Научная статья на тему 'BUDJET TASHKILOTLARIDA BUXGALTERIYA HISOBI VA HISOBOTINI XALQARO STANDARTLAR ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH'

BUDJET TASHKILOTLARIDA BUXGALTERIYA HISOBI VA HISOBOTINI XALQARO STANDARTLAR ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
3876
417
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Budjet / budjet tashkiloti / Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari(BHXS) / davlat sektori / Moliya yili / passiv schot / aktiv schot / moliyaviy natijalar / shartnoma / Budget / budget organization / International Accounting Standards (IFRS) / public sector / Fiscal year / liability account / asset account / financial results / contract

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Xudayberdiyeva, Nilufar Mengqobilovna

Davlat sektorida buxgalteriya hisobi xalqaro standartlari asosida buxgalteriya hisobi va hisoboti tizimini takomillashtirish hisob yuritishni uslubiy jihatlarini xalqaro amaliyotda umumqabul qilingan nomalarga moslashish asosida mamlakat reytingini yanada oshirish; davlat moliyasini boshqarishda hisobotlarni axborot qamrovi va shaffofligini oshirish; moliyaviy va statistik hisobotlarni integratsiyalashuvini ta’minlash; xalqaro munosabatlarni globallashuvi sharoitida chet el investitsiyalari hamda donorlik mablag’lari xajmini ko’paytirishdan iborat.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPROVEMENT OF ACCOUNTING AND REPORTING IN BUDGET ORGANIZATIONS ON THE BASIS OF INTERNATIONAL STANDARDS

Improving the system of accounting and reporting in the public sector on the basis of international accounting standards Further increase the country's rating by adapting the methodological aspects of accounting to the generally accepted names in international practice; increase information coverage and transparency of reports in public finance management; ensuring the integration of financial and statistical reporting; in the context of the globalization of international relations, increasing the volume of foreign investment and donor funds.

Текст научной работы на тему «BUDJET TASHKILOTLARIDA BUXGALTERIYA HISOBI VA HISOBOTINI XALQARO STANDARTLAR ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

BUDJET TASHKILOTLARIDA BUXGALTERIYA HISOBI VA HISOBOTINI XALQARO STANDARTLAR ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH

Xudayberdiyeva Nilufar Mengqobilovna

Termiz Davlat Universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti Magistratura bo'limi "Buxgalteriya hisobi" yo'nalishi 2-kurs magistranti

Davlat sektorida buxgalteriya hisobi xalqaro standartlari asosida buxgalteriya hisobi va hisoboti tizimini takomillashtirish hisob yuritishni uslubiy jihatlarini xalqaro amaliyotda umumqabul qilingan nomalarga moslashish asosida mamlakat reytingini yanada oshirish; davlat moliyasini boshqarishda hisobotlarni axborot qamrovi va shaffofligini oshirish; moliyaviy va statistik hisobotlarni integratsiyalashuvini ta'minlash; xalqaro munosabatlarni globallashuvi sharoitida chet el investitsiyalari hamda donorlik mablag 'lari xajmini ko 'paytirishdan iborat.

Kalit sozlar: Budjet, budjet tashkiloti, Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari(BHXS), davlat sektori, Moliya yili, passiv schot, aktiv schot, moliyaviy natijalar, shartnoma

Improving the system of accounting and reporting in the public sector on the basis of international accounting standards Further increase the country's rating by adapting the methodological aspects of accounting to the generally accepted names in international practice; increase information coverage and transparency of reports in public finance management; ensuring the integration of financial and statistical reporting; in the context of the globalization of international relations, increasing the volume offoreign investment and donor funds.

Keywords: Budget, budget organization, International Accounting Standards (IFRS), public sector, Fiscal year, liability account, asset account, financial results, contract

Совершенствование системы учета и отчетности в государственном секторе на основе международных стандартов бухгалтерского учета Дальнейшее повышение рейтинга страны за счет адаптации методологических аспектов бухгалтерского учета к общепринятым в международной практике названиям; повысить информативность и прозрачность отчетов в управлении государственными финансами;

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

АННОТАЦИЯ

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

обеспечение интеграции финансовой и статистической отчетности; в условиях глобализации международных отношений, увеличения объема иностранных инвестиций и донорских средств.

Ключевые слова: Бюджет, бюджетная организация, Международные стандарты финансовой отчетности (МСФО), государственный сектор, финансовый год, счет обязательств, счет активов, финансовые результаты, договор.

