Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
PAXTA TOZALASH KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARINI TAHLIL QILISH
A. Alikulov
SamDVMChBU, i.f.d., professor
A. Razzoqov
TDAU SF magistranti
ANNOTATSIYA
Maqolada mahsulot ishlab chiqarish xarajatlar taxlilining zamonaviy usullari atroflicha o'rganilib, paxta tozalash korxonalarida mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarini "Direkt-kost" usuli asosida tahlili va tahlil asosida xarajatlarni kamaytirish bo'yicha taklif va tavsiyalar yoritilgan.
Kalit so'zlar: paxta-to'qimachilik klasteri, paxta tozalash korxonasi, ishlab chiqarish xarajati, xarajat elementi, xarajat moddasi, domiy xarajat, o'zgaruvchan xarajat, "Direkt-kost"
АННОТАЦИЯ
В статье подробно изучены современные методы анализа производственных затрат продукции, произведен анализ производственных затрат продукции хлопкоочистительных предприятий на основе метода «Директ-кост», а также, предложения и рекомендации по снижению производственных затрат на основе проведенного анализа.
Ключевые слова: хлопково-текстильный кластер, хлопкоочистительное предприятие, производственные затраты продукции, элементы затрат, статья затрат, постоянные затраты, переменные затраты, «Директ-кост».
ABSTRACT
In the article, the modern methods of analysis of production costs are studied in detail, the analysis of production costs in cotton ginning enterprises based on the "Direct-cost" method and proposals and recommendations for reducing costs based on the analysis are highlighted.
Keywords: cotton-textile cluster, cotton ginning enterprise, production cost, cost element, cost item, fixed cost, variable cost, "Direct-cost".
May 12-13
74
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
Kirish
So'nggi yillarda qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini modernizatsiyalash va diversifikatsiya qilish, mahsulotni qayta ishlash sanoatini rivojlantirish borasida bir qancha farmon va qarorlar qabul qilindi. Bular jumlasiga, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 22 iyundagi "Paxta-to'qimachilik ishlab chiqarishini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 397-son, 2020 yil 22 iyundagi "Paxta xomashyosini yetishtirish va qayta ishlash kooperatsiyalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 398 - son, hisobot yil 18 martdagi "Paxta-to'qimachilik ishlab chiqarishlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 230-son va boshqa qarorlar kiradi.
Natijada, izchil islohotlar amalga oshirilib, agrar sohada faoliyat yuritishning yangi tizimi - klaster usuli joriy etildi. Qisqa davr mobaynida klaster usulida faoliyat yuritish o'zining ijobiy tomonlarini ko'rsatdi va qishloq joylarga sanoatni olib kirish va yangi ish o'rinlarini yaratish, mahsulotlarni chuqur qayta ishlash orqali yuqori qo'shilgan qiymatga ega tayyor mahsulot ishlab chiqarish, agrar soha infratuzilmasini rivojlantirish borasida samarali ishlar amalga oshirildi.
Paxta-to'qimachilik klasterlari faoliyatini muvofiqlashtirish, ular tarkibida faoliyat yuritadigan paxta tozalash korxonalari faoliyati samarali tashkil etish, paxta xomashyosini qayta ishlash quvvatlarini ko'paytirish, ushbu jarayonga ilmiy asoslangan usullar va intensiv texnologiyalarni keng joriy etish, shuningdek, paxta paxta tozalash korxonalari faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarni o'z vaqtida bartaraf etish dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Ushbu vazifalarni hal etish, jahon bozori kon'yunkturasi o'zgarib borayotganligi, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani ishlab chiqarish korxonalarini yanada barqaror va jadal sur'atlar bilan rivojlantirish uchun yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ro'yobga chiqarishni taqozo etmoqdaligini hisobga olgan holda hal etish lozim.
Paxta-to'qimachilik klasterlarining muhim ishlab chiqarish bo'linmalaridan biri bo'lgan paxta xom ashyosini qayta ishlovchi korxonalarda xarajatlar nazoratini to'g'ri yo'lga qo'yish orqali xarajatlarni kamaytirish, ishlab chiqarish hajmi va samaradorligini oshirish, mahsulot tannarxini pasaytirish, raqobatbordoshlini ta'minlash muhim ahamiyatga ega.
