Научная статья на тему 'QAYISHQOQ ELEMENTLI ZANJIRLI UZATMA VALLARI YUKLANISHLARNING TAJRIBAVIY TADQIQOT NATIJALARI TAHLILI'

QAYISHQOQ ELEMENTLI ZANJIRLI UZATMA VALLARI YUKLANISHLARNING TAJRIBAVIY TADQIQOT NATIJALARI TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
29
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Zanjirli uzatma / yulduzcha / tarkibli / rezina vtulka / burchak tezlik / burovchi moment / tebranish / bikirlik / yuklanish / yuritma / texnologik mashina. / Цепная передача / звездочка / составной / резиновая втулка / угловая скорость / крутящий момент / колебание / жесткость / нагруженност / привод / технологическая машина.

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Djuraev Anvar Djuraevich, Mamaxonov A’zam Abdumajitovich, Xikmatillaev Ismoilxon A’zamxo‘ja O‘g‘li

Maqolada tarkibli rolikli va yetaklanuvchi yulduzchasi qayishqoq elementli zanjirli uzatmaning konstruktiv sxemasi va ishlash prinsipi yoritilgan. Zanjirli uzatma vallarining yuklanishlarini aniqlash bo‘yicha tajibaviy tadqiqot natijalari keltirilgan. Vallarning harkat qonuniyatlari va qurilgan bog‘lanish grafiklari tahlili asosida texnologik mashinalar yuritmalari uchun ishlab chiqilgan zanjirli uzatma konstruksiyasining asosiy parametrlari asoslangan va taklif etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Analysis of the results of experimental studies on loading of chain drive with elastic elements

В статье приводится конструктивная схема и принцип работе рекомендуемой цепной передачи с составным роликом цепи и ведомой звездочкой с упругими элементами. Представлены результаты экспериментальных исследований по определению нагруженности валов цепной передачи. На основе анализа законов движения валов и построенных графических зависимостей обоснование и рекомендованы основные параметры разработанной конструкции цепной передачи для приводных механизмов технологических машин.

Текст научной работы на тему «QAYISHQOQ ELEMENTLI ZANJIRLI UZATMA VALLARI YUKLANISHLARNING TAJRIBAVIY TADQIQOT NATIJALARI TAHLILI»

MEXANIKA

UDK 621.01

QAYISHQOQ ELEMENTLI ZANJIRLI UZATMA VALLARI YUKLANISHLARNING TAJRIBAVIY TADQIQOT NATIJALARI TAHLILI

Djuraev Anvar Djuraevich Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti, t.f.d., prof.

Mamaxonov A'zam Abdumajitovich Namangan muhandislik-texnologiya instituti, t.f. d., dots.

Xikmatillaev Ismoilxon A'zamxo'ja o'g'li Namangan muhandislik-texnologiya instituti, tayanch doktoranti

Annotatsiya. Maqolada tarkibli rolikli va yetaklanuvchi yulduzchasi qayishqoq elementli zanjirli uzatmaning konstruktiv sxemasi va ishlash prinsipi yoritilgan. Zanjirli uzatma vallarining yuklanishlarini aniqlash bo'yicha tajibaviy tadqiqot natijalari keltirilgan. Vallarning harkat qonuniyatlari va qurilgan bog'lanish grafiklari tahlili asosida texnologik mashinalar yuritmalari uchun ishlab chiqilgan zanjirli uzatma konstruksiyasining asosiy parametrlari asoslangan va taklif etilgan.

Аннотация. В статье приводится конструктивная схема и принцип работе рекомендуемой цепной передачи с составным роликом цепи и ведомой звездочкой с упругими элементами. Представлены результаты экспериментальных исследований по определению нагруженности валов цепной передачи. На основе анализа законов движения валов и построенных графических зависимостей обоснование и рекомендованы основные параметры разработанной конструкции цепной передачи для приводных механизмов технологических машин.

Annotation. The article provides a structural diagram and the principle of operation of the recommended chain drive with a compound roller of the chain and a driven sprocket with elastic elements. The results of experimental studies to determine the loading of the chain drive shafts are presented. On the basis of the analysis of the laws of motion of the shafts and the constructed graphical dependencies, the substantiation and the main parameters of the developed design of the chain transmission for the driving mechanisms of technological machines are recommended.

Kalit so'zlar. Zanjirli uzatma, yulduzcha, tarkibli, rezina vtulka, burchak tezlik, burovchi moment, tebranish, bikirlik, yuklanish, yuritma, texnologik mashina.