Keyingi yillarda mamlakatimiz budjet va soliq siyosatida olib borilayotgan islohotlar sharoitida budjet tashkilotlarini budjetdan moliyalashtirishni qisqartirih uchun olib borilayotgan tadbirlar, budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg'armalari ahamiyatining yuqori ekanligini ko'rsatib bermoqda. Bu borada qabul qilinayotgan me'yoriy-huquqiy asoslar olib borilayotgan ishlar buning yaqqol dalilidir.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2019 yilda mamlakatimizni rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalariga bag'shlangan Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida " Budjet mablag'laridan samarali foydalanish tizimini yanada takomillashtirish zarurligi, budjet hisobidan mablag' ajratiladigan har qanday dastur yoki loyihaning sifat va miqdor ko'rsatkichlaridan iborat, natijaga yo'naltirilgan indikatorlari bo'lishi kerakligi ta'kidlab o tildi. Malumki, soliq stavkalari pasaytirilishi yoki ayrim soliqlar bekor qilinishi bilan budjetga tushadigan mablag' albatta kamayadi. Buni samarali soliq ma'muriyatchiligi orqali bartaraf etish va budjet barqarorligini ta'minlash mumkun. Aynan shunga erishish birinchi galdagi vazifamiz" ekanligi prezident Sh. Mirziyoyev tomonidan aytib otildi.

Budjet ijrosi jarayonida Davlat budjeti mablag'lari va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag'lari shakillanishi hamda sarflanishini uzluksiz hisobga olish, ularni hujjatlashtirish va axborotlarni tizimli shakllantirish uchun budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi tashkil etilgan.

Budjet mablag'laridan oqilona va samarali foydalanish, budjet taqchilligini oldini olish dolzarb masalalardan biri sanaladi. "Albatta, Davlat budjeti o4chovsiz emas, mablag'larni qattiq tejash, belgilangan maqsad uchun va oqilona ishlatishni ta'minlash zarur. Bu - hammaga ravshan va rad etib bo'lmaydigan haqiqat"- deydi Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev o'z nutqlarida. Budjet tashkilotlari budjet mablag'larining asosiy iste'molchisi hisoblanib, davlat budjeti xarajatlarini tashkil etadi va xarajatlar smetasi asosida budjetdan moliyalashtiriladi. Shuningdek, budjet

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

tashkiloti qonunchilikka muvofiq budjetdan tashqari mablag'lar yuzasidan tashkil bo'lish manbalari va foydalanish yo'nalishlari ko'rsatilgan holda budjetdan tashqari mablag'lar bo'yicha smetalar doirasida xarajatlarni amalga oshiradi. Oxirgi yillarda davlat moliyasini isloh qilish loyihasini amalga oshirish doirasida so'nggi natijaga yo'naltirilgan budjetlashtirish tamoyillarining joriy qilinishi, budjetining gazna ijrosiga o tilishi, o'rta muddatli budjet istiqbollarini belgilash siyosatining ilgari surilishi, davlat hamda budjet siyosatidagi boshqa o'zgarishlarning amalga oshirilishi budjet tashkilotlarida oz xarajatlarini aniqlash va smetalarni ishlab chiqish, budjetdan tashqari mablag'larni safarbar qilish tartiblarini takomillashtirishni talab etmoqda.

Budjet tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida mablag'lardan maqsadli va oqilona foydalanishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bu borada budjet hisobining xorij tajribalarini o'rganish ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishda alohida axamiyat kasb etadi. Shuningdek, budjet hisobi va hisobotini takomillashtirishda byudjet hisobining xorij tajribalri, ularni qo'llashning afzallaliklari va bosqichlarini chuqur o'rganishni talab etadi.

O'zbekiston Respublikasi davlat sektorida buxgalteriya hisobi va hisobotini takomillashtirish Budjet tizimida amalga oshirilayotgan islohatlarni asosiy yo'nalishlaridan biri sifatida belgilandi va kontseptsiya qabul qilindi. Kontseptsiyaga ko'ra Budjet hisobi standartlarini qabul qilish belgilandi.

Davlat sektorida buxgalteriya hisobi xalqaro standartlarini mamlakatlarda qo'llash yanada yuqori sifatli moliyaviy hisobotlar davlat sektori faoliyati natijalarini baholashga katta imkoniyat yaratadi, axborotlarni shaffofligini oshiradi, Budjetga moliyaviy hisob va statistik hisobotlarni yuqori darajada integratsiyalashuvini ta'minlaydi, axborotlarni ishonchliligi va to'liqligini oshishi hisobiga davlat aktivlarini samarali boshqarish imkonini beradi, moliyaviy hisobotlarni boshqa mamlakatlar moliyaviy hisobotlari bilan solishtirish imkoniyati yaratiladi, xalqaro munosabatlarni globallashuvi sharoitida mamlakat majburiyatlari qandayligi va uni o'z resurslari bilan qanday boshqarayotganligi shuningdek moliyaviy xolatni tushinish asosida chet el ivestitsiyalarini xajmini oshishi va donorlik mablag'larini ko'payishi imkonini beradi.