Tadqiqot tahlillari natijasi, ushbu vazifalarni hal etishda paxta tazalash korxonalarida iqtisodiy tahlilni to'g'ri tashkil etish
May 12-13
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
va amalga oshirish asosida xarajatlari nazorat qilish, mahsulot tannarxini pasaytirish, mahsulot sifatini yaxshilash bo'yicha samarali boshqaruv qarorlarini qabu qilish bo'yicha muammolarning mavjudligi ko'rsatmoqda.
Paxta tolasi ishlab chiqarish xarajatlari samarali foydalanishga doir boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun ishonchli axborotga ega bo'lish maqsadida iqtisodiy tahlilning zamonaviy usullarni joriy qilish masalalari katta e'tiborni talab qiladi. Shuning uchun ishlab chiqarish xarajatlari tahlilini tahlilning ilg'or uslubiyotini joriy qilish asosida axborotning ishonchliligi, muhimligi va to'liqligini ta'minlash dolzarb masala bo'lib qolmoqda.
Materiallar va metodlar
Agroklasterlarni rivojlantirishga oid respublikamizda keyingi yillarda qabul qilingan me'yoriy-huquqiy hujjatlar, soha iqtisodchi - olimlarining ilmiy ishlari, faoliyat yuritayotgan agroklasterlar va ular tarkibidagi paxta tozalash korxonalari moliya-xo'jalik faoliyati bilan bog'liq bo'lgan jarayonlar statistik ko'rsatkichlari, jumladan xarajatlar buxgalteriya hisobi bo'yicha dastlabki va yig'ma hujjatlar, hisob registrlari, boshqaruv va moliyaviy hisobot axborotlaridan hamda ilmiy tadqiqot natijalarining materiallaridan foydalanildi.
Ushbu maqolani tayyorlash jarayonida ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishda, jumladan xarajatlar iqtisodiy tahlilida qo'llaniladigan kuzatish, guruhlash, taqqoslash, tahlil qilish va boshqa ilmiy-tadqiqot usullardan foydalanildi.
Mavzuga doir adabiyotlar tahlili.
Paxta tozalash korxonalari moliya-xo'jalik faoliyati bevosita xarajatlar bilan bog'liq. Iqtisodchi olimlarning fikricha: "Xarajatlar - hisobot davrida iqtisodiy foydaning aktivlarning chiqib ketishi yoki ulardan foydalanish shaklining kamayishi, shuningdek, qatnashchilar o'rtasida kapitalning kamayishiga olib keluvchi majburiyatlarning yuzaga kelishidir"[4.-b.164].
Zamonaviy iqtisodiy nazariyada xarajatlar tushunchasi korxona faoliyatining buxgalteriya hisob-kitoblarida aks etadigan xarajatlar tushunchasidan farq qiluvchi ba'zi bir jihatlarga ega. Chunki buxgalteriya hisobi kitoblarida xarajatlar mazkur fanning usullari, tamoyillari va chizmaiy belgilangan talabJari asosida shakllantiriladi. Buxgalteriya hisobining xalqaro va milliy standartlarida "Xo'jalik yurituvchi subyektlar xarajatlari tushunchasi - aktivlardan foydalanish yoki ularning chiqib ketishi, foydani kamaytiruvchi zararlar yoki majburiyatlami qamrab o ladi" deb ifodalanadi. Bundan ma'lum bo'lmoqdaki, xo'jalik subyektlarining xarajatlari o'z mazmuni, yuzaga chiqish shakli va
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
boshqa belgilari bo'yicha bir necha turdan iborat bo'ladi. Ularni alohida o'rganish xo'jalik faoliyati moliyaviy natijalarini to'g'ri aniqlash, mablag'lami maqsadga muvofiq sarflash, ularni boshqarish, nazorat qilish, tahlil etish, bu boradagi taxlil ishlarini ilmiy tashkil etish hamda soddalashtirish uchun zarur. Ishlab chiqarish xarajatlari «Xarajatlar tarkibi» to'g'risidagi Nizomga muvofiq quyidagi xarajat elementlari bo'yicha tarkiblanad:
- moddiy (material) xarajatlar:
- mehnat haqi xarajatlari;
- ijtimoiy to'lov xarajatlari;
- asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar eskirishi;
- boshqa xarajatlar." [2].
