Научная статья на тему 'QASHQADARYO VILOYATIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDA CHORVACHILIK TARMOG‘INI O’RNI'

QASHQADARYO VILOYATIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDA CHORVACHILIK TARMOG‘INI O’RNI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Qashqadaryo / chorvachilik / qoramolchilik / qo’ychilik / xo’jalik. / Kashkadarya / cattle breeding / cattle breeding / sheep breeding / economy.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Ro’Yiddinova M.A.

Mazkur maqolada O’zbekistonda chorvachilikka e’tibor, uning istiqbollari, Qashqadaryo vohasining iqtisodiy hayotida chorvachilikning o‘rni, davlat tomonidan chorvachilik sohasida amalga oshirilgan islohotlar, oziqovqat xavfsizligini ta’milashda chorvachilikning o’rni haqida bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ROLE OF LIVESTOCK NETWORK IN ENSURING FOOD SECURITY IN KASHKADARYA REGION

This article describes the attention to cattle breeding in Uzbekistan, its prospects, the role of cattle breeding in the economic life of the Kashkadarya oasis, the reforms implemented by the state in the field of cattle breeding, the role of cattle breeding in ensuring food security.

Текст научной работы на тему «QASHQADARYO VILOYATIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDA CHORVACHILIK TARMOG‘INI O’RNI»

Ro'yiddinova M.A.

Qarshi davlat universiteti talabasi

QASHQADARYO VILOYATIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASHDA CHORVACHILIK TARMOG'INI O'RNI

Annotatsiya. Mazkur maqolada O'zbekistonda chorvachilikka e'tibor, uning istiqbollari, Qashqadaryo vohasining iqtisodiy hayotida chorvachilikning o 'rni, davlat tomonidan chorvachilik sohasida amalga oshirilgan islohotlar, oziq-ovqat xavfsizligini ta 'milashda chorvachilikning o'rni haqida bayon qilingan.

Kalit so 'zlar: Qashqadaryo, chorvachilik, qoramolchilik, qo 'ychilik, xo'jalik.

Royiddinova M.A.

student

Karshi State University

ROLE OF LIVESTOCK NETWORK IN ENSURING FOOD SECURITY

IN KASHKADARYA REGION

Abstract. This article describes the attention to cattle breeding in Uzbekistan, its prospects, the role of cattle breeding in the economic life of the Kashkadarya oasis, the reforms implemented by the state in the field of cattle breeding, the role of cattle breeding in ensuring food security.

Key words: Kashkadarya, cattle breeding, cattle breeding, sheep breeding, economy.

Oziq-ovqat xavfsizligi butun dunyo mamlakatlari oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biridir. BMT ham bugungi kunda oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish va ularni taqsimlash bo'yicha yondashuvni mutlaqo o'zgartirish vaqti kelganini ta'kidlamoqda. Zero, ideal holatda qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaliklari barchani oziq-ovqat bilan to'liq ta'minlash va odamlar uchun risoladagidek daromad manbaini yaratib berishga qodir. Bunday holatda inson manfaatlari yo'lida ham qishloq xo'jaligi rivojlanadi, ham atrof muhitni muhofaza qilish bo'yicha chora-tadbirlar ijrosi ta'minlanadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 martda "O'zbekistonda veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo'mitasi faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi qarori bilan viloyatimizning har bir tumanida kamida ikkitadan qora mol bo'rdoqichilik va sutchilik yo'nalishlarida chorvachilik komplekslari tashkil etish maqsadida loyihalar ishlab chiqilmoqda.

Bugungi kunda tabiatga befarq munosabat, unga antropogen ta'sirning kuchayib borishi, isrofgarchilik, ilg'or va rivojlanayotgan davlatlar o'rtasidagi oziq-ovqat balansi bo'yicha farqning o'sayotgani, iqlim o'zgarishlari qator salbiy

omillarni keltirib chiqardi. Noz-ne'matlarimiz, chuchuk suv, ummonlar, o'rmonlar, biologik xilma-xillik keskin sur'atlarda kamayib bormoqda, yer unumdorligi pasayib, tuproq degradatsiyaga uchramoqda. Qishloq xo'jaligining barcha sohasi uchun tuproq unumdorligi asosiy o'rinlarda turadi.

