Научная статья на тему 'QASHQADARYO VILOYATI SUV OMBORLARIDAN KELAJAKDA RATSIONAL FOYDALANISH MASALALARI'

QASHQADARYO VILOYATI SUV OMBORLARIDAN KELAJAKDA RATSIONAL FOYDALANISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
355
27
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ENERGETIKA / TURIZM / TOG‘-KONCHILIK / TO‘QIMACHILIK / QOG‘OZ ISHLAB CHIQARISH / HISORAK SUV OMBORI / TALIMARJON SUV OMBORI

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Suyarqulov N.М.

Ushbu maqolada Qashqadaryo viloyati suv omborlarining geografik xususiyatlari va ulardan kelajakda foydalanish masalalari yoritilgan. Shuningdek maqolada viloyat suv omborlarining texnik tafsiloti va suv omborlardan foydalanishning iqtisodiy mexanizmlari haqida so’z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ISSUES OF FUTURE RATIONAL USE OF WATER RESERVOIRS OF KASHKADARYA REGION

This article describes the geographical features of Kashkadarya region reservoirs and their future use. The article also talks about the technical details of the region's reservoirs and the economic mechanisms of using reservoirs.

Текст научной работы на тему «QASHQADARYO VILOYATI SUV OMBORLARIDAN KELAJAKDA RATSIONAL FOYDALANISH MASALALARI»

Suyarqulov N.M.

Shahrisabz davlatpedagogika instituti "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi

geografiya fani o'qituvchisi

QASHQADARYO VILOYATI SUV OMBORLARIDAN KELAJAKDA RATSIONAL FOYDALANISH MASALALARI

Annotatsiya: ushbu maqolada Qashqadaryo viloyati suv omborlarining geografik xususiyatlari va ulardan kelajakda foydalanish masalalari yoritilgan. Shuningdek maqolada viloyat suv omborlarining texnik tafsiloti va suv omborlardan foydalanishning iqtisodiy mexanizmlari haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: energetika, turizm, tog'-konchilik, to'qimachilik, qog'oz ishlab chiqarish, Hisorak suv ombori, Talimarjon suv ombori.

Suyarkulov N.M. geography teacher Department of "Social Sciences" Shahrisabz State Pedagogical Institute

ISSUES OF FUTURE RATIONAL USE OF WATER RESERVOIRS OF KASHKADARYA REGION

Abstract. This article describes the geographical features of Kashkadarya region reservoirs and their future use. The article also talks about the technical details of the region's reservoirs and the economic mechanisms of using reservoirs.

Key words: energy, tourism, mining, textile, paper production, Hisorak reservoir, Talimarjon reservoir.

Kirish. Bozor iqtisodiyoti sharoitida suv resurslaridan foydalanish ma'muriy-buyruqbozlik tizimiga aslo to'gri kelmaydi. Respublikamizda bugungi kunda tabiiy boyliklardan foydalanishning iqtisodiy mexanizmlari ishlab chiqilgan bo'lib, ularga amal qilish zarurati ekologik va iqtisodiy vaziyatdan kelib chiqmoqda. Avvallari faqat sug'orma dehqonchilik, baliqchilik va kemachilik maqsadlarida foydalanilgan suv manbalari endilikda sanoatning yangi jabhalari -energetika, turizm, tog'-konchilik, to'qimachilik, qog'oz ishlab chiqarish va boshqa sohalarda keng istifoda etilmoqda. Tabiiy landshaftlarning shakllanishi, o'zgarishi va yangi tiplarining paydo bo'lishida antropogen suv inshootlari muhim omil bo'lib xizmat qiladi. Suv omborlari esa lokal va mintaqaviy miqyosda, tabiiy landshaftlarning o'zgarishida eng katta ta'sir etuvchi suv inshootlaridan hisoblanadi va ularning tabiiy muhitga bo'lgan ta'sirini o'rganish tabiiy geografiya, xususan, landshaftshunoslikning eng dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Suv omborlari, asosan, daryolarning suv va energiya resurslaridan