Ключевые слова. Цепная передача, звездочка, составной, резиновая втулка, угловая скорость, крутящий момент, колебание, жесткость, нагруженност, привод, технологическая машина.

Keywords. Chain drive, sprocket, compound, rubber bushing, angular speed, torque, oscillation, stiffness, loading, drive, technological machine.

Kirish. Zanjirli uzatmalar texnologik mashinalarda uzatish mexanizmi sifatida keng miqyosda qo'llaniladi [1,2]. Mavjud zanjirli uzatma konstruksiyasi yetakchi va yetaklanuvchi yulduzcha hamda ularni qamrovchi cheksiz zanjirdan iborat[3]. Mavjud zanjirli uzatmalarning asosiy kamchiliklari ishlash jarayonida qamrov burchaklarini kamayib ketishi, yetaklanuvchi tarmoq salqiligini ortishi hisobiga uzatma foydali ish koeffitsientini (FIK) kamayishi, ayrim hollarda zanjirni ilashmadan chiqishi yoki uzilishiga sabab bo'ladi. Undan tashqari uzatma yuqori tezlik va yuklanish rejimida ishlaganda yulduzcha tishlari va zanjir roliklarini o'zaro ta'siridan ishchi elementlarni yeyilish va shovqin qiymatlarini ortishi kuzatiladi.

Mashinasozlikda qo'llanilishiga ko'ra zanjirli uzatmalar asosan uch guruhga: harakatni

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son

MEXANIKA

uzatuvchi, tortuvchi va mahkamlovchi turlarga bo'linadi. Harakatni uzatuvchi zanjirli uzatmalar mashinasozlikda keng tarqalgan. Ular harakatni ergiya manbayidan ishchi organga yetkazib berish vazifasini bajarib, 30-35m/sek gacha tezlikda o'qlararo masofasi 8 metrgacha bo'lgan hollarda ishlatiladi. Uzatma bir vaqtni o'zida bir nechta vallarga harakatni uzatish imkonini beradi [4]. Amaliyotda zanjirli uzatmalarda kuzatilayotgan eng katta kamchilik, yulduzcha va zanjir ilashishida rolik sirtiga yulduzcha tishi tomonidan beriladigan zarb kuchlari hisobiga rolik ishchi yuzasini yeyilishi va yuqori darajada shovqinning chiqishidir.

Resurstejamkor zanjirli uzatma konstruksiyasini ishlab chiqish.

Texnologik mashinalarda qo'llaniladigan aksariyat zanjirli uzatmalar ochiq muhitda ishlatiladi. Masalan o'simliklardan yog' ishlab chiqarish korxonlarida changli va chigit qirindilariga boy muhitligini inobatga olinadigan bo'lsa, birinchi navbatda qo'llanilayotgan zanjirli uzatmalarni yopiq turdagilari bilan almashtirish maqsadga muvofiq bo'ladi. Yopiq turdagi zanjirli uzatmalar xavfsiz bo'lishi bilan birga, ishlash muddati yuqori va shovqin miqdori sezilarli darajada kamayishini ta'kidlab o'tgan edik. Tadqiqotlar davomida ishlab chiqilayotgan zanjirli uzatmalar konstruksiyalarning maqsadi tejamkor va uzatmani barcha detallarini yemirilishini oldini olishga qaratilgan.

Taklif etilayotgan zanjirli uzatma konstruksiyasi yetakchi va yetaklanuvchi yulduzcha, taranglovchi rolik hamda zanjirdan iborat. Uzatma zanjiri ichki va tashqi plastina, valik, vtulka va tarkibli rolikdan iborat. Tarkibli rolik ichki va tashqi vtulkalar va ular oralig'ida joylashgan qayishqoq element (rezina)dan iborat. Yetaklanuvchi yulduzcha tarkibli qilib tayyorlangan bo'lib, yulduzcha disk oralig'ida qayishqoq element joylashtirilgan. Yuqorida keltirilgan konstruksiya resurs tejamkor xususiyatga ega bo'lib, shovqinni sezilarli darajada kamayishiga olib keladi[5]..

Tarkibli rolik 1-rasmda ko'rsatilganidek tashqi vtulkasini ichki tomoni qabariq ko'rinishga ega. Rolik konstruksiyasini ushbu shaklda bo'lishi ishqalanishni kamaytirishi, yulduzcha tishlari bilan bo'ladigan zarb kuchlari ta'siri bir qadar so'ndirishi ishlash davomida shovqinni kamayishiga zamin yaratadi [6,7,8].

