MEXANIKA
UDK 621.852.062
TARKIBLI SHKIVLI TISHLI TASMALI UZATMANING TEBRANISHLARINI LABORATORIYA SHAROITIDA TAHLIL ETISH
Qosimov A'zamjon Adixamjonovich Namangan muhandislik-qurilish instituti t.f.f.d.,dots., aaqo simov85 @gmail. com
Mahmudov Faxriddin Raxmonjon o'g'li Namangan muhandislik-qurilish instituti stajyor-o'qituvchi, maxmudovf692@gmail. com
Annotatsiya. Ushbu maqolada tishli tasmali uzatmaning vallaridagi burovchi momentlarni o'zgarish qonuniyatlari va vallarga tenzodatchiklarni o'rnatilish sxemalari keltirilgan. Tadqiqotlar natijasida yetakchi va yetaklanuvchi vallardagi burovchi momentlar o'zgarish qonuniyatlarini kompyuterning Exel dasturi yordamida ossillogrammalar olingan. Shu bilan birga, olingan ossillogrammalar yordamida qarshilik momentining yetaklanuvchi tishli shkiv tarkibidagi qayishqoq element qayishqoqlik koeffitsientiga hamda valdagi burovchi moment tebranishiga bog'liqligi grafik tahlil etilgan.
Аннотация. В данной статье представлены законы изменения крутящих моментов на валах зубчато-ременной передачи и схемы установки тензодатчиков на валах. В результате исследований с помощью компьютерной программы Excel были получены осциллограммы законов изменения крутящего момента на ведущем и ведомом валах. При этом с помощью полученных осциллограмм графически анализировали зависимость момента сопротивления от коэффициента упругости ременного элемента в шкиве ведомой шестерни и колебания крутящего момента на валу.
Abstract. This article presents the laws of changing torques on the shafts of toothed-belt transmissions and diagrams for installing strain gauges on the shafts. As a result of research using the Excel computer program, oscillograms of the laws of torque change on the drive and driven shafts were obtained. At the same time, using the obtained oscillograms, the dependence of the moment of resistance on the coefficient of elasticity of the belt element in the driven gear pulley and the fluctuations in torque on the shaft were graphically analyzed.
Kalit so'zlar. Tasma, ossillogramma, tenzodatchik, qo'l tormozi, qayishqoqlik koeffitsenti, burovchi moment, qarshilik momenti, yelim, rezina.
Ключевые слова. Лента, осциллограмма, тензодатчик, ручной тормоз, коэффициент упругости, крутящий момент, момент сопротивления, клей, резина.
Key words. Tape, oscillogram, strain gauge, hand brake, elasticity coefficient, torque, resistance moment, glue, rubber.
Tishli tasmalarning qayishqoqlik xususiyatlari tasma asosi va tishlarning egiluvchanligi bilan belgilanadi. Tish va tasma asosining egiluvchanligini bir birlik uzunlikka kuch ta'siri natijasidagi 1 mm enli tishning deformatsiyasi bilan yoki tasma asosining qadam bo'yicha cho'zilishi ko'rsatadi. Tasma tishlarining deformatsiyasi yuklanish natijasida siljish, egilish va ezilish tufayli sodir bo'ladi.
Umumiy holda tasma tishlarining egiluvchanligini materialning fizik-mexanik xossalarini belgilovchi siljish moduli G orqali ifodalash mumkin, ya'ni
n - а
bunda a-emperik koeffitsient.
Ko'p hollarda mashinalarning samaradorligi yuritish mexanizmlarining ishonchliligi, umrboqiyligi, titrashga chidamliligi bilan belgilanadi. Hozirgi kunda kichik o'lchamlarda katta
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son
MEXANIKA
quvvat uzatuvchi mashinalarning yuritish mexanizmlariga talab ortib bormoqda. Shu sababli tishli tasmali uzatmalar mashinasozlikning turli sohalarida keng qo'llanilmoqda. Tishli tasmali uzatmalar ichki yonuv dvigatelli mashinalari, metall va yog'och qirqish stanoklari, ishlab chiqarishdagi robot va manipulyatorlar, tikuv mashinalari, orgtexnika mashinalari, ko'tarish-tashish mashinalari va qishloq xo'jaligi mashinalari yuritish mexanizmlarida foydalanilmoqda.