to'liqroq foydalanish maqsadida, yer sharining juda ko'p hududlarida qurilgan. Shundan kelib chiqib, Qashqadaryo suv omborlari geografiyasini viloyatimizda tarqalishi, ular faoliyati bilan bog'liq barcha jarayon va hodisalarni o'rganish, ularning geografik muhit bilan xususiyatlarini aniqlash, tahlil qilish hamda amaliy va ilmiy ahamiyatini belgilash ham tabiiy, ham iqtisodiy dolzarb masala hisoblanadi.

Asosiy qism. Suv omborlari va ularning atrof - muhitga ta'sirini baholashni T.Shoto'rayev, P.Baratov, F.H.Hikmatov, Z.R.Sirliboyeva, D.P.Aytbayev, A.R.Rasulov, B.K.Soliyev, S.A.Azimboyev, I.Abdullayev va boshqalarning ishlari katta ahamiyatga ega. Qashqadaryo viloyatining ichki suvlari, hususan,daryolar, ko'llar, suv omborlari faoliyatini inson xo'jalik faoliyati tasirida davriy o'zlashtirishni Qarshi Davlat Universiteti olimlari S.I.Abdullayev, A.Najimov, R.Usmonov tadqiqot ishlarida ko'rishimiz mumkin. Biroq, viloyat suv omborlari va ularning atrof-muhitiga tasiri muammosiga doir ko'pgina ilmiy ishlar bo'lishiga qaramay, suv omborlarining landshaft-ekologik aniqlash va baholash bo'yicha to'liq kompliks majmuali tarzda keng qamrovli ilmiy ishlar majmuasi yaratilmagan.

Qashqadaryo viloyati hududida O'zbekistonning nisbatan yirik daryo tizimlaridan biri bo'lgan Qashqadaryo havzasi joylashgan. Suv yig'ilish maydoni 8780 kv.km. bo'lgan Qashqadaryo havzasi shimol va shimoli-sharqda Zarafshon, sharqda Hisor tizmalarining g'arbiy tarmoqlari bilan o'ralgan bo'lib,g'arbda u Qarshi cho'li bilan tutashib ketgan. Qashqadaryo havzasining yer ust i suvlarini o'rganishda rus olimi V.I.Lipskiy (1897-1899 yillar) tadqiqotlarini eslatib o'tish lozim. V.I.Lipskiyning "Tog'li Buxoro" asarida Qashqadaryoning chap irmoqlari gidrologiyasi ancha aniq ta'riflangan. Shuningdek, 1926-1936 yillarda Tojik-Pomir ekspeditsiyasining otryadlari yer osti suvlari, daryolarni o'rganishda diqqatga loyiq tadqiqotlarini olib bordilar. Gidrologik yo'nalishdagi muhandis G.V.Vinogradovning tadqiqotlari asosida hozirgi gidropostlar tashkil topdi. Keyinchalik professor V.L.Shuls daryolar rejimining joy balandligi va quyilishiga bog'liq ravishda o'rgandi [6].

"O'zgidromet" prognozlariga ko'ra 2022 yil Amudaryo havzasida ham suv kam bo'ladi,shuningdek, Surxondaryoda 65-70 foiz, Qashqadaryoda 55-65 foiz bo'lishi bashorat qilinmoqda[5,7 b].Qashqadaryo viloyatining Qamashi va Nishon tumanlari hududida joylashgan Chimqo'rg'on va Tolimarjon suv omborlari tekislik suv omborlari hisoblanib, ular viloyatning markaziy hamda janubiy qismida joylashgan. Qashqadaryo viloyatining tog'li tumanlari Shahrisabz va G'uzor tumanlari hududida joylashgan Hisorak vaPachkamar suv omborlari tog' va tog'oldisuv omborlari hisoblanadi. Suv omborlarining iqtisodiyotdagi ahamiyatini quyidagi guruhlarga bo'lishimiz mumkin:

