SIRDARYO VILOYATI ISHLAB CHIQARISH KUCHLARINI HUDUDIY TASHKIL ETISHNING TASHKILIY ASOSLARI Qilichev Zoyir Toxir o'g'li GulDU Ekologiya va geografiya kafedrasi o'qituvchisi Email: [email protected] Umirzaqov Oybek GulDU Ekologiya va geografiya kafedrasi tayanch doktoranti Email: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.10960436
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 8th April 2024 Accepted: 9th April 2024 Published: 11th April 2024 KEYWORDS
Mamlakatning barqaror rivojlanishi ta'minlab berayotgan hududiy ishlab chiqarish kuchlarini to'g'ri va samarali tashkil etish masalalari muhim hisoblanadi. Bu jarayon mamlakat aholisining sanoat, qishloq xo'jaligi, transport, oziq-ovqat va boshqa turdagi maxsulot va hizmatlariga bo'lgan ehtiyojini ta'minlashda, qatra ishlash sanoati tarmoqlarini esa xomashyoga bo'lga talabini qondirishda katta ahamiyatga ega.
Kirish.Sirdaryo viloyati Mirzacho'lning o'zlashtirilgan qismlarini hamda qisman Qizilqum yerlarini o'z ichiga oladi. Viloyatda o'zlashtirishga yaroqli yerlar ko'p. Ammo tabiatiga xos ayrim noqulayliklar tufayli dehqonchilikda ko'pgina mehnat, mablag' sarflashga to'g'ri keladi. Tabiatning noqulayliklarini bartaraf etmoq uchun ihota daraxtzorlari barpo etish, yerosti suvlarini zovurlar qazib qochirish va tuproqni yuvib turish talab etiladi. Sirdaryo viloyatida mamlakat aholisining 2,5 foizi yashaydi. Aholining 90% dan ziyodi sug'oriladigan hududlarda joylashgan. Yangi yerlarni o'zlashtirish maqsadida boshqa viloyatlardan ishchi kuchlari jalb
Qishloq xojaligi, iqtisodiy rayon, xomashyo, diversifikatsiyalash, ekin maydonlari, donli ekinlar, dehqonchilik.
etilgan. Endilikda viloyat o'z ishchi kuchlari bilan ma'lum darajada ta'minlangan.
Viloyat xo'jalik negizini qishloq xo'jaligi tashkil qiladi. Ekin maydonlarining kattaligi jihatidan viloyat respublikada oldingi o'rinda turadi. Sirdaryo viloyati mamlakatimiz qishloq xo'jaligi mahsulotining 3,6 foizini, Mirzacho'l iqtisodiy rayonining 40,8 foizini beradi. Yangi yerlarni o'zlashtirish orqali rivojlangan bu tarmoqda dexqonchilik etakchilik qiladi.
Viloyat sanoati, ko'proq mintaqaning ixtisoslashgan tarmog'i qishloq xo'jaligi, asosan, paxtachilik bilan chambarchas bog'liq. Jumladan, qurilish materiallari va don mahsulotlari ishlab chiqarish, paxta tozalash, yog' ishlab chiqarish kabilar ayni shu yetakchi tarmoq bilan birgalikda alohida ishlab chiqarish majmuasini shakllantiradi. Viloyatdagi yirik Shirin shaxrida joylashgan Sirdaryo IES respublikamizda eng yirik elektr Sanoat geografiyasida yaxshi rivoj topgan. Bu yerda Xitoy Xalq Respublikasi bilan hamkorlikda qurilayotgan "Peng sheng"
qo'shma korxonasi katta ahamiyatga ega. Sayxunobod tumanining xissasi 12,7 %, Oqoltin, Guliston, Boyovut tumanlarining ulushlari ham ko'zga tashlanadi. Nisbatan past ko'rsatkichlar esa Xovos hamda Mirzaobod tumanida kuzatiladi.
