Научная статья на тему 'QISHLOQ XO‘JALIGI MAHSULOTLARI HAJMINI OSHIRISH – OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH OMILI SIFATIDA'

QISHLOQ XO‘JALIGI MAHSULOTLARI HAJMINI OSHIRISH – OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH OMILI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

CC BY
3
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
oziq-ovqat / qishloq xo’jaligi / sog’lom ovqatlanishini ta’minlash / innovatsiyalar / fermer xo’jaliklari / dehqon va tomorqa xo’jaliklari / qishloq xo’jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar / qo’llab-quvvatlash beqarorligi

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — Dedajanova Xilola Baxtiyor Qizi

Maqolada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda qishloq xo’jaligining ahamiyati, uni rivojlantirish masalalari bayon etilgan. Shuningdek, sohada hududlar bo’yicha mahsulot yetishtirish ko’rsatkichlari tahlil etilgan. Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi sohasida mavjud bo’lgan ayrim muammolar ko’rsatib o’tilgan hamda sohani rivojlantirish borasida tegishli takliflar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QISHLOQ XO‘JALIGI MAHSULOTLARI HAJMINI OSHIRISH – OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH OMILI SIFATIDA»

QISHLOQ XO'JALIGI MAHSULOTLARI HAJMINI OSHIRISH - OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH OMILI

SIFATIDA

Dedajanova Xilola Baxtiyor qizi Namangan muhandislik-texnologiya instituti 1b-22 guruh talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10947421

ARTICLE INFO

Received: 5th April 2024 Accepted: 6th April 2024 Published: 8th April 2024

KEYWORDS oziq-ovqat, qishloq xo'jaligi, sog'lom ovqatlanishini

ta'minlash, innovatsiyalar, fermer xojaliklari, dehqon va tomorqa xojaliklari, qishloq xojaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar, qo'llab-quvvatlash beqarorligi Kirish

ABSTRACT

Maqolada oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashda qishloq xo'jaligining ahamiyati, uni rivojlantirish masalalari bayon etilgan. Shuningdek, sohada hududlar bo'yicha mahsulot yetishtirish ko'rsatkichlari tahlil etilgan. Oziq-ovqat va qishloq xojaligi sohasida mavjud bo'lgan ayrim muammolar ko'rsatib o'tilgan hamda sohani rivojlantirish borasida tegishli takliflar berilgan.

Bugungi kunda respublikamizda aholining qishloq xo'jalik mahsulotlariga bo'lgan ehtiyojini qondirish hamda oziq-ovqat bozoridagi barqarorlikni ta'minlashga katta e'tibor qaratilmoqda.

Shuningdek, qishloq xo'jaligi ekinlarining serhosil, tashqi ta'sirlarga chidamli navlarini yaratish, chorva naslini yaxshilash o'ta muhim ahamiyat kasb etmoqda. Fermerlar va kichik ishlab chiqaruvchilar uchun axborot-konsalting markazlarini tashkil etish, ularni resurs tejaydigan ilg'or texnologiya va usullar bo'yicha o'qitish uchun agro-konsalting xizmatlari sifatini tubdan yaxshilash ham dolzarb bo'lib bormoqda.

Prezidentimiz o'z ma'ruzalarida ta'kidlab o'tganlaridek: "Zamonaviy texnologiyalar va qishloq xo'jaligi texnikasi rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlardagi fermerlar uchun bir xilda ochiq va hamyonbop bo'lishi kerak. Biz xalqaro moliya institutlarini ushbu masalaga alohida e'tibor qaratib, qishloq xo'jaligi ishlab chiqaruvchilarining "yashil texnologiyalar"dan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish bo'yicha aniq amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqishga chaqiramiz.

Biz eng zarur mahsulotlar savdosi va transportirovkasida to'liq erkinlik hamda oziq-ovqat yuklari harakatini tartibga soladigan qoidalarni soddalashtirish tarafdorimiz. Savdo yo'llari xavfsizligi va ochiqligini ta'minlash davlatlararo munosabatlarda o'zgarmas tamoyil bo'lib qolishi zarur"[1].