Yuqoridagilardan aytish mumkinki Davlat sektorida buxgalteriya hisobi Xalqaro Standartlari butun jahonda yanada kengroq foydalanilmoqda va tan olinmoqda. Hatto ba'zi mamlakatlar Davlat sektorida buxgalteriya hisobi Xalqaro Standartlarini o'z standartlaridek o'zgarishlarsiz ishlatishmoqda, ba'zilari esa mamlakat xususiyatidan kelib chiqib ba'zi o'zgarishlarni kiritmoqdalar.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ma'lumki, budjet tushinchasi keng qo'llaniladigan tushunchalardan bin hisoblanadi. Shunday ekan eng avvalo Budjet tushinchasiga aniqlik kiritib olishimiz zarur. Budjet - maqsad uchun mo'ljallangan pul jamg'armasi bo'lib unda daromadlar va xarajatlar manbaalari va yo'nalishlari nazarda tutiladi. Shu jihatdan oila Budjeti, korxona Budjeti, davlat Budjeti, davlat jamg'armalari Budjeti va boshqalar bo'lishi mumkin. Hisob - jarayon, hodisalarni miqdor jihatdan tavsiflash sifat jihatdan aks ettirishdir. Hisobni ham bir qancha turlarga ajratish mumkin, ya'ni tezkor hisob, statistik hisobi, buxgalteriya hisobi va boshqalar. Hisobni tashkil etish asosida axborotlar shakllantiriladi. Bu axborotlar jarayonni borishini nazorat qilishga, boshqaruv qarorlarini qabul qilishga, joriy va uzoq muddatli rejalar tuzishga asos bo'lib hizmat qiladi.

Budjet hisobi - Budjet tizimi Budjetlarini ijro etishda hisobga olinadigan, pulda ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning, shuningdek mazkur aktivlar va majburiyatlarni o'zgartiruvchi operatsiyalarning holati to'g'risidagi axborotni to'plash, ro'yxatdan o'tkazish va umumlashtirishning tartibga solingan tizimidir.

Budjet hisobi standarti - Budjet hisobini yuritishga belgilangan talablarni aks ettirgan hujjatdir.

Budjet hisobi standarti milliy hamda xalqaro standartlarga bo'linadi.

O'zbekiston Respublikasi "Budjet kodeksi" ga muvofiq Budjet hisobini yagona uslubiyoti Budjet hisobining xalqaro standartlariga, shuningdek boshqa qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.

Davlat sektorida buxgalteriya hisobi xalqaro standartlari (DSBHXS) - davlat sektoridagi tashkilotlarda (davlat ishtirokidagi tijorat korxonalaridan tashqari) yuqori sifatda jahon standartlari asosida moliyaviy hisobotlarni tuzish bo'yicha xalqaro miqyosda umumqabul qilingan qoidalardir.

Budjet ijrosi jarayonida aktivlar va majburiyatlarning, shuningdek mazkur aktivlar va majburiyatlarni o'zgartiruvchi operatsiyalarning holati to'g'risidagi axborotni to'plash, ro'yxatdan o'tkazish va umumlashtirishning tartibga solingan tizimi bo'lgan Budjet hisobini yuritishga qo'yilgan yagona talab Budjet hisobi standartlari belgilaydi.

Jumladan Budjet tashkilotlarida hisob siyosatini shakllantirishga qo'yiladigan talablar, hisob ob'ektlar (asosiy vositalar, zaxiralar va boshqalar) ni tan olish me'zonlari, baholash, hisobotlarda aks ettirish me'yorlarini belgilab beradi.

Budjet hisobi standartlarining bo'limlari quyidagilardan iborat:

- Hisob ob'ekti - Hisob ob'ektini aniqlash, umumiy tushinchalar;

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

- Hisob ob'ektini tan olish - Hisob ob'ektini hisobot elementlariga o'tkazish tartiblari;

- Hisob ob'ektini baholash - Hisob ob'ektini baholash usullarini qo'llash bo'yicha tavsiyalar hamda talablar;

- Moliyaviy hisobotda aks ettirish - Hisob ob'ekti haqida axborotlarni moliyaviy hisobotda ochib berish va aks ettirish tartibi.

Budjet hisobi va hisoboti tizimini tartibga soluvchi davlat organi - O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hisoblanadi va Budjet hisobi standartlarini tasdiqlaydi.

O'zbekiston Respublikasi davlat sektorida buxgalteriya hisobi va hisobotini takomillashtirish Budjet tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni asosiy yo'nalishlaridan biri sifatida belgilandi va kontseptsiya qabul qilindi. Kontseptsiyaga ko'ra Budjet hisobi standartlarini qabul qilish belgilandi.