Konstruksiya: yetakchi yulduzcha 1, yetaklanuvchi yulduzcha 2 va ularni qamrovchi zanjir 3, taranglovchi rolik 4 dan iborat. Yetaklanuvchi yulduzcha tarkibli qilib tayyorlangan bo'lib, tashqi qism tish gardishi 2, asos 6, chiquvchi val 7 va qayishqoq vtulka 5 dan iborat. Zanjir 3 ichki 9 va tashqi 8 plastinalar, valik 10, vtulka 11 hamda tarkibli rolik 12 tarkibida ichki 13 va tashqi 14 vtulkalar va ular oralig'ida joylashgan qayishqoq element (rezina) 15 dan iborat. Qayishqoq element 15 tashqi sirti 16 botiq ko'rinishga ega bo'lib, tashqi vtulka 8 ning ichki tomoniga mos holda tayyorlangan.

1-rasm. Zanjirli uzatma

Taklif etilayotgan zanjirli uzatma quyidagi tartibda ishlaydi: yetakchi yulduzcha 1 dan yetaklanuvchi yulduzcha 2 ga harakat zanjir 3 orqali uzatiladi. Keyinchalik harakatni yetaklanuvchi yulduzcha 2 qayishqoq vtulka 5 va asos 6 orqali chiquvchi val 7 ga uzatiladi. Zanjir 3 va yulduzcha 2 o'rtasida hosil bo'luvchi ishqalanish kuchi va boshqa zararli kuchlar qayishqoq element 5 orqali o'tayotganda bir qadar so'nishi kuzatiladi. Yetakchi 1 va

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son

MEXANIKA

yetaklanuvchi 2 yulduzchalar bilan zanjir 3 ta'sirlashganda, zanjir roligi 12 tarkibidagi qayishqoq element 15 ning deformatsiyalanishi hisobiga vtulka 13 va ichki 1 va tashqi 2 yulduzchalarni yeyilishi kamayadi.

Qayishqoq element 15 deformatsiyalanishi hisobiga vtulka 11 va valik 10 o'rtasidagi ishqalanish ham kamayadi. Bu esa uzatma elementlari ishlash muddatini ortishiga olib keladi. Ishlash davomida rezina vtulka 15 ning sirti 16, rolik 12 ga yetakchi 1 va yetaklanuvchi 2 yulduzchalardan ta'sir etuvchi bosim kuchlarini markazlashtirish maqsadida botiq shaklda bo'lishi tavsiya etilgan. Tarkibli rolik 12 tarkibidagi qayishqoq element tashqi bosim kuchlarini tekis taqsimlanishini ta'minlaydi. Bu esa zanjir ishlash muddatini ortishiga sabab bo'ladi.

Tajriba o'tkazish metodikasi. Taklif etilayotgan tarkibli rolikli zanjirli uzatmani tajribaviy nusxalarini sinovdan o'tkazish maqsadida tajriba o'tkazish stend lariga mahkamlandi. Uzatma yetalanuvchi validagi burovchi moment, aylana tezlik hamda yulduzcha va zanjir ilashishida hosil bo'luvchi shovqin miqdori aniqlash qurilmalari o'rnatildi (2,3-rasmlar). 2-rasmda zanjirli uzatma yetaklanuvchi validagi kinematik va dinamik parametrlarini aniqlashning elektrotenzometrik sxemasi tuzildi. Taklif etilayotgan uzatma yetaklovchi validagi burovchi moment, aylana tezlik hamda shovqin quyidagi tartibda aniqlandi: Elektrodvigatel 1( N=3kVt, n=3000ayl/min) dan harakat ponasimon tasmali uzatma 2 ga, undan aylanma tezlikni o'zgartirish maqsadida o'rnatilgan variator 3 ga, variatordan tasmali uzatma 4 ga, keyinchalik ikki pog'onali uzatish soni i=20 bo'lgan silindrik reduktor (S2N-450) 5ga uzatiladi. Reduktor 5dan chiqayotgan aylanma harakat tekshirishi lozim bo'lgan zanjirli uzatma 7ga uzatiladi. Zanjirli uzatma yetaklanuvchi vali 9da joylashgan tormoz qurilma 11ning asosiy vazifasi texnologik qarshilik miqdorini berish hisoblanadi. Taklif etilayotgan zanjirli uzatma yetaklanuvchi valida joylashgan tormozlash qurilmasi 11 orqali berilgan texnologik qarshilik kuchi ta'siri natijasida val 9ning sirtida deformatsiya hosil bo'ladi.

