Научная статья на тему 'SIRDARYO VILOYATIDA CHORVACHILIK TARMOG‘IDA FAOLIYAT YURITUVCHI KICHIK TADBIRKORLIK SUBYEKTLARI FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISHNING OZIQ – OVQAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDAGI AHAMIYATI'

SIRDARYO VILOYATIDA CHORVACHILIK TARMOG‘IDA FAOLIYAT YURITUVCHI KICHIK TADBIRKORLIK SUBYEKTLARI FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISHNING OZIQ – OVQAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDAGI AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
qishloq xo‘jaligi / chorvachilik / kichik tadbirkorlik / sut

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Eshqulova Hilola Shoyimqul Qizi

Bugun globallashuv va iqlim o‘zgarishlari tobora jadallashayotgan bir davrda aholi soni ham kun sayin o‘sib oziq – ovqatga bo‘lgan talabi ham ortib bormoqda. Biz ushbu maqolamizda aholining oziq – ovqat xavfsizligining asosini tashkil etgan qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida chorvachilikning va unda kichik tadbirkorlik muhitini rivojlantirishning ahamiyati hamda tarmoqda mavjud tendensiyalar tahlilini Sirdaryo viloyati misolida ko‘rib chiqishni maqsad qilib oldik.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SIRDARYO VILOYATIDA CHORVACHILIK TARMOG‘IDA FAOLIYAT YURITUVCHI KICHIK TADBIRKORLIK SUBYEKTLARI FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISHNING OZIQ – OVQAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDAGI AHAMIYATI»

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

SIRDARYO VILOYATIDA CHORVACHILIK TARMOGIDA

FAOLIYAT YURITUVCHI KICHIK TADBIRKORLIK SUBYEKTLARI FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISHNING OZIQ - OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASHDAGI

AHAMIYATI

Eshqulova Hilola Shoyimqul qizi

Tayanch - doktorant, Guliston davlat universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.11402790

Annotatsiya. Bugun globallashuv va iqlim o'zgarishlari tobora jadallashayotgan bir davrda aholi soni ham kun sayin o'sib oziq - ovqatga bo'lgan talabi ham ortib bormoqda. Biz ushbu maqolamizda aholining oziq - ovqat xavfsizligining asosini tashkil etgan qishloq xo'jaligi tarmoqlarida chorvachilikning va unda kichik tadbirkorlik muhitini rivojlantirishning ahamiyati hamda tarmoqda mavjud tendensiyalar tahlilini Sirdaryo viloyati misolida ko'rib chiqishni maqsad qilib oldik.

Kalit so'zlar: qishloq xo'jaligi, chorvachilik, kichik tadbirkorlik, sut.

Аннотация. Сегодня, в эпоху глобализации и изменения климата, население растет с каждым днем, увеличивается и спрос на продукты питания. В данной статье мы поставили перед собой задачу рассмотреть значение животноводства и развития среды малого предпринимательства в аграрном секторе, которое является основой продовольственной безопасности населения, а также проанализировать существующие тенденции в отрасли на примере Сырдарьинская область.

Ключевые слова: сельское хозяйство, животноводство, малый бизнес, молоко.

Abstract. Today, in the era of globalization and climate change, the population is growing day by day, and the demand for food is also increasing. In this article, we aimed to consider the importance of animal husbandry and the development of a small business environment in the agricultural sector, which is the basis of food security of the population, and the analysis of existing trends in the sector on the example of the Syrdarya region.

Keywords: agriculture, animal husbandry, small business, milk.

Agrosanoat majmuasining aynan, sut chorvachiligi tarmog'ida kichik tadbirkorlikning holati va rivojlanish istiqbollari mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojida, aholi turmush darajasini oshirishda, oziq - ovqat xavfsizligini ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etib, o'zining sezilarli ta'sirini ko'rsatadi. Ushbu tarmoq mamlakatning nafaqat qishloq joylari, balki, shahar joylarda ham har bir hududning farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda. Buni e'tiborga olgan holda bugun mamlakatimizda chorvachilikni yanada rivojlantirish uchun bir qator qonunlar qabul qilinmoqdadir. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 8 fevraldagi "Chorvachilikni yanada rivojlantirish va chorva ozuqa bazasini mustahkamlash" to'g'risidagi PQ - 121-sonli qarori mamlakatimizda chorvachilik bilan shug'ullanuvchi xo'jaliklar faoliyatining eng dolzarb muammolaridab biri hisoblangan ozuqa bilan bog'liq masalalarni isloh etishga qaratilgandir. Qonunga ko'ra, chorvachilik tarmoqlarini yanada rivojlantirish, chorvachilik xo'jaliklarini moliyaviy qo'llab - quvvatlash, chorva ozuqa bazasini yanada ko'paytirish, shuningdek, aholining yirik chorvachilik xo'jaliklari va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlovchilar bilan hamkorlikdagi faoliyati asosida o'z xonadonlarida chorva mollarini boqishni

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

tashkil etish va chorva ozuqa bazasiga bo'lgan talabini qondirish va bunda amalga oshiriladigan islohotlar aniq yo'nalishlar bilan belgilab berilgandir [1].