Davlat sektorida buxgalteriya hisobi xalqaro standartlari Xalqaro buxgalterlar uyushmasi tarkibidagi Davlat sektorida buxgalteriya hisobi xalqaro standartlari Kengashi tomonidan ishlab chiqiladi. Davlat sektorida buxgalteriya hisobi xalqaro standartlari Kengashi a'zolari Xalqaro buxgalterlar uyushmasi tomonidan tayinlanadi. Jami 18 a'zo bo'lib 15 tasi Xalqaro buxgalterlar uyushmasi tomonidan, 3 tasi jamoatchilikdan tavsiya etiladi. Kengashning jamoatchilik a'zolari xar qanday shaxsdan yoki tashkilotdan tavsiya etilishi mumkin. Bundan tashqari Davlat sektorida buxgalteriya hisobi xalqaro standartlari kengashiga cheklangan miqdorda davlat sektorida moliyaviy hisobotga manfatdor organlardan kuzatuvchilar tayinlanadi va ular yig'ilishda fikr bildirish xuquqiga ega lekin ovoz berish xuquqiga ega emas.

Davlat sektorida buxgalteriya hisobi xalqaro standartlari Kengashi tomonidan maslaxat guruxi tashkil etiladi va ular ishchi gurux hisoblanib ovoz berish xuquqidan foydalanmaydi. Maslaxat guruxi raxbari bo'lib Kengash raisi hisoblanadi.

Davlat sektorida buxgalteriya hisobi xalqaro standartlari Kengashi ishlab chiqadi:

hisoblash usulida qo'llaniladigan Davlat sektorida moliyaviy hisobot xalqaro standartlari;

kassa usulida qo'llaniladigan Davlat sektorida moliyaviy hisobot xalqaro standartlari.

Davlat sektorida buxgalteriya hisobi xalqaro standartlari butun jahonda moliyaviy hisobot standartlarining yaqinlashishida, kelishuvida va yanada yaxshilanishida muhim rol o'ynadi. Ulardan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ko'pchilik mamlakatlarda hisob va hisobotga qo'yiladigan milliy talablar uchun asos bo'lib xizmat qilish;

hisob va hisobotga nisbatan o'z talablarini ishlab chiqayotgan alohida mamlakatlar uchun xalqaro etalon sifatida ishlatilishi;

hisobni yuritishda to'la foydalanish uchun qabul qilish (standartlardan o'zgartirishlarsiz foydalanish).

Jahon amaliyotida davlat sektori uchun buxgalteriya hisobining kassa metodi, modifikatsiyalashtirilgan kassa metodi, modifikatsiyalashtiril-gan hisoblash metodi va xisoblash metodi mavjud.

Davlat sektori uchun buxgalteriya hisobining kassa metodi. Mazkur metodda barcha hodisalarni pul mablag'larining harakati bo'yicha qayd qilish ko'zda tutiladi. Bunda aktivlar va majburiyatlarga doir ko'pgina hodisalar buxgalteriya hisobi doirasida hisobga olinmay qoladi. Mazkur metod sharoitida sotib olingan asosiy vositalar sotib olib kelingandan so'ng bir yo'la xarajatlarga qo'shib yuboriladi.

Davlat sektori uchun buxgalteriya hisobining modifikatsiyalashtirilgan kassa metodi. Mazkur metodda hisobot yili tugagandan so'ng keyingi yilning birinchi oyida sodir bo'lgan va avvalgi hisobot yiliga doir barcha hodisalar tugagan hisobot yiliga tegishli deb qabul qilinadi, bu davr ichida avvalgi hisobot yilida qabul qilingan barcha majburiyatlarni davlat to'lav beradi va davlat Budjeta avvalgi hisobot yilida olishi kerak bo'lgan daromadlarini oladi. Bu tartib hisobotlar davlat sektori uchun buxgalteriya hisobining hisoblash metodi bo'yicha tuzilganda ham sakdanib qoladi. Bu esa qandaydir darajada aktivlar va majburiyatlarni baholash imkonini yaratadi. Mazkur metod sharoitida ham sotib olingan asosiy vositalar sotib olib kelingandan so'ng bir yo'la xarajatlarga qo'shib yuborish tartibi saqlanib qoladi.

Davlat sektori uchun buxgalteriya hisobining modifjatsiyalashtirilgan hisoblash metodi. Mazkur metodda sodir bo'lgan barcha hodisalar sodir bo'lishi bilan daromadlar daromad deb, xarajatlar xarajat deb hamda ayrim aktivlar va majburiyatlar ham sodir bo'lgan paytda tan olinadi. Mazkur metod sharoitida kassa metodidagi kabi sotib olingan asosiy vositalar sotib olib kelingandan so'ng bir yula xarajatlarga qo'shib yuborish tartibi saqlanib qoladi. Bu esa hisobni osonlashtirish imkonini beradi hamda davlat sektori uchun buxgalteriya hisobining hisoblash metodiga o'tishni ancha osonlashtiradi.

