Научная статья на тему 'QISHLOQ XO‘JALIK KORXONALARIDA YAKUNIY MOLIYAVIY NATIJALAR HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH'

QISHLOQ XO‘JALIK KORXONALARIDA YAKUNIY MOLIYAVIY NATIJALAR HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

418
60
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
В статье подробно анализируется современное состояние синтетического и аналитического учета конечного финансового результата реализации продукции в сельскохозяйственных предприятиях / вносятся предложения по определению конечного финансового результата по отдельному виду продукции (работ / услуг) / обосновано его значение при принятии управленческих решений по производство сельскохозяйственной продукции. / финансовый результат / себестоимость / доход / прибыль / бухгалтерская схема / синтетическая схема / аналитическая схема / синтетический учет / аналитический учет.

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — A. Alikulov, F. Abduraxmonov

Maqolada qishloq xo‟jalik korxonalarida mahsulot sotishning yakuniy moliyaviy natijasining sintetik va analitik hisobining hozirgi holati atroflicha tahlil qilinib, xar bir mahsulot (ish, xizmat) bo‟yicha yakuni moliyaviy natijani aniqlash bo‟yicha takliflar berilib, uni qishloq xo‟jalik mahsulotlari ishlab chiqarish bo‟yicha boshqaruv qarorlari qabul qilishdagi ahamiyati asoslab berilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В статье подробно анализируется современное состояние синтетического и аналитического учета конечного финансового результата реализации продукции в сельскохозяйственных предприятиях, вносятся предложения по определению конечного финансового результата по отдельному виду продукции (работ, услуг), обосновано его значение при принятии управленческих решений по производство сельскохозяйственной продукции.

Текст научной работы на тему «QISHLOQ XO‘JALIK KORXONALARIDA YAKUNIY MOLIYAVIY NATIJALAR HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH»

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

QISHLOQ XO'JALIK KORXONALARIDA YAKUNIY MOLIYAVIY NATIJALAR HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH

A. Alikulov

SamDVMChBU professori, i.f.d.

F. Abduraxmonov

TDAU SF magistranti

ANNOTATSIYA

Maqolada qishloq xo'jalik korxonalarida mahsulot sotishning yakuniy moliyaviy natijasining sintetik va analitik hisobining hozirgi holati atroflicha tahlil qilinib, xar bir mahsulot (ish, xizmat) bo'yicha yakuni moliyaviy natijani aniqlash bo'yicha takliflar berilib, uni qishloq xo'jalik mahsulotlari ishlab chiqarish bo'yicha boshqaruv qarorlari qabul qilishdagi ahamiyati asoslab berilgan.

Kalit so'zlar: moliyaviy natija, xarajat, daromad, foyda, buxgalteriya schyoti, sintetik schyot, analitik schyot, sintetik hisob, analitik hisob.

АННОТАЦИЯ

В статье подробно анализируется современное состояние синтетического и аналитического учета конечного финансового результата реализации продукции в сельскохозяйственных предприятиях, вносятся предложения по определению конечного финансового результата по отдельному виду продукции (работ, услуг), обосновано его значение при принятии управленческих решений по производство сельскохозяйственной продукции.

Ключевые слова: финансовый результат, себестоимость, доход, прибыль, бухгалтерская схема, синтетическая схема, аналитическая схема, синтетический учет, аналитический учет.

ABSTRACT

The article analyzes in detail the current state of agglomeration and analytical calculation of the final financial result in agricultural enterprises, makes proposals for determining the final financial result for each product (work, service), justified its importance in making managerial decisions on the production of agricultural products.

Keywords: financial result, cost, income, profit, accounting scheme, synthetic scheme, analytical scheme, synthetic accounting, analytical accounting.