Mashinalardagi titrash pasaytirish zamonaviy mashinasozlikning dolzarb muammolaridan hisoblanadi. Ish jarayonida mashinalarni titrashi bilan ishlashi asosan ishchi qismlarning aniqlik darajasini pastligi, yig'ish jarayonidagi hatoliklar, yeyilish, yemirilish va yuritmalaridagi mexanizmlarning noto'g'ri tanlanganligi yoki yaxshi ishlamasligi bilan baholash mumkin.
Tishli tasmali uzatmalarda hosil bo'ladigan titrashlar ishlash jarayoniga bog'liq bo'lgan hodisalar bo'lib, ular tasma va shkiv tishlarini ilashishi, tishlar orasidagi zarbalar va tasma tarmoqlari hamda shkivlarning notekis aylanishidan paydo bo'ladi.
Tishli tasmali uzatmalardagi titrashni pasaytirishning muhim yo'llari, tayyorlashdagi texnologik jarayonni, uzatmani yig'ishdagi ishlarni tartibga solish va hatoliklarni kamaytirish lozim [1;2;3.]. Bundan tashqari qayishqoqligini oshirish maqsadga muvofiq.
Tishli tasmali uzatmalardagi titrashni o'rganish maqsadida uzatmani tajriba nusxasi tayyorlanib, laboratoriya sharoitida tasma tarmoqlarini qayishqoqlik momentlarini qayishqoqlik koeffitsentiga va qarshilik momentlarini tebranishga ta'sirini o'rganildi.
Tajribalarda tishli tasma tarmoqlaridagi ko'ndalang tebranishlarini ham tadqiq etildi. Izlanishlar quyidagi tartibda olib borildi. Tishli tasma tarmoqlaridagi ko'ndalang tebranishlar 1-rasmda keltirilgan sxema asosida o'lchandi. 3.8-rasmda keltirilishicha induktiv datchik o'rganilayotgan tasma tarmog'i tekis yuzali qismi yaqiniga qo'zg'almas qilib o'rnatiladi. Ish jarayonida tasma tarmog'ining ko'ndalang tebranishlari to'g'risidagi signallar datchikdan Wi-Fi yordamida kompyuterga uzatiladi.
Tarirovkalash grafigi
1-rasm. Tasma tarmoqlaridagi ko'ndalang tebranishlarni o'lchash stendining sxemasi
2-rasm. Induktiv datchik yordamida tasma tarmoqlaridagi ko'ndalang tebranishlarni
o'lchash sxemasi
Tasmali uzatmalarda tasmaning ishlash muddatini belgilovchi asosiy omillardan biri bu tasma tarmoqlarining tebranishlari sanaladi. Chunki tasma tarmoqlarini tebranish amplitudalari qanchalik katta bo'lsa ish jarayonining kechishi ham shunchalik yomonlashadi. Ish jarayonini
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son
MEXANIKA
belgilovchi omillar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin, ya'ni shovqin, uzatish mexanizmidan ishchi organlarga uzatilayotgan ko'shimcha dinamik kuchlar, tebranishlar va boshqalar. Shu sababli tajribaviy tadqiqotlarda tasma tarmoqlarining tebranishlari ham o'rganildi.
Olingan ossilogrammalardan ko'rindiki yetaklanuvchi tishli shkiv tarkibidagi qayishqoq elementning qayishqoqlik koeffitsientini ortishi bilan tasma tarmoqlarining tebranish amplitudalari ortadi va chastotalari kamayadi. Qarshilik momentini ortishi esa tasma tarmoqlarini tebranish amplitudalarini ortishiga olib keldi.
3-rasmdagi grafiklari tahlili shuni ko'rsatmoqdaki, yetakchi tarmoqqa nisbatan yetaklanuvchi tarmoqning tebranishi jadalroq bo'lar ekan. Masalan, aylanishlar soni 400 ayl/min bo'lganda tasmaning yetaklovchi tarmog'ining tebranish amplitudasi 1,7 -2,8 mm gacha (3.a-rasm), yetaklanuvchi tarmoqning tebranish amplitudasi esa 3,7-5,0 mm gacha (3. b-rasm) oraliqlarda o'zgarar ekan. Aylanishlar soni kamayishi bilan esa tasma tarmoqlarining tebranish amplitudalarini kamayishi kuzatildi. Agar yetaklanuvchi tishli shkiv tarkibidagi qayishqoq elementning qayishqoqlik koeffitsientining qiymati S=300 Nm/rad va qarshilik momenti M=75 Nm bo'lganda aylanishlar soni 300 ayl/min dan 500 ayl/min gacha ortganda tasmaning yetaklovchi tarmog'ining tebranish amplitudasi 1,8-2,5 mm oralig'ida (3.a-rasm), etaklanuvchi tarmog'ining tebranish amplitudasi esa 3,8-4,9 mm oralig'ida (3.b-rasm) egrichiziqli qonuniyat bilan ortar ekan. An'anaviy tishli shkivda esa yetaklovchi tarmog'ining tebranish amplitudasi 2,5-3,4 mm oralig'ida, yetaklanuvchi tarmog'ining tebranish amplitudasi esa 4,5-5,9 mm oralig'ida egri chiziqli qonuniyat bilan ortishi kuzatildi. Qarshilik momentini ortishi bilan ham tasma tarmoqlarining tebranishlarining amplitudalari ortib borishi kuzatildi. Yuqoridagilardan xulosa qilish mumkinki, qayishqoqlik koeffitsientini kamayishi tasma tarmoqlarining tebranishlarini kamayiishiga olib kelar ekan.