Oziq-ovqat xavfsizligini hal etishda bir qator qiyinchiliklar mavjudligiga qaramay, mamlakatimizda qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini ham miqdor, ham sifat jihatdan muntazam oshirib borish va shu orqali oziq-ovqat ta'minotini mustahkamlash borasida salmoqli natijalar qo'lga kiritilmoqda. Xususan, 2023 yilda belgilangan ko'rsatkichlarga erishish maqsadida 4 million gektar (+358 ming gektar), shundan 2,5 million gektar asosiy, 214 ming gektar bog'-tok qator orasi, 424 ming gektar lalmi va 903 ming gektar takroriy maydonlarda oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish belgilangan. Mazkur maydonlardan 8,1 million tonna boshoqli don, 528 ming tonna sholi, 579 ming tonna dukkakli, 345 ming tonna moyli o'simliklar, 12,2 million tn sabzavot, 2,5 million tonna poliz, 4,1 million tonna kartoshka, 3,1 million tonna meva va 2 million tn uzum yetishtirilishi prognoz qilindi.

Qashqadaryo viloyati qishloq xo'jaligi tarmog'i paxtachilik, donchilik, zabzavotchilik, donchilik, uzumchilik, bog'dorchilik bilan birga chorvachilikning asosiy ixtisoslashgan tarmoqlar zaminida tarkib topgan. Yer suv resurslaridan samarali foydalanish orqali qishloq xo'jaligini intensiv rivojlantirish uchun mo'ljallangan yirik masshtabli xaritalarni tuzishda asosiy e'tibor ushbu sohan ing o'ziga xos mintaqaviy qaratilishi lozim.

Bugungi kunda respublikamizda jami 18 032 ta chorvachilik xo'jaliklari mavjud bo'lib, shundan 7 614 tasi qoramolchilik, 3 263 tasi qo'y va echkichilik, 142 tasi yilqichilik, 52 tasi tuyachilik, 1 163 tasi parrandachilik, 4 829 tasi baliqchilik, 715 tasi asalarichilik va 254 tasi quyonchilik yo'nalishida tashkil etilgan.

1-jadval

CHORVA MOLI BO'LGAN XO'JALIKLAR SONI ■ 500-1000 rlOOOvako'p

[ 65%

Aholi jon boshiga go'sht mahsulotlaгi ishlab chiqaгish 47,5 kilogгamшga (1 kishiga yillik шe'yoг — 46,1 kilogramm), sut mahsulotlarini ishlab chiqarish ko^satkichi 336 kilogгamшga (1 kishiga yillik me'yor — 310,4 kilogramm) yetkazildi.[1]

2-jadval

O'zbekiston Respublikasida chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarini rivojlantirish bo'yicha 2022 — 2026-yillarga mo'ljallangan dasturning _maqsadli ko'rsatkichlari (indikatorlar)__

T/r Ko'rsatkichlar nomi 2021-yil 2022-yil 2024-yil 2026-yil

C îorvachilikda naslchilik va chorva mollari mahsuldorligini oshirish yo'nalishida

1. Umumiy qoramollar podasida sof zotli naslli qoramollarning ulushi (foiz) 9 11 16 33

2. Umumiy qoramollar podasida zoti yaxshilangan mahalliy qoramollarning ulushi (foiz) 54 62 72 90

3. Chorva hayvonlarini saqlash uchun kompyuterlashtirilgan dasturlardan foydalanuvchi choFvachilik xo'jaliklari sonini ko'paytirish (foiz) 20 25 30 50

4. Milliy va xalqaro (Global GAP, NACCP va boshq.) standartlarga javob beradigan feme! xo'jaliklarining ulushi (foiz) 1 2 15 30

Qo'ychilik va echkichilik tarmog'ida

5. Go'sht-jun yo'nalishida naslli qo'y va echkilar ulushi (foiz) 15 20 25 35

6. Qu^oqchilikka chidamli bo'lgan yem-hashak o'simliklarini ekish bilan tog' va tog'oldi yaylovlarining hosildoriigini oshirish (sentner/ga) В 9 10 12