May 12-13

174

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

Kirish

Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasini «Inson qadrini ulug'lash va faol mahalla yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturida "Qishloq xo'jaligini ilmiy asosda intensiv rivojlantirish orqali 2022 yilda daromadni kamida 25 foizga oshirish. Mahsulot tannarxini 30-35 foizga qisqartirish, paxtadan o'rtacha 37 sentner va g'alladan 70 sentner hosil olishga erishish, biologik eskirgan navlar o'rniga serhosil, ertapishar, tola va don sifati yuqori bo'lgan 8 ta g'o'za va 12 ta g'alla navlari maydonini kengaytirish;

Hududlarda 110 ta meva-sabzavotchilik kooperatsiyalari va 35 ta g'allachilik klasterlari faoliyatini yo'lga qo'yish. Bunda, klasterlarning meva-sabzavot va yuqori qo'shilgan qiymatga ega tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini hamda eksportdagi ulushini 2 baravarga va ish o'rinlarini 3 baravarga oshirish" [2] vazifalari belgilab berilgan.

Qishloq xo'jaligida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida mahsulot ishlab chiqarish hajmi yildan-yilga ortib bormoqda. Albatta bunda, qishloq xo'jaligi yerlaridan samarali foydalanishda tezpishar va serhosil ekinlar ekilishi, tuproq unumdorligini oshirish bo'yicha "almashlab ekish"ni bosqichma-bosqich joriy etilib borayotganligi, keng ko'lamda resurs tejamkor texnologiyalardan foydalanilayotganligi, qishloq xo'jaligi ekinlari seleksiyasi va urug'chiligini to'g'ri yo'lga qo'yilganligi, zotdor chorva mollar sonini ortib borayotganligi, yangi texnikalardan foydalanish va xizmat ko'rsatish sifati yaxshilanayotganligi kabi omillar bilan birga xo'jaligida xo'jalik yuritishning ilg'or shakllarini joriy etilishi hisoblanadi.

Shuningdek, boshqa ijtimoiy-iqtisodiy omillar: ishlovchilarni oladigan mehnat haqi, mexnat uchun yaratilgan sharoitlar ham mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshishiga ta'sir qiladi.

Ushbu yuqorida sanab o'tilgan omillarning barchasi qishloq xo'jalik korxonalarining iqtisodiy holati bilan bog'liq bo'lib, ma'lum darajada moliyaviy mablag'lar talab qiladi. Korxonaning oladigan daromadi ko'p bo'lib, xarajatlari nisbatan kam bo'lsa, foyda miqdori yuqori bo'lib, ko'proq moliyaviy mablag'larga ega bo'ladi. Samarqand viloyati qishloq xo'jalik korxonalari 2022 yilda o'simlikchilik va chorvachilik mahsulotlari yetishtirish bo'yicha 12 208 005 mln. so'm xarajat qilingan bo'lsa, ularni sotishdan 15 975 432 mln. sum daromad olingan.

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

Sotishdan olingan foyda 3 767 427 mln. so'm, shundan 3 111 706 o'simlikchilik, 655721 mln. so'mi chorvachilik mahsulotlari yetishtirishdan foyda olishgan [11]. Qishloq xo'jalik korxonalarida daromadlarni oshirish va xarajatlarni kamaytirish yuqoridagi omillardan tashqari, buxgalteriya hisobini yuritilishi va ichki nazorat tizimini samarali tashkil etilishiga ham bog'liq bo'ladi.

Olib borilgan tadqiqotlar tahlili shuni ko'rsatmoqdaki, qishloq xo'jalik korxonalarida xarajatlar va daromadlar hisobini tashkil etish, buxgalteriya hisobini xalqaro standartlarga transformatsiyasi, foyda hisobi va uni taqsimoti bo'yicha muammolar mavjudligini ko'rsatmoqda. Bunda, xarajatlarni va daromadlarni javobgarlik va xarajat markazlari bo'yicha olib borish, sintetik va analitik hisobda har bir mahsulot turi bo'yicha moliyaviy natijani aniqlash hamda ularni buxgalteriya schetlarida aks ettirish takomillashtirish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Materiallar va metodlar