Xalq iste'mol mollarini ishlab chiqarishda ham hududiy tafovutlar deyarli shunday; ularning 45,6 foizi Sirdaryo tumani, 16,4 foizini Guliston shahri beradi. Shuningdek, Sayxunobod tumanining mavqei ham birmuncha yuqoriroq. Viloyat sanoatining hududiy tashkil qilinishida Guliston shaxrini sanoat markazi sifatida ajratish mumkin. Shuningdek, Sirdaryo, Yangiyer shaharlari ham xuddi shunday maqomga ega. Bu shaharlarda mintaqaning yirik sanoat korxonalari: yog'-moy va qurilish materiallari korxonalari joylashgan. Aholi soni bo'yicha birmuncha kichik sanoat markazlari qatorida Shirin va Baxt shaharlari turadi. Yuqoridagilardan tashqari, Sirdaryo shaxridagi sut zavodi va qurilish materiallari korxonalari, tibbiyot sohalari uchun momiq-paxta, doka, bint, dori-darmonlar ishlab chiqaruvchi korxonalarni ham qayd etish joiz. Sirdaryo viloyati respublikamizning asosan qishloq xo'jaligiga ixtisoslashgan va shu maqsadda tashkil etilgan ma'muriy hududi hisoblanadi. Bunday sharoitda, eng avvalo, mintaqa iqtisodiyotini diversifikatsiyalash, paxta yakka hokimligini yo'qotish, ishlab chiqarishning yuqori texnologik pog'onalarini tashkil qilishdek jiddiy vazifalar paydo bo'ldi.
Hozirgi paytda Sirdaryo viloyatininig umumiy ekin maydonlari 260 ming gektar bo'lib, shundan 104,4 ming gektarga donli ekinlar ekiladi. Qolgan qismida paxta, poliz va sabzavot etishtiriladi. 2000 yilda viloyatdagi 104,4 ming gektarga ekilgan donli ekinlardan 217,2 ming tonna hosil olingan (asosan bug'doy), hosildorlik o'rtacha 20,8 tsentner.
Dexqonchilikning etakchi tarmog'i - paxtachilik bo'lsada, keyingi yillarda uning ekin maydonlari anchaga qisqardi. Hozirgi vaqtda Sirdaryo viloyati barcha ekin maydonlarining 53,1 foiziga paxta ekilmoqda.
Poliz va sabzavot mahsulotlarini etishtirish ham muxim qishloq xo'jaligi tarmoqlari bo'lib, viloyat bu jihatdan mintaqalar ichida etakchilardan hisoblanadi. Aynan ana shu mahsulot turlarining yalpi hosili Respublika umumiy ko'rsatkichida 3,7 foizni, shundan poliz ekinlari 54,1 foiz, qolgani sabzavotlarga to'g'ri keladi. Poliz ekinlari etishtirish bo'yicha (63,4 ming tonna) viloyatlar orasida mazkur viloyat birinchi o'rinni egallaydi.
1-rasm. Viloyat qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaligi mahsulotlarining umumiy hajmida eng yuqori va eng kam ulushga ega hududlar
Qishloq, o'rmou va baliq xo'jaligi maxsulot (xizmat)lar umumiy liajmiuiug hududlar kesimida taqsimlauislii
Gulistou sh: 2.4 %
Xovos: 17,2 %
^ Shirin sh: 0,3 %
Yangiyer sh: 0,3 ®/o
Oqoltin: 10,5 %
Sirdaryo: 12,4 %
Mirzaobod: 10,5 %
Boyovut: 14J %
Sayxunobod: 12,9 c/o
Sardoba: 9.2 %
Gulistou: 10,0 %
1-diagramma. Qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaligi mahsulot-(xizmat)lari umumiy hajmining hududlar kesimida taqsimlanishi (% da)
Sirdaryo viloyatida dehqonchilik mahsulotlarini yetishtirish bilan bir vaqtda chorvachilik tarmoqlari ham rivoj topib bormoqda. Mazkur tarmoqning yalpi qishloq xo'jaligi mahsuloti xajmidagi ulushi 45,7 foizga teng. Go'sht yetishtirish tirik vaznda 25,1 ming tonnani tashkil etgan holda Respublikada etishtirilgan go'shtning 3,1 foizni, sutning 3,3 foizini beradi. Bundan tashqari, pillachilik ham yaxshi yo'lga qo'yilgan.
Qishloq xo'jaligidan olinayotgan mahsulotlarning yalpi hosiliga ko'ra 2000 yilda Oqoltin (15,9 foiz), Sayxunobod (13,6 foiz), Boyovut (17,2 foiz) va Sirdaryo (14,5 foiz) tumanlari boshqa tumanlarga nisbatan ajralib turadi.
2021 yil ma'lumotlari bo'yicha, o'tgan davr oralig'ida viloyat qishloq xo'jaligida bironta ham ortiqcha ishchi kuchi bo'shamagan. Aksincha, aynan shu tarmoqda 4,6 ming kishilik yangi ish o'rinlari tashkil etilgan. Bu esa viloyatdagi mehnat resurslari muammolarini hal etishga ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni yuksaltirishga xizmat qiladi.
