Научная статья на тему 'GUDVILNING MILLIY STANDARTLARINI XALQARO STANDARTLAR ASOSIDA TASHKIL ETISHNING USTUVOR SABABLARI, HAMDA GUDVILNI YANGI METODLAR BILAN BUXGALTERIYA HISOBIGA KIRITISH'

GUDVILNING MILLIY STANDARTLARINI XALQARO STANDARTLAR ASOSIDA TASHKIL ETISHNING USTUVOR SABABLARI, HAMDA GUDVILNI YANGI METODLAR BILAN BUXGALTERIYA HISOBIGA KIRITISH Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

186
47
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
gudvil / nomoddiy aktivlarning xalqaro standartlari / international assets board. / gudvil / nomoddiy aktivlarning xalqaro standartlari / international assets board.

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Muxlisa Utkir Qizi Amrullayeva

Ushbu tezisda gudvilning buxgalteriya hisobida yuritilishining milliy standartlarini xalqaro standartlar asosida tashkil etish uslubiyatini takomillashtirish masalalari va gudvilni buxgalteriya hisobiga olishda yangi metodlardan foydalanish masalalari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This thesis describes the issues of improving the methodology of establishing national standards of goodwell in accounting based on international standards and the use of new methods in accounting of goodwell

Текст научной работы на тему «GUDVILNING MILLIY STANDARTLARINI XALQARO STANDARTLAR ASOSIDA TASHKIL ETISHNING USTUVOR SABABLARI, HAMDA GUDVILNI YANGI METODLAR BILAN BUXGALTERIYA HISOBIGA KIRITISH»

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

GUDVILNING MILLIY STANDARTLARINI XALQARO STANDARTLAR ASOSIDA TASHKIL ETISHNING USTUVOR SABABLARI, HAMDA GUDVILNI YANGI METODLAR BILAN BUXGALTERIYA HISOBIGA

KIRITISH

Muxlisa Utkir qizi Amrullayeva

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali talabasi

ANOTATSIYA

Ushbu tezisda gudvilning buxgalteriya hisobida yuritilishining milliy standartlarini xalqaro standartlar asosida tashkil etish uslubiyatini takomillashtirish masalalari va gudvilni buxgalteriya hisobiga olishda yangi metodlardan foydalanish masalalari yoritilgan.

Kalit so'zlar: gudvil, nomoddiy aktivlarning xalqaro standartlari, international assets board.

ABSTRACT

This thesis describes the issues of improving the methodology of establishing national standards of goodwell in accounting based on international standards and the use of new methods in accounting of goodwell

Keywords: goodwill, international standards of intangible assets, international assets board.

Kirish

O'zbekiston Respublikasida Nomoddiy aktivlami buxgalteriya hisobida yuritish tartibi 7- son BHMS hamda 9-son BHS bilan tartibga solingan. Nomoddiy aktivlarning sintetik va analitik hisobi esa 21-son BHMS bilan tartibga solinadi.

O'zbekiston Respublikasining "Nomoddiy aktivlarning hisobi" to'g'risidagi 7-son milliy standarti O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 23-noyabrdagi 553-sonli qarori bilan tasdiqlangan. Ushbu standart 12 bobdan iborat.

1. Umumiy qoidalar

2. Nomoddiy aktivlarning kelib tushishi

3. Nomoddiy aktivlarni dastlabki baholash

4. Nomoddiy aktivlarga o'tkaziladigan kapital qo'yilmasi.

5. Nomoddiy aktivlarni qayta baholash.

6. Nomoddiy aktivlardagi xarajatlarni aks ettirish.

7. Nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblash.

May 12-13

134

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

8. Nomoddiy aktivdan foydalanish huquqini berish bilan bog'liq operatsiyalar hisobi.

9. Gudvil hisobi xususiyatlari.

10.Nomoddiy aktivlarning chiqib ketishi.

11. Nomoddiy aktivlarni inventarizatsiyadan o'tkazish.

12.Axborotlarni yoritib berish.