Xarajatlar tahlilida xarajatlar elementlari bo'yicha tahlil qilish bilan birga, xarajat moddalari bo'yicha tahlil xam muhim ahamiyatga ega. Bunda xarajatlarni boshqarishda tegishli boshqaruv qarorlari xarajatlarni turlari bo'yicha qabul qilinadi. "Ishlab chiqarish xarajatlari tahlili xarajat kalkulyatsiya moddalari bo'yicha ishlab chiqarish turlari, xarajatlarning vujudga kelish joylari, mahsulot turlari bo'yicha o'tkaziladi. Bugungi kunda har bir xo'jalik sub'ekti tannarxni pasaytirish bo'yicha rejani mustaqil belgilaydi. Mahsulot tannarxining umumlashgan ko'rsatkichlaridan biri - bir so'mlik mahsulot uchun qilingan xarajatdir. Bu ko'rsatkich tiyin hisobida quyidagicha aniqlanadi: Bir birlik tovar mahsuloti uchun qilingan xarajat = Tovar mahsuloti ishlab chiqarish tannarxi : Tovar mahsuloti miqdori" [7.-b.132].
Xarajatlarni tahlil qilishning bir qancha ilg'or xorijiy tajribalari mavjud, Bu haqda Rossiyalik olimlar N.N.Selezneva, A.F. Ionovalar quyidagicha fikr bildirishgan: "Jahon amaliyotida «xarajatlarni tahlil qilish asosida korxona foydasini opti-mallashtirishning nazariy bazasi bo'lib to'g'ri (bevosita) xarajatlar hisobini klas-sik tizimi bo'lgan «direkt-kosting» tizimi hisoblanadi. «Direkt-kosting» tizimi shuningdek, tannarxni bo shqari sh tizimi ham deyiladi» [6. -b .178].
O'zbekistonlik olimlardan M.J.Temirxanova ham o'zining ilmiy-tadqiqotlarida ushbu usuldan faydalangan va quyidagi fikrlarni bildirib o'tgan: "Xarajatlarni hisobga olishdagi yana bir ilg'or xorijiy tajribalardan biri bu "Direkt-kosting" hisob tizimidir. Bu tizim respublikamiz buxgalteriya hisobi uchun yangi tizimlardan hisoblanib, iqtisodiyotga faol investitsiyalarni jalb etish va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda muhim dastaklardan biriga aylanishi mumkin" [8.-b.201].
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
Xarajatlarni tahlil qilishning birqancha usullari bo'lib, ular ichida "Direkt-kosting" tizimining quyidagi imkoniyatlari mavjud: "Foydani va ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmini optimallashtirish;
Ishlab chiqarilayotgan mahsulotning aniq bahosini aniqlash;
Korxonaning ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish variantlarini hisob-kitob qilish;
Mahsulot ishlab chiqarish samaradorligini baholash; Qo'shimcha buyurtmalar qabul qilish, ishlab chiqarish asbob-uskunalarini almashtirish samaradorligini baholash; Ishlab chiqarish xarajatlari samaradorligini aniqlash;
Xarajatlarni xarajat moddalari bo'yicha tahlil va nazorat qilish imkoniyatini kengaytirish" [3].
Mazkur usulni respublikamizda "cheklangan, to'liq bo'lmagan yoki qisqartirilgan tannarx hisobi" tushunchalari bilan yuritib kelinayotganligini prof. B.Xasanov tomonidan alohida ta'kidlab o'tiladi. Uning fikricha: "Shuni nazarda tutish kerakki, "Direkt-kosting" tizimining paydo bo'lishi sof buxgalteriya hisobi bilan bog'liq edi. Hisob xodimlari o'sha davrda shunday xulosaga kelishdiki, barcha xarajatlar mazkur hisobot davriga va shu davrdagi ishlab chiqarilgan mahsulot bilan bog'liq ya'ni ular mahsulot sotilgandagi hisobot davriga tegishli bo'lishi lozim" [9. -b.86].
