Научная статья на тему 'QAYISHQOQ ELEMENT TARKIBLI SHKIVNING PARAMETRLARINI O‘ZGARISHINI TASMALI UZATMANING F.I.K. GA TA‘SIRI'

QAYISHQOQ ELEMENT TARKIBLI SHKIVNING PARAMETRLARINI O‘ZGARISHINI TASMALI UZATMANING F.I.K. GA TA‘SIRI Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tasmali uzatma / f.i.k. / tortish koeffitsiyenti / tasmaning nisbiy elastik siljishi / burovchi moment / dastlabki taranglik / sirpanish koeffisiyenti. / Ременная передача / к.п.д. / коэффициент сопротивления / относительное упругое перемещение ремня / крутящий момент / начальное натяжение / коэффициент скольжения.

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Yunusov Saloxiddin Zunnunovich, Kenjayev Sirojiddin Nematullayevich

Maqolada tarkibli qayishqoq elementli shkivli tasmali uzatmaning f.i.k., tortish koeffitsiyenti va tasmaning nisbiy elastik siljishini laboratoriya sharoitida aniqlash usullari va tadqiqot natijalari tahlili yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Influence of change in parameters of elastic element of composite belt pulley on efficiency transmissions

В статье описаны методы определения К.П.Д., коэффициента тяги и относительного упругого перемещения ремня с ременным элементом шкива ременной передачи в лабораторных условиях и анализ результатов исследований.

Текст научной работы на тему «QAYISHQOQ ELEMENT TARKIBLI SHKIVNING PARAMETRLARINI O‘ZGARISHINI TASMALI UZATMANING F.I.K. GA TA‘SIRI»

MEXANIKA

УДК 621.852

QAYISHQOQ ELEMENT TARKIBLI SHKIVNING PARAMETRLARINI O'ZGARISHINI TASMALI UZATMANING F.I.K. GA TA'SIRI

Yunusov Saloxiddin Zunnunovich Toshkent davlat transport universiteti, t.f.d, professor, ysz1979@gmail.com

Kenjayev Sirojiddin Nematullayevich Toshkent davlat transport universiteti, Katta o'qituvchi, xpert 01@bk.ru

Annotatsiya. Maqolada tarkibli qayishqoq elementli shkivli tasmali uzatmaning f.i.k., tortish koeffitsiyenti va tasmaning nisbiy elastik siljishini laboratoriya sharoitida aniqlash usullari va tadqiqot natijalari tahlili yoritilgan.

Аннотация. В статье описаны методы определения К.П.Д., коэффициента тяги и относительного упругого перемещения ремня с ременным элементом шкива ременной передачи в лабораторных условиях и анализ результатов исследований.

Abstract. The article describes methods for determining the efficiency, traction coefficient and relative elastic movement of a belt with a belt element of a belt drive pulley in laboratory conditions and an analysis of the research results.

Kalit so'zlar. Tasmali uzatma, f.i.k., tortish koeffitsiyenti, tasmaning nisbiy elastik siljishi, burovchi moment, dastlabki taranglik, sirpanish koeffisiyenti.

Ключевые слова. Ременная передача, к.п.д., коэффициент сопротивления, относительное упругое перемещение ремня, крутящий момент, начальное натяжение, коэффициент скольжения.

Keywords. Belt drive, efficiency, resistance coefficient, relative elastic displacement of the belt, torque, initial tension, slip coefficient.

Kirish. Hozirgi kunda sanoatni har bir sohasida energiya va resurs tejamkorlikka erishish, mashina va mexanizmlarning mavjud konstruksiyalarini takomillashtirish hamda yangi avlodini yaratish dolzarb vazifalardan biridir.

Ma'lumki, mashinasozlikda va texnologik jarayonlarda foydalanadigan mashina agregatlarida turli uzatmalardan keng foydalaniladi, jumladan tasmali uzatmalarning o'rni beqiyos. Tasmali uzatmalardan foydalanishda uning asosiy afzalligi bu tarkibida elastik (qayishqoq) element mavjudligi. Qayishqoq element (tasma) ish jarayonida ortiqcha tebranish yuklanishlarni, tebranishlarni so'ndiruvchi vazifasini o'taydi. Bunda tasmali uzatmaga ta'sir etayotgan texnologik qarshilik kuchlarining qiymati, ichki deformatsiyalar va kuchlanishlar asosiy omil sifatida xizmat qiladi.

