Научная статья на тему 'TOK O`SIMLIGI MIKROFLORASI VA UNING AHAMIYATI'

TOK O`SIMLIGI MIKROFLORASI VA UNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
149
26
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Vitis Vinifera / mikromitset / bakteriya / fitopatogen / Alternaria / Fusarium / Penicillium / Uncinula / Plasmopara / Pantoea / Bacillus / Pseudomonas

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Keldiyorov Xudoyor Otamurodovich, Turayeva Bahora Ismoilovna, Gozal Jumaniyozovna Qutliyeva, Zuxritdinova Nigora Yuldashevna, Maxkamov Amirjon Muxammad Ogli

Ushbu tadqiqotda 15 yillik plantatsiyalardagi tok (Vitis Vinifera L) o`simligi mikroflorasi o`rganildi. Tok mikroflorasini o`rganish maqsadida olib borgan tadqiqotimiz natijasida Alternaria, Fusarium, Penicillium, Vertisillium, Uncinula, Aspergillus, Culvularia, Plasmopara avlodlariga mansub bir qancha mikromitset shtammlari hamda Pantoea, Bacillus, Pseudomonas avlodiga mansub bakteriya shtammlarining sof kulturalari ajratib olindi. Aniqlangan mikromitsetlardan Alternaria alternata, Aspergillus niger, Uncinula necator va Plasmopara vitis tokda patogenlik qilib, kasallik keltirib chiqarishi aniqlandi. Shuningdek, Pantoea agglomerans va Bacillus megaterium shtammlarining fitopatogen mikromitsetlarga nisbatan antagonistik xususiyatga ega ekanligi aniqlandi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TOK O`SIMLIGI MIKROFLORASI VA UNING AHAMIYATI»

TOK OSIMLIGI MIKROFLORASI VA UNING AHAMIYATI 1Keldiyorov Xudoyor Otamurodovich, 2Turayeva Bahora Ismoilovna, 3Go"zal Jumaniyozovna Qutliyeva, 4Zuxritdinova Nigora Yuldashevna, 5Maxkamov Amirjon

Muxammad o'gTi

1Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat Universiteti professori 2OzRFA Mikrobiologiya instituti katta ilmiy xodimi, (PhD) 3,4OzRFA Mikrobiologiya instituti katta ilmiy xodimi, b.fn

5Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat Universiteti II- bosqich tayanch doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo. 8361715 Annotatsiya. Ushbu tadqiqotda 15 yillik plantatsiyalardagi tok (Vitis Vinifera L) o'simligi mikroflorasi o rganildi. Tok mikroflorasini o rganish maqsadida olib borgan tadqiqotimiz natijasida Alternaria, Fusarium, Penicillium, Vertisillium, Uncinula, Aspergillus, Culvularia, Plasmopara avlodlariga mansub bir qancha mikromitset shtammlari hamda Pantoea, Bacillus, Pseudomonas avlodiga mansub bakteriya shtammlarining sof kulturalari ajratib olindi. Aniqlangan mikromitsetlardan Alternaria alternata, Aspergillus niger, Uncinula necator va Plasmopara vitis tokda patogenlik qilib, kasallik keltirib chiqarishi aniqlandi. Shuningdek, Pantoea agglomerans va Bacillus megaterium shtammlarining ftopatogen mikromitsetlarga nisbatan antagonistik xususiyatga ega ekanligi aniqlandi.

Kalit so'zlar: Vitis Vinifera, mikromitset, bakteriya, fitopatogen, Alternaria, Fusarium, Penicillium, Uncinula, Plasmopara, Pantoea, Bacillus, Pseudomonas

Аннотaция. Аннотaция: В исследовании изучена микрофлора 15-летних насаждениях винограда вида (Vitis Vinifera L). В результате исследований из винограда выделены несколько штаммов микромицетов относящихся к родам Alternaria, Fusarium, Penicillium, Vertisillium, Uncinula, Aspergillus, Culvularia, Plasmopara а также бактерий принадлежащих к родам Pantoea, Bacillus и Pseudomonas. Выявлено, что микромицеты вида Alternaria alternata, Aspergillus niger, Uncinula necator и Plasmopara vitis являются патогенными, вызывающими заболевания винограда. Также отмечено, что штаммы Pantoea agglomerans и Bacillus megaterium обладают антагонистическими свойствами в отношении фитопатогенных микромицетов.