A.D.Sheremet va E.V. Negashevning nuqtai nazariga ko'ra "iqtisodiy va moliyaviy ma'lumotlarga ishlov berish va uning tizimli tahlili tijorat tashkilotiga bozor holatidagi o'zgarishlarga tezkor ravishda javob berishga imkon beradi. Tahlil natijalariga ko'ra kompaniyalarning operatsion, investitsion va moliyaviy faoliyati ko'rsatkichlari nazorat qilinadi va zarur bo'lganda moliyaviy hisobotga tuzatishlar kiritiladi" [10.-b.25].
S.Ya.Muslimov va R.N. Kyazimovning fikriga ko'ra, "korxona faoliyati va tadbirkorlik faoliyati tahlil qilingan ko'rsatkichlarining aniqlanmagan soni va tarkibi, keng qamrovli tahlil asosiy nuqtalarining hozirgi uslublarida ahamiyati yo'qolishi va MHXS hamda milliy buxgalteriya standartlari asosida mutlaqo yangi hodisalarni o'rganishga yo'naltirilishi muammoni o'rganishga tubdan boshqacha yondashuvni, foyda va rentabellikni tahlil qilish uchun xarajatlar parametrlari tizimini shakllantirishni talab qiladi» [5.-b.16].
Iqtisodiy adabiyotlarda yetakchi bo'lgan g'oyani rivojlantirib, xuddi shunga o'xshash pozitsiyani egallagan
May 12-13
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
M.B.Kalonovning fikriga ko'ra: "Korxonalarda daromad olish asosiy e'tiborda bo'lgani bilan bu topilgan daromadni sarflanishini boshqarish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki ishlab topilgan daromad aniq rejalar va maqsadlarga yo'naltirilmasa, bunday daromadning samaradorligi past bo'lib, foydaning ko'payishi rivojlanish omili bo'la olmaydi. Shu bois, daromadlar hisobini xarajatlar hisobi bilan uzviy bog'lagan holda, doimiy tahlil qilgan holda yuritish maqsadga muvofiq" [4]. Shunday qilib, xarajatlar tahlilini amalga oshirish, nafaqat xarajatlar bo'yicha, balki butun korxonaning xo'jalik-moliyaviy faoliyati bilan bog'liq jarayonlariga tegishli bo'lgan xulosalar shakllantirish, boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun zarur bo'lgan axborotlar shakllanishiga olib keladi.
Tahlil va natijalar
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko'lamli islohotlar iqtisodiyotda ma'muriy-buyruqbozlikka asoslangan boshqaruv tizimidan mutlaqo voz kechilib, bozor islohotlari bosqichma-bosqich amalga oshirilgani va makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyotning yuqori sur'atlar bilan o'sishini, ishlab chiqarish korxonalarini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar va qulay sharoitlar yaratilishiga xizmat qildi. Amalga oshirilayotgan islohatlarni davom ettirish, aholi turmush farofonligini yanada oshirish maqsadida "Iqtisodiyot tarmoqlarida barqaror yuqori o'sish sur'atlarini ta'minlash orqali kelgusi besh yilda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotni - 1,6 baravar va 2030 yilga borib aholi jon boshiga to'g'ri keladigan daromadni 4 ming AQSh dollaridan oshirish hamda «daromadi o'rtachadan yuqori bo'lgan davlatlar» qatoriga kirish uchun zamin yaratish. Makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash va yillik inflyatsiya darajasini 2023 yilgacha bosqichma-bosqich 5 foizgacha pasaytirish" [1] vazifasi belgilab berildi.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida foydaning o'sishiga ta'sir qiluvchi barcha omillarni chuqur va har tomonlama tahlil qilishni taqozo qiladi, shuningdek, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishni ham, mahsulot tannarxini pasaytirib, korxonalar foydasini oshirishning eng muhim omili bo'lib hisoblanadi.
Amalda qo'llanilayotgan "Direkt-kosting" tizimini mohiyati shundan iboratki, bunda ishlab chiqarish hajmining o'zgarishiga qarab, ishlab chiqarish xarajatlarini o'zgaruvchan va doimiy xarajatlarga bo'linishdir.