Qishloq xo'jaligini rivojlantirishga oid respublikamizda keyingi yillarda qabul qilingan me'yoriy-huquqiy hujjatlar, soha iqtisodchi olimlarining ilmiy ishlari, faoliyat yuritayotgan qishloq xo'jalik korxonalariga biriktirilgan yer maydoni, shu jumladan ekin maydoni, qishloq xo'jaligi ekinlaring hosildorligi va chorva mollarining mahsuldorligi, Samarqand viloyatidagi qishloq xo'jalik korxonalari xarajatlari va daromadlarini aks ettiruvchi statistik ma'lumotlaridan foydalanildi. Shuningdek, qishloq xo'jalik korxonalarida buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tayyorlash me'yoriy-huquqiy hujjatlar, jumladan buxgalteriya hisobida moliyaviy natijalar hisobi bo'yicha dastlabki va yig'ma hujjatlar, hisob registrlaridan hamda ilmiy tadqiqot natijalarining materiallaridan foydalanildi. Ushbu maqolani tayyorlash jarayonida ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishda qo'llaniladigan kuzatish, guruhlash, taqqoslash, tahlil qilish va boshqa ilmiy-tadqiqot usullardan foydalanildi.

Mavzuga doir adabiyotlar tahlili

Moliyaviy natija bu iqtisodiy termin hisoblanib, buxgalteriya hisobi va hisoboti bo'yicha normativ-huquqiy hujjatlarda, iqtisodchi - olimlarning ilmiy va uslubiy ishlarida keng yoritilib, muhokamalar qilinib kelmoqda.

Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to'g'risida Nizomda "Xo'jalik yurituvchi sub'ekt faoliyatining moliyaviy natijalari foydaning quyidagi ko'rsatkichlari bilan tavsiflanadi" [3] deb belgilab qo'yilgan bo'lib, moliyaviy natijaning besh ko'rsatkichi keltirilgan.

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

Moliyaviy natija "Iqtisodiyot nazariyasi" adabiyotlarda uning foyda yoki zarar ko'rinishida aks ettirilishi emas, balki, pul tushumlari sifatida ko'proq e'tibor qaratilgan. Professorlar T.S.Malikov va A.V.Vahobovlarning fikriga ko'ra: "Tushum xarajatlarni moliyalashtirish va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonini davom etttirishni ta'minlovchi bir necha pul mablag'lari fondlariga bo'linadi"[7. -b.228].

Professor Sh.Shodmonov: "Korxonalarning faoliyatiga baho berishda sotilgan mahsulotlarning hajmi, ularga qilingan sarf-xarajatlar va foyda tushunchalaridan keng foydalaniladi. Korxonalarda tovar va xizmatlarni sotishdan olingan mablag'lar ularning pul tushumlari yoki pul moliyaviy natijalari deyiladi. Korxona pul moliyaviy natijalaridan sarflangan barcha xarajatlar chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismi foydadeb yuritiladi. Tovar va xizmatlar sotilganda ularning umumiy qiymati pul moliyaviy natijalariga, undagi qo'shimcha qiymat esa foydaga aylanadi." [9.-b.183] deb tavsiflaydi.

Rossiyalik iqtisodchi olim N. Posherstnikning fikricha, "Moliyaviy natijalar ko'rsatkichlari korxona faoliyati natijasida olingan iqtisodiy samarani ifodalaydi" [8.-b.248]. "Shu boisdan xo'jalik yurituvchi sub'ektda iqtisodiy samaraga erishish, uni rivojlantirishdagi muhim vazifa korxonaning operatsion, moliyaviy va investitsiya faoliyatida rahbariyat tomonidan daromadlar va xarajatlarni samarali boshqarish usullarini egallashi zarur bo'ladi. Foyda shakllanishini samarali boshqarish boshqaruv jarayonining tashkiliy-uslubiy tizimini barpo etish, foyda shakllanishining asosiy mexanizmlarini bilish, uni tahlil va nazorat qilishda zamonaviy usullardan foydalanishni ko'zda tutadi" [5].