Tajribaviy tadqiqotlarning maqsadi, tarkibli qayishqoq elementli shkivni tasmaning tarangligini, yetaklanuvchi shkivning burchak tezligi va burovchi momentini o'zgarishiga ta'sirini o'rganishdir. Bunda tarkibli qayishqoq elementli shkivning ustki qatlamidagi elastik elementning (rezina) qayishqoqligi har xil variantlarda olindi va qayishqoq elementning (rezina) defformatsiyalanishi hisobiga yetaklanuvchi shkiv yuklanishi va burchak tezligi o'zgaradi.

O'tkaziladigan tajribaviy tadqiqotlarning vazifalari:

- yetaklanuvchi valning burchak tezligining o'zgarish qonuniyatlari;

- yetaklanuvchi valning burovchi momentini o'zgarishi;

- tarkibli qayishqoq elementli shkivni tasmaning boshlang'ich tarangligiga ta'siri;

-tasmali uzatmaning ish jarayonida foydali ish koeffitseyintini aniqlash;

-uzatmaning tortish va sirpanish koeffitsiyentlarini aniqlash.

Tasmali uzatmaning yuqorida keltirilgan parametrlarini o'zgarish qonuniyatlarini

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 3-son, 2024

MEXANIKA

ikkinchi bo'limda aniqlangan nazariy tadqiqotlarda ham ko'rish mumkin.

Tajribaviy tadqiqotlarni o'tkazish metodikasi

Ma'lumki [1,2] tasmali uzatmalarning tortish koeffitsiyenti va tasmaning nisbiy elastik siljishi yetaklanuvchi valning burchak tezligi, burovchi momentlarini o'lchash metodlari, o'zgarish qonuniyatlari nazariy va eksperimental usulda aniqlanishi keltirilgan. Shuningdek, umuman tenzorezistorlardan foydalanish, ularni tanlash va ishchi yuzalarga yelimlash usullari, taxogeneratordan foydalanib burchak tezliklarni o'lchash haqidagi ma'lumotlar, usullar [3, 4] ishlarda batafsil keltirilgan. Tajribaviy tadqiqotlar Toshkent davlat transport universitetining «Materialshunoslik va mashinasozlik» kafedrasida maxsus tajriba stendida o'tkazildi. Bunda quyidagi kattaliklarning qiymatlari aniqlandi: kirish va chiqish vallarining aylanishlar chastotasi, tortish koeffitsiyenti, tasmaning nisbiy elastik siljishi va F.I.K, yuklanishi (momenti) va inersiya momentlar.

1-rasmda tasmali uzatmaning elektrotenzometrik sxemasi keltirilgan va u quyidagilarni o„z ichiga oladi: elektrodvigatel 1, mufta 2, moylagich 3, yetakchi shkiv 4, tasma 5, yetaklanuvchi shkiv 6, tarkibli taranglovchi rolik 7, tokosyomnik 8, tenzokuchaytirgich 9, ossillograf 10, quloq moslamasi 11, yulduzcha 12, podshipnik 13, tenzodatchik 14, taxogenerator 15.

8

1-rasm. Tasmali uzatmaning elektrotenzometrik sxemasi

Tarkibli qayishqoq elementli tasmali uzatmaning F.I.K. va tasmaning nisbiy elastik

siljishini o'lchash metodikasi

Tasmali uzatmaning F.I.K., tortish koeffitsiyenti va tasmaning nisbiy elastik siljishini o„lchashda, tasmali uzatmaning tajribaviy nusxasidan foydalanildi.

Bunda tasmali uzatmaning tajribaviy nusxasi maxsus stolga o„rnatilgan bo„lib, jihoz asosiga boshqaruv paneli mahkamlangan. Elektrodvigatel, tasmani taranglovchi mexanizm, yuklanuvchi tormoz va tasmali uzatma vallarining tayanchlari qurilma asosiga mahkamlangan.

Modulning old paneliga quyidagilar biriktirilgan: elektrodvigatelning aylanish chastotasi va yuklama quvvati reguliyatori, dvigatel va jihozni ishga tushurish, to„xtatish tugmasi, favqulodda to'xtash tugmasi va jihoz quvvat ko'rsatkichi.

2-rasm. Old paneli tarkibi.

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 3-son, 2024

MEXANIKA

Uzatma moduli yopiq rotorli asinxron elektrdvigatel, IGBT tipdagi tranzistor, elektrodvigatel vali aylanish chastotasi va aylanish momentini muvozanatlovchi tenzometrik datchiklardan iborat.

