Научная статья на тему 'AGRAR SOHANI RIVOJLANTIRISHDA DEHQON XO‘JALIGINING AHAMIYATI'

AGRAR SOHANI RIVOJLANTIRISHDA DEHQON XO‘JALIGINING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

200
36
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
qishloq xo„jaligi / dehqon xo„jaliklari / yer / agrar soha / qishloq xo„jaligi ishlab chiqarishi / agriculture / peasant farms / land / agrarian sector / agricultural production.

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — Anvarjon Sarvar O‘g‘li Suyinov

Qishloq xo„jaligi sohasi mamlakatlar iqtisodiyotini o„sishida muhim ahamiyatga ega. Maqolada mamlakatimizda qishloq xo„jaligi bo„yicha yetakchi viloyatlardan biri Samarqand obyekt sifatida tanlagan. Qishloq xo„jaligi mahsulotlar ishlab chiqarish bo„yicha dehqon va tomorqa xo„jaliklari boshqa xo„jalik shakllariga qaraganda yuqori ulushga ega ekanligi aniqlandi. Mazkur maqola dehqon xo„jaliklari, ularning xususiyatlari, bugungi kungacha rivojlanish bosqichlarini xorijiy hamda respublikamiz tadqiqotchilarining ilmiy ishlariga asoslangan holda o„rganib chiqildi. Xulosa qilib aytadigan bo„lsak, dehqon xo„jaligi oiladagi a‟zolarning mehnatiga asoslanib qishloq xo„jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi bir tomondan uy xo„jaligining oziq-ovqat mahsulotlariga talabini qondiruvchi hamda bozorda yetishtirgan mahsulotlarini erkin sotib daromad topadigan xo„jalik deya ta‟rif berish mumkin va ularning samaradorligini oshirish va davlat tomonidan qo„llab-quvvatlash muhim bo„lib hisoblanadi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The agricultural sector is important for the growth of the economy of countries. In the article, Samarkand, one of our country‟s leading regions in agriculture, was chosen as an object. It was found that peasant and tomorka farms have a higher share in the production of agricultural products than other forms of economy. This article is based on the scientific work of foreign and our local researchers on peasant farms, their characteristics, and the stages of their development to date. To summarize, a peasant farm is defined as a farm that produces agricultural products based on the labor of family members, on the one hand, meets the demand for food products of the household, and earns income by freely selling its products on the market. In this case, it is crucial to increase their efficiency and support from the state in ensuring food safety in the country

Текст научной работы на тему «AGRAR SOHANI RIVOJLANTIRISHDA DEHQON XO‘JALIGINING AHAMIYATI»

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

AGRAR SOHANI RIVOJLANTIRISHDA DEHQON XO'JALIGINING

AHAMIYATI

Anvarjon Sarvar o'g'li Suyinov

Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali Turizm yo'nalishi 2-bosqich

talabasi

Fotima Jozilovna Saydullayeva

Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali iqtisodiyot, barqaror qishloq xo'jaligi va raqamli texnologiyalar kafedrasi assistenti

ANNOTATSIYA

Qishloq xo'jaligi sohasi mamlakatlar iqtisodiyotini o'sishida muhim ahamiyatga ega. Maqolada mamlakatimizda qishloq xo'jaligi bo'yicha yetakchi viloyatlardan biri Samarqand obyekt sifatida tanlagan. Qishloq xo'jaligi mahsulotlar ishlab chiqarish bo'yicha dehqon va tomorqa xo'jaliklari boshqa xo'jalik shakllariga qaraganda yuqori ulushga ega ekanligi aniqlandi. Mazkur maqola dehqon xo'jaliklari, ularning xususiyatlari, bugungi kungacha rivojlanish bosqichlarini xorijiy hamda respublikamiz tadqiqotchilarining ilmiy ishlariga asoslangan holda o'rganib chiqildi. Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, dehqon xo'jaligi oiladagi a'zolarning mehnatiga asoslanib qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi bir tomondan uy xo'jaligining oziq-ovqat mahsulotlariga talabini qondiruvchi hamda bozorda yetishtirgan mahsulotlarini erkin sotib daromad topadigan xo'jalik deya ta'rif berish mumkin va ularning samaradorligini oshirish va davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash muhim bo'lib hisoblanadi.

Kalit so'zlar: qishloq xo'jaligi, dehqon xo'jaliklari, yer, agrar soha, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi.

