Научная статья на тему 'TOKDAN AJRATILGAN ISTIQBOLLI BAKTERIYALARNING DUKAKLI EKINLAR URUG’INING UNUVCHANLIGIGA VA ILDIZ UZUNLIGIGA TA'SIRI'

TOKDAN AJRATILGAN ISTIQBOLLI BAKTERIYALARNING DUKAKLI EKINLAR URUG’INING UNUVCHANLIGIGA VA ILDIZ UZUNLIGIGA TA'SIRI Текст научной статьи по специальности «Сельское хозяйство, лесное хозяйство, рыбное хозяйство»

CC BY
46
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tok o’simligi / mosh / loviya / Pantoea agglomerans / Priestia megaterium / bacteria kultural suyuqligi.

Аннотация научной статьи по сельскому хозяйству, лесному хозяйству, рыбному хозяйству, автор научной работы — Turayeva Bahora Ismoilovna, Jalolova Bahora Shuhrat Qizi, Abdusamatov Sohibjon Abdusamatovich

Tadqiqotimizdan asosiy maqsad 1 yillik va 3 yillik tok o’simliklari orasiga yerdan unumli foydalanish maqsadida dukkakli o’simliklarni yetishtirish bo‘yicha tadqiqotlar olib borildi. Labarator sharoitda Vigna radiata va Phaseolus vulgaris o’simligi ildiz unub chiqishiga Pantoea agglomerans va Priestia megaterium shtammlarining bakterial suspenziyalari ta’siri аниқланди. Har bir bakterial suspenziya 1/50;1/100 va 1/200 nisbatlarda suyultirildi. Bacterial suyuqlik bilan urug’larga ishlov berildi. 3-kun mobaynida ildiz hosil qilishi tahlil qilindi. Pantoea agglomerans bakteriya shtammining 1/100 nisbatda suyultirilgan kultural suyuqligi ta’sir ettirilganda urug‘larning 100 % unishi va ildiz uzunligi o’rtacha 7,4 sm ni tashkil etdi. Loviya ildizi 1/100 suyultirilgan kultural suyuqligi ta’sir ettirilgan variantda o’rtacha ildiz uzunligi 4,7 sm ni tashkil qildi. Priestia megaterium shtammining 1/100 nisbatdagi suyultirilgan kultural suyuqligi mosh urug’larining o’rtacha ildiz uzunligi 6,7 sm ni, loviya urug’ining o’rtacha ildiz uzunligi 4,25 sm ekanligi aniqlandi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TOKDAN AJRATILGAN ISTIQBOLLI BAKTERIYALARNING DUKAKLI EKINLAR URUG’INING UNUVCHANLIGIGA VA ILDIZ UZUNLIGIGA TA'SIRI»

TOKDAN AJRATILGAN ISTIQBOLLI BAKTERIYALARNING DUKAKLI EKINLAR URUG'INING UNUVCHANLIGIGA VA ILDIZ UZUNLIGIGA TA'SIRI 1Turayeva Bahora Ismoilovna, 3Jalolova Bahora Shuhrat Qizi, 2Abdusamatov Sohibjon

Abdusamatovich

1O'zRFA Mikrobiologiya instituti katta ilmiy xodimi, PhD

2O'zMU Biologiya fakulteti katta o'qituvchisi, PhD 3O'zMU Biologiya fakulteti II- bosqich tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.8354080

Annotatsiya. Tadqiqotimizdan asosiy maqsad 1 yillik va 3 yillik tok o'simliklari orasiga yerdan unumli foydalanish maqsadida dukkakli o'simliklarni yetishtirish bo'yicha tadqiqotlar olib borildi. Labarator sharoitda Vigna radiata va Phaseolus vulgaris o'simligi ildiz unub chiqishiga Pantoea agglomerans va Priestia megaterium shtammlarining bakterial suspenziyalari ta'siri аницланди. Har bir bakterial suspenziya 1/50;1/100 va 1/200 nisbatlarda suyultirildi. Bacterial suyuqlik bilan urug'larga ishlov berildi. 3-kun mobaynida ildiz hosil qilishi tahlil qilindi. Pantoea agglomerans bakteriya shtammining 1/100 nisbatda suyultirilgan kultural suyuqligi ta'sir ettirilganda urug'larning 100 % unishi va ildiz uzunligi o'rtacha 7,4 sm ni tashkil etdi. Loviya ildizi 1/100 suyultirilgan kultural suyuqligi ta'sir ettirilgan variantda o'rtacha ildiz uzunligi 4,7 sm ni tashkil qildi. Priestia megaterium shtammining 1/100 nisbatdagi suyultirilgan kultural suyuqligi mosh urug'larining o'rtacha ildiz uzunligi 6,7 sm ni, loviya urug'ining o'rtacha ildiz uzunligi 4,25 sm ekanligi aniqlandi.