Tadqiq qilingan tasmali uzatma ikkita shkivdan iborat bo'lib, xar-bir shkiv tayanchlari alohida bo'lgan vallarga mahkamlangan. Val tayanchlari tasmali uzatmaning yetaklovchi shkivini uzatma modulining elektrodvigatel vali bilan o'qdoshligini va tasmali uzatmani yetaklanuvchi shkivini yuklash modulining tormoz vali bilan o'qdoshliligini ta'minlaydi.

Yuritmaning elektrodvigateli va yuklanish beruvchi qurilmasi bir-biri bilan mufta yordamida biriktiriladi. Yuritma elektrodvigatelining valiga kompensatsiyalovchi mufta yordamida, tadqiq qilinayotgan tasmali uzatmaning yetaklovchi shkivi o'rnatiladi. Taqqiq qilinayotgan tasmali uzatmaning yetaklanuvchi shkivi, yuklash moduli (tormoz) valiga kompensasiyalovchi mufta yordamida biriktirilgan.

Laboratoriya tajribalari natijalari va ularning tahlili

Tavsiya etilayotgan tarkibli tasmali uzatmaning kinematikasi va dinamikasini laboratoriyaviy tadqiqotlar yordamida o'rganildi. Tajribaviy tadqiqotlar jarayonida bir qancha natijalar olindi. Bunda tarkibli tasmali uzatmaning quyidagi parametrlarini o'zgarishi va bog'liqliklari tadqiq etish uchun bir necha bosqichda tajribalar o'tkazildi.

1-bosqich. Tarkibli yetaklovchi shkivni aylanishlar sonini o'zgarishi.

2-bosqich. Yetaklanuvchi shkiv diametrlarini o'zgarishi (uzatishlar soni, qamrov burchagi).

3-bosqich. Yetaklanuvchi shkiv tarkibidagi qayishqoq elementning parametrlarini o'zgarishi.

4-bosqich. Tasmaning turi (markasi)ni ta'siri.

Yuqorida keltirilgan parametrlarni o'zgarishi va bir biriga bog'liqlik holatlarini tadqiq etish maqsadida bu omillarni turli variantlarda tadqiqi o'tkazildi. Olingan natijalarni va tadqiqotlarni o'tkazish metodlari ustida ilmiy izlanishlar olib borildi. Tajribalarni o'tkazish natijasida olingan natijalar jadval ko'rinishida va ularni tahlili uchun grafiklar tuzildi.

Tajribalar tarkibli yetaklovchi shkivning turli burchak tezliklarida, qayishqoq elementning turli qalinlikdagi yoki elastiklik darajalarida sinovlar o'tkazildi.

Olingan natijalar matematik va statistik usul bilan aniqlanib tahlil qilindi [3, 5, 6]. Bunda tadqiqot natijalari maxsus qurilmadan olingan qiymatlar asosida tahlil qilindi.

1-jadval.

Yetaklovchi shkivning aylanishlar soni n=1000 min-1 bo'lganda yuklanishni (F0(N)) o'zgarishini tasmali uzatmaning (q) f.i.k. bog'liqligi, bunda Nitta kompaniyasining M-500 markali tasma. shkiv diametrlari: yetaklovchi shkiv diametri 75 mm, yetaklanuvchi shkiv

diametri 11 0 mm

* F0=60 N F0=80 N F0=100N F0=120N

0,01 81,66 81,34 81,04 81,25

0,02 82,42 81,95 81,35 81,20

0,03 82,75 81,80 81,46 81,64

0,04 82,95 81,94 81,56 81,84

0,05 83,05 82,19 81,96 81,74

0,06 83,64 82,56 82,00 82,16

0,07 84,62 82,45 82,11 82,74

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 3-son, 2024

MEXANIKA

0,08 85,06 82,65 82,44 83,03

0,09 85,57 82,78 82,65 83,45

0,11 86,12 82,81 82,91 83,54

0,13 86,16 83,86 83,13 83,70

0,14 86,29 84,24 83,05 83,99

0,15 86,28 84,55 83,22 84,29

0,16 86,17 84,86 83,40 84,58

0,17 86,45 85,17 83,58 84,88

0,19 86,48 85,48 83,75 85,17

0,20 86,57 85,79 83,93 85,46

0,21 85,98 86,09 84,10 85,76

0,22 84,92 86,40 84,28 86,05

2-jadval.

