DIAZOTROF VA ENTOMOPATOGEN MIKROORGANIZMLARNI GO ZA NAVINING BIOMETRIK KORSATKICHLARIGA TASIRI 1Aliyev Zafar, 2Abdullayev Anvar, 3Xalilov Ilxom, 4Safarov Husniddin, 5Boboqulov
Murodali
O'zR FA Mikrobiologiya instituti https://doi.org/10.5281/zenodo.8358940
Annotatsiya. G'o'zaning C-6524 naviga biostimulyator xususiyatiga ega bakteriyalar hamda sianobakteriya shtammlarining ta'sir o'rganildi. Bunda sianobakteriya N. calcicola 32 va bacteriya A. chroococcum 44, A. brasilense 4-13, B. subtilis СКБ256, B. thuringiensis 93, B. thuringiensis 1фо shtammlarini g'o'za osimligi o'sishi va rivojlanishiga ta'siri tahlil qilindi. Tadqiqotda keltirilgan sianobakteriya hamda bakteriyalarning faoliyati natijasida g'o'zaning biometrik ko'rsatkichlari taqqoslanib organilganda nazoratga nisbatan ildiz va poya biomassasi va uzunligi ortganligi qiyosiy tahlil qilindi. Organilgan mikroorganizm shtammlari orasida N. calcicola 32 g o yzapoyasini nazoratga nisbatan 7,5 sm, B. subtilis CKB256 shtammi ildiz uzunligini nazoratga nisbatan 11,2 sm ga oshirgan. G'o'za o simligining poya biomasssasiga o rganilgan shtammlar orasidan nazoratga nisbatan eng faol B. subtilis СКБ256-3,13 marta, A. chroococcum 44 shtammi esa - 2,9 marta ko p hosil qilgan. Ildiz biomassasini nazoratga nisbatan A. chroococcum 44 shtammi -2,9 marta va B. thuringiensis 93 shtammi esa 1,31 martaga oshirganligi aniqlandi.
Kalit so'zlar: C-6524 navi, g'o'za, biostimulyator, poya, ildiz, biomassa, bakteriya, sianobakteriya
Abstract. The effect of biostimulant bacteria and cyanobacterial strains on cotton variety C-6524 was studied. In this case, cyanobacterium N. calcicola 32 and bacteria A. chroococcum 44, A. brasilense 4-13, B. subtilis CKB256, B. thuringiensis 93, B. thuringiensis 1fo strains affect the growth and development of cotton plants was analyzed. As a result of the activity of cyanobacteria and bacteria mentioned in the study, when the biometric indicators of cotton were compared, it was comparatively analyzed that the biomass and length of the root and stem increased compared to the control. Among the studied microorganism strains, N. calcicola 32 increased the stem length of cotton by 7.5 cm compared to the control, and the B. subtilis CKB256 strain increased the stem length by 11.2 cm compared to the control. Among the studied strains of the bacterium B. subtilis. CKB256 increased the biomass of the cotton stem by 3.13 times compared to the control, and the A. chroococcum 44 strain increased by 2.9 times. It was found that strains A. chroococcum 44 and B. thuringiensis 93 increased root biomass by -2.9 times and 1.31 times compared to the control.
Keywords: C-6524 variety, cotton, biostimulant, stem, root, biomass, bacteria, cyanobacteria
Аннотация. Абстрактный. Изучено влияние бактерий-биостимуляторов и штаммов цианобактерий на сорт хлопчатника С-6524. При этом проанализировано влияние на рост и развитие растений хлопчатника цианобактерий N.calcicola 32 и бактерий штаммов A. chroococcum 44, A. brasilense 4-13, B. subtilis CKB256, B. thuringiensis 93, B. thuringiensis 1fo. В результате активности цианобактерий и бактерий, упомянутых в исследовании, при сравнении биометрических показателей хлопчатника было сравнительно проанализировано, что биомасса и длина корня и стебля увеличились по сравнению с контролем. Среди изученных штаммов микроорганизмов N.