Mamlakatimiz bo'ylab bugungi kunda chorva mollari bosh soni yildan yilga ijobiy tendensiyalarda o'sib bormoqda. Bu esa o'z navbatida ularni ozuqa bilan ta'minlashda qator muammolar yuzaga kelishiga ham sabab bo'lmoqda. Shu bilan bir qatorda chorva ozuqa mahsulotlarining narxi qimmat ekanligi, bu esa o'z navbatida sut va go'sht mahsulotlari tannarxi ortishiga va pirovardida xo'jaliklar foydasining pasayishiga olib kelmoqda.

Mamlakat iqtisodiyotida qishloq xo'jaligi eng muhim bo'g'inlardan biri hisoblanib uning tarkibida esa chorvachilik yuqori ulushga ega tarmoq hisoblanadi. Chorvachilik tarmog'ini rivojlantirish, unda mavjud muammolarni hal etish, tarmoqda samaradorlik, mahsuldorlik va rentabellik ko'rsatkichlari oshirish orqali biz mamlakat iqtisodiyotini rivojlanishida ijobiy ko'rsatkichlarga erishishimiz mumkindir.

Quyida chorvachilik tarmog'ida mavjud tendensiyalar, ularga doir ma'lumotlar va statistic ko'rsatkichlarni Sirdaryo viloyati misolida ko'rib, o'rganib tahlilini amalga oshiramiz.

Muallif ishlanmasi. Manba:[2].

Guvohi bo'lganimizdek, 2023 yilda qishloq xo'jaligi mahsulotlarining ummumiy hajmidagi chorvachilik mahsulotlarining ulushi 42.3 % ini, dehqonchilik, ovchilik va o'rmon xo'jaliklari esa qolgan 57.7 % ulushini tashkil etmoqda.

Bugun chorvachilik tarmog'ida faoliyat yurituvchi xo'jaliklar va tadbirkorlik subyektlarining salmoqli ulushi aynan kichik tadbirkorlik subyektlari hissasiga to'g'ri keladi. Chorvachilik mahsulotlarini ham qariyb 90 %i dehqon va tomorqa xo'jaliklari tomonidan yaratiladi. Agrosanoat majmuasida kichik tadbirkorlik subyektlari faoliyati tahlili shuni ko'rsatadiki, uning rivojlanishi mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlanishida ham o'zining muhim o'rni va roliga egadir.

Quyida keltirilgan 2 - rasmda Sirdaryo viloyatida mavjud barcha kichik tadbirkorlik subyektlarida aynan qishloq xo'jaligida faoliyat yurituvchilarning ulushi keltirib o'tilgandir.

1 - rasm.

Qishloq xo'jaligi mahsulotlarining ummumiy hajmidagi chorvachilik mahsulotlarining ulushi 2023 yil yanvar -dekabr holati uchun % da

Chorvachilik Boshqalar

2 - rasm.

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

Muallif ishlanmasi. Manba:[2].

Bundan ko''rinib turganidek, viloyatda kichik tadbirkorlik muhitini rivojlantirish uchun ham qishloq xo'jaligi va uning tarmoqlarini rivojlantirishimiz kerak bo'ladi. Sababi, ummumiy kichik tadbirkorlik subyektlarining oxirgi 5 yillik ma'lumotlarga ko'ra qariyb 90 % i qishloq xo'jaligida faoliyat yuritishmoqda.

Qishloq xo'jaligi mahsulotlarining ummumiy hajmini tahlil qiladigan bo'lsak, 2023 yilda chorvachilik tarmog'ining qishloq xo'jaligi mahsulotlarining ummumiy hajmidagi ulushi 42.3 % ni tashkil etib, 57.7 % i boshqa xo'jaliklar ulushiga to'g'ri kelmoqda. Buning diagramma shaklida ko'rinishi 3 - rasmda o'z ifodasini topgandir.

3 - rasm.

Qishloq xo'jaligi mahsulotlarining ummumiy hajmidagi chorvachilik mahsulotlarining ulushi 2023 yil yanvar -dekabr holati uchun % da

i Chorvachilik i Boshqalar

Muallif ishlanmasi. Manba:[2].