Qishloq xo'jaligi sohasida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarimizda asosiy e'tiborni suv va yer resurslaridan oqilona foydalanish, ishlab chiqarishga zamonaviy texnologiyalarni faol joriy etish, xo'jalik va korxonalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, eng muhimi, dehqon va fermerlarning og'irini yengil qilishga qaratilmoqda.

Shu o'rinda ta'kidlab o'tish mumkinki, mamlakatimiz aholisining oziq-ovqat xavfsizligini va sog'lom ovqatlanishini ta'minlash zarurati davlat siyosatini yangicha va xalqaro tan olingan ilg'or amaliyotga yondashgan holda yuritishni talab etmoqda. Asosiy qism

Barcha mamlakatlarning qishloq xo'jaligi sohasida olib borilayotgan islohotlarda asosan -sohaga innovatsiyalarni jalb etish, suv va yer resurslaridan oqilona foydalanish, qishloq xo'jaligiga sanoatni olib kirishni jadalllashtirish, investitsiyalar jalb etish ko'lamini oshirish kabi bir qator dolzarb masalalarini yechimlarini topish, ularni amaliyotga joriy etish kabi chora-tadbirlarni ko'rmoqda [9].

Shuningdek, bu sohada raqamlashtirish jarayonlarini kuchaytirish, innovatsiyalarni olib kirish, axborot ta'minotida yangi usullarini qo'llash, mahsulotlar eksportini yanada rivojlantirish ayni dolzarb vazifalardan hisoblanmoqda [5,6].

Sayyoramizda bugungi kundagi aholi soni 8,1 milliardan oshdi. Tabiiyki, aholi soni o'sib borar ekan, ularni oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan talabi ortadi. Demak, bunda qishloq xo'jaligi mahsulotlarini hajmini oshirishni taqazo etadi [2,3].

Mamlakatimiz qishloq xo'jaligida yetishtirilayotgan mahsulotlar dinamikasini o'rgangan holda, aholiga oziq-ovqat mahsulotlari, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qay darajada yetkazib berilayotganini tahlil etishimiz mumkin.

2023 yilning yanvarb-dekabrb oylarida yetishtirilgan qishloq xo'jaligi mahsulotlari hajmi 404 648,6 mlrd, so'mni yoki 2022 yilning mos davriga nisbatan 103,9 % ni, shu jumladan, dehqonchilik mahsulotlari - 202 679,1 mlrd, so'mni (104,2 %), chorvachilik mahsulotlari - 201 969,5 mlrd, so'mni (103,7 %) tashkil qildi. 1-jadval

Hududlar kesimida qishloq xo'jaligi mahsulotlari

Hududlar Trln so'm O'sish sur'ati % da

Samarqand 49,1 4,3

Andijon 41,3 4,0

Qashqadaryo 38,6 4,2

Farg'ona 38,2 3,7

Toshkent 38,0 3,6

Buxoro 37,3 3,8

Surxondaryo 32,7 3,6

Namangan 29,9 4,4

Jizzax 26,4 4,0

Xorazm 26,2 4,0

Navoiy 18,2 1,9

Qoraqalpog'iston Respublikasi 15,3 4,0

Sirdaryo 13,4 6,2

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES À

Hududlar kesimida qishloq xo'jaligi mahsulotlarining eng yuqori hajmi Samarqand (49,1 trln. so'm), Andijon (41,3 trln. so'm), Qashqadaryo (38,6 trln. so'm) va Farg'ona (38,2 trln. so'm) viloyatlarida qayd etildi. Aksincha kam hajmga ega hududlarga Sirdaryo viloyati (13,4 trln. so'm) Qoraqalpog'iston Respublikasi (15,3 trln. so'm) va Navoiy viloyatini (18,2 mlrd. so'm) keltirib o'tish mumkin. Yuqori o'sish sur'atlari Sirdaryo (106,2 %), Namangan (104,4 %), Samarqand (104,3 %) va Qashqadaryo (104,2 %) viloyatlarida qayd etildi [8].

Xo'jalik toifalari bo'yicha tahlillar, qishloq xo'jaligi mahsulotlari umumiy hajmining 63,1 % i dehqon va tomorqa xo'jaliklariga, 29,8 % i fermer xo'jaliklariga, 7,1 % i qishloq xo'jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to'g'ri kelishini ko'rsatmoqda.

