtirish uchun sug'oriladigan yer maydonlari yetishmovchiligi mavjud bo'lgan tumanlarda go'sht va sut mahsulotlariga bo'lgan iste'mol talabini to'liq qondirish maqsadida kooperatsiya usulida go'sht va sut mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlashni yo'lga qo'ygan xo'jalik yurituvchi sub'ektlarga Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlar chegaralari doirasida bir tumanda kooperatsiya usulida go'sht va sut mahsulotlarini yetishtirishni tashkil etish hamda boshqa tumanda ozuqa ekinlarini yetishtirish uchun elektron onlayn auksion savdolari asosida sug'oriladigan yerlar ajratish, bunda, kooperatsiya usulida faoliyat olib boruvchi subyektlarga mazkur qarorda belgilangan barcha imtiyozlar qo'llanilishi belgilandi[4].

Mazkur qarorning muhim jihati shundaki, sug'oriladigan paxta va g'alla ekiladigan ekin maydonlaridan chorva ozuqasini yetishtirish uchun yer maydonlarini ajratilishi, 2022-2024 yillarda paxta-to'qimachilik, g'allachilik va sholichilik klasterlari tomonidan tashkil etiladigan chorvachilik komplekslarida chorva bosh sonini ko'paytirish va chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini oshirish, ozuqa ekin yer maydonlarida yomg'irlatib va tomchilatib sug'orish texnologiyalarini joriy etgan chorvachilik xo'jaliklariga uning har bir gektari uchun 8 million so'm miqdorida respublika byudjeti hisobidan belgilangan tartibda subsidiya ajratish, gidroponika usulida chorva mollariga ozuqa yetishtirish uskunalarini xarid qilish xarajatining 20 foizi respublika budjeti hisobidan qoplab berish imkoniyatini yaratdi.

Chorvachilik tarmog'ini har tomonloma davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash orqali, tarmoqda qo'shilgan qiymat zanjirini yaratish, chorvachilik xo'jaliklarida mahsulot ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida xorijiy grant mablag'lari, uzoq yilga mo'ljallangan imtiyozli kredit liniyalari jalb etilmoqda. Chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash sohasida ilg'or xorijiy texnologiyalarni faol joriy etish, fermer xo'jaliklari va qishloq xo'jaligi tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularning ishlab chiqarish salohiyatini oshirish, shuningdek, Jahon banki bilan hamkorlikni yanada kengaytirish uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 5-iyuldagi "Xalqaro taraqqiyot uyushmasi hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida «Chorvachilik sohasini rivojlantirish (2-bosqich)» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-211-sonli qarori qabul qilindi. «Chorvachilik sohasini rivojlantirish (2-bosqich)» loyihasi texnik-iqtisodiy asoslanishining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlariga ko'ra loyihaning umumiy qiymati 323 778,49 ming, AQSh dollarini tashkil etib, respublikamizda chorvachilik sohasida davlat xizmatlarini kuchaytirishga, bozor va qo'shilgan qiymat infratuzilmasini mustahkamlash, savdoni osonlashtirishga, yashil va iqlimga chidamli chorvachilik qiymat zanjirlari yaratish orqali chorvachilikni yanada rivojlantirish asosiy maqsad qilib belgilangan[5]. Shu bois, qoramolchilik mahsulotlari yetishtiruvchi subyektlar

