Научная статья на тему 'QASHQDARYO HUDUDIDA TARQALGAN ORTHETRUM NEWMAN, 1833 AVLODIGA MANSUB NINACHILAR TAKSANOMIYASI VA MORFOBIOLOGIYASI'

QASHQDARYO HUDUDIDA TARQALGAN ORTHETRUM NEWMAN, 1833 AVLODIGA MANSUB NINACHILAR TAKSANOMIYASI VA MORFOBIOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
6
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Insecta / Pterygota / Odonata / Anisoptera / Orthetrum Newman / evribiont.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Norqobilova Zarina Boyqobil Qizi

Ushbu maqolada 2020-2023 yillar davomida Qashqadaryo odonatafaunasi monitoring qilish natijasida aniqlangan Libellulidae oilasiga mansub ninachilarning Orthetrum Newman,1833 avlodiga mansub: ort Orthetrum albistylum (Selys, 1848), Orthetrum brunneum Fonscolombe, 1837 Orthetrum cancelatum Linnaeus, 1758, Orthetrum sabina Drury 1770 turlarining aniqlangan joyi, muddati, turlar morfobiologiyasi ham keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QASHQDARYO HUDUDIDA TARQALGAN ORTHETRUM NEWMAN, 1833 AVLODIGA MANSUB NINACHILAR TAKSANOMIYASI VA MORFOBIOLOGIYASI»

UO'K : 595. 733

QASHQDARYO HUDUDIDA TARQALGAN ORTHETRUMNEWMAN,, 1833 AVLODIGA MANSUB NINACHILAR TAKSANOMIYASI VA MORFOBIOLOGIYASI

NORQOBILOVA ZARINA BOYQOBIL QIZI

Qarshi davlat universiteti Zoologiya kafedrasi o'qituvchisi., Qarshi shahri, O'zbekiston

Annotatsiya: Ushbu maqolada 2020-2023 yillar davomida Qashqadaryo odonatafaunasi monitoring qilish natijasida aniqlangan Libellulidae oilasiga mansub ninachilarning Orthetrum Newman,1833 avlodiga mansub: ort Orthetrum albistylum (Selys, 1848), Orthetrum brunneum Fonscolombe, 1837 Orthetrum cancelatum Linnaeus, 1758, Orthetrum sabina Drury 1770 turlarining aniqlangan joyi, muddati, turlar morfobiologiyasi ham keltirilgan.

Kalit so'zlar: Insecta, Pterygota, Odonata, Anisoptera, Orthetrum Newman, evribiont.

Ninachilarning murakkab hayot tarzi, yashash muhitiga yuqori moslashuvchanligi va biotsenoz tizimiga kuchli ta'siri tufayli bu hasharotlar qadimdan tadqiqotchilar diqqatini tortib kelgan. Hozirgi vaqtgacha tadqiqot ob'ekti sifatida ninachilar ustida ko'plab ilmiy izlanishlar olib borilgan. Qashqadaryo hududida ham ninachilarni o'rganish bo'yicha deyarli ilmiy tadqiqotlar olib borilmagan. Shuning uchun ham bu hududda ninachilar turkumiga mansub hasharotlarni bioekologiyasini, keng tarqalgan turlarining hayotiy siklini, turlar tarkibini, tarqalishini o'rganish hozirgi kunning dolzarb muammolaridan biridir.

Tadqiqot materiallari Qashqadaryo viloyati hududlaridan 2020-2023 yillar davomida yig'ildi. Ninachilarni o'rganish individual va kompleks faunistik ekspeditsiyalar paytida olib borildi. Doimiy tadqiqotlarda asosan Qashqadaryo viloyati Koson, Kasbi, Yakkabog' va Qarshi tumanida joylashgan Qashqadaryo daryosi hamda Yakkabog' tumanidagi Qizildaryo o'zani atrofida, tashlama kanallarda, zovur va kollektorlarda olib borildi.

Olingan natijalarga ko'ra, tadqiqot hududida Libellulidae oilasiga mansub Orthetrum Newman, 1833 avlodiga mansub - Orthetrum albistylum (Selys, 1842), O. brunneum (Fonscolombe, 1837) turlari tarqalganligi aniqlandi Yuqoridagi ninachi turlarining taksanomiyasi va morfobiologiyasi bilan tanishamiz. [2,36-37 b;] Sinf: Insecta (Linnaeus, 1758) Kenja sinf: Pterygota (Gegenbaur, 1878) Bo'lim: Palaeoptera (Martynov, 1923) Bosh turkum: Odonatoptera (Martynov, 1932) Turkum: Odonata (Linnaeus, 1758) Kenja turkum: Anisoptera (Selys, 1854) Oila: Libellulidae (Rambur, 1842) Kenja oila: Libellulinae Rambur, 1842 Avlod: Orthetrum Newman, 1833 1. Orthetrum albistylum (Selys, 1842)

Aniqlangan joyi va muddati: Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumani 2 1 38°50'42.39"N 65°56'54.13"E, G'uzor tumani 3 1 $, 38°50'45.93"N 66°04'45.01"E, Yakkabog' tumani 4 1 $, 39°02'36.21"N 66°50'20.36"E koordinata nuqtalaridan aniqlangan (03.06.2021). [5. 5-14;]

Morfobiologiyasi. Tadqiqot hududida tarqalgan yosh ninachilarning tana uzunligi 40,0±0,52 mm, qornining uzunligi 27,3±0,65 mm, old qanotlarining uzunligi 32,7±0,65 mm, orqa qanotlarining uzunligi 35,3±0,83 mm gacha boradi (39-ilova). Qorni nisbatan tekis, erkagida II-V bo'g'imlari ochrangli, havorang yoki kulrangda. Urg'ochisi va yosh erkaklari qornidagi katakli chiziqlari aniq ajralib turadi. Peshona qismi yorqin rangli. Pterostigmasi qora yoki to'q jigarrangli bo'lib, qanotlarining cheti bo'ylab 3-4 mm da cho'zilib yotadi. [1, 81-84 b;]

Bu ninachi turi limnofil (oqmas suvlarda yashovchi) hasharot hisoblanadi. Yangi muhitlarda limnoreofil hayot kechiradi. Tadqiqot ob'ektimizni suv havzalarida Orthetrum avlodiga mansub boshqa turlar bilan birga uchratdik.

Orthetrum albistylum (Selys, 1842): a-umumiy ko'rinishi; b-tanasining yarimi; s-hasharotning uzunligi. Imagosi aprel oyining oxiri may oyining boshlarida paydo bo'ladi. Ninachi faolligi (uchishi) avgust-sentyabr oylarining oxirlarigacha davom etadi. Bu tur ninachilarining erkagi ko'payish hududlarini o'z turining begona erkaklaridan himoya qiladi. Urg'ochi ninachi bilan suv ustida yoki qirg'oqdan uzoq bo'lmagan joylarda qo'shiladi. Urg'ochisi yakka holda tuxum qo'yadi. 2. Orthetrum brunneum (Fonscolombe, 1837)

Aniqlangan joyi va muddati: Qashqadaryo viloyati, Koson tumani 2 1 $, 624 m 39°02'39.96"N 65°41'13.19"E, Qarshi tumani 3 1 ?, 38°50'42.39"N 65°56'54.13"E, G'uzor tumani 4 1 ?, 38°50'45.93"N 66°04'45.01"E, Yakkabog' tumani 5 1 ?, 39°02'36.21"N 66°50'20.36"E koordinata nuqtalaridan aniqlangan (05.06.2022).[4. 13-22 b;]

Morfobiologiyasi. Bu ninachi turlari boshqa ninachilardan qornini nisbatan tekis va kengaygani bilan ajralib turadi. Tanasining uzunligi 40-50 mm, qorni 24-34 mm, orqa qanotlarining uzunligi 3238 mm gacha bo'ladi. Elka oldi chiziqlari ochrangda bo'lib, qanotlaridagi pterostigmasi sariq yoki jigarrangda, old qanotlaridagi pterostigmaning uzunligi 2-3 mm. Erkak va urg'ochi ninachilar bir-biridan rangi bilan farqlanadi. Voyaga etgan erkak ninachining tanasi havorangda, yosh erkak ninachilarining rangi qo'ng'ir, tanasida katakli chiziqlar yo'q. Urg'ochisining rangi qo'ng'ir yoki jigarrangda bo'lishi bilan ajralib turadi. [3, 73-77 b;]

Ular evribiont tur bo'lib, reofil (oqar suvda yashovchi) yashashga moyildir. Qarshi, Koson tekisliklarida imagosi may oyining oxiri iyun oyining boshlaridan paydo bo'ladi. Tadqiqot maydonlaridan asosan erkak ninachilar tutildi. Bu tur individlarining soni jadal o'zgarib turishi kuzatildi. Ninachilarni yo'llarning ochiq joylarida qo'nib turgan holatida uchratdik, ularni ushlashga harakat qilinganda ham ninachilar o'zlariga ma'qul yashash joyidan uzoqqa uchib ketmadi. Tuxumlarini urg'ochisi yakka holda qo'yadi. Ov uchun ninachilar qurigan o't novdasi, tikka o'sgan shoxlar kabi atrof yaxshi ko'rinadigan joylarni tanlaydi, u erdan turib ko'z ilg'aydigan masofada uchib yuruvchi o'ljasini kuzatadi. Yirtqich ninachi o'ljasi yaqinlashgandagina u tomon uchadi va o'ljasini tutib, joyiga qaytadi va uni eydi. Ularning asosiy ozuqasi pashshalar va mayda kapalaksimonlar ekanligini qayd qildik. Bu tur ninachilar uchun yosh bilan bog'liq kuchli o'zgaruvchanlik xos bo'lib, bunda erkagining tanasida kulrang qoplama paydo bo'ladi.

Orthetrum brunneum (Fonscolombe, 1837): a-umumiy ko'rinishi; b- tanasining uzunligi; s-

dumi.

FOYDALANILGAN ADBIYOTLAR RO'YXATI:

1. Belishev B.F. Xaritonov A.Yu. O rasprostranenii roda Orthetrum Newm. (Odonata, Libellulidae) II Vesti, zool.-Kiev,-№3.1979.-S.81-84.

2. Dijkstra K.D.B., Bechly G., Bybee S.M., Dow RA., Dumont H.J., Fleck G., Garrison R.W., Wares J. The classification and diversity of dragonflies and damselflies (Odonata). // Zootaxa, 3703, 2013. -36 pp.

3. Belishev B.F., Shevchenko V.V. Fauna strekoz (Odonata, Insecta) i raspredelenie eyo komponentov v Kazaxstane // Biologicheskie nauki Vip. 2. -A-A, 1971. -S. 7377.

4. Qizi, N. Z. B. (2024). PROSPECTS FOR THE FUTURE STUDY OF THE ODONATA ORDER: A REVIEW OF PUBLISHED ARTICLES FROM THE SCOPUS DATABASE 2019-2023. European science review, (3-4), 13-22

5. kizi Norkobilova, Z. B., Rakhmatullayev, A. Y., & ogli Boyjigitov, O. D. (2023). PRELIMINARY INFORMATION ABOUT DRAGONFLIES FAUNA DISTRIBUTED IN KASHKADARYA REGION. World of Scientific news in Science, 1(3), 5-14.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.