Sirotkin S.A. esa yakuniy moliyaviy nitija haqida so'z yuritib, quyidagilarni ta'kidlagan: "Korxonalar xo'jalik faoliyati yakuniy moliyaviy natijasi foyda yoki zarar ko'rinishida shakllanib, korxonaning olingan daromadlari va ishlab chiqarish xarajatlari o'rtasidagi farq sifatida aniqlanadi" [6.-b.273]. Umumiy holatda to'g'ri talqil etilgan bo'lib, lekin bu yerda xarajatlar va daromadlarni buxgalteriya hisobi va hisoboti qaysi tamoyillariga asosan taqqoslanishi ko'rsatilmay qolgan. Urazov K.B. va Po'latov M.E.lar ta'kidlashicha: "Moliyaviy natijalar deganda korxonaning hisobot davrida erishgan foydasi yoki ko'rgan zarari tushuniladi. O'zbekiston Respublikasida korxonalar moliyaviy natijalari ko'rsatkichlari, ularning shakllanishi va hisobga olinishi "Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to'g'risida Nizom", shuningdek, 3-son

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

BHMS "Moliyaviy natijalar to'g'risida hisobot" va 21-son BHMS "Buxgalteriya hisobi schetlar rejasi va uni qo'llash bo'yicha yo'riqnoma" bilan tartibga solinadi" [10.-b.311].

Yuqoridagi adabiyotlar tahlillardan ko'rinib turibdiki, moliyaviy natijani aniqlash uchun sub'ektning ma'lum bir davrdagi daromadlari va xarajatlari buxgalteriya hisobi va hisobotining tamoyillariga rioya qilingan holda taqqoslanadi. Tahlil va natijalar

Xo'jalik yurituvchi sub'ektlarda, shu jumladan qishloq xo'jalik korxonalarida ham moliyaviy natijani aniqlashda malum bir davrdagi harajatlar va daromadlar bir-biri bilan taqqoslanadi.

Samarqand viloyatida 2022 yilda o'simlikchilik tarmog'i asosiy qishloq xo'jalik mahsulotlarining yakuniy moliyaviy natijasi quyidagicha bo'lgan (1-jadval).

1-jadval

Samarqand viloyati qishloq xo'jalik korxonalarida o'simlikchilik asosiy mahsulotlari yakuniy moliyaviy natijasi [11].

T/r Tumanlar nomi Jami ekin maydoni, ga. Hosildor lik, s/ga. Yalpi hosil, tonna. Jami xarajat, mln. so'm Jami daromad, mln. so'm foyda, mln. so'm (+,-)

1 G'alla 94 130 70,7 665 847 1 671 032 2 333 664 662 631

2 Paxta 72 951 35,4 258 098 1 829 336 2 276 798 447 462

3 Kartoshka 14 086 213,7 301 005 803 861 1 095 086 291 225

4 Sabzavot 34 156 295,6 1 009 489 2 276 704 3 234 276 957 572

5 Poliz 4 010 231,1 92 655 178 957 244 825 65 868

6 Moyli 11 127 11,0 12 207 90 018 106 064 16 046

7 Dukakli 2 084 21,0 4 383 33 984 49 448 15 464

8 Meva 15 939 121,8 194 150 553 831 779 000 225 169

9 Uzum 24 756 155,2 384 297 1 048 362 1 478 630 430 268

JAMI 273 239 x x 8 486 085 11 597 791 3 111 706

1-jadvaldan ko'rinib turibdiki, 2022 yilda viloyat bo'yicha barcha asosiy o'simlikchilik mahsulotlarini sotishning yakuniy moliyaviy natijasi foyda olish bilan yakunlangan.