7-son BHMS ning 1- bob "Umumiy qoidalar" ning 6- bandida ko'rsatilgan "Nomoddiy aktivlarni hisobga olish shartlarini" bajargan nomoddiy aktivlar ushbu bobning 10- bandida ko'rsatilganidek gudvil nomoddiy aktiv sifatida tan olinadi. Xuddi shu BHMSning 9- bobi "Gudvil hisobi xususiyatlari" bo'lib uning 60- bandiga ko'ra korxonaning bozor qiymati korxona tomonidan kelgusida olinish ehtimoli mavjud bo'lgan iqtisodiy naf bozori bahosini aks ettiradi. 63- bandiga ko'ra gudvil summasiga kelgusidagi iqtisodiy nafni kutib, xaridor tomonidan to'lanadigan narxga qo'shimcha sifatida qarash va alohida inventor sifatida hisobga olish lozim. Xuddi shu BHMSning 64- bandiga ko'ra gudvil bo'yicha amortizatsiya ajratmalari uning foydali xizmat muddati mobaynida boshlang'ich qiymatni kamaytirish yo'li bilan buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. Gudvil bo'yicha amortizatsiya ajratmalari mazkur BHMSning 7- bobida nazarda tutilgan usullar orqali amalga oshiriladi.

Gudvil 21-son BHMSga ko'ra buxgalteriya balansida 0480- schyotda aks ettiriladi. Gudvil korxona xarajatlari evaziga hisobdan chiqarilganda: debet xarajat aks ettirilgan schyot, kredit 0480 bo'ladi. Asos hujjat "raschot" olinadi.

Gudvilning xalqaro standartlari 2004-yil martda "International accounting assets board" tomonidan tasdiqlangan ushbu standart IAS 38 kengashning 14ta a'zosidan 13tasi tomonidan tasdiqlashga taklif qilingan. Professor Whithingdon tomonidan ma'qullanmagan. IAS 38 29 bob va 133 banddan iborat:

1. Maqsadi.

2. Faoliyat doirasi.

3. Ta'riflar.

4. Nomoddiy aktivlar.

5. Tanishish va o'lchash.

6. Alohida sotib olish.

7. Biznes birlashmalari bir qismi sifaida sotib olish.

8. Davlat granti sifatida sotib olish.

9. Aktivlar almashinuvi.

10.Ichki yaratilgan gudvil

11.Ichki ishlab chiqarilgan nomoddiy aktivlar.

12.Xarajatlarni tanishtirish.

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

13.O'tgan xarajatlar tan olingandan keyin nomoddiy aktiv sifatida tan olinmaydi.

14.Narx modeli

15.Qayta baholash modeli.

16.Amaliyotda foydasi.

17.Muddati cheklangan nomoddiy aktivlarning foydalanish muddati.

18.Amortizatsiya maqsadi.

19.Qoldiq qiymat.

20.Amortizatsiya muddati va usullarini ko'rib chiqish.

21.Foydali xizmat muddatini baholashni ko'rib chiqish

22.Pesiyalar va ishlab chiqarish.

23.Oshkoralik .

24.General.

25.Qayta baholash modelidan foydalangan holda tan olingandan keyin o'lchanadigan nomoddiy aktivlar.

26.Tadqiqot va ishlanmalar uchun xarajatlar.

27.Shu kabi aktivlarni ayirboshlash.

28.Erta ariza.

29.IAS 38 1998 yilda tasdqilangan ISSUEDni bekor qiladi

2- bob "faoliyat doirasi" ning F bandiga ko'ra korxonalarni birlashtirishda sotib olingan gudvil (3-IFRS biznes birlashmasiga) ko'ra nomoddiy aktiv deb aniqlanmaydi.