Kalit so'zlar: Tok o'simligi, mosh, loviya, Pantoea agglomerans, Priestia megaterium, bacteria kultural suyuqligi.

Аннотация. Основной целью исследований явилось выращивание зернобобовых растений на эффективных почвах между 1-летними и 3-летними растениями винограда. В условиях лаборатории изучено влияние бактериальных суспензий штаммов Pantoea agglomerans и Priestia megaterium на прорастание корней маша и фасоли. Семена обрабатывали бактериальной жидкостью при разведении в соотношении 1/50, 1/100 и 1/200. На 3-й день роста анализировали корнеобразование. В разведении культуральной жидкости штамма Pantoea agglomerans 1/100 всхожесть семян фасоли и маша составила 100%, а средняя длина корней 7,4 см. При этом средняя длина корня фасоли в разведении 1/100 составила 4,7 см. Отмечено, что культуральная жидкость штамма Priestia megaterium разбавленная в соотношении 1/100 имело среднюю длину корня маша в размере 6,7 см и 4,25 см для семян фасоли.

Ключевые слова: растения винограда, Pantoea agglomerans, Priestia megaterium, Phaseolus vulgaris, Vigna radiata, бактериальная суспензия.

Abstract. The main goal of the research was to grow leguminous plants on effective soils between 1-year-old and 3-year-old grape plants. The effect of bacterial suspensions of Pantoea agglomerans and Priestia megaterium strains on the germination of mungbean and bean roots was studied in the laboratory. Seeds were treated with bacterial liquid at dilutions of 1/50, 1/100 and 1/200. On the 3rd day of growth, root formation was analyzed. In a 1/100 dilution of the cultural liquid of the Pantoea agglomerans strain, the germination of bean and mung bean seeds was 100%, and the average root length was 7.4 cm. At the same time, the average length of the bean root in a 1/100 dilution was 4.7 cm. It was noted that the cultural liquid strain Priestia

megaterium diluted in a ratio of 1/100 had an average mung bean root length of 6.7 cm and 4.25 cm for bean seeds.

Keywords: grape plant, gruel, beans, Pantoea agglomerans, Priestia megaterium, Phaseolus vulgaris, Vigna radiate, bacterial suspension.