1. Gidroenergetik ahamiyati (Hisorak va Tolimarjon suv omborlari);

2. Agrogeografik ahamiyati (Hisorak, Tolimarjon, Pachkamar va Chimqo'rg'on suv omborlari);

3. Transport va aholi hamda sanoat korxonalarini suv bilan ta'minlashdagi ahamiyati (Hisorak, Tolimarjon, Pachkamar va Chimqo'rg'on suv omborlari);

4. Suv omborlarining baliqchilik xo'jaligidagi ahamiyati (Hisorak va Chimqo'rg'on suv omborlari);

5. Suv omborlarining sel va suv toshqinlarining oldini olish hamda rekreatsion ahamiyati (Hisorak va Pachkamar suv omborlari).

Daryolarimiz suvi asosan tog'larda qor va muzliklarning erishi natijasida hosil bo'ladi. Ayni ekinning suvga bo'lgan talabi oshgan yoz oylarida suv bilan ta'minlash uchun viloyatimizda suv omborlari qurilishiga juda katta e'tibor berilgan (1-jadval).

1-jadval

Qashqadaryo viloyatidagi suv omborlarining texni î tafsiloti

T/ r Suv omborlarini ng nomi Ishga topshirilgan yili Loyihadagi hajmi mln m3 Foydali hajmi mln m3

1 Chimqo'rg'o n (Qamashi) 1963 500,0 425,0

2 Pachkamar (G'uzor) 1968 260,0 218,2

3 Qamashi (Qamashi) 1967 25,0 23,8

4 Qorabog' (Yakkabog') 1977 7,0 6,3

5 Qalqama (Chiroqchi) 1987 9,4 9,3

6 Qizilsuv (Yakkabog') 1982 9,0 9,0

7 No'g'ayli (Yakkabog') 1972 3.0 2,5

8 Sho'robsoy (Kitob) 1977 2,0 1,8

9 Toshloqsoy (Shahrisabz) 1981 7,0 6,7

10 Dehqonobod (Dehqonobod ) 1982 18,4 13.6

11 Langar (Qamashi) 1974 7,3 6,4

12 Yangiqo'rg'o n (Yakkabog') 1975 3,3 3.0

13 Hisorak (Shahrisabz) 1987 170,0 155,0

14 Tallimarjon (Nishon) 1986 1525.0 1440,0

Jadvalma'lumotlari T.Tilovovning "Hayot ekologiyasi" monografiyasi asosida tuzilgan.

Chimqo'rg'on suv ombori 1963 yilda qurilgan bo'lib, 400 - 500 mln m3 suvni yig'ishga mo'ljallangan, 330 m3 suvni 1 daqiqada chiqarish imkoniyatiga ega. Bu suv omboridan olinayotgan suv bilan Qamashi Qarshi Koson Muborak Kasbi tumanlaridagi ekin maydonlarida sug'orish ishlari amalga oshirilmoqda. Chimqo'rg'on suv omboridan 50 yildan ortiq yillar davomida foydalanib kelinmoqda. Oqibatda o'tgan yillar davomida loyqa cho'kindilar suv tubida to'planib qoldi. To'plangan cho'kindi tarkibida o'simlik hayoti uchun zarur bo'lgan chirindi va mikroelementlar mavjud bundan tashqari chirindilar tarkibidagi organic qoldiqlarning chirishi suv tarkibida fenol singari zaharli birikmalarning paydo bo'lishiga va suv sifatining buzilishiga sabab bo'lishi mumkin.

1968 yilda G'uzor va Dehqonobod tumanlari hududida Pachkamar "Tog' dengizi" qurilgan va ishga tushirilgan. Bu suv ombori yiliga 260 mln kub metr suvni to'plash imkoniyatiga ega. Suv ombori ishga tushirilgach G'uzor tumani xo'jaliklaridagi ekin maydonlarini kengaytirish imkoniyati tug'ildi, shuning natijasida hosildorlik ham oshdi [3, 88-89 b].