Davlat sektori uchun buxgalteriya hisobining hisoblash metodi. Mazkur metodda sodir bo'lgan barcha hodisalar sodir bo'lgan paytda tan olinadi. Bu metod qo'llanilganda asosiy vositalar sotib olib kelingandan so'ng bir yo'la xarajatlarga qo'shib yuborish tartibi amal qshgmaydi. Barcha aktivlar qiymati ular-dan

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

foydalanish davri davomida ularning xizmat kilish muddatiga mutanosib ravishda eskirish hisob lanib, bu eskirish summasi xarajatlarga amortizatsiya sifatida qo'shib boriladi.

Yuqorida aytilganlardan ko'rinib turibdiki, davlat sektorida kassa metodiga asoslangan buxgalteriya hisobi yuritilganda sodir bo'lgan hodisalar bo'yicha pul mablag'iaoining kelib tushishi yoki pul mablag'la-rining tulanishchi paytida tan olinsa, davlat sektorida xisoblash metodiga asoslangan buxgalteriya hisobi yuritilganda esa sodir bo'lgan hodisalar aktivlarning qiymati va majburiyatlarning summasi paydo bo'lgan yoki ularning iqtisodiy qiymati o'zgargan paytda tan olinadi.

Davlat sektori uchun buxgalteriya hisobining hisoblash metodida aktivlarning sof qiymatini ko'paytiruvchi hodisalar daromadlar deb, aktivlarning sof qiymatini kamaytiruvchi hodisalar esa xarajatlar deb tan olinadi.

Davlat boshqaruv sektorining aktivlari sof qiymati hamda ular faoliyatining natijalari bo'lib davlat boshqaruv sektorining aktivlari kiymati bilan majburiyatlari summasi o'rtasidagi farq hisoblanadi.

Hisoblash metodi - buxgalteriya hisobida sodir bo'lgan barcha operatsiyalar va boshqa hodisalar, ular sodir bo'lgan paytda qayd etiladigan (pul mablag'lari va uning ekvivalenti kelib tushgan eki to'lanishidan oldin) buxgalteriya hisobi metodi.

Hisoblash metodi moliyaviy hisobotlar ular oldiga qo'yilgan maqsad va vazifalarni bajarishi uchun hisoblash usuli bo'yicha tuzilishi kerak. Bu usulga binoan, voqea va hodisalar ular ro'yobga chiqarilishi bilanoq tan olinishi (pul to'langani yoki olinganida emas) va moliyaviy hisobotda ular amalga oshirilgan davrda aks ettirilishi kerak. Hisoblash tamoyiliga binoan tuzilgan hisobot nafaqat o'tgan voqea xodislar, balki tashkilotning uzishi kerak bo'lgan majburiyatlari, olishi kerak bo'lgan iqtisodiy resurslari haqida ma'lumotlar beradi. Shunday qilib, foydalanuvchilar iqtisodiy qarorlar qabul qilishi uchun muhim axborotni taqdim etish imkoniyati paydo bo'ladi.

Hisoblash usulidagi Davlat sektorida buxgalteriya hisobi xalqaro standartlari hisoblash (moliyaviy hisobotlar ular oldiga qo'yilgan maqsad va vazifalarni bajarishi uchun hisoblash usuli bo'yicha tuzilishi kerak) hamda faoliyatni uzluksizligi (moliyaviy hisobot odatda tashkilot faoliyat ko'rsatyapti va operatsion faoliyatini bundan keyin ham davom ettiradi degan taxmin asosida tuziladi) tamoyillariga asoslangan.

Hisoblash usuliga asoslangan moliyaviy hisobot tarkibi: moliyaviy holati haqida hisobot; faoliyatning moliyaviy natijalari haqida hisobot; sof aktiv/kapital o'zgarishi xaqida hisobot;

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

pul mablag'lari harakati xaqidagi hisobot;

tasdiqlangan budjet.

Moliyaviy holati haqida hisobotda taqdim etiladigan axborotlar -asosiy vositalar, investitsion ko'chmas mulk, nomoddiy aktivlar, moliyaviy aktivlar, investitsiyalar, zaxiralar, almashuvsiz muomalalardan tushum (soliq va transfertlar), valyuta almashuv muomalalaridan tushumlar, pul mablag'lari va pul ekvivalentlari, to'lanadigan soliqlar va transfertlar, valyuta almashuv muomalalariga tulovlar, rezervlardan iborat.

Faoliyatning moliyaviy natijalari haqida hisobotda taqdim etiladigan axborotlar - tushum, moliyalashtirish bo'yicha xarajatlar, ulushli metodda hisobga olinadigan uyushma tashkilotlarini profitsit yoki defitsitdagi ulushi, aktivlarni chiqib ketishi yoki majburiyatlarni tugatish bo'yicha soliq to'langunga qadar foyda va zarar, profitsit yoki defitsitdan iborat.

Sof aktiv/kapital o'zgarishi haqida hisobotda taqdim etiladigan axborot - hisobot davri profitsiti yoki defitsiti, tushumlar va xarajatlar moddalari bo'yicha jamlanmasidan iborat.