Calcicola 32 увеличил длину стебля хлопчатника на 7,5 см по сравнению с контролем, а штамм B. subtilis CKB256 увеличил длину стебля на 11,2 см по сравнению с контролем. Среди изученных штаммов бактерии B. subtilis. CKB256 увеличил биомассу стебля хлопчатника в 3,13 раза по сравнению с контролем, а штамм A. chroococcum 44 - в 2,9 раза. Установлено, что штаммы A. chroococcum 44 и B. thuringiensis 93 увеличили биомассу корней в -2,9 раза и в 1,31 раза по сравнению с контролем.
Ключевые слова: сорт С-6524, хлопок, биостимулятор, стебель, корень, биомасса, бактерии, цианобактерии.
Tuproq unumdorligini oshirish, yerlarning tabiiy holatini yaxshilash Respublikamiz qishloq xo'jaligi oldida turgan asosiy vazifalardan biridir. Bu ishlarni amalga oshirishda tuproqda o'simliklarning oziqa elementlarining to'planishiga, ularning o'sib rivojlanishiga samarali ta'sir ko'rsatadigan rizosfera mikroorganizmlarining monokulturalari va komplekslaridan foydalanish alohida o'rin tutadi [1].
R. Felipe va boshqalar olib borgan tajribalarida Azotobacter chroococcum AC1 va AC10 shtammlaridan foydalanib urug'larning unib chiqishi va g'o'za o'sishini yaxshilovchi xususiyatlari o'rganishgan. Ular mikrobial emlash o'simlik biomassasiga yanada yaxshi ta'sir qilgani ma'lum bo'lgan. A. chroococcum shtammlarini tabiiy o'g'itlar bilan birgalikda qo'llash g'o'za o'sishida azotli mineral o'g'it dozalarini 50% gacha kamaytirish imkonini beradi [2].
Uilson va boshqalar Bacillus (Bt va B. sphaericus) kabi turlari fosfatlarni eritish xususiyati bilan o'simlik o'sishini yaxshilashi mumkin ekanligini ko'rsatdi. Tuproqda mineral tuzlar ko'p miqdorda uchraydi, ammo ularning erimagan shakli tufayli o'simliklarning o'zlashtirishi qiyinlashadi. Shu kabi temir tuzlarini eritish ham qiyin va o'simlik uni qabul qilish uchun siderofor-temir kompleksidan foydalanadi. Sideroforlar mikroorganizmlar tomonidan ishlab chiqariladi va temir bilan bog'lanadi va ularni o'simliklarni o'zlashtitishiga yordam beradi[3]
Ba'zi siyanobakteriya turlari o'ta quruq muhitda ham o'sish va rivojlanish qobiliyatiga ega va bu siyanobakteriya turlari namlik miqdorini saqlab turish, fosfor va azotni eritish hamda fiksatsiya qilish jarayonlarida muhum o'rin tutadi [4].
N. calcicola nafaqat bioo'g'it, balki auksin va gibberellin o'sish gormonlarini sintez qilish orqali o'simliklarning rivojlanishi va o'sishining biostimulyatori sifatida ham ishlaydi [5].
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda bizning maqsadimiz mikroorganizm shtammlarini g'o'za o'simligini biometrik xususiyatlariga ta'sirini o'rganishdir.
Bunda A. chroococcum 44, A. brasilense 4-13, B. subtilis СКБ256, N. calcicola 32, B. thuringiensis 93, B. thuringiensis 1fo bakteriya shtamllaridan foydalanildi.
Mikrovegitatsion tajribalarda yuqoridagi bakteriya shtammlari bilan inokulyatsiya qilingan go'za urug'larining unib chiqish koeffitsienti, o'sish tezligi va energiyasiga ta'sir doirasi o'rganib chiqildi. Mikrovegitatsion tajribaning davomi sifatida vegitatsion tajriba ham olib borildi. Bunda gozaning biometrik ko'rsatkichlari e'tiborga olinib kunlik kuzatuv olib borildi.