Xarajatlarni o'zgaruvchan va doimiy xarajatlarga bo'linishi shartli bo'lib, ayrim turdagi xarajatlar shartli o'zgaruvchan (shartli doimiy) xarakterga ega bo'ladi. Lekin, boshqaruv hisobida "Direkt-kosting" tizimi bo'yicha xarajatlar xarakteri juda analitiklashtirilmasdan, o'zgaruvchan va
May 12-13
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
doimiy xarajatlarga bo'linib hisobga olinadi, nazorat va tahlil qilinadi. Ishlab chiqarish xarajatlari doimiy va o'zgaruvchan xarajatlardan iborat bo'lib, uni qo'yidagi formula yordamida hisoblashni taklif etgan mualliflar fikrini qo'llab quvvatlaymiz [6.-b.179].
X = Xd + Xo'z yoki X = Xd + Xp + Xpr + Xdg Bu yerda, X - jami xarajatlar;
Xd - doimiy xarajatlar; Xo'z - o'zgaruvchan xarajatlar; Xp - o'zgaruvchan proporsional xarajatlar; Xpr- o'zgaruvchan progressiv xarajatlar; Xdg - o'zgaruvchan degressiv xarajatlar. "Korxonalar faoliyatida tannarxni pasayishi va foydani oshirishda, degressiv xarajatlarni pasayish suratlari proporsional va progressiv xarajatlarni o'sish suratlaridan yuqori bo'lishi lozim" [6.-b.183].
Doimiy xarajatlarni tahlil qilishda ularni ikki qismga - samarali va samarasiz xarajatlarga bo'lish ham muhim ahamiyatga ega. Shunday qilib, doimiy xarajatlarni quydagicha formula yordamida aks ettirishimiz mumkin: D = Df + Dfs Bu yerda, D - jami doimiy xarajatlar;
Df - doimiy samarali xarajatlar; Dfs - doimiy samarasiz xarajatlar. Paxta tozalash sanoati korxonalarida korxonaning paxta xom ashyosini qayta ishlash quvvatini hamda haqiqatda foydalanilgan quvvatni bilsak, doimiy samarali va samarasiz xarajatlar quyidagi formulalar yordamida aniqlanadi [6.-b.184]:
Xarajatlarni doimiy va o'zgaruvchan xarajatlarga, o'zgaruvchan xarajatlarni mutanosib taqsimlanadigan, progressiv, degressiv xarajatlarga,
A
Dfoydaii = (Qv.-Qh.) • Êâ Ä
Dfoydasiz Qh- ' ^
Bu yerda, Qv -Korxonaning paxta xom ashyoni qayta ishlash quvvati; Qh -Korxonaning foydalanilgan quvvati; D - Doimiy xarajatlar.
doimiy xarajatlarni samarali va samarasiz xarajatlarga bo'linishi "direkt-kosting" tizimining xususiyatlaridan hisoblanadi
!!
May 12-131 ©
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
Xarajatlarni "Direkt-kosting" tizimidagidek turkumlab, tahlil qilish, xarajatlar hisobini tartibga solish bilan birga, xarajatlarni turlari bo'yicha tezkor axborot olishni ta'minlab, ular tahlili va nazoratini to'g'ri yo'lga qo'yib, tannarxni pasaytirish va foydani ko'paytirish imkonini beradi. "Direkt-kosting" tizimi bo'yicha paxta tozalash sanoati korxonalarida asosiy mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari tahlilini ko'rib chiqamiz.
Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari 3 ta guruhga bo'linadi:
1. Paxta xom ashyosini xarid qiymati.
2. Paxta xom ashyosini tayyorlash va saqlash xarajatlari.
3. Paxta xom ashyosini qayta ishlash xarajatlari.
1 tonna paxta tolasi ishlab chiqarish xarajatlarini doimiy va o'zgaruvchan xarajatlar bo'yicha tahlil qilamiz (1- jadval).
1- jadval
1 tonna paxta tolasi ishlab chiqarish xarajatlari tahlili.
Xarajat turlari. Bazis yil Hisobot yil Bazis yilga nisbatan o'zgarishi (+ko'p, -kam)
Summasi, so'm Salmo-g'i, % Summasi, so'm Salmo-g'i, % Mutloq, so'm Nisbiy, %
1 2 3 4 5 6 7
O'zgaruvchan xarajatlar. 1293936 92,16 1499124 94,23 +205188 +15,86
Doimiy xarajatlar. 110106 7,86 91737 5,77 -18369 -1668
Jami xarajatlar. 1404042 100,00 1590861 100,00 +186819 +13,31
1-jadvaldan ko'rinib turibdiki, jami xarajatlar ichida hisobot yilda bazis yilga nisbatan o'zgaruvchan xarajtalar 205188 so'm yoki 15,86%ga oshgan, shu bilan birga uning salmog'i ham 2,07%ga oshgan. Shunga mos ravishda doimiy xarajatlar 18369 yoki 16,88%ga kamayib, salmog'i 2,07%ga kamaygan.