Mamlakatimizda keyingi yillarda qishloq xo'jaligi ekinlari urug'chiligiga katta e'tibor berilib kelinmoqda jumladan, O'zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan 2019 yil 16 fevralda O'RQ-521-sonli yangi tahrirda "Urug'chilik to'g'risida"gi Qonunini qabul qilinishi orqali mazkur sohada ko'pgina qonun osti normativ-huquqiy hujjatlar tartibga solindi. Shu jumladan, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 12 oktyabrdagi "Qishloq xo'jaligi ekinlari urug'chiligiga oid ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to'g'risida"gi 641-son Qarori qabul qilinib urug'chilik sohasida ko'pgina mexanizmalar belgilab berildi. Dukkakli ekinlarni etishtirish tuproqqa azot qo'shishning arzon va qulay usuli hisoblanadi. Ularning almashlab ekishga kiritilishi sintetik azotli o'g'itlardan kamroq foydalangan holda keyingi ekinlarni yetishtirish uchun qulay sharoit yaratadi [1]. Yashil o'simliklar azot bilan oziqlana olmaydi, uni sof shaklda atmosfera havosidan yoki tuproqdan o'zlashtiradi. Denitrifikator bakteriyalar organik birikmalardan azot ajratib oladi va uni sof atmosfera azotiga aylantiradi. Bundan farqli o'laroq, azotni biriktiruvchi mikroorganizmlar, asosan bakteriyalar, atmosfera havosini organik birikmalar bilan bog'laydi va uni o'simliklar uchun yetkazib berishi hisobiga tabiatdagi azot muvozanati saqlanadi [4]. Tugunakli bakteriyalar azot hosil qiluvchi bakteriyalarning eng ko'p o'rganilgan guruhlaridan biridir. Odatda, tugunak bakteriyalari tuproqda erkin mavjud bo'lib, ularning miqdori qishloq xo'jaligida etishtirishdan oldingi tuproq turiga va tabiatiga bog'liq. Erkin holatda, ya'ni tuproqda bo'lganida, bu bakteriyalar guruhi atmosferadagi azotni biriktira olmaydi, lekin bog'langan azotdan foydalanadi. Azot saqlovchi bakteriyalar va dukkakli o'simliklar o'rtasida simbiozni o'rnatish har bir dukkakli o'simliklar uchun asosiy muammo hisoblanadi. Tabiiy yo'l bilan bir qatorda, azotni biriktiruvchi bakteriyalarning tegishli shtammi bilan urug'larni emlash orqali katta miqdorda biologik azot fiksatsiya ishlab chiqarilishi mumkin. Dukkakli o'simliklarning urug'lik mahsuldorligini o'rganish orqali respublikada bog'dorchilikni rivojlantirish, jumladan, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashda salmoqli yutuqlarga erishib kelinmoqda [4-5]. Azot fiksatori yoki azot saqlovchi bakteriyalar deb ataladigan ba'zi bakteriyalar N2 ni azot o'z ichiga olgan birikmalarga aylantirish uchun noyob qobiliyatga ega. Azot fiksatsiyasi ko'plab bakteriyalar va siyanobakteriyalar sintez qilinadi. Ular tuproqda yoki dukkakli o'simliklar ildizida, hayvonlarning bir nechta turlari bilan simbiozda yashaydilar [6]. Strukturaviy elementlarning ko'rsatkichlari qanchalik yuqori bo'lsa, unumdorlik shunchalik yuqori bo'ladi. Dukkaklilar oilasiga mansub o'simliklar (Fabaceae) ildizlarida shunday bakteriyalarni o'z ichiga oladi. Erkin yashovchi azot biriktiruvchi mikroorganizmlarning tipik vakili havodagi azotini fiksatsiya qiluvchi gram-manfiy bakteriya Azotobacter hisoblanadi. Azotni biriktiruvchi mahsulotlar ammiak (NH3) va nitritlardir [7]. Ma'lumki, tabiatda biologik azot fiksatsiyasi oqsil hosil bo'lishi va o'simliklar o'sishi uchun zarur bo'lgan reaktiv azotning ko'p qismini ta'minlaydi. Dukkaklilar azotni tuproqda ushlab turishini hisobga olsak, biologik azot fiksatsiya jarayoni dukkakli ekinlarni o'stirish va etishtirishda va ikkilamchi oraliq o'simliklarni rivojlantirishda muhim o'rin egallaydi [8]. Dukkakli o'simliklar tomonidan azot fiksatsiyasi ularning azot biriktiruvchi bakteriyalar bilan simbiozi tufayli sodir bo'ladi. Simbiotik azot fiksatsiyasi dukkakli o'simliklarning ildizlarini kolonizatsiya qiluvchi rizobium turlarining bakteriyalariga xosdir [7].