Amaldagi qonunchilikka muvofiq budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi hisoblash usulida yuritilishi nazarda tutilgan.

Bugungi kunda mamlakatimizda Davlat sektorida buxgalteriya hisobi xalqaro standartlari asosida buxgalteriya hisobi va hisoboti tizimini takomillashtirish kontseptsiyasiga muvofiq budjet hisobining standartlari loyihalari ishlab chiqilmoqda hamda tegishli soha mutaxassislari ishtirokida muxokamalardan o'tkazilmoqda.

Xozirgi kunda Budjet hisobi standartlarini qabul qilinishi:

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

- Buxgalteriya hisobini yuritish bo'yicha milliy qonunchilik talablarini e'tiborga olish;

- Ortiqcha xarajatlarsiz buxgalteriya va moliya xodimlarini tayyorlash, o'qitishni tashkil etish;

- Amaldagi avtomatlashtirilgan buxgalteriya dasturini (UzASBO) ba'zi kichik o'zgartish va qo'shimchalar bilan foydalanish;

- Yangi o'zgarishlar jarayonini tashkil etishni osonlashtirish imkonini beradi.

Budjet hisobining 1-sonli "Hisob siyosati" va 2-sonli "Yagona schyotlar rejasi"

nomli standartlari O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan ro'xatdan o'tkazildi.

Budjet hisobining 1-sonli "Hisob siyosati" nomli standarti

Mazkur Standartning maqsadi hisob siyosatini tanlash va o'zgartirishlar kiritish mezonlarini, shuningdek budjet tashkilotlari tomonidan budjet hisobini va moliyaviy

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

hisobotni tuzish, hisob siyosatidagi o'zgarishlar to'g'risidagi axborotni ochib berish tartibini belgilab berishdan iborat.

Standart budjet tashkilotlarining moliyaviy hisobotlariga bo'lgan ishonchlilik darajasini va ma'lum bir davriylikdagi moliyaviy hisobotlarini, shuningdek boshqa budjet tashkilotlarining moliyaviy hisobotlarini o'zaro solishtirish darajasini oshirishga mo'ljallangan.

Hisob siyosati budjet tashkilotlari tomonidan budjet to'g'risidagi qonun hujjatlarida mavjud o'zaro bir-birini istisno etuvchi bir nechta hisob yuritish usullaridan birini tanlash maqsadida tuziladi.

Mazkur Standart budjet tashkilotlarida hisob siyosatini tanlash va qo'llash, hisob siyosatiga o'zgarishlarning hisobini yuritish hamda moliyaviy hisobotlarni tuzishda qo'llanilishi lozim.

Budjet hisobining 2-sonli "Yagona schyotlar rejasi" nomli standarti

Mazkur Standart g'aznachilik bo'linmalari, moliya orgarlari, davlat va boshqa maqsadli jamg'armalarini taqsimlovchi organlari, barcha budjet tashkilotlariga tatbiq etiladi.

Yagona schyotlar rejasi moliyaviy hisobot elementlariga muvofiq guruhlashtirilgan aktivlar, majburiyatlar, daromadlar, xarajatlar, kapital va moliyaviy natijani o'zida ichiga oladi.

G'aznachilik bo'linmalari, davlat maqsadli jamg'armalarini taqsimlovchi organlar O'zbekiston Respublikasining budjet tizimi budjetlarining va boshqa budjetdan tashqari jamg'armalarining hamda budjet tashkilotlari moliyaviy-xo'jalik faoliyatining budjet hisobini mazkur Standartning 1-ilovasida keltirilgan yagona schyotlar rejasiga muvofiq yuritadi.

G'aznachilik bo'linmalari, moliya organlari, davlat maqsadli jamg'armalarini taqsimlovchi organlar mazkur Standartda keltirilgan O'zbekiston Respublikasining budjet tizimi budjetlari va boshqa budjetdan tashqari jamg'armalarining budjet hisobida yagona schyotlar rejasini qo'llash tartibiga muvofiq O'zbekiston Respublikasining budjet tizimi budjetlarining va boshqa budjetdan tashqari jamg'armalarining budjet hisobini yuritadi.

Budjet tashkilotlari mazkur Standartda keltirilgan Budjet tashkilotlarining budjet hisobida yagona schyotlar rejasini qo'llash tartibiga muvofiq budjet hisobini tashkil etadi.

Davlat sektori buxgalteriya hisobi xalqaro standartlarini hisoblash metodiga asoslanligi Davlat sektorida buxgalteriya hisobi xalqaro standartlari xodisalar va

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

operatsiyalarni moliyaviy hisobotda aks ettirish talablari(tan olish; baholash; axborotlarni ochib berish; axborotlarni taqdim etish)ni belgilaydi.