2021- yilning yakuniga ko'ra ishlab chiqarilgan qishloq xo'jaligi mahsulotlari tarkibidagi chorvachilik mahsulotlarining toifalar bo'yicha ulushi ya'ni fermer xo'jaliklarida (4,9 %), dehqon (shaxsiy yordamchi) xo'jaliklarida (92,0 %), qishloq xo'jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarida (3,1 %) ni tashkil etdi.
Ekin maydonlarining deyarli yarmiga paxta ekiladi. Undan keyingi o'rinlarda don, ozuqa, meva-sabzavot va poliz ekinlari turadi. Guliston va Xovos tumanlarida sabzavot va poliz
ekinlari yetishtiriladi. Bog' dorchilik va uzumchilik ham rivojlangan. Viloyatda sanoat zalvori bo'yicha qishloq xo'jaligidan keyin turadi. Viloyat sanoatining asosini elektr energiya ishlab chiqarish tashkil etadi. Shirin shahridagi Sirdaryo IES, Guliston shahridagi yog'-ekstraksiya zavodi, Yangiyer shahridagi qurilish materiallari va konstruksiyalari kombinati va viloyat paxta tozalash zavodlari yirik sanoat korxonalari hisoblanadi. Viloyatda o'nlab qo'shma korxonalar faoliyat ko'rsatmoqda.
2021- yilning yanvar-dekabr oylari yakunlariga ko'ra, ishlab chiqarilgan qishloq xo'jaligi mahsulotlari tarkibidagi fermer xo'jaliklarining ulushi bo'yicha eng yuqori ko'rsatkich Xovos tumanida (66,6 %), dehqon (shaxsiy yordamchi) xo'jaliklarining eng yuqori ulushi Shirin shahrida (95,3 %), qishloq xo'jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarning eng yuqori ulushi Mirzaobod tumanida (31,1 %) qayd etildi.
Fermer xo'jaliklarining qishloq xo'jaligi mahsuloti tarkibidagi ulushi bo'yicha eng kam ko'rsatkich Shirin (0,0 %), Guliston (0,6 %) va Yangiyer shaharlarida (4,8 %), dehqon (shaxsiy yordamchi) xo'jaliklarining eng kam ulushi Xovos tumanida (32,3 %), qishloq xo'jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarning eng kam ulushi Xovos (1,1 %), Sayxunobod tumanida (1,6 %) hamda Guliston (1,8 %) va tumanlarida qayd etildi.
Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, 2021- yilning yanvar - dekabr oylarida tarmoqning ijobiy o'sish sur'atiga asosan quyidagi mahsulotlarning 2020- yilning mos davriga nisbatan yuqori o'sish
sur'ati qayd etilganligi orqali erishildi: paxta 118,6 %, asal 109,9 %, tuxum 109,8 %, baliq 106,9 %.
Xulosa.2022- yilning yanvar-sentabr oylarida hududlar kesimida qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaligi mahsulot (xizmat)larining eng yuqori hajmi Boyovut (1299,4 mlrd. so'm) Sayxunobod (1175,3 mlrd. so'm) va Xovos (1101,6 mlrd. so'm) tumanlarida qayd etildi. Aksincha, kam hajmga ega hududlarga Shirin (24,9 mlrd.so'm), Yangiyer (27,1 mlrd. so'm) va Guliston (198,5 mlrd. so'm) shaharlarini keltirib o'tish mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Хидиралиев, К., Киличев, З., & Хидиралиев, Э. (2024). ГЕОГРАФИЯ И ГЕОЭКОЛОГИЯ: ПРОБЛЕМА И РЕШЕНИЕ. Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и исследований в области управления, 1(1), 27-32.
2. Alimqul o'g'li, U. O., & Toxir o'g'li, Q. Z. (2023). SIRDARYO VILOYATI GEOSISTEMALARI VA ULARDAN FOYDALANISH HOLATI. TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI, 3(12), 154-157.
3. Toxir o'g'li, Q. Z. (2023, March). GLOBAL VA GEOEKOLOGIK MUAMMOLAR. In Proceedings of International Conference on Educational Discoveries and Humanities (Vol. 2, No. 4, pp. 1-7).
4. Qilichev, Z. (2022). SIRDARYO TURIZMI HAQIDA. Zamonaviy dunyoda tabiiy fanlar: Nazariy va amaliy izlanishlar, 1(20), 4-7.
5. Akhunbabaev, M. M., Kuliyev, T., Kilichev, Z. T., & Rakhmankulov, F. R. ECOLOGICAL AND BIOLOGICAL INDICATORS OF PLANT CHARACTERISTICS. Academicia Globe: Inderscience Research, 165.
