Cho'liyev O.J.
Qashqadaryo viloyati FVB Hayot faoliyati xavfsizligi
o'quv markazi katta o'qituvchisi Muqimov I.M.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi instituti Favqulodda vaziyatlarda aholi havfsizli yo'nalishi 2- bosqich
magistranti
QASHQADARYO VILOYATI TERMITLAR FAUNASINING
TAQSIMLANISHI
Annotatsiya: termitlar ustida olib borilgan monitoring natijalariga ko'ra, Qashqadaryo viloyatida istiqomat qiluvchi 4738 xonodonning bino va inshootlari ular tomonidan zararlangan bo'lib, Guzor, Koson, Chiroqchi va Qarshi tumanlarida keng tarqalganligi qayd etilgan. Boshqa tumanlarda termitlarning kam uchrashligi, ilmiy asoslangan. Termitlar tarqalishini oldini olish va qarshi kurash chora-tadbirlari yuzasidan tavsiyalar berilgan.
Kalit so'zlar:Qashqadaryo, tuman, termit, monitoring, tur, turarjoy, inshootlar, binolar, yog'och, shpal, telegraf, simyog'och, zararlanish.
Choliyev A.J. senior teacher educational center Kashkadarya region FVB Life activity safety
Muqimov I.M.
2nd stage graduate student department of public safety in emergency situations Civil Protection Institute under the Academy of the Ministry of Emergency
Situations
DISTRIBUTION OF THE TERMITE FAUNA OF KASHKADARYA
REGION
Annotation: according to the results of termite monitoring, buildings and structures of 4738 households living in the Kashkadarya region were damaged, their wide distribution was noted in Guzor, Koson, Chirakchi and Karshi regions. The rare occurrence of termites in other areas has a scientific basis. Recommendations for the prevention and control of the spread of termites are given.
Keywords: Kashkadarya, region, termite, monitoring, type, place of residence, structures, buildings, forest, sleeper, telegraph, mercury, damage.
Bugungi kunda, termitlar tomonidan turarjoylar, tarixiy inshootlar, ma'muriy binolar, sanoat qurilishlari, elektr kuchlanish stansiyalari, temir yo'l yog'och shpallari, telegraf, simyog'och ustunlari va boshqa yog'och konstruksiyalarni jiddiy shikastlashini mutaxassislar qayd etishmoqda [1, 2, 5, 9, 10]. Umuman olganda, termitlar faoliyatidan keladigan iqtisodiy zarar nihoyatda yuqori hisoblanganligi tufayli, ulardan qurilish materiallarini, jumladan, yog'ochga aloqador materiallarining barqarorligini aniqlash va himoya qilish muhim ahamiyatga ega.
Ilmiy ma'lumotlarga ko'ra, dunyo bo'yicha termitlarning 2800 dan ortiq turi olimlar tomonidan qayd qilingan bo'lib, O'zbekistonda ularning Anacanthotermes avlodiga mansub 2 turi Anacanthotermes ahngerianus va Anacanthotermes turkestanicus turlari qayd etilgan [1, 6, 9, 10]. Mazkur turlar hozirgi kunda, Qashqadaryo viloyatining aholi turarjoylarida, tarixiy-madaniy obidalar, qurilish va sanoat inshootlarida mavjud bo'lib, misli ko'rilmagan darajada talofat yetkazmoqda.
Demak, Qashqadaryoning turli ekosistemalarda tarqalgan termitlarning hayotiy xususiyatlarini atroflicha o'rganish, turli hududlardagi zararlangan madaniy-tarixiy obidalar, jamoat binolari, inshootlar va aholi yashaydigan turarjoylarni aniqlash bu zararkunandalarga qarshi kurash va oldini olish profilaktik chora-tadbirlarining optimal usullarini ishlab chiqish imkonini beradi. Bu esa, so'zsiz hozirgi kunning zarur talabidir.
Yuqoridagilarni e'tiborga olgan holda, O'zbekistonda termitlarni o'rganish yuzasidan, majmuali tadqiqotlar yo'lga quyildi. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi FA Zoologiya instituti olimlari boshchiligida "O'zbekistonda turar joylar, tarixiy yodgorliklar va boshqa inshootlarga jiddiy xavf tug'diruvchi termitlarga qarshi samarali kurash tizimini ishlab chiqish" mavzusidagi loyiha bo'yicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Ushbu loyihaning Janubiy regionlari bo'yicha olib boriladigan tadqiqotlarida, Qarshi davlat universitetining Zoologiya kafedrasi olimlari hamda Qashqadaryo viloyat Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari faol ishtirok etishmoqda.
Qashqadaryo viloyatida termitlarning tarqalishi yuzasidan olib borilgan ilmiy izlanishlarning natijalariga ko'ra, viloyatdagi tumanlarning barchasida termit o'choqlari aniqlandi (1-jadval).
1-jadval
QASHQADARYODA TERMITLAR QAYD ETILGAN HUDUDLAR
№ Tuman Zararlangan xonogonlar soni
1 Qarshi 500
2 Kasbi 435
3 Mirishkor 322
4 Muborak 340
5 Koson 615
6 Chiroqchi 600
7 Qamashi 250
8 Yakkabog' 176
9 Shahrisabz 127
10 Kitob 50
11 G'uzor 1000
12 Dehqonobod 167
13 Nishon 156
Jami 4738
Olib borilgan monitoring natijalariga ko'ra, Qashqadaryo viloyatida istiqomat qiluvchi 4738 xonodonning bino va inshootlari termitlar tomonidan zararlangan bo'lib, Guzor, Koson, Chiroqchi va Qarshi tumanlarida ular dominantlik qilishdi. Termitlarning bu hududlarda keng tarqalishiga sabab, Turkiston termiti - Anacanthotermes turkestanicus tabiiy sharoitda cho'llardagi kam sho'rlangan tuproqli, shuvoq-efemer va shuvoq-sho'rxok o'simliklari o'sadigan tekisliklarda tarqalgan bo'lib, inson tomonidan qo'riq yerlarning o'zlashtirilishi, yangi-yangi shahar, qishloq va inshootlarning barpo etilishi natijasida ular mana shu bino va inshootlarni o'z yashash makoniga aylantiradi [3, 4, 7, 8].