4- bob "nomoddiy aktivlar" ning 10 - bandiga ko'ra 9-banddagi nomoddiy aktivlarning ta'rifiga ko'ra ya'ni identifikatsiya qilish resurs ustidan nazorat va kelajakdagi iqtisodiy foyda mavjudligiga javob bermaydi. Agar obe'kt korxonalar birlashmasida sotib olingan bolsa, u sotib olish sanasidan tan olingan gudvilning bir qismini tashkil qiladi.

10- bob "Ichki gudvil hisobi" 48- bandiga ko'ra ichki yaratilgan gudvil korxona aktiv sifatida tan olinmaydi. Xuddi shu standartning 50- bandiga ko'ra tashkilotning adolatli qiymati va uning aniqlanishi mumkin bo'lgan sof aktivlarning balans qiymati o'rtasidagi farqlar har qanday vaqtda korxonaning haqiqiy qiymatiga ta'sir qiluvchi bir qator omillarni qamrab olishi mumkin. Biroq bunday farqlar korxona tomonidan nazorat qilinadigan nomoddiy aktiv qiymatini bildirmaydi.

Gudvilni korxona hisobidan chiqarish metodlari xalqaro standart va milliy standartda bir xil mazmunda keltirilgan. Ya'ni gudvilga amortizatsiya hisoblash uchun boshqa xarajatlar schyotiga (0480-9220) hisobga olib uni hisobdan chiqaradi. Bunda gudvil korxona xarajati sifatida hisoblanib, bu holatda gudvil korxona foydasidan qoplanadi.

May 12^13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

Korxona foydasidan gudvilni qoplash korxona uchun agarda gudvil sotib olingan aktivlari kelgusida katta daromad keltirsa samarali ammo aksincha holatlar yuz berganda korxona zarari bo'ladi. Korxonaga gudvilning aks holatining zarari ya'ni sotib olingan korxona aktivlari yuqori foyda keltirmaganda zarar bo'lib ta'sir ko'rsatmasligi uchun gudvilni hisobdan chiqarayotganda uni (9220) boshqa aktivlarning chiqib ketishi schyotiga hisobga olmay uni (2500) umumiy ishlab chiqarish xarajatlari schyotiga hisobga olsak, gudvilning qiymati doimiy xarajatlar bilan maxsulot tannarxiga kiradi. Bundan kelib chiqadiki maxsulot tannarxidan fond qaytimi olinib uni korxona hisobiga olsa korxona uchun foyda bo'ladi. Bunday holatda gudvil korxona foydasidan qoplanmay,tannarxga quyilgan fond qaytimi bilan qoplanadi.

Gudvilni umumiy xarajatlar schyotiga hisobga olishimiz uchun quyidagilarni asos qilib olishimiz mumkin.

1. IAS38ning 2- bob "faoliyat doirasi" ning F bandiga muofiq korxonalarni birlashtirishda sotib olingan gudvil (3-IFRS biznes birlashmasiga) ko'ra nomoddiy aktiv deb aniqlanmaydi.

2. BHMS 7 ga muofiq (42-44 band) nomoddoy aktivlarga eskirish hisoblashda xuddi asosiy vositalar kabi bir maromli, bajarilgan ish xajmiga proportsional (kumulativ) va kamayib boruvchi qoldiq qiymatdan hisoblab topish usullari bo'yicha amalga oshiriladi. Tanlangan usul (usullar) korxonaning hisob siyosatida ko'rsatilgan bo'lishi lozim. Asosiy vositalar kabi nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisoblashda Soliq Kodeksi negizida bir maromda hisoblash usuli olingan, qolgan usullar bo'yicha hisob- kitoblarda aniqlangan me'yordan ortiqcha summalar foyda solig'i bazasiga qayta qo'shiladi vas hu yo'l bilan soliqqa tortiladi.

3. BHMS 7 ga muofiq (46-band) har bir hisobot yili oxirida asosiy vositalar kabi nomoddiy aktivlarning foydali xizmat muddati qayta ko'rib chiqilishi va shunga mos ravishda amortizatsiya me'yori o'zgartilishi mumkin.