Ushbu ko'rsatkichlar bizga qishloq xo'jaligini rivojlanishi, aholi daromadlarini oshishida va pirovardida mamlakatning iqtisodiy o'sishiga erishishida chorvachilik tarmog'ini rivojlantirishning ahamiyati juda ham yuqori ekanligini isbotlamoqda. Bunda tarmoq tarkibini, unda faoliyat yuritivchi xo'jaliklarning ulushini tahlil qiladigan bo'lsak, eng yuqori ulush dehqon va tomorqa xo'jaliklari ulushiga to'g'ri kelmoqda. 2023 yil ma'lumotlariga ko'ra chorvachilik mahsulotlarini yetishtirishda qishloq xo''jaligi faoliyatinini amalga oshiruvchi tashkilotlar 501 % ni , fermer xo'jaliklari 5.8 % ni va dehqon va tomorqa xo'jaliklari 89.1 % ni tashkil etmoqda.

4 - rasm.

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

2023 yilda yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlarining

xo'jaliklar kesimida taqsimlanishi

5,1 5,8 ■ Fermer xo'jaliklari

Dehqon va tomorqa

89,1 xo'jaliklari

Qishloq xo'jaligi

faoliyatini amalga

oshiruvchi tashkilotlar

Muallif ishlanmasi. Manba:[2].

4 - rasm ma'lumotlaridan xulosa qilib aytishimiz mumkinki, bugun biz chorvachilik tarmog'ini rivojlantirish uchun avvalo dehqon va tomorqa xo'jaliklari faoliyatlarini samarali tashkil etishimiz va bu borada amalga oshirilayotgan ishlar ko'lamini yanada kengaytirib, dehqon va tomorqa xo'jaliklarini tizimli ravishda qo'llab - quvvatlashimiz maqsadga muvofiqdir.

Keltirilgan ma'lumotning mantiqiy davomi sifatida quyida 5 - rasmda ham chorvachilik tarmog'ida, ham umuman, oziq - ovqat tarmoqlarida birlamchi ahamiyatga ega bo'lgan sut mahsulotini yetishtirilishini xo'jaliklar kesimida taqsimlanishiga to'xtalib o'tamiz.

5 - rasm.

2023 yil davomida viloyatda yetishtirilgan sut hajmining xo'jaliklar kesimida taqsimlanishi (ming tonnada)

350 300 250 200 150 100 50 0

Fermer xo'jaliklari

Dehqon va Qihsloq xo'jaligi tomorqa faoliyatini

xo'jaliklari amalga

oshiruvchi tashkilotlar

2023 yil davomida viloyatda yetishtirilgan sut hajmining xo'jaliklar kesimida taqsimlanishi (ming tonnada)

Muallif ishlanmasi. Manba:[2].

2023 yil davomida yetishtirilgan sut mahsulotining xo'jalik toifalari bo'yicha taqsimlanishiga e'tibor qaratadigan bo'lsak, eng past ulush 16.6 ming tonna bilan 4.2 % i qishloq xo'jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar hisobiga to'g'ri kelmoqda. Fermer xo'jaliklari esa 28.9 ming tonna bilan yetishtirilayotgan ummumiy sut miqdorining 7.3 % ini tashkil etmoqda. Bunda 348.6 ming tonna bilan dehqon va tomorqa xo'jaliklari ummumiy mahsulotning 88.5 % ini yetishtirgan bo'lib, tarmoqda eng yuqori ulushga ega bo'lmoqdalar.

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

Yuqorida keltirib o'tilgan raqamlardan ko'rinib turibdiki, chorvachilik qishloq xo'jaligida ham, viloyat iqtisodiyotida ham, shuningdek, aholi turmush tarzida ham o'zining ajralmas o'rniga egadir. Bugun mamlakat miqyosida qishloq xo'jaligida faoliyat yurituvchi kichik tadbirkorlik subyektlarini rivojlanishini rag'batlantirish uchun davlat tomonidan grantlar, subsidiyalar va imtiyozli kreditlar ajratilib kelinmoqda. Bu orqali ayniqsa qishloq joylarda istiqomat qiluvchi aholining bandligini ta'minlash va daromadlarini oshirishda yaxshi natija va ko'rsatkichlarga erishib kelinmoqda.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, nafaqat Sirdaryo viloyatida, balki butun mamlakat miqyosida qishloq xo'jaligini rivojlantirish oziq - ovqat xavfsizligini mustahkam ta'minlashda chorvachilikni hamda uning tarmoqlarini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega dolzarb vazifamiz bo'lib qolaveradi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 8 fevraldagi "Chorvachilikni yanada rivojlantirish va chorva ozuqa bazasini mustahkamlash" to'g'risidagi PQ - 12-sonli qarori

2. Sirdaryo viloyatining statistic axborotnomasi. Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi., Guliston - 2024.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.