Buxgalteriya hisobi bo'yicha olingan ushbu foyda, mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda bo'lib, buxgalteriya foydasini

May 12-13

178

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

aniqlashdagi birinchi ko'rsatkich bo'lib, qolgan moliyaviy natijaning to'rt ko'rsatkichini aniqlash natijasida yakuni moliyaviy natija aniqlanadi. Yakuniy moliyaviy natija korxonalarda har bir ishlab chiqarilgan mahsulot yoki bajarilgan ish, xizmat bo'yicha aniqlanmay, korxona bo'yicha umumlashgan ma'lumotlar asosida aniqlanib, "Moliyaviy natijalar to'g'risida hisobof'da aks ettiriladi. Ushbu hisobot ko'rsatkichlari umumlashagn holda bo'lib, mahsulot (ish, xizmat) turi bo'yicha alohida moliyaviy natijani aniqlash imkonini bermaydi. Bu esa o'z navbatida, korxonalarda ishlab chiqarilayotgan har bir mahsulotning moliyaviy natijasini aniqlamaslik, har bir mahsulotni kelgusida qancha ishlab chiqarish, ishlab chiqarishni ko'paytirish yoki kamaytirish bo'yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilishga imkon bermadi.

Boshqaruv hisobida esa, har bir mahsulot (ish, xizmat) bo'yicha moliyaviy natija ko'rsatkichi bo'lgan, sotishning moliyaviy natijasini, ya'ni sotishdan yalpi foydani aniqlash imkonini beradi. Birgina ushbu axborot bo'yicha qabul qilinadigan boshqaruv qarori samarali bo'lmaydi. Chunki, bunda mahsulotni sotish bilan bog'lik xarajatlar alohida davr xarajatlari tarkibida hisobga olinib, asosiy faoliyatning daromadlari bilan qoplanadi.

Ushbu xo'jalik operatsiyalari buxgalteriya schetlarida quyidagicha aks ettiriladi:

1.Qishloq xo'jalik mahsulotlari xaridor va buyurtmachilarga jo'natilganda (sotilganda) (sotish bahosida):

Debet 4010 - "Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar". Kredit 9010 - "Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar"

2. Xaridor va buyurtmachilarga jo'natilgan (sotilgan) qishloq xo'jalik mahsulotlari tannarxi hisobdan chiqarilganda:

Debet 9110- "Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi" Kredit 2810- "Ombordagi tayyor mahsulotlar"

3. Qishloq xo'jalik mahsulotlarini sotishdan olingan daromad yakuniy moliyaviy natijaga o'tkazilganda.

Debet 9010 -" Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar". Kredit 9910 - "Yakuniy moliyaviy natija".

4. Sotilgan qishloq xo'jalik mahsulotlari tannarxi yakuniy moliyaviy natijaga o'tkazilganda:

Debet 9910 -"Yakuniy moliyaviy natija".

Kredit 9110 - "Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi".

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

iy

Mahsulot (ish, xizmat)lar sotish bilan bog'liq xarajatlarni buxgalteriya schetlarida aks ettirilishi:

1. Mahsulot (ish, xizmat)lar sotish bilan bog'liq xarajatlar buxgalteriya schetlarida aks ettirildi:

Debet 9410 - "Sotish xarajatlari"

Kredit 2310 - "Yordamchi ishlab chiqarishlar" - sotish jarayonida o'z transportidan foydalanganda.

Kredit 6710 - "Mehnat haqi bo'yicha xodim bilan hisoblashishlar" - sotish jarayonida qatnashgan xodimlarga mehnat haqi hisoblanganda. Kredit 6410 - "Byudjetga to'lovlar bo'yicha qarz (turlari bo'yicha)" - hisoblangan mehnat haqiga nisbatan yagona ijtimoiy to'lov hisblanganda.

Kredit 1060- "Idish va idishbop materiallar" -mahsulotlar sotishda foydalanilgan idishlar va idishbob materiallar qiymatiga.

2. Sotish xarajatlari yakuniy moliyaviy natijaga olib borilganda: Debet 9910 -"Yakuniy moliyaviy natija"

Kredit 9410 - "Sotish xarajatlari".