Mosh, loviya mamlakatimizning barcha hududlarida birlamchi va ikkinchi darajali maydonlarga ekilgan. Bu ekin almashlab ekish tizimidagi barcha ekinlar uchun eng yaxshi dukkakdoshlar hisoblanadi. Ma'lumki, mamlakatimizda yetishtiriladigan mosh, loviya, no'xat, kabi dukkakli ekinlar havodan atmosfera azotini fiksatsiya qilishda samarali ahamiyatga ega. Barcha dukkaklilar ekishdan oldin urug'larni namlab ekishni talab qiladi. Mosh ko'pdan beri ekilganligi uchun tuproqda havodan azotni fiksatsiya qiluvchi tabiiy bakteriyalar mavjud bo'lib, o'simliklaming zichligiga qarab ularda o'rtacha 80 -120 kg/ga toza azot hosil bo'ladi [9]. Ushbu tadqiqotning maqsadi tok orasiga oraliq ekin sifatida ekiladigan loviya va mosh o'simligining urug' unuvchanligiga, ildiz hosil qilishiga hamda ildiz uzunligiga tokdan ajratib olingan bakteriyalar kultural suyuqligining ta'sirini aniqlashdan iborat.

Materiallar va tadqiqot usullari: Pantoea agglomerans va Priestia megaterium bakteriya shtammlarining 1/50; 1/100 va 1/200 nisbatdagi suyultirilgan kultural suyuqligi bilan ishlov berilgan, namli kameralarga joylashtirilgan (Vigna radiata, Phaseolus vulgaris) mosh va loviya urug'lari 28 0 C termostatga 72 soatga qoldirildi. Tadqiqot uchun sterillangan suv, pipetka, filtr qog'ozlar joylashtirilgan petri chashkalari kerak bo'ladi.

Tadqiqot natijalari. Mosh va loviya urug'lari distillangan suv va H2 O2 bilan tozalandi. Mosh urug'i 30 min va loviya urug'i 60 min davomida bakteriyalarning 1/50; 1/100 va 1/200 nisbatdagi suyultirilgan kultural suyuqligiga ivitildi. Steril namli kameralarga mosh urug'i 10 dona va loviya urug'i 8 donadan joylashtirildi. 28 0 C haroartdagi termostatga qo'yildi va 72 soatdan so'ng dukkakli ekinlarning o'rtacha ildiz hosil qilishi tahlil qilindi.

I-jadval

Mosh va loviya urug'larinishiga ildiz uzunligiga Pantoea agglomerans va P. megaterium bakteriya shtammlarining 1/50; 1/100 va 1/200 nisbatdagi suyultirilgan kultural suyuqligining ta'siri

Mosh Loviya

Ildiz Ildiz

Tajriba variantlari Unuv Barg hosil uzunligi (sm) Unuv Barg hosil uzunligi (sm)

№ chanligi bo'lishi chanligi bo'lishi

1 Nazorat (suv) 4 - 4,5 1 - 2,5

2 P.agglomerans (1/50) 10 + 5,6 8 - 4,7

3 P.agglomerans (1/100) 9 + 8,2 7 + 4,3

4 P.agglomerans (1/200) 9 + 7,4 5 - 4

5 Nazorat (suv) 4 - 3,5 1 - 2,5

6 P. megaterium (1/50) 9 + 5,7 8 - 4,25

7 P. megaterium (1/100) 10 + 6,7 6 - 5,1

8 P. megaterium (1/200) 10 + 4,3 8 - 4,5

Birinchi kunda mosh urug'larining yetilishi va loviya uruglarining qobig'i kech ochilishi kuzatildi. Mosh urug'larida P.agglomerans bakteriya shtammining 1/100 nisbatdagi suyultirilgan kultural suyuqligi qo'llaniganda o'rtatacha ildiz uzunligi 8,2 sm,ni tashkil etdi va eng yuqori unuvchanlik aniqlandi. P.agglomerans bakteriya shtammining 1/50 nisbatdagi suyultirilgan

konsentratsiyasi tasirida moshning ildiz uzuligi 5,6 sm ni tashkil qildi. P.agglomerans bakteriya shtammining kultural suyuqligi ta'sirida dukakli ekinlar urug'larining unuvchanligi, ildiz hosil qilishi va barg plastinkalari hosil bo'lishi kuzatildi. Loviya uruglariga P.agglomerans bakteriya shtammining 1/100 nisbatdagi suyultirilgan kultural suyuqligi qo'llanilganda o'simlikning o'rtacha ildiz uzunligi 4,7 sm, 1/50 nisbatdagi suyultirilgan konsentratsiyasi tasir ettirilganda 4,3 sm va barg plastinkalari rivojlanishi kuzatildi, 1/200 nisbatdagi suyultirilgan konsentratsiyasi tasirida ildiz uzunligi 4sm ni tashkil qildi.