2-rasm. Zanjirli uzatma yetakchi valining kinematik va dinamik parammetirlarini aniqlashning elektrotenzometrik sxemasi

3-rasm. Zanjirli uztma vallarining kinematik va dinamik parametrlarini aniqlash stendi

Hosil bo'lgan deformatsiya qiymati valga ko'prik usulda yopishtirilgan tenzodatchiklar 10 orqali tokos'yomnik 12ga, tokos'yomnikdan Arduino Nano V3.0, CH340 mikrokontroller 13ga uzatiladi. Shuningdek, yetaklanuvchi yulduzcha aylanma tezligini o'zgarishini aniqlovchi lazerli fotoelektrik datchik (3pin IK) 8 va uzatma zanjiri va yulduzcha tishlari ilashishidan hosil bo'luvchi shovqin miqdorini yuqori sezuvchanlikka ega tovush mikrofoni 6 (sensor-Erfassungs

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali

5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son

MEXANIKA

modul - avr pic ky-037) aniqlab, Arduino Nano V3.0CH340 mikrokontroller 13ga signallarni uzatadi. Parallel tarzda olingan 3 turdagi signallar mikrokontroller 13 orqali kompyuterga uzatiladi. Kompyuterda Arduino Nano V3.0CH340 mikrokontrolleri bilan muvofiq tarzda ishlovchi dastur asosida ma'lumotlar qayta ishlanadi.

3-rasmda yetakchi va yetaklanuvchi vallardagi burovchi momentni aniqlash maqsadida tajriba stendining kinematik sxemasi keltirilgan. Elektrodvigatel 1(N=3,5Kvt, 950ayl/min) 1dan harakat ponasimon tasmali uzatma 2 (B1270, i=3,14; d1=80mm, d2=160; 200; 240mm; z=2) ga uzatiladi. Zanjirli uzatmaning yetaklovchi vali 4 dan harakat yetaklanuvchi val 9 ga zanjirli uzatma 7 orqali uzatiladi.

Yetaklanuvchi valdagi burovchi momentning amplitudaviy qiymatlarini zanjir tezligiga hamda valga ta'sir etayotgan qarshilik momentiga bog'liqlik grafiklari qurildi. Tadqiqotlar yetaklanuvchi valning aylanishlar soni180ayl/min; 216ayl/min; 270ayl/min va texnologik qarshilik momentining 50Nm; 60Nm; 70Nm qiymatlarida o'tkazildi. Texnologik qarshilik berish qurilmasi sifatida chiquvchi val uchiga pog'onaviy tormozlash qurilmaci 10 o'rnatildi.

Yetakchi yulduzcha validagi yuklanish qonuniyatlarining

tajriba natijalari tahlili. Tajriba sinovlarini yetalanuvchi val aylanish chastotasi 180, 216,270ayl/min, texnologik qarshilik esa, mos ravishda 50,60,70Nm bo'lgan hollarida 3 turdagi tarkibli (V-14MBS, V-14DMBS, TMKSH-S1009) va mavjud zanjirli uzatmalarda tajriba sinovlari o'tkazildi. Parallel tarzda yetaklovchi valdagi burovchi moment, aylanma tezligining qiymatlari olindi. Tajriba tadqiqotlari natijalarining har biri mavjud konstruksiyaga nisbatan o'rganilib, grafiklar olindi. 4-rasm. Zanjirli uzatmalarda yetaklovchi vallardagi burovchi momentni o'zgarish qonuniyatlarini tarkibli rolik vutulkasi V-14BC markali rezina bo'lgan holdagi va texnologik qarshilikni o'zgarishiga qarab olingan ossilogrammalar.

4-rasmda zanjirli uzatmalarda yetaklovchi vallaridagi burovchi momentni o'zgarish qonuniyatlari har - xil aylanish chastotasiga Ba texnologik qarshilikda, zanjir roligidagi vtulka V-14MBS markali rezina qo'llangan hollar uchun keltirilgan. Xuddi shuningdek, 5 va 6-rasmlarda olingan ossilogrammalarda tarkibli rolikdagi vytulkalar mos ravishda V-14DMBC va TMKSh-C1009 markali rezinalardan qo'llanilgan holler uchun yuklanish qonuniyatlari keltirilgan. Olingan ossilogrammalar tahlili shuni ko'rsatmoqdaki, tarkibli roliklardagi vtulka yumshoq rezinalardan (V-14MBS va V-14DMBS)) tayyorlanganda yetaklovchi valdagi yuklanish, ya'ni burovchi momentlarning qiymati (50-52)Nm dan oshmasligini ko'rishimiz mumkin (4-rasm, a,b,v va 5-rasm, a,b,v). Lekin aylanma bikirligi yuqori bo'lgan rezina markasidan tayyorlangan zanjirning tarkibli rolik vtulkasi ishlatilganda uzatmaning yetaklovchi validagi yuklanish (burovchi moment) qiymatlari ancha ortadi va o'rtacha qiymatlari (55 -57)Nm gacha yetadi.

