mm '
M mm $
iOllji 3§
liiilN ^
JB
SIAN JOURNAL OF
icipctHHry research
SIRDARYO VILOYATI SHAHARLARINI INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI Qilichev Zoyir Toxir o'g'li GulDU Ekologiya va geografiya kafedrasi o'qituvchisi Email: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.10960410
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 8th April 2024 Accepted: 9th April 2024 Published: 11th April 2024
KEYWORDS Shahar, infratuzilma, aholi turmush darajasi, urbanizatsiya, xizmat ko'rsatish, shaharcha, aholi manzilgohlari.
Bugungi kunda davlat tomonidan amalga oshirilayotgan barcha ishlar inson va uning manfatlariga xizmat qilmoqda. Respublikamizni rivojlatirishga qaratilgan qator chora-tadbirlar qabul qilingan. Jumladan Vazirlar Mahkamasining "2022-2026yiUarga mo'lj'allangan davlat dasturi qabul qilingan bo'lib, bu dasturda Sirdaryo viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqilib amaliyotga tadbiq etilmoqda.
Kirish. Dasturda Sirdaryo viloyatida 2022-2026 yillarda yalpi hududiy mahsulot va sanoat mahsulotlari hajmini 1,6 baravar, qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni 1,3 baravar, xizmatlar hajmini 3,2 baravar hamda qurilish ishlari hajmini 1,5 baravarga oshirish nazarda tutilgan.
2022-yilda Sirdaryo viloyatida muhandislik-kommunikatsiya, ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish infratuzilmasini rivojlantirish hamda ijtimoiy soha obektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta'mirlash bo'yicha kompleks tadbirlar;
Sirdaryo viloyatining shahar va tumanlarida ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish bo'yicha shakllantirilgan istiqbolli loyihalarning manzilli ro'yxati.
Infografika: 2022 yilda Sirdaryo viloyatini ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora tadbirlari. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi infografikasida 2022 yilda Sirdaryo viloyatini ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora tadbirlari keltirilgan.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 22 yanvardagi PQ-98 qarori bilan 2022 yilda Sirdaryo viloyatida qiymati 466 535,4 mln.so'm bo'lgan 78 loyihalar amalga oshirilishi belgilangan. Belgilangan mablag'larning 19,7% (91,8 mlrd. so'm) ijtimoiy sohadagi 15 ta, 2,5% (11,6 mlrd.so'm) muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridagi 5 ta, 35,8% (167,2 mlrd.so'm) irrigatsiya-melioratsiya tadbirlari doirasidagi 40 ta, 15,3% (71,5 mlrd.so'm)
mahallalarni rivojlantirish dasturlari uchun, 16,1% (75,0 mlrd.so'm) yo'l transport infratuzilmasini rivojlantirish doirasidagi 4 ta va 10,6% (49,5 mlrd.so'm) boshqa tadbirlar doirasidagi 14 ta loyihalarga ajratilgan.
Dastur doirasida 2 ta maktabgacha ta'lim muassalari, 1 ta sport obyekti, 64,9 km ichimlik suvi tarmoqlari va 8 ta suv inshoatlari, 19,5 km irrigatsiya kanallari qurilishi rejalashtirilgan.
Sirdaryo viloyatida respublikamiz 3% aholisi yashaydi biroq, bu yerda aholi zichligi yuqori, o'rtacha zichlik 205 kishiga teng. Viloyat markazi Guliston shaxri aholi soniga ko'ra Respublikamizda eng so'ngi o'rinda bormoqda.
Ijtimoiy infratuzilma bevosita aholi ehtiyoj va talablariga qaratilgan. Xizmat ko'rsatish infratuzilmasi aholiga xizmat qilar ekan, ijtimoiy geografik tadqiqotlarda aholining o'sishi, joylanishi milliy etnik va yosh tarkibini taxlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Aholi hamda ishlab chiqarishning joylashuvi bir biri bilan aloqador bo'lib, hududlar iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishiga, ishlab chiqarishni hududiy tashkil etishga bevosita ta'sir ko'rsatadi.