Al, MM
1,5 --
1
0.5 -
0 -I-,-,-1-,-1-1-►
250 300 350 400 450 500 550 ащ!'1!™
a)
Л-j, мм -.
e
3,5
3 -,-,-,-*
250 300 350 4 00 450 500 550 fiaäx!/min
б;
1-ana'naviy tishli shkiv; 2-qayishqoqlik koeffitsienti S=350 Nm/rad; 3-qayishqoqlik koeffitsienti S=300 Nm/rad; 4-qayishqoqlik koeffitsienti s=250 Nm/rad 3-rasm. Tasmaning yetakchi (a) va yetaklanuvchi (6) tarmoqlarining tebranish amplitudalari aylanishlar soniga bog'liqlik grafigi
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son
MEXANIKA
Sinov natijalari tahliliga asosan frezali baraban validagi momentning tebranish qamrovi qiymatlari o'zaro taqqoslanganda, nazariy va tajribaviy izlanishlar orasidagi farq 7-10 %ni tashkil etdi.
Tuproqqa ishlov berish jarayonida frezali baraban uzatish mexanizmiga tavsiya etilayotgan tishli tasmali uzatmaning yetaklanuvchi shkivi tarkibidagi qayishqoq elementning qayishqoqlik koeffitsientini S=300 Nm/rad (63-08 rusumli rezina)tavsiya etish mumkin.
ADABIYOTLAR
1. Мухамедов, Ж., Турдалиев, В. М., & Косимов, А. А. (2020). Определения коэффициента кинематической неравномерности вращения зубчато-ременной передачи с составным шкивом. Вестник машиностроения, (6), 3-6.
2. Турдалиев, В. М., Аскаров, Н. Н., Косимов, А. А., & Махкамов, Г. У. (2018). КИНЕМАТИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ РЕМЕННЫХ ПЕРЕДАЧ С ЭКСЦЕНТРИЧНЫМ НАТЯЖНЫМ РОЛИКОМ. Научное знание современности, (6), 85-90.
3. Косимов, А. А. (2019). Кинематические исследования зубчато-ременной передачи. In КАЧЕСТВО ПРОДУКЦИИ: КОНТРОЛЬ, УПРАВЛЕНИЕ, ПОВЫШЕНИЕ, ПЛАНИРОВАНИЕ (pp. 166-170).
4. Байбобоев Набижон Гуломович, Кучкоров Собиржон Каримжонович, Гуломов Шукуржон Илхомжонович, & Тоштиллаев Шохрух Азаматович (2024). НОВАЯ РАБОЧАЯ ОРГАН КУЛЬТИВАТОРА ДЛЯ ВНЕСЕНИЯ МИНЕРАЛЬНЫХ УДОБРЕНИЙ. Механика и технология, 1 (14), 88-92.
5. Boqijonovich, I. Q. (2022). Qo'chqorov Sobirjon Karimjonovich. Abdunazarov Elbek Elmurodovich, and Ortiqov Nozimjon Boqijon O'g'li." Anor tuplarini ko'madigan mashina uyumlagichining konstruktsiyasi" Mexanika i texnologiya, 3(8), 98-102.
6. Кучкоров, С. К., & Меликулов, Н. (2023). ШР Яхшибоев Сравнение антисимметричных колебаний упругой трехслойной пластины. Механика и технология, (10).
7. Qo'chqorov Sobirjon Karimjonovich, & Akbarov SHerzod Botirovich (2022). ELASTIK BARMOQLI DISKLI ELEVATORNI PARAMETRLARINI MATEMATIK MODELLASHTIRISH USULI BILAN ANIQLASH. Mexanika i texnologiya, 1 (6), 76-82.
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali
5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son