Olingan ossillogrammalarni qayta ishlash natijasida bog'lanish grafiklari qurildi. Olingan grafik bog'lanishlar 7, 8, 9, 10-rasmlarda keltirilgan. Ularni tahlilini amalga oshiramiz. 7-rasmda zanjirli uzatma yetaklovchi validagi burovchi moment o'rtacha qiymatini texnologik

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son

b) ni = 374 ayl/min;texnologik qarshilik 37 Nm

TaBctia M'dH'A-:yj

v) n1= 468ayl/min,texnologik qarshilik 29,5 Nm

MEXANIKA

qarshilikka bog'liqlik grafiklari keltirilgan. Bunda tavsiya qilingan zanjirli uzatmada zanjirning tarkibli roligi vtulkasi V - 14MBS markali rezinadan tayrlangan.

M,

H-M "<>

a) n1 =312 ayl/min, texnologik qarshilik 44,5Nm

0 3 6 9 12 15 18 21 24 27 30 33 36 39 42 45 48 51 54 57 60

/, сек

_тавсия _мавжуд

а) П1 =312 ayl/min, texnologik qarshilik 55 Nm технологик каршилик

0 3 б 9 12 15 18 21 24 27 30 33 36 39 42 45 48 51 54 57 60

Л сек

--тавсия •-мавжуд

b) n1 =374 ayl/min, texnologik qarshilik 36,5 b) n1 =374 ayl/min, texnologik qarshilik 46,6

Nm

Nm

м,

Н'М 5»

12 15 18 21 24 27 30 33 36 39 42 45

51 54 57 60

v) n1 =468 ayl/min, texnologik qarshilik 38,5 Nm

6-rasm. Zanjirli uzatmalarni yetaklovchi validagi burovchi momentlarini o'zgarish qonuniyatlari turli texnologik yuklanishlarda va tarkibli rolik vtulkasi Г.'.'Л'■: — .:! : markali rezinadan bo'lgan holat uchun olingan ossillogrammalar

v) n1 =468 ayl/min, texnologik qarshilik 29 Nm

5-rasm. Zanjirli uzatmalarni yetaklovchi validagi burovchi momentlarini o'zgarish

qonuniyatlari turli texnologik yuklanishlarda va tarkibli rolik vtulkasi V-14DMBS markali rezinadan bo'lgan holat uchun olingan ossillogrammalar Olingan grafiklarga asosan etaklanuvchi valdagi texnologik qarshilik 30Nm dan 46Nm ga orttirilganda etaklovchi valdagi burovchi momentning o'rtacha qiymati nochiziqli qonuniyatda har ikkala solishtirilayotgan zanjirli uzatmalarda ortib borishi aniqlandi. Bunda aylanish chastotasi ortib borishi etaklanuvchi valdagi Mor qiymatlari sezilarli darajada kamayishiga olib keladi. Jumladan aylanish chastotasi 462 ayl/min bo'lganida mavjud zanjirli uzatmada etaklovchi valdagi burovchi moment 0,33*102 Nm dan 0,4в*102 Nm gacha nochiziqli qonuniyatda ortib borsa, aylanish chastotasi 312 ayl/min bo'lganda esa, Mo'r 0,49* 102 Nm dan 0,585*102 Nm gacha ortib boradi. Lekin zanjir roliklarida V-14MBS markadan tayyorlangan vtulkalar qo'llanilgan uzatmada etaklovchi valdagi burovchi moment qiymatlari mavjud variantga nisbatan (7,5-9,5)% gacha kamroq bo'lishi kuzatildi. Bunda etaklovchi valdagi Mor qiymatlari aylanish chastotasi 4в2 ayl/min gacha kamayganda M o'r qiymatlari 0,443*102 Nm dan 0,528*102 Nm gacha nochiziqsiz qonuniyatda ortib boradi (7 rasm. 4,в grafiklar). Buning sababi shundan iboratki, tavsiya qilingan zanjirli uzatmada zanjir roliklarining rezinali vtulkalari amortizator rolini bajaradi, ishqalanishni kamaytiradi, qarshilik ham kamayadi hamda yuklanish momentlari tebranish amplitudalari qiymatlari ham energiya yutilish hisobiga kamayadi. Ushbu

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali

5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son

MEXANIKA

samarali vaziyatlar 8-rasmdagi grafiklardan ko'rishimiz mumkin. Bu erda zanjirli uzatma etaklovchi validagi burovchi moment tebranish qamrovini texnologik qarshilikka bog'liqlik grafiklari keltirilgan.