Viloyatda tarmoqlar bo'yicha jami band aholi soni 2020-yilda 498,9 ming kishini tashkil etib, unda qishloq o'rmon va baliq xo'jaligida 249,4 ming, tog' kon sanoatida 0,3 ming, ishlab chiqarish sanoatida 37,8 ming, elektro energiya va gaz taminotida 4,3 ming, suv bilan ta'minlash hamda kanalizatsiya, chiqindilarni yig'ish va utilizatsiya qilishda 0,8 ming, qurulishda 48,2 ming, ulgirji va chakana savdo, transport vositalarni ta'mirlashda 34,1 ming, tashish va saqlash xizmatida 13 ming, yashash va ovqatlanish 6,4 ming, axborot va aloqa ming kishi, moliya va sug'urta xizmatida 2 ming, ko'chmas mulk bilan bog'liq xizmatlarda 0,8 ming, professional, ilmiy texnik faoliyatda 2,0 ming, boshqarish bo'yicha faoliyat va yordamchi xizmatlar ko'rsatish 2,5 ming, davlat boshqaruvi va mudofaa, majburiy ijtimoiy ta'minot 18,4 ming, ta'limda 29,7 ming, sog'liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish 21,4, san'at va dam olish 3 ming, boshqa turdagi xizmatlarda esa 23,6 mingta aholi band.
Sirdaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan shifoxona muassasalari soni '
(birlik)
2010-y* 2011-y* 2012-y * 2013-y* 2014-y.* 2015-y.* 2016- y.* 2017-y* 2018-y.* 2019- y* 2020-y* 2021-y.*
Sirdaryo viloyati 38 38 33 37 36 34 39 33 38 45 42 42
Guliston sh 13 14 13 16 19 17 17 15 19 18 19 20
shirin sh Yangiyer sh 1 3 1 4 1 1 3 4 1 1 3 3 1 1 5 4 2 2 2 2 4 7 7 5
tumanlar
Oqoltinl Boyovut t 1 4 1 3 1 1 2 1 1 1 2 1 1 1 1 1 1111 1111
Guliston t 4 4 3 3 2 1 1 1 12 11
Mimiobod t 2 2 2 2 1 2 2 2 2 3 3 3
Sayxunobod t 1 1 1 1 1 1 1 1 1111
Sardoba t Sirdaryo t 1 6 1 5 1 1 4 5 1 1 3 4 1 1 7 4 12 2 2 4 6 3 4
Xovos 1 2 2 2 2 2 2 2 2 2 2 2 2
*) Sirdaryo viloyati bo'yicha taqsimlanmagan ma'lumotlar qo'shiigan
Viloyat shaharlari orasida shifoxona muassasalari soni bo'yicha yetakchilik Guliston shahrida bo'lib, 2021-yilda 20tani tashkil etmoqda.Shirin shahrida bu ko'rsatkich 2tani va Yangiyer shahrida esa 5 tani tashkil etmoqda.
Viloyatda bugungi kunda 5 ta shahar (ularning 3 tasi viloyatga bo'sunuvchi shaxarlar) va 25 ta shaxarcha mavjud. Ularda jami aholining 42,6 % isteqomat qiladi. Vaholanki, respublikamiz o'rtacha urbanizatsiya darajasi 50,6 % ni tashkil qilganligini hisobga olganda ancha past. Respublikada urbanizatsiya darajasi bo'yicha, Samarqand, Buhoro, Surxondaryo hamda Xorazm viloyatlaridan oldinda ya'ni 8 - o'rinda bormoqda.
Mintaqada shaharchalar soni 2009-yilda mamlakatimizda yuz bergan "ma'muriy urbanizatsiya" tufayli ortib borgan. Viloyatda mavjud shaharchalar soni bo'yicha, Guliston tumani peshqadamlik qilmoqda (5ta), Boyovut Sirdaryo va Sayhunobod tumanlarida (4 tadan), Oqoltin tumanida 3ta, Xovos hamda Mirzaobod tumanlarida 2 tadan shaharchalar mavjud. Ayni paytda Sardoba tumanida bironta qishloq aholi punkti shaharcha moqomiga sazovor bo'lmagan. Aytish lozimki, yangicha agroshaharlar soni Sirdaryo viloyatida unchalik ko'p emas: bu borada respublikamizda oxirgi o'rinda.