Ключевые слова: Vitis Vinifera, микромицет, бактерии, фитопатоген, Alternaria, Fusarium, Penicillium, Uncinula, Plasmopara, Pantoea, Bacillus, Pseudomonas

Abstract. In this research, was studied the microflora of grapes (Vitis Vinifera L) on 15-year-old plantations. As a result of our research on the study of the microflora of grapes, pure cultures of several strains of micromycetes belonging to the genera Alternaria, Fusarium, Penicillium, Vertisillium, Uncinula, Aspergillus, Culvularia, Plasmopara and strains of bacteria belonging to the genera Pantoea, Bacillus and Pseudomonas were obtained. Among the identified micromycetes Alternaria alternata, Aspergillus niger, Uncinula necator and Plasmopara vitis were found to be pathogenic and cause disease in vines. Also it was found that strains of Pantoea agglomerans and Bacillus megaterium have antagonistic properties against phytopathogenic micromycetes.

Keywords: Vitis Vinifera, micromycete, bacteria, phytopathogen, Alternaria, Fusarium, Penicillium, Uncinula, Plasmopara, Pantoea, Bacillus, Pseudomonas

Ilm-fanning rivojlanishi osimliklardan mikroorganizmlarni ajratib olish, ko'paytirish, mikroorganizmlar metabolizmini hamda hayotiy jarayonlarni tadqiq qilish, shuningdek, miroorganizmlarni o'simlik tanasida sodir boladigan fiziologik, biokimyoviy jarayonlarga ta sirini o rganish imkoniyatini paydo qildi. Osimlik mikroflorasi osimlikning o sish-rivojlanishi va moddalar almashinuviga bevosita tasir ko'rsatadi. Osimlik tanasidagi epifit yoki endofit mikroorganizmlar ularga simbiotik yoki antagonistik tasir etadi. Ilmiy manbaalarda keltirilishicha tok o'simligi 500 dan ortiq fitopatogen mikroorganizmlar bilan zararlanadi. Ushbu mikroorganizmlarning asosiy guruhlariga bakteriyalar, mikromitsetlar, aktinomitsetlar, viruslar kiradi [1]. Tok mikroflorasini tadqiq qilish o simlikdagi fitopatogenlar qo zgatadigan kasalliklarni oldini olish, undagi hayotiy jarayonlarga faol tasir qilish orqali uzumchilik plantatsiyalarida shakllangan hosil elementlarini saqlab qolishga imkon beradi. Hozirda Respublikamiz hududida 120 ming gektardan ortiq uzumzorlar mavjud bo lib, ularda davlat reestriga kiritilgan "Husayni", "Qora go'zal", "Qora janjal", "Hiloliy", "Pushti toyifi", "Sohibi", "Parkent", "Risling", "Istiqlol", "Qora kishmish", "Oq kishmish", "Saperavi", "Soyaki", "Sulton", "Ozbekiston muskati", "Venger muskati", "Rizamat", "Jorauzum" kabi 50 xil tok navlari yetishtiriladi [2]. Tok fitopatogenlar tomonidan kuchli zararlanuvchi o'simlik hisoblanadi. So'ngi yillarda mintaqamizda tok kasalliklari keng tarqalib, tokning yuqumli kasalliklariga qarshi kurashning samarali yo'llarini ishlab chiqish mikrobiologiya va biotexnologiya fani oldida turgan dolzarb muammoga aylandi. Tokning fitopatogenlar bilan zararlanishi uning o sish va rivojlanishiga salbiy tasir etadi va mahsulot sifatining buzilishi hamda hosildorlikning keskin kamayib ketishiga olib keladi. Fitopatogenlar tok hosildorligini 25-70% gacha, hattoki, ayrim hollarda hosilning butunlay nobud bo lishiga olib keladi. Tokda oidium yoki un-shudring (Uncinula necator), soxta un-shudring yoki mildyu (Plasmopara vitícola) antraknoz (Gloeosporium ampelophagum), tserkosporoz (Cercospora vitis), kulrang chirish (Botrytis cinerea), qora chirish (Phoma lenticularis), chipor nekroz (Rhacodiella vitis), tok ildiz bo'g'zining bakterial raki (Bacterium tumefaciens) kasalliklari ko'p uchraydi [3]. Tok kop yillik osimlik bo lib, fitopatogenlar bilan zararlanishi doimiy kuzatiladi. Oldingi yillardan qolgan o simlik qoldiqlari, tuproq va shamol orqali ftopatogenlarning yuqishi amalga oshadi. Patogen o simlikka shikastlangan novdasi, bargi, ildizi hamda barg ogizchalari orqali yuqadi [4].