Har bir bakteriyalarni avval Petri idishlarida so'ngra Erlenmeyer kolbasida (500 ml) 300 ml steril ozuqa (peptonli bulon) muhitida ko'paytirildi. Kolbalar 30° C haroratda, 72 soat davomida tebratkichda 150 rpm da o'stirildi [б] .
Go'za urug'lari mikroorganizmlar (bakteriyalar) bilan 8 soat davomida 25 ° C da har bir tanlab olingan bakteriya shtammlari bilan ishlov berildi [7].
Tajribaga C-6524 g'o'za navi tanlab olindi. Vegitatsion tajribada plastik idishlarda foydalanildi va har biriga 2 kilogrammdan tuproq solib chiqildi. Har bir plastik idishlardagi tuproqni suv bilan 60% namlik hosil qilindi va shu ko'rsatgich tajriba oxirigacha saqlab turildi
[7].
Bunda g'o'za urug'lari yuqoridagi bakteriya shtammlari bilan ishlov berilgan variantlar uch takrorda ekildi, natijalar umumlashtirildi. Nazorat variantida urug'larni hech qanday ishlov bermasdan ekildi.
Quyida keltirilgan ma'lumotlar 20-kunlik poya va ildiz uzunligi, ularning ho'l hamda quruq massalari qiymatlari olchandi (1-rasm).
20
Nazorat A. chroococcum A. brasilense 4-13 B. subtilis N. calcicola 32 B. thuringiensis B. thuringiensis
44 CKE256 93 1$o
■ Poya uzunligi (sm) ortacha ■ Ildiz uzunligi (sm), ortacha
1-rasm. G'o'zaning C-6524 navida qo'llanilgan mikroorganizmlar ta'sirida poya va ildiz uzunliklarining ko'rsatkichlari.
Nazorat sifatida ekilgan g'o'za poyasining o'rtacha uzunligi 9,97 sm va ildizi esa 6,4 sm bo'lganligi kuzatildi. 1-rasmdan ko'rinib turibdiki g'o'zaning poya uzunligiga o'rganilgan shtamlar orasida N. calcilola 32 va A. brasilense 4-13 shtammlari eng faol ta sir etib mos ravishda 17,466 sm va 17,133 sm ni tashkil etdi. Tajribada qo'llanilgan qolgan shtammlar A. chroococcum 44, B. subtilis CKE256, B. thuringiensis 93 va B. thuringiensis 1fo shtammlarini g'o'zaning poya uzunligini mos ravishda 16,8 sm, 14,066 sm, 15,8 sm va 14.13 sm ga o'sganligi kuzatildi.
2-rasm. 1) Nazorat varianti 2) A. chroococcum 44 shatammining faoliyati ta'sirida o'sgan go'zalar
G o zaning ildiz uzunligi bo yicha nazoratga nisbatan eng yuqori ko rsatgichni B. subtilis CKE256, B. thuringiensis 93 shtammlar mos ravishda 17.67 sm va 14.46 sm ni tashkil qildi. Qo llanilgan boshqa shtammlar A. chroococcum 44, A. brasilense 4-13, N. calcicola 32 va B. thuringiensis 1fo shtammlari gVzaning ildiz uzunligiga mos ravishda 10,1 sm, 11,733 sm, 8,233 sm va 11 sm ni tashkil qildi (1-rasm).
A. brasilense 4-13 shtammida g'o'za poyasi 17,133 sm va ildizi 11,7333 sm; B. subtilis CKE256 shtammida poya 14,066 sm va ildiz uzunligi 17,6667 sm;
1)
2)
3)
3-rasm. 1) A. brasilense 4-13 shtammi, 2) N. calcicola 32 shtammi va B. subtilis CKE256 faoliyati ta'sirida rivojlangan g'o'zalar.
Yuqoridagi ma'lumotlarda qo'llanilgan shtamlarning g'o'zaning o'sishiga ta'sir haqidama'lumotlar keltirildi, shu bilan birga quyida xuddi shu shtamlarning faoliyati ta'sirida poya va ildizning ho'l va quruq biomassasini nazorat variantiga nisbatan taqqoslanadi.