ABSTRACT

The agricultural sector is important for the growth of the economy of countries. In the article, Samarkand, one of our country's leading regions in agriculture, was chosen as an object. It was found that peasant and tomorka farms have a higher share in the production of agricultural products than other forms of economy. This article is based on the scientific work of foreign and our local researchers on peasant farms, their characteristics, and the stages of their

May 12-13

802

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

development to date. To summarize, a peasant farm is defined as a farm that produces agricultural products based on the labor of family members, on the one hand, meets the demand for food products of the household, and earns income by freely selling its products on the market. In this case, it is crucial to increase their efficiency and support from the state in ensuring food safety in the country.

Keywords: agriculture, peasant farms, land, agrarian sector, agricultural production.

Kirish. Qishloq xo'jaligi sohasi mamlakatlar iqtisodiyotini o'sishida muhim ahamiyatga ega. Chunki qishloq xo'jaligining soha sifatida asosiy vazifasi-mamlakat aholisini oziq-ovqatga, sanoatning esa xom-ashyoga bo'lgan ehtiyojini qondirishdir. Aytishimiz mumkinki, dunyo bo'yicha qishloq xo'jaligi sohasida yetakchi o'rinni egallagan mamlakatlar: AQSH, Niderlandiya, Germaniya, Xitoy va Hindiston kabi davlatlarda ushbu soha mamlakat iqtisodiyoti uchun muhim hisoblanadi. Jumladan, AQSHda qishloq xo'jaligi mahsulotlari 134.7 mlrd dollarni tashkil qiladi. Braziliyada esa YaIM ning 25 foizi, Hindistonda 19.9 foizni tashkil etadi.[1]O'zbekistonda esa YaIM ning 28 foizini tashkil qilib kelayotgan bu soha samarali davlat siyosati sharoitida mamlakat iqtisodiy o'sishining asosiy omillaridan biri sifatida hisoblanib kelmoqda.[2]Ushbu sohada mahsulot ishlab chiqarish va uni dastlabki qayta ishlaydigan bir necha tarmoqlarning mavjudligi iqtisodiy jihatdan faol aholining taxminan yarmi, kamroq taraqqiy etgan mamlakatlarda esa ko'pincha 80-90 foizidan ortig'i qishloq xo'jaligi sohasida band. Xorij mamlakatlari misolida olib qarasak, Rossiyada qishloq xo'jaligida ishlab chiqarishida bandlik 16 foizini ta'minlaydi va bu soha 2014-yildan beri juda daromadli biznesga aylandi.[1]So'nggi yillarda Hindistonda ham agrar soha sektori aholining deyarli yarmi uchun asosiy daromad manbai hisoblanadi. O'zbekistonda ham bandlik yuzasidan qishloq xo'jaligi sohasi 27 foiz aholini qamrab oladi.[7] Qishloq xo'jaligi sohasi hozirgi kunda bir necha tarmoqlarga bo'linadi. Bulardan asosiy ikkita yirik tarmoqlari dehqonchilik va chorvachilikdir. Dehqonchilik-bu qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish, aholini oziq-ovqat mahsulotlari, chorvachilikni yem-xashak, ko'pgina sanoat tarmoqlarini (oziq-ovqat, to'qimachilik, farmasevtika va boshqa.) xom-ashyo bilan ta'minlaydi. Sabzavotchilik, polizchilik, bog'dorchilik kabi tarmoqlarga bo'linadi. Chorvachilikdan esa aholini ish hayvonlari (ot, tuya, ho'kiz, bug'u), oziq-ovqat mahsulotlari (sut, qatiq, go'sht, yog', tuxum), yengil sanoatni xom-ashyo (jun, teri, mo'yna va h.k), dehqonchilikni organik

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

o'g'it, shuningdek, har xil dori darmonlar (shifobaxsh zardoblar, gormonal preparatlar) olinadi.

Quyidagi rasmdan dehqon va tomorqa xo'jaliklari boshqa xo'jalik shakllariga qaraganda yuqori ulushga ega bo'lib aholining oziq-ovqatga bo'lgan asosiy talabini qondiradi.Bundan kelib chiqadiki, dehqon va tomorqa xo'jaliklarida qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish imkoniyati ko'proq. Samarqand viloyatida 2015-2022-yillarda qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari xo'jalik toifalari ichida dehqon va tomorqa xo'jaliklari 56,7 % ni, fermer xo'jaliklari esa 40,5 % ni tashkil etgan.2018-yilga kelib esa fermer xo'jaliklari miqyosida mahsulot ishlab chiqarish nisbatan kamayib 34,8 % ga tushgan, shu yillarda tomorqa xo'jaliklari esa 62,6 % ga yetgan.(1-rasm).