2-jadval

Etishtirilgan qishloq xo'jaligi mahsulotlarining hududlar bo'yicha xo'jaliklar toifalari kesimida taqsimlanishi

Hududlar Fermer xo'jaliklari Dehqon va tomorqa xo'jaliklari Qishloq xo'jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar

Qoraqalpog'iston Respublikasi 30,9 60,8 8,3

Andijon 32,0 62,8 5,2

Buxoro 30,1 63,8 6,1

Jizzax 25,8 66,4 7,8

Qashqadaryo 25,6 69,3 5,1

Navoiy 21,1 72,0 6,9

Namangan 38,3 57,1 4,6

Samarqand 38,1 57,7 4,2

Surxondaryo 24,5 67,1 8,4

Sirdaryo 36,4 50,4 13,2

Toshkent 15,5 66,9 17,6

Farg'ona 40,0 56,4 3,6

Xorazm 25,6 68,3 6,1

Qishloq xo'jaligi mahsulotlari ulushining hududlar bo'yicha xo'jalik toifalari kesimida taqsimlanishi tahlil qilinganda, eng yuqori ko'rsatkichlar barcha hududlarda dehqon va tomorqa xo'jaliklariga to'g'ri kelishi kuzatildi.

2023 yilning yanvarb-dekabrb oylari yakuniga ko'ra, ishlab chiqarilgan qishloq xo'jaligi mahsulotlari tarkibidagi fermer xo'jaliklarining ulushi bo'yicha eng yuqori ko'rsatkich Farg'ona viloyatida (40,0 %), dehqon va tomorqa xo'jaliklarining eng yuqori ulushi Navoiy viloyatida (72,0 %), qishloq xo'jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarning eng yuqori ulushi Toshkent viloyatida (17,6 %) qayd etildi [8]. 3-jadval

Dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini yetishtirishda xo'jalik toifalarining ulushi

Xo'jalik sub'ektlari toifalari

Fermer xo'jaliklari

Dehqon va tomorqa xo'jaliklari

Dehqonchilik

53,2

37,9

Chorvachilik

6,3

88,4

Page 300

Volume 1, Issue 5, April 2024

Qishloq xo'jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar

Fermer xo'jaliklarining qishloq xo'jaligi mahsuloti tarkibidagi ulushi bo'yicha eng kam ko'rsatkich Toshkent viloyatida (15,5 %), dehqon va tomorqa xo'jaliklarining eng kam ulushi Sirdaryo viloyatida (50,4 %), qishloq xo'jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarning eng kam ulushi Farg'ona viloyatida (3,6 %) kuzatildi.

Yuqoridagi ko'rsatkichlar tahlilidan ma'lumki, respublikamiz qishloq xo'jaligida mahsulot yetishtirish ko'rsatkichlari o'sish dinamikasida bo'lgan. Demak, bu aholini oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi mahsulotlariga bo'lgan ehtiyojini qondirish darajasi ortayotganligidan dalolat beradi. Biroq, soha tahlilini o'rganadigan bo'lsak, yechimini kutayotgan ayrim muammolar ham mavjud.

Shuningdek, tadqiqotlarimizda doirasida jahonda oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi sohasini rivojlantirishda bir qator muammolar mavjudki, ular aholini oziq-ovqatga bo'lgan talabini qondirishga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda [4,7]. Jumladan:

- mamlakat iqtisodiyotini kuchsizligi, rivojlanish dinamikasining pastligi;

- oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi sohasini qo'llab-quvvatlashning beqarorligi;

- ayrim mamlakatlarda aholining qashshoq qatlamlarini qo'llab-quvvatlash, yordam berish siyosatini pastligi yoki umuman yo'qligi;

- sohani rivojlanishida yetuk salohiyatli kadrlarga bo'lgan ehtiyojning yuqoriligi;

- dunyo iqtisodiyotida turli xil vaziyatlarni yuzaga kelishi;

- qashshoq mamlakatlarda sohani rivojlantirish uchun kerakli bo'lgan yangi texnika va texnologiyalarni o'zlashtirishdagi qiyinchiliklar va boshqa shu kabilarni sanab o'tishimiz mumkin.