Yuqoridagi tartibda, qishloq xo'jalik korxonalarida yakuniy moliyaviy natijaga (9910-schet) nafaqat sotish natijalar va sotish xarajatlari, balki davr xarajatlarini qolganlari (9420 va 9430-schetlar) va moliyaviy faoliyat xarajatlari (9600-schet) va daromadlari (9500-schet), favqullodda zarar (9720-schet) yoki foyda (9710-schet), foydadan to'langan soliqlar (9800-schet) ham tegishli buxgalteriya yozuvlari bilan o'tkazilib, 9910-"Yakuniy moliyaviy natija" schetining debet va kredit oylanmalari taqqoslanib yakuniy moliyaviy natija aniqlanadi. Xulosa va takliflar.

Qishloq xo'jalik korxonalarida yakuniy moliyaviy natijani har bir mahsulot (ish, xizmat) turi bo'yicha aniqlash maqsadga muvofiq bo'lib, bunda sotilgan mahsulotning tannarxiga uni sotish bilan bog'liq bo'lgan xarajatlarni ham kiritish lozim. Hozirgi amaldagi me'yoriy hujjatlarda ham, buxgalteriya hisobining xalqaro standartlarida ham mahsulot (ish, xizmat) sotish bilan bog'liq xarajatlar sotilgan mahsulot tannarxiga kiritilmaydi. Lekin, qishloq xo'jalik korxonalarida mahsulot (ish, xizmat)lar har birini tannarxi va daromadi bo'yicha ishonchli axborotlar bilan boshqaruvchilarni ta'minlash, boshqaruv qarorlari samaradorligini ta'minlashga olib keladi.

Shuning uchun olib borilgan tadqiqotlar natijasida quyidagilarni taklif qilamiz:

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

- boshqaruv hisobida har bir mahsulot (ish, xizmat)ni sotish xarajatlarini alohida hisobga olish uchun analitik schetlar ochish;

- sotishning umumiy xarajatlarini mahsulot (ish, xizmat) turlari bo'yicha taqsimlash;

- har bir mahsulot (ish, xizmat) bo'yicha yakuniy moliyaviy natijani aniqlash tartibini yo'lga qo'yish.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Takliflarimizni amaliyotda qo'llanilishi qishloq xo'jalik korxonalarida mahsulot ishlab chiqarish bo'yicha samarali boshqaruv qarorlari qabul qilish imkonini berib, ishlab chiqarish samaradorligini oshishiga xizmat qiladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining qonuni "Buxgalteriya hisobi to'g'risida (yangi tahriri)". 2016 yil 13 aprel, 0'RQ-404-son. www.Lex.uz

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-son farmoni. www.Lex.uz.

3. Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to'g'risida NIZOM. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan.www.lex.uz.

3. 21-son "Xo'jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy-xo'jalik faoliyati buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi va uni qo'llash bo'yicha yo'riqnoma" O'zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2002-yil 9-sentyabrdagi 103-son buyrug'iga bilan tasdiqlangan, Adliya vazirligi tomonidan 2002-yil 23-oktyabrda ro'yxatdan o'tkazildi, ro'yxat raqami 1181. www.Lex.uz

5. Avloqulov A.Z. Buxgalteriya hisobida moliyaviy natijalar ko'rsatkichlarining shakllanishi va aks ettirilishi "Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar" ilmiy elektron jurnali. № 2, mart-aprel, 2016 yil.

6. Бухгалтерский учет и анализ: Учебник / С.А.Сироткин, Н.Р. Кельчевская. -М.:ИНФРА-М, 2019. (с. 273) -355стр.

7. Vahobov A.V, Malikov T.S. Moliya. Darslik. T.: Sharq, 2010, 438-b.

8. Пошерстник Н.В. Бухгалтерский учет на современном предприятии: учебно-практическое пособие. - М.: Проспект, 2011. -560 с.

9. Shodmonov Sh.Sh, G'afurov U.U. Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik. T.: Fan va texnoligiya, 2005, 353-b.

10. O'razov K.B., Po'latov M.E. Buxgalteriya hisobi. Darslik.-T: "Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi", 2020, 558 bet

11. Samarqand viloyati qishloq xo'jaligi boshqarmasining 2022 yil yakunlari bo'yicha statistik ma'lumotlari

May 12-13

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.