Davlat sektorida buxgalteriya hisobi xalqaro standartlari hisoblash usulida qo'llaniladigan (39 ta ) hamda kassa usulida qo'llaniladigan Davlat sektorida buxgalteriya hisobi xalqaro standartidan iborat.

1 Moliyaviy hisobotni taqdim etilishi (Presentation of Financial Statements)

2 Pul mablag'lari xarakati to'g'risidagi hisobot (Cash Flow Statements)

3 Hisob siyosati, hisobdagi baholashda o'zgarishlar va xatolar (Accounting Policies, Changes in Accounting Estimates and Errors)

4 Valyuta kurslari o'zgarishlarini ta'siri (The Effects of Changes in Foreign Exchange Rates)

5 Qarzlar bo'yicha sarflar (Borrowing Costs)

6 Konsolidatsiyalashgan va alohida moliyaviy hisobot (Consolidated and Separate Financial Statements)

7 Uyushgan tashkilotlarga investitsiyalar (Investments in Associates)

8 Qo'shma faoliyatda ishtirok (Interests in Joint Ventures)

9 Ayirboshlash muomalalaridan tushumlar (Revenue from Exchange Transactions)

10 Giperinflyatsiya sharoitida moliyaviy hisobot (Financial Reporting in HyperinflationaryEconomies)

11 Qurilish shartnomasi (Construction Contracts)

12 Zahiralar (Inventories)

13 Ijara (Leases)

14 Hisobot sanasidan keyingi xodisalar (Events Aft er the Reporting Date)

15 Moliyaviy vositalar:axborotni ochib berish va taqdim etish (Financial Instruments: Disclosure and Presentation)

16 Investitsion ko'chmas mulk (Investment Property)

17 Asosiy vositalar (Property, Plant and Equipment)

18 Segment bo'yicha hisobot (Segment Reporting)

19 Rezervlar, shartli majburiyatlar va shartli aktivlar (Provisions, Contingent Liabilities and Contingent Assets)

20 Bog'liq tomonlar bo'yicha ma'lumotni ochib berish (Related Party Disclosures)

21 Aylanishda bo'lmagan pul mablag'laridagi aktivlarni qadrsizlanishi

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

(Impairment of Non-Cash Generated Assets)

22 Davlat boshqaruvi sektoridagi moliyaviy hisobot axborotlarni ochib berish (Disclosure of information about the General Government Sector)

23 Almashuvsiz muomalalardan tushum(Soliq va transfertlar) (Revenue from Non-Exchange Transactions (Taxes and Transfers))

24 Moliyaviy hisobotda budjet axborotlarini taqdim etish (Presentation of Budget Information in Financial Statements)

25 Xodimlami rag'batlantirish (Employee Benefit)

26 Aylanma pul mablag'laridagi aktivlarni qadrsizlanishi (Impairment of Cash-Generating Assets)

27 Qishloq xo'jaligi (Agriculture)

28 Moliyaviy instrumentlar: axborotni taqdim etish (Financial Instruments: Presentation)

29 Moliyaviy instrumentlar: tan olish va baholash (Financial Instruments: Recognition and Measurement)

30 Moliyaviy instrumentlar: axborotni ochib berish (Financial Instruments: Disclosures)

31 Nomoddiy aktivlar (Intangible Assets)

Davlat sektori uchun buxgalteriya hisobi xalqaro standartlarida belgilangan talablar, Hisoblash usulidagi Davlat sektorida moliyaviy hisobot xalqaro standartlari hisoblash (moliyaviy hisobotlar ular oldiga qo'yilgan maqsad va vazifalarni bajarishi uchun hisoblash usuli bo'yicha tuzilishi kerak) hamda faoliyatni uzluksizligi (moliyaviy hisobot odatda tashkilot faoliyat ko'rsatyapti va operatsion faoliyatini bundan keyin ham davom ettiradi degan tahmin asosida tuziladi) tamoyillariga asoslangan.

Davlat sektorida buxgalteriya hisobi xalqaro standartlari asosida ichki standart qabul qilgan mamlakatlar: Avstraliya, Latviya, Finlandiya, Buyuk britaniya, Yangi Zellandiya, Frantsiya, Kanada, Singapur, Chili, Kolumbiya, AQSh va Shvetsiya.

Bu mamlakatlarda Davlat sektorida buxgalteriya hisobi xalqaro standartlari talablari asosida milliy hisob standartlari shakllantirilgan. Yuqorida keltirib o'tilgan mamlakatlar ichida O'zbekistonni Davlat sektorida buxgalteriya hisobi xalqaro standartlari asosida ichki standartlarini qabul qilayotgan mamlakatlar safiga qo'shish mumkin.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

O'zbekistonda davlat sektorida buxgalteriya hisobini isloh etish bosqichma-bosqich yondashuvi asosida xalqaro darajada umumqabul qilingan normalarga muvofiqlashtirilmoqda.