Viloyatning iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan rivojlanishi birmuncha pastligi uning urbanizatsiya jarayonida ham o'z aksini topgan. Mintaqada bironta "yuz minglik" ya'ni katta shaxar yo'q va bu borada respublikamiz geosiyosiy tizimida yagona xisoblanadi. Markaz Guliston shahri ham bu darajaga yetisha olmagan. Xozirgi kunda Guliston shahrida 93,4 ming, Yangiyerda 45,3 Shirin shahrida esa 19 ming aholi yashaydi. Takidlash lozimki so'ngi o'n yilda Guliston shaxri aholisi deyarli o'n ming kishiga ko'paygan, boisi shaxar ijtimoiy infratuzilmasinining yaxshilanib borishi, bir qancha oliy o'quv yurtlarining shaxarda tashkil etilganligi xisobga olinsa, katta ehtimol bilan yaqin 5 yilda respublikamiz katta shaxarlari qatoridan joy olishi mumkin. Viloyat shaxarlari va shaxarchalarida ishlab chiqarishni hududi tashkil etish, xududiy mujassamlashuvni rivojlantrish hamda aholiga xizmat ko'rsatish infratuzilmasini qator omillarni xisobga olgan holda tashkil etishni talab qiladi. Shuningdek viloyat aholisi o'z mohiyatiga ko'ra boshqa hudud aholisiga qaraganda o'zining yuqori darajada tadbirkorligi bilan ajralib turadi. Boisi aholi migratsiya natijasida shakllangan., ma'lumki migratsiya "tanlovchanlik" ya'ni "terib olish" xususiyatiga ega.
Xizmat ko'rsatish infratuzilmasini rivojlanishi va hududiy tarkibini foydalanish hamda aholi bandlik darajalariga ahamiyat beriladi. Ushbu jarayonni tadqiq etish orqali xizmat ko'rsatish sohalarida, mehnat resurslaridan foydalanish imkoniyatlari vujudga kelishi mumkin.
Viloyat tabiiy sharoitida ijtimoiy infratuzilma tizimini mukammal yaratish, ta'lim, sog'liqni saqlash, kabi aholiga xizmat ko'rsatish sohalarining rivojlanishi ayniqsa muhimdir. Viloyat hududida yashovchi aholi qachondir boshqa tuman va viloyatlardan ko'chib kelgan, binobarin, ularning muqim yashashi va rivojlanishi uchun tegishli shart-sharoitlarni yaratish katta axamiyatga ega bo'lib aholi turmush darajasini yaxshilash va kichik biznesni rivojlantrishrish samaralidir. Chakana savdo aylanmasining salmog'i bo'yicha Guliston shaxri hamda Sirdaryo tumanlari yetakchilik qilmoqda, Yangiyer shahri hamda Sardoba va Boyovut tumanlarining ulushi ham nisbatan yuqoriroq. Pullik xizmatlarning ham qishloq tumanlari va shaharlari bo'yicha taqsimlanishi turlicha, bunda Guliston shahrining mavqei yanada yuqori -58,6 %. Ushbu soha mintaqada o'ta markazlashganligi ko'rishimiz mumkin. Viloyat markazidan
tashqari pullik xizmatlar hajmi Sirdaryo tumanida ham bir muncha kattaroq ulushga ega (10,6 %). Ammo aholining jon boshiga xisoblaganda mutlaqo boshqacha xulosalarga kelish mumkin. Bunda, Sardoba tumanida bu ko'rsatkich eng past ekanligi aksincha Guliston shahrida u eng yuqorigi ko'rishimiz mumkin.
Ijtimoiy infratuzilma aholining shaxsiy kundalik ijtimoiy maishiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi sharoitlar va tarmoqlar yig'indisidan iborat tizimdir.
Ko'pgina mamlakatlarda xizmat ko'rsatish sohasidan olinadigan foyda yalpi ichki mahsulotning o'sishiga olib keladi, bu esa har qanday mamlakat iqtisodiyotiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
Viloyatda aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlashga katta e'tibor beriladi. Viloyat bo'yicha bu ko'rsatkich o'rtacha 80,6 foizga teng. Guliston shahrida u 92 %, Yangiyer va Sirdaryoda ham vaziyat ancha yaxshi. Biroq, boshqa hududlarda, xususan Shirin shaxri, Baxt shaharlarida u qoniqarli darajada emas. Tabiiy gaz bilan ta'minlanish - 78,8 %. Guliston, Yangiyer va Shirin shaharlari hamda Sirdaryo tumani xonadonlari gaz bilan 90-100 foiz ta'minlangan.