Nazorat variantida g'o'za poyasining o'rtacha ho'l biomassasi 0,833833 gramm, ildizi esa 0,0926 grammni tashkil qildi. Bunga nisbatan A. chroococcum 44 shtammi faoliyati natijasida nazoratga nisbatan g'o'za poyasining ho'l biomassasi 3,4 marta, ildizi esa 2,67 marta o'gir ekanligi aniqlandi (2,3 va 4-rasmlar, 1-jadval).
1)
2)
3-rasm. 1) B. thuringiensis 93 shtammi, 2) B. thuringiensis 1$o shtaiiiniilari ta'sirida o'sgan g'o'za na'munalari.
A. brasilense 4-13 shtammi faoliyati ta'sirida esa bu ko'rsatkich poya va ildiz ho'l biomassalari mos ravishda 3,11 va 3.3 marta og'ir, B. subtilis CKE256 shtammi faoliyati ta'sirida esa 3,3 va 3,64 marta og'ir ekanligi natijalardan ma'lum bo'ldi.
Sianobakteriyalardan N. calcicola 32 shtammi faoliyati ta'sirida poya va ildiz ho'l biomassasi 2,74 hamda 2,55 marta og'ir ekanligi ma'lum bo'ldi.
B. thuringiensis 93 va B. thuringiensis 1$o shtammlarining faoliyati ta'sirida poyasi o'rtacha biomassasi 2,77 va 2,51 hamda ildizlarining o'rtacha biomassasi 2,87 va 2,52 marta og'ir ekanligi o'lchangan qiymatlarda aks etdi.
1-jadval
G'o'zaning (G. hirsutum) C-6524 navi urug'lariga bakteriyalar va sianobakteriya bilan ishlov berilganda o'sib chiqgan poya va ildizlarning ho'l biommasa ko'rsatkichlariga ta'siri
№ Foydalanilgan shtammlar Ho'l poya biomassasi Ho'l ildiz biomassasi
nomi (gr), O'rtacha (gr), O'rtacha
1 Nazorat 0,833±0,32 0,092±0,23
2 A. chroococcum 44 2,826±0,18 0,247±0,33
3 A. brasilense 4-13 2,595±0,26 0,308±0,42
4 B. subtilis CKE256 2,743±0,38 0,337±0,31
5 N. calcicola 32 2,386±0,41 0,236±0,27
6 B. thuringiensis 93 2,313±0,32 0,265±0,22
7 B. thuringiensis 1$o 2,097±0,27 0,234±0,14
Nazorat varinatida g'ozaning poya va ildizlarining o'rtacha quruq biomassasi 0,210667 va 0.09243 gramm qiymatni tashkil qildi (2-jadval). Nazorat variantidagi g'o'za quruq biomassa korsatgichlari solishtirilganda A. chroococcum 44, A. brasilense 4-13, B. subtilis CKE256, N. calcicola 32, B. thuringiensis 93, B. thuringiensis 1$o bilan ishlov berilgan g'o'zalarning poya va ildizlar o'rtacha quruq biomassalari mos ravishda quyidagi qiymatlarni tashkil qildi: A. chroococcum 44 shtammi - 2,9 va 2,9 marta, A. brasilense 4-13 -2,67 va 1,21 marta, B. subtilis CKE256- 3,13 va 1,26 marta, N. calcicola 32-2,88 va 1,19 marta; B. thuringiensis 93-2,44 va 1,31 marta hamda B. thuringiensis 1fo shtammi-1,96 va 0,74 marta kop biomassa hosil qilishi kuzatildi.