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_

faoliyatini samarali tashkil etishda xalqaro kredit liniyalarini jalb etilishi o'zining ijobiy natijasini bera boshladi. Xususan, respublikamizda go'sht va sut mahsulotlari yetishtirish ko'rsatkichlari o'tgan yillarga nisbatan, bir necha barobarga oshib borayotganligidan dalolat beradi. Qoramolchilik mahsulotlarini yetishtiruvchi subyektlar tomonidan go'sht va sut mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash bo'yicha zamonaviy texnologiyalarning joriy etilishi natijasida tayyorlangan mahsulotlarning hajmi oshib bormoqda. Masalan, yetishtirilgan qishloq xo'jaligi mahsulotlarining umumiy hajmida chorvachilik mahsulotlarining 2023-yildagi ulushi 49,9 % ni tashkil etdi[6]. Chorvachilik tarmog'ining ichki imkoniyatlarini oshirish bo'yicha chora-tadbirlarning izchil amalga oshirilib borilayotganligi, shuningdek, ularga davlat tomonidan tizimli yordam ko'rsatilib kelinayotganligi chorva mollari bosh sonining ko'payishiga, ichki iste'mol bozorlarini go'sht va sut mahsulotlari bilan to'ldirishga imkon yaratdi.

Xulosa qilib aytganda, qoramolchilik tarmog'ini rivojlantirishda yo'nalishning tashkiliy-huquqiy jihatlariga alohida e'tibor qaratish, qoramolchilik xo'jaliklari samaradorligini oshirishda asosiy maqsad va vazifalarni belgilashda ilmiy tomonlama yondashishni talab etadi. Tashkiliy-huquqiy jihatdan ko'zlangan maqsad va vazifalarni ijrosini ta'minlashda asosiy ko'rsatkichlarni belgilab olish zarur. Quyidagi asosiy ko'rsatkichlar qoramolchilik xo'jaliklarini barqaror rivojlanishida belgilangan vazifalarni hal qilishda strategik tizim sifatida xizmat qiladi.

1) Qoramolchilik xo'jaligining maqsadini belgilash:

qoramolchilik xo'jaliklarida mahsulot yetishtirishning aniq maqsadlarini belgilash; qoramolchilik xo'jaligining istiqbolli rivojlantirish loyihalarini ishlab chiqish; ushbu yo'nalishda amalga oshirilayotgan islohotlardan kelib chiqib, belgilangan asosiy vazifalarga erishishni bashorat qilish.

2) Qoramolchilik xo'jaliklarini samarali boshqarish:

boshqaruvda xo'jalikni rivojlantirishning aniq maqsadga erishish ko'rsatkichlarini doimiy monitoring qilish;

erishilgan natijalarni tahlil qilish va baholash; oldingi va keyingi faoliyatning boshqaruv samaradorligini baholash; xo'jalik rahbari tomonidan qabul qilingan qarorlarning ijrosini tahlil qilish va nazoratini olib borish;

xo'jalik boshqaruvida xizmat ko'rsatuvchilar bilan samarali hamkorlikni yo'lga qo'yish.

3) Qoramolchilik mahsulotlari yetishtirishda hududning iqlim sharoitini baholash: mintaqani geografik joylashuvi va hududga mos bo'lga qoramol zotlarini parvarishlash; qoramolchilikda ozuqa bazasini yaxshilashda suv resurslari bilan ta'minlanganlik

darajasini baholash;

hududlarga xorijning mahsuldor zotlarni rayonlashtirish imkoniyatlarini ko'rib chiqish; qoramolchilik xo'jaliklarida zamonaviy texnologiyalarni qo'llash, kadrlar malakasini oshirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etishni kengaytirish.

REFRENCES

1. https://www.un.org/ru/global-issues/population.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning "O'zbekiston qishloq xo'jaligi xodimlariga yo'llagan tabrigi". 2023 yil 9 dekabr. "Yangi O'zbekiston" gazetasi 2023 yil 10-dekabr № 257 (1046).

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" SEPTEMBER 26-27, 2024

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-avgustdagi "Chorvachilikda identifikatsiya qilish tizimi va naslchilik sohasini takomillashtirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-285-son qarori.

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-fevraldagi "Chorvachilikni yanada rivojlantirish va chorva ozuqa bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-121-sonli qarori.

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 5-iyuldagi "Xalqaro taraqqiyot uyushmasi hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida «Chorvachilik sohasini rivojlantirish (2-bosqich)» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-211-sonli qarori.

6. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma'lumotlari. https://stat.uz/

7. O'zbekiston Respublikasi Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi. https://lex.uz/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.