Mr 102 HM

0,75

0,6

0,45

0,3

3

6

5

» . —

' \4

2,0

3,0

4,0

5,0

M 10 HM

7-rasm. Zanjirli uzatma etaklovchi validagi burovchi moment o'rtacha qiymatini texnologik qarshilikka bog'liqlik grafiklari. Bunda zanjir tarkibli roligida vtulka, V-14MBS markali rezinadan tayrlangan, 1,4-n = 462 ayl/min;

2.5 -n = 374 ayl/min;

3.6 -n = 312 ayl/min; 1,2,3-mavjud zanjirli

uzatmada, 4,5,6-tavsiya qilingan zanjirli uzatmada.

Grafiklar tahliliga asosan ta'kidlash mumkinki, etaklanuvchi valdagi texnologi k qarshilik momenti 30Nm dan 46Nm gacha ortganda mavjud zanjirli uzatmadagi etaklovchi valdagi burovchi momentning tebranish qamrovi qiymatlari 6,34 Nm dan10,54 Nm gacha nochiziqli qonuniyatda ortib borishini ko'rishimiz mumkin. Mos ravishda tavsiya qilingan zajirli uzatmada tarkibli rolikda rezinali vtulka ishlatilganligi, yuklanishni amortizauiya qilishi va ishqalanishni kamayishi hisobiga AM qiymatlari 4,83 Nm dan 7,92 Nm gacha ortib boradi xalos. Bunda o'rtacha farq 3,1 Nm gacha etadi (8-rasm, 1,2-grafiklar).

am 10 HM

m 10 HM

8-rasm. Zanjirli uzatma etaklovchi validagi burovchi moment tebranish qamrovini texnologik qarshilikka bog'liqlik grafiklari. Bunda 1-mavjud zanjirli uzatmada: 2-tavsiya

qilingan zanjirli uzatmada.

Zanjirning tarkibli roligi bikirligi yuqoriroq bo'lgan rezina V-14DMBS markasidan tayrlangan bo'lsa, burovchi moment o'rtacha qiymatlari ortib borsa, tebranish qamrovi qiymatlari kamayadi (5-rasm, a,b,v).

Ta'kidlash lozimki, zanjirli uzatmaga harakat elektr yuritgichdan muña orqali uzatilgani uchun barqaror harakatga chiqishda Myr qiymatlari maksimal bo'lsa ham amortizauiya hisobiga nisbatan katta bo'lmaydi. Os^logrammalar tahlili asosida zanjirli uzatma etaklanuvchi validagi burovchi moment va uni tebranish qamrovini texnologik qarshilikni o'zgarishiga bog'liqlik grafiklari keltirilgan.

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son

AM, HM

M» 102HM

MEXANIKA

Grafiklar tahliliga ko'ra yuklanish 46Nm gacha ortganda, AM qiymatlari mavjud zanjirli uzatmada tavsiya qilingan uzatmaga nisbatan 2N -m ko'proq bo'ladi. Bunda tavsiya qilingan zanjirli uzatmada etaklovchi valdagi burovchi momentning tebranish qamrovi 4,2 Nm dan 7,12 Nm gacha nochiziqli qonuniyatda ortib boradi, mavjud uzatmada esa, AM qiymatlari9,34 Nm gacha etadi. Mos ravishda Mor qiymatlari ham mavjud uzatmada yuklanish 46Nm bo'lganda 061*102 Nm gacha etadi, tavsiya qilingan variantda bo'lsa, etaklovchi valdagi burovchi moment qiymatlari 0,573*102 Nm gacha ortadi xolos. Ya'ni o'rtacha farq 10 Nm gacha borishi aniqlandi (9-rasm. 3,4-grafiklar).

