Научная статья на тему 'QISHLOQ HUDUDIDAGI AYOLLAR DAROMADINING OILA DAROMADLARIDAGI TUTGAN O‘RNI'

QISHLOQ HUDUDIDAGI AYOLLAR DAROMADINING OILA DAROMADLARIDAGI TUTGAN O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

65
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ayollar bandligi / oilaviy daromad / gender tenglik / diversifikatsiya / so„rovnoma / respondent. / female employment / family income / gender equality / diversification / questionnaire / the respondent.

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Sarvinoz Sherali Qizi Muxammadiyeva

Ushbu maqolada qishloq xo„jaligi sohasida ayollar mehnatini yuqori baholash, qo„l mehnatidan foydalanishni kamaytirish hamda qishloq hududlaridagi ayollarga zamonaviy texnologiyalardan foydalanishni joriy qilish yo„llari haqida so„z yuritilgan. Bundan tashqari, qishloq ayollarini qo„llab-quvvatlash bo„yicha turli yangiliklar va texnologiyalar joriy etilmoqda kelgusida ayollar erkaklar bilan teng huquqga ega bo„lishi uchun hukumatlar hamda xalqaro hamjamiyat tomonidan taqdim etilayotgan imkoniyatlar va xizmatlar bo„yicha “ishlab chiqarish resurslari” va fuqarolar sifatida qarash mumkin. Samarqand viloyati Payariq tumanida istiqomat qiluvchi 112 nafar ayollardan olingan so„rovnoma asosida tahlil qilindi. Natijada qishloq hududida yashaydigan aholining o„rtacha daromadlari hisoblandi va ayollorning o„rtacha daromadlari 38.8 % ga to„g„ri kelishi aniqlandi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article talks about ways to increase the value of women's work in agriculture, reduce the use of manual labor, and introduce the use of modern technologies to women in rural areas. In addition, various innovations and technologies are being introduced to support rural women, "productive resources" and citizens in terms of opportunities and services provided by governments and the international community so that women can have equal rights with men in the future. can be seen as It was analyzed on the basis of a questionnaire received from 112 women living in Payariq district of Samarkand region. As a result, the average income of the population living in the rural area was calculated and it was found that the average income of women corresponds to 38.8%

Текст научной работы на тему «QISHLOQ HUDUDIDAGI AYOLLAR DAROMADINING OILA DAROMADLARIDAGI TUTGAN O‘RNI»

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

QISHLOQ HUDUDIDAGI AYOLLAR DAROMADINING OILA DAROMADLARIDAGI TUTGAN O'RNI

Sarvinoz Sherali qizi Muxammadiyeva

Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filali Iqtisodiyot(qishloq xo'jaligida). Magistratura 2-kus ta'labasi muxammadiyevasarvinoz681 @gmail.com

Ushbu maqolada qishloq xo'jaligi sohasida ayollar mehnatini yuqori baholash, qo'l mehnatidan foydalanishni kamaytirish hamda qishloq hududlaridagi ayollarga zamonaviy texnologiyalardan foydalanishni joriy qilish yo'llari haqida so'z yuritilgan. Bundan tashqari, qishloq ayollarini qo'llab-quvvatlash bo'yicha turli yangiliklar va texnologiyalar joriy etilmoqda kelgusida ayollar erkaklar bilan teng huquqga ega bo'lishi uchun hukumatlar hamda xalqaro hamjamiyat tomonidan taqdim etilayotgan imkoniyatlar va xizmatlar bo'yicha "ishlab chiqarish resurslari" va fuqarolar sifatida qarash mumkin. Samarqand viloyati Payariq tumanida istiqomat qiluvchi 112 nafar ayollardan olingan so„rovnoma asosida tahlil qilindi. Natijada qishloq hududida yashaydigan aholining o„rtacha daromadlari hisoblandi va ayollorning o„rtacha daromadlari 38.8 % ga to„g„ri kelishi aniqlandi.

Kalit so'zlar: Ayollar bandligi, oilaviy daromad, gender tenglik, diversifikatsiya, so„rovnoma, respondent.

This article talks about ways to increase the value of women's work in agriculture, reduce the use of manual labor, and introduce the use of modern technologies to women in rural areas. In addition, various innovations and technologies are being introduced to support rural women, "productive resources" and citizens in terms of opportunities and services provided by governments and the international community so that women can have equal rights with men in the future. can be seen as It was analyzed on the basis of a questionnaire received from 112 women living in Payariq district of Samarkand region. As a result, the average income of the population living in the rural area was calculated and it was found that the average income of women corresponds to 38.8%.

Keywords: female employment,family income,gender equality, diversification, questionnaire,the respondent.