Mamlakatimizda budjet hisobini isloh etishda Davlat sektorida buxgalteriya hisobi xalqaro standartlarini qo'llashni ikkinchi yondashuvi belgilandi. Bunda hisoblash usuliga bosqichma-bosqich (oraliq variantlari asosida) o'tish yo'li belgilandi.

Ushbu bosqichda davlat sektorida hisob va hisobot kassa usulida hisoblash usuli elementlaridan foydalangan xolda yuritiladi:

Moliya (g'aznachilik ) organlari - kassa usulida

Budjet tashkilotlari - hisoblash usulida

Bunda:

1. Amaldagi budjet hisobini kassa usulida yuritish usulini saqlagan xolda bosqichma bosqich davlat sektori buxgalteriya hisobida islohatlarni amalga oshirish;

2. Davlat sektorida buxgalteriya hisobi xalqaro standartlaridagi hisoblash usuliga asosan budjet hisobi standartlarini qabul qilish asosida budjet tashkilotlarida moliyaviy hisob va hisobotni, shuningdek davlat aktivlari va majburiyatlari hisobi, davlat maqsadli jamg'armalari hisobini takomillashtirish nazarda tutiladi.

Budjet hisobini isloh etishning keyingi bosqichlarida Davlat budjeti daromadlari va xarajatlari hisobi, shuningdek Davlat maqsadli jamg'armalari hisobini kassa usulidagi Davlat sektori moliyaviy hisobot xalqaro standartlariga va shu asosda davlat sektori hisobi va hisoboti tizimini hisoblash usulidagi Davlat sektorida buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga moslash amalga oshiriladi.

Yuqorida keltirib o'tilgan islohatlar budjet hisobi standartlarini qabul qilish asosida amalga oshirilishi belgilandi. Shuni qayd etish kerakki 2014 yil 1 yanvardan amalga kiritilgan "Budjet kodeksi"da budjet hisobi va hisobotini yuritish uslubiyoti budjet hisobining standartlariga muvofiq belgilanishi alohida ko'rsatib o'tilgan.

Bugungi kunda Davlat sektorida buxgalteriya hisobi xalqaro standartlari asosida buxgalteriya hisobi va hisoboti tizimini takomillashtirish kontseptsiyasiga muvofiq budjet hisobining standartlari loyihalari ishlab chiqilmoqda hamda tegishli soha mutaxassislari ishtirokida muxokamalardan o'tkazilmoqda.

Xozirgi kunda Budjet hisobi standartlarini qabul qilinishi:

- Buxgalteriya hisobini yuritish bo'yicha milliy qonunchilik talablarini e'tiborga olish;

- Ortiqcha xarajatlarsiz buxgalteriya va moliya xodimlarini tayyorlash, o'qitishni tashkil etish;

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

- Amaldagi avtomatlashtirilgan buxgalteriya dasturini (UzASBO) ba'zi kichik o'zgartish va qo'shimchalar bilan foydalanish;

- Yangi o'zgarishlar jarayonini tashkil etishni osonlashtirish imkonini beradi.

Davlat sektorida buxgalteriya hisobi xalqaro standartlarini mamlakatlarda qo'llash yanada yuqori sifatli moliyaviy hisobotlarni tuzishga shuningdek davlat sektori faoliyati natijalarini baholashga katta imkoniyat yaratadi, axborotlarni shaffofligini oshiradi, budjetga moliyaviy hisob va statistik hisobotlarni yuqori darajada integratsiyalashuvini ta'minlaydi, axborotlarni ishonchliligi va to'liqligini oshishi hisobiga davlat aktivlarini samarali boshqarish imkonini beradi, moliyaviy hisobotlarni boshqa mamlakatlar moliyaviy hisobotlari bilan solishtirish imkoniyati yaratiladi, xalqaro munosabatlarni globallashuvi sharoitida mamlakat majburiyatlari qandayligi va uni o'z resurslari bilan qanday boshqarayotganligi shuningdek moliyaviy xolatni tushinish asosida chet el investitsiyalarini xajmini oshishi va donorlik mablag'larini ko'payishi imkonini beradi hamda davlat sektorida moliyaviy intizom darajasini oshiradi.

REFERENCES

1. Ozbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi. Ozbekiston Respublikasi qonuni. ORQ-360-son. 26.12.2013. Ozbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2013 y. №52-I-son.//www.lex.uz

2. "Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari". Tarjima. A. Rizaqulov, B.Xasanov, A.Usanov, Z.Mamatov. T.: - 2004.

3. Karimova Z.X., Djamalov X.N., Islamkulov A.X. "Byudjet tizimi" O'quv qo'llanma. T.: "VORIS NASHRIYOT"., 2012 y.

4. Mehmonov S. "Byudjet hisobi". O'quv qo'llanma. -T.: "Fan va texnologiya" 2012. 352 b.

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.