1-rasm. P.agglomerans bakteriya shtammining 1/100 nisbatdagi suyultirilgan kultural suyuqligining mosh va loviya urug'larining unuvchanligiga ta'siri (3-kun). A-nazorat (suv), B- P.agglomerans bakteriyal suyuqligi (1/100).

Nazoratga nisbatan tajriba variantlarida Mosh va Loviya uruglarining faol ildiz hosil qilishi kuzatildi. P. megaterium bakteriya shtammining 1/100 nisbatdagi suyultirilgan konsentratsiyasi tasirida moshning ildiz uzuligi 6,7 sm ni tashkil etdi va yuqoti unuvchanlik aniqlandi. 1/50 va 1/200 nisbatdagi suyultirilgan bakterial suyuqlik ta'sirida moshning ildiz uzunligi 4,3 va 5,7 sm ni tashkil etdi. Loviya urug'lari 1/100 nisbatdagi suyultirilgan bakterial suyuqlik ta'sirida yuqori unuvchanligi va ildiz uzunligi 5,1 sm ni tashkil etdi. 1/50 va 1/200 suyultirishdagi suspenziya qo'llanilganda ildiz uzunligi 4,25-4,5 sm ni tashkil etdi. Nazorat variantlarida mosh va loviya uruglarining ildiz uzunligi 3,5 va 2,5 sm bo'lishi tajriba variantlariga nisbatan 1,6 va 2,6 sm kalta usuvchanligi aniqlandi.

Xulosa. Dukkakli ekinlar urug'larining unub chiqishiga P. megaterium va P.agglomerans bakteriya shtammlarining 1/100 nisbatdagi suyultirilgan Kultural suyuqligi ta'sir ettirilganda urug'larning faol 100 % unib chiqishi aniqlandi. Dukkakli o'simliklarni ildizi tuganak hosil qilib tuproqdagi mikroorganizmlar bilan simbioz yashaydi, 1-3 yillik tok plantatsiyalari rivojlanishi va hosildorlikni oshirish maqsadida, oraliq maydonga dukkakli o'simliklarni ekish va tatbiq qilish ucun laboratoriya tadqiqotlariolib borildi. Dukkakli ekinlarni ko'p yillik o'simliklar bilan birga ekilishi havodagi erkin azotni o'zlashtirishga katta ta'sir ko'rsatadi. O'simliklar o'sishi va rivojlanishi katta ahamiyatga ega. Tokdan ajratib olingan bakteriyalar asosida plantatsiyalardagi oraliq ekinlarga ishlov berish o'simliklarni rivojlanishini kuchaytirishi va tuproq holatini foydali mikroflora bilan boyitishi mumkin. Dukkakli o'simliklarni boshqa madaniy o'simliklar bilan almashlab ekish yerni azotga bo'lgan talabini qondirib beradi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha "Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi PF-4947-sonli Farmoni.

2. Walid Janati, Karima Mikou, Lahsen El Ghadraoui, Faouzi Errachidi. Growth stimulation of two legumes (Vicia faba and Pisum sativum) using phosphate-solubilizing bacteria inoculation // Frontiers in Microbiology. V.14 y 2023 p 1-14.

3. Abdukarimov D.T. Dalaekinlarxususiyseleksiyasi. "N.Doba" XT matbaa. Toshkent. 2007, 482 b.

4. Abdukarimov D.T. Donli ekinlar seleksiyasi va urug'chiligi. "N.Doba"XT matbaa, Toshkent, 2010, 301 b.

5. Khourchi S., Elhaissoufi W., Loum M., Ibnyasser A., Haddine M., Ghani R. Phosphate solubilizing bacteria can significantly contribute to enhance P availability from polyphosphates and their use efficiency in wheat // Microbiological Research. V.262 y 2022. P 1-9.

6. Байбурина Э.В., Фазлутдинова А.И. Влияние салициловой кислоты на растения (теоретические аспекты) // Молодой ученый. - 2015. - №7 (87). - С. 233-234.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.