9-rasm. Zanjirli uzatma etaklanuvchi validagi burovchi moment va uni tebranish qamrovini texnologik qarshilikni o'zgarishiga bog'liqlik grafiklari. Bunda zanjir tarkibli roligidagi vtulka V-14MBS markali rezinadan tayyorlangan. 1,2 - AM =f( Mq ); 3,4 -M„ r = f( Mq ); 1,3 - n=312ayl/min; 2,4 - n ' 2,0 3,0 4,0 5,0 m iohm =468ayl/min;

10-rasmda tarkibli rolikdagi rezina vtulka TMKSH-S1009 markadan tayyorlangan variant inobatga olingan. Ta'kidlash mumkinki, ishlatilgan rezinali vtulka aylanma bikirliklari yuqori bo'lgan sari burovchi moment tebranish qamrovi kamayishini ko'rish mumkin, lekin uning o'rtacha, qiymatlari sezilarli ortib boradi [7,8,9]. Chunki rezinali vtulka aylana bikirligini ortishi uni deforma^ya qiymatlarini kamayishiga amortiza^yani ham kamayishiga olib keladi [10,11,12]. Lekin bunda qarshilik kuchini ortishi kuzatiladi (6-rasm. a,b,v). Alohida e'tirof etish kerakki, zanjirli uzatmalar etaklanuvchi vallaridagi txnologik qarshilik kuchi momentini yanada ortib borishi proporcional ravishda ham M0v, ham AM qiymatlarini ortishiga olib keladi. (7, 9 va 10 -rasmlarga qarang).

1 / 3

am, Hm

12

102hm

m, 10 hm

10-rsam. Zanjirli uzatma etaklanuvchi validagi burovchi moment va uni tebranish qamrovini texnologik qarshilikni o'zgarishiga bog'liqlik grafiklari. Bunda zanjir tarkibli roligidagi vtulka TMKB¡,— 51009 markali rezinadan tayyorlangan.

1,2 - AM =f( Mq ); 3,4 -M(,-r = f( Mq ); 1,3 - n = 312ayl/min; 2,4 -n =468 ayl/min;

Jumladan texnologik yuklanish 75Nm gacha ortganida rolik vtulkasi V-14MBS, markali rezinadan tayyorlanganda, aylanish chastotasi 180ayl/min bo'lganida Mo r qiymatlari (73-74)Nm oralig'ida, AM qiymatlari esa, (10-12)Nm gacha etsa, yuklanish momenti 50 Nm gacha

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali

5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son

o

MEXANIKA

kamayganda etaklovchi valdagi burovchi moment (50-52) Nm oralig'ida bo'lishini ko'rishimiz mumkin. Shuningdek, rolik vtulkasi aylanma bikirligini yuqori bo'lgan rezinadan tayyorlansa, jumladan TMKSH-S1009 markali rezinadan bo'lsa, etaklovchi valdagi burovchi moment Mq=74,1 Nm da (75-77)Nm gacha ortsa, yuklanish 47,9 Nm bo'lganda esa, Mo'r =(51-53)Nm gacha ortadi[13,14].

Bunda mavjud zanjirli uzatmaga nisbatan burovchi moment qiymatlari (7,0-9,0)% gacha kamroq bo'lishi aniqlandi. Demak tavsiya qilingan zanjirli uzatma etaklovchi validagi burovchi moment qiymatlari va uning tebranish qamrovini kamaytirish uchun zanjirning tarkibli roligi vtulkasini V-14DMBS markali rezinadan tayyorlash tavsiya etiladi.

Xulosa. Zanjirli uzatma etaklanuvchi validagi burovchi moment va uni tebranish qamrovini texnologik qarshilikni o'zgarishiga bog'liqlik grafiklari olindi. Tavsiya qilingan zanjirli uzatmada mavjud zanjirli uzatmaga nisbatan burovchi moment qiymatlari (7,0^9,0)% gacha kamroq bo'lishi aniqlandi. Demak tavsiya qilingan zanjiri uzatma etaklovchi validagi burovchi qiymatlari va uning tebranish qamrovini kamaytirish uchun zanjirning tarkibli roligi vtulkasini V-14DMBS markali rezinadan tayyorlash tavsiya etiladi.

ADABIYOTLAR

1. Mamaxonov A.A. Development of designs and methods for calculating chain drives with elastic elements of technological machines. Dissertation: 05.02.02 - Theory of mechanisms and machines. Teoretical engineering and machine elements. Namangan. 2021y.