Xulosa va takliflar

Yuqoridagi fikrlarda kelib chiqqan holda shuni ta'kidlab o'tishimiz mumkinki, oziq-ovqat

xavfsizligini ta'minlash bo'yicha islohotlarning muhim yo'nalishlaridan biri — qishloq

xo'jaligini rivojlantirish, sohadagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, mavjud muammolarni bartaraf etish, sohani rivojlanishning yangi yo'llarini ishlab chiqish hisoblanadi. Oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashda asosiy soha hisoblangan qishloq xo'jaligida mahsulot yetishtirish va ishlab chiqarish hajmini oshirish uchun, sohadagi muammolarnini bartaraf etish uchun quyidagilarni tavsiya etamiz: sohaga zamonaviy texnologiyalarni jalb etishni kengaytirish, qishloq xo'jaligi ekinlarining tabiat injiqliklariga chidamli shuningdek serhosil, eksportbop navlarini yaratish, chorvachilikda zotdor hayvonlar salmog'ini oshirish, fermer va kichik ishlab chiqaruvchilar uchun axborot va maslahat xizmatlarini ko'rsatuvchi markazlarni tashkil etish, dunyo aholisi uchun eng zarur mahsulotlar savdosini sun'iy boshqarmaslik, davlatlararo munosabatalarni o'zgarmas printsip asosida tashkillashtirish, oziq-ovqat mahsulotlarining jahon bozori bahosini sun'iy o'zgartirishga yo'l qo'ymaslik, oziq-ovqat va qishloq xo'jalik sohasiga investitsiyalar hajmini oshirish va boshqa shu kabilar.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati :

1. Мирзиёев Ш.М. Ози;-ов;ат хавфсизлиги буйича хал;аро конференция иштирокчиларига. https://president.uz/uz/lists/view/6645

2. Самар;андда Ози;-ов;ат хавфсизлиги буйича хал;аро конференция бошланди. https://www.imv.uz/oz/news/category/yangiliklar/post-1532

3. Шарипов К^ Хал;аро форматдаги ози;-ов;ат хавсизлигини таъминлашда бир-бирини тулдириш х,амкорлиги. https://yuz.uz/news/xalqaro-formatdagi-oziq-ovqat-xavsizligini-taminlashda-bir-birini-toldirish-hamkorligi

4. БН Дедажанов, ФИ Эргашева ПРОБЛЕМЫ ПОДДЕРЖКИ И СТИМУЛИРОВАНИЯ ПРЕДПРИЯТИЙ-ЭКСПОРТЕРОВ И ПУТИ ИХ ПРЕОДОЛЕНИЯ ВЕСТНИК РОССИЙСКОГО ЭКОНОМИЧЕСКОГО УНИВЕРСИТЕТА имени ГВ ПЛЕХАНОВА. ВСТУПЛЕНИЕ. ПУТЬ В НАУКУ № 3 (27) 2019. https://www.rea.ru/ru/org/managements/izdcentr/Documents/%E2%84%96%203%20(2 7)%202019.pdf#page=24

5. Эргашева, Ф. И. (2023). ТАДБИРКОРЛИК ФАОЛИЯТИДА АХБОРОТЛАРДАН

ФОЙДАЛАНИШ ХУСУСИЯТЛАРИ. SPAIN" PROBLEMS AND PROSPECTS FOR THE

IMPLEMENTATION OF INTERDISCIPLINARY RESEARCH", 14(1).

6. Dedajanov, B., & Sobirov, M. (2021). The essence of innovative activity and analysis indicators. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 1978-1990.

7. Dedajanov, B. N., & Ergasheva, F. I. (2019). ISSUES OF SUPPORT AND STIMULATION OF

EXPORTING ENTERPRISES AND WAYS OF THEIR ELIMINATION. Вестник Российского

экономического университета им. ГВ Плеханова. Вступление. Путь в науку, (3), 92-103.

8. O'zbekiston Respublikasi Statistika Qo'mitasi ma'lumotlari. https://stat.uz/uz/default/choraklik-natijalar/39033-2023-2#vanvar-dekabr

9. https://www.fao.org/3/mb729r/mb729r.pdf

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.