2-jadval
G'o'zaning (G. hirsutum) C-6524 navi urug'lariga bakteriyalar va sianobakteriya bilan ishlov berilganda o'sib chiqgan poya va ildizlarning quruq biommasa ko'rsatgichlariga ta'siri
№ Foydalanilgan shtammlar nomi Quruq poya biomassasi (gr), o'rtacha Quruq ildiz biomassasi (gr), o'rtacha
1 Nazorat 0,21±0,3 0,072±0,25
2 A. chroococcum 44 0,61±0,16 0,21±0,32
3 A. brasilense 4-13 0,563±0,23 0,087±0,45
4 B. subtilis CKE256 0,661±0,28 0,091±0,26
5 N. calcicola 32 0,607±0,37 0,086±0,25
6 B. thuringiensis 93 0,513±0,38 0,095±0,4
7 B. thuringiensis 1$o 0,413±0,24 0,053±0,18
Tajribada qo'llanilgan diazotrof mikroorganizmlar va entomopotogen bakteriyalar a. chroococcum 44, A. brasilense 4-13, B. subtilis CKE256, N. calcicola 32, B. thuringiensis 93 va B. thuringiensis 1fo shtammlari g'o zaning osish va rivojlanishiga ijobiy tasir etishi aniqlandi.
Ma'lumki, yuqorida keltirilgan shtammlar o'simliklar o'sishini jadallashtiruvchi auksin va gibbirellin sintez qilishi o'rganilgan [8]. Shuning uchun bu mikroorganizmlar nazoratdagi g'o'za o'simligiga nisbatan biometrik ko'rsatgichlari oshishiga olib keldi.
Ushbu mikroorganizmlar qishloq xo'jaligi sohasida osimliklarni jadallashtiruvchi
biopreparatlar ishlab chiqarish uchun istiqbolli manbaa bolib xizmat qiladi.
REFERENCES
1. Ortiz-Castro R., Contreras-Cornejo H. A., Macías-Rodríguez L., López--Bucio J. The role of microbial signals in plant growth and development// Landes Bioscience, 2009. r 4:8, P. 701712.
2. Deinlein U. Stephan A. B., Horie T., Luo, W., Xu G., Schroeder J. I. Plant salt-tolerance mechanisms -: Trends Plant Sci, - doi: 10.1016/j.tplants.2014.02.001: 19, 371-379
3. Felipe R., Xorxe A., Maurisio K., Andres M., Ivan P., Azotobacter chroococcum as a potentially useful bacterial biofertilizer for cotton (Gossypium hirsutum ): Effect in reducing N fertilization Azotobacter chroococcum como biofertilizante bacteriano potencialmente útil para el algodón ( Gossypium hirsutum L. - Kolumbiya : Revista Argentina de Microbiología, 2017- 4 : 49
4. Jaber L.R. and Enkerli J. Effect of seed treatment duration on growth and colonization of Vicia faba by endophytic Beauveria bassiana and Metarhizium brunneum: Biol. Control.,187-195. doi: 10.1016/j.biocontrol.2016.09.008:
5. Kadirova G. K., Shakirov, Z. S. Identification of nitrogen-fixing and salt-resistant cyanobacteria Nostoc calcicola isolated from the rhizosphere of cotton in Uzbekistan. -Indian J. : Environ. Sci., 2012 yil. - doi: 10.5539/enrr.v2n1p63
6. Kloepper J.W. Lifshitz R., Zablotowicz, RM Free-living bacterial inocula for enhancing crop productivity: Trends Biotechnol, 1989.-39-44 .
7. Wilson M.K. Abergel R.J., Raymond K.N., Arceneaux J.E., Byers B.R., Siderophores of Bacillus anthracis, Bacillus cereus, and Bacillus thuringiensis -: Biochem Biophys Res Commun, 2006. - 348:320-5.
8. Aliyev Z.Z., Abdullayev A.K., Shakirov.Z.S., Safarov H.Sh., Boboqulov M.Sh., Imomova M.X. Azotobacter va Azospirillium, Bacillus avlodlariga mansub shtammlaridan ajraladigan fitogormonlar miqdori//"reHeraKa, геномика ва биотехнологиянинг замонавий муаммолари" республика илмий анжуманининг тезислар туплами -2023,18 май 186188 б.