Tadqiqot usullari: Urgut tumani togoldi hududida joylashgan ko'p yillik tok plantatsiyalaridagi o'simlikning turli organlaridan namunalar steril holatda olindi va 3% li H2O2, distillangan steril suv bilan tozalandi. Bunda namunalar 10 daqiqa davomida H2O2 bilan ishlov berilgach, steril suvda 10 martagacha tozalandi. Tayorlangan namunalar petri idishlariga go'sht-pepton (GPA), chapek, kartoshka dekstroza (KDA) solingan agarli ozuqa muhitlariga (pH 6,5 -6,8) ekildi va 280 C haroratli termostatga qo yildi. 5-6 kunlik hosil bo'lgan mikroorganizmlar koloniyalaridan mikrobiologiyada umum qabul qilingan qayta ekish usuli orqali toza izolyatlar ajratib olindi.

Tadqiqot natijalari: Samarqand viloyati Urgut tumani togoldi hududlarida tashkil qilingan 15 yillik tok plantatsiyalaridagi o'simliklar organlaridan namunalar olindi. Ajratib olingan mikroorganizm izolyatlarining morfologik xususiyatlari asosida Berji aniqlagichi va MALDI-TOF usulida identifikatsiya qilindi. Tadqiqot davomida tokning turli organlaridan 76 xil mikromitset shtammlari ajratib olindi (1-rasm). Hozirgi kunda 100 ming tur zamburug atroflicha o rganilgan bo'lib, shulardan 15 mingga yaqin mikromitsetlar osimliklarda turli xil kasalliklarni keltirib chiqarishi aniqlangan [5]. Mikromitsetlar rivojlanish fazasining turli bosqichlarida har xil

metabolitlar sintezlaydi [6;7]. Ushbu metabolitlar mikromitsetning hayotiy siklida muhim ahamiyatga ega bo'lmaydi. Ular xo'jayin organizmining hujayralariga toksik ta'sir ko'rsatadi [8;9]. Tadqiqotlarda Fusarium, Aspergillus, Penitsillium, Alternaria, Vertisillium, Uncinula, Aspergillus, Culvularia, Plasmopara avlodlariga mansub bolgan mikromitset shtamlari; Bacillus, Carnobacterium, Pantoea, Pseudomonas avlodlariga mansub bakteriya shtamlari aniqlandi. 15 -yillik tok plantatsiyalaridan olingan namunalarda Aspergillus avlodiga mansub fitopatogen zamburug' - Aspergillus niger shtammi dominantlik qilishi aniqlandi.