¿.a 3,0 2,8 2,b ЗД 3,1 3,2 3,2

56,7 56,7 57,0 62,6 62,1 60,8 58,8 57,3

40,5 40,3 40,2 39,5

34,« 34,0 3b, 1 38

2015Y 2016Y 2017Y 2018Y 2019Y 2020Y 2021Y 2022Y

Qishloq xo'jaligi faoliyatiiii amalga oshiravchi tashkilotlar

■ Dehqon va tomorqa xo'jaliklari

■ Fenner xo'jaliklari

1-rasm. Samarqand viloyatida 2015-2022-yillarda qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari xo'jalik toifalari ulushi % da aks ettirilgan.

Tadqiqot metodologiyasi. Mazkur maqola dehqon xo'jaliklari, ularning xususiyatlari, bugungi kungacha rivojlanish bosqichlarini xorijiy hamda respublikamiz tadqiqotchilarining ilmiy ishlariga asoslangan holda o'rganib chiqildi.

Ilmiy ishlar Web of Science, Scopus va Google scholar bazalarida mavjud bo'lgan nufuzli jurnallardan olingan bo'lib, dehqon xo'jaliklari bo'yicha nazariy qarashlar tizimlashtirilgan.

May 12-13

804

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

Olingan natijalar va tahlillar. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 01.04.2021 yildagi Dehqon xo'jaliklari to'g'risidagi qonunda "Dehqon xo'jaligi meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish yoki ijara (ikkilamchi ijara) huquqi asosida dehqon xo'jaligi boshlig'iga berilgan yer uchastkasida qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirishni va realizatsiya qilishni dehqon xo'jaligi a'zolarining shaxsiy mehnati asosida amalga oshiruvchi xo'jalikdir." deyilgan.[3]

Seamas O Siochain va boshqalarning "Peasant Society" haqidagi fikriga ko'ra Dehqonlar yer va resurslarga egalik qiluvchi yoki ularni nazorat qiluvchi shaxslar birinchi navbatda o'z hayoti uchun qishloq xo'jaligi ekinlarini yetishtiradi, lekin ular ortiqcha ham ishlab chiqaradi va bir qismi aholi vakillari tomonidan bevosita yoki bilvosita o'zlashtiriladigan iqtisodiy tizim deb qaraydi.[11]

Dehqon xo'jaliklari jamiyatning muhim bo'g'ini bo'lgan oilaga taaluqli bo'lib, ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojni qondirishga xizmat ko'rsatuvchi, mustaqil xo'jalik yurutuvchi subyektdir. Samiyeva o'z tadqiqot ishida "uy xo'jaligi", "shaxsiy tomorqa xo'jaliklari", "dehqon xo'jaliklari" kategoriyalarining mohiyati ochib bergan hamda dehqon xo'jaliklari uy xo'jaliklarining tarkibiy qismi ekan, ularning negizida oila kategoriyasi mavjudligidan kelib chiqqan holda "Dehqon xo'jaligi qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan oila xo'jaligidir, bunda oila a'zolarining birgalikda mehnati ta'minlanib, aholining qishloq xo'jaligiga bo'lgan talabi qondiriladi" deya ta'riflagan.[6]

Marc Edelmanning fikriga ko'ra dehqonlar an'anaviy ravishda o'z joyiga joylashgan jamoalar va ular mahalliy landshaftlar va agroekologik tizimlar haqida qayg'uradilar. Dehqon so'zi - qishloq xo'jaligi tarmoqlari ya'ni dehqonchilik va chorvachilik bilan shu'gullanuvchi har qanday kasbga qo'llanilishi mumkin.[14] Bu atama uzoq vaqtdan beri mavjud bo'lgan shaxs belgilari hisoblanib hozirgi kunda ham dunyoda eng yirik ijtimoiy qatlam sifatida ko'riladi.

Dehqonlar o'z sohasiga sarmoya kiritishni emas, balki tirikchilikni ko'zlagan. Dehqonlarning asosiy maqsadi uning kundalik ehtiyojlarini qondirish bo'lsa, undan keyin ma'lum bir bozor segmenti uchun mahsulot yetkazib berish orqali pul topish. Bundan tushgan mablag'lar esa kelgusi yil uchun o'git yoki tovar sotib olishga ishlatiladi. Shaninning dehqonlar to'grisidagi tushunchasi uchta asosiy mezonni o'z ichiga oladi:

- fermer xo'jaligi xususiy yoki uzoq muddatga ijaraga olingan yerda qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtirish bilan shug'ullanadigan xo'jalik.