7. Yaylovlarda tik quduqlar qazishga ruxsat berish (ming/ga) — 200 ming ga 500 ming ga В00 ming ga

Yaylov yerlaridan maqsadli foydalanish orqali arzon ozuqa mahsulotlari yetishtiriladi hamda choгvachilik sohasida suv resuMan va eneгgiya iste'moli tejamkoгligiga erishiladi. Iqlim o'zgaгishi, tabiatning biologik xilma-xilligini saqlash va cho'llanishga qaгshi kurashish bo'yicha xalqaro jaгayonlaгni e'tiboгga olgan holda chorvachilik sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni tabiiy resurslar barqarorligini va atrof-muhit muhofazasini ta'minlashga qaratish muhim hisoblanadi.

Qashqadaryo viloyatida zamonaviy chorvachilik komplekslarini tashkil etish bo'yicha qiymati 235,437 mkd so'mlik 73 ta loyiha ishlab chiqildi. 2023-yil 15-iyul holatida tijorat banklaгining viloyatda faoliyat ko'reatib kelayotgan filiallari tomonidan 105 ta choivachilik yo'nalishidagi loyihani шoliyalashtiгish uchun jami 44 mlгd 211 mln so'm va xoгijiy kredit liniyalari hisobidan esa 877 ming 400 AQSH dollari miqdoгida шablag'laг ajratildi.

Misol uchun, Qamashi tumanidagi "Murodov Rahmatullo Mavlonovich" MCHJ 2019-2021 yillarda sutchilik yo'nalishida chetdan naslli qora mollar olib kelish va sutdan 14 xildagi mahsulotlar tayyorlash hamda go'sht mahsulotlarini qayta ishlash maqsadida 447 ming 690 AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritish loyihasi ishlab chiqildi.

Qashqadaryo viloyatida davlat tomonidan chorvachilik uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlardan foydalanib, chorvachilikni rivojlantirishda amaliy ishlar bajarilmoqda. Ta'kidlash joiz, Yurtboshimiz tomonlaridan yurtimizda chorvachilikni yanada rivojlantirish uchun ulkan imtiyozlar berilmoqda. Shu o'rinda chorvachilikni rivojlantirishni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash maqsadida ajratilayotgan subsidiyalarni eslatib o'tamiz. Bu imkoniyatlardan samarali foydalanib, chorvachilik tarmog'ini intensiv rivojlantirilsa, chorvachilik sohasidan tushadigan daromadning yuqori darajada ko'tarilishiga sabab bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Skrinnik E. B. O'rta muddatli istiqbolda chorvachilikni rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari // Qishloq xo'jaligi va qayta ishlash korxonalari iqtisodiyoti, к 2009.

2. D.A.Ro'ziboyev. Chorvachilik sohasining rivoji (Qashqadaryo vohasi misolida). World scientific research journal., Volume-8, Issue-1, October, 2022, 42-47 betlar.

3. D.A.Ro'ziboyev. Qashqadaryo vohasida sovet hokimiyatining chorvachilik siyosati va chorva sonlaridagi o'zgarishlar. Xorazm Ma'mun Akademiyasi Axborotnomasi-11/3(95)-2022, 69-71 betlar.

4. Навотова Д.И. ^ашкадарё вилояти кишлок хужалиги географияси ва уни карталаштиришнинг баъзи масалалари// Электронное научно-практическое периодическое издание. Экономика и социум. №3 (94), 2022. -721-725 c.

5. Навотова Д.И. Ер ресурсларидан кишлок хужалигида фойдаланишни тадкик килишнинг назарий-услубий жихдтлари// Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS). Volume 2 | issue 1 | Tashkent/Uzbekistan. 2022. Б. 321-327

6. Safarov I., Toshquvatov I. Organization of mountain tourism in Kashkadarya region and its significance //Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук. - 2024. - Т. 4. - №. 3. - С. 7-12.

7. Safarov I. B., Rasulov F. I. Development of social spheres in the cities of Kashkadarya region //Educational Research in Universal Sciences. - 2024. - Т. 3. - №. 4. - С. 85-90.

8. https://lex.uz/docs/-5858728

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.