Yetaklovchi shkivning aylanishlar soni n=1200 min-1 bo'lganda yuklanishni (Fo(N)) o'zgarishini (q) f.i.k. bog'liqligi, bunda Nitta kompaniyasining M-500 markali tasma. shkiv

netrlari: yetaklovchi shkiv t iametri 75 mm, yetaklanuvchi s ikiv diametri 110

* F0=60 N F0=80 N F0=100N F0=120N

0,01 80,19 81,06 81,04 81,27

0,02 80,98 81,42 81,28 81,32

0,03 81,69 81,61 81,20 81,44

0,04 81,78 81,78 81,35 81,74

0,05 81,92 81,83 82,06 82,01

0,06 81,82 81,86 82,16 82,53

0,07 81,98 81,95 82,15 83,07

0,08 82,08 82,15 82,39 83,24

0,09 82,11 82,45 82,46 83,49

0,11 82,31 82,61 82,63 83,44

0,13 82,79 82,96 82,28 83,78

0,14 82,79 83,19 82,36 84,04

0,15 82,82 83,43 82,45 84,25

0,16 82,94 83,47 82,54 84,49

0,17 83,27 83,66 82,64 84,78

0,19 83,51 83,84 82,73 85,07

0,20 83,71 84,03 82,83 85,35

0,21 83,91 84,22 82,92 85,64

0,22 84,11 84,40 83,01 85,93

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali

5-jild, 3-son, 2024

MEXANIKA

87 86 85 84 83 82 81 80 79

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

0

0,05

0,1

0,15

0,2

0,25

—•—F0=60N

—•—F0=80N

—•—F0=100N

—•—F0=120N

3-Rasm. Tasmaning (M-500 markali) taranglik kuchini o'zgarishini uzatmaning F.I.K. (q) o'zgarishiga bog'liqlik grafiklari

Laboratoriya tajribalaridan olingan natijalar tahlili uchun qiymatlarni grafik ko'rinishda ko'rib chiqamiz. Tasmaning taranglik kuchi Fo=60-120 N oralig'ida o'zgarganda uzatmaning F.I.K. (q) mos ravishda ortishi kuzatildi, bu esa tasmali uzatmaning shkiv tarkibida qayishqoq elementning tasmaning shkiv bo'ylab sirpanishiga salbiy ta'sirini ko'rsatadi. Shu bilan birga mos qiymatlarda q ortmoqda, ya'ni F0=60 N bo'lganda q=80,19 % dan q=84,11% ga qadar ortmoqda. Hamda F0=120 N bo'lganda q=81,27 % dan q=85,93% gacha ortishi kuzatildi.

Hulosa. Tasmali uzatmaning ishchi parametrlariga tasmaning markasini ta'sirini o'rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Olingan natijalar tahlilidan shunday xulosaga kelish mumkinki, tasmaning taranglik kuchi F0=60-120 N oralig'ida o'zgarganda uzatmaning F.I.K. (q) mos ravishda kamayishi kuzatildi, bu esa tasmali uzatmaning asosiy nazariyasi, ya'ni "taranglik ortishi tasma va shkiv orasidagi sirpanishni ortishiga sabab bo'ladi" to'liq mos tushmoqda. Shu bilan birga mos qiymatlarda q ortmoqda, ya'ni F0=60 N bo'lganda q=81,36 % dan q=83,37% ga qadar ortmoqda. Hamda F0=120 N bo'lganda q=80,24 % dan q=80,92% gacha ortishi kuzatildi.

1. Мирхамидов Д.Х. Разработка и обоснование параметров механизма рабочих органов очистителя хлопка-сырца ЧХ-3М2 "Мехнат": Дис. ... канд. тех. наук. -Тбилиси, -1988. -151 б.

2. Мухитов Н.Н. . Разработка и обоснование рабочих параметров ременной передачи с механизмом переменного натяжения ремня: Дис. ... канд. тех. наук. -Ташкент, 1993.-132 б

3. Веденяпин Г.В. Общая методика экспериментального исследования и обработка опытных данных. -М.: Колос, 1973. -199 б.

4. Немец И. Практическое применение тензорезисторов. -М.: Энергия, 1970. -144 б.

5. Менли Р. Анализ и обработка записей колебаний. - М.: Машиностроение, 1972. -

6. Румшинский Л.З. Математическая оброботка результатов эксперимента. -М.: Наука, 1971. -192 б.

ADABIYOTLAR

368 б.

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali

5-jild, 3-son, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.