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

- oila xo'jaligi; oilaviy mehnatga asoslangan ichki ijtimoiy tashkilot. Bunda tavakkalchilik, ishlab chiqarish, iste'mol, qayta ishlash birgalikda amalga oshiriladi.

-tadbirkor xo'jaligida esa asosiy maqsad daromadga qaratilgan bo'ladi ya'ni bunda bozor uchun ishlashga to'gri keladi.[15]

F.A.Brokgauz va I.A.Yefronlar muallifligidagi ensiklopedik lug'atda "Dehqon xo'jaliklari - iqtisodiy kategoriya sifatida oila rahbari va uning a'zolari mehnatiga tayangan mayda tovar ishlab chiqaruvchi qishloq xo'jaligi korxonasidir" . Yana bir ensiklopediyada "dehqon xo'jaligi shunday qishloq xo'jaligi ishlab chiqarish shaklidirki, u asosan umrbod meros qoldirilgan yoki uzoq vaqt foydalanish uchun ijaraga olingan yerda oila a'zolarining birgalikdagi mehnatiga asoslanadi" [12] deyilgan. A.Bobok esa zamonaviy dehqon xo'jaliklari ga baho berib shunday deganki "Aholi tomorqa xo'jaliklari hozirgi kunda bozor iqtisodiyoti sharoitida qishloq aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlovchi shuning ortida aholi daromadlari oshishi manbai ekanligini" ta'kidlab o'tgan.[13]

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, dehqon xo'jaligi oiladagi a'zolarning mehnatiga asoslanib qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi bir tomondan uy xo'jaligining oziq-ovqat mahsulotlariga talabini qondiruvchi hamda bozorda yetishtirgan mahsulotlarini erkin sotib daromad topadigan xo'jalik deya ta'rif berish mumkin. Bugungi kunda dehqon xo'jaliklari mavjud yer resurslaridan samarali foydalanishiga va ko'proq daromad olishiga qaratilgan islohotlar mamlakatimizda aholi soni yildan-yilga o'sib borishini hisobga olib ko'proq oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirilishini ta'minlaydi.

REFERENCES

1.World Economic Outlook Database, April 2019. World Economic Outlook. International Monetary Fund (April 2019).

2.Toshkent shahar iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish bosh boshqarmasihttps://cityeconomy.uz/uz/news/uzbyangiliklari/ozbekistonda-yalpi-ichki-mahsulot.

3.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.04.2018 yildagi "Fermer, dehqonxo'jaliklarivatomorqayeregalarifaoliyatinitakomillashtirish

Xulosa

bo „yichaqo „ shimchachora-tadbirlarto „ grisidagi sonliqarori. www.lex.uz

PQ-3680-

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

г

4.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-oktabrdagi "Fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish bo'yicha tashkiliy chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-3318-sonli qarori. www.lex.uz 5.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 01.04.2021 yildagi Dehqon xo'jaliklari to'g'risida"gi 0'RQ-680-sonli qarori. www.lex.uz

6.Samiyeva G.T. Dehqon xo'jaliklarida mahsulotlar diversifikatsiyasi. MonografiY. -T- "Voris", 2020.

7.Ahmedov U.Q. Qishloq joylari uy xo'jaliklarining rivojlanish istiqbollari (Monografiya) - T.: "Fan va texnologiya", 2014, 152 bet.

8.Shukrullo Muratov The Role of Innovations in the Activities of Tomorka Farms in Samarkand Region

9.Botir Dosov, Inna Rudenko, Davron Niyazmetov"Agricultural and Food Systems Transformation for Better Food Security and Nutrition in Eurasia" Uzbekistan country study REPORT 11.05.2018.

10.Ergashev R.X; Qishloq xo'jaligi iqtisodiyoti - 7 (darslik), - T,: "EXTREMUM PRESS". 2011,

11.Jacques Le Goff and Edmund King, "The Town as an Agent of Civilisation, C. 1200-c. 1500," in The Fontana Economic History of Europe: The Middle Ages, ed. Carlo M. Cipolla (London: Collins/Fontana, 1972), 71.

12.Брокгауз Ф.А. ва Ефрон И.А. Энциклопедический словарь. - М., 2001; Стр.

13.Бобок А. Развивать малые формы хозяйствования. // АПК: экономика, управление. - М., 2008, №9. С.36-37.

14.Prepared for the first session of the Intergovernmental Working Group on a United Nations Declaration on the Rights of Peasants and Other People Working in Rural Areas, Geneva, 15-19 July 2013.

15.Peasants and peasant societies. Shanin, T.Peasants and peasant societies. 1971 pp.448 pp.

480

May 12-13

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.