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

Kirish. Hozirgi kunda qishloq xo'jaligi sektorida ayollarning past maoshga va mavsumiy ishlashi ortida ishlashi ortida bir qancha sabablar bor va bu sabablarning barchasi orasida ayollar uchun ajratilgan resurslar va imkoniyatlarning yetishmasligidir. Qishloq hududlaridagi ayollar fermer, ishchi va tadbirkor bo'lishlariga qaramay, ayollar ishlab chiqarish resurslari, bozorlar va xizmatlardan foydalanishda erkaklarga qaraganda deyarli hamma joyda keskin muammolarga duch kelishadi va u ayni haqiqat hamda uy xo'jaligida norasmiy yani doimiy bandlik turi bilan band bo'lmagan holda, daromadsiz ishlashi uy xo'jaligiga keltirgan daromadlarini hechqachon o'zi tasarruf qilmasligi, yakuniy qarorlarni oila boshi tomonidan qabul qilinishi va gender tengsizlik oqibatlariga olib kelinadi.Bu esa qishloq hududlaridagi ayollarning qobiliyati, salohiyati, hamda ishlab chiqarish mahsuldorligiga to'sqinlik qilmoqda va agrar soha ishlab chiqarishiga, shuningdek, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning yangi bosqichlariga keng miqiyosda erishishga qo'shayotgan qimmatli hissasini keskin kamayishiga olib kelinmoqda.

Qishloq xo'jaligi siyosatini ishlab chiquvchilar, rivojlanish amaliyotchilari ayollarning ne'matlarini diversifikatsiya qilish va ular duch keladigan cheklovlarni ko'rib chiqish uchun ma'lumot va tahlillarni talab qiladilar ushbu soha bo'yicha genderni hisobga olgan holda qarorlar qabul qilish, shuningdek, ayollarning qishloq xo'jaligini rivojlantirish jarayonida to'liq ishtirok etish va undan foyda olish uchun samarali bo'lishini kafolatlash majburiyatlariga ega. Shunga qaramay, gender tengligini ta'minlash ortiqcha qashshoqlik va ochlikni kamaytirishga yordam beradi va bu qishloq xo'jaligini yaxshilash uchun foydali bo'ladi.[1]

Qishloq ayollari agrar sohalarda oilasining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli hamda hududidan kelib chiqqan holda quyidagi yo'nalishlarda band.

Boshqa fermer xo'jaliklari va qishloq xo'jaligi korxonalarida haq to'lanadigan yoki to'lanmaydigan ishchilar, o'z hisobidan fermerlar, oilaviy fermer xo'jaliklarida haq to'lanmaydigan ishchilar sifatida. Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishining ayrim jabhalarini boshqaruvchilar mehnatni nazorat qilish va o'rim-yig'imdan keyingi ishlarda ishtirok etish.O'tlarni kesish va begona o'tlarni tozalash, paxta terim chanoqlarini yig'ish va toladan urug'larni ajratish, sug'orish, o'g'itlarni qo'llash, o'simliklarni himoya qilish, o'rim-yig'im, saqlash va hk. O'simlik va chorvachilikning tirikchilik va tovar darajasida yetishtirish.

Chorvachilik uy xo'jaliklarining oziq-ovqatga bo'lgan ehtiyojini qondirish uchun asosiy tirikchilik faoliyati hisoblanadi shuningdek, fermer xo'jaliklari daromadlarini ham to'ldiradi va qishloq ayollari sut

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

mahsulotlarini qayta ishlash va sotishdan qo'shimcha daromad olishlari mumkinligi hujjatlashtirilgan.

Rivojlanayotgan mamlakatlarda qishloq xo'jaligidagi ishchi kuchining qariyb 43 foizini ayollar tashkil etadi, Bu ko'rsatkich Sharqiy Osiyoda 50 foiz va Janubiy Osiyoda 70 foizni tashkil etadi. Shunga qaramay, qishloq xo'jaligi va qishloq joylaridagi ayollar ishlab chiqarish resurslari va imkoniyatlaridan erkaklarnikiga qaraganda ko'proq cheklangan bo'lib, natijada erkak fermerlarga qaraganda kamroq mahsulot ishlab chiqaradilar. Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO) bu muammoni gender farqi deb ataydi. Ularning hisob-kitoblariga ko'ra, agar butun dunyo bo'ylab ayollar erkaklar kabi ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish imkoniga ega bo'lsa, ayollar o'z fermer xo'jaliklarida hosildorlikni 20-30 foizga oshirishlari mumkin edi. O'z navbatida, bu rivojlanayotgan

mamlakatlarda jami qishloq xo'jaligi mahsulotini 2,5-4 foizga oshiradi va dunyo aholisini to'yib ovqatlanmaydiganlar sonini 12-17 foizga kamaytiradi.[2n] Bundan hulosa qilishimiz mumkinki qishloq hududlaridagi ayollarning huquqlarini himoya qilish hamda ularga amaliy yordam qilish orqali qishloq xo'jaligida mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirib ko'proq mahsulot yaratishga

erishish mumkin. Hamda rasmiy ayollarga tegishli bo'lgan fermer xo'jaliklarini ko'paytrishga imkoniyatlar yaratish orqali norasmiy ishlovchilar sonini kamaytirish mumkin.