Umuman olganda viloyatning ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanish darajasi yetarli emas. Shu jihatdan bu yerda qator o'z yechimini kutayotgan muammolar mavjud. Eng avvalo, mintaqa iqtisodiyotini mukammal xududiy ishlab tashkil etish hamda ijtimoiy infaratuzlmani kuchli sanoat markazlari va tugunlari, o'sish qutblarini rivojlantirish talab etiladi. Ijtimoiy soxalar masalan, sog'liqni saqlash, ta'lim, transport kabi aholiga xizmat ko'rsatish sohalari rivojlanishida xam hozircha xal etilmagan muammolar bor.
Mintaqa ijtimoiy-iqtisodiy saloxiyatini yuksaltirishda, avvalambor, Boyovut, Guliston, Mirzaobod tumanlariga ustuvor ahamiyat berish talab etiladi, chunki bu hududlar viloyat markaziga yaqin. Shuningdek, viloyat markazi xam o'zining huquqiy mavqeiga teng bo'lgan shaxarlardan ancha orqada. Binobarin, Guliston shahrining ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishiga, uning demografik saloxiyatini ko'tarishga xam e'tibor berish maqsadga muvofiq. Hozirgi vaqtda bu shaxarda viloyat jami aholisining 10 foizdan ortiqrog'i yashaydi.
Xulosa
Sirdaryo viloyati shaharlarining demografik ko'rsatkichlari shahar va shaharchalarda tug'ilganlar, o'lganlar, tabiiy ko'payish, nikoh va ajralish hamda ularning har 1000 kishiga yoki 100 kishiga nisbati (promille - %o va koeffitsient - % ) olinadi. Sirdaryo viloyati shaharlarining demografik ko'rsatkichlarini Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasining jadval ko'rinishidagi ishonchli ma'lumotlari asosida 2018 - 2022 yillardagi holati tahlil qilindi. 2023-yilning 1-martida Sirdaryo viloyati aholisi 900,9 ming kishiga yetgan. Shu davrda shahar aholisi ulushi 43,1 % ni tashkil qilgan. 2023-yilning 1-yanvarida 896,6 ming kishini tashkil etgan. 2018-2023-yillarda oralig'ida shahar aholisi ulushi umumiy aholiga nisbatan 42,9 % dan 43,1 % gacha o'zgargan.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. Sh.Mirziyoyev Yangi O'zbekiston Taraqqiyot Strategiyasi. Toshkent. 2022.
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES
2. Sh.Mirziyoyev Yangi O'zbekiston Strategiyasi. Toshkent. 2021. 458 bet
Акрамов 3.M., Раимов Т.И. Об экономико-географическом изучении городов Узбекистана // Научные труды ТашГУ. -Т., 1964,5-35 с.
2. Алаев Э.Б. Социально-экономическая география. Понятийно - терминологический словарь. - М.: Мысль, 1983, 350 с.
3. Ата - Мирзаев О.Б., Гентшке В., Муртазаева Р., Салиев А. Историко - демографические очерки урбанизации Узбекистана. - Т.: Университет, 2002, 125 с.
4. Axmedov E.A. O'zbekiston shaharlari mustaqillik yillarida. - T.: Abu Ali Ibn Sino, 2002, 224 b.
5. Баранский Н.Н. Очерки по школьной методике экономической географии. -М.: Мысль, 1946, 227 с.
6. Alimqul o'g'li, U. O., & Toxir o'g'li, Q. Z. (2023). SIRDARYO VILOYATI GEOSISTEMALARI VA ULARDAN FOYDALANISH HOLATI. TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI, 3(12), 154-157.
7.Umirzaqov, O. A., & Anarboyeva, S. M. (2023). SIRDARYO VILOYATI YER-SUV RESURSLARIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING ASOSIY YO 'NALISHLARI. Экономика и социум, (12 (115)-1), 824-828.