Shunday qilib, mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarini doimiy va o'zgaruvchan xarajatlarga bo'lib, tahlil qilganimizda, xarajatlar asosan o'zgaruvchan xarajatlar hisobiga oshgan. Paxta tozalash sanoati korxonalarida xarajatlarni o'zgaruvchan va doimiy xarajatlarga bo'lib, aosiy e'tiborni o'zgaruvchan xarajatlarga qaratish, xarajatlar ustidan nazoratni o'rnatishni ta'minlab, mahsulot tannarxini pasaytirib, barqaror moliyaviy natijani ta'minlaydi.
Tadqiqotlar davomida paxta tozalash sanoati karxonalarida ishlab chiqarish xarajatlari tarkibi atroflicha o'rganilib, mahsulot
May 12-13
81
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
tannarxiga ta'sir etuvchi xarajatlar guruhlanib, korxonalar xususiyatidan kelib chiqqan holda paxta xom ashyosini tayyorlash, saqlash va qayta ishlash xarajatlarini bevosita mahsulot tannarxiga ta'siri aniqlandi.
Xulosa va takliflar
Mahsulot tannarxini tahlil qilishda iqtisodiy tahlilning an'anaviy usullardan tashqari, jahon amaliyotida qo'llanilayotgan iqtisodiy tahlilning usullari ham o'rganilib, mahsulot tannarxini tahlil qilishning progressiv usullarini qo'llash maqsadga muvofiqligi isbotlandi. Jumladan, "direkt-kosting" tizimining xususilaridan biri xarajatlarni doimiy va o'zgaruvchan xarajatlarga bo'linishi hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda, ishlab chiqarish xarajatlari doimiy va o'zgaruvchan xarajatlarga ajratildi. Tahlil natijalari shuni ko'rsatdiki, o'rganilgan davrda 1 tonna paxta tolasi ishlab chiqarish xarajatlari 186819 so'mga oshishiga o'zgaruvchan xarajatlarni 205188 so'mga oshishi va doimiy xarajatlarni 18369 so'mga kamayishi ta'sir qilgan. Natijada, xarajatlarni kamaytirishda ko'proq o'zgaruvchan xarajatlarga qaratish mahsulot tannarxini pasaytirishga olib kelishi asoslandi.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-son farmoni. www.Lex.uz.
2. Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shak5llantirish tartibi to'g'risida NIZOM. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-so6n qarori bilan tasdiqlangan.www.Lex.uz.
3. Alikulov A.I. «Direkt-kosting» tizimida ishlab chiqarish xarajatlari tahlili. "Iqtisod va moliya" jurnali. №4, 2011.
4. Vahabov A., Ishonqulov N. Ibrohimov A. Darslik. Moliyaviy va boshqaruv tahlili. - T.: Iqtisod-moliya, 2013. -422 b.
4.Kalonov M.B. Daromadlar va xarajatlar axborot-tahlil ta'minotini takomillashtirish. "Moliya va bank ishi" elektron ilmiy jurnali. II son. Mart - aprel, 2019.
5. Muslimov S.Ya., Kyazimov R.N. Finansovbiy analiz. —Baku: Azerneshr, 2017. -312 b.
6. Селезнева Н.Н., Ионова А.Ф."Финансовый анализ".-М.:ЮНИТИ.2011. -417с.
May 12-13
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
7. Tojiboyeva Sh.A. Moliyaviy tahIil-2. Darslik. -T.: «Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi», 2021 - 424 b.
8. Turistik mahsulotlar hisobi va tahlilining metodologik asoslarini takomillashtirish. Iqtisodiyot fanlari bo'yicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. -T.:2020, -238 b.
9. Xasanov B.A. Boshqaruv hisobi. Darslik. -T.: Iqtisod-moliya, 2011. - 307 b.
10. Шеремет А.Д., Негашев Е.В. Методика финансового анализа. -Москва: ИНФРА, 2019. -208 с.