Ayollar va erkaklar ko'pincha qishloq xo'jaligida turli rollarga ega, masalan, ekin ekish tsiklidagi rollar yoki ekinlar yoki chorvachilikka egalik qilish. Bu rollar ko'pincha har xil turdagi va mukofot darajasiga ega. Ayollarning qishloq xo'jaligidagi roli erkaklarnikiga qaraganda yomonroq mehnat sharoitlari tufayli ko'proq ishonchsizdir. To'g'ridan-to'g'ri xo'jaliklarda xotin-qizlar mehnati kam baholanadi. Ishchi sifatida ayollar ko'pincha teng ish uchun erkaklarnikiga qaraganda kamroq maosh oladilar. Qishloq xo'jaligidagi ayollar korxonalari hajmi, aylanmasi va ishchilar soni bo'yicha odatda kichikroqdir. Daromad olish imkoniyatlari ancha past hamda bolalar tarbiyasi va uy yumushlari bilan bir xilda olib borishda qiyinchiliklar tug'iladi, shuning uchun ularning mehnat faoliyatini olib borishi cheklangan bo'lishi mumkin.

Ayollarning qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishidagi ishtiroki ortishining taxminiy sababi erkaklarning qishloq xo'jaligidan tashqari mehnatga haq to'lashda ishtirok etishining ko'payishi, shu jumladan erkaklarning mavsumiy mehnat migratsiyasi bilan belgilanadi[3]Ularning soni

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introduci^g^mmt^griculture in Uzbekistan

Volume 4 | SamTSAU Conference | 2023

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishningnazariyva amaliy asoslari

jy

kam bo'lsa-da, ba'zi tadqiqotlar "an'anaviy rollarning emirilishi" haqida ham ishora qiladi[4]. Ayollarning ko'proq faolligining qishloq xo'jaligida erkaklar ishtiroki darajasiga salbiy ta'siri, bu esa erkaklar qishloq xo'jaligining boshqa tarmoqlarga o'tishiga yoki mehnat migratsiyasining kuchayishiga olib kelishi mumkin. Migratsiya va qashshoqlikning oqibatlari ko'pincha ayollar tomonidan reproduktiv faoliyat, shuningdek, qishloq xo'jaligi faoliyatiga tobora ko'proq jalb qilish orqali yumshatiladi[5]

Material va metodlar. Payariq tumanida 112 nafar qishloq hududida istiqomat qiluvchi ayollardan olingan so'rovnomlar natijasidan foydalanildi. Natijalar shuni korsatadiki 112 ta respondentlardan olingan so'rovnoma natijalarini tahlil qilgan holda qishloq hududlaridagi ayollarning oilaviy daromadga ta'sirini tahlil qilindi.(1-grafik

90,0 80,0 70,0 60,0 50,0 40,0 30,0 20,0 10,0 0,0

37,4 31,3

11,8 i 3

80,6

bir yillik o'rtacha q/xdan keladigan daromad

oilada erning daromadi

oilada xotinning

oilada farzandlar soni

yillik jami daromad

daromadi

1-grafik. Payariq tumani uy xo'jaliklari daromadlarini o'rtacha ko'rsatkichlari (mln. so'm)

Tahlilga ko'ra 112 ta uy xo'jaliklaridan so'rovnoma o'tkazish orqali quyidagi natijalar olindi. Unga ko'ra uy xo'jaliklarining yillik o'rtacha daromadi 80,6 mln so'mni tashkil qilgan. Shundan, 11,8 mln so'm ayanan qishloq xo'jaligi sohasidan keladigan daromadga tegishli. 37,4 mln so'm daromad oila boshiga tegishli. Daromadning 31,3 mln so'm qismi ayol kishining daromadiga to'g'ri keldi.

Xulosa: Xulosa o'rnida aytadigan bo'lsak oilaviy daromadni ulushlarda hisoblaganda oila daromadiga ayollarning bir yilda oilasiga qo'shadigan hissasi 38.8% foizni tashkil etsa, erning daromadi

May 12-13

235

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

46,4% foizni tashkil etadi. Oilaviy daromadning qishloq xo'jaligidan keladigan qismi 14,6% ni tashkil qildi.

REFERENCES

1.Mousumi Malo "Role of women agriculture"Agriallis.

2.FAO, 2011. Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligining holati 2010-2011: Qishloq xo'jaligidagi ayollar - rivojlanish uchun gender farqini yo'qotish, FAO. 3(Abdelali-Martini va Dey de Prik, 2015 ;Lastarria-Kornheil,2008 yil)

4(Teylor va boshqalar, 2006; FAO, 2011 yil)

5(Mutersbaugh, 2002; Razaviy, 2003; Muhamedova va Vegerich, 2014a; Tamang va boshqalar, 2014 yil).

May 12-13

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.