6. Рахматов, Ф. О., & Рахматов, О. (2023). МЕТОДИКА ОПРЕДЕЛЕНИЯ ТЕПЛОВОГО
БАЛАНСА И АЭРОДИНАМИЧЕСКИХ ПАРАМЕТРОВ СУШИЛЬНОЙ УСТАНОВКИ. Journal of Agriculture & Horticulture, 3(6), 90-94.
7. Артиков, А., Машарипова, З. А., & Рахматов, Ф. О. У. (2020). АВТОМАТИЗИРОВАННЫЕ РАСЧЕТЫ РАВНОВЕСИЯ ТРЕХФАЗНОЙ СИСТЕМЫ В ПРОЦЕССЕ ОБЕЗВОЖИВАНИЕ ЖИДКОГО МАТЕРИАЛА. Universum: технические науки, (12-3 (81)), 24-30.
8. Rakhmatov, O., Tukhtamishev, S. S., Khudoiberdiev, R. K., Adilov, A. А., & Rahmatov, F. O. (2023, April). Experimental and theoretical studies of the modulus of elasticity and Poisson's ratio for vegetable and melon crops. In International Conference on Digital Transformation: Informatics, Economics, and Education (DTIEE2023) (Vol. 12637, pp. 291-297). SPIE.
9. Рахматов, О. О., Рахматов, Ф. О., & Тухтамишев, С. (2017). ЭКОНОМИЧЕСКАЯ ЭФФЕКТИВНОСТЬ ТЕХНОЛОГИЧЕСКОЙ ЛИНИИ ПО ПРОИЗВОДСТВУ ВЯЛЕНОЙ ДЫНИ. In Научно-практические пути повышения экологической устойчивости и социально-экономическое обеспечение сельскохозяйственного производства (pp. 1317-1320).
10. Рахматов, О., Нуриев, К. К., & Юсупов, А. М. (2013). Безотходная технология переработки остатков хлопчатника. Вестник Алтайского государственного аграрного университета, (6 (104)), 103-108.
11. Рахматов, О. (2016). К вопросу тепловой оптимизации режима эксплуатации солнечно-топливной сушильной установки конвективного типа. Вестник Алтайского государственного аграрного университета, (1 (135)), 132-138.
12. Рахматов, О. (2015). Реализация и эксплуатация гибких производственных систем комплексной безотходной переработки продуктов виноградарства. Ташкент: Изд-во «Фан.
13. Iskandarov, Z. S., Rakhmatov, O., Salomov, M. N., Akhmedov, S. K., & Rashidov, A. S. (2011). Double chamber solar and fuel drying unit for agricultural products. Applied Solar Energy, 47(1), 24.
14. Nuriev, K. K., Nuriev, M. K., Rakhmatov, O., Korabekova, S., & Bakhronova, M. A. (2022, December). Determination of the total resistance of the ploughshare when the blade is blunted. In IOP Conference Series: Earth and Environmental Science (Vol. 1112, No. 1, p. 012014). IOP Publishing.
15. Рахматов, О., Унгаров, А. А. У., Рахмонкулова, Ё. М. К., & Султонов, Н. Ш. У. (2019). Разработка трёхвалкового аппарата для пластификации вяленой дыни. Наука, техника и образование, (9 (62)), 41-43.
16. Рахматов, О. (2014). Разработка комплексной мини-линии по переработке винограда на кишмиш для сельхозпредприятий малой и средней мощности. Вестник Алтайского государственного аграрного университета, (2 (112)), 138-142.
17. РАХМАТОВ, О., НУРИЕВ, К. К., & ТОШБАЕВА, Ш. К. (2014). Безотходная комплексная переработка плодов дыни. In ТЕХНИКА И ТЕХНОЛОГИИ: ПУТИ ИННОВАЦИОННОГО РАЗВИТИЯ (pp. 222-226).
18. Saidov, J., Matmusayeva, M., & To'rayeva, Z. (2024). AXBOROT TIZIMLARI VA ULARNING RIVOJLANISHI OMILLARI. Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и исследований в области управления, 1(4), 66-69.
19. Rakhmatov, O., & Rakhmatov, F. (2023). Experimental study of the process of drying melon slices in a chamber-convection dryer. In E3S Web of Conferences (Vol. 443, p. 02004). EDP Sciences.
20. Saidov, J., Ishchanova, I., Temirxolova, B., & Nurmuhammedova, Z. (2024). BILIMLAR BAZASINING ASOSIY XUSUSIYATLARI VA ULARGA OID LOYIHALASH. Theoretical aspects in the formation of pedagogical sciences, 3(7), 23-27.