4. BHMS 7 ga muofiq nomoddiy aktivlarni baholashda xuddi asosiy vositalarni hisoblashda qo'llaniladigan qiymat turlarining mohiyatiga toi'liq o'xshashdir. Unga ko'ra boshlang'ich qiymat, tiklangan qiymat, qoldiq qiymat amortizatsiyalanadigan qiymat, sotish qiymati turlari ishlatilishi mumkin.

Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki nomoddiy aktivlarning hisobga olinishi, unga amortizatsiya hisoblash, inventarizatsiya o'tkazish shartlari asosiy vositlarnig xuddi shu shartlarini qanoatlantiradi. Bundan kelib chiqadiki korxona gudvilini umumiy xarajatlarga hisobga olishimiz mumkin.

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

Gudvilni doimiy xarajatlar (2500) ga hisobga olinishi oqibatlari quyidagilardan iborat:

• Agarda korxona gudvilni doimiy xarajatlarga kiritsa maxsulot tannarxiga ta'sir etadi ya'ni bir birlik maxsulot tannarxi oshishi evaziga agar bozordagi maxsulot narxi korxona qo'shimcha qo'yilma narxidan yuqori bo'lsa korxona uchun tannarxning oshishi korxona foydasiga ta'sir ko'rsatmaydi. Aks holda korxona qo'shimcha qo'yilma narxidan bozordagi maxsulot narxi past bo'lsa maxsulotni tannarxida sotishga majbur bo'ladi va korxonaga foyda keltirmaydi. Korxona doimiy xarajatlarni kiritayotganda maxsulotning bozordagi talabgorligiga e'tibor qaratishi lozim.

• Gudvilning qiymatini doimiy xarajatlarga hisobga olganimizda agarda sotib olingan aktivlar korxona uchun foyda keltirmagan taqdirda gudvil korxona boshqa xarajatlari bilan foydadan qoplanmaydi. Ya'ni korxona uchun katta zarar keltirmaydi qachonki korxona maxsuloti tannarxiga o'tkazilib, undan fond qaytimi olinganda.

• BHMS 7 ga ko'ra korxona nomoddiy aktivlarning (0510-0590) schyotlarining debetida nomoddiy aktivlarning sotilishi, bepul berilishi, hisobdan chiqarilishi, kamomadlari va ta'sis badali sifatida kiritilishi munosabati bilan ularga to'g'ri keladigan jamlangan eskirish summasini kamaytirish aks ettiriladi. Bunda 9220,0480,8510- schyotlari kreditlanadi. Bunga ko'ra nomoddiy aktivlar 0480 gudvilga qabul qilinsa va gudvildan doimiy xarajatlarga hisobga olingan taqdirda ular ham gudvil bilan birgalikda maxsulot tannarxiga o'tkazilib fond qaytimi olinadi.

Umuman olganda gudvil korxonaga foydali nomoddiy aktiv sifatida xizmat qilishi lozim. Gudvilni hisobga olishda yangicha metodlardan foydalanish uning rentabelligini oshirishga xizmat qiladi. Gudvil to'g'risidagi yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib aytishimiz mumkinki korxona daromad olish uchun tashkil qilingan demak korxonadagi barcha aktivlar faqatgina korxona foydasi uchun ishlashi lozim. Shu borada Uorren Baffetning bir iqtiobosini keltirib o'tish mumkin "Rahbarlar esda tutishlari lozimki:buxgalteriya hisobi biznes tafakkuriga qo'shimcha bo'lib, uning o'rnini bosa olmaydi.

REFERENCES

1.Nomoddiy aktivlarning xalqaro standartlari IAS 38

2.Nomoddiy aktivlarning milliy standarti BHMS-7.

3.Buxgalteriya hisobi va audit. K.B. Urozov.

4.Buxgalteriya hisobi nazaryasi: Xoshimov.B.

5.Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari. Ochilov. I

May 12-13

138

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.