8. Qilichev, Z. T. (2023). SIRDARYO VILOYATI TABIIY SHAROITI VA UNING AHOLI SALOMATLIGIGA TA'SIRI. Экономика и социум, (12 (115)-2), 310-315.
9. Хидиралиев, К., Киличев, З., & Хидиралиев, Э. (2024). ГЕОГРАФИЯ И ГЕОЭКОЛОГИЯ: ПРОБЛЕМА И РЕШЕНИЕ. Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и исследований в области управления, 1(1), 27-32.
10. Alimqul o'g'li, U. O., & Toxir o'g'li, Q. Z. (2023). SIRDARYO VILOYATI GEOSISTEMALARI VA ULARDAN FOYDALANISH HOLATI. TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI, 3(12), 154-157.
11. Toxir o'g'li, Q. Z. (2023, March). GLOBAL VA GEOEKOLOGIK MUAMMOLAR. In Proceedings of International Conference on Educational Discoveries and Humanities (Vol. 2, No. 4, pp. 1-7).
12. Qilichev, Z. (2022). SIRDARYO TURIZMI HAQIDA. Zamonaviy dunyoda tabiiy fanlar: Nazariy va amaliy izlanishlar, 1(20), 4-7.
13. Akhunbabaev, M. M., Kuliyev, T., Kilichev, Z. T., & Rakhmankulov, F. R. ECOLOGICAL AND BIOLOGICAL INDICATORS OF PLANT CHARACTERISTICS. Academicia Globe: Inderscience Research, 165.
14. Рахматов, Ф. О., & Рахматов, О. (2023). МЕТОДИКА ОПРЕДЕЛЕНИЯ ТЕПЛОВОГО БАЛАНСА И АЭРОДИНАМИЧЕСКИХ ПАРАМЕТРОВ СУШИЛЬНОЙ УСТАНОВКИ. Journal of Agriculture & Horticulture, 3(6), 90-94.
15. Артиков, А., Машарипова, З. А., & Рахматов, Ф. О. У. (2020). АВТОМАТИЗИРОВАННЫЕ РАСЧЕТЫ РАВНОВЕСИЯ ТРЕХФАЗНОЙ СИСТЕМЫ В ПРОЦЕССЕ ОБЕЗВОЖИВАНИЕ ЖИДКОГО МАТЕРИАЛА. Universum: технические науки, (12-3 (81)), 24-30.
16. Rakhmatov, O., Tukhtamishev, S. S., Khudoiberdiev, R. K., Adilov, A. А., & Rahmatov, F. O. (2023, April). Experimental and theoretical studies of the modulus of elasticity and Poisson's
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES À
ratio for vegetable and melon crops. In International Conference on Digital Transformation: Informatics, Economics, and Education (DTIEE2023) (Vol. 12637, pp. 291-297). SPIE.
17. Рахматов, О. О., Рахматов, Ф. О., & Тухтамишев, С. (2017). ЭКОНОМИЧЕСКАЯ ЭФФЕКТИВНОСТЬ ТЕХНОЛОГИЧЕСКОЙ ЛИНИИ ПО ПРОИЗВОДСТВУ ВЯЛЕНОЙ ДЫНИ. In Научно-практические пути повышения экологической устойчивости и социально-экономическое обеспечение сельскохозяйственного производства (pp. 1317-1320).
18. Рахматов, О., Нуриев, К. К., & Юсупов, А. М. (2013). Безотходная технология переработки остатков хлопчатника. Вестник Алтайского государственного аграрного университета, (6 (104)), 103-108.
19. Рахматов, О. (2016). К вопросу тепловой оптимизации режима эксплуатации солнечно-топливной сушильной установки конвективного типа. Вестник Алтайского государственного аграрного университета, (1 (135)), 132-138.
20. Рахматов, О. (2015). Реализация и эксплуатация гибких производственных систем комплексной безотходной переработки продуктов виноградарства. Ташкент: Изд-во «Фан.
21. Saidov, J., Ishchanova, I., Temirxolova, B., & Nurmuhammedova, Z. (2024). BILIMLAR BAZASINING ASOSIY XUSUSIYATLARI VA ULARGA OID LOYIHALASH. Theoretical aspects in the formation of pedagogical sciences, 3(7), 23-27.