1-rasm. Tokdan namunalar olish va mikroflorasini aniqlash

Alternaria avlodiga mansub mikromitsetlar turli osimliklarda ildiz chirishi, barg deformatsiyasi, po'stloqning dog'li yemirilishi, kukunli chirishga sabab bo'ladi. Tokda alternarioz kasalligini keltirib chiqaradi. Alternarialar rivojlanishining turli bosqichlarida Brefeldin A, Tenuazon kislotasi, Kurvularin, Tentoksin, Zinniol kabi quyi molekulyar toksik birikmalarni sintezlaydi. Ushbu toksinlar xo'jayin organizm hujayrasining turli organoidlarini zararlaydi [10;11]. Tadqiqotimizda tok o'simligidan Alternaria avlodiga mansub bo'lgan mikromitsetlar ajratib olindi. Alternaria alternata mikromitsit shtammi Aflatoxin va Fumonisin mikotoksinlarini hosil qiladi va o'simlikni zararlaydi [12]. Tadqiqotlarda aniqlangan Alternaria alternata tokda alternarioz kasalligini keltirrib chiqaradi. Kasallikning dastlabki belgilaridan biri barg plastinkasi va yashil novdalarda dumaloq yoki ovalsimon bo'lgan, to'q jigarrangdan qoramtir rangacha bo'lgan dog'larning paydo bo'lishi hisoblanadi. Alternarioz o'simlikning jiddiy zararlanishi, hosilning yo'qotilishi, o'simlikning nobud bo'lishigacha olib keladi. Tadqiqotimizda Aspergillus avlodiga mansub Aspergillus niger shtammi aniqlandi (2-rasm). Bu mikromitset tashqi muhitga Okratoksin, Fumonosin B2, Oksalat kislota, Malformin A va Malformin C larni sintezlab, o'simlikning yerosti va yerusti organlarida turli deformatsiyalar va chirish kasalliklariga sabab bo'ladi. Aspergillus niger tokda kukunli chirish kasalligini keltirib chiqarishi aniqlangan. Shuningdek, so'ngi yillarda yurtimizdagi tok plantatsiyalariga kuchli zarar yetkazayotgan Plasmopara viticola shtammi ham ajratib olindi. Plasmopara viticola havo harorati 25-28 0C, nisbiy namligi 60-70% bo'lganda shamol yordamida juda tez tarqaladi. P. viticola bilan kuchli zararlanishning oldi olinmasa, tok plantatsiyalaridagi butun hosilning tokilib ketishiga sabab

bo ladi. Havo haroratining 25 - 300 C bo lishi va namlikning yuqori bo lishi Plasmopara, Alternaría, Aspergillus avlodlariga mansub mikromitsetlarning rivojlanishi uchun juda qulay hisoblanadi. Bu mikroorganizmlar shamol orqali tez tarqalib o simliklarning barg og izchalari va shikastlangan qismlari orqali o simlik tanasiga yuqadi. Tadqiqotlarimiz davomida ajratib olingan mikroorganizmlarni o rganish natijasida ularning kopchiliklari kasallik keltirib chiqarishi, ayrimlari esa tokning o'sish va rivojlanishiga ijobiy tasir qilishi aniqlandi.

2-rasm. Aspergillus niger mikromitset shtammining koloniyasi va mikroskopik ko'rinishi

Osimlikning yuqumli kasallik bilan zararlangan qismida fitopatogen bo lishi bilan birga uning antagonistlari ham uchrashi mumkin. Tadqiqotimizda tokdan ajratib olingan Pantoea agglomerans shtamining ham aynan shunday xususiyatga ega ekanligi ilmiy adabiyotlardan aniqlandi va laboratoriya tajribalarimiz davomida tasdiqlandi [13].

Xulosa: Tok (Vitis Vinifera L.) ning normal o sish va rivojlanishi atrof muhitning ko pgina omillari tasiri ostida boladi. So'ngi yillarda, tokning o'sish-rivojlanishi jarayonlari hamda uzumzorlarning hosildorligiga mikroorganizmlarning tasiri kuchayib bormoqda. Tadqiqotimiz mamlakatimizda tokda kasallik keltirib chiqarib, qishloq xo jaligiga zarar keltiruvchi mikroorganizmlar va ularga qarshi kurash vositalarini ishlab chiqish uchun tokning mikroflorasini o'rganishga qaratilgan. Kop yillik o'simlik bo'lganligi, to'kilgan barg va zararlangan qismlarining daladan toliq chiqarib yuborilmasligi sababdan tok kasalliklarga kop chalinadi. Hozirgi kunda tokdan ekologik toza, yuqori sifatli mo l hosil olish hamda tok plantatsiyalarini yuqumli kasalliklardan ishonchli himoya qilish maqsadida tok mikroflorasini doimiy ravishda o'rganib - tahlil qilib borish, xavfli kasallik qo'zgatuvchilarini va ularga qarshi kurashuvchi istiqbolli mikroorganizm shtammlarini topish muhim vazifa hisoblanadi.