2. Mamaxonov A.A., "Texnik mexanika''// O'quv qo'llanma. Namangan 2021. 207 b.

3. Mamaxonov A.A., "Tutorial on technical mechanics" Namangan 2021. P.267.

4. Mamakhonov A., Usmonkhujayev S., "The effect of the deformation of the elastic element of the chain drive guide star On the extension parameters"//Problems in the Textile and Light Industry in the Context of Integration of Science and Industry and Ways to Solve Them (PTLICISIWS-2022).Namangan, Uzbekistan 5-6 May 2022

5. Mamaxonov A.A., Oripov Sh.J., Orifjonov S.U., Wind generator: a clean and sustainable source of energy// Innovations in technology and science education// volume 2 issue 8, 2023. 5.305

6. Mamaxonov A.A., "The Effect of the Stiffness of a Compound Roller Chain Drive Tension of the Driven Branch" // Natural volatiles and Essential Oils //Nat. Volatiles & Essent. Oils, 2021; 8(5): 10611 - 10620

7. D. Kholboev., A. Mamakhanov., O. Sarimsakov., "Preparation and testing of an experimental version of the device for controlling the parameters of the air fan parameters of the cotton pneumatic transport operating mode"// AIP Conference Proceedings 2789, 040137 (2023)

8. Azam Mamahonov "Results of an experimental study of Loadings of working body shafts of Resource-efficient chain transmissions" // Jourmal of Pharmaceutical Negative Results Volume 13 Special Issue 7.2022

9. A.Mamakhonov, A.Djurayev, I.Khikmatullayev. Analysis Of The Regularities Of Changing The Amplitude Values Of The Torque On The Driving And Drived Shaft Of A Chain Drive With An Elastic Element//Turkish Journal of Computer and Mathematics Education Vol.12 No.7 (2021), 302-313.

10. A.Djurayev, A.Mamakhonov, I.Khikmatullayev. Analysis Of Regularities Of Rotation Frequency Change And Noise Values Of Chain Drive Shaft With Elastic Element// Turkish Journal of Computer and Mathematics Education Vol.12 No.7 (2021), 314-322.

11. D. Kholboev., A. Mamakhanov., O. Sarimsakov., "Study of the possibility of reducing electricity consumption by control of air ventilator parameters in pneumatic transportation of cotton"// European Scholar Journal (ESJ) Vol. 3 No.3, March 2022

12. A.Mamaxonov, I.Xikmatillayev. Design of a resource-efficient chain drive structure

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son

MEXANIKA

for the device drive that distributes the seed in the bunker to the linters// Scientific and Technical Journal Namangan Institute of Engineering and Technology, Volume 8,Issue 2,2023,229-235b

13. A. Mamakhonov, E.B.Aliev, I.Xikmatillayev "Emperimental studies of resource-efficientroller chain drive'' Technical science and innovation 2023, Special edition 81-89b,

14. Turdaliev Voxidjon Maxsudovich, Qo'chqorov Sobirjon Karimjonovich, SHeraliev Ikromjon Ibroximovich, & Eksanova Santalatxon SHarobidinovna (2023). G'ALTAKLI EKISH APPAATINI O'G'IT SOLISHGA MOSLASHTIRISHNI NAZARIY TADQIQ ETISH. Mexanika i texnologiya, 3 (12), 120-126

15. Qo'chqorov Sobirjon Karimjonovich, & Akbarov SHerzod Botirovich (2022). ELASTIK BARMOQLI DISKLI ELEVATORNI PARAMETRLARINI MATEMATIK MODELLASHTIRISH USULI BILAN ANIQLASH. Mexanika i texnologiya, 1 (6), 76-82.

16. Байбобоев Набижон Гуломович, Кучкоров Собиржон Каримжонович, Гуломов Шукуржон Илхомжонович, & Тоштиллаев Шохрух Азаматович (2024). НОВАЯ РАБОЧАЯ ОРГАН КУЛЬТИВАТОРА ДЛЯ ВНЕСЕНИЯ МИНЕРАЛЬНЫХ УДОБРЕНИЙ. Механика и технология, 1 (14), 88-92.

17. Boqijonovich, I. Q. (2022). Qo'chqorov Sobirjon Karimjonovich. Abdunazarov Elbek Elmurodovich, and Ortiqov Nozimjon Boqijon O'g'li." Anor tuplarini ko'madigan mashina uyumlagichining konstruktsiyasi" Mexanika i texnologiya, 3(8), 98-102.

18. Кучкоров, С. К., & Меликулов, Н. (2023). ШР Яхшибоев Сравнение антисимметричных колебаний упругой трехслойной пластины. Механика и технология, (10).

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali

5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.