Shahrisabz, Yakkabog, ' Kitob, Dehqonobod va Qamashi tumanlari hududida er osti suvlarining yuqori qatlamlarda bo'lishi, termitlarning tarqalishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.
Mirishkor, Muborak va Nishon tuman hudud maydonlari qishloq xo'jaligi maxsulotlarini keng miqyosda etishtirishga ixtisoslanganli bilan izohlash mumkin.
Yuqorida termitlarning tarqalishi Qashqadaryo viloyati tumanlarining ayrim hududlar tarqalishi misol tariqasida keltirildi. Agarda, har bir xonadonning termitlardan ko'rgan moddiy zarari hisoblab chiqiladigan bo'lsa, bu albatta juda katta iqtisodiy talofatdir.
Hozirgi kunda termitlarga qarshi kurashish va tarqalishini oldini olish uchun viloyat Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi qoshida guruhlar tashkil qilish zarur. Termitlarga qarshi kompleks kurash tadbirlarini amalga oshirish, avvalambor, rejalashtirilgan holda olib borilishi lozim. Buning uchun termitlar tarqalgan mintaqalarda viloyat, shahar va tumanlar miqyosida quruvchi muhandislar, entomologlar, va dezinfektorlardan iborat bo'lgan ishchi guruhlar tuzish maqsadga muvofiqdir.
Ishchi guruhning vazifasi quyidagilardan iborat bo'lishi lozim: -muayyan hududdagi ma'muriy binolar va aholi turar joylarida termitlarni aniqlash;
-termitlar aniqlangan hududlarda ularga qarshi kurash usullarini belgilash va amalga oshirish;
-yangi binolar qurilishi uchun mo'ljallangan joylarda termitlarni aniqlash maqsadida nazorat o'tkazish;
-aholi orasida termitlarga qarshi kurash va ularni oldini olish bo'yicha profilaktik chora-tadbirlar o'tkazish yuzasidan keng tushintirish ishlarini olib borish.
Shuning uchun, joylardagi mahalla fuqarolar yig'ini raislari, xonadon egalari va tashkilot rahbarlari termitlar to'g'risida ma'lumotga ega bo'lishlari, ularning tarqalishini oldini olish borasida e'tiborli bo'lishlari, mazkur zararkunandalarga qarshi tadbiriy kurash choralarini o'z vaqtida amalga oshirishlari maqsadga muvofiqdir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Абдуллаев И.И. Биоэкологические особенности термитов Хорезмского оазиса и меры предотвращения их вреда // Автореф. дисс. на соис. учен. степ. канд. биол. наук. Ташкент, 2002. -22 с.
2.Жугинисов Т.И. и др. Влияние энтомопотогенных грибов на жизнеспособность термитов // Х-Пущинская конф. мол. уч. Пущино, 2006. С. 11.
3.Мадяров Ш.М., Хамраев А.Ш., Рахматуллаев А.Ю. и др. Разработка приманочной матриси для Туркестанского термита из местних материалов // В мат. Международ. семинара: Термити Центральной Азии. Хива, 2005.
4.Маречек Г.И. Инструкции по мероприятиям борьбы с туркестанским термитом - вредителем построек в Узбекистане // Изд. АН УзССР. Ташкент, 1976. 11 с.
5.Рахматуллаев А.Ю., Бердиев Ж.Х., Рузиев Б.Х. К,ашкадарё вилоятида термитларга карши кураш тадбирий чоралари юзасидан тавсиялар. К,арши "Насаф" нашриёти, 2010. 22 б.
6.Хамраев А.Ш. ва бош. Термитларга карши профилактика ва кураш тадбирий чоралари. Услубий кулланма. Тошкент, 2001. 3-36 б.
7.Холматов Б.Р. ЁFOч материалларини туркистон термити (Anacanthhotermes Turkestanicus Jacobs, 1904)дан хдмоя килишнинг биологик асослари. 03.00.09 - энтомология ихтисослиги буйича биология фанлари номзоди илмий даражасини олиш учун бажарилган диссертация автореферати. Тошкент, 2012, 30 б.
8.Berdiyev J.X., Raxmatullayev A.Y., Sherqulova J.P., Izzatullayev Z.I., Ametov Y.I., Jаbborov A.R. "Biozararlanish" O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan oliy o'quv yurtlarining bakalavriat ta'lim yo'nalishi talabalari uchun o'quv qo'llanma sifatida tavsiya etilgan."Fan va ta'lim" nashriyoti. Qarshi, 2021. 73-108 betlar.
9.Raxmatullayev A.Y., Berdiyev J.X., Ro'ziyev B.X. Mitti jonzotning katta talofati. "Nasaf" nashriyoti, Qarshi, 2017. 84 b.
10. Khamraev A.S., Lebedeva N.I., Zhuginisov T.I., Abdullaev I.I., Rahmatullaev A.Y., Raina A.K. Food Preferences of the Turkestan termite Anacanthotermes turkestanicus (Isoptera: Hodotermitidae) // J. «Sociobiology» Vol. 50. N 2. USA, 2007.