REFERENCES

1. Kuylibaev I.T., Arzumanov A.Sh., Xasanov X., Abdumuxtorov S. Tokzorlarda yil fasllarida o'tkaziladigan asosiy ishlar va tok kasalliklariga qarshi kurash choralari// Tavsiyanoma, Toshkent. 2019-y. 7-9. №.180. B.183-189.

2. O zbekiston Respublikasi qishloq xo jaligi vazirligi. O zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo'jalik ekinlari davlat reestri// 2022-y. - Toshkent. B. 63-64

3. O'zvinsanoat-Xolding. Tok kasalliklari, zararkunandalari va ularga qarshi kurash// Tavsiyanoma, Toshkent. 2013-y. B.3-32.

4. Bakhora I. Turaeva, Azamjon B. Soliev, Husniddin K. Karimov, Nodira S. Azimova, Guzal J.Kutlieva, Khurshida M. Khamidova,. Nigora Y. Zuxritdinova. Ozbekistonda sitrus

o'simliklarda kasallik qozg'atuvchi fitopatogen mikromitsetlar// Pokiston. J. Fitopatologiya. -2021-y. -V. 33. -№.02. B: 383-393.

5. Maharshi, A. R., and Thaker, V. S. (2012). Fitopatogen zamburug'larning muayyan sharoitda o'sish va rivojlanishi//Yevropa eksperimentalbiologiya jurnali. 2012-y.2-son. B: 44-54. Online: http://www.imedpub.com

6. Berestetskiy, A. O. Zamburug' fitotoksinlari tahlili: asosiy tadqiqotlardan amaliy foydalanishgacha// Mikrobiologiya amaliy biokimyosi. 2008-y. 44-son. B: 453-465.

7. Meena, M., Prasad, V., Zehra, A., Gupta, V. K., and Upadhyay, R. S. Stressli sharoitda fitopatogen zamburug' - xo'jayin munosabatlarida mannitol metabolizmi//Front. Mikrobiologiya. 2015-y. 6-son. B: 1019-1026.

8. Stergiopoulos, I., Collemore, J., Mehrabi, R., and De Wit, P. J. G. M. Fitopatogen Dothideomycete zamburug'i hosil qilgan ftotoksik peptidlar va ikkilamchi metabolitlar//FEMS Mikrobiologik tahlil. 2013-y. 37-son. B: 67-93.

9. Pusztahelyi, T., Holb, I. J., and Pocsi, I. Zamburug' - o'simlik munosabatlarida ikkilamchi metabolitlar// Front. O'simlikshunoslik. 2015-y. 6-son. B:573.

10. Thomma, B. P. (2003). Alternaria spp.: umumiy saprofitdan maxsus parazitgacha. Molekulyaro'simlik patologiyasi. 2003 -y. 4-son. B: 225-236.

11. Meena, M., Prasad, V., and Upadhyay, R. S. Alternaria alternata va uning metabolitlari bilan kasallangan pomidor barglaridagi biokimyoviy o'zgarishlarni baholash. //Hindiston qishloq xo'jaligi jurnali.2017-y. 2-son. B: 1019-1026.

12. Lorenzo Covarelli., Laura Tosi., Giovanni Beccari. O'rta yer dengizi hududida uzum, vino va boshqa mahsulotlarda uchrovchi zamburug' turlari va mikotoksinlar mavjudligi bilan bog'liq xavfar//2015-y. B: 563-373.

13. B.I.Turaeva, G.J.Kutlieva, N.Y.Zuhritdinova, X.F.Kamolova, A.Maxkamov. Tokdan ajratib olingan bakteriyalarning uzum fitopatogen mikromitsetlariga nisbatan antifungal xususiyatlari// SamDU ilmiy axborotnomasi. 2023-y 1-son. B: 131-135.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.