Qamashi tumanida Qamashi suv ombori va Yangiqo'rg'on, Sho'rsoy, Galajar singari selxonalar qurildi.

Yakkabog' tumanida 3 mln kub metr suv sig'adigan No'g'ayli suv ombori qurib ishga tushirildi.

Viloyatimizdagi eng yirik Talimarjon suv ombori 1986 yilda foydalanish uchun topshirilgan. Uning suv to'plash imkoniyati 1525 mln kub metr suv bo'lib,Qarshi cho'lini suv bilan ta'minlaydigan eng asosiy suv havzasi hisoblanadi.

Hisorak suv ombori eng keyin - 1987 yildan qurilgan bo'lib, Shahrisabz tumani hududida Miroqi shaharchasining yuqori qismida joylashgan. 2010 yil kuzatuvlariga ko'ra suv ancha kamaygan atroflarida loyqa cho'kindilari ko'p yig'ilib qolganini ko'rish mumkin[1, 41 b].

1) Suvdan foydalanish mexanizmi bugungi sharoitda quyidagi elementlarni o'z ichiga oladi:

2) Suv va suv resurslaridan foydalanishning pullikligi;

3) Suvni muhofaza qilish faoliyatini iqtisodiy rag'batlantirish tizimi;

4) Suvni ifloslantirganlik uchun jarima to'lovi;

5) Suv va suv resurslaridan foydalanish bo'yicha suv omborlarida suvdan foydalanish bozor konyunkturasini vujudga keltirish;

6) Suvdan foydalanish bo'yicha davriy narxlarni takomillashtirish.

Xulosa. Qashqadaryo viloyati suv omborlarining geografik xususiyatlarini

o'rganish va viloyatimiz suv omborlaridan foydalanishning istiqbolli

yo'nalishlarini prognozlash hamda ulardan kelajakda foydalanish masalalarini tavsiflab berish ayni damda davr talabi hisoblanadi.

Bu maqsadga erishish uchun viloyatimizda quyidagi vazifalarni amalga oshirishimiz zarur:

1.mazkur mavzu yuzasidan muhim adabiyotlarni tahlil qilish [2,4];

2.Qashqadaryo viloyati suv omborlarining geografik va gidrografik xususiyatlarini hozirgi holatini o'rganish;

3.Tadqiqot davomida tekislik va tog' hamda tog'oldi suv omborlarining bugungi kundagi samaradorligini aniqlash;

4.Ilmiy-amaliy izlanishlar natijasida Qashqadaryo viloyati suv omborlaridan foydalanishning istiqbolli yo'nalishlarim prognozlash;

5.Qashqadaryo viloyati suv omborlaridan kelajakda foydalanishning geografik jihatlarini ilmiy asosda tavsiflash.

Foydalanilganadabiyotlar:

1. Tilovov T., Tilovova N. Hayot ekologiyasi. Qarshi: "Nasaf" NMIU, 2022. 292 b.

2. Shoto'rayev T., Baratov P. O'rta Osiyoning sun'iy ko'llari. - T.: "Fan", 1972.

3. Halimov R.H. G'uzor daryosi havzasining tabiati va ekologik muammolari // Geografiya fanining dolzarb nazariy va amaliy muammolari: Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. 2006 yil 24-25 noyabr. - Toshkent, 2006. 8889 b.

4. Husanxo'jayev Z.X. Gidrotexnika inshootlari. -T.: , 1978. - 432 b.

5. "O'zbekistonovozi" №20, 2022-yil 18 may, (32.714)

6. Shuls V.L., Masharipov R. "O'rta Osiyo gidrografiyasi